ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT
SIOFOR® 1000
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1000 mg li tabletkalar
10 yoshdan katta bolalar va kattalarda qo‘llash uchun.
Metformin gidroxloridi
Ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Ushbu ilova-varaqaning mazmuni
Siofor®1000 o‘zi nima
Siofor®1000 qandli diabetni davolash uchun dori vositasi – metformin saqlaydi. Metformin biguanidlar deb nomlanuvchi dori moddalari guruhiga kiradi.
Insulin – me‘da osti bezi ishlab chiqaradigan gormon va u Sizning organizmingizning hujayralari tomonidan qondagi glyukoza (qandni)ni ushlab qolinishini ta‘minlaydi. Sizning organizmingiz glyukozani energiya olish uchun ishlatadi yoki kelajakda undan foydalanish uchun saqlab turadi.
Agar Siz qandli diabet bilan xastalangan bo‘lsangiz, bu Sizda me‘da osti bezining insulinni yetarli miqdorda ishlab chiqara olmayotganligini yoki Sizning organizmingiz u ishlab chiqarayotgan insulindan tegishli ravishda foydalana olmayotganligini bildiradi. Natijada Sizda qonda glyukoza miqdori oshadi. Siofor®1000 qonda glyukoza miqdorini maksimal darajada normagacha kamayishiga yordam beradi.
Agar Sizning vazningiz yuqori bo‘lsa, Siofor®1000 ni uzoq vaqt qo‘llash qandli diabet bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Siofor®1000 preparatini qabul qilganda vazn o‘zgarishi kuzatilmaydi, yoki birmuncha kamayishi kuzatiladi.
Siofor®1000 preparati nima uchun qo‘llaniladi
Siofor®1000, qonda qand miqdorini nazorati uchun faqat parhez va jismoniy mashqlar yetarli bo‘lmagan pasientlarda, qandli diabetning 2 tipini (“insulinga bog‘liq bo‘lmagan” qandli diabet deb ham nomlanuvchi) davolash uchun qo‘llaniladi. Ayniqsa, u ortiqcha tana vazni bo‘lgan pasientlarda keng qo‘llaniladi.
Kattalar Siofor®1000 ni o‘zini qabul qilishlari yoki qandli diabetni davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada (ichga qabul qilish uchun yoki insulin bilan birga) qo‘llashlari mumkin.
10 yosh va undan katta bolalar, shuningdek qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan o‘smirlar Siofor®1000 ni o‘zini yoki insulin bilan majmuada qo‘llashlari mumkin.
Siofor®1000 preparatini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:
Agar Sizga sanab o‘tilgan bo‘limlardan biron biri taalluqli bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qiling.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Siofor®1000 preparatini qabul qilishdan oldin maslahat uchun shifokorga murojaat qiling.
Davolovchi shifokor bilan albatta maslahatlashing, agar:
Bunday tekshirishlardan yoki operasiyadan oldin, shuningdek ulardan keyin ma‘lum bir vaqt davomida Siz Siofor®1000 ni qabul qilmasligingiz kerak. Bu vaqt davomida boshqa biron-bir preparatlarni qabul qilish masalasini davolovchi shifokor hal qiladi. Siz davolovchi shifokor ko‘rsatmalariga aniq amal qilishingiz muhimdir.
Laktasidoz rivojlanish ehtimoliga iltimos ahamiyat bering.
Siofor®1000 preparati juda kam hollarda laktasidoz deb nomlanuvchi og‘ir asoratni chaqirishi mumkin, ayniqsa buyrak funksiyasi buzilgan shaxslarda. Laktasidoz kelib chiqish xavfi dekompensasiyalangan diabeti bo‘lgan bemorlarda, uzoq vaqt och qolganda yoki alkogol qabul qilganda kuchayadi. Laktasidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, kuchli toliqish bilan davom etadigan umumiy holatni yomonlashishi, shuningdek nafas olishni qiyinlashishi kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Sizga darhol shifoxonada davolanish talab etiladi, chunki laktasidoz komaga olib kelishi mumkin. Bunda Siofor®1000 preparatini qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qiling. |
Siofor®1000 o‘zi gipoglikemiyani (qonda glyukoza miqdorini juda pasayib ketishi) chaqirmaydi. Biroq, agar Siz qandli diabetni davolash uchun Siofor®1000 ni gipoglikemiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, insulin yoki meglitinidlar) bilan birga qabul qilayotgan bo‘lsangiz, uning kelib chiqish xavfi mavjud. Agar Sizda gipoglikemiyaning simptomlari holsizlik, bosh aylanishi, ko‘p terlash, yurak urishini tezlashishi, ko‘rishni buzilishlari, diqqatni jamlash muammolari paydo bo‘lsa, qand saqlovchi biron narsa iste‘mol qiling yoki iching – odatda bu yordam beradi.
