×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEMOFER PROLONGATUM tabletkalari N30

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Железа сульфат
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
ATX kodi:
- B03AA07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FERSINOL inyeksiya uchun eritma 2ml N5 World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S. Turkiya
90 000 s`om dan
GEMBAG inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N5 Dr Sertus İlaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
ASKOFER inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N3 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEMOFER PROLONGATUM tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEMOFER® PROLONGATUM

HEMOFER® PROLONGATUM

 

Preparatning savdo nomi: Gemofer® prolongatum .

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): temir sulfati.

Dori shakli: ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar.

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan ta‘siri uzaytirilgan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 105 mg temir ionlariga (II) (Fe +2) ekvivalent bo‘lgan 325 mg quruq temir sulfati

yordamchi moddalar: 11,1 mg laktoza monogidrati, 32,5 mg ammoniy metakrilat sopolimeri (Eudragit RS PO), 7,6 mg talk, 3,8 mg magniy stearati

qobig‘ining tarkibi: 145,96 mg saxaroza, 63,48 mg talk, 8,74 mg arab kamedi, 134 mg jelatin, 0,48 mg qizil koshenil (Ye 124).

Ta‘rifi: ikki tomoni qadariq, disk shaklidagi qizil rangli, oqish yadroli, yuzasi silliq, holli kiritmalarsiz bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: peroral qo‘llash uchun ikki valentli temir preparati.

ATX kodi: B03AA07

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Temir gemoglobin, mioglobin va hujayradagi oksidlanish jarayonlarida ishtirok etuvchi temir-porfirin fermentlarining (sitoxromlar, katalaza, peroksidoza) sintezi uchun zarur modda hisoblanadi. Temirning bir qismi bevosita gemoglobin sintezi uchun sarflanadi, qolgan qismi esa organizmda ferritin va gemosiderin shaklida asosan jigar va taloqda zahira sifatida to‘planadi.

Farmakodinamik samaralari

Temirga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj chaqloqlar va 9 yoshdan kichik bolalar uchun 10-15 mg, o‘smir yoshdagi qizlar va ayollar uchun 16-19 mg, yoshi va jismoniy faolligiga ko‘ra (homiladorlik davrida – 26 mg va emizish vaqtida – 20 mg ga oshadi), o‘g‘il bolalar va erkaklar uchun – 14 -15 mgni tashkil qiladi.

Temir tanqisligi anemiyasi quyidagilarni natijasida paydo bo‘lishi mumkin:

  • ko‘p qon yo‘qotilishi (masalan, qon ketishi, hayzda ko‘p miqdorda qon ketishi)
  • temirni me‘da-ichak yo‘llaridan o‘zlashtirilishini buzilishi (masalan, me‘da shilliq qavatini yallig‘lanishi, diareya, qusish);
  • ovqat rasionida temir miqdori yetarli darajada bo‘lmaganida (sabzavot, mevalar va go‘sht miqdori kam bo‘lgan muvozanatlanmagan oziqlanish);
  • temirga yuqori ehtiyoj bo‘lganda: homiladorlik (temir preparatlarini folat kislotasi bilan majmuaviy qo‘llash tavsiya qilinadi), emizish, bolalar va o‘smirlarda jadal o‘sish davri.

Ta‘siri uzaytirilgan tabletkani me‘da-ichak yo‘llaridan o‘tish jarayonida temir ajralib chiqadi. Preparatning dori shakli temir ionlarini (II) asta-sekin bir tekisda ajralib chiqishini va so‘rilishini ta‘minlaydi va me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatining ta‘sirlanishini rivojlanish xavfini kamaytiradi.

 

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Temir zahiralari jigarda, taloqda va suyak ko‘migida kamayganida yoki eritropoez kuchayganida uni sщrilishi oshadi. Qon zardobida temirning konsentrasiyasi yuqori bo‘lganida uni so‘rilishi kamayadi. Temir tanqisligi bo‘lgan shaxslarda uni so‘rilishi tanqisligiga proporsional darajada bo‘lib 10-30% ni tashkil qiladi. Organizmda temir tanqisligi bo‘lmaganida iste‘mol qilingan temirning taxminan 5-10% so‘riladi. Temirni so‘rilishi asosan o‘n ikki barmoq ichakda va ingichka ichakning yuqori bo‘limlarida yuz beradi.

