×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIPRO SD tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Ципрофлоксацин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- J01MA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

VARIOR tabletkalari 500mg N10 Nabiqasim Industries (PVT) Ltd Pokiston
SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1 Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd Hindiston
49 900 s`om dan
TAYGERON tabletkalari 500mg N5 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
48 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SIPRO SD tabletkalari 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SIPRO-SD

CIPROUM-SD

Preparatning savdo nomi: Sipro-SD

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siprofloksasin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: siprofloksasin gidroxloridi – 250 mg/500 mg.

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza (sut qandi), mikrokristall sellyuloza, talk, magniy stearati, kollidon CL-M, (krospovidon).

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, ko‘ndalang kesilganda oq rangli bir qavat ko‘rinadi. 0,25 g dan tabletkalar dumaloq shaklli, 0,5 g va– oval shaklli.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruxi).

ATX kodi: J01MA02

 

Farmakologik xususiyatlari

Keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita, xinolon hosilasi, bakterial DNK-girazani (yadrodagi RNK atrofidagi xromosoma DNK ni superspirazilasiya jarayoni uchun javobgar, genetik ma‘lumotni o‘qish uchun zarur bo‘lgan II va IV topoizomerazalarni), susaytiradi DNK sintezini, bakteriyalarni o‘sishi va bo‘linishini buzadi; bakterial hujayralarni (shu jumladan, hujayra devori va membranalarini) kuchli morfologik o‘zgarishlarini va tez o‘limini chaqiradi.

Grammanfiy organizmlarga tinch va bo‘linish davrida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi (chunki faqatgina DNK-girazaga ta‘sir qilmasdan, hujayra devorini lizisini ham chaqiradi), grammusbat mikroorganizmlarga – faqat bo‘linish davrida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Mikroorganizm hujayralariga past toksikligi, ularda DNK-girazani yo‘qligi bilan tushuntiriladi. Siprofloksasinni qabul qilish fonida giraza ingibitorlari guruhiga mansub boshqa antibiotiklarga parallel chidamlikni paydo bo‘lishi kuzatilmaydi, bu uni, masalan aminoglikozidlar, penisillinlar, sefalosporinlar, tetrasiklinlar va ko‘pgina boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga nisbatan yuqori samarali bo‘lishini ta‘minlaydi.

Siprofloksasinga grammanfiy aerob bakteriyalar enterobakteriyalar: (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.), ba‘zi xujayra ichidagi qo‘zg‘atuvchilar – Legionella pneumophila, Brucella spp., Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii;

grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae) sezgirdirlar.

In vitro sharoitida Bacillus anthracis ga nisbatan faol.

Metisillinga chidamli ko‘pgina stafilokokklar siprofloksasinga ham chidamlidir. Streptococcus pneumonia, Enterococcus faecalis, Mycobacterium avium (hujayra ichida joylashgan) ning sezuvchanligi – o‘rtacha (ularni bostirish uchun yuqori konsentrasiyalar talab etiladi).

Preparatga rezistent mikroorganizlar: Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides. Treponema pallidum ga nisbatan samarasiz.

Rezistentlik juda sekin rivojlanadi, chunki bir tomondan siprofloksasinning ta‘siridan keyin qaytalanuvchi mikroorganizmlar qolmaydi, boshqa tomondan esa – uni faolsizlantiruvchi ferment bakterial hujayralarda mavjud emas.

 

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) (asosan 12-barmoq va och ichakda) tez va to‘liq so‘riladi. Ovqatlanish so‘rilishini sekinlashtiradi, lekin maksimal konsentrasiyasi (Smax) va biokiraolishligini o‘zgartirmaydi. Biokiraolishligi – 50-85%, taqsimlanish hajmi – 2-3,5 l/kg, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 20-40% ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganda maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (TSmax) -60-90 minut, Smax qabul qilingan dozaga to‘g‘ri chiziqli bog‘liq va 250, 500, 750 va 1000 mg dozalarda muvofiq 1,2, 2,4, 4,3 va 5,4 mkg/ml ni tashkil etadi. Ichga 250, 500 va 750 mg qabul qilgandan 12 soatdan keyin preparatning plazmadagi konsentrasiyasi muvofiq 0,1, 0,2 va 0,4 mkg/ml gacha kamayadi.

