×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SERUGAN tabletkalari

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Метоклопрамид
Ishlab chiqaruvchi:
- SAMO, OOO
ATX kodi:
- A03FA01 Метоклопрамид
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAGVIT kapsulalar N30 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
27 000 s`om dan
116 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SERUGAN tabletkalari qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SERUGAN

CERUGANUM

Preparatning savdo nomi: Serugan

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metoklopramid

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metoklopramid gidroxloridi – 10 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon, kalsiy stearati.

Ta‘rifi: oq rangli, yassisilindrik shaklli tabletkalar. Tabletkani yuzasida biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Qusishga qarshi vosita.

ATX kodi: A03FA01

Farmakologik xususiyatlari

Qusishga qarshi vosita, bo‘lib ko‘ngil aynishi, xiqchoqni kamayishiga yordam beradi; me‘da-ichak yo‘llarini yuqori qismini peristaltikasini rag‘batlantiradi. Qusishga qarshi ta‘siri dopamin reseptorlarini blokadasi va trigger sohasining xemoreseptorlarini qo‘zg‘aluvchanlik bo‘sag‘asini oshishiga bog‘liq. Metoklopramid dopamin tomonidan chaqirilgan me‘daning silliq mushaklarini bo‘shashishini, ingibisiya qiladi, shu orqali me‘da-ichak yo‘llarining silliq mushaklarini xolinergik reaksiyasini kuchaytiradi deb taxmin qilinadi.

Me‘da tanasini bo‘shashini oldini olish va me‘danini antral bo‘limini fazali faolligini oshirish yo‘li bilan me‘dani bo‘shashini tezlashishiga yordam beradi. Bunda ingichka ichakning yuqori bo‘limlarini bo‘shashishini yuz beradi, bu me‘daning tana va antral qismini va ingichka ichakning yuqori bo‘limlarini peristaltika koordinasiyasini yaxshilanishiga olib keladi.

Tinch xolatda qizilo‘ngachning pastki sfinkterini bosimini oshirishi hisobiga me‘da ichidagini qizilo‘ngachga reflyuksini kamaytiradi va qizilo‘ngach uning peristaltik qisqarishlarini amplitudasini oshishi hisobiga, qizilo‘ngachdan kislotani klirensini oshiradi.

Metoklopramid prolaktin sekresiyasini rag‘batlantiradi bilan kuzatiluvchi aylanib yuruvchi aldesteron darajasini tranzitor oshishini va qisqa muddatli suyuqlikni ushlanib qolishi bilan kechishi mumkin.

Farmakokinetikasi

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Gematoensefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, ona sutiga o‘tadi. Ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi, qon plazmasida Smax ga erishish vaqti 30-120 minutni iashkil qiladi. Biokriaolishligi 60-80% ni tashkil qiladi. Glyukuron va oltingugurt kislotasi bilan bog‘lanishi yo‘li bilan juda oz darajada metabolizmga uchraydi. Asosan buyrak orqali ham o‘zgarmagan holda, ham metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Yarim chiqarilish davri T1/2 4 dan 6 soatgachani tashkil qiladi. Buyrak faoliyatini buzilishlarida T1/2 14 soatgacha oshishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Turli genezli (shu jumladan angishvonagul preparatlari, antibiotiklar, tuberkulezga qarshi preparatlar bilan davolashda, sitostatik va sitotoksik preparatlar bilan davolashda) ko‘ngil aynishi, qusish, xiqchoq; me‘da va ichak atoniyasi va gipotoniyasi (shu jumladan operasiyadan keyin); o‘t yo‘llarini diskineziyasi; reflyuks ezofagit; privratnikning funksional stenozi; qandli diabetda me‘da parezi; me‘da va 12 barmoqli ichak yara kasalligini zo‘rayishi (kompleks davolashda); me‘da-ichak yo‘llarini rengenokontrast tekshirishlarini o‘tkazishda peristaltikasini kuchaytirishi uchun; duodenal zondlash muolajasini yengillashtiruvchi dori vositasi sifatida (me‘dani bo‘shashini va ovqatni ingichka ichak bo‘ylab harakatini tezlashtirish uchun) qo‘llanadi.

20 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda faqat quyidagi ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi.

