×
×
  • TRAKTUS poroshok 600mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TRAKTUS poroshok 600mg N30

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ATX kodi:
- R05CB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
ALTEYa sirop 125g Синтез, ОАО Rossiya
8 000 s`om dan
LINKAS pastilkalar so vkusom myati N16 Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
17 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TRAKTUS poroshok 600mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TRAKTUS®

TRAKTUSUM

 

Preparatning savdo nomi: Traktus®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsistein.

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

faol modda: asetilsistein – 600 mg;

yordamchi moddalar: alfa-tokoferol, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi, aspartam, kaliy asesulfami, apelsin aromatizatori, sorbitol.

Ta‘rifi: och sariq rangli o‘ziga hos hidli sochiluvchan kukun

Farmakoterapevtik guruhi: Mukolitik vosita.

ATX kodi: R05CB01

Farmakologik xususiyatlari

Asetilsistein sistein aminokislotasining hosilasidir. Mukolitik ta‘sir ko‘rsatadi, balg‘amning reologik xususiyatlariga bevosita ta‘sir ko‘rsatishi hisobiga, balg‘amni ajralishini yengillashtiradi. Ta‘siri mukopolisaharid zanjirlarining disulfid bog‘larini uzish va balg‘amning mukopolisaxaridlarini depolimerizasiyasini chaqirish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu balg‘amni qovushqoqligini kamayishiga olib keladi. Preparat yiringli balg‘am bo‘lganida ham o‘zining faolligini saqlaydi.

Antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi. Asetilsistein glutation sintezi uchun sisteinni donori sifatida xizmat qiladi va o‘pka va jigarda glutation sintezini oshiradi. Asetilsistein va glutation sigaret tutuni va boshqa zararli moddalar bilan nafas olish natijasida infeksiya vaqtida o‘pkada hosil bo‘lgan neytrofillarda kislorodning erkin radikallarini bog‘lash yo‘li orqali himoya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi va hujayralarni shikastlanishini oldini oladi.

Parasetamolning dozasi oshirib yuborilganida asetilsistein jigarning shikastlanish darajasini kamaytiruvchi samaraga ega. Odatda parasetamolning xech bo‘lmaganda bir qismi sitoxrom R450 ferment tizimi ishtiroqida jigarda metabolizmga uchraydi va oraliq reaksion xususiyatga ega metabolit hosil bo‘ladi. Bu oraliq metabolit glutation bilan kon‘yugasiyaga uchraydi va siydik bilan chiqariladi. Parasetamolning yuqori dozalari reaktiv oraliq metabolitlarini hosil bo‘lishini oshiradi va  oraliqdagi metabolitlarni faolsizlantiradi. Bunday hollarda asetilsistein jigar xujayralarida glutationni normal darajaga olib kelish va reaktiv metabolit bilan bog‘lanish yo‘li orqali  jigarni yuz berishimumkin bo‘lgan shikastlanishini bartaraf etadi.

Farmakinetikasi

So‘rilishi

Qabul qilingandan keyin asetilsistein tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Jigar orqali yuqori birinchi o‘tish samarasi tufayli, peroral asetilsisteinning biokiraolishligi juda past (taxminan 10%).

Taqsimlanishi

Asetilsistein qon plazmasida cho‘qqi konsentrasiyaga (Smax) qabul qilingandan keyin 1-3 soatda erishiladi, plazmada sisteinning faol metabolitini cho‘qqi konsentrasiyasi taxminan  2 µmol/l ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilingandan so‘ng 4 soatdan keyin qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 50% ni tashkil qiladi.

Biotransformasiyasi

Asetilsistein jigarda metabolizmga uchraydi va endogen aminokislota hisoblangan sistein, farmakologik faol metabolit, shuningdek diasetilsistein, sistin va boshqa majmuaviy disulfidlar hosil bo‘ladi.

Chiqarilishi

Asetilsistein va uning metabolitlari deyarli nofaol  metabolitlar ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi. Asetilsisteinning yarim chiqarilish davri taxminan 2,27 soatni tashkil qiladi. Jigar funksiyasi buzilishi preparatning yarim chiqarilish davrini 8 soatgacha oshishiga olib keladi.

Proporsionalligi/Noproporsionalligi

Ma‘lumotlar yo‘q.