Taqsimlanishi va metabolizmi

Faqat ikki valentli temir (Fe2+) ingichka ichak shilliq qavatining enterositlarga kirish qobiliyatiga ega va u yerda tashuvchi-oqsil-transferrin bilan bog‘lanadi va shunday qilib tashiluvchi temirning o‘zagini shakllantiradi. Tashiluvchi temir organizmning ehtiyojiga ko‘ra  temir-transferrin majmuasi shaklida zahiradagi temir o‘zagiga (jigar, taloq, suyak ko‘migi) yoki funksional temir o‘zagiga (gemoglobin, mioglobin, nafas fermentlari) o‘tkaziladi. Temir ahamiyatli dararaja oqsillar bilan bog‘lanadi (90% va undan ko‘proq); ko‘proq darajada gemoglobin bilan va kamroq – mioglobin, transferin, ferritin va gemosiderin bilan). Temir organizmda ferritin yoki gemosiderin shaklida asosan gepatositlarda, retikulo-endotelial tizimida va mushaklarda zahira sifatida to‘planadi. Temirning yarim chiqarilish davri (T 0,5) – 6 soatni tashkil qiladi.

Chiqarilishi

Temir organizmda toksik konsentrasiyalargacha to‘planishi mumkin. Temirning oz miqdori uzluksiz teri, sochlar, tirnoqlar, ter, shuningdek ichak, sut (sutkada 0,5-1 mg), hayz ko‘rishdagi qon va siydik bilan chiqariladi. Kattalarda temirning o‘rtacha sutkalik yo‘qotilishi erkaklar va menopauzadan keyingi davrdagi ayollar uchun 1 mg ni va menopauza davri boshlanmagan sog‘lom ayollar uchun 1,5-2 mg ni tashkil qiladi.

Klinik tadqiqotlar

Havfsizligi bo‘yicha klinika oldi tadqiqotlari tegilshi ma‘lumotlar yo‘q.

Bezararligi bo‘yicha doklinik ma‘lumotlar

Ushbu dori preparati uchun muvofiq ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llanilishi

Temir tanqisligi anemiyasini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Gemofer® prolongatum Ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar preparatini ovqat qabul qilgandan keyin yetarli vaqt oralig‘ida (masalan, ertalab och qoringa yoki ikkita asosiy ovqatni qabul qilish o‘rtasida) qo‘llash lozim, chunki ovqat mahsulotlari temirni so‘rilishini kamaytirishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang). Ammo preparatni bunday qabul qilish usulida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan noxush holatlar ko‘proq rivojlanadi. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan noxush holatlarni rivojlangan hollarda preparatni darhol ovqatdan keyin qo‘llash lozim. Tabletkani butunligicha, sindirmasdan va chaynamasdan kamida yarim stakan suv bilan yutish lozim. Yotgan holatda qabul qilmang.

Davolash davomiyligi

Davolash davomiyligi keyingi laborator tekshirish natijalariga muvofiq aniqlanadi.

Davolashni normal ko‘rsatkichlarga erishilmagunicha davom ettirish kerak.

Davolashni organizmda temir zahirasi tiklangunicha davom ettirish mumkin.

Davolash davomiyligi temir tanqisligi darajasiga ko‘ra o‘zgaradi, ammo odatda taxminan 10-12 hafta davolash talab qilinadi, yoki turg‘un birlamchi patologik holati hollarida uzoqroq talab qilinadi. Temir tanqisligini profilaktika qilishda davolanish davomiyligi holatga (homiladorlik, qon donorligi, surunkali gemodializ, rejali autogemotransfuziya) ko‘ra o‘zgaradi. Gemoglobin ko‘rsatkichlari normaga qadar tiklangandan keyin davolash qon zardobida ferritin ko‘rsatkichini nazorati ostida temirni organizmda zahirasini to‘ldirilishi ta‘minlangunicha bo‘lgan davrgacha davom ettirilishi kerak.

Qo‘llash usuli

Ichga qabul uchun buyuriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar

Temir tanqisligini oldini olish uchun

  • kuniga 1 tabletka;

Temir tanqisligini davolash uchun

  • kuniga 2 tabletkadan ovqat qabul qilishlar orasida, bir xil vaqt oraliqlarida buyuriladi.

12 yoshdan kichkina bolalar

Faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin buyuriladi.

Pasientlarini alohida guruhlari

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarga, ularda me‘da sekresiyasini pasayishi va me‘da shirasining kislotali muhitini pasayishi natijasida temirning so‘rilishini kamayishi sababli, preparatni yuqori dozalarda buyurish talab qilinishi mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarda qabziyat, axlat tiqinlarni hosil bo‘lishi yoki yo‘g‘on ichakni perforasiyasi eng ko‘p uchraydi.

Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Klinik sinov ma‘lumotlari

Muvofiq ma‘lumotlar yo‘q.

Postmarketing kuzatuvi ma‘lumotlari

Temir preparatlarini och qoringa yaxshi so‘rilishiga qaramay, ularni me‘da-ichak yo‘llari tomonidan bo‘ladigan noxush holatlarni minimallashtirish uchun ovqatdan keyin qabul qilish lozim. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan bo‘ladigan noxush holatlarning jadalligi dozaga bog‘liq.

Preparatni me‘dada oz miqdorda ajralib chiqishini ta‘minlaydigan ta‘siri uzaytiriligan shaklida qo‘llash me‘dani shilliq qavatiga ta‘sirlovchi samarasini

kamaytiradi.

Noxush holatlar ularni uchrash tez-tezligiga ko‘ra sanab o‘tilgan. Uchrash tez-tezligi quyidagi tarzda aniqlanadi:

juda tez-tez (≥ 1/10),

tez-tez (≥ 1/100 dan< 1/10),

tez-tez emas (≥1/1000 dan < 1/100),

kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000),

juda kam hollarda (<1/10 000,

noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).

Immun tizimi tomonidan

Noma‘lum:     o‘ta yuqori sezuvchanlik (toshmalardan, ba‘zida og‘ir shakllargacha, anafilaktik reaksiyalargacha o‘zgaradi).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan

Tez-tez:          qorin sohasida diskomfort, ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, jig‘ildon qaynashi, axlatni to‘q rangga bo‘yalishi yoki qabziyat (qabziyat uzoq davolanish natijasi bo‘lishi mumkin, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda axlat tiqinlarni hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin).

Kam hollarda: tish emalini qorayishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Noma‘lum:     qorin sohasida og‘riq, qorinni yuqori sohasida og‘riq, me‘da-ichak yo‘llaraini ta‘siralanishi (“Maxsus ko‘rsatmlar” bo‘limiga qarang).

Teri va teri osti qavati to‘qimalari tomonidan:

Kam hollarda: ekzantema, toshma va eshakemi kabi terining o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Gemofer® prolongatum preparating quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:

  • preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • qizilo‘ngach strikturasi;
  • gemosideroz, gemoxromatoz, temirni to‘planib qolishi bilan bo‘lgan surunkali gemoliz;
  • sideroblast anemiya;
  • qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish chaqirgan anemiya;
  • talassemiya va boshqa gemoglobinopatiyani fonidagi anemiya shakllari;
  • malabsorbsiya sindromi;
  • kechki teri porfiriyasi;
  • ko‘p sonli qon quyishlar;
  • parenteral yuborish uchun temir preparatlarini qo‘llashda qo‘llanmaydi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Temir tuzlarini vena ichiga yuborish

Temirni vena ichiga temirni peroral qabul qilish bilan bir vaqtda yuborish arterial bosimini pasayishini, va xatto temirni trasferinni  to‘yinishi natijasida tez ajralib chiqishi oqibatida kollapsni chaqirishi mumkin. Ushbu majmua  tavsiya qilinmagan.

Doksisiklin

Temir tuzlarini peroral qo‘llash doksisiklininni so‘rilishini va gepatoenteral sirkulyasiyasini pasaytiradi. Ushbu majmuadan saqlanish lozim.

Xloramfenikol

Xlorafenikol temir preparatlarining ta‘sirini sekinlashtirishi mumkin.

Mikofenolat mofetil

Temir sulfati mikofenolatni so‘rilishini pasaytiradi. Mikofenolat bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim.

Dimerkaprol

Dimerkaprolni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim.

S vitamini

S vitamini bilan birga qo‘llash temirni so‘rilishini oshiradi.

Quyidagi majmualarda dozaga tuzatish talab qilinishi mumkin

Temir ko‘pchilik dori preparatlarini so‘rilishini xelatlash orqali pasaytiradi. Shuning uchun temir tuzlarini va quyida sanab o‘tilgan tibbiy preparatlarni qabul qilish oralig‘i iloji boricha uzoqroq bo‘lishi kerak.

Penisillamin va rux tuzlari

Temir sulfat penisillamin hosilalari va rux tuzlarini so‘rilishini pasaytiradi, chunki ular temir bilan komplekslarini (xelatlarni) hosil qilishi mumkin. Penisillaminni temir preparatlarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin qabul qilish kerak.

