×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TELSARTAN A tabletkalari 40mg+10mg N28

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
Телмисартан, Амлодипина бесилат
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
Vakil:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- C09DB04
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 72 ta dorixonasida topildi

ico 47 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 58 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
KREATON poroshok 1,0g N1 Furen Pharmaceutical Group Co., Ltd.” Xuanwu Economic developing-area, Luyi County, Henan Province, P.R. China. XXR
VALIDOL tabletkalari 60mg N10 Марбиофарм, ОАО Rossiya
2 000 s`om dan
EMKOR tabletkalari 2,5mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
105 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tabletkalar 5 mg+40 mg va 10 mg+40 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali / alyumin termoelimli lakli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar, 5 mg+80 mg va 10mg+80 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali/ alyuminiy termoelimli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan lakli blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar 5 mg+40 mg va 10 mg+40 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali / alyumin termoelimli lakli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar, 5 mg+80 mg va 10mg+80 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali/ alyuminiy termoelimli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan lakli blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar 5 mg+40 mg va 10 mg+40 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali / alyumin termoelimli lakli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar, 5 mg+80 mg va 10mg+80 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali/ alyuminiy termoelimli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan lakli blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar 5 mg+40 mg va 10 mg+40 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali / alyumin termoelimli lakli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar, 5 mg+80 mg va 10mg+80 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali/ alyuminiy termoelimli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan lakli blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar 5 mg+40 mg va 10 mg+40 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali / alyumin termoelimli lakli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Tabletkalar, 5 mg+80 mg va 10mg+80 mg

7 tabletkadan (PVX/A1/Pa) folgali/ alyuminiy termoelimli qoplama va shellakli qoplama bilan bo'lgan lakli blisterda. 2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Reysept bo'yicha
Erkak va ayollarda, telmisartanning plazmadagi kontsentrasiyasida farqlar kuzatiladi. Ayollarda Smax va AUC, erkaklardagi bilan solishtirilganda samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan holda taxminan 3 va 2 marta yuqori bo'lgan.

Keksa yoshdagi pasientlar

Telmisartanning farmakokinetikasi keksa yoshdagi va yosh pasientlarda farq qilmaydi. Keksa yoshdagi pasientlarda amlodipinni klirensini pasayishiga tendentsiya aniqlanadi, bu esa AUC va T1/2 larni oshishiga olib keladi.

Buyrak etishmovchiligi

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda telmisartanni T1/2 o'zgarmaydi, qon plazmasida telmisartanning ancha past kontsentrasiyasi kuzatiladi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda amlodipinni farmakokinetikasi sezilarli o'zgarmaydi. Amlodipin va telmisartan gemodializ o'tkazilganda organizmdan chiqarilmaydi.

Jigar etishmovchiligi

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda farmakokinetik tadqiqotlar, telmisartanning absolyut biokiraolishligini deyarli 100% gacha oshishini ko'rsatgan. Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda T1/2 o'zgarmaydi. Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda amlodipinni klirensi pasayadi, bu esa AUC qiymatini taxminan 40 -60 % ga oshishiga olib kelgan.

Arterial gipertenziyada (majmuaviy davolash ko'rsatilgan pasientlarga) qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik

  • Digidropiridinning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik

  • Homiladorlik

  • Emizish davri

  • Safro chiqarish yo'llarining obstruktiv kasalliklari

  • Og'ir arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm simob ustunidan past)

  • Chap qorinchaning chiqish yo'lidagi obstruktsiya (shu jumladan aortal stenozining yuqori darajasi)

  • O'tkazilgan o'tkir miokard infarktidan keyingi gemodinamik beqaror yurak etishmovchiligi

  • Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinfi)

  • Shok (jumladan kardiogen shok)

  • Qandli diabeti yoki buyrak funktsiyasining buzilishlari bo'lgan pasientlarda aliskiren bilan bir vaqtda qo'llash (kalavali filtrasiya tezligi 60 ml/min 1,73 mdan kam)

  • Diabetik nefropatiyali pasientlarda, angiotenzin aylantiruvchi fermentlarini ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash

  • 18 yoshgacha bo'lgan yoshda (samarasi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo'llanmaydi.


