×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEFABEL 500 poroshok 500mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Цефтриаксон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ATX kodi:
- J01DD04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LEVORIL inyeksiya uchun eritma 100ml 5mg/ml Alchemy Medicine Private Limited Hindiston
48 000 s`om dan
KAFRA tabletkalari 400mg N5 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
BAZOSID poroshok 1g N1 Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
44 600 s`om dan
EKSTUM poroshok 1,5g Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEFABEL

SEFOBELUM

 

Preparatning savdo nomlanishi: Sefabel

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): seftriakson

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

faol modda: seftriakson natriy tuzi (500 mg yoki 1000 mg seftriaksonga ekvivalent);

Erituvchi: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: deyarli oq yoki sarg‘ish, namni deyarli tortmaydigan (gigroskopik xususiyati zaif) kristallsimon kukun.

Farmakoterapiya guruhi: Antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DD04

 

Farmakologik xususiyatlari

Seftriakson – parenteral sefalosporinning III avlodiga mansub antibiotik. Uzoq muddat davomida ta‘sir qilishi bilan tavsiflanadi. Seftriaksonning bakterisid faolligi hujayra devoridagi sintezni so‘ndirish bilan shartlangan. In vitro seftriakson grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan keng ko‘lamda ta‘sir qilishi bilan ajralib turadi. U grammanfiy va grammusbat bakteriyalar tomonidan ishlab chiqiladigan aksariyat b-laktamazalarga (ham penisillinazga, ham sefalosporinazga) nisbatan o‘ta barqarordir.

Seftriakson, odatda, quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faoldir:

Grammusbat aeroblarStaphylococcus aureus (metisillinga ta‘sirchan), koagulazo-salbiy stafilokoklar, Streptococcus pyogenes (b-gemolitik A guruhi ), Streptococcus agalactiae (b-gemolitik, V guruhi ), b-gemolitik streptokoklar (A  va V guruhlariga mansub bo‘lmagan), Streptococcus viridans, Streptococcus pneumoniae.

Izoh: Metisillinga barqaror Staphylococcus spp. Sefalosporinlarga, shu jumladan seftriaksonga nisbatan rezistent. Odatda, Enterococcus faecalis, Enterococcus faecium va Listeria monocytogenes ham barqarordirlar.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter lwoffii, Acinetobacter anitratus (asosan, A. baumannii)*, Aeromonas hydrophila, Alcaligenes faecalis, Alcaligenes odorans, alkaligensimon bakteriyalar, Borrelia burgdorferi, Capnocytophaga spp., Citrobacter diversus (shu jumladan S. amalonaticus), Citrobacter freundii*, Escherichia coli, Enterobacter aerogenes*, Enterobacter cloacae*, Enterobacter spp. (va boshqalar)*, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae**, Moraxella catarrhalis (avvalgi nomlanishi – Branhamella catarrhalis), Moraxella osloensis, Moraxella spp. (va boshqalar), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Proteus mirabilis, Proteus penneri*, Proteus vulgaris*, Pseudomonas fluorescens*, Pseudomonas spp. (va boshqalar), Providencia rettgeri*, Providencia spp. (va boshqalar), Salmonella typhi, Salmonella spp. (netifoidlilar), Serratia marcescens*, Serratia spp. (va boshqalar)*, Shigella spp., Vibrio spp., Yersinia enterocolitica, Yersinia spp. (va boshqalar).

* Ushbu turga mansub ayrim izolyatlar, asosan, xromosomalar bilan kodlanadigan b-laktamazalar hosil bo‘lishi sababli, seftriaksonga nisbatan barqaror hisoblanadilar.

** Ushbu turga mansub ayrim izolyatlar, bevosita ifodalangan plazmido b-laktamazalar hosil bo‘lishi sababli, barqaror hisoblanadilar.

Eslatma. Yuqorida qayd etilgan aksariyat shtammlar aminopenisillinlar va ureidopenisillinlar, birinchi va ikkinchi avlod sefalosporinlari va aminoglikozidlar kabi boshqa antibiotiklarga nisbatan polirezistent bo‘lib, seftriaksonga nisbatan ta‘sirchandir. Treponema pallidum in vitro seftriaksonga nisbatan va hayvonlar bilan eksperimentlarda ta‘sirchandir. Klinik sinovlar ko‘rsatdiki, seftriakson birlamchi va ikkilamchi sifilisga nisbatan yaxshi samara berar ekan. P. aeruginosa klinik izolyatlar aksariyat hollarda seftriaksonga nisbatan barqaror ekanligi aniqlangan.

Anaeroblar: Bacteroides spp. (safroga ta‘sirchan)*, Clostridium spp. (C. Difficile ni istisno qilganda), Fusobacterium nucleatum, Fusobacterium spp. (va boshqalar), Gaffkya anaerobica (avvalgi nomlanishi Peptococcus), Peptostreptococcus spp.

Ushbu turning ayrim izolyatlari b-laktamazalar hosil bo‘lgani sababli seftriaksonga nisbatan barqaror hisoblanadi.

Eslatma. b-laktamaza hosil qiluvchi Bacteroides spp. Shtammlarining aksariyati (xususan, fragilis) barqarordir. Clostridium difficile ham barqaror hisoblanadi.

 

Farmakokinetikasi

Seftriakson farmakokinetikasi nochiziq tavsifga ega. Barcha preparatning umumiy konsentrasiyalariga asoslangan asosiy farmakokinetik parametrlar, yarim chiqarish davrini istisno qilganda, dozaga bog‘liq bo‘lib, dozaning ortishiga proporsional ravishda o‘zgarmaydilar. Qon plazmasidagi umumiy konsentrasiyaga bog‘liq farmakokinetik parametrlar uchun nochiziqlik xos bo‘lib, bu holat preparatning qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishidagi to‘yinganlik bilan izohlanadi.

