×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEFAMED poroshok 0,5g N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Misr
Faol modda:
Цефтриаксон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
ATX kodi:
- J01DD04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LAKS 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
47 000 s`om dan
20 300 s`om dan
BATBAKTAM poroshok 0,75g N1 Биополюс,ООО произведено для Юнимед Груп Корп,ООО Gruziya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEFAMED poroshok 0,5g N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEFAMED

CEFAMED

Preparatning savdo nomi: Sefamed

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): seftriakson

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Sefamed 0,5 g

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: seftriakson (seftriakson natriy shaklida) – 0,5 g;

erituvchi (erituvchi bilan majmuada ishlab chiqariladigan shakli uchun): 1% li lidokain gidroxloridi eritmasi 2 ml.

Sefamed 1,0 g

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: seftriakson (seftriakson natriy shaklida) – 1,0 g;

erituvchi (erituvchi bilan majmuada ishlab chiqariladigan shakli uchun): 1% li lidokain gidroxloridi eritmasi 3,5 ml.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish rangli biroz gigroskopik kristall kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli ta‘sir qiluvchi antibakterial preparatlar, uchinchi avlod sefalosporinlar.

ATX kodi: J01DD04

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sefalosporinlar qatorining uchinchi avlodi bo‘lib, keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotikdir. Bakteriyalarning hujayra membranalari sintezini susaytirishi hisobiga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik grammanfiy, ko‘pgina grammusbat qo‘zg‘atuvchilar va ayrim anaeroblarga nisbatan faol. Bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazalarning ta‘siriga chidamli.

Preparatga sezgir aerob grammanfiy bakteriyalar: Aeromonas spp., Alcaligenes spp., Branhamella catarrhalis, Citrobacter spp., Enterobacter spp. (ayrim shtammmlari chidamli), E.coli, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan Kl. pneumoniae), Moraxella spp., Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Plesiomonas shigelloides, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp., Pseudomonas aeruginosa (ayrim shtammlari chidamli), Salmonella spp. (shu jumladan S. typhi), Serratia spp. (shu jumladan S. marcescens), Shigella spp., Vibrio spp. (shu jumladan V. cholerae), Yersinia spp. (shu xumladan Y. enterocolitica).

Boshqa antibiotiklar, masalan penisillinlar, birinchi va ikkinchi avlod sefalosporinlari va aminoglikozidlarning ta‘sirida jadal ko‘payadigan, yuqorida sanab o‘tilgan mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlari Sefamedga sezgirdir. Klinik ma‘lumotlar ko‘ra, birlamchi va ikkilamchi sifilisda preparatning yaxshi samarasi kuzatiladi.

Sefamedga sezgir aerob grammusbat bakteriyalar: Streptococcus agalactiae, Staphylococcus aureus (shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Streptococcus bovis, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans.

Staphylococcus spp. metisillinga chidamli, sefalosporinlarga, shu jumladan Sefamedga ham rezistendir. Enterococcus spp. ning ko‘pchilik shtammlari (masalan, Streptococcus faecalis) ham preparatga chidamlidir.

Sefamedga sezgir anaerob qo‘zg‘atuvchilar: Bacteroides spp., Clostridium spp. (Cl. difficile dan tashqari), Fusobacterium spp. (F. mortiferum va F. Varium dan tashqari), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. Beta-laktamaza ishlab chiqaradigan Bacteroides spp. ning ayrim shtammlari (masalan, V. fragilis), Sefamedga chidamli.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Mushak ichiga yuborish

Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng seftriaksonning plazmadagi o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi, ekvivalent dozasi vena ichiga yuborilgandan keyin kuzatiladigan konsentrasiyasiga nisbatan taxminan ikki marta kam bo‘ladi. 1 g bir martalik dozasi mushak ichiga yuborilgandan so‘ng plazmada maksimal konsentrasiyasi taxminan 81 mg/l ni tashkil etadi va yuborilgandan so‘ng 2-3 soatdan keyin erishiladi.

Mushak ichiga yuborilgandan so‘ng “plazmadagi konsentrasiyasi – vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni ekvivalent dozasi vena ichiga yuborilgandan keyin kuzatiladigan egri chizig‘i ostidagi maydoniga ekvivalent bo‘ladi.

Vena ichiga yuborish

500 mg va 1 g seftriakson vena ichiga bolyus holida yuborilgandan so‘ng seftriaksonning plazmadagi o‘rtacha konsentrasiyasi muvofiq ravishda taxminan 120 mg/l va 200 mg/l ni tashkil etgan. 500 mg, 1 g va 2 g seftriakson vena ichiga infuziya qilinganidan so‘ng seftriaksonning plazmadagi darajasi muvofiq ravishda taxminan 80 mg/l, 150 mg/l va 250 mg/l ni tashkil etgan.

Taqsimlanishi

Seftriaksonning taqsimlanish hajmi 7-12 l ni tashkil etadi. Ko‘pchilik muvofiq patogenlar uchun minimal ingibisiya qiluvchi konsentrasiya (MIK) dan ahamiyatli darajadagi yuqori konsentrasiyalari to‘qimalarda, shu jumladan o‘pka, yurak, o‘t chiqarish yo‘llari/jigar, murtaksimon bezlar, o‘rta quloq va burunning shilliq qavati, suyaklar, shuningdek orqa miya, plevra, prostata bezi va sinovial suyuqliklarda aniqlanadi. Takroran yuborilganida plazmada o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasi (Cmax) 8-15% ga oshishi kuzatiladi, turg‘un holatga ko‘pchilik hollarda yuborish yo‘liga qarab 48-72 soat davomida erishiladi.