Dorilarning o'zaro ta'siri

Ushbu preparatni tarkibiga belgilangan dozada kiradigan ikkita faol komponentlarni o'rtasidagi o'zaro ta'siri klinik tadqiqotlarda aniqlanmagan. Amlodipin va telmisartan majmuasini boshqa preparatlar bilan dorilarning o'zaro ta'siri bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Faol komponetlarining majmuasi

Boshqa gipotenziv vositalari

Boshqa gipotenziv preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda, Telsartan®A preparatining antigipertenziv ta'siri kuchayishi mumkin.

ABni pasaytirish xususiyatiga ega bo'lgan preparatlar

Ayrim preparatlar, masalan, baklofen va amifostin, o'zining farmakologik xususiyatlari tufayli, barcha gipotenziv vositalarini, jumladan amlodipin va telmisartan preparatining antigipertenziv ta'sirini kuchaytiradi. Bundan tashqari, ortostatik gipotenziya etanol, barbituratlar, narkotik vositalari yoki antidepressantlar bilan kuchayishi mumkin.

Amlodipin

Tavsiya qilinmaydigan (qo'llanilmaydigan) majmualar

Greypfrut va greypfrut sharbati

240 ml greypfrut sharbatini va 10 mg amlodipinni bir vaqtda ichga bir marta qabul qilinganda amlodipinning farmakokinetikasida sezilarli o'zgarishlar bilan kechmagan. Shunga qaramay Telsartan®A preparatini greypfrut bilan yoki greypfrut sharbati bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki ayrim pasientlarda amlodipinni biokiraolishligini oshishi natijasida uning antigipertenziv ta'siri kuchayishi mumkin.

Dantrolen

Verapamilni qabul qilingandan va dantrolenni vena ichiga yuborilgandan keyin hayvonlarda o'lim bilan yakunlanadigan va shu bilan bir qatorda giperkaliemiya bilan kechadigan yurak-tomir etishmovchiligi bo'lgan yurak qorinchalarining fibrillyasiyasi kuzatilgan. Giperkaliemiyaning rivojlanish xavfi sababli xavfli gipertermiyaga moyilligi bo'lgan va havfli gipertermiya bo'yicha davolanayotgan pasientlarda amlodipin kabi SKKB larni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.

Qo'llashda o'ta ehtiyotkorlik talab qiladigan majmualar

SUR3A4 izofermentining ingibitorlari

Keksa yoshdagi pasientlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda, diltiazem SUR3A4 izofermentiga ta'sir ko'rsatishi mumkinligi tufayli amlodipinni metabolizmini susaytirishi ko'rsatilgan (qon plazmasida amlodipinni kontsentrasiyasi taxminan 50% ga oshadi va samarasi esa kuchayadi). SUR3A4 izofermentining yanada faolroq ingibitorlari (ketokonazol, Itrakonazol, ritonavir kabilar) qon plazmasida amlodipin kontsentrasiyasini diltiazemga qaraganda ancha ko'p darajada oshirishi mumkinligini istisno qilish mumkin emas. Klaritromisinni (SUR3A4 izofermentining ingibitori) amlodipin bilan bir vaqtda qo'llanganda AB ni pasayish xavfi oshadi. Bunday pasientlarga sinchkov tibbiy kuzatuv tavsiya qilinadi.

SUR3A4 izofermentining induktorlari – tirishishga qarshi preparatlar (masalan, karbamazepin, fenobarbital, fosfenitoin, primidon) rifampisin, teshik dala choyi (Hypericum perforatum)

Bir vaqtda qabul qilish qon plazmasida amlodipin kontsentrasiyasini pasayiishiga olib kelishi mumkin. Muntazam tibbiy kuzatuv ko'rsatilgan. SUR3A4 induktorlarini qabul qilish vaqtida, hamda ular bekor qilingandan keyin amlodipin dozasini o'zgartirish (imkon qadar) tavsiya qilinadi.

Simvastatin

Amlodipinni simvastatin bilan bir vaqtda 80 mg dozada qo'llash, simvastatinni monoterapiyasi bilan solishtirilganda simvastatin ekspozisiyasini 77% gacha oshishiga olib kelgan. Shuning uchun simvastatin dozasi sutkada 20 mgdan oshmasligi kerak.