So‘rilishi: Mushak ichiga bir marta 1 gramm preparat kiritilganidan keyin plazmadagi maksimal konsentrasiya 81 mg/l ni tashkil qilib, bu ko‘rsatkichga in‘eksiya qilinganidan 2-3 soat o‘tganidan keyin erishiladi. “Plazmadagi konsentrasiya – vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni, vena va mushak ichiga yuborilganidan keyin bir xil bo‘ladi. Demak, mushak orasiga yuborilgan ineksiyadan keyin seftriaksonning biologik jihatdan o‘zlashtirilishi 100% ni tashkil etadi.

Vena ichiga 500 mg va 1 g seftriaksonning bolyusli ineksiyasidan keyin qon plazmasidagi o‘rtacha maksimal konsentrasiya mos ravishda 120 mg/l va 200 mg/l ni tashkil qilgan. Venaga 1 va 2 g seftriakson bilan birga 500 mg li infuziya yuborilganidan keyin qon plazmasidagi preparat konsentrasiyasi mos ravishda taxminan 80, 150 va 250 ml/g ni tashkil qilgan. Mushak ichiga bajarilgan ineksiyadan keyin qon plazmasidagi seftriakson konsentrasiyasining o‘rtacha maksimal ko‘rsatkichi vena ichiga bajarilgan ineksiyadan keyingi ko‘rsatkichdan taxminan ikki marotabaga kamroq bo‘lgan.

Taqsimlanishi: Seftriakson taqsimlanishining hajmi 7-12 litrni tashkil qiladi. 1-2 grammli doza kiritilganidan keyin seftriakson organizm to‘qimalari va suyuqliklariga yaxshi singib ketadi. 24 soatdan oshiq vaqt davomida uning konsentrasiyasi 60 dan ortiq to‘qima va suyuqliklardagi (shu jumladan, o‘pka, yurak, safro yo‘llari, jigar, bodomsimon bez, o‘rta quloq va burunning shilliq pardasi, suyaklar, shuningdek orqa miya, plevral va sinovial suyuqliklar va prostata bezi sekreti) infeksiya qo‘zg‘atuvchilarning aksariyati uchun infeksiyalarga qarshi kurashuvchi minimal konsentrasiyalardan sezilarli darajada yuqoriroq bo‘ladi.

Vena ichiga kiritilgan seftriakson orqa miya suyuqligiga tezda singib ketadi va u yerda ta‘sirchan mikroorganizmlarga nisbatan bakterisidli bo‘lgan konsentrasiyalar 24 soat davomida saqlanib qoladi.

Oqsillar bilan bog‘lanishi: Seftriakson albumin bilan qayta bog‘lanishga ega. Qon plazmasidagi seftriakson konsentrasiyasi 100 mg/l dan kam bo‘lganida bog‘lanish darajasi taxminan 95% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi oqsil bilan bog‘langan seftriakson ulushi uning konsentrasiyasi ortib borishiga qarab kamayadi, chunki bog‘lanish to‘yinish bilan birga kechadi va konsentrasiya ko‘rsatkichi 300 mg/l bo‘lganida taxminan 85% ni tashkil qiladi.

Ayrim to‘qimalarga  so‘rilishi( taqsimlanishi): Seftriakson miya qobiqlari orqali, aksariyat ularning yallig‘lanishida ko‘proq singiydi. Seftriaksonning orqa miya suyuqligidagi o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi bakterial meningiti bo‘lgan bemor qon plazmasidagi seftriakson konsentrasiyasining 25% ni va miya qobiqlarida yallig‘lanish bo‘lmagan bemor qon plazmasidagi konsentrasiyaning faqatgina 2% ni tashkil qiladi. Seftriaksonning orqa miya suyuqligidagi maksimal konsentrasiyasiga preparat vena ichiga yuborilganidan 4-6 soat o‘tganidan keyin erishiladi.

Seftriakson plasentar to‘siq dan o‘tib, kichik konsentrasiyalarda ko‘krak sutida ham aniqlanishi mumkin.

Metabolizmi: Seftriakson tizimli metabolizmdan xoli bo‘lib, ichakdagi mikroflora ta‘siri ostida nofaol metabolitlarga aylanadi.

Chiqarilishi: Seftriaksonning plazmadagi umumiy klirensi 10-22 ml/daq ni tashkil qiladi. Buyrakdagi klirens 5-12 ml/daq ga teng. Seftriaksonning 50-60% o‘zgarmagan holda buyrak orqali, 40-50% esa – o‘zgarmagan holda ichaklar orqali tashqariga chiqariladi. Seftriakson yarim chiqarilishining davri kattalarda taxminan 8 soatni tashkil qiladi.

Ayrim klinik holatlardagi farmakokinetikasi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, ko‘krak yoshidagi bolalar va 12 yoshdan kichik bolalar

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda seftriaksonning yarim chiqarilish davri boshqa yoshdagi guruhlarga qaraganda uzaygan. Chaqaloq tug‘ilganidan keyingi birinchi 14 kunda o‘ramchalar filtrasiyasi darajasining past bo‘lishi hisobiga va preparatning qon plazmasining oqsillari bilan bog‘lanish hususiyatlari natijasida qon plazmasidagi erkin seftriakson konsentrasiyasi qo‘shimcha ravishda ortishi mumkin. Bolalar yoshidagi bemorlarda yarim chiqarish davri chaqaloqlar va katta yoshdagilarga nisbatan qisqaroq bo‘ladi.

Plazma klirensining ko‘rsatkichi va umumiy seftriakson taqsimlanishining hajmi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, ko‘krak yoshidagi bolalarda va 12 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda katta yoshdagilarga qaraganda yuqoriroq ekani aniqlangan.