Siprofloksasin organizm to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi (yog‘larga boy, masalan nerv to‘qimasidan tashqari). To‘qimalardagi konsentrasiyasi plazmadagidan 2-12 marta yuqori. So‘lak, bodom bezlari, jigar, o‘t qopi, safro, ichak, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a‘zolari (endomeriy, fallopiy naylari va tuxumdonlar, bachadon), urug‘ suyuqligi, prostata to‘qimasi, buyrak va siydik chiqarish a‘zolari, o‘pka to‘qimasi, bronxial sekret, suyak to‘qimasi, mushak, sinovial suyuqlik va bo‘g‘im paylari, peritoneal suyuqlik, terida terapevtik konsentrasiyalariga erishiladi. Orqa miya suyuqligiga (OMS) ga kam miqdorda kiradi, miya pardalarini yallig‘lanishi bo‘lmaganida uning konsentrasiyasi zardobdagi konsentrasiyasining 6-10% ni, yallig‘langanda -14-37% ni tashkil qiladi. Siprofloksasin shuningdek ko‘z suyuqligi, bronxial sekret, plevra, qorin parda, limfaga yaxshi kiradi, yo‘ldosh orqali yaxshi o‘tadi. Siprofloksasinning qon neytrofillaridagi konsentrasiyasi qon zardobiga nisbatan 2-7 marta yuqori.

rN ko‘rsatkichi 6 dan kam bo‘lganida faolligi biroz kamayadi.

Jigarda metabolizmga uchraydi va kam faollikka ega bo‘lgan metabolitlarini (dietilsiprofloksasin, sulfosiprofloksasin, oksosiprofloksasin, formil-siprofloksasin) hosil qiladi (15-30%).

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – taxminan 4 soat, surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBE) – 12 soatgacha. O‘zgarmagan shaklda (40-50%) va metabolitlari shaklida (15%) buyrak kanalchalari filtrasiyasi va kanalchalar sekresiyasi yo‘li bilan buyrak orqali, qolgan qismi me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi. Kam miqdori ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Buyrak klirensi – minutiga 3-5 ml/kg; umumiy klirensi – minutiga 8-10 ml/kg. Surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 ml dan yuqori) buyrak orqali chiqariladigan preparatning foizi kamayadi, ammo preparatning metabolizmi va me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqarilishini kompensator oshishi hisobiga organizmda to‘planishi kuzatilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

– sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial infeksiyalar: quyi nafas yo‘llarining kasalliklari (o‘tkir va surunkali (zo‘rayish bosqichidagi) bronxit, pnevmoniya, bronxoektatik kasallik, mukovissidozning infeksion asoratlari);

– LOR-a‘zolarining infeksiyalari (o‘tkir sinusit);

– buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (sistit, pielonefrit);

– asoratlangan intraabdominal infeksiyalar (metronidazol bilan majmuada);

– surunkali bakterial prostatit;

– asoratlanmagan gonoreya;

– qorin tifi, kampilobakterioz, shigellyoz, “sayohatchilar” diareyasi;

– teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, jarohatlar, kuyishlar, abssesslar, flegmona);

– suyak va bo‘g‘im (osteomielit, septik artrit);

– immuntanqislik fonidagi infeksiyalar (immunodepressiv dori vositalari (DV) bilan davolashda yoki neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda paydo bo‘luvchi);

– kuydirgining (Bacillus anthracis bilan infeksiyalanish) o‘pka shaklini oldini olish va davolash.

Bolalar. 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash; kuydirgini (Bacillus anthracis infeksiyalanish) o‘pka shaklini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Tabletkalarni butunligicha, oz miqdordagi suyuqlik bilan ovqatdan keyin qabul qilinadi. Tabletkalar och qoringa qabul qilinganda faol modda tezroq so‘riladi.

Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi quyi nafas yo‘llarining infeksiyalarida – 500 mg sutkada 2 marta, og‘ir darajali kechishda – 750 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.

O‘tkir sinusitda – 500 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursi – 10 kun.

Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi teri yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida –
500 mg sutkada 2 marta, og‘ir darajali kechishda – 750 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun.

Suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalarida – 500 mg sutkada 2 marta, og‘ir darajali kechishda – 750 mg sutkada 2 marta. Davolash kursi – 4-6 haftagacha.

Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida – 250-500 mg dan sutkada 2 marta; davolash kursi – 7-14 kun, ayollarda asoratlanmagan sistitda – 3 kun.

Surunkali bakterial prostatitda – 500 mg dan sutkada 2 marta, davolash kursi – 28 kun.