Immunosupressantlar

Bir vaqtda, qo'llanganda, amlodipin Tsiklosporin yoki tazonerminning tizimli ekspozisiyasini oshirishi mumkin. Bunday holatlarda, qonda Tsiklosporin yoki tanzonermin darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi va zarurati bo'lganda ularni dozalariga tuzatish kiritish kerak.

Sildenafil

Amlodipin va sildenafilni bir vaqtda qo'llanganda, har bir preparat mustaqil gipotenziv ta'sir qilishi ko'rsatilgan.

Takrolimus

Takrolimus va amlodipinni bir vaqtda qo'llash, qon plazmasida takrolimusni kontsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin; bunday o'zaro ta'sirlashuvining mexanizmi oxirigacha o'rganilmagan. Takrolimusning toksik ta'siridan saqlanish uchun, Telsartan® A preparati bilan davolash vaqtida, qon plazmasida takrolimusni kontsentrasiyasini nazorat qilish va zarurati bo'lganda takrolimus dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Alfa1 - adrenoblokatorlari, neyroleptiklar

SKKB ning (dinidropiridin hosilalari) antigipertenziv ta'siri kuchayishi mumkin.

Litiy preparatlari

Skkbni litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda (amlodipin uchun ma'lumotlar yo'q), ularning nefrotoksiklik belgilarini (ko'ngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, tremor, quloqlarni shang'illashi) kuchayishi mumkin.

Trisiklik antidepressantlar, umumiy anesteziya uchun vositalar, QT intervalini uzayishini chaqiradigan, antiaritmik vositalar.

Odatda amlodipinda salbiy inotrop ta'sir kuzatilmaydi, ammo ayrim SKKB antiaritmik va boshqa QT intervalining uzayishini chaqiradigan (amiodaron va xinidin kabilar) vositalarining salbiy inotrop ta'sirini yaqqoligini kuchaytirishi mumkin.

Virusga qarshi vositalar (ritonavir)

SKKB ni plazmadagi kontsentrasiyasini oshirishi mumkin, shu jumladan amlodipinni ham.

Kaltsiy preparatlari

SKKB ning samarasini kamayishi mumkin

Kortikosteroidlar (mineral va glyukokortikosteroidlar), tetrakozaktid

Kortikosteroidlarning ta'siri natijasida suyuqlikni va natriy ionlarini tutilishi hisobiga antigipertenziv ta'siri pasayishi mumkin.

Boshqa majmualar

Amlodipinni tsimetidin bilan bir vaqtda qabul qilish, amlodipinning farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan.

Amlodipinni atorvastatin, digoksin yoki varfarin bilan bir vaqtda qabul qilish, bu preparatlarning farmakokinetikasiga yoki farmakodinamikasiga sezilarli ta'sir qilmagan.

Amlodipinni tiazidli diuretiklar, beta – adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, uzoq ta'sirga ega nitratlar, nitrogliserin (sublingval qo'llanadigan), NYAQP, antibiotiklar va ichga qabul uchun gipoglikemik vositalari bilan qabul qilishning xavfsizligi aniqlangan.

Alyuminiy yoki magniy saqlovchi antasidlar

Bir marta qabul qilinganda, amlodipinning farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.

Telmisartan

Tavsiya qilinmaydigan (qo'llanmaydigan) majmualar

Diabetik nefropatiyali pasientlarda AAF ingibitorlari

Diabetik nefropatiyali pasientlarda AAF ingibitorlarini ARAІІ bilan bir vaqtda qo'llanmaydi.

Qo'llanganda, o'ta ehtiyotkorlik talab qilinadigan majmualar

Raat ning ikkilangan blokadasi

Klinik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, AAF ingibitorlarini, ARAІІ yoki aliskren qo'llangandagi Raat ning ikkilangan blokadasini monoterapiya bilan solishtirilganda, arterial gipertenziya, giperkaliemiya va buyrak funktsiyalarining buzilishlarini (jumladan o'tkir buyrak etishmovchiligi) rivojlanishini yuqori xavfi bilan assosiasiyalanadi.