Buyrak yoki jigar funksiyalarining buzilishida

Buyrak yoki jigar funksiyalari buzilgan bemorlarda seftriakson farmakokinetikasi sezilarli darajada o‘zgarmaydi, faqat og‘ir buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda yarim chiqarish davrining uzayishi (2 barobar kamroq) kuzatiladi.

Buyrak yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlarda, seftriaksonning yarim chiqarilish davri aytarli katta bo‘lmagan uzayishini, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish darajasining kamayishi va umumiy seftriaksonning buyrakka bog‘liq bo‘lmagan  klirensi  mos ravishda ortishiga bog‘liq kompensasiya bilan izohlash mumkin.

Jigar funksiyasining yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda yarim chiqarish davr

 ortmaydi. Bunday bemorlarda buyrakdagi klirensning kompensator ortishi kuzatiladi. Buni qon plazmasida erkin seftriakson konsentrasiyasi ortishi sababli taqsimlanish hajmi ortishi fonida preparatning umumiy klirensi paradoksal ravishda oshib ketishi bilan izohlash mumkin.

Keksa bemorlar

Yoshi 75 dan oshgan keksa bemorlarda yarim chiqarish davri yoshi katta bemorlarnikiga qaraganda o‘rtacha ikki yoki uch martaga ko‘proq bo‘ladi.

 

Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar

– LOR-a‘zolari infeksiyalari;

– nafas yo‘llari infeksiyalari (pnevmoniya, bronxit, o‘pka abssessi, plevra empiemasi va boshqalar.);

  • buyraklar va siydik chiqarish yo‘llaridagi infeksiyalar;
  • jinsiy a‘zolardagi infeksiyalar, yumshoq shankr, sifilis, gonoreya;
  • qorin bo‘shlig‘i a‘zolaridagi infeksiyalar (peritonit, safro yo‘llaridagi infeksiyalar, shu jumladan safro pufagi empiemasi va oshqozon-ichak trakti infeksiyalari);
  • suyaklar, bo‘g‘imlar, yumshoq to‘qimalar, teri infeksiyalari, shuningdek yara infeksiyalari va kuyishlar;
  • tarqalgan Laym borelliozi (kasallikning boshlang‘ich va so‘nggi bosqichlari);
  • immuniteti pasaygan bemorlardagi infeksiyalar;
  • neytropeniya bilan og‘rigan bemorlardagi infeksiyalar;
  • sepsis;
  • meningit;
  • endokardit;
  • ich terlama, salmonellyoz va salmonella tashuvchanlik, shigellyoz.

Jarrohlik operasiyalaridan oldingi va keyingi profilaktika: neyroxirurgiya, yurak-qon tomir jarrohligi, abdominal  jarrohlik,  jarrohlik ginekologiya, ortopediya va travmatologiya.

Davolashni ta‘sir etishi  bo‘yicha sinovlarning  natijalarini olgunga qadar boshlash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalashning standart rejimi.

Vena ichiga, mushak ichiga.

Katta yoshdagilar va 12 yoshdan katta bolalar≥50 kg: sutkasiga (har 24 soatda) 1-2 g Og‘ir holatlarda yoki qo‘zg‘atuvchilarning seftriaksonga nisbatan mo‘‘tadil ta‘sirchanlikka ega bo‘lgan infeksiyalar mavjudligida sutkalik dozani 4 g gacha oshirish mumkin.

Davolanish muddati kasallikning kechishiga bog‘liq. Antibiotikoterapiyada, odatdagidek, bemorniing tana harorati me‘yorlashib, qo‘zg‘atuvchi eradikasiyasi tasdiqlanganidan keyin 48-72 soat davomida bemorga seftriakson yuborishni davom ettirish lozim.

Davolash kursi odatda 4-14 kunni tashkil etadi; infeksiyalar asorati kuzatilgan holatlarda davolash ko‘proq muddatga cho‘zilishi mumkin.

Streptococcus pyogenes tufayli chaqirilgan infeksiyalar aniqlanganida davolanish kursi 10 kundan kam bo‘lmasligi lozim.

Yuborish usullari

Eritma tayyorlanishi bilan, undan foydalanish umumiy qoida sifatida shu zahotiyoq qo‘llanilishi lozim.

Tayyorlangan eritmalar o‘z fizik va kimyoviy barqarorligini xona haroratida 6 soat davomida (harorat 2-8°C bo‘lganida esa – 24 soat davomida) saqlab qoladi. Konsentrasiyasi va saqlash davomiyligiga bog‘liq ravishda eritma rangi och-sarg‘ishdan qahrabo rangigacha o‘zgarishi mumkin. Eritmaning rangi preparat samaradorligi yoki bemor tomonidan qabul qilinishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Mushak ichiga yuboriladigan ineksiya uchun 250 mg yoki 500 mg seftriakson preparati 2 ml da, 1 gramm preparat esa 3,5 ml sterillangan suv bilan eritiladi va yetarlicha katta bo‘lgan mushakka (masalan, yonboshga) chuqur tarzda kiritiladi. Bitta mushakka 1 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda yuborish tavsiya etiladi.

Vena ichiga yuboriladigan ineksiya uchun 250 mg yoki 500 mg seftriakson preparati 5 ml sterillangan suv bilan, 1 gramm preparat esa – 10 ml sterillangan suv bilan eritiladi; eritma yirik venaga asta-sekin, 5 daqiqa davomida yuboriladi.