Aholining alohida guruhlari

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda farmakokinetik ma‘lumot cheklangan.

Jigar yetishmovchiligi

Jigarning og‘ir shikastlanishi (Chayld-Pyu S sinfi) bo‘lgan pasientlarda nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha yarim chiqarilish davri T1/2 80% ga oshgan, o‘rtacha klirens esa 30% ga kamaygan.

Bolalar

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kattalardagi T1/2 ko‘rsatkichiga (5,6 soat) nisbatan asetilsisteinning o‘rtacha T1/2 uzoqroq (11 soat). Boshqa yosh guruhlarida farmakokinetik ma‘lumotlar yetarli emas.

Qo‘llanilishi

Nafas a‘zolarining qovushqoq qiyin ajraladigan balg‘am bilan kechuvchi kasalliklarida qo‘llanadi. Bundan tashqari, u parasetamolning yuqori dozalarini qo‘llanganda yuz beradigan jigar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Peroral qo‘llash uchun buyuriladi. Ovqatni qabul qilish vaqtidan qa‘tiy nazar qo‘llanadi.

1 paketcha ichidagini ½ (100 ml) stakan suvda eritish va yaxshilab aralashtirish kerak. Bevosita tayyorlangandan keyin qabul qilish kerak.

Ishlatilmagan har qanday dori qoldiqlaridan xalos bo‘lish kerak.

Agar pasientlar Traktus ni ko‘ngil aynishi tufayli qabul qilolmasalar, preparatni nazogastral zond orqali yuborish mumkin.

Ehtiyotkorlik chorasi sifatida antibiotiklarni alohida va asetilsisteindan xech bo‘lmaganda 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish lozim.

Kattalarga va 14 yoshdan oshgan o‘smirlarga: kuniga bitta paketcha (kuniga 600 mg asetilsistein) buyuriladi.

Parasetamol bilan zaharlanish

Odatda tavsiya qilinadigan zarb doza 140 mg/kg ni tashkil qiladi, keyinchalik 4 soatda samarani bir maromda ushlab turuvchi dozada har 4 soatda peroral 70 mg/kg dan buyuriladi.

Davolash davomiyligi

Agar boshqacha ko‘rsatilgan bo‘lmasa, davolashni 4-5 kundan oshirmaslik kerak.

Aholining alohida guruhlari

Geriatrik pasientlar

65 yoshdan oshgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

 Bolalar

14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 200 mg dan kuniga ikki marta (sutkada 400 mg asetilsistein) buyuriladi.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalar faqat shifokor nazorati ostida qabul qilishlari kerak.

Chaqaloklarga Traktus faqat ishonch hosil qilingan hollarda va faqat stasionar sharoitida tibbiy kuzatuv ostida qo‘llanishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimining buzilishlari

Tez-tez emas: allergik reaksiyalar (qichishish, eshakemi, ekzantema, toshma, bronxospazm, angionevrotik shish, taxikardiya va gipotenziya).

Juda kam hollarda: shokga olib kelishi mumkin bo‘lgan anafilaktik reaksiyalar.

Nafas, torakal va mediastenal buzilishlar

Kam hollarda: hansirash, bronxospazm (asosan bronxial astmada giperreaktiv bronxial tizimli pasientlarda).

Me‘da-ichak buzilishlari

Kam hollarda: stomatit, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya.

Umumiy kasalliklar va boshqa ta‘sirlar

Juda kam hollarda: isitma.

Bundan tashqari, juda kam hollarda allergik reaksiyalarini ko‘rinishi sifatida qon ketishi rivojlanishi mumkin. Asetilsistein trombositlar agregasiyasini kamaytirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Asetisisteinga va shuningdek preparatning yordamchi komponentlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari

Ichga qabul qilinadigan antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda antibiotiklarni va asetilsisteinni qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soatni tashkil qilish kerak.

Asetilsistein va yo‘talga qarshi vositalarni bir vaqtda qo‘llanganda yo‘tal refleksini susaytirishi tufayli, balg‘amni dimlanib qolish yuz berishi mumkin.

Asetilsistein karbamazepinning plazmadagi darajasini kamaytirishi mumkin va karbamazepin bilan davolangan tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda toniko-klonik tirishishlarni chaqirishi mumkin.