Renin - angiotenzin-aldosteron-tizimiga (Raat) ta'sir qiluvchi preparatlar.

Raat ga ta'sir qiladigan boshqa preparatlar kabi telmisartanni qabul qilish giperkaliemiyani keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Giperkaliemiyani paydo bo'lish havfi bir vaqtda kaliy saqlovchi tuzlarni o'rnini bosuvchilar, kaliy tejovchi diuretiklar, AAF, ara II ingibitorlari, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), jumladan tsiklooksigenazaga (sog) II tur selektiv, geparin, immmunosupresiv preparatlar (Tsiklosporin yoki takrolimus) va trimetropim bilan bir vaqtda buyurilganda oshishi mumkin. Giperkaliemiyani rivojlanish tez-tezligi xavf omillarini bo'lishiga bog'liq. Kaliy tejovchi diuretiklarni va kaliy saqlovchi tuzlar o'rnini bosuvchilarni bir vaqtda qo'llanganda giperkaliemiyaning rivojlanish xavfi ayniqsa yuqori. AAF ingibitorlari yoki NYAQP bilan ehtiyotkorlik choralariga amal qilib bir vaqtda qo'llanganda giperkaliemiyaning rivojlanishi kam xavf bilan kechadi.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar

Atsetilsalisil kislotasining sutkalik 3 g va undan yuqori dozasi, sog-2 va noselektiv NYAQP ara II ning antigipertenziv samarasini pasaytirishi mumkin. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda (degidratasiya fonida yoki keksa yoshda) ara II va sog ingibitorlarini bir vaqtda buyurish, buyrak funktsiyasining qayta yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, preparatlarni ko'rsatilgan majmuada ayniqsa keksa pasientlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Telmisartanni qo'llashda avval, buyrak funktsiyasini baholash, hamda suv - elektrolit muvozanatini buzilishni muvofiqlashtirish tavsiya qilinadi; keyinchalik buyraklar funktsiyasini nazorat qilish maqsadga muvofiq.

Kaliy tejovchi diuretiklar va tuzlar o'rnini bosuvchilar telmisartan kabi ara II diuretiklar chaqirgan kaliyni yo'qotishni kamaytiradi. Spironolakton, elerenon, triamteren yoki amilorid, kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuzlar o'rnini bosuvchilari, kaliytejovchi diuretiklar kaliyni zardobdagi miqdorini ahamiyati oshishini chaqirishi mumkin. Agar isbotlangan gipokaliemiyani bo'lganligi sababli ularni bir vaqtda qo'llash zarurati bo'lsa davolashni qon zardobida kaliy miqdorini tez-tez nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan o'tkazish lozim.

Halqali va tiziazid diuretiklar

Yuqori dozalardagi diuretiklar bilan ilgari o'tkazilgan davolash, shu jumladan furosemid ("halqali" diuretik bilan) va gidroxlorotiazid bilan (tiazid diuretik bilan) aylanib yuruvchi qon hajmini kamayishiga va telmisartan bilan davolashning boshida arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Digoksin

Telmisartan va digoksinni bir vaqtda qabul qilinganda qon plazmasida digoksinning cho'qqi va qoldiq kontsentrasiyasining o'rtacha oshishi kuzatiladi (49% va 20% ga muvofiq). Telmisartanni qabul qilishni boshida, tuzatishda va to'xtatilganda, uni terapevtik diapazon chegarasida ushlab turish uchun qon zardobida digoksinni kontsentrasiyasini nazorat qilish zarur.

Litiy

Litiy preparatlarini AAF va Ara II ingibitorlari, jumladan telmisartan bilan bir vaqtda buyurilganda birga qon plazmasida litiy kontsentrasiyasining toksik ta'sirlar bilan kechadigan qayta oshishi aniqlangan. Ko'rsatilgan preparatlarni bir vaqtda qo'llash zarurati bo'lganda qon zardobida litiy tuzlarining miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Boshqa gipotenziv vositalar

Telmisartanning AB ni tushirish xususiyati bir vaqtda boshqa gipotenziv vositalarini qo'llanganda kuchayishi mumkin.

