×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

STOPDIAR kapsulalar 200mg N12

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Нифуроксазид
Qadoqda soni:
- 12
Ishlab chiqaruvchi:
- Gedeon Richter Poland., Co. Ltd., Польша (производитель) для Gedeon Richter PLC, Венгрия
Vakil:
- Gedeon Richter
ATX kodi:
- A07AX03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 235 ta dorixonasida topildi

ico 36 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 43 500 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 36 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
STOPDIAR kapsulalar 200mg N12 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

STOPDIAR

STOPDIAR

Preparatning savdo nomi: Stopdiar

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): nifuroksazid (nifuroxazide)

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: nifuroksazid – 100 mg;

Yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, jelatin, talk, magniy stearati;

Qobiq tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), talk, polietilenglikol, xinolin sarig‘i (Ye104).

Ta‘rifi: plyonka qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli, diametri taxminan 9 mm bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Ichak infeksiyalarini davolash uchun diareyaga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, mikroblarga qarshi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Nifuroksazid – ichak antiseptigi, 5-nitrofuran hosilasi, grammusbat (Staphylococcus oilasi) va grammanfiy (Enterobacteriaceae oilasi: Escherichia, Citobacter, Enterobacter, Klebsiella, Salmonella, Shigella, Proteus, Yersinia) bakteriyalarga nisbatan mahalliy antibakterial ta‘sirga ega.

Pseudomonas turi va Proteus inconstans, Providentia alcalifaciens turi bakteriyalarining A kichik guruhi shtammlariga nisbatan faol emas.

Ovqat hazm qilish yo‘llaridagi normal bakterial mikrofloraning muvozanatini (disbakterioz chaqirmaydi) buzmaydi, dori vositasiga chidamli mikrob shakllarini rivojlanishiga olib kelmaydi. Preparatning samaradorligi ichak bo‘shlig‘idagi rN muhitiga va bakteriyalarni antibiotiklarga sezuvchanligiga bog‘liq emas. Nifuroksazid mikroorganizmlar tomonidan toksinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi.

Nifuroksazid ichga qabul qilinganidan keyin, ovqat hazm qilish yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi, ichakda ta‘sir qiluvchi moddaning yuqori konsentrasiyasini hosil qilib, tez davolovchi samarani namoyon qiladi. Organizmga umumiy ta‘sir ko‘rsatmaydi, qonning klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ham ta‘sir qilmaydi. Ichak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Stopdiar preparati quyidagilarni davolashda qo‘llanadi:

  • kelib chiqishi bakterial bo‘lgan o‘tkir va surunkali diareya;
  • diareya bilan kechuvchi boshqa kasalliklar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Stopdiar preparatining tabletkalari ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.

Kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2 tabletkadan 4 marta buyuriladi. Preparatni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar teng vaqt oralig‘ida (har 6 soatda) qabul qilinadi.

Tabletka butunligicha, chaynamasdan va maydalamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutiladi. Stopdiar plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari o‘tkir diareyani davolash uchun 3 kun davomida qabul qilish tavsiya qilinadi. Agar bundan keyin simptomlar yo‘q bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish lozim. Diareya bilan kechuvchi boshqa kasalliklarni davolash kursi ko‘pi bilan 7 kunni tashkil qiladi.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni suspenziya shaklida buyurish tavsiya qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon yaratuvchi va limfatik tizim tomonidan:

Granulositopeniyaning bir holati ta‘riflangan.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:

Nifuroksazidga shaxsiy yuqori sezuvchanlik holatlarida qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi va diareyani zo‘rayishi paydo bo‘lishi mumkin. Sust jadallikka ega bunday simptomlarni paydo bo‘lishida maxsus davolashni qo‘llash yoki nifuroksazidni qo‘llashni to‘xtatish zarurati yo‘q. Yuqorida sanab o‘tilgan kuchli jadallikka ega simptomlar rivojlanganda dorini qabul qilishni to‘xtatish lozim. Keyinchalik bemor nitrofuran hosilalarini qabul qilmasligi kerak.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

Terida toshmalar ko‘rinishida teri reaksiyalari kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) paydo bo‘lishi mumkin. Keksa yoshdagi shaxsda pustulyozning bir holati va nifuroksazidga kontakt allergiya natijasida tugunli qichitmaning bir holati ta‘riflangan.

Nifuroksazid odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya ta‘sirlarni deyarli namoyon qilmaydi.

Har qanday noxush samaralar rivojlanish hollarda davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak!