Mahsus ko‘rsatmalar

Bronxial astmada va obstruktiv bronxitda asetilsisteinni ehtiyotkorlik bilan bronxlarning o‘tkazuvchanligini tizimli nazorati ostida buyurish lozim.

Jigarning og‘ir shikastlanishi (Chayld-Pyu S sinfi) va jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda asetilsisteinni chiqarilishini pasayishi, asetisisteinning qondagi konsentrasiyasini va nojo‘ya samaralarni oshishiga olib kelishi mumkin.

Asetilsisteinni peroral qabul qilish ko‘ngil aynishi va qusishga olib kelishi mumkinligi tufayli, qizilo‘ngach venalarni varikoz kengayishi va yara kasalligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Asetilsistein karbamazepin bilan davolangan tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tonik-klonik tirishishlarni chaqirishi mumkin.

Parasetamol bilan zaharlanishda asetilsisteinni qo‘llash jarayonida qo‘ngil aynishi va qusish paydo bo‘lishi mumkin.

Traktus sorbit saqlaydi. Kam uchraydigan fruktozani nasliy o‘zlashtirolmaslik muommolari bo‘lgan pasientlar bu dori preparatini qabul qilmasliklari kerak.

Traktus aspartam saqlaydi va shuning uchun fenilketonuriyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik, laktasiya davri va fertillik.

Homiladorlik

Homilador ayollarda asetilsisteinni qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q yoki  cheklangan. Preparatni faqat agar ona uchun davolashdan taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Asetilsistein bilan o‘tqazilgan tajribalar vaqtida teratogen samaralari kuzatilmagan. Hayvonlarda o‘tqazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko‘rsatmagan.

Laktasiya

Asetilsisteinni odam sutiga ajralib chiqishi noma‘lum. Preparatni faqat agar emizikli ona uchun potensial ijobiy ta‘sirlar, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Fertillik

Klinik tajribalar asetilsistein qo‘llangandan keyin fertillikka ta‘sir qilmasligini ko‘rsatgan.

Asetilsisteinni qo‘llanganda Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi kabi og‘ir allergik reaksiyalarni rivojlanish hollari to‘g‘risida juda kam xabar berilgan. Teri va shilliq qavatlarida o‘zgarishlar paydo bo‘lganida pasient preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatishi va shifokorga murojat qilishi lozim.

Preparatni eritishda shisha idishdan foydalanish kerak, metall, rezina, kislorod, yengil oksidlanuvchi moddalar bilan kontaktdan saqlanish lozim.

Preparatni bevosita uyqudan oldin qabul qilish mumkin emas (qabul qilishni ma‘qul vaqti – 18.00 gacha).

Avtotransportni haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganda transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahsus antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilgan hollarda simtomatik va bir maromda tutib turuvchi davolash o‘tkazish lozim.

 

Chiqarilish shakli

Traktus® ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun, 10 yoki 30 paketchadan o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TRAKTUS poroshok 600mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TRAKTUS poroshok 600mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TRAKTUS poroshok 600mg N30 dori vositasi Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TRAKTUS poroshok 600mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TRAKTUS poroshok 600mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PALORA sirop 100ml
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N28
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
ULKARIL krem 10g 5%
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
LORDES sirop 60ml 2,5mg/5ml
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N20
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N14
SEFABEL 1000 poroshok 1000mg N1
TERFALIN sprey 30ml 1%
Narh: 58 800 so'mdan Batafsil
SEKRAZOL PEDIATRICHESKIY/SEKRAZOL sirop 150ml 30mg/5ml
PREFIKS tabletkalari 500mg N14
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
PREFIKS poroshok 100ml 250mg/5ml
MEGASEF 750 poroshok 6ml
LORDES sirop 150ml 2,5mg/5ml
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N10
PREFIKS tabletkalari 500mg N10
PREFIKS poroshok 60ml 250mg/5ml
MEGASEF 250 poroshok 2ml
SEKRAZOL PEDIATRICHESKIY/SEKRAZOL sirop 100ml 15mg/5ml
MUPIROSEPT maz 15g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DEKSTANOL gel 12,5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ESOM kapsulalar 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ESOM kapsulalar 40mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9