Siofor®1000 preparatini va boshqa dori vositalarini qabul qilish.
Agar Sizga, rentgenografik yoki tomografik tekshirishlar uchun qonga yod saqlovchi kontrast moddalar yuborish talab etilsa, Siofor®1000 preparatini tekshirishlardan oldin va tekshirishlardan keyin ma‘lum bir vaqtgacha qabul qilishni to‘xtatish kerak (yuqoridagi “Albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashing” ga qarang).
Agar Siz Siofor®1000 preparati bilan quyida keltirilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar qiling. Ehtimol, Sizga glyukoza miqdorini tez-tez nazorat qilish yoki Siofor® 1000 dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin (buni shifokor qiladi):
Agar Siz hozirgi vaqtda boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan/qo‘llayotgan, yaqinda qabul qilgan/qo‘llagan bo‘lsangiz, bu to‘g‘risida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Siofor®1000 preparatini ovqat va alkogol bilan qabul qilish
Siz ushbu preparatni qabul qilayotganingizda, alkogol qabul qilishdan saqlaning. Alkogol laktasidozni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, ayniqsa jigar funksiyasi buzilishi bo‘lgan shaxslarda yoki holdan toygan pasientlarda. Huddi shu holatlar alkogol saqlovchi dori vositalariga ham tegishli.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik davrida qandli diabetni davolash uchun insulinni qo‘llash kerak.
Agar Siz homilador yoki emizikli bo‘lsangiz, homiladorman deb o‘ylasangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, Sizga davolash sxemasini o‘zgartirish uchun davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Emizish vaqtida ushbu dori vositasini qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Siofor®1000 o‘zi gipoglikemiya (qonda glyukoza miqdorining juda pasayib ketishi) chaqirmaydi. Bu transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmasligini bildiradi.
Shu bilan bir qatorda, agar Siz qandli diabetni davolash uchun Siofor®1000 ni gipoglikemiya chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar bilan birga (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, insulin yoki meglitinidlar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, alohida ehtiyotkorlikka amal qilishingiz kerak.
Gipoglikemiya simptomlariga holsizlik, bosh aylanishi, ko‘p terlash, yurakni tez-tez urishi, ko‘rish qobiliyatini buzilishi yoki diqqatni jamlash buzilishlari kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan saqlaning.
Ushbu dori preparatini har doim davolovchi shifokor tavsiyasiga qat‘iy amal qilgan holda qabul qiling. Agar Sizda biron bir shubha paydo bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Siofor®1000 preparatini qo‘llash sog‘lom turmush tarzini olib borish zaruratini o‘zgartirmaydi. Parhezga tegishli shifokor ko‘rsatmalariga amal qilishni davom ettiring va muntazam jismoniy mashqlar bajarib turing.
Tavsiya etilgan doza
Kattalar uchun odatdagi boshlang‘ich doza: plyonka qobiq bilan qoplangan ½ Siofor®1000 tabletkasidan, sutkada 2-3 marta (500 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi) yoki 850 mg metformin gidroxloridi sutkada 2-3 marta (bunday dozalashni Siofor®1000 preparati bilan amalga oshirib bo‘lmaydi).
Siofor®1000 preparatining qabul qilinadigan maksimal sutkalik dozasi: plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkadan sutkada 3 marta.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash
10 yoshli bolalar va o‘smirlar uchun odatdagi boshlang‘ich doza: plyonka qobiq bilan qoplangan ½ Siofor®1000 tabletkasidan sutkada 1 marta (500 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi) yoki metformin gidroxlorid 850 mg dan sutkada 1 marta (bunday dozalashni Siofor®1000 preparati bilan amalga oshirib bo‘lmaydi).
Siofor®1000 preparatining sutkalik maksimal dozasi: plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkadan sutkada 2 marta.
10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni faqat shifokorning alohida ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi, chunki ushbu yosh guruhida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas.
Agar Siz shuningdek insulin ham qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Siofor®1000 preparati bilan davolanishni shifokor ko‘rsatmasi asosida boshlash kerak.
