×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEPTOLETE pastilkalar so vkusom mentola

Kategoriya:
- Tomoq kasalliklari
Faol modda:
Бензалкония хлорид
ATX kodi:
- R02AA06 Цетилпиридиния хлорид
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DORITRISIN tabletkalari N10 Медице Арцнаймиттель Пюттер ГмбХ &Ко.КГ Germaniya
69 400 s`om dan
STREPSILS EKSPRESS tabletkalari N24 Рекитт Бенкизер Хелскэр Интернешнл Лтд Buyuk Britaniya
ADJISEPT pastilkalar so vkusom ananasa N24 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
19 000 s`om dan
PAFESAN sprey so vkusom limona 30ml 2mg/0,5mg World Medicine Ophthalmics Ilaҫlari Ltd. Şti. Turkiya
50 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEPTOLETE pastilkalar so vkusom mentola qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEPTOLETE® PLYUS

SEPTOLETE® PLUS

 

Qayd qilish raqami:

Preparatning savdo nomi: Septolete® plyus

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): benzokain, setilpiridiniy xloridi.

Chiqarilish shakli: Mahalliy qo‘llash uchun dozalangan 1,5 mg+0,3 mg/doza sprey. 30 ml preparat dozalovchi moslama bilan ta‘minlangan (pompa), majmuaviy materialdan bo‘lgan purkovchi boshchali applikator trubka va polipropilendan bo‘lgan rangli himoya qalpoqchali plastik flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Tarkibi

1 doza preparat saqlaydi:

Faol moddalar:

Benzokain – 1,500 mg;

Setilpiridiniy xloridi – 0,300 mg.

Yordamchi moddalar: etanol (96%), gliserol, natriy saxarinati digidrati, qalampiryalpiz barglarining moyi va tozalangan suv.

* Setilpiridiniy xloridining miqdori, uning miqdorini aniqlash natijalariga muvofiq xisoblangan, yakuniy maxsulotda 2 mg/ml ga to‘g‘ri kelishi kerak.

Purkovchi boshchaga bir marta bosishdagi preparatning 1 dozasi 0,150 ml (150 mg) ni tashkil qiladi.

Birlamchi o‘ramdagi 30 ml preparat 200 dozani tashkil qiladi.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik vosita+mahalliy anesteziyalovchi vosita.

ATX kodi: R02AA20

Farmakologik xususiyatlari

Setilpiridiniy xloridi – to‘rtlamchi ammoniy birikmalari guruxiga mansub bo‘lgan antiseptik, kationli detergent kabi ta‘sir qiladi. Bakterial xujayralarning yuzasi bilan bog‘lanib xujayra ichiga kiradi va mikroblarning sitoplazmatik membranasi bilan bog‘lanadi. Natijada sitoplazmatik membrananing kuyimolekulyar birikmalar uchun, asosan, kaliy ionlari uchun o‘tkazuvchanligi oshadi. To‘rtlamchi ammoniy birikmalari so‘ngra bakterial xujayralarning ichiga kiradi va uning faoliyatini buzib nobud qiladi.

Setilpiridiniy xloridi mikroblarga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega, u grammusbat bakteriyalarga (masalan, Staphyloccoccus) nisbatan eng yaqqol. Grammanfiy bakteriyalar va Pseudomonas ning ayrim turlari setilpiridiniy xloridiga o‘rtacha sezgir.

Setilpiridiniy xloridi zamburug‘larga (masalan, Candida  va Saccharomyces nisbatan) qarshi faollikka va ayrim qobiqli viruslarga nisbatan faollikka ega.

Benzokain nerv tolalari bo‘ylab nerv impulslarini shu jumladan og‘riqli impulslarni o‘tkazilishini bloklaydi va shunday qilib, yallig‘lanishga yo‘ldosh bo‘lgan og‘riq tuyg‘ularini yo‘qotadi. Nerv tolalari bo‘ylab impulslarning o‘tkazilishi, natriy ionlari uchun nerv xujayralari membranalarining o‘tkazuvchanligini oshishi oqibatida buziladi.

