×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Ципрофлоксацин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- J01MA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 125mg N20 Astellas Pharma Europe B.V. Niderlandlar
106 000 s`om dan
FURAMAG kapsulalar 50mg N30 Олайнфарм, АО Latviya
118 000 s`om dan
FOSFOSINEO granuli 3g N1 Northeast Pharmaceutical Group Shenyang №1 Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
80 000 s`om dan
23 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SIPROSIN

CIPROCIN

Preparatning savdo nomi: Siprosin

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): siprofloksasin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir 250 m gli tabletka saqlaydi:

faol modda: 250 mg siprofloksasinga ekvivalent bo‘lgan siprofloksasin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: tozalangan talk, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati.

qobig‘ining tarkibi: Insta moist shield aqua – II (polivinil spirti, polietilenglikol, talk, titan dioksidi), tozalangan suv.

Har bir 500 mg li tabletka saqlaydi:

faol modda: 500 mg siprofloksasinga ekvivalent bo‘lgan siprofloksasin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: tozalangan talk,  magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati.

Qobig‘ining tarkibi: Insta moist shield aqua – II (polivinil spirti, polietilenglikol, talk, titan dioksidi), tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq, uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “CIPROCIN-250” yoqi “CIPROCIN-500” gravirovkasi bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

ATX kodi: S01MA02

 

Farmakologik xususiyatlari

Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparat. Bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat bakteriyalarning bakterial DNK-girazasini ingibisiya qiladi va buning natijasida bakteriyalarda DNK va oqsil sintezi buziladi. Siprofloksasin ko‘payotgan mikroorganizmlarga ham, tinch bosqichdagi mikroorganizmlarga ham ta‘sir qiladi. Siprofloksasinga grammanfiy aerob bakteriyalar – enterobakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurell multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.,) ba‘zi xajayra ichki qo‘zg‘atuvchilari – Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Corynobacterium diphtheriae sezuvchan. Grammusbat aerob bakteriyalar – Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae). Metisillinga chidamli ko‘pgina stafilokokklar siprofloksasinga ham chidamli. Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis, Mycobacterium avium-intracellulare bakteriyalarining sezuvchanligi – o‘rtacha darajada (ularni bartaraf qilish uchun yuqori konsentrasiyalar talab qilinadi). Preparatga rezistent mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides. Treponema pallidum ga nisbatan preparatning ta‘siri yetarli o‘rganilmagan.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llaridan (asosan o‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichak) tez so‘riladi. Biokiraolishliligi – 50-85%. 250, 500, 750 va 1000 mg peroral qabul qilinganida sog‘lom ko‘ngillilarning qon zardobidagi preparatning maksimal konsentrasiyasiga 1-1,5 soatdan keyin erishiladi va muvofiq ravishda 0,76; 1,6; 2,5 va 3,4 mkg/ml ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilingan siproflosasin organizm to‘qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Preparatning yuqori konsentrasiyalari safro, o‘pka, buyrak, jigar, o‘t qopi, bachadon, urug‘ suyuqligi, prostata to‘qimasi, murtak bezlari, endometriy, fallopiy naylari va tuxumdonlarda aniqlanadi. Bu to‘qimalarda preparatning konsentrasiyasi zardobdagiga nisbatan yuqori. Siprofloksasin shuningdek suyak, ko‘z suyuqligi, bronxial sekret, so‘lak, teri, mushak, plevra, qorin parda, limfaga yaxshi kiradi. Siprofloksasinning qon neytrofillarida to‘planadigan konsentrasiyasi zardobdagiga nisbatan 2-7 marta yuqori. Organizmda taqsimlanish xajmi 2-3,5 l/kg ni tashkil qiladi. Preparat orqa miya suyuqligiga kam miqdorda kiradi, u yerda uning konsentrasiyasi zardobdagi konsentrasiyasining 6-10% tashkil qiladi. Siprofloksasinni plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi 30% tashkil qiladi. Buyrak faoliyati o‘zgarmagan bemorlarda yarim chiqarilish davri odatda 3-5 soatni tashkil qiladi. Buyrak faoliyati buzilganida yarim chiqarilish davri uzayadi. Organizmdan siprofloksasinni chiqarilishining asosiy yo‘li – buyraklar orqali. Siydik bilan 50-70% chiqariladi. 15 dan 30% gacha ekskrementlar bilan chiqariladi. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 20 ml/min/1,73 m2 dan past) bo‘lgan bemorlarga preparatning sutkalik dozasini yarmini buyurish kerak.

Qo‘llanilishi

Siprofloksasinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion va yallig‘lanish kasalliklari: nafas yo‘llari; quloq, tomoq, burun; buyrak va siydik chiqarish yo‘llari; jinsiy a‘zolar; ovqat hazm qilish tizimi (shu jumladan, og‘iz, tish, jag‘); o‘t qopi va o‘t chiqaruvchi yo‘llar; teri qoplamalari, shilliq qavatlar va yumshoq to‘qimalar; tayanch-harakat apparati; sepsis va peritonit; immuniteti susaygan (immunodepressantlar bilan davolashda) bemorlarda infeksiyalarni oldini olish va davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Siprofloksasinning dozasi kasallikning og‘irlik darajasi, infeksiyaning turi, organizmning xolati, pasientning yoshi, tana vazni va buyrak faoliyatiga bog‘liq.