Asoratlanmagan gonoreyada – 250-500 mg bir marta.

Infeksion diareya – 500 mg dan sutkada 2 marta, davolash kursi – 5-7 kun.

Qorin tifida – 500 mg dan sutkada 2 marta; davolash kursi – 10 kun.

Asoratlangan intraabdominal infeksiyalarda – 500 mg dan har 12 soatda 7-14 kun davomida.

Kuydirgining o‘pka shaklini oldini olish va davolash uchun – 500 mg dan sutkada 2 marta 60 kun davomida buyuriladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi: kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan ortiq bo‘lganida dozani to‘g‘rilash talab etilmaydi; kreatinin klirensi minutiga 30-50 ml bo‘lganida – 250-500 mg har 12 soatda; kreatinin klirensi minutiga 5-29 ml bo‘lganida – 250-500 mg dan har 18 soatda.

Agar bemorga gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazilayotgan bo‘lsa – sutkada 250-500 mg, ammo preparatni gemodializ seansidan keyin qabul qilish kerak.

Pediatriyada:

5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolashda – 20 mg/kg sutkada 2 marta (maksimal doza 1,5 g). Davolash davomiyligi – 10-14 kun;

kuydirgining o‘pka shaklida (profilaktika va davolash) – 15 mg/kg kuniga 2 marta. Maksimal bir martalik doza – 500 mg, sutkalik doza – 1 g. Siprofloksasinni qabul qilishning umumiy davomiyligi – 60 kunni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, ishtahani pasayishi, xolestatik sariqlik (ayniqsa jigar kasalliklarini o‘tkazgan pasientlarda), gepatit, gepatonekroz.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, yuqori toliqish, xavotirlik, tremor, uyqusizlik, “dahshatli” tush ko‘rishlar, periferik paralgeziya (og‘riqni his qilish anomaliyasi), bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashishi, depressiya, gallyusinasiyalar, shuningdek psixotik reaksiyaning boshqa ko‘rinishlari (kam hollarda pasient o‘ziga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatgacha avj oluvchi), migren, hushdan ketish hollari.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ta‘m va hid bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, rang ajratishni o‘zgarishi), quloqda shovqin, eshitishni pasayishi.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni pasayishi, serebral arteriyalar trombozi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombositopeniya, leykositoz, trombositoz, gemolitik anemiya.

Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari faolligi va ishqoriy fosfotazani oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarni yorilishi, mialgiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (eng avvalo siydikni ishqoriyligi va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlar, gematuriya, buyrakning azotni chiqarish faoliyatini pasayishi, interstisial nefrit.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, eshakemi, qon ketish bilan kechuvchi pufaklarni paydo bo‘lishi va qasmoq hosil qiluvchi mayda pufaklarni paydo bo‘lishi, dori isitmasi, terida nuqtali qon talashishlar (petexiyalar), yuz yoki hiqildoq shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Boshqalar: asteniya, yorug‘likni yuqori sezuvchanlik, superinfeksiyalar (kandidoz, soxta membranoz kolit), yuzga qonni “oqib kelishlari”, ko‘p terlash.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samara og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimni (AB) yaqqol pasayishi, uyquchanlik xavfi), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mukovissidozi bo‘lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash; kuydirgining (Bacillus anthracis infeksiyalanish) o‘pka shaklini oldini olish va davolashdan tashqari), laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoza malabsorbsiyasi, homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Bosh miya qon-tomirlarining yaqqol aterosklerozi, bosh miya qon aylanishini buzilishi, ruhiy kasalliklar, tutqanoq, yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksalik yoshi, avval ftorxinolonlar bilan davolanganda paylarni shikastlanishida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siprofloksasin gepatositlarda mikrosomal oksidlanish jarayonlari faolligini pasaytirishi sababli teofillin (va boshqa ksantinlarni, masalan kofein), peroral gipoglikemik dori vositalari, bil vosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyant vositalarining T1/2 uzaytiradi, protrombin indeksini pasayishiga olib keladi.

Boshqa mikroblarga qarshi dori vositalar (beta-laktam antibiotiklari, aminoglikozidlar, klindamisin, metronidazol) bilan birga qo‘llanganda odatda sinergizm kuzatiladi; Pseudomonas spp. chaqirgan infeksiyalarda azlosillin va seftazidim bilan; streptokokk infeksiyalarida – mezlosillin, azlosillin va boshqa beta-laktam antibiotiklari bilan; stafilokokk infeksiyalarida – izoksazolilpenisillinlar va vankomisin bilan; anaerob infeksiyalarda – metronidazol va klindamisin bilan majmuada muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin.