Ayrim to‘qimalarga kirishi

Seftriakson bosh miya pardasidan o‘tadi. Bosh miya pardasi yallig‘langanida seftriaksonni kirishi maksimal darajaga yetadi. Bakterial meningit bo‘lgan pasientlarning orqa miya suyuqligida seftriaksonning o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasini plazmadagi darajasi bosh miya pardasi yallig‘lanmagan pasientlarning plazmadagi darajasi 2% ga nisbatan hatto 25% gacha qiymatni tashkil etadi. Orqa miya suyuqligida seftriaksonning cho‘qqi konsentrasiyasiga vena ichiga yuborilgandan so‘ng taxminan 4-6 soatdan keyin erishiladi. Seftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan juda kichik konsentrasiyalarda ajralib chiqadi.

Oqsillar bilan bog‘lanishi

Seftriakson albumin bilan qaytmas bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi plazmadagi konsentrasiyalari 100 mg/l dan kam bo‘lganida taxminan 95% ni tashkil etadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi to‘yinish darajasiga ega va konsentrasiyasi oshib borganida bog‘langan seftriaksonnning qismi pasayadi (plazmadagi konsentrasiyasi     300 mg/l bo‘lganida 85% gacha bo‘ladi).

Biotransformasiyasi

Setriakson tizimli ravishda metabolizmga uchramaydi, ammo ovqat hazm qilish yo‘llarining mikroflorasi yordamida nofaol metabolitlarga aylanadi.

 

Chiqarilishi

Umumiy setriaksonning (bog‘langan va bog‘lanmagan) plazma klirensi minutiga 10-22 ml ni tashkil etadi. Buyrak klirensi minutiga 5-12 ml ni tashkil etadi. Seftriaksonning 50-60% siydik bilan o‘zgarmagan holda, eng avvalo kalavalar filtrasiyasi orqali, ayni vaqtda 40-50% esa safro bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Kattalarda umumiy seftriaksonning yarim chiqarilish davri taxminan 8 soatni tashkil etadi.

Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda, hatto buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda ham yarim chiqarilish davrini biroz uzayishi bilan (ikki martadan kam) birga faqat minimal darajada o‘zgaradi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganida yarim chiqarilish davrini nisbatan biroz uzayishi umumiy seftriaksonning plazma oqsillari bilan bog‘lanishini pasayishi va buyrakdan tashqari klirensini muvofiq ravishda oshishi oqibatida buyrakdan tashqari klirensini kompensator oshishi bilan tushuntiriladi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda seftriaksonning yarim chiqarilish davri buyrak klirensini kompensator ravishda oshishi oqibatida uzayishi kuzatilmaydi. Bu shuningdek plazmadagi seftriaksonning erkin fraksiyasini oshishi bilan ham bog‘liq, bu umumiy dori vositasining klirensini paradoksal oshishida taqsimlanish hajmini oshishi bilan bir vaqtda umumiy klirensini oshishida muhim rol o‘ynaydi.

Keksa yoshdagi pasientlar

75 yoshdan oshgan keksa yoshdagi pasientlarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri odatda katta yoshdagi pasientlardagiga nisbatan ikki yoki uch marta yuqori bo‘ladi.

Bolalar

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda seftriaksonning yarim chiqarilish davri uzoqroq davom etadi. Tug‘ilgandan boshlab hayotining 14 kunigacha erkin seftriaksonning darajasi kalavalar filtrasiyasini pastligi va proteinlar bilan bog‘lanishini o‘zgarganligi kabi omillarni bo‘lishi hisobiga oshgan bo‘lishi mumkin. Bolalarda yarim chiarilish davri yangi tug‘ilgan chaqaloqlar. Kattalardagiga nisbatan qisqaroq bo‘ladi.

Yangi tug‘ilgan chaaloqlar, go‘daklar va bolalarda seftriaksonning plazma klirensi va taqsimlanish hajmi kattalardagiga nisbatan yuqoriyu

Proporsionalligi/teskari proporsionalligi

Seftriaksonning farmakokinetikasi proporsional emas va yarim chiqarilish davridan tashqari, barcha asosiy farmakokinetik ko‘rsatkichlari umumiy dori vositasining konsentrasiyasiga asoslanib, dozaga bog‘liq hisoblanadi, dozani oshishiga proporsionalligiga nisbatan kamroq oshadi. Teskari proporsionalligi plazma oqsillari bilan to‘yinishiga bog‘liq, va shunday qilib, plazmadagi umumiy seftriaksonga nisbatan kuzatiladi, ammo erkin (bog‘lanmagan) seftriaksonga nisbatan kuzatilmaydi.

Farmakokinetika/farmakodinamikani o‘zaro bog‘liqligi

Boshqa beta-laktamlarga nisbatan bo‘lgani kabi, in vivo sharoitlarida preparatning samaradorligi uchun eng yaxshi o‘zaro bog‘liqligini namoyish etuvchi farmakokinetik – farmakodinamik ko‘rsatkichi dozalari orasidagi intervalni foizlarda aks etuvchi nisbati bo‘lib, bog‘lanmagan seftriaksonning konsentrasiyasi mikroorganizmlarning maqsadli individual turlariga nisbatan seftriaksonning MIKdan yuqori bo‘lib qoladi (ya‘ni %T > MIK).

Qo‘llanilishi

Sefamed kattalar va bolalarda, shu jumladan muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda (tug‘ilgandan boshlab) quyidagi infeksiyalarni davolash uchun ko‘rsatilgan:

  • bakterial meningit;
  • kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • gospital pnevmoniya;
  • o‘tkir o‘rta quloq otiti;
  • qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari;
  • siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit);
  • suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari;
  • gonoreya;
  • sifilis;
  • bakterial endokardit.