Tavsiya qilingan dozalari: buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan kasalliklari, o‘rtacha og‘irlik darajasidagi nafas yo‘llarining pastki sohalari kasalliklarida – 250 mg dan, asoratlangan hollarda esa 500 mg dan sutkada 2 marta; gonoreyani davolash uchun Siprofloksasinni 250-500 mg dozada bir marta qabul qilish tavsiya qilinadi; ginekologik kasalliklar, og‘ir darajali va yuqori harorat bilan kechuvchi enteritlar va kolitlar, prostatitlar, osteomielitlar – 500 mg dan sutkada 2 marta (diareyani davolash uchun sutkada 2 marta 250 mg dozada qo‘llash mumkin). preparatni och qoringa, yetarli miqdorda suyuqlik bilan qabul qilinadi. Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi bo‘lgan pasientlarga preparatning yarim dozasini buyurish kerak. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq, ammo davolash kasallikning simptomlari bartaraf qilinganidan keyin yana kamida ikki kun davom ettirilishi kerak. Odatda davolash davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun preparatning tavsiya qilingan dozalari jadvali:

Kreatinin klirensi (ml/minut) Doza
>50 Odatdagi dozalash tartibi
30-50 250-500 mg 12 soatda 1 marta
5-29 250-500 mg 18 soatda 1 marta
Gemo- yoki peritoneal dializda bo‘lgan bemorlar Dializdan keyin 250-500 mg 24 soatda 1 marta

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, soxtamembranoz kolit, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik hissi, uyquni buzilishi, dahshatli tushlar, gallyusinasiyalar, hushdan ketish, ko‘rishni buzilishi
  • kristalluriya, dizuriya, poliuriya, albuminuriya, gematuriya, qon zardobida kreatinin miqdorini tranzitor oshishi, interstisial glomerulonefrit
  • eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya
  • taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial gipotenziya
  • terini qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, Stivens-Djonson sindromi
  • jigar transaminazalari, ishqoriy fosfotaza, laktatdegidrogenazaning faolligini oshishi, bilirubin miqdorini oshishi, mochevina, kreatinin konsentrasiyasini oshishi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik va emizish davri, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, siprofloksasin yoki ftorxinolonlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siprofloksasinni didanozin bilan bir vaqtda qo‘llanganda siprofloksasin bilan didanozin tarkibidagi alyuminiy va magniy tuzlari majmua hosil qilishi sababli, siprofloksasinni so‘rilishi kamayadi. Siprofloksasin va teofillinni bir vaqtda qabul qilish, sitoxrom R 450 bog‘lanish sohalarida raqobatli ingibirlashi hisobiga qon plazmasida teofillinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu teofillinning yarim chiqarilish davrini uzayishiga va teofillin bilan bog‘liq toksik ta‘sir xavfini oshishiga olib keladi. Antasidlar, shuningdek alyuminiy, temir yoki magniy ionlarini saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, siprofloksanni so‘rilishini pasayishiga olib kelishi mumkin, shuning bu preparatlarni buyurish orasidagi kamida 4 soat bo‘lishi kerak. Siprofloksasin va antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llanganda qon ketish vaqti uzayadi. Siprofloksasin va siklosporinni bir vaqtda qo‘llashda siklosporinning nefrotoksik ta‘siri kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tutqanoq, anamnezida tirishish xurujlari, tomir kasalliklari va bosh miyaning organik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi xavfi tufayli siprofloksasinni faqat xayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish kerak. Davolash vaqtida va davolashdan keyin og‘ir darajali va uzoq muddatli diareya paydo bo‘lganida preparatni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni buyurishni talab qiluvchi soxtamembranoz kolit tashhisini inkor qilish kerak.

Paylarda og‘riq paydo bo‘lganida yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lganida ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarni yallig‘lanishi va hatto uzilishining alohida hollari ta‘riflanganligi sababli, davolashni to‘xtatish kerak. Siprofloksasin bilan davolash davrida to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlar kuchayadi.

Davolash: spesifik antidoti ma‘lum emas. Bemorning ahvolini sinchkovlik bilan nazorat qilish, me‘dani yuvish, shoshilinch yordamning odatdagi choralarini amalga oshirish, yetarli miqdorda suyuqlik qilinishini ta‘minlash kerak. Gemo- va peritoneal dializ yordamida preparatning ahamiyatsiz miqdorigina (10% kam) chiqarilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterlarda.

250 mg dan tabletkalar – 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

500 mg dan tabletkalar – 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SIPRO SD tabletkalari 250mg N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
SIPRO SD tabletkalari 500mg N10
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
IFISIPRO tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
ZID 200 infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
SIFLET 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd
SIPROFLOKSASIN inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эльфа Лабораториез
  • Vakil: Medlife Pharm
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SIPROKS 500 tabletkalari 500mg N10
SIPROKS 250 tabletkalari 250mg N100
FLAPROKS tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
PROSIPRO tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
PROSIPRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SIPROSIN 250 tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIP 200 eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIP 200 eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
ZEFESIP NEO infuziya uchun eritma 200ml 400mg/200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ZEFESIP NEO infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tomchilar 5ml 0,3% N1
SIPROKSIM eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
SIPRINOL tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
SIPRINOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
SIPRINOL infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
SISPRES tabletkalari 750mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
OMES kapsulalar 20mg N30
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
GLISTAGON PLYUS tabletkalari N1
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
UNI FESTAL tabletkalari N100
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
NASMORK TOTAL tabletkalari N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ZEDPAR FORTE tabletkalari N100
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ZEDPAR gel 30g
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
AZITOKOM 500 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
AZITOKOM 250 kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIPROSIN 250 tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
KOMASTON tabletkalari 10mg N20
RAN DIT 150 tabletkalari 150mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
LETFIKSIM 400 tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LETFIKSIM 200 tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
AZITOKOM 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
YUNIKOLD FORTE tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 8 900 so'mdan Batafsil
SILEREKTA 20 tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
KOMSILLIN 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9