Farmakokinetikasi

Setilpiridiniy xloridining farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. To‘rtlamchi ammoniy birikmalari, shu jumladan setilpiridiniy xloridi xam yomon so‘riladi (10-20%). So‘rilmagan qismi ichak orqali o‘zgarmagan xolda chiqariladi.

Benzokain suvda yomon eriydi, shuning uchun uning so‘rilishi minimal. So‘rilgan benzokain asosan plazma xolinesterazasi tomonidan gidrolizlanadi, uning katta bo‘lmagan qismi jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanishi

Septolete® plyus mahalliy qo‘llash uchun spreyi tomoqdagi og‘riqni yengillashtirish uchun tavsiya qilinadi:

  • og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni o‘rtacha yallig‘lanishida (faringitlar, laringitlar);
  • milklar va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishida (stomatitlar, gingivitlar);
  • shamollash va gripda.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: spreyning dozatoriga ikki marta bosib, yallig‘langan joyga sepiladi. Zarurati bo‘lganida muolaja har 2-3 soatda takrorlanadi, lekin kuniga 8 martadan ko‘p emas.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: spreyning dozatoriga bir marta bosib, yallig‘langan joyga sepiladi. Zarurati bo‘lganida muolaja kattalarning ko‘rigi ostida har 2-3 soatda takrorlanadi, lekin kuniga 8 martadan ko‘p emas.

Septolete® plyus spreyini birinchi qo‘llash oldidan, yoki agarda Septolete® plyus spreyi uzoq vaqt qo‘llanmagan bo‘lsa, spreyning dozatoriga bir necha marta bosing va yaxshi oqim paydo bo‘lmagunicha preparatning ma‘lum miqdorini xavoga chiqarib yuboring.

Qo‘llashdan oldin plastik ximoya qalpoqchasini yechib oling.

Og‘izni oching, applikator trubkasini og‘iz bo‘shlig‘iga joylashtiring, nafasni tutib turib dozatorga bosing.

 

Spreyni xar bir qo‘llashdan keyin dozatorni plastik ximoya qalpoqchasi bilan berkiting.

Septolete® plyus preparatining bir flakoni faqat bir odam tomonidan ishlatilishi kerak.

Spreyning dozatoriga bir marta bosilganida 0,15 ml eritma chiqariladi, u 1,54 mg benzokain va 0,3 mg setilpiridiniy xloridi saqlaydi.

 

Nojo‘ya samaralari

Nojo‘ya samaralarining rivojlanish tez-tezligini Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tasnifi:

juda tez-tez >1/10

tez-tez >1/100 dan <1/10 gacha

tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha

kam >1/10000 dan <1/1000 gacha

juda kam <1/10000 dan, aloxida xabarlarni xam qo‘shib.

Qon yaratish tizimi tomonidan:

kam: metgemoglobinemiya;

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan:

kam: me‘da-ichak buzilishlari (ayniqsa tavsiya qilingan dozalar oshirilganida);

Immun tizimi tomonidan:

juda kam: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (teri toshmasi, qichishish, terini shishi, yutishni qiyinlashishi (benzokainga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda) (4-aminobenzoy kislotasining efiri)), 4-4-aminobenzoy kislotasining boshqa efirlariga (masalan, prokain, tetrakain) qarama-qarshi sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Preparatning faol  yoki yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik, maxalliy anestetiklarga yuqori sezuvchanlik, alkogolga qaramlik, metgemoglobinemiya, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, og‘iz bo‘shlig‘idagi ochiq jaroxatlar.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Setilpiridiniy xloridi va benzokainni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Septolete® plyus preparatini sut bilan birga ishlatish mumkin emas, chunki sut setilpiridiniy xloridining mikroblarga qarshi ta‘sirini kamaytiradi.

