×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Tardiferon

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Железа сульфат
Vakil:
- Euromedex
ATX kodi:
- B03AA07 Железа сульфат
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GEM AP kapsulalar N30 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
FEREKS inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
85 000 s`om dan
TOTEMA eritma dlya priema vnutr 10ml N20 Innothera Chouzy Frantsiya
64 000 s`om dan
Saqlash shartlari При температуре не выше 30 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 3 года.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tardiferon qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TARDIFERON®

TARDYFERON®

Preparatning savdo nomi: Tardiferon®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): temir sulfati

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan retard tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 256,30 mg temir sulfatining bir yarim gidrati (miqdor jihatidan 80 mg temirga ekvivalent).

Yordamchi moddalar: tabletka markazi: Askorbin kislotasi, suvsiz mukoproteoza, kartoshka kraxmali, metakril kislotasining metilmetakrilat kopolimeri (Eudragit S), trietilsitrat, polividon K30, talk, magniy stearati, gidrogenlangan kanakunjut moyi, magniy trisilikati

tabletka qobig‘i: metakril kopolimerining butillangan asosi (Eudragit Ye), talk, titan dioksidi, guruch kraxmali, karnaub mumi, saxaroza.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish rangli, silliq yuzali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antianemik preparatlar.

ATX kodi: V03AA07

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy tarkibga ega antianemik preparat. Preparatning tarkibiga kiruvchi temir sulfati organizmda temir tanqisligini to‘ldiradi. Temir gemoglobin, mioglobin, sitoxrom S tarkibiga kiradi, gemning tarkibiy qismi bo‘lib, kislorodni qayta qamrab olinishida ishtirok etadi, eritropoezda ishtirok etadi.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Temir asosan o‘n ikki barmoq va ingichka ichakda so‘riladi. Temirning biokiraolishligi 10-20% ni tashkil qiladi. Mukoproteoza-temir majmuasi ichakning shilliq qavatlaridagi kriptalarni to‘ldiradi, bu majmuani shilliq qavatning katta yuzasi bilan birikishini ta‘minlaydi, shu tariqa temirni so‘rilishi kuchayadi.

Taqsimlanishi va metabolizmi

Temir plazma transferrinlari bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi va gemoglobin, mioglobin, sitoxromoksidaza hosil bo‘lishi jarayonida ishtirok etadi yoki ferritin shaklida organizm to‘qimalarida to‘planadi.

Chiqarilishi

Temir axlat, siydik va ter bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Temir tanqisligi (gipoxrom) anemiyalari, ayniqsa ovqat bilan yetarli darajada tushmasligi, fiziologik yuqori ehtiyoj bilan bog‘liq va surunkali qon ketishlari oqibatida temir tanqisligi anemiyalari. Temirni latent yetishmovchiligi, ayniqsa tug‘ruq yoshidagi ayollar, jadal o‘sish davridagi o‘smirlar va keksa yoshdagi shaxslarda yetishmovchiligi.

Homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi davr va emizish vaqtida temir tanqisligini oldini olish uchun temirga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan vaqtida profilaktik chora sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.

Olti yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 tabletka buyuriladi.

10 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga kuniga 1-2 tabletka buyuriladi.

Homiladorlarni profilaktik davolash yuzasidan odatda 1 tabletkadan har kuni yoki homiladorlikning oxirgi 2-ta uch oyligi davomida (yoki 4-oylikdan boshlanadi) 2 kunda bir marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi, Tardiferon® 80 mg ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin, garchi ular  hammada ham namoyon bo‘lmasada:

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi tez-tezligini ortib borishi bo‘yicha tasniflanadi:

Tez-tez (>1/100 va <1/10)

Qabziyat,

Diareya,

Qorinni dam bo‘lishi,

Axlatni qora kelishi,

Ko‘ngil aynishi.

Tez-tez emas (>1/1000 va <1/100)

Hiqildoqni shishi,

Diareya va qabziyatni almashinishi,

Jig‘ildon qaynashi (dispepsiya),

Qusish,

Me‘dani yallig‘lanishi (gastritlar),

Qichishish,

Qizil teri toshmasi (to‘satdan eritema).

Tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)

Tish rangini o‘zgarishi,

Og‘iz shilliq qavatini shikastlanishi (og‘iz bo‘shlig‘ida yara paydo bo‘lishi),

Toshma, eshakemi, nafas olishni qiyinlashishi, o‘zini yomon his qilishni o‘zi ichiga oluvchi allergik reaksiyalar,

Achishish hissi bilan o‘tuvchan teri toshmasi.

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar postmarketing kuzatuv jarayonida aniqlangan.