Vena ichiga yuboriladigan infuziya kamida 30 daqiqa davom etishi lozim. Eritma tayyorlash uchun 2 gramm seftriakson tarkibida kalsiy ionlari bo‘lmagan 40 ml infuzion eritmalarda aralashtiriladi. Bunday eritmalar qatoriga quyidagilar kiradi: natriy xloridning 0,9% li eritmasi, natriy xloridning 0,45% li eritmasi+dekstrozaning 2,5% li eritmasi, dekstrozaning 10% li eritmasi,dekstozaning 5 % li eritmsi, dekstrozaning 5% li eritmasidagi dekstranning 6% li eritmasi, gidroksietilkraxmalning 6-10% li eritmasi, ineksiyalar uchun suv.

Seftriakson preparati eritmasini, yuqorida qayd etilgan eritmalardan tashqari, boshqa mikroblarga qarshi preparatlarga  yoki boshqa eritmalar bilan aralashtirishga yoki qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, vena ichiga yuborishga mo‘ljallangan eritmani tayyorlash uchun tarkibida kalsiy bo‘lgan, Ringer yoki Xartman eritmalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu eritmalardan foydalanishda presipitatlar hosil bo‘lishi mumkin.

Venaga bir marta yuborish uchun mo‘ljallangan seftriakson preparati va tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalarni aralashtirishda ham seftriaksonning kalsiy tuzlarining  presipitatlari hosil bo‘lishi mumkin. Seftriakson va tarkibida kalsiy bo‘lgan peroral qabul qilinadigan preparatlar yoki mushak ichiga yuboriladigan seftriakson va tarkibida kalsiy bo‘lgan preparatlarning (venaga yuboriladigan va peroral tarzda qo‘llaniladigan) o‘zaro ta‘siri to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yo‘q.

Alohida holatlarda dozalash

O‘tkir  o‘rta otit

Bolalarda  kechayotgan o‘rta otitni davolashda 50 mg/tana massaga (lekin 1 grammdan ko‘p emas) dozani bir marta mushak orasiga yuborish tavsiya etiladi.

Kattalarga 1-2 gramm dozani bir marta mushak orasiga yuborish tavsiya etiladi. Ayrim ma‘lumotlarga ko‘ra, og‘ir holatlarda yoki avvalgi terapiya samarasiz chiqqanida sutkasiga 1-2 gramm dozadagi seftriaksonni 3 kun davomida yuborilishi yaxshi samara berishi mumkin.

Gonoreya (penisillinaza hosil qiluvchi va penisillinaza hosil qilmaydigan shtammlar sababli yuzaga kelgan) – katta yoshdagi bemorlar va tana massasi ≥50  kg bo‘lgan 12 yoshgacha bolalarga 250 mg seftriakson preparati mushak orasiga bir marta yuboriladi.

Jarrohlikdan keyingi infeksiyalar profilaktikasi

Infeksiya xavfining darajasiga bog‘liq ravishda 1-2 gramm seftriakson operasiya boshlanishidan 30-90 daqiqa oldin bir marta yuboriladi. Yo‘g‘on va to‘g‘ri ichaklardagi operasiyalarda seftriakson va 5-nitroimidazollardan , masalan, ornidazolni birga yuborilishi (lekin, har bir preparat alohida yuborilishi lozim – «Qo‘llash usuli va dozalar» bo‘limiga qaralsin) yaxshi natija bergan.

Laym kasalligi

14 kun davomida kattalar va bolalar uchun sutkasiga bir marta 50 mg/tana massaga (1 sutka uchun maksimal doza – 2 g).

Bolalar

Yangi tug‘ilgan chaqoloqlar, emizikli bolalar va yoshi 12 dan kichik bo‘lgan bolalar

Seftriaksonni bir sutkada bir marta buyurilishini belgilashda quyidagi dozalanish rejimlariga rioya qilish tavsiya etiladi:

– yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (14 kungacha bo‘lgan): 20-50 mg/ tana massasi uchun sutkasiga bir marta; 1 sutka uchun doza 50 mg/ tana massasidan oshmasligi kerak;

– chaqaloqlar, emizikli bolalar va kichik yoshdagi bolalar (15 kundan 12 yoshgacha): 20-80 mg/ tana massasi uchun sutkasiga bir marta;

– tana massasi 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar uchun kattalar uchun mo‘ljallangan doza belgilanadi.

Yoshi 41 haftagacha bo‘lgan chala tug‘ilgan bolalarga (gestasion va xronologik yoshning summasi) seftriakson preparatini qo‘llash taqiqlanadi.

Tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalar, jumladan kalsiyli eritmalar bilan bajariladigan uzoq muddatli infuziyalar belgilangan chaqaloqlarga (≤ 28 kun) ham seftriakson preparatini qo‘llash mumkin emas, sababi, seftriaksonda kalsiy tuzlarining presipitatlari hosil bo‘lishi ehtimoldan xoli emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qaralsin).

Emizikli chaqaloqlar va  12 yoshga  gacha bo‘lgan bolalarga vena ichiga kiritiladigan 50 mg/tana massasidagi dozalar  kamida 30 daqiqa davomida tomchilab yuborilishi zarur. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga vena ichiga yuborish, bilirubin ensefalopatiyasining rivojlanishi xavfini oldini olish maqsadida, 60 daqiqa davomida bajarilishi kerak.

Meningit

Bakterial meningit bilan og‘rigan emizikli chaqaloqlar va kichik  yoshdagi  bolalarni davolash sutkasiga bir marta 100 mg/tana massasiga (lekin 4 grammdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda) doza bilan boshlanadi. Qo‘zg‘atuvchi identifikasiyasi va uning ta‘sirchanligi aniqlanganidan keyin dozani mos ravishda kamaytirish mumkin. Meningokokli meningitda eng yaxshi natijalar 4 kunlik davolashda erishilgan, Haemophilus influenzae sababli yuzaga kelgan meningitda bu ko‘rsatkich 6 kunni tashkil qilgan, Streptococcus pneumoniae  sababli yuzaga kelgan meningitda esa eng yaxshi natija 7 kunlik davolanish kursida qayd etilgan.

Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar

Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda agar buyraklar funksiyasi buzilishi kuzatilmasa, dozani kamaytirish shart emas.

Buyraklar funksiyasi buzilgan bemorlar

Buyraklar funksiyasi buzilishi mavjud bemorlarda jigar funksiyasi buzilishi kuzatilmasa, dozani kamaytirish shart emas. Seftriakson preparatining 1 sutka uchun mo‘ljallangan dozasi kreatin klirensi 10 ml/daq dan kam bo‘lgan hollardagina 2 grammdan oshmasligi lozim. Seftriakson gemodializ yoki peritoneal dializda chiqarilmaydi, shuning uchun dializ yakunlanganidan keyin bemorga seftriakson preparatining qo‘shimcha dozasini kiritish talab etilmaydi.

Bir vaqtning o‘zida buyrak va jigar yetishmovchiligining og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarda preparat qo‘llanishining samarasi va xavfsizligini puxta nazorat qilish zarur.

Katta va keksa yoshdagi bemorlar

Buyrak va jigar yetishmovchiligining og‘ir shakllari bo‘lmagan hollarda kattalar uchun mo‘ljallangan odatdagi dozalar beriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

JSST ma‘lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta‘sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma‘lum – mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q.

Infeksion va parazitar kasalliklarkam – jinsiy organlar mikozlari; kamdan-kam – psevdomembranozli kolit.

Qon tizimi va limfatik tizimi tomonidantez-tez – eozinofiliya, leykopeniya, trombositopeniya; kam – granulositopeniya, anemiya, koagulopatiya.

Asab tizimi tomonidankam – bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan: kam – bronxospazm.

Me‘da–ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – ich kelishi barqaror emas, diareya (ayrim hollarda diareya psevdomembranoz kolit simptomi bo‘lishi mumkin); kam – ko‘ngil aynish, qusish va tilning yallig‘lanishi; kamdan-kam – qorinda og‘riq.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez – jigar fermentlari faolligining ortishi (aspartataminotransferazani (AST), alaninaminotransferazani (ALT), ishqor fosfatazani (IF)).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez – toshma (issiqlik); kam – qichishish; kamdan-kam – eshakemi.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: kamdan-kam – gematuriya, glyukozuriya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidan buzilishlar: kam – flebit, yuborilgan joyidagi og‘riq, tana haroratining oshishi; kamdan-kam – shish, aznob.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: kam – qonda kreatinin konsentrasiyasining oshishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta sezuvchanlik

Seftriakson va preparatning istalgan boshqa komponentiga nisbatan o‘ta sezuvchanlik. Sefalosporinlarga nisbatan o‘ta sezuvchanlik.

Boshqa b-laktamli antibiotiklar (penisillinlar, monobaktamlar va karbapenemalar)ga nisbatan o‘ta sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari (masalan, anafilaktik reaksiyalar)

Chala tug‘ilgan bolalar

Yoshi 41 haftagacha bo‘lgan chala tug‘ilgan bolalarga (gestasion va xronologik yoshlarining summasi) seftriakson preparatini qo‘llash taqiqlanadi.

Normal tug‘ilgan bolalar (≤28 kunlik)

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi giperbilirubinemiya, sariqlik  yoki asidoz, gipoalbuminemiya (in vitro tadqiqotlar ko‘rsatdiki, seftriakson zardob albumini bilan bilirubinni siqib chiqarishi mumkin bo‘lib, chaqaloqlarda bilirubin ensefalopatiyasi rivojlanishiga xavfini oshirar ekan).

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalarni vena ichiga yuborish.

Kalsiy tuzlari presipitatlari paydo bo‘lish xavfi mavjud bo‘lgani sababli tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalarni vena ichiga yuborish, jumladan, masalan, parenteral oziqlantirishda uzoq muddatli infuziyalar belgilangan yoki nazarda tutilayotgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (≤28 kunlik)da ehtiyotkorlik choralari tutilishi kerak.

Seftriakson va tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalarni qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘pka va buyraklarda presipitatlar paydo bo‘lgani to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Bunda, alohida hollarda, vena ichiga bir marotaba yuborilib , presipitatlar hosil bo‘lishi bevosita vena ichiga bir marotabalik foydalanish uchun infuziya sistemasi ichida kuzatilgan. Undan tashqari, venaga seftriakson preparati va tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalar kiritishning turli usullari qo‘llanilganida o‘lim bilan yakunlangan holat qayd etilgan. Bunday holatlar faqat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatilgan.

Tarkibida lidokain bo‘lgan seftriakson eritmalarini vena ichiga yuborish mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

Emizish davrida.

Anamnezda boshqa b-laktamli antibiotiklarga nisbatan o‘ta ta‘sirchanlikning og‘ir bo‘lmagan reaksiyalari.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtning o‘zida seftriaksonning katta dozalari va “sirtmoqli” diuretiklar (masalan, furosemid) qo‘llanilishida buyrak funksiyalarida buzilishlar kuzatilmagan. Sefalosporin bilan birga qo‘llanilishida aminoglikozidlarning nefrotoksikligi to‘g‘risida bir-biriga zid ma‘lumotlar bor, shu sababli buyrak funksiyasi va qondagi aminoglikozidlar konsentrasiyasi ustidan monitoring o‘tkazish talab etiladi. Seftriakson preparati kiritilganidan keyin alkagolning iste‘mol qilinishidan keyin disulfiramli reaksiya kuzatilmagan. Seftriakson tarkibida ayrim boshqa sefalosporinlargaa xos bo‘lgan etanolni ko‘tara olmaslik va qon ketishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan N-metiltiotetrazol guruhi yo‘q. Probenesid seftriaksonni chiqarib tashlanishiga ta‘sir o‘tkazmaydi.