Metgemoglobinemiyani rivojlanishini yuqori xavfi tufayli, preparatni nafasni qiyinlashishi (masalan, astma  yoki bronxitda), keksa odamlarda, chekuvchilarda, yurak-tomir tizimining kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Bunday pasientlar Septolete® plyusni faqat shifokor bilan maslahatlashganlaridan keyin qo‘llashlari kerak.

Septolete® plyus 6 yoshdan kichik bolalarga tavsiya qilinmaydi.

Septolete® plyusni og‘iz bo‘shlig‘ining ochiq jarohatlarida qo‘llash mumkin emas, chunki setilpiridiniy xloridi jarohatlarning bitishini sekinlashtiradi.

Yuqori harorat, bosh og‘rig‘i va qusish bilan birga kechuvchi yaqqol infeksion jarayonlarda, ayniqsa sog‘liqning xolati 3 kun davomida yaxshilanmasa shifokorga murojaat qilish kerak.

Septolete® plyus preparatini ko‘z shilliq qavati bilan kontaktidan saqlanish kerak.

Spreyni nafas bilan olish mumkin emas.

Preparat qo‘llanganidan keyin og‘iz bo‘shlig‘ida vaqtinchalik achishish, uvishish xissi yoki yutishni qiyinlashishi paydo bo‘lishi mumkin (pasientga ovqat yoki ichimliklarni yutish qiyinroq bo‘lishi mumkin; shuningdek til va lablarni tishlab olish mumkin). Shuning uchun preparat qo‘llanganidan keyin bir soat davomida ovqat, ichimliklarni iste‘mol qilishdan, saqich chaynash yoki tishlarni tozalashdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Septolete® plyus preparati uzoq vaqt davri davomida yoki juda tez-tez ishlatilmasligi kerak, chunki dozani oshirilishi nojo‘ya samaralarining paydo bo‘lishi imkoniyatini oshiradi.

Septolete® plyus preparati saxaroza saqlamaydi, shuning uchun uni qandli diabeti bo‘lgan pasientlar qo‘llashlari mumkin.

Septolete® plyus preparati ko‘p bo‘lmagan miqdorda, bir dozada 100 mg dan kamroq etanol (alkogol) saqlaydi.

Avtotransportni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Septolete® plyus preparatini transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi texnik moslamalar bilan ishlash qobilyatiga ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Septolete® plyus preparatini homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Septolete® plyus preparatini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash, agarda ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holda mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: Septolete® plyus preparatida faol komponentlarning konsentrasiyasini pastligi tufayli, amalda dozani oshirib yuborilishi mumkin emas. Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarda davomli qabul qilinganida yoki qisqa vaqt davomida juda tez-tez qo‘llanganida metgemoglobinemiya rivojlanishi mumkin. Intoksikasiyaning belgilari paydo bo‘lganida, darxol preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Metgemoglobinemiyaning belgilari va simptomlari preparat qo‘llanganidan keyin 45-60 minut o‘tgach rivojlanishi mumkin. Gemoglobinning oksidlanish darajasiga qarab bosh og‘rig‘i, sianoz, holsizlik, kuchni yo‘qolishi va xansirash kabi yengil simptomlar rivojlanishi mumkin. Metgemoglobinemiyaning og‘irroq darajasida yurak urishi, tirishishlar, aritmiya va koma rivojlanishi mumkin.

Davolash: 100% li kislorod yuborish. Og‘irroq xollarida metilen ko‘ki antidotini yuborish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash.

Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarni qabul qilishda ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi me‘da-ichak buzilishlari rivojlanishi mumkin. Setilpiridiniy xloridi me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatining ta‘sirlanishi oqibatida qo‘ngil aynishi va qusishni chaqirishi mumkin.

Saqlash sharoiti

25˚S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEPTOLETE pastilkalar so vkusom mentola dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEPTOLETE pastilkalar so vkusom mentola dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEPTOLETE pastilkalar so vkusom mentola dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
SEPTOLETE D pastilkalar so vkusom mentola N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лаборатории Шемино/Иннотера Шузи
Narh: 148 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari so vkusom limona i meda N16
SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari so vkusom limona i buzina N16
SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari N16
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9