Ushbu reaksiyalarning tez-tezligi noma‘lum deb baholangan (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi va tishlarni rangini qaytuvchan o‘zgarishi tabletkani chaynash, shimish yoki og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish kabi noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan. Keksa pasientlar va yutishi buzilgan pasientlar qizilo‘ngach shilliq qavatini shikastlanishi yoki tabletkani noto‘g‘ri tushishi natijasida bronxial to‘qimani nobud bo‘lishi xavfi bo‘lishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar bo‘yicha hisobot

Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara, shu jumladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samara paydo bo‘lsa, o‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt yoki tibbiyot hamshirasiga xabar bering. Shuningdek, Siz nojo‘ya samara haqida nojo‘ya samaralarning davlat hisobot tizimi bo‘yicha ham xabar berishingiz mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– Organizmda temir miqdorini oshishi yoki uni utilizasiyasini buzilishi bilan ifodalanuvchi  holatlar (gemoxromatoz, gemosideroz, gemolitik anemiya)

– Preparatning har qanday komponentiga allergiya.

– Tarkibida kanakunjut moyi borligi sababli ichak tutilishi.

– 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Turli dori vositalari, ayniqsa temir tuzlari bilan o‘zaro ta‘sirdan saqlanish maqsadida, Siz qabul qilayotgan boshqa preparatlar haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Noxush kombinasiyalar:

Temir tuzlarining in‘eksion shakllari

Kompleksdan temirni tez ajralib chiqishi va transferrin bilan tez to‘yinish natijasida lipotimiya yoki shok bo‘lishi mumkin.

Maxsus ehtiyotkorlik choralarini talab etuvchi kombinasiyalar:

Peroral tetrasiklinlar

Me‘da-ichak yo‘llarida tetrasiklinlarni so‘rilishi pasayadi (kompleks hosil bo‘ladi).

Tetrasiklinlar va temir tuzlarini qabul qilish orasida intervalga (2 soat) rioya qilish kerak.

Magniy trisilikati (antasidlar)

Temir tuzlarini so‘rilishi pasayadi.

Antasidlar va temir tuzlarini qabul qilish orasida intervalga (2 soat) rioya qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

– Yallig‘lanish sindromi bilan bog‘liq giposideremiya temir bilan davolash yordamida to‘g‘rilanmaydi.

– Temir bilan davolash, iloji boricha anemiya sababini davolash bilan birga olib borilishi kerak.

– Preparatning tarkibida saxaroza mavjudligi sababli, ushbu preparatni fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi yoki sukraza-izomaltaza fermentini tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

– Choy, qaxva, qizil vinoni katta miqdorini bir vaqtda qabul qilish temirni so‘rilishini ingibirlashi mumkin.

– Sut mahsulotlari va tuxum temir preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda ular ham temirni so‘rilishini ahamiyatli darajada pasaytirishi mumkin.

– Kanakunjut moyi mavjudligi sababli ayniqsa, 6 yoshdan kichik bolalarda allergik reaksiyalar xavfi mavjud.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Davolash kursini o‘tgan bir necha ming ayollarda salbiy ta‘sirni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari temir sulfatining salbiy ta‘sirini inkor etadi. Shu tariqa, bu preparatni odatdagi qo‘llashda homiladorlik vaqtida buyurish mumkin.

Temir sulfatini ko‘krak sutiga kirishi baholanmagan, lekin muolajaning o‘ziga xosligi ushbu preparatni emizish davrida qabul qilish imkonini beradi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, shok bilan kechuvchi me‘da-ichak yo‘llarini ta‘sirlanishi va nekrozi.

Davolash: xom tuxum va sut qabul qilish kerak, bu me‘da-ichak yo‘llarida temirni erimaydigan birikmalarini hosil bo‘lishi va uni organizmdan chiqarilishiga olib keladi. Bemorda qusishni chaqirib, ko‘pincha me‘dadan endigina ortiqcha qabul qilingan tabletkalarni bartaraf etish mumkin. Shifokor natriy karbonatining 1% eritmasi bilan me‘dani yuvish yoki deferoksaminni buyurish yo‘li bilan ortiqcha temirni bartaraf etishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar blister (PVC/PVDC/Aluminium) o‘ramga joylangan; bir blisterda 10 tabletka; o‘ramda 3 blister (30 tabletka).

 

Saqlash sharoiti

30oS dan past haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Tardiferon dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Tardiferon dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Tardiferon dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FERIRON tabletkalari 50mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Железа сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Darou Pakhsh Pharmaceutical Mfg. Co.
  • Vakil: Pharm Heres
GEMOFER PROLONGATUM tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Железа сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
FERIRON tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Железа сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Darou Pakhsh Pharmaceutical Mfg. Co.
  • Vakil: Pharm Heres
TARDIFERON tabletkalari 80mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Железа сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pierre Fabre Medicament Production
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
TARDIFERON tabletkalari 80mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Железа сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pierre Fabre Medicament Production
GINO TARDIFERON tabletkalari N30
Tardiferon
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9