– ma‘lum etiologiyali og‘ir bartaraf qilib bo‘lmaydigan qusish;

– nur bilan davolash va sitostatik vositalarni qabul qilish bilan bog‘liq qusish;

– me‘da-ichak yo‘llarini tekshirish;

– jarroxlik muolajalaridan oldin premedikasiyada qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Metoklopramidni ovqatdan 30 minut oldin qabul qilish kerak, tabletkalarni chaynamasdan suv bilan ichiladi.

Doza klinik simptomatika va pasientning yoshiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Katalar uchun odatda buyuriladigan doza 10 mg bo‘lib kuniga uch marta qabul qilinadi.

15-19 yoshli shaxslarga: tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lganida 10 mg dan kuniga uch marta; 30-59 kg bo‘lganida – 5 mg dan kuniga uch marta buyuriladi.

Diagnostik muolajalar bajarilayotganda bir marta tekshiruvdan 5-10 minut oldin kattalarga 10-20 mg dan, o‘smirlarga 10 mg dan qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: davolashning boshida qabziyat, diareya, kam xollarda – og‘izni qurishi kuzatilishi mumkin.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: davolanishni boshida toliqish xissi, uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rishi, depressiya, aktaziya kuzatilishi mumkin.

Metoklopramid bilan davolashda mushak tonusini buzilishlari, beixtiyor qo‘l-oyoq xarakatlari, mimik yuz mushaklari spazmlari va qiyshiq bo‘yin ko‘rinishidagi ekstrapiramid simptomlar paydo bo‘lishi mumkin.

Bunday simptomlarni paydo bo‘lishi xar qanday yoshdagi guruhlarda terapevtik dozalarda ishlatilganda, lekin ko‘proq bolalarda va yoshlarda, shuningdek metoklopramidni yuqori dozalarda qo‘llangandan keyin, o‘smalarga qarshi ximiyaterapiya natijasida qusishni bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi.

Distonik reaksiyalar metoklopramidni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin odatda 24-48 soat davomida o‘tib ketadi.

Kechki diskineziya. Metoklopramid qabul qilingandan keyin keksa yoshdagi bemorlarda, ayniqsa ayollarda, diskinezlar (lablarni tishlab olish, mushaklarni shishi, tilni tez yoki chuvalchangsimon xarakatlari, nazorat qilib bo‘lmaydigan chaynov xarakatlari, nazorat qilib bo‘lmaydigan qo‘l va oyoq xarakatlari) namoyon bo‘ladi, ko‘pincha qaytmas bo‘lishi mumkin. Bunday simptomlar, odatda, metoklopramid bilan uzoq muddat uzluksiz davolashdan keyin, kam hollarda preparatning kichik dozalari bilan qisqa muddatli davolash vaqtida namoyon bo‘ladi. Metoklopramid bilan davolash kechki diskineziya belgilari yoki simptomlari rivojlangan pasientlarda to‘xtatilishi kerak. Kechki diskineziyani davolashning

Ayrim pasientlarda simptomlar metoklopramid bilan davolash bekor qilinganidan keyin yo‘qolishi yoki kamayishi mumkin.

Qon yaratish tizimi tomonidan: davolashni boshida agranulositoz kuzatilishi mumkin.

Endokrin tizimi tomonidan: kam xollarda, katta dozalarda – galaktoriya, ginekomastiya, xayz siklini buzilishlari kuzatilishi mumkin.

Allergik reaksiyalari: kam xollarda terida toshmalar kuzatiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, me‘da-ichakdan qon ketishlari, privratnik stenozi, mexanik ichak tutilishi, me‘da yoki ichak perforasiyasi, me‘da va/yoki ichakdagi jarroxlikdan keyin birinchi 3-4 kun davomida, feoxromositoma, ekstrapiramidal buzilishlar, tutqanoq, prolaktinga bog‘liq o‘smalar, homiladorlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, laktasiya davri, metoklopramidga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Extiyotkorlik choralari

Bronxial astmada, arterial gipertenziyada, Parkinson kasalligida, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida, keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Xolinesteraza ingibitorlarining ta‘sirini susaytirishi mumkin.

Dori vositasi tetrasiklin, ampisillin, parasetamol, asetilsalisil kislotasi, levodopa, etanolni so‘rilishini, bromokriptin va siklosporinni biokiraolishligini kuchaytiradi (uning qondagi konsentrasiyasini nazorat qilish kerak); digoksin va simetidinni so‘rilishini susaytiradi.