Farmakologik xususiyatlarini hisobga olib, gipotenziv vositalarni, jumladan telmisartanni baklofen yoki amifostin bilan bir vaqtda buyurilganda samarasi kuchayishi mumkin.

Ramipril bilan bir vaqtda qo'llash ramiprilni va ramiprilatni AIS0-24 va Smax 2,5 barobariga oshishiga olib keladi. Bu samaraning klinik ahamiyati aniqlanmagan. Etanol, barbituratlar, narkoz uchun vositalar va antidepressantlar ortostatik gipotenziyani rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Tizimli kortikosteroidlar

Glyukokortikosteroidlar telmisartanning antigipertenziv samarasini kamaytiradi.

Boshqa majmualar

Varfarin, glibenklamid, simvastatin, ibuprofen, paratsetamol va amlodipin bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirlashuvi aniqlanmagan.


Maxsus ko'rsatmalar

Amlodipin

Tishlarni gigienasiga rioya qilish va stomatolog kuzatuvi zarur (milklarning og'rishi, qon ketishi va giperplaziyasini bartaraf qilish uchun).

Keksa yoshdagi pasientlarda T1/2 oshishi va preparatni klirensi kamayishi mumkin. Dozalarni o'zgartirish talab qilinmaydi, ammo bu toifadagi pasientlarni sinchkov kuzatish zarur.

Gipertonik krizda amlodipinni qo'llash, samarasi va xavfsizligi aniqlanmagan. SKKB da "bekor qilish" sindromi yo'qligiga qaramay, amlodipin bilan davolashni to'xtatishni iloji boricha preparat dozasini asta-sekin kamaytirib amalga oshirish kerak.

25S dan yuqori bo'lmagan haroratda

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

5 mg + 40 mg dozasi

Uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, ikki qavatli, birinchi qavati - och pushtidan to pushtigacha bo'lgan rangli, oq rangli xolli dog'lar bilan, ikkinchi qavati – oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

5 mg + 80 mg dozasi

Uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, ikki qavatli, birinchi qavati - och pushtidan to pushtigacha bo'lgan rangli, oq rangli xolli dog'lar bilan bo'lgan, ikkinchi qavati – oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

10 mg + 40 mg dozasi

Uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, ikki qavatli, birinchi qavati - och sariqdan sarg'ishgacha bo'lgan , ikkinchi qavati – oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

10 mg + 80 mg dozasi

Uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, ikki qavatli, birinchi qavati - och sariqdan sarg'ishgacha bo'lgan , ikkinchi qavati – oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Ovqat qabul qilish vaqtidan qat'iy nazar, ichga sutkada 1 marta qabul qilinadi.
  • Telsartan®A preparatini davolash qulay bo'lishi va davolanishga ergashishni oshirish uchun, pasientlarga amlodipin va telmisartanni alohida tabletkalari ko'rinishida xuddi shunday dozalarda qo'llashni buyurish mumkin.

  • Telsartan ® A preparatini bitta amlodipin yoki telmisartan qabul qilinganda AB ni adekvat nazoratiga olib kelmagan pasientlarga buyurish mumkin. Amlodipinni 10 mg dozada qabul qilinganda, preparatni qabul qilishni cheklab qo'yadigan, masalan, periferik shishlar aniqlangan pasientlar, 5 mg+40 mg sutkada 1 marta dozadagi majmuaviy preparatni qabul qilishga o'tishlari mumkin, bu amlodipin dozasini kamaytirish imkonini beradi, ammo umumiy antigipertenziv ta'sirni pasaytirmaydi.

  • Pasientlarda arterial gipertenziyani davolashda qandaydir bir preparat yordamida arterial bosimini nazoratiga erishish ehtimoli kam deb taxmin qilingan hollarda Telsartan®A preparatini qo'llashni boshlash mumkin. Telsartan®A preparatining odatiy boshlang'ich dozasi 5 mg + 40 mgdan sutkada 1 marta. Arterial bosimni ahamiyatli pasayishi zarur bo'lgan pasientlar, Telsartan®A preparatini qabul qilishni sutkada 1 marta 5 mg+80 mg dozada boshlashlari mumkin.