Sefamed quyidagi holatlarda qo‘llanishi mumkin:

  • kattalarda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini zo‘rayishini davolash uchun;
  • kattalar va bolalarda, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining 15-kunidan boshlab, disseminasiyalangan Laym-borreliozi (erta (II bosqich va kechki (III) bosqich) ni davolash uchun;
  • operasiya o‘tkazilgan sohada infeksiyani operasiyadan oldingi profilaktikasi uchun;
  • bakterial infeksiyaga shubha qilinishi bilan kechuvchi isitmada neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun;
  • yuqorida ko‘rsatilgan infeksiyalardan birortasi tomonidan chaqirilgan deb taxmin qilingan yoki chaqirilgan bakteriemiyasi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Agar kasallikni chaqirgan patogen mikroorganizmlarning turi preparatning ta‘sir doirasiga kirmasa, Sefamed preparatini boshqa antibakterial vositalar bilan parallel ravishda qo‘llash kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sefamed mushak ichiga va vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi.

Mushak ichiga yuborish

Sefamed preparati mushak ichiga in‘eksiya holida chuqur yuborilishi mumkin. Mushak ichiga yuboriladigan in‘eksiyalarni dumbaning katta mushagiga bir sohaga ko‘pi bilan 1 g yuborilishi mumkin.

Erituvchi sifatida lidokain ishlitilganligi tufayli, tayyorlangan eritmani vena ichiga yuborish mumkin emas.

Vena ichiga yuborish

Sefamed preparati vena ichiga infuziya holida kamida 30 minut davomida (maqsadga muvofiq usul) yoki vena ichiga sekin in‘eksiya holida 5 minut davomida yuborilishi mumkin. Vena ichiga bo‘lib-bo‘lib yuboriladigan in‘eksiyani 5 minut davomida yuborish kerak, yirik venalarga yuborgan afzal. Go‘daklar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga vena ichiga yuboriladigan 50 mg/kg yoki undan ortiq dozalarni infuziya holida yuborish kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda preparatning vena ichiga yuboriladigan dozalari bilirubinli ensefalopatiyaning potensial rivojlanish havfini pasaytirish uchun 60 minut davomida yuborilishi kerak. Vena ichiga yuborish imkoni bo‘lmaganida yoki to‘g‘ri kelmaganida mushak ichiga yuborish usulini ko‘rib chiqish kerak. 2 g dan ortiq dozalari vena ichiga yuborish usuli bilan yuboriladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga kalsiy preparatlari yoki tarkibida kalsiy saqlovchi eritmalarni yuborish zarurati bo‘lganida, o‘pkada va buyraklarda seftriakson kalsiy cho‘kmasini hosil bo‘lish havfi borligi tufayli, seftriaksonni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga (≤ 28 kunlik) qo‘llash mumkin emas.

Cho‘kma hosil bo‘lish havfi borligi tufayli, seftriaksonni eritish uchun tarkibida kalsiy saqlovchi preparatlar (Ringer eritmasi, Xartman eritmasi) ni ishlatish mumkin emas.

Shuningdek seftriaksonning kalsiyli tuzi cho‘kmasini hosil bo‘lishi preparatni tarkibida kalsiy saqlovchi eritmalar bilan vena ichiga yuborish uchun bitta infuzion tizimda aralashtirilganda ham yuz berishi mumkin. Shuning uchun seftriakson va tarkibida kalsiy saqlovchi eritmalarni aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas.

Jarrohlik infeksiyasini operasiyadan oldingi profilaktikasi uchun seftriaksonni operasiya boshlanishidan 30-90 minut oldin yuborish kerak.

Preparatni tayyorlash qoidasi

Mushak ichiga yuborish uchun:

500 mg Sefamed 1% li lidokain gidroxloridi eritmasining 2 ml da eritiladi,

1 g Sefamed 1% li lidokain gidroxloridi eritmasining 3,5 ml da eritiladi

Vena ichiga yuborish uchun:

500 mg Sefamed 5 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi,

1 g Sefamed 10 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi.

Sefamed 0,5 g yoki 1,0 g preparatining yangi tayyorlangan in‘eksiya uchun eritmasini ishlatish tavsiya etiladi. Biroq tayyorlangan eritma 2°S-8°S haroratda saqlanganida 24 soat davomida yoki 15°S-25°S haroratda saqlanganida 6 soat davomida barqaror bo‘ladi.

Preparatning dozasi pasientning og‘irlik darajasi, infeksiyaning sezuvchanligi, sohasi va turiga, shuningdek pasientning yoshi va jigar hamda buyrak faoliyatiga bog‘liq.

Quyidagi jadvallarda tavsiya etilgan dozalari ushbu ko‘rsatmalarda umumiy tavsiya etilgan dozalar bo‘lib hisoblanadi. Juda og‘ir holatlarda preparatni tavsiya etilgan maksimal dozalar diapazonida qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan (≥ 50 kg) bolalar

Ko‘rsatmalar Seftriaksonning dozasi* Qabul qilishlar tezligi**
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya 1-2 g sutkada 1 marta
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini zo‘rayishi
Qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit)
Gospital pnevmoniya 2 g sutkada 1 marta
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari
Suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari
Bakterial infeksiyaga shubha qilinishi bilan kechuvchi isitmada neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni davolash 2-4 g sutkada 1 marta
Bakterial endokardit
Bakterial meningit

* Bakteriemiya aniqlanganida tavsiya etilgan dozalar diapazonidan maksimal dozalarni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

** Sutkada 2 g dan ortiq dozalar qo‘llanganida preparatni sutkada 2 marta (har 12 soatda) qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan (≥ 50 kg) bolalar uchun maxsus davolash sxemasi talab etilgan ko‘rsatmalar:

O‘tkir o‘rta quloq otiti: Sefamed preparati 1-2 g dozada mushak ichiga bir marta yuborilishi mumkin. Cheklangan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatdiki, og‘ir darajadagi kasallikda yoki dastlabki davolash samarasiz bo‘lganida, Sefamed preparatini sutkada 1-2 g dan 3 kun davomida qo‘llash samarali bo‘lishi mumkin.

