×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TINIDAZOL 0,5 tabletkalari N4

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Тинидазол
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «Озон»
ATX kodi:
- J01XD02 Тинидазол
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
38 949 s`om dan
IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
SEFVIN tabletkalari 250mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
58 000 s`om dan
AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
26 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TINIDAZOL 0,5 tabletkalari N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TINIDAZOL

TINIDAZOL

Preparatning savdo nomi: Tinidazol

Ta‘sir etuvchi modda: Tinidazol

Dori shakli: Plyonka qobiqli tabletkalar.

Tarkibi:

Bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Tinidazol – 500 mg.

yordamchi moddalar: laktoza, suvsiz kolloidli kremniy, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati, metilgidroksibenzoat, natriy kroskarmellozasi.

Ta‘rifi: Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Protozoylarga qarshi vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Protozoylarga va mikroblarga qarshi ta‘sirga ega. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Lamblia larga nisbatan faol. Quyidagi anaerob mikroorganizmlarga: Bacteroides spp. (shu jumladan V. melaninogenicus) Clostridum spp., Eubacterium spp., Fusobacterium spp., Peptococus spp., Peptjstreptococus spp., Veillonella spp. ga nisbatan bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi qo‘zg‘atuvchilarning DNK sintezini susaytirishi va strukturasini buzishiga bog‘liq.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so‘ng me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Qonda 2 soatdan keyin maksimal konsentrasiyasiga erishiladi va 12 soatgacha saqlanadi (40-51 mkg/ml ni tashkil qilib, 12 soatdan keyin 11-19 mkg/ml ga, 72 soatdan keyin 1 mkg/ml gacha kamayadi).

Tinidazol organizmning barcha to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi, yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siqdan o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 12% ni tashkil etadi.

Preparat biotransformasiyasi jigarda yuz beradi. Taxminan 60-65% buyrak orqali (shu jumladan 20-25% o‘zgarmagan holda), 12% – ichak orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

  • trixomoniaz (kolpit, endometrit, ovarial va tubovarial abssesslar);
  • lyamblioz;
  • amebiaz (shu jumladan ichak va jigar shakllari);
  • anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infeksiyalar (pnevmoniya, plevra empiemasi, o‘pka abssessi, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, o‘tkir yarali gingivitlar);
  • aralash aerob-anaerob infeksiyalar (antibiotiklar bilan birgalikda);
  • Helicobacter pylori eradikasiyasi (vismut preparatlari va antibiotiklar bilan birga).
  • anaeroblar tomonidan chaqirilgan operasiyadan keyingi infeksion asoratlarni oldini olishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar ovqat vaqtida yoki ovqatdan so‘ng qabul qilinadi. Trixomoniaz va lyambliozda preparat kattalarga kuniga bir marta 2 g (4 tabletka) dan buyuriladi; bolalarga kuniga 1 marta tana vazniga 50-75 mg/kg dan buyuriladi. Zarurat tug‘ilganda, preparatni o‘sha dozada qayta qabul qilish mumkin. Ichak amebiazida kattalar uchun kunlik doza 2 g ni tashkil qiladi va preparat 2-3 kun qabul qilinadi. Bolalarga tinidazol kuniga 50-60 mg/kg hisobidan buyuriladi, davolash kursi – 3 kun.

Jigar amyobiazida: preparat kattalarga kuniga 1,5-2 g boshlang‘ich dozada buyuriladi. Davolash kursi – 3 kun, zaruratga tug‘ilganda, davolash kursi 6 kungacha uzaytirilishi mumkin. Infeksiyaning og‘irligiga qarab, kurslik doza 4,5-12 g ni tashkil qiladi. Bolalarga tinidazol kuniga 50-60 mg doza hisobidan buyuriladi, davolash muddati – 5 kun.

Anaeroblar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarini davolashda, kattalarga davolanishning birinchi kuni bir marta sutkada – 2 g buyuriladi, keyin sutkada 1 g dan buyuriladi. Davolash 5-6 kun davom etadi. Operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olishda kattalarga operasiyadan 12 soat oldin 2 g dan bir marta buyuriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda anaerob infeksiyalarni davolash va oldini olishda, preparatni qo‘llash bezararligi va samaradorligi aniqlanmagan.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: anoreksiya, og‘izni qurishi va unda yoqimsiz ta‘m paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ataksiya, periferik nevropatiya, kam xollarda tirishish.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, terini qichishishi, terida toshmalar, angionevrotik shish.

Boshqalar: kam hollarda – tranzitor leykopeniya, holsizlanish kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • markaziy nerv tizimining organik kasalliklari;
  • qon yaratilishini buzilishi;
  • homiladorlikning 1 – uch oyligi;
  • laktasiya;
  • preparatga yoki 5-nitroimidazolning boshqa unumlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas;
  • homiladorlikning II va III uch oyligida, faqat ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
  • laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarur bo‘lganida, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Qabul qilgandan 72 soatdan keyin ham ona sutida tinidazol aniqlanishini hisobga olish kerak.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanganda tinidazol bilvosita antikoagullyantlarning qon ivishiga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Trixomoniazni davolashda tinidazol bilan ikkala jinsiy sherikni bir vaqtda davolash kerak. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Agarda davolash 6 kundan ko‘pga cho‘zilsa, periferik qon ko‘rinishini muntazam nazorat qilish kerak. Antabussimon reaksiyalarni rivojlanishi mumkinligi tufayli, tinidazol bilan davolash jarayonida alkogol is‘temol qilishdan, saqlanish lozim. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda anaerob infeksiyani davolashda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparatni qabul qilayotgan pasientlar yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalar talab etadigan potensial xavfli faoliyat bilan shug‘ullanishdan saqlanishlari kerak. (avtotranport va mexanizmlarni boshqarish).

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi hollari ta‘riflanmagan, agar paydo bo‘lsa, davolash simptomatik. Maxsus antidot yo‘q. Tinidazol dializ orqali chiqariladi.

Chiqarilish shakli

500 mg dan plyonka qobiq bidan qoplangan tabletkalar kontur uyali o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bilan.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TINIDAZOL 0,5 tabletkalari N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TINIDAZOL 0,5 tabletkalari N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TINIDAZOL 0,5 tabletkalari N4 dori vositasi ООО «Озон» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TINIDAZOL 0,5 tabletkalari N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TINIDAZOL 0,5 tabletkalari N4 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
TINIDAZOL tabletkalari 500mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Тинидазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIKLOFENAK tabletkalari 50mg N20
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
GLISIN OZON tabletkalari 100mg N50
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 10g 5%
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR maz 5g 5%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL sirop 100 ml 30 mg/5 ml
Narh: 6 100 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL sirop 100 ml 15 mg/5 ml
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 0,25g N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N20
ASIKLOVIR krem 2g 5%
AMBROKSOL eritma 40ml 0,0075/ml
AMBROKSOL eritma 100ml 0,0075/ml
AMBROKSOL 0,03 tabletkalari N20
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
VINPOSETIN 0,005 tabletkalari N50
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N10
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N30
REDUKSIN kapsulalar 0,015g N60
VALASIKLOVIR 0,5 tabletkalari N10
REDUKSIN kapsulalar N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9