  • Agar 2 hafta davolangandan so'ng, AB ni qo'shimcha pasaytirish zarur bo'lsa, preparat dozasini asta-sekin, maksimal 80 mg +10 mg dan sutkada 1 marta bo'lgan dozagacha oshirish mumkin.

  • Telsartan®A preparatini boshqa gipotenziv preparatlar bilan birga qo'llash mumkin.

Buyraklar funktsiyasni buzilishi

Buyrak funktsiyasini engil va o'rtacha buzilishlari bo'lgan pasientlar uchun preparat dozasini tuzatish talab qilinmaydi. Og'ir buyrak etishmovchiligi yoki gemodializda bo'lgan pasientlarda Telsartan® A qo'llash tajribasi cheklangan. Bunday pasientlar uchun telmisartanning yanada kichik sutkada 20 mgli boshlang'ich dozasi tavsiya qilinadi. Ko'rsatilgan tartibdagi dozalashni ta'minlash uchun telmisartanni xavf bilan bo'lgan 20 mg yoki 40 mg dozalardagi monokomponentli preparatlarini qabul qilish tavsiya qilinadi.

Jigar funktsiyasini buzilishi

Engil yoki o'rtacha og'irlik darajasidagi jigar funktsiyasini buzilishi (Chayld-Pyu bo'yicha A va V sinfi) pasientlarda Telsartan® preparatini ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Telmisartan dozasi 40 mg sutkada 1 martadan oshmasligi kerak.

Keksa pasientlar

Dozalash tartibi o'zgartirishni talab qilmaydi.

Dori preparatini birinchi marta qo'llanganda yoki uni bekor qilinganda ta'sirining o'ziga xosligi

Telmisartanning birlamchi dozasidan keyin antigipertenziv ta'siri asta-sekin birinchi 3 soat davomida rivojlanadi va preparatning ta'siri 24 soat davomida saqlanadi va 48 soatgacha ahamiyatli bo'lib qoladi. Telmisartanni keskin bekor qilingan hollarda AB asta – sekin "bekor qilish" sindromi boshlang'ich darajaga qaytadi.


Simptomlari

Dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan. Dozani oshirib yuborilishining mumkin bo'lgan simptomlari, preparatning alohida komponentlarining dozasini oshirib yuborilgan simptomlaridan kelib chiqadi.

Telmisartan - taxikardiya, bradikardiya, bosh aylanishi, qon zardobida kreatinin kontsentrasiyasini oshishi, o'tkir buyrak etishmovchiligi bo'lishi mumkin.

Amlodipin - mumkin bo'lgan reflektor taxikardiyani va haddan tashqari periferik vazodilatasiya simptomlarni (yaqqol va barqaror arterial gipotenziyaning rivojlanish xavfi, shu jumladan shok va o'lim bilan tugaydigan holatni rivojlanishi) rivojlanishi bilan bo'lgan AB yaqqol pasayishi.

Davolash

Gemodializ samarali emas, uni o'tkazilganda amlodipin va telmisartan organizmdan chiqarilmaydi. Pasient holatini nazorati talab qilinadi, davolash simptomatik va samarani bir maromda ushlab turuvchi bo'lishi kerak.

Kaltsiy kanallarini blokadasiga qarshi ta'sir qilish maqsadida, kaltsiy glyukonatni vena ichiga yuborish foydali bo'lishi mumkin. AB yaqqol pasayishi hollarida qusishni chaqirish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni qo'llash, pasientni "oyoqlarini ko'targan holda yotqizish" holatiga o'tkazish va plazma o'rnini bosuvchi eritmalarni yuborish kabi dozani oshirib yuborilishini davolash usullari qo'llanilishi mumkin.


Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Amlodipin va telmisartan preparatlarining majmuasini homiladorlik va emizish davrida qo'llash bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan. Preparatning ayrim komponentlari bilan bog'liq ta'sirlari quyida ta'riflangan.