Jarrohlik infeksiyasini operasiyadan oldingi profilaktikasi: operasiyadan oldin 2 g dozada bir marta yuborish tavsiya etiladi.

Gonoreya: 500 mg dozada mushak ichiga bir marta yuborish tavsiya etiladi.

Sifilis: neyrosifilisda odatdagi tavsiya etilgan dozasi 500 mg-1 g ni tashkil etadi sutkada bir marta yuboriladi, keyinchalik sutkada 1 marta 2 g gacha oshiriladi; davolash davomiyligi 10-14 kunni tashkil etadi. Sifilisda, shu jumladan neyrosifilisda preparatning dozalari bo‘yicha tavsiyalar cheklangan ma‘lumotlarga asoslangan. Davlatga oid yoki mahalliy dasturlarni inobatga olish kerak.

Disseminasiyalangan Laym-borreliozi (erta (II bosqich) va kechki (III bosqich): 2 g dan sutkada 1 marta 14-21 kun davomida yuboriladi. Tavsiya etilgan davolash davomiyligi o‘zgarib turadi; davlatga oid yoki mahalliy dasturlarni inobatga olish kerak.

Bolalar

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar va 15 kunlikdan 12 yoshgacha (< 50 kg) bo‘lgan bolalar

Tana vazni 50 kg va undan ortiq bo‘lgan bolalarga kattalar uchun mo‘ljallangan odatdagi dozalar qo‘llanadi.

Ko‘rsatmalar Seftriaksonning dozasi* Qabul qilishlar tezligi**
Qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari 50-80 mg/kg sutkada 1 marta
Siydik ichqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit)
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya
Gospital pnevmoniya
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari 50-100 mg/kg

(maks. 4 g)

sutkada 1 marta
Suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari
Bakterial infeksiyaga shubha qilinishi bilan kechuvchi isitmada neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni davolash
Bakterial meningit 80-100 mg/kg

(maks. 4 g)

sutkada 1 marta
Bakterial endokardit 100 mg/kg (maks. 4 g) sutkada 1 marta

* Bakteriemiya aniqlanganida tavsiya etilgan dozalar diapazonidan maksimal dozalarni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

** Sutkada 2 g dan ortiq dozalar qo‘llanganida preparatni sutkada 2 marta (har 12 soatda) qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar va 15 kunlikdan 12 yoshgacha let (< 50 kg) bo‘lgan bolalar uchun maxsus davolash sxemasi talab etilgan ko‘rsatmalar:

O‘tkir o‘rta quloq otiti: o‘tkir o‘rta quloq otitini boshlang‘ich davolash uchun Sefamed prepatini 50 mg/kg dozada mushak ichiga bir marta yuborish mumkin. Cheklangan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatdiki, bolaning kasalligi og‘ir darajada bo‘lganida yoki dastlabki davolash samarasiz bo‘lganida, Sefamed preparatini sutkada tana vazniga       50 mg/kg dan 3 kun davomida mushak ichiga yuborish samarali bo‘lishi mumkin.

Jarrohlik infeksiyasini operasiyadan oldingi profilaktikasi: operasiyadan oldin tana vazniga 50-80 mg/kg dozada bir marta yuborish tavsiya etiladi.

Sifilis: odatda tavsiya etiladigan dozasi tana vazniga 75-100 mg/kg (maksimal 4 g) ni tashkil etadi, sutkada 1 marta 10-14 kun davomida yuboriladi. Sifilisda, shu jumladan neyrosifilisda preparatning dozasi bo‘yicha tavsiyalar juda ham cheklangan ma‘lumotlarga asoslangan. Davlatga oid yoki mahalliy dasturlarning tavsiyalarini inobaga olish kerak.

Disseminasiyalangan Laym-borreliozi (erta (II bosqich) va kechki (III bosqich): tana vazniga 50-80 mg/kg dan sutkada 1 marta 14-21 kun davomida yuboriladi. Tavsiya etilgan davolash davomiyligi o‘zgarib turadi; davlatga oid yoki mahalliy dasturlarning tavsiyalarini inobaga olish kerak.

0kunlikdan-14 kunlikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar

Sefamed preparatini menstruasiyadan keyingi yoshi 41 haftalik (gestasion yoshi + xronologik yoshi) bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘llash mumkin emas.

Ko‘rsatmalar Seftriaksonning dozasi* Qabul qilishlar tezligi**
Qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari 20-50 mg/kg sutkada 1 marta
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari
Siydik ichqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit) 20-50 mg/kg sutkada 1 marta
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya
Gospital pnevmoniya
Suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari
Bakterial infeksiyaga shubha qilinishi bilan kechuvchi isitmada neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni davolash
Bakterial meningit 50 mg/kg sutkada 1 marta
Bakterial endokardit

* Bakteriemiya aniqlanganida tavsiya etilgan dozalar diapazonidan maksimal dozalarni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Maksimal sutkalik doza 50 mg/kg dan oshirilmasin.

0 dan 14 kunlikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun maxsus davolash sxemasi talab etilgan ko‘rsatmalar:

O‘tkir o‘rta quloq otiti: o‘tkir o‘rta quloqni boshlang‘ich davolash uchun Sefamed preparatining 50 mg/kg dozasi mushak ichiga bir marta yuborilishi mumkin.