Tetrasiklinlar

Temir tetrasiklinlarni so‘rilishini pasaytiradi. Tetrasiklin antibiotiklari

shuningdek doksisiklindan tashqari hollarda temirni so‘rilishini pasaytiradi, zarurati bo‘lganida ularni temir preparatlarini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 3 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Tireoid gormonlar

Temirning peroral preparatlari levotiroksinni (tiroksinni) so‘rilishini pasaytiradi, shuning uchun bu preparatlarni kamida 2 soatlik interval bilan qo‘llash lozim.

Metildopa (L-shakli)

Temir sulfati shuningdek metildopani gipotenziv samarasini pasaytiradi. Shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish o‘rtasidagi interval iloji boricha uzoqroq bo‘lishi kerak.

Entakapon, levodopa

Temir sulfati shuningdek entekaponni so‘rilishini va levodopani biokiraolishligini 50% ga pasaytirishi mumkin. Karbidopani biokiraolishligi ham (75%) pasayadi. Shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish o‘rtasidagi interval iloji boricha uzoqroq bo‘lishi kerak.

Bifosfonatlar

Temir sulfati bifosfonatlarni so‘rilishini psasaytiradi.

Bu dori preparatlarini qabul qilish o‘rtasidagi interval kamida 2 soat bo‘lishi kerak.

Antasidlar

Oksidlar, gidroksidlar yoki magniy, alyuminiy va kalsiy tuzlarini saqlovchi antasidlar tuzlar bilan xelatlarni hosil qiladi. Shuning uchun bu preparatlarni o‘rtasidagi interval iloji boricha uzoqroq bo‘lishi kerak; antasidni va temir preparatlarini o‘rtasidagi minimal interval 2 soatni tashkil qiladi.

Kalsiy va magniy preparatlari, xolestiramin

Temir preparatlarini va me‘da shirasini kislotaligini pasaytiruvchi dori vositalarini, kalsiy preparatlarini bir vaqtda qabul qilish (karbonatlar yoki fosfatlar), kaliy, magniy saqlovchi oziq ovqat mahsulotlarini/ichimliklarni, va xolestiraminni bir vaqtda qabul qilish temirni so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Temirni peroral preparatlarini sanab o‘tilgan dori vositalarini qabul qilgandan keyin 2 soat davomida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Ftorxinolonlar

Temir preparatlari ayrim xinolonlarni, masalan, siprofloksasinni, ofloksasinni, gatifloksasinni va levofloksasinni so‘rilishini 30-90% ga pasaytirishi mumkin. Shuning uchun bu dori preparatlarni temir preparatlarini qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng qo‘llash lozim.

Nostseroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar

Temir preparatlarini va nosteroid yallig‘lanishiga qarshi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini ta‘sirlovchi samarasini kuchaytirishi mumkin.

Temirning kompleks birikmalari

O‘simlik ovqatida sut, kofe va choyning komponentlarida saqlanadigan temirning kompleks birikmalari (fosfat, fitat va oksalatlar kabi) temir tuzlarini biokiraolishligini pasaytirishi mumkin. Temir preparatlarini va yuqorida ko‘rsatilgan birikmalarni qabul qilish o‘rtasidagi interval  kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak.

Boshqalar

Temir sulfati qo‘llanganida quyidagi dori vositalarining: alendron kislotasi, kaptopril, klodronat, rizedron dozalariga tuzatish kiritish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.

Nomutanosiblik

Muvofiq ma‘lumotlar yo‘q.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Tibbiy kuzatuv

Anemiyani har qanday shaklini davolashni shifokorni maslahatidan keyin va tibbiy kuzatuv ostida amalga oshirish kerak.

Davolashni boshlashdan oldin anemiyani dastlabki sababini (masalan, me‘dani eroziyasi, yo‘g‘on ichakni raki) istisno qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya qilingan dozalardan oshirmaslik kerak. (“Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limiga qarang).

Yondosh patologiyalar

Temir preparatlarini quyidagi yondosh kasalliklarda buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim:

  • -ichakni yallig‘lanishi kasalliklari;
  • -divertikulit;
  • -gastrit;
  • -gepatit yoki jigar faoliyatini buzilishi;
  • -buyrak kasalliklari;
  • -qizilo‘ngach strikturasi va/yoki yallig‘lanishi;
  • -o‘n ikki barmoq ichak yoki me‘dani yara kasalligi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Temir preparatlarini kg tana vazniga sutkada 4 mg dan yuqori dozada qo‘llanganda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan noxush holatlarni chaqirishi mumkin.