Homiladorlik

Telmisartan

Ara II ni homiladorlik vaqtida qo'llash taqiqlangan. Homiladorlik tashhislanayotganda preparatni qabul qilishni zudlik bilan to'xtatish lozim. Zarurat tug'ilganda alternativ davolash qo'llash kerak. Telmisartanni klinik oldi tadqiqotlari teratogen xususiyatlarini aniqlamagan, ammo fetotoksiklikni bo'lishi aniqlangan. Ma'lumki, ara ni homiladorlikning III va IV uch oyligida qo'llanganda fetotoksik ta'sir (buyrak funktsiyasini pasayish, oligogidramnion, homilaning bosh suyagini ossifikasiyasini sekinlashishi) ko'rsatadi, shuningdek neonatal toksiklik (buyrak etishmovchiligi, arterial gipotenziya va giperkaliemiya) kuzatiladi. Homiladorlik rejalashtirilganda ara Ііni homiladorlikda xavfsizligi aniqlangan boshqa gipotenziv vositalarga almashtiriladi (agar faqat Ara II bilan davolash davom ettirish zarur hisoblanmasa). Agar homiladorlik vaqtida ara II qo'llanilsa, u holda, homiladorlikning II uch oyligidan boshlab, buyrak funktsiyasini va homilaning bosh miya suyagini holatini UTT nazorati tavsiya qilinadi. Ara II qabul qilgan onalarning chaqaloqlarini arterial gipotenziyani rivojlanishiga nisbatan sinchkov kuzatish kerak.

Amlodipin

Amlodipin yoki boshqa SKKB larining ta'siri bo'yicha mavjud cheklangan ma'lumotlar,homilaga salbiy ta'sirni borligini ko'rsatmagan. Ammo tug'ish jarayonini sekinlashish xavfi bo'lishi mumkin.

Emizish davri

Ayollarda emizish davrida telmisartan va / yoki amlodipinni qo'llash bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda telmisartanni emizikli hayvonlarni suti bilan ajralib chiqishi aniqlangan. Amlodipinni ko'krak suti bilan chiqarilishi ko'rsatuvchi ma'lumotlar yo'q. Ma'lumki, boshqa SKKB digidropiridinning hosilalari, ko'krak suti bilan chiqariladi. Mumkin bo'lgan noxush reaktsiyalarni hisobga olgan holda, ko'krak bilan emizishni davom ettirish yoki davolashni bekor qilish to'g'risidagi qarorni uning ona uchun ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilish kerak. Kalamushlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda amlodipinni fertillikka ta'siri aniqlanmagan. Odamda fertillikka ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Engil va o'rtacha og'irlik darajasidagi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va V sinfi) jigar funktsiyasining buzilishi, surunkali og'ir yurak etishmovchiligi (Syue), shu jumladan NYHA tasnifi bo'yicha noishemik etiologiyali III – IV funktsional sinfi Syue, barqaror bo'lmagan stenokardiya, aortal stenoz, mitral stenoz, idiopatik gipertrofik subaortal stenoz (gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya), o'tkir miokard infarkti (va undan keyin 1 oy davomida), sinus tugunining zaifligi sindromi (yaqqol taxikardiya, bradikardiya), arterial gipotenziya, keksa yosh, CYP3A4 izofermentining ingibitorlari va induktorlari bilan bir vaqtda qo'llash ("boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang), buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi yoki faoliyat ko'rsatayotgan yagona buyrak stenozi, buyraklar buzilishi, oldin diuretiklarni qabul qilish fonida aylanib yuruvchi qon hajmining pasayishi (AYUQH), osh tuzini iste'mol qilishni cheklash, diareya yoki qusish; giponatriemiya giperkaliemiya; gipokaliemiya; buyrak ko'chirib o'tkazilgandan keyingi holat (qo'llash tajribasi yo'q); birlamchi giperaldosteronizm (samarasi va xavfsizligi aniqlanmagan), negroid irqidagi pasientlarda qo'llash.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TELSARTAN A tabletkalari 40mg+10mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TELSARTAN A tabletkalari 40mg+10mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TELSARTAN A tabletkalari 40mg+10mg N28 dori vositasi Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. tomonidan Индия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TELSARTAN A tabletkalari 40mg+10mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TELSARTAN A tabletkalari 40mg+10mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10
Narh: 30 335 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 10mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 20mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+200mg N20
ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30
Narh: 133 600 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 40mg+12,5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9