Monitoring
Siofor®1000, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qanday ikkiga bo‘lish kerak
Tabletkani teng ikki bo‘lakka bo‘lish mumkin.
Siofor®1000, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari o‘z shakli tufayli oson va aniqlik bilan bo‘linadi. Uni ikki qo‘l bilan, tekis qattiq yuzaga kengroq o‘yiqchasini pastga qaratib va katta barmoq bilan bosib ikkiga bo‘lish mumkin (rasmga qarang).
Siofor®1000, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi, bu ovqat hazm qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar bo‘lmasligiga yordam beradi.
Tabletkalarni chaynamang va maydalamang. Har bir tabletkani 1 stakan suv bilan yuting.
Agar ma‘lum bir vaqt o‘tgandan keyin Siofor®1000 preparatining ta‘siri ancha kuchli yoki ancha kuchsizligi to‘g‘risida Sizda fikr paydo bo‘lsa, bu haqida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Siofor®1000 preparatini dozasi oshirib yuborilgan holatlarda nima qilish kerak
Agar Siz Siofor®1000 preparatini ko‘rsatilgandan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, Sizda laktasidoz rivojlanishi mumkin. Laktasidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, o‘zini yomon his qilish va kuchli toliqish, shuningdek nafasni qiyinlashishi kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Sizga zudlik bilan shifoxona sharoitida davolanish talab etilishi mumkin, chunki laktasidoz komaga olib kelishi mumkin. Siz zudlik bilan shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qilishingiz kerak.
Agar Siz Siofor®1000 preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz.
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini bosish uchun dozani ikki barobar qabul qilmang. Preparatning keyingi dozasini o‘z vaqtida qabul qiling.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Boshqa dori vositalari kabi, ushbu preparat nojo‘ya samaralar keltirib chiqarishi mumkin, lekin u hammada ham rivojlanmaydi. Quyidagi nojo‘ya samaralar kelib chiqishi mumkin:
Juda tez-tez kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar (10 pasientdan 1 tadan ko‘proq kuzatilishi mumkin)
Tez-tez kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar (10 pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin)
Juda kam hollarda kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar (10000 pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin)
Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Sizga zudlik bilan shifoxonada davolanish talab etilishi mumkin, chunki laktasidoz komaga olib kelishi mumkin. Siofor®1000 preparatini qabul qilishni zudlik bilan to‘xtating va shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qiling.
Bolalar va o‘smirlar
Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash bo‘yicha olingan cheklangan ma‘lumotlarga ko‘ra, ularda paydo bo‘ladigan nojo‘ya samaralar og‘irlik darajasi va xarakteriga ko‘ra kattalarda kuzatiladiganlar bilan deyarli bir xil.
Nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risidagi xabarlar
Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmaganlariga ham tegishli. Siz shuningdek, nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida bevosita Toshkent sh., 100015, Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes markaz) manzili bo‘yicha O‘zbekistondagi Berlin-Xemi/Menarini kompaniya vakolatxonasiga xabar berishingiz mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumotlar yig‘ishga yordam bergan bo‘lasiz.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Agar Siofor® 1000 bolaga buyurilgan bo‘lsa, unda ota-onalar va parvarish qiluvchi shaxslar ushbu preparatni qo‘llashni kuzatib borishlari kerak.
Ushbu preparat tashqi karton o‘ramda va blisterda “goden do” so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasligi kerak. Yaroqlilik muddati o‘tgan sana ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Preparat 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dori preparatini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizasiya qilish to‘g‘risida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Siofor®1000 preparatining tarkibi
Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib metformin gidroxloridi hisoblanadi.
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka 1000 mg metformin gidroxloridini saqlaydi (bu 662,9 metforminga to‘g‘ri keladi).
Boshqa yordamchi komponentlar: gipromelloza, povidon K25, magniy stearati (Ph. Eur.) [o‘simlik], makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171).
Siofor®1000 preparatining ta‘rifi va o‘ram ichidagisi
Oq, uzunchoq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida ponasimon chuqurchasi va boshqa tomonida bo‘luv o‘yiqchasi bo‘lgan tabletkalar.
Tabletkani teng ikki bo‘lakka bo‘lish mumkin (ikkiga bo‘lish ko‘rsatilgan 3 bo‘limga qarang).
Siofor®1000 preparati 30, 60 yoki 120 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkali o‘ramlarda chiqariladi.
Sotuvda hamma o‘lchamli o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin
Dorixonadan berish tartibi: shifokor resepti bo‘yicha.