Jarrohlik infeksiyasini operasiyadan oldingi profilaktikasi: operasiyadan oldin 20-50 mg/kg dozada bir marta yuboriladi.

Sifilis: odatda tavsiya etiladigan dozasi tana vazniga 50 mg/kg ni tashkil etadi, sutkada 1 marta 10-14 kun davomida yuboriladi. Sifilisda, shu jumladan neyrosifilisda preparatning dozasi bo‘yicha tavsiyalar juda ham cheklangan ma‘lumotlarga asoslangan. Davlatga oid yoki mahalliy dasturlarning tavsiyalarini inobaga olish kerak.

Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq. Pasientning tana harorati normallashganidan yoki qo‘zg‘atuvchini eradikasiyasi tasdiqlangandan so‘ng seftriaksonni qo‘llashni yana 48-72 soat davomida davom ettirish kerak.

Keksa yoshdagi shaxslarda qo‘llanishi

Buyrak va jigar faoliyati normal bo‘lganida keksa yoshdagi pasientlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar jigar faoliyatini yengil yoki o‘rtacha darajada buzilishida, buyrak faoliyati normal bo‘lgan sharoitda seftriaksonning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo‘qligini ko‘rsatdi. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda jigar faoliyati buzilmagan sharoitda, seftriaksonning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo‘qligini ko‘rsatdi. Preterminal buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <10 ml/min) bo‘lgan hollarda seftriaksonning dozasi sutkada 2 g dan oshmasligi kerak. Dializdagi pasientlarga dializ muolajasidan keyin preparatni qo‘shimcha yuborish talab etilmaydi. Seftriakson peritoneal gemodializ orqali organizmdan chiqarilmaydi. Preparatning havfsizligi va samaradorligini klinik nazorat qilish kerak.

Og‘ir darajadagi jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Seftriakson og‘ir darajadagi jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga qo‘llanganida preparatning havfsizligi va samaradorligini klinik nazorat qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Noxush reaksiyalarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo <1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma‘lum (ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, uchrash tezligini aniqlash mumkin emas).

Infeksion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas – zamburug‘li genital infeksiya; kam hollarda – soxta membranoz kolit; uchrash tezligi noma‘lum – superinfeksiya.

Qon va limfa tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – eozinofiliya, leykopeniya, trombositopeniya; tez-tez emas – granulositopeniya, anemiya, koagulopatiya; uchrash tezligi noma‘lum – gemolitik anemiya, agranulositoz.

Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: uchrash tezligi noma‘lum – anafilaktik shok, anafilaktik reaksiya, anafilaktoid reaksiya, o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; uchrash tezligi noma‘lum – tirishishlar.

Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: uchrash tezligi noma‘lum – vertigo.

Nafas yo‘llari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: kam hollarda – bronxospazm.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – diareya, ich ketishi; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, qusish; uchrash tezligi noma‘lum – pankreatit, stomatit, glossit.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – jigar fermentlarining darajasini oshishi; uchrash tezligi noma‘lum – o‘t qopida cho‘kmani hosil bo‘lishi, bilirubinli ensefalopatiya.

Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – toshma; tez-tez emas – qichishish; kam hollarda – eshakemi; uchrash tezligi noma‘lum – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema, o‘tkir tarqoq ekzentematoz pustulez.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: kam hollarda – gematuriya, glyukozuriya; uchrash tezligi noma‘lum – oliguriya, buyrakda cho‘kmalarni hosil bo‘lishi (qaytuvchan).

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez emas – flebit, in‘eksiya joyida og‘riq, pireksiya; kam hollarda – shish, et uvishishi.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar: tez-tez emas – qonda kreatininning darajasini oshishi; uchrash tezligi noma‘lum – Kumbs sinamasini soxta musbat natijasi, galaktozemiyani aniqlash sinamasini soxta musbat natijasi, glyukozani aniqlash uchun o‘tkaziladigan noferment tahlillarni soxta musbat natijalari bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • seftriaksonga, boshqa sefalosporinlarga yoki yordamchi moddalardan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida boshqa har qanday beta-laktam antibakterial vositalarga (penisillinlar, monobaktamlar va karbapenemlarga) og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik (masalan, anafilaktik reaksiya) da qo‘llash mumkin emas;

Seftriaksonni qo‘llash mumkin emas:

41 haftalikkacha (gestasion yoshi + xronologik yoshi) bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga*.

Muddatida tug‘ilgan yangi tug‘ilgan (28 kunlikkacha) chaqaloqlarga quyidagi holatlarda:

  • giperbilirubinemiya, sariqlik yoki s gipoalbuminemiya yoki asidoz bo‘lgan chaqaloqlarga, chunki bunday holatlarda bilirubinni bog‘lanishi izdan chiqadi*;
  • seftriaksonni kalsiy tuzlari bilan cho‘kma hosil qilish havfi borligi sabablikalsiy yoki tarkibida kalsiy saqlovchi preparatlarni vena ichiga yuborish zarurati bo‘lganida (yoki kutilayotganda).

* In vitro sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, seftriakson bilirubinni albumin bilan bog‘langan joyidan siqib chiqarishi mumkin, bu bunday pasientlarda bilirubinli ensefalopatiyani potensial rivojlanish havfiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Erituvchi sifatida lidokain eritmasi yordamida eritilgan seftriaksonni mushak ichiga yuborishdan oldin lidokainni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni istisno qilish kerak.