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Nifuroksazidni uning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlikda, shuningdek 5-nitrofuran hosilalariga allergiyada qo‘llash mumkin emas.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (2 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarda) qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik

Nifuroksazid bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish mumkin emas, chunki alkogol organizmni preparatga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi va diareyani kuchayishi, qusish, qorinda og‘riq, teri giperemiyasi, yuzda va tananing yuqori qismida issiqlik hissi, boshda shovqin, nafasni qiyinlashishi, taxikardiya, qo‘rquv hissi bilan namoyon bo‘luvchi reaksiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin.

Hansirash, terida toshmalar, qichishish kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari namoyon bo‘lganida preparat qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nifuroksazid bilan davolashda preparatning kuchli adsorbsion xususiyatlari sababli, peroral vositalarni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim. Nifuroksazid qon aylanish tizimiga tushmasligi sababli, tizimli preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli kam va hozircha ma‘lum emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.

Preparat bilan davolanish davrida suvsizlanish simptomlari paydo bo‘lsa, bemorning klinik holatiga qarab, regidratasion davolashni o‘tkazish (kattalarga – sutkada taxminan 2 litr suyuqlik) lozim.

Nifuroksazidni sharbatlar, xom sabzavot va mevalar, achchiq va hazm qilinishi qiyin bo‘lgan ovqatlarni inkor qilingan qat‘iy parhezga rioya qilib qo‘llash kerak.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Nifuroksazidni homiladorlik davrida qo‘llanishi:

Nifuroksazidni homiladorlik davrida qo‘llanishiga oid klinik ma‘lumotlar mavjud emas.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlikni kechishi, embrion va homilani rivojlanishiga, tug‘ruqni kechishiga yoki tug‘ruqdan keyin bolaning rivojlanishiga na bevosita, na bilvosita ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Nifuroksazidni homilador ayollarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Nifuroksazidni emizish davrida qo‘llanishi:

Nifuroksazid me‘da-ichak yo‘llarida so‘rilmaydi. Shunga qaramasdan, yetarli klinik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli emizikli ayollarga nifuroksazidni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparatni psixomotor reaksiyalarga ta‘siri

Nifuroksazid ruxiy-jismoniy ish qobiliyatni, mexanik harakatlanish vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini susayishini chaqirmaydi.

Shifokor maslahatisiz preparatni belgilangan muddatdan uzoq qo‘llamang!

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish simptomlari ma‘lum emas. Dozani oshirib yuborish hollarida me‘dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Chiqarilish shakli

24 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar alyumin folga va PVX-plyonkali blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

+15oS dan +30oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

STOPDIAR kapsulalar 200mg N12 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
STOPDIAR kapsulalar 200mg N12 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
STOPDIAR kapsulalar 200mg N12 dori vositasi Gedeon Richter Poland., Co. Ltd., Польша (производитель) для Gedeon Richter PLC, Венгрия tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
STOPDIAR kapsulalar 200mg N12 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
STOPDIAR kapsulalar 200mg N12 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BAKDIAR tabletkalari 100mg N10
Narh: 40 880 so'mdan Batafsil
Narh: 31 500 so'mdan Batafsil
BAKDIAR tabletkalari 100mg N20
STOPDIAR tabletkalari 100mg N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Нифуроксазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC, Венгрия произведено: Gedeon Richter Poland Ltd
  • Vakil: Gedeon Richter
Narh: 35 300 so'mdan Batafsil
ENTEROFURIL kapsulalar 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bosniya va Gertsegovina
  • Faol modda: Нифуроксазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bosnalijek JSC
ENTEROFURIL kapsulalar 200mg N16
Narh: 49 700 so'mdan Batafsil
ENTEROFURIL suspenziya 90ml 200mg/5ml
ERSEFURIL kapsulalar 200mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Нифуроксазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Delpharm Dijon
STOPDIAR suspenziya 90ml 220mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Нифуроксазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC, Венгрия выпускающий контроль качества: Gedeon Richter Poland Co. Ltd, Польша произведено: Gedeon Richter Romania SA
  • Vakil: Gedeon Richter
Narh: 67 500 so'mdan Batafsil
EKOFURIL kapsulalar 200mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Нифуроксазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
EKOFURIL kapsulalar 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Нифуроксазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Другие формы препарата
STOPDIAR suspenziya 90ml 220mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Нифуроксазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC, Венгрия выпускающий контроль качества: Gedeon Richter Poland Co. Ltd, Польша произведено: Gedeon Richter Romania SA
  • Vakil: Gedeon Richter
STOPDIAR tabletkalari 100mg N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Нифуроксазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC, Венгрия произведено: Gedeon Richter Poland Ltd
  • Vakil: Gedeon Richter
STOPDIAR tabletkalari
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Нифуроксазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9