Metoklopramidni neyroleptiklar bilan buyurish mumkin emas (ekstrapiramid buzilishlar yuz berishi xavfi oshadi).

Metoklopramid N2-gistamin reseptorlari blokatorlarining samarasini pasaytiradi.

Metokolopramid gepatotoksik vositalar bilan majmuada qo‘llanganda nojo‘ya samaralar xavfini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Metoklopramid bilan davolanish davrida alkogol va spirt saqlovchi dori vositalarini iste‘mol qilish mumkin emas.

Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishida:

klinik axamiyatli darajadagi buyrk yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yoki jigar faoliyati buzilishlarida davolash kamaytirilgan dozalarda o‘tkazilishi kerak.

Pediatriya va geratriya amaliyotida qo‘llashning o‘ziga xosligi:

15 yoshgacha bo‘lgnan bolalarda metoklopramidni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarda peroral va vena ichiga yuboorilgandan keyin metoklopramidning farmakodinamikasi juda o‘zgaruvchan va konsentrasiya – samara orasidagi aniq bog‘liqliq aniqlanmagan.

O‘smirlarda va yoshlarda (15-19 yosh), xamda keksa yoshdagi shaxslarda metoklopramid bilan davolashda ekstrapiramid reaksiyalarni yuz berishi xavfini yuqori bo‘ladi.

Metoklopramid bilan 12 haftadan ortiq davolanishdan saqlanish kerak, istisno xollarda qo‘llash mumkin qachonki terapevtik samara kechki diskineziya rivojlanishi xavfdan oshishi taxminan qilinsa.

Homiladorlik va emizishda qo‘llanilishi

Metokloparmidni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Metoklopramid ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun uni qabul qilayotganda bolani ko‘krakdan ajratish kerak.

Eksperimental tadqiqotlarda metoklopramidni homilaga noxush ta‘siri aniqlanmagan.

Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish davrida yuqori diqqat konsentrasiyasini va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi avtotransportni boshqarishda va boshqa potensial xavfli tur faoliyat mashg‘ulotlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: gipersomniya, arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, bradikardiya bilan kechuvchi yurak qon tomir tizimi faoliyatini buzilishlari, dezorientasiya va ekstrapiramid buzilishlar.

Simptomlar qabul qilingandan 24 soatdan keyin saqlanib qoladi.

Davolash: og‘ir zaxarlanishlarda ekstrapiramid buzilishlarni tezda siklodol preparatini buyurilishi bilan bartaraf qilish mumkin (kattalar uchun doza 2-4 mg ni, bolalar uchun 0,04/mg/kg tana vaznigachani tashkil qiladi).

Chiqarilish shakli

1 [№30 (3x10) dan, 2 [№20 (2x10)] dan, 3 [№30 (3x10)] dan, 5 [№30 (3x10)] donadan kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida (penallar) joylanadi.

10, 20, 50 tablektkadan polietilendan polimer flakonlarda (bankada).

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SERUGAN tabletkalari dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SERUGAN tabletkalari dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SERUGAN tabletkalari dori vositasi SAMO, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SERUGAN tabletkalari dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SERUGAN tabletkalari dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
METOKLOPRAMID eritma 2ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метоклопрамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
SERUKGLAN eritma 2ml 0,5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Метоклопрамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
METOKLOPRAMID tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Метоклопрамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 7 400 so'mdan Batafsil
METOKLOPRAMID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метоклопрамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PAPAZOL tabletkalari N20
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ASIKLOVIR tabletkalari 400mg N10
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
KETOTIFEN tabletkalari 1mg N10
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
FURAZOLIDON tabletkalari 50mg N10
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
MUKALTIN tabletkalari 50mg N20
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
Narh: 3 360 so'mdan Batafsil
PIRASETAM tabletkalari 0,2g N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
PIRASETAM tabletkalari 400mg N10
GALMANIN poroshok 20g
SINNARIZIN tabletkalari 25 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
SINNARIZIN tabletkalari 25 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: SAMO, OOO
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
SINNARIZIN tabletkalari 25 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
FUROSEMID-SAMO tabletkalari 40 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
FUROSEMID-SAMO tabletkalari 40 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
FUROSEMID-SAMO tabletkalari 40 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
FUROSEMID-SAMO tabletkalari 40 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9