Lidokain yordamida eritilgan seftriaksonning eritmalarini vena ichiga yuborish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ringer eritmasi yoki Xartman eritmasi kabi tarkibida kalsiy saqlovchi eritmalarni, cho‘kma hosil bo‘lishi mumkinligi tufayli, Sefamed preparatini qayta suspenziya hosil qilish uchun qo‘llash yoki vena ichiga yuborish uchun qayta suspenziya hosil qilingan flakonlarni qo‘shimcha suyultirish uchun qo‘llash mumkin emas. Seftriakson, tarkibida kalsiy saqlovchi eritmalar bilan vena ichiga yuborish uchun aynan bir tizimda aralashtirilganda ham seftriakson kalsiy cho‘kma ko‘rinishida hosil bo‘lishi mumkin. Seftriaksonni tarkibida kalsiy saqlovchi vena ichiga yuboriladigan eritmalar bilan bir vaqtda qo‘llash, shu jumladan Y-tizim orqali parenteral oziqlantirish kabi uzluksiz kalsiy saqlovchi infuziyalarni o‘tkazish mumkin emas. Biroq yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tashqari, pasientlarga seftriakson va kalsiy saqlovchi eritmalarni birin-ketin, infuziyalar o‘tkaziladigan vaqt oralig‘ida eritmalar yuboriladigan infuzion tizimlarni yaxshilab yuvib, keyin yuborish mumkin. In vitro sharoitlarida kattalar ishtirokida va kindik qonidan olingan neonatal plazma yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda seftriakson kalsiy cho‘kmasini paydo bo‘lish havfi yuqoriligini ko‘rsatdi.

Ichga qabul qilish uchun antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash K antivitaminlarning samarasini va qon ketish vaqtini oshirishi mumkin. Seftriakson bilan davolanish vaqtida va davolangandan keyin Xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) nazorat qilish va K antivitaminlarning dozalariga muvofiq ravishda tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Sefalosporinlar qo‘llanganida buyraklarda aminoglikozidlarning toksikligini potensial oshishiga nisbatan teskari ma‘lumotlar mavjud. Klinika amaliyotida buyday holatlarda aminoglikozidlarning darajasini (va buyrak faoliyatini) tavsiya etilgan nazoratiga qat‘iy rioya qilish kerak.

In vitro sharoitlarida xloramfenikol va seftriaksonni birga qo‘llashda antagonist samaralari kuzatiladi. Ushbu tadqiqot natijasining klinik ahamiyati ma‘lum emas.

Seftriakson va ichga qabul qilish uchun tarkibida kalsiy saqlovchi mahsulotlar o‘rtasida o‘zaro ta‘siri yoki mushak ichiga yuborish uchun seftriakson va tarkibida kalsiy saqlovchi mahsulotlar (vena ichiga yuborish uchun yoki ichga qabul qilish uchun) o‘rtasida o‘zaro ta‘siri yuzasidan hech qanday tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Seftriakson bilan davolangan pasientlarda Kumbs sinamasi soxta musbat natijalarni ko‘rsatishi mumkin.

Seftriakson, boshqa antibiotiklar kabi, galaktozemiyani aniqlash uchun sinamalarning natijalarini soxta musbat bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, siydikda glyukozani aniqlash uchun nofermentativ usullar soxta musbat natijalarni berishi mumkin, shuning uchun seftriakson bilan davolanish fonida siydikda glyukozaning darajasini aniqlashni fermentativ usul bilan o‘tkazish kerak.

Seftriaksonning katta dozalari va kuchli diuretiklar (masalan, furosemid) parallel qo‘llanganidan so‘ng buyrak faoliyatini yomonlashishi kuzatilmagan.

Probenesidni bir vaqtda qo‘llash organizmdan seftriaksonni chiqarilishiga olib kelmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

Beta-laktam antibakterial vositalariga nisbatan bo‘lgani kabi, jiddiy, va ba‘zan o‘limga olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuzasidan xabar berilgan. Og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuz berganida seftriakson bilan davolashni zudlik bilan to‘xtatish va muvofiq shoshilinch choralarni ko‘rish kerak. Davolashni boshlashdan oldin pasientning anamnezida seftriaksonga, boshqa sefalosporinlar yoki har qanday boshqa beta-laktam moddaga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi borligini aniqlash kerak. Agar seftriakson, anamnezida boshqa beta-laktam moddalarga og‘ir bo‘lmagan yuqori sezuvchanlik holati kuzatilgan pasientlarga buyurilsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Terida og‘ir darajadagi nojo‘ya reaksiyalar (Stivens-Djonson sindromi yoki Layell sindromi/toksik epidermal nekroliz) rivojlanganligi yuzasidan xabar berilgan, biroq ushbu holatlarni uchrash tezligi aniqlanmagan.

Kalsiy saqlovchi mahsulotlar bilan o‘zaro ta‘siri

Chala tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 oylikkacha bo‘lgan muddatiga yetib tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pkasi va buyraklarida seftriakson kalsiy cho‘kmalari paydo bo‘lishi tufayli, o‘limga olib kelgan reaksiyalarni rivojlanish holatlari ta‘riflangan. Ulardan kamida bittasida seftriakson va kalsiy turli vaqtlarda va turli tizimlar yordamida yuborilgan. Mavjud bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarda pasientlarning qon-tomirlari ichida cho‘kmalar hosil bo‘lishini tasdiqlangan holatlari qayd etilmagan, seftriakson va kalsiy saqlovchi eritmalar, shuningdek har qanday boshqa kalsiy saqlovchi mahsulotlar qo‘llangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga taalluqli holatlar bundan mustasno. In vitro sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda seftriaksonni cho‘kish havfi boshqa yoshdagi guruhlarga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi.