Siklosporinning nefrotoksikligini kuchaytiradi, zardobda kreatinin miqdorini oshishi kuzatiladi, bunday pasientlarda ushbu ko‘rsatkichni haftada 2 marta nazorat qilish kerak.

Bir vaqtda qo‘llanganda bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi.

Temir saqlovchi dori vositalari, sukralfat va magniy, kalsiy va alyuminiy ionlarini saqlovchi antasid dori vositalari bilan birga peroral qabul qilinganda, siprofloksasinni so‘rilishini kamayishiga olib keladi, shuning uchun preparatni yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalaridan 1-2 soat oldin yoki 4 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (asetilsalisil kislotasidan tashqari) tirishishlarni paydo bo‘lish xavfini oshiradi.

Didanozinning tarkibidagi alyuminiy va magniy ionlari bilan majmualar hosil qilishi sababli, didanozin siprofloksasinni so‘rilishini kamaytiradi.

Metoklopramid siprofloksasinni so‘rilishini tezlashtiradi, bu uning Smax ga erishish vaqtini kamayishiga olib keladi.

Urikozurik dori vositalarini birga qo‘llanishi, preparatni chiqarilishini (50% gacha) sekinlashishiga va siprofloksasinning plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.

Tizanidinning Smax 7 marta (4 martadan 21 martagacha) va “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonni (AUC) 10 marta (6 martadan 24 martagacha) oshiradi, bu arterial bosimni yaqqol pasayishi va uyquchanlik xavfni oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Siprofloksasin Streptococcus pneumonia chaqirgan pnevmoniyaga gumon qilganda yoki aniqlanganda tanlov preparati hisoblanmaydi.

Kristalluriya rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish tavsiya etilmaydi, shuningdek yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish va siydikni ishqoriy muhitda tutib turish zarur.

Tutqanog‘i bo‘lgan, anamnezida tirishish hurujlari, bosh miyaning qon tomir kasalliklari va organik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi xavfi sababli siprofloksasinni faqat “hayotiy” ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish kerak.

Davolash vaqtida yoki davolashdan keyin og‘ir darajadagi va davomli diareya paydo bo‘lganida preparatni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni buyurishni talab qiluvchi soxta membranoz kolit tashhisini inkor qilish kerak.

Paylarda og‘riq yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lganda davolashni to‘xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarni yallig‘lanishi va hatto yorilishini alohida hollari ta‘riflangan).

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan saqlanish kerak.

Siprofloksasinni qo‘llashda bevosita quyosh nurlari va jadal ultrabinafsha nurlanishdan saqlanish kerak. Fotosezuvchanlik paydo bo‘lgan hollarda (kuyishsimon teri reaksiyalarini paydo bo‘lishi) preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash: spesifik antidoti noma‘lum. Me‘dani yuvish va boshqa shoshilinch choralar, pasientning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish, yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta‘minlash amalga oshiriladi. Gemo- yoki peritoneal dializ yordamida preparatning faqat oz miqdori (10% kamroq) chiqarilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur uyali polivinilxlorid plyonkali o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIPRO SD tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIPRO SD tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIPRO SD tabletkalari 500mg N10 dori vositasi Sharq Darmon MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIPRO SD tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIPRO SD tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SIPRO SD tabletkalari 250mg N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
IFISIPRO tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
ZID 200 infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
SIFLET 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd
SIPROFLOKSASIN inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эльфа Лабораториез
  • Vakil: Medlife Pharm
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SIPROKS 500 tabletkalari 500mg N10
SIPROKS 250 tabletkalari 250mg N100
FLAPROKS tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
PROSIPRO tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
PROSIPRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SIPROSIN 500 tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIPROSIN 250 tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
SIP 200 eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIP 200 eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
ZEFESIP NEO infuziya uchun eritma 200ml 400mg/200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ZEFESIP NEO infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tomchilar 5ml 0,3% N1
SIPROKSIM eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
SIPRINOL tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
SIPRINOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
SIPRINOL infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
SISPRES tabletkalari 750mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
LOPERAMID SD tabletkalari 2ml N20
FLUKONAZOL SD kapsulalar 150mg N1
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
KALSIY D3 SD tabletkalari N50
SIPRO SD tabletkalari 250mg N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9