Yutinish qiyin bo‘lgan pasientlar

Ushbu preparatni yutinish qiyin bo‘lgan pasientlarda stomatitni va og‘iz bo‘shlig‘ida tabletka qoldiqlarini tutilib qolishi natijasida og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq qavatida yarani rivojlanish xavfi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Eritropoetinni qabul qilish talab qilinadgan surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga temir preparatlarini vena ichiga yuborish lozim, chunki ichga qabul qilinganda uremiyasi bo‘lgan pasientlarda temirni so‘rilishi pasayadi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Eng avvalo qonni yo‘qotilish yoki noma‘lum etiologiyali temirni yo‘qotilishi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlar anemiyani/qon ketishini manbaini sababini aniqlash uchun tekshirilishi kerak.

Bolalar

Temir preparatlari ayniqsa bolalarda zaharlanishni chaqirishi mumkin. Bolalarda tibbiy kuzatuvsiz uzoq va haddan ziyod qo‘llanilish preparatni toksik to‘planib qolishga olib kelishi mumkin, u o‘limga olib kelishi mumkin (“Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limiga qarang).

Laborator tekshiruvlari

Temir tuzlarini qabul qilish yashirin qonga ahlatni tahlilini soxta-musbat natijalariga olib kelishi mumkin. Temir preparatlarini ichga qabul qilinganda yashirin me‘da-ichak qon ketishini oqibatida axlatni qorayishi kuzatilishi mumkin. Gvayaka sinamasini natijalari soxta musbat bo‘lishi mumkin.

Temir sulfatini so‘rilishga ta‘sir etuvchi omillar

Choy, kofe, tuxum, ovqatni yoki bikarbonatlar, karbonatlar, oksalatlar yoki fosfatlarni saqlovchi dori preparatlarini, shuningdek sut yoki sut mahsulotlarini, toza undan bo‘lgan, non donli xlopyalar yoki boshqa klechatkani saqlaydigan mahsulotlarni ist‘emol qilish temirni so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Shu sababli peroral qabul uchun preparatlarini yuqorida ko‘rsatilgan preparatlari yoki ovqat mahsulotlarini qabul qilingandan keyin 1 soat yoki 2 soatgacha bo‘lgan vaqt davomida qo‘llash mumkin emas.

Boshqalar

Temir saqlovchi mahsulotlarni iste‘mol qilish vaqtinchalik tish emalini rangini o‘zgarishga va axlatni qorayishiga olib kelishi mumkin. (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Ilmiy adabiyot ma‘lumotlari bo‘yicha tish emalini qorayishi preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin o‘z-o‘zidan o‘tib ketishi mumkin yoki obraziv tish pastasi yoki tishlarni professional tozalash yordamida bartaraf etish mumkin.

Tabletka yadrosining bo‘laklari ahlatda bo‘lishi mumkin, ammo bu davolashni samarasiga ta‘sir qilmaydi.

Laktoza, saxaroza

Ushbu dori preparati laktoza va saxaroza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy fruktozani o‘zlashtiraolmasligi, galaktozani yetishmovchiligi, Lappa laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiya muammolari bo‘lgan pasientlar bu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.

Qizil koshenil

Ushbu dori preparati allergik reaksiyalarni chaqirish qobiliyatiga ega qizil koshenil (Ye124) saqlaydi.

Utilizasiya qilishda yoki boshqa muomala qilishdagi alohida choralar

Maxsus talablar yo‘q.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Fertillik

Muvofiq ma‘lumotlar yo‘q.

Homiladorlik

Temir saqlovchi preparatlarni homiladorlikning birinchi 13 haftasi davomida qo‘llashning zarurati bo‘lgan hollarda, bu preparatlarni shifokorning kuzatuvi ostida qabul qilish kerak. Homiladorlikning I uch oyligida yaxshi muvozanatlangan ovqatlanish temirni yetarli miqdorda tushishini ta‘minlaydi. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llashning xavfsizligini klinik tadqiqotlari o‘tkazilmagan, ammo homilador ayollarda temir preparatlarini terapevtik dozalarda qo‘llash natijasida homilaga zararli ta‘siri to‘g‘risida xabar berilmagan.