Seftriakson turli yoshdagi pasientlarga qo‘llanganida, hatto turli infuzion tizimlar ishlatilganida yoki turli venalarga infuziya qilinganida ham vena ichiga yuborish uchun tarkibida kalsiy saqlovchi istalgan eritmalar bilan aralashtirish yoki bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Biroq 28-kunlikdan oshgan pasientlar uchun seftriakson va kalsiy saqlovchi eritmalarni, cho‘kma hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida, birin-ketin, turli sohalar uchun infuzion tizimlardan foydalanib, infuzion tizimlarni o‘zgartirib yoki infuziyalarni o‘tkazish o‘rtasidagi davrda infuzion tizimlarni fiziologik tuzli eritma bilan yaxshilab yuvib yuborish mumkin. To‘liq parenteral oziqlantirish uchun kalsiy saqlovchi eritmalar yordamida uzluksiz infuziya o‘tkazish ehtiyoji bo‘lgan pasientlarga sog‘liqni saqlash xodimlari cho‘kma hosil qilish havfi bo‘lmagan muqobil antibakterial dori vositalarni qo‘llash xaqidagi masalani ko‘rib chiqishlari mumkin. Agar uzluksiz oziqlantirish ehtiyoji bo‘lgan pasientlarga seftriaksonni qo‘llash zarur bo‘lsa, to‘liq parenteral oziqlantirish uchun eritmalar va seftriaksonni bir vaqtda qo‘llash mumkin, biroq turli infuzion tizimlar yordamida va turli sohalarga yuborish kerak. Seftriaksonni infuziya qilish vaqtida va eritmalarni infuziyalari o‘rtasidagi tanaffuslarda infuzion tizimlarni yuvish vaqtida to‘liq parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan infuziyani to‘xtatish varianti ham bo‘lishi mumkin.

Bolalarda qo‘llanishi

“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar va bolalar uchun preparatning samarali va havfsiz dozalari aniqlangan.

Tadqiqotlar, boshqa ayrim sefalosporinlar kabi, seftriakson ham bilirubinni zardob albuminidan siqib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Sefamed preparatini chala tug‘ilgan chaqaloqlar va muddatida tug‘ilgan bilirubinli ensefalopatiyani rivojlanish havfi bo‘lgan chaqaloqlarga qo‘llash mumkn emas.

Immunitetga bog‘liq bo‘lgan gemolitik anemiya

Immunitetga bog‘liq bo‘lgan gemolitik anemiya sefalosporinlar sinfiga mansub bo‘lgan antibakterial preparatlar qo‘llangan pasientlarda kuzatilgan. Seftriakson bilan davolanish vaqtida kattalar va bolalarda og‘ir darajadagi gemolitik anemiya, shu jumladan o‘limga olib kelgan holatlar kuzatilgan.

Agar pasientda seftriaksonni qo‘llash tufayli anemiya rivojlansa, pasientni sefalosporinlar bilan bog‘liq bo‘lgan anemiya borligiga tekshirish kerak, seftriaksonni qabul qilishni esa etiologiyasi aniqlanmagunicha to‘xtatish kerak.

Uzoq muddat davolash

Uzoq muddat davolash vaqtida to‘liq qon tahlilini teng vaqtlar oralig‘ida bajarish kerak.

Kolit/sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari o‘sib ketishi

Deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan seftriaksonni qo‘llash vaqtida antibakterial vositalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kolit, va og‘irligi bo‘yicha yengil darajadan hayotga havf tug‘diruvchi darajagacha o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan psevdokolit yuzasidan xabar berilgan. Shuning uchun seftriaksonni qo‘llash vaqtida yoki qo‘llanganidan so‘ng diareya bilan murojaat qilgan bemorlarni davolashda ushbu tashxisni inobatga olish muhimdir. Seftriakson bilan davolashni to‘xtatish va Clostridium difficile bilan maxsus davolash o‘tkazish kerakligini ko‘rib chiqish kerak. Ichak harakatini ingibisiya qiladigan dori vositalarini qo‘llash mumkin emas.

Boshqa antibakterial vositalar bilan bo‘lgani kabi, sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar bilan superinfeksiya paydo bo‘lishi mumkin.

Og‘ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligi

Og‘ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligida preparatning havfsizligi va samaradorligini klinik nazorat qilish tavsiya etiladi.

Serologik tekshirishlarni o‘tkazishda kuzatiladigan buzilishlar

Kumbs sinamasi o‘tkazilganida siljishlar paydo bo‘lishi mumkin, chunki seftriakson tekshiruv natijalarini soxta musbat natijalarga olib kelishi mumkin. Shuningdek seftriakson galaktozemiyani aniqlash sinamasini soxta musbat natijalariga olib kelishi mumkin.

Siydikda glyukozani aniqlashning nofermentativ usullari soxta musbat natijalarga olib kelishi mumkin. Sefamed preparati bilan davolanish vaqtida siydikdagi glyukozani aniqlashni fermentativ usulda bajarish kerak.

Seftriakson qonda glyukozani nazorat qilishni ayrim tizimlari qo‘llanganida olingan glyukozaning qiymatlarini pasaytirishi mumkin. Har bir tizim uchun iltimos, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga murojaat qiling. Zarurat bo‘lganida muqobil tekshirish usullaridan foydalanish kerak.

Natriy

Sefamed preparatining har bir grammi 3,6 mmol natriy saqlaydi, natriyni iste‘moli nazorat qilingan parhezga rioya qiluvchi pasientlarni davolashda buni e‘tiborga olish kerak.

 

 

Antibakterial spektr

Seftriakson cheklangan antibakterial faollik doirasiga ega va kasallikning qo‘zg‘atuvchisi tasdiqlangan holatlardan tashqari, ayrim infeksiya turlarini davolash uchun seftriakson yagona modda sifatida ishlatilishi mumkin emas. Polimikrob infeksiyalarda, kasallikni chaqiruvchi taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar seftriaksonga chidamli organizmlardan iborat bo‘lganida, qo‘shimcha antibiotikni buyurish zaruratini ko‘rib chiqish kerak.