Bakteriostatik antibiotiklar seftriaksonning bakterisidli samarasini kamaytiradi.

In vitro, xloramfenikol va seftriakson o‘rtasida antagonizm borligi aniqlangan.

Vena ichiga kiritish uchun mo‘ljallangan seftriakson eritmalarini tayyorlashda va keyinchalik ularni aralashtirishda, presipitatlar hosil bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lgani sababli, Ringer eritmasi yoki Xartman eritmasi kabi tarkibida kalsiy bo‘lgan erituvchilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bir marta venaga kiritish uchun eritma tayyorlash uchun sentriakson preparati va tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalarlarni aralashtirganda ham kalsiy tuzlarining presipitatlari hosil bo‘lishi mumkin.

Venaga bir marta kiritishga mo‘ljallangan seftriakson preparati va tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalarni aralashtirishda ham seftriaksonning kalsiy tuzlari presipitlari hosil bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli infuziyalar orqali venaga seftriakson preparati eritmalarini kiritishda, masalan, Y-konnektordan foydalangan holda parenteral oziqlantirishda ham tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bemorlarning barcha guruhlari uchun (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni istisno qilganda) seftriakson va tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalarning ketma-ket kiritilishida, bir-biriga mos keladigan suyuqliklarni quyish oldidan infuzion tizimlar puxta yuvilishi lozim. Seftriakson va kalsiyning o‘zaro ta‘sirini baholash uchun ikkita in vitro tadqiqot o‘tkazilgan: birinchisida katta yoshdagi odam qoni plazmasidan, ikkinchisida esa – yangi tug‘ilgan chaqaloq kindigidagi qon plazmasidan foydalanilgan. Dastlabki konsentrasiyasi 1 mM gacha (2 gramm preparat infuzion tarzda kiritilganidan keyin kamidan 30 daqiqa o‘tib seftriakson in vivo erishadigan maksimal konsentrasiya) bo‘lgan seftriakson va dastlabki konsentrasiyasi 12 mM (48 mg/dl) bo‘lgan kalsiy turli kombinasiyalari tahlil qilingan. Plazmadagi seftriakson konsentrasiyasining kamayishi katta odam plazmasidagi kalsiy konsentrasiyasi 6 mM (24 mg/dl) va undan ko‘proq, yangi tug‘ilgan chaqaloq plazmasidagi kalsiy konsentrasiyasi 4 mM (16 mg/dl) va undan ko‘proq bo‘lganida kuzatilgan. Bu holat seftriaksondagi kalsiy tuzlarining hosil bo‘lish xavfi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yuqoriroq bo‘lishidan dalolat beradi.

Seftriakson farmasevtik jihatdan amsakrin, vankomisin, flukonazol va aminoglikozidlar bilan mos kelmaydi va hech qachon birga qo‘llanilmaydi.

Seftriakson preparati terapiyasi fonida vitamin K antagonistlari qo‘llanilganida qon ketishi xavfi ortadi. Qon quyilishi parametrlari doimo nazorat qilinishi va, zarurat tug‘ilganida, seftriakson terapiyasi vaqtida va u yakunlanganidan keyin ham antikoagulyant dozasiga tuzatishlar kiritib turish lozim.

Ko‘pgina grammanfiy bakteriyalarga nisbatan seftriakson va aminoglikozidlar o‘rtasidagi sinergizm ko‘rsatilgan. Ushbu kombinasiyalarning yuqori samaradorligini doim ham oldindan aytib bo‘lmasada, shartlangan Rseudomonas aeruginosa kabi hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir infeksiyalar aniqlanganida, erishilishi mumkin bo‘lgan ijobiy natijalarni nazarda tutish lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘ta ta‘sirchanlik reaksiyasi

Boshqa β-laktam antibiotiklarni qo‘llashda bo‘lgani kabi o‘ta ta‘sirchanlikning og‘ir reaksiyalari, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan reaksiyalari qayd etilgan. O‘ta ta‘sirchanlikning og‘ir reaksiyalari rivojlanishida seftriakson terapiyasini zudlik bilan to‘xtatish va tegishli davolash tadbirlarini o‘tkazish lozim. Seftriakson terapiyasini boshlashdan oldin bemorda seftriakson, sefalosporinlarga yoki boshqa b-laktamli antibiotiklar (penisillinlar, monobaktamalar va karbapenemalar)ga nisbatan o‘ta ta‘sirchanlik kuzatilgani yoki yo‘qligini aniqlash kerak.

Anamezdagi boshqa b-laktamli antibiotiklar (penisillinlar, monobaktamalar va karbapenemalar)ga nisbatan o‘ta ta‘sirchanlikning og‘ir bo‘lmagan reaksiyalari kuzatilgan bemorlarga seftriakson qo‘llashda ehtiyotkor bo‘lish zarur.

Natriya miqdori

1 gramm seftriakson preparatida 42,27 mg natriy bor. Natriy miqdori nazorat ostida parhezga rioya qiluvchi bemorlar ushbu holatga alohida e‘tibor qaratishlari lozim.

Gemolitik anemiya

Seftriakson preparati bilan davolashda, boshqa sefalosporinlar qo‘llanilganda kuzatilgani kabi, autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi mumkin. Kattalar va bolalarda gemolitik anemiyaning og‘ir, hattoki, o‘lim bilan yakunlangan shakllari qayd etilgan. Seftriakson preparati bilan davolanayotgan bemorda anemiya rivojlanishida sefalosporin-assosiyalangan anemiya tashxisini istisno qilib bo‘lmaydi va sabablari aniqlangunicha davolashni to‘xtatib turish talab etiladi.

