Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, diareya, qusish, qorin og'rig'i, meteorizm, ishtaxani pasayishi, xolestatik sarig'lik (ayniqsa o'tkazilgan jigar kasalliklari bo'lgan patsiyentlarda), gepatit, gepatonekroz.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, vertigo, bosh og'rig'i, yuqori charchoqlik, xavotirlik, ajitatsiya, tremor, uyqusizlik, ”daxshatli” tushlar ko'rish, periferik paralgeziya (og'riqni sezishning anomaliyalari), parasteziya, dizesteziya, gipesteziya, giperesteziya, periferik neyropatiya, polineyropatiya, ko'p terlash, bosh suyagi ichki bosimini oshishi, dezoriyentatsiya, ongning chalkashishi, depressiya va gallyutsinatsiyalar, shuningdek psixotik reaktsiyalarning boshqa ko'rinishlari (ba'zida patsiyent o'ziga zarar yetkazadigan xolatlargacha rivojlanib boruvchi), migren, xushdan ketishlar, serebral arteriyalarning trombozi, tirishishlar, xarakat koordinatsiyasining buzilishi.
Sezgi a'zolari tomonidan: ta'm va xid bilishni buzilishi, ko'rishni buzilishi (diplopiya, rang sezishni o'zgarishi), quloqlarda shovqin, eshitishni pasayishi, eshitishni yo'qolishi.
Yurak-tomir tizimi tamonidan: taxikardiya, yurak ritmining buzilishi, QT intervalini uzayishi, qorincha aritmiyalari (shu jumladan «piruet» turi), arterial bosimning pasayishi, yuzga qonning oqib kelishi.
Nafas tizimi tamonidan: nafasni buzilishi (bronxospazmni xam qo'shib).
Qon yaratish tizimi tamonidan: leykopeniya, granulotsitopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykotsitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya, neytropeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, suyak ko'magida qon yaratilishining buzilishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (avvalambor ishqoriy siydikda va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, alьbuminuriya, uretral qon ketishlar, buyraklarning azotni chiqarish faoliyatini buzilishi, interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi.
Tayanch-xarakat apparati tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarning uzilishi (axillov), mialgiya, mushak tonusining oshishi, mushak tirishishlari, mushak kuchsizligi, miasteniya simptomlarini zo'rayishi.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, dorivor isitma, teriga nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz yoki xalqumning shishi, xansirash, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ko'pshakilli ekssudativ eritema, zardob kasalligi, Stivens-Djonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Boshqalar: yorug'likka yuqori sezuvchanlik, umumiy kuchsizlik, superinfektsiya (kandidoz, soxtamembranoz kolit), yurishni buzilishi.
Laboratoriya ko'rsatgichlari tomonidan: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya, amilazaning faolligini oshishi.