Lidokainni qo‘llanishi

Lidokain eritmasi erituvchi sifatida ishlatilganida, seftriakson eritmalari faqat mushak ichiga yuborish uchun qo‘llanilishi kerak. Lidokain eritmasini vena ichiga yuborish mumkin emas.

O‘t toshlarini hosil bo‘lishi

Sonogrammalarda soyalar paydo bo‘lganida, seftriakson kalsiy presipitatlarini hosil bo‘lishi mumkinligiga taxmin qilish mumkin. O‘t pufagidagi toshlar deb xato xulosa chiqarilgan va o‘t pufagining sonogrammalarida mavjud bo‘lgan soyalar, asosan seftriakson 1 g va undan ortiq dozalarda qo‘llanganida aniqlangan. Bolalarni davolashda ayniqsa e‘tibor berish kerak. Bunday cho‘kmalar seftriakson bilan davolash to‘xtatilganidan so‘ng yo‘qoladi. Seftriakson kalsiyni cho‘kmalar ko‘rinishida bo‘lishi kam hollarda simptomlarni namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Simptomatik holatlarda operasiyasiz konservativ davolash tavsiya etiladi, seftriakson bilan davolashni to‘xtatish esa konkret pasient uchun havf va foyda nisbatini baholash asosida shifokor tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

Biliar staz

Seftriakson bilan davolangan pasientlarda o‘t yo‘llarini bekilishi sababli, pankreatitni namoyon bo‘lishi holatlari kuzatilgan. Ko‘pchilik pasientlar biliar staz va biliar sladjni paydo bo‘lish havf omiliga ega bo‘lganlar, masalan oldindan asosiy davolashga sabab bo‘luvchi og‘ir kasallik va to‘liq parenteral oziqlantirish amalga oshirilgan. Seftriaksonni qo‘llash oqibatida safro presipitatlarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan kofaktor va asosiy sababani istisno qilish mumkin emas.

Buyrak tosh kasalligi

Seftriakson bilan davolash to‘xtatilganidan so‘ng qaytuvchan hususiyatga ega bo‘lgan buyrak tosh kasalligini paydo bo‘lishi holati kuzatilgan. Simptomatik holatlarda UTT tekshiruvini o‘tkazish kerak. Anamnezida buyrak tosh kasalligi yoki giperkalsiuriya bo‘lgan pasientlarga konkret pasient uchun havf va foyda nisbatini baholash asosida buyurish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Seftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homilador ayollarda seftriaksonni qo‘llash yuzasidan cheklangan ma‘lumotlar bor. Hayvonlarda o‘tkazilgan tdqiqotlar, embrional/fetal, perinatal va postnatal rivojlanishga nisbatan bevosita yoki bilvosita zararli ta‘sir qilishini ko‘rsatmadi. Homiladorlik vaqtida (xususan homiladorlikni I uch oyligida) Sefamed preparatini, ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak, chunki seftriakson ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Shuningdek diareya va shilliq qavatlarni zamburug‘li infeksiyalari rivojlanishi mumkin.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga Sefamed preparatini ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Biroq preparat bilan davolanganda bosh aylanishi mumkinligini yodda tutish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sefamed preparatining dozasi oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish va diareya rivojlanishi mumkin.

Seftriakson gemodializ yoki peritoneal dializ yordamida organizmdan chiqarilmaydi.

Spesifik antidoti mavjud emas. Dozani oshirib yuborilishi simptomatik davolanadi.

Chiqarilish shakli

Sefamed 0,5 g yoki 1,0 g №1 erituvchi komplektda

In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 0,5 g yoki 1,0 g dan flakonda erituvchili ampula (2 ml yoki 3,5 ml 1% li lidokain gidroxloridi eritmasi) bilan majmuada. 1 flakon va 1 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga ajratilgan karton qutiga joylangan.

Sefamed 0,5 g yoki 1,0 g №10

In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 0,5 g yoki 1,0 g dan flakonda.

5 flakon kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

15-25°S haroratda saqlansin.

Tayyorlangan eritma suyultirilgandan so‘ng darhol ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEFAMED poroshok 0,5g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEFAMED poroshok 0,5g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEFAMED poroshok 0,5g N1 dori vositasi World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co. tomonidan Misr mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEFAMED poroshok 0,5g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEFAMED poroshok 0,5g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VITAKSON poroshok 1,0g N1
IFISEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BELASEF kukuni 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zhejiang Jutai Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: ZhuHai Kinhoo Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 49 500 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
SEFABEL 1000 poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ROSEFIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
MEDAKSON poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
ZORAKSON poroshok 1g N12
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ROTASEF poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: LDP-Laboratorios Torlan, S.A.
SEFTRION poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Claris Lifesciences Limited,Индия (производитель),Novo Pharm,ООО,СП (упаков)
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SEFAKSON poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
SEFAZON NP poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jackson Laboratories Pvt. Ltd
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
S TRAY poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharm Activ FZCO., ОАЭ произведено: Surge Laboratories (Pvt) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
ROSEFIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
MEDAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
LENDASIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
ZORAKSON poroshok 1g N1
BAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy,CП,ООО, Узбекско-Британское (упак.), Harbin Pharmaceutical Group Co. Ltd, General Pharm. Factory,Китай (произ.)
ALIKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
AL SEF poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alchemy Medicine Private Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEFAMED poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 49 500 so'mdan Batafsil
FLUZAMED kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Flukonazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
FERSINOL Z kapsulalar N30
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
KLODIFEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Diklofenak ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9