Clostridium difficile tufayli yuzaga kelgan diareya

Seftriakson preparati bilan davolashda, aksariyat antibakterial preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, Clostridium difficile (C. difficile) tufayli yuzaga kelgan diareya kuzatilgan. Diareya turlicha, ya‘ni yengil va, hattoki, o‘lim bilan yakunlanuvchi kolit ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Antibakterial preparatlar bilan davolashda yo‘g‘on ichakning normal mikroflorasi buzilishi kuzatiladi, bu esa C. Difficile o‘sishini rag‘batlantiradi. C. Difficile, o‘z navbatida, C. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareya patogenozi omillari hisoblangan A va V toksinlarini hosil qiladi. S. difficile shtammlari, antimikrob terapiyasiga nisbatan barqaror bo‘lgani sababli, og‘ir asoratli va o‘limga sabab bo‘ladigan infeksiyalarni qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Davolash esa, o‘z navbatida, kolektomiyani talab qilishi mumkin. Diareya bilan og‘rigan barcha bemorlarda antibiotikoterapiyadan keyin C. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareyaning rivojlanish ehtimoli mavjud ekanini yodda tutish zarur. Anamnezni puxta yig‘ish talab etiladi, sababi, antibiotikoterapiyadan keyin 2 oy o‘tib ham C. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareya rivojlanishi kuzatilgan.

  1. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareya mavjudligi gumon qilinsa yoki tasdiqlansa, C. Difficilega yo‘naltirilmagan joriy terapiya bekor qilinishi mumkin. Klinik ko‘rsatkichlarga muvofiq suyuqlik va elektrolitlar, oqsillarni kiritish, C. Difficile ga nisbatan antibiotikoterapiya, jarrohlik amaliyoti kabi tegishli davolash usullari belgilanadi. Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Superinfeksilar

Boshqa antibakterial preparatlar bilan davolashda bo‘lgani kabi superinfeksiyalar rivojlanishi kuzatilishi mumkin.

Protrombin vaqtining o‘zgarishi

Seftriakson qabul qilayotgan bemorlarda juda kam holatlarda protrombin vaqtining o‘zgarishi tavsiflangan. Vitamin K yetishmovchiligi (sintez buzilishi, ovqatlanish rejimining buzilishi) mavjud bo‘lgan bemorlarga terapiya davomida protrombin vaqtini nazorat qilish va protrombin vaqti ko‘payganida terapiya boshlanishidan oldin va terapiya davomida vitamin K (haftasiga 10 mg) qabul qilish belgilanishi mumkin.

Seftriaksondagi kalsiy tuzi presipitatlarining hosil bo‘lishi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pka va buyraklarida seftriakson-kalsiy presipitatlar yig‘ilishi oqibatida og‘ir reaksiyalar ro‘y bergani, ayrim hollarda esa, o‘lim bilan yakunlangan holatlar qayd etilgan. Kattaroq yosh guruhlariga mansub bemorlarda ham seftriakson va venaga kiritiladigan kalsiyli eritmalarning o‘zaro ta‘siri nazariy jihatdan bo‘lishi mumkin, shuning uchun seftriakson tarkibida kalsiy bo‘lgan eritmalar bilan aralashtirilmasligi (shu jumladan parenteral oziqlantirish uchun ham), shuningdek bir vaqtning o‘zida kiritilmasligi, jumladan turli uchastkalardagi infuziyalar uchun alohida kiritish yo‘llari orqali ham kiritilmasligi lozim. Seftriakson yarim chiqarilishining 5 ta davri bo‘yicha hisob-kitoblar asosida seftriakson va kalsiyli eritmalar kiritilishi orasidagi interval 48 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Seftriakson va peroral qabul qilishga mo‘ljallangan kalsiyli preparatlarning o‘zaro ta‘siri bo‘yicha, shuningdek mushak ichiga kiritiladigan seftriakson va kalsiyli preparatlar (vena ichiga yuborilishi va peroral qabul qilishga mo‘ljallangan) o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Seftriakson tavsiya etilgan standart dozalardan (sutkasiga 1 gramm va undan ko‘proq) ortiq miqdorda qabul qilinganidan keyin o‘t pufagi ultratovush bilan tekshirilganida, seftriaksondagi kalsiy tuzining presipitatlari aniqlangan. Bu holat, odatda, bolalarda kuzatilgan. Presipitatlar juda kam hollarda aniq simptomatika beradi va seftriakson preparati terapiyasi yakunlanganidan yoki to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi. Ushbu holatlar klinik simptomatika bilan kechadigan bo‘lsa, konservativ davolash (jarrohlik amaliyotisiz) tavsiya etiladi, preparatni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror davolovchi shifokor ixtiyoriga havola qilinib, foyda va xavfning individual baholanishiga asoslanishi lozim.

Seftriakson va tarkibida kalsiy bo‘lgan infuzion eritmalar yoki boshqa kalsiyli preparatlar qo‘llanilganida tomir ichida presipitlar faqat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hosil bo‘lishi to‘g‘risida aniq ma‘lumotlar mavjud bo‘lsada, baribir, bolalalar va kattalarga seftriakson va tarkibida kalsiy bo‘lgan infuzion eritmalarni, hattoki, turli venalarga yuborish va birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Pankreatit

Seftriakson qabul qilgan bemorlarda o‘t yo‘llari buzilishi natijasida yuzaga kelgan pankreatit holatlari juda kam kuzatilgan. Ushbu bemorlarning aksariyatida o‘t yo‘llarida dimlanishlar, masalan, terapiya og‘ir kasalliklar va to‘liq parenteral oziqlanish kabi holatlar avval ham qayd etilgan. Bunda, preparat ta‘siri ostida o‘t yo‘llarida hosil bo‘lgan presipitatlar rivojlanishini ham hisobdan chiqarmaslik lozim.

