×
×
  • TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Дальхимфарм, ОАО
ATX kodi:
- A11DA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 5 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
ADENIT FORTE poroshok N3 GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S. Turkiya
42 025 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TIAMIN

THIAMINUM

Preparatning savdo nomi: Tiamin

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): tiamin

Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: tiamin gidroxloridi – 25 mg yoki 50 mg

Yordamchi moddalar: dimerkaptopropoansulfonat natriy monogidrati (unitiol), in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish yoki sarg‘ish-ko‘kimtir tusli, kuchsiz o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitamin.

ATX kodi: A11DA01.

 

Farmakologik xususiyatlari

V1 vitamini (tiamin) suvda eruvchan vitaminlarga mansub. Odam organizmida fosforlanish jarayonlari natijasida uchta fermentativ reaksiyalarning kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Karbonsuvlar, oqsil va yog‘lar almashinuvi, sinapslarda nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tkazilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi.

Farmakokinetikasi

Qondagi konsentrasiyasi nisbatan past, bunda plazmada erkin tiamin aylanib yuradi, eritrositlar va leykositlarda–uning fosforli efirlari mavjud. Fosforlanish jigarda amalga oshadi. Faolroq fosforli efiri koferment faollikka ega tiamindifosfat hisoblanadi. Asosan jigar, yurak, miya, buyrak, taloqda to‘planadi. Umumiy miqdorining ½ qismi ko‘ndalang-targ‘il va miokardda va taxminan 40% – ichki a‘zolarda mavjud bo‘ladi. Ichak va buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

V1 gipovitaminozi va avitaminozi.

Majmuaviy davolashda:

-nevritlar, radikulitlar; nevralgiya; periferik parez va falaj;

-me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, me‘daning sekretor va motor faoliyatini pasayishi, anoreksiya, ichak atoniyasi; atonik qabziyatlar;

-miokardiodistrofiya; koronar qon aylanishni buzilishi;

-qandli diabet;

-neyrotrofik o‘zgarishlar va moddalar almashinuvini buzilishlari bilan dermatozlar (ekzema, neyrodermit, psoriaz, qizil yassi temiratki) da qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

5% li tiamin eritmasini mushak ichiga (mushakka chuqur) yuboriladi.

Preparatni yuborishni kichik dozalardan (5% li eritmani 0,5 ml dan ko‘p emas) boshlash va yaxshi o‘zlashtirilganida yuqoriroq dozalarga o‘tish tavsiya qilinadi.

Kattalarga tiaminni har kuni 25-50 mg dan (5% li eritma 0,5 ml yoki 1 ml) kuniga 1 marta buyuriladi. Davolash kursi – 10-30 in‘eksiyadan iborat.

Bolalarga – tiamin 12,5 mg (2,5% li eritma 0,5 ml) dan buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (teri qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik shok), ko‘p terlash, taxikardiya, ba‘zida yuborish joyida og‘riq (eritmaning rN pastligi sababli) bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan: Vernike ensefalopatiyasi, ayollarda peri- va postmenopauza davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tiamin va piridoksin (V6 vitamini) yoki sianokobalaminni (V12 vitamini) bir vaqtda parenteral yuborish tavsiya etilmaydi. Sianokobalamin tiaminning allergiya chaqiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi. Piridoksin tiaminning biologik faol shakliga o‘tishini qiyinlashtiradi. Tiamin va benzilpenisillin yoki streptomisinni (antibotiklarni parchalanishi), tiamin va nikotin kislotasini (tiaminni parchalanishi) bir shprisda aralashtirish mumkin emas.

Tiamin suksametoniy yodidi, fentolamin, propranolol, simpatolitiklar (rezerpin), uyqu vositalarning (uxlatuvchi samarasi kamayadi) farmakologik faolligini kamaytiradi.

Tiamin eritmasini sulfitlar saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas, chunki ularda u to‘liq parchalanadi.

Tiamin ishqoriy va neytral muhitda noturg‘un; karbonatlar, sitratlar, barbituratlar, mis preparatlari bilan buyurish tavsiya qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Spektrofotometriya usuli bilan qon zardobida teofillinni, Erlix reagenti yordamida urobilinogenni aniqlash vaqtida natijasini o‘zgartirishi mumkin (yuqori dozalarni qabul qilishda). Anafilaktik reaksiya ko‘pincha yuqori dozalarni vena ichiga yuborilganida rivojlanadi.

Parenteral yuborish faqat ichga qabul qilish imkoniyati bo‘lmaganida (ko‘ngil aynishi, qusish, malabsorbsiya sindromi, operasiyadan oldingi va/yoki operasiyadan keyingi holat) tavsiya etiladi.

Vernike ensefalopatiyasida dekstrozani tiaminni qabul qilishdan oldin buyurish kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga preparatning salbiy ta‘siri haqida xabar berilmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simtomlari: nojo‘ya samaralarining kuchayishi.

Davolash: simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Mushak ichiga yuborish uchun eritma 25 mg/ml va 50 mg/ml.

1 ml yoki 2 ml dan neytral shisha ampulada.

Ampulaga o‘zi yopishadigan etiketka yopishtiriladi yoki etiketka matni bevosita ampulaga chiqur bosma usuli bilan yoziladi.

10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.

Qutiga etiketka-banderol yopishtiriladi.

5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali yoki folgasiz kontur uyali o‘ramda.

2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.

Sindirish nuqtasi bo‘lgan ampulalarni ishlatishda ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatorini joylashtirilmaslikka yo‘l qo‘yiladi.

 

Saqlash sharoiti

15 dan 25oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10 dori vositasi Дальхимфарм, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N10
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 20mg/ml N10
Narh: 12 300 so'mdan Batafsil
PAPAZOL tabletkalari N10
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
NIKOTINOVAYA KISLOTA inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
NEO ANUZOL suppozitorii N10
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50
Narh: 4 200 so'mdan Batafsil
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
AMINOKAPRONOVAYA KISLOTA infuziya uchun eritma 100ml 50mg/ml
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
FUROSEMID inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N10
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
DIBAZOL eritma 5ml 1% N10
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
OT KASHLYA tabletkalari N10
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 500mg N10
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
Narh: 600 so'mdan Batafsil
ANDIPAL tabletkalari N10
Narh: 3 300 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
METILURASIL suppozitorii 500mg N10
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
LINKOMISIN inyeksiya uchun eritma 1ml 300mg/ml N10
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
OKSIPROGESTERONA KAPRONAT inyeksiya uchun eritma 1ml 125mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
AZITROMISIN DALXIMFARM kapsulalar 250mg N10
PLATIFILLINA GIDROTARTRAT eritma 1ml 2mg/ml N10
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
PAPAVERINA GIDROXLORID eritma 2ml 2% N10
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9