Laktasiya

Preparatni laktasiya davrida qo‘llashning xavfsizligini klinik tadqiqotlari o‘tkazilmagan, ammo temir preparatlarini terapevtik dozalarda emizikli ayollarda qo‘llash natijasida chaqaloqlarga zararli ta‘siri to‘g‘risida xabar berilmagan.

Diqqat yuqori jamlash, psixomotor reaksiyalarning tezligini yoki kognitiv ko‘nikmalarni talab qiluvchi faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘siri

Ushbu preparat transport vositalarini yoki har qanday xarakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanmasin va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Temir dozasini nisbatan biroz oshishi toksik bo‘lishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Zaharlanish simptomlari preparatni 1 kg tana vazni 20 mg Fe2+ (TV) gacha bo‘lgan dozalarni qabul qilgandan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Jiddiy toksik ta‘sirni rivojlanishini 60 kg Fe2+ 1 kg TV va undan yuqori dozalarni qabul qilinganda kuzatish mumkin. 200 dan 400 mg Fe2+ 1 kg TV gacha bo‘lgan dozalar bilan zaharlanish davolanmaganida o‘limga olib keladi. Preparatni bolalarda 400 mg Fe2+ gacha bo‘lgan dozada qabul qilish hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatga olib kelishi mumkin. Preparatni yuqori dozalarda ko‘p yillar davomida bunday miqdor temirga bo‘lgan individual ehtiyoji uchun talab qilinmaydigan sharoitda qo‘llash tipik gemoxromatozni klinik manzarasi bilan kechuvchi surunkali intoksikasiya olib kelishi mumkin.

Simptomlari va belgilari

Temir bilan zaxarlanish bir nechta bosqichga ega.

  • Birinchi bosqich davolashda, preparatni ichga qabul qilingandan keyin taxminan 30 minutdan 5 soatgacha ta‘sirlanish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi siptomlar kuzatiladi. Ahlat qoramoysimon ranggacha bo‘yalgan, qusiq massada qon aniqlanishi va shok tirishishlar, metabolik asidoz va koma rivojlanishi mumkin.
  • Keyinchalik ko‘pincha soxta yaxshilanish bosqichi bo‘lib, u 24 soatgacha davom etish mumkin.
  • Keyin yana diareya, shok va asidoz paydo bo‘lishi mumkin. Tirishishlardan, Chayn-Stoks nafasi, koma va o‘pka shishidan keyin o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.

Davolash

Tasodifan dozani oshirib yuborilishi hollarida tibbiy yordam berish va/yoki toksikologik markazga murojaat qilish kerak.

Temir bilan o‘tkir zaharlanishi davolashda temirni ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘rilishini maksimal ravishda tezda bloklash kerak. Og‘ir zaharlanishni baholashda zardobdagi temirni miqdoriga asoslanish mumkin. Agar pasient hushida bo‘lsa va unda qusish kuzatilmagan bo‘lsa, darhol qusishni chaqirish kerak.

Temir ionlarini bog‘laydigan deferoksamin maxsus antidot sifatida tavsiya qilinadi va zarur bo‘lganda uni tutib turuvchi va simptomatik choralar bilan birga qo‘llash mumkin.

O‘tkir zaharlanishda va temirni zardobda konsentrasiyasi 142 dan mkmol/l oshganda, hayotiy muhim faoliyati tutib turishini ta‘minlash va deferoksaminni vena ichiga yuborish kerak.

Metabolik va yurak qon- tomir buzilishlarini simptomatik davolash kerak.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali blisterda.

3 blisterdan (3x10) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15o dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda, quruq joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

36 oy.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEMOFER PROLONGATUM tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEMOFER PROLONGATUM tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEMOFER PROLONGATUM tabletkalari N30 dori vositasi GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEMOFER PROLONGATUM tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEMOFER PROLONGATUM tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FERIRON tabletkalari 50mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Железа сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Darou Pakhsh Pharmaceutical Mfg. Co.
  • Vakil: Pharm Heres
Tardiferon
FERIRON tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Железа сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Darou Pakhsh Pharmaceutical Mfg. Co.
  • Vakil: Pharm Heres
TARDIFERON tabletkalari 80mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Железа сульфат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pierre Fabre Medicament Production
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Klotrimazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
DERMOVEYT krem 25g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Klobetazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
ZOVIRAKS tabletkalari 200mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Asiklovir ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
Narh: 95 200 so'mdan Batafsil
ZEFFIKS tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Lamivudin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
Narh: 531 900 so'mdan Batafsil
KAL GEL gel 10g
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9