Bolalarda qo‘llanilishi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, emizikli va kichik yoshdagi bolalarda seftriakson qo‘llanishining xavfsizligi va samaradorligi “Qo‘llash usuli va dozalar” bo‘limida ta‘riflangan dozalar uchun belgilangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, boshqa sefalosporinlar kabi seftriakson ham plazma albumini bilan bog‘lanishdan bilirubinni chiqarib tashlashi mumkin ekan.

Seftriakson preparatini bilirubinli ensefalopatiya rivojlanishi xavfi mavjud bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Uzoq muddatli davolanish

Uzoq muddat davomida davolanishda periferik qon holatini, jigar va buyraklar funksional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim.

Qon tahlili monitoringi

Uzoq muddat davomida davolashda qonning umumiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazib turish zarur.

Serologik tadqiqotlar

Seftriakson bilan davolanishda Kumbs namunalari, galaktozemiya namunalari bo‘yicha, shuningdek siydikdagi glyukozani aniqlashda soxta ijobiy natijalar qayd etilishi mumkin (glyukozuriyani faqat fermentli metod bilan aniqlash tavsiya etiladi).

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilishning o‘ziga xosligi.

Preparatni qabul qilgandan so‘ng avtotransport vositalarini yoki mashina va mexanizmlarni boshqarishga o‘tkazadigan ta‘siri haqida aniq ma‘lumotlar yo‘q. Biroq, seftriakson bilan o‘tkaziladigan terapiya vaqtida, bosh aylanishi va boshqa nomaqbul reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgani sababli, transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkor bo‘lish lozim.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

 

Homiladorlik va emizish davri

Preparatning xomiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha FDA  tasnifiga binoan Sefabel ( Seftriakson) preparati  homilaga ta‘siriga ko‘ra “V” toifaga kiradi.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilaga salbiy ta‘siri aniqlanmagan, homilador ayollarga mos yetarli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Seftriakson plasentar to‘siq orqali kiradi.

Homiladorlik davrida, ayniqsa, birinchi trimestrda, seftriakson terapiyasini ona uchun terapiyadan kutilayotgan samara darajasi homila uchun potensial xavfdan yuqoriroq bo‘lsagina va faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha belgilash zarur.

Seftriakson ko‘krak suti tarkibida kichik dozalarda bo‘lishi mumkin.

Ona tomonidan terapevtik dozalarda qabul qilinayotgan seftriakson emizikli bolaga ta‘sir qilishi ehtimoli juda kichik bo‘lsada, baribir, bolada diareya, shilliq pardalarda zamburug‘li infeksiyalar va o‘ta sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishini istisno qilmaslik zarur. Bolaning ona suti bilan oziqlanishi afzalligini va ona uchun terapiya foydasini e‘tiborga olgan holda ko‘krak suti bilan oziqlantirishni yoki seftriakson bilan davolashni to‘xtatish lozim.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish va diareya.

Davolash: doza oshirib yuborilganida gemodializ va peritoneal dializ preparat konsentrasiyasini kamaytirmaydi. Spesifik antidot yo‘q. Doza oshirib yuborilishini davolash simptomatik tarzda bajariladi.

 

Chiqarilish shakli

«Sefabel 500», in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun, 500 mg  dan, flakonlarda, erituvchisi bilan birga komplektda.

«Sefabel 1000», in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun, 1000 mg dan, flakonlarda, erituvchisi bilan birga komplektda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Tayyorlangan eritma harorat 25°S bo‘lganida 24 soat davomida, agar sovutgich sharoitlarida bo‘lsa – 72 soat davomida saqlanishi mumkin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEFABEL 500 poroshok 500mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1 dori vositasi Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VITAKSON poroshok 1,0g N1
IFISEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BELASEF kukuni 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zhejiang Jutai Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: ZhuHai Kinhoo Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 49 500 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
SEFABEL 1000 poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ROSEFIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
MEDAKSON poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
ZORAKSON poroshok 1g N12
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ROTASEF poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: LDP-Laboratorios Torlan, S.A.
SEFTRION poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Claris Lifesciences Limited,Индия (производитель),Novo Pharm,ООО,СП (упаков)
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SEFAKSON poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
SEFAZON NP poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jackson Laboratories Pvt. Ltd
S TRAY poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharm Activ FZCO., ОАЭ произведено: Surge Laboratories (Pvt) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
ROSEFIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
MEDAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
LENDASIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
ZORAKSON poroshok 1g N1
BAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy,CП,ООО, Узбекско-Британское (упак.), Harbin Pharmaceutical Group Co. Ltd, General Pharm. Factory,Китай (произ.)
ALIKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
AL SEF poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alchemy Medicine Private Limited
SPEKBAKT poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd, Индия произведено: Novopharm Formulations (P) Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PALORA sirop 100ml
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N28
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
ULKARIL krem 10g 5%
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
LORDES sirop 60ml 2,5mg/5ml
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
TAYLOLFEN XOT eritma 20g N12
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N20
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N14
SEFABEL 1000 poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
TERFALIN sprey 30ml 1%
Narh: 58 800 so'mdan Batafsil
SEKRAZOL PEDIATRICHESKIY/SEKRAZOL sirop 150ml 30mg/5ml
PREFIKS tabletkalari 500mg N14
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
PREFIKS poroshok 100ml 250mg/5ml
MEGASEF 750 poroshok 6ml
LORDES sirop 150ml 2,5mg/5ml
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N10
PREFIKS tabletkalari 500mg N10
PREFIKS poroshok 60ml 250mg/5ml
MEGASEF 250 poroshok 2ml
SEKRAZOL PEDIATRICHESKIY/SEKRAZOL sirop 100ml 15mg/5ml
MUPIROSEPT maz 15g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DEKSTANOL gel 12,5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ESOM kapsulalar 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ESOM kapsulalar 40mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ERTINOB tabletkalari 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9