×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VALIDOL 0,1 kapsulalar podyazichnie N20

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Левоментола раствор в ментилизовалерате
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Марбиофарм, ОАО
ATX kodi:
- C01EX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
NEBOBETA tabletkalari 5mg N30 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
20 000 s`om dan
EDARBI tabletkalari 40mg N28 Takeda Pharma A/S, Дания произведено: Takeda Pharmaceuticals Company Ltd, Япония упак. и отв. за контроль качества: Takeda Ireland Ltd, Ирландия Yaponiya
81 800 s`om dan
ROKSERA tabletkalari 5mg N30 КРКА, д.д., Ново место, АО Sloveniya
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VALIDOL 0,1 kapsulalar podyazichnie N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VALIDOL

VALIDOLUM

 

Preparatning savdo nomi: Validol

Dori shakli: kapsulalar 100 mg.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: izovalerian kislotasining mentil efiridagi mentol eritmasi (validol) – 100 mg;

yordamchi moddalar: jelatin, gliserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat Ye-218, propilparagidroksibenzoat Ye-216.

Ta‘rifi: sharsimon shaklli, och-sariq rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish yoki sarg‘ish-yashil rangli, mentol hidli moysimon suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: boshqa uxlatuvchi va sedativ vositalar.

ATX kodi: N05CM

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sedativ ta‘sir ko‘rsatadi, sezgir nerv oxirlarini ta‘sirlanishi bilan bog‘liq o‘rtacha reflektor qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Sublingval qo‘llanilganda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidan so‘riladi. So‘rilgandan keyin jigarda biotransformasiyaga uchraydi va glyukuronidlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Nevrasteniya va funksional kardialgiyani majmuaviy davolashda qo‘llanadi. Ushbu ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish faqat uzoq vaqt qo‘llashdagi tajribaga asoslangan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat til ostiga qo‘llanadi. Kapsulani to‘liq erib ketgunigacha og‘izda ushlab turish kerak. Bir kapsuladan kuniga 2-3 marta qo‘llanadi. Validolni sutkalik qo‘llash soni va qabul qilish davomiyligi davolashning samaradorligiga bog‘liq. Preparatni qabul qilgandan keyin 5-10 minut davomida terapevtik samara kuzatilmasa yoki yaqqolligi yetishmaganda boshqa davolashni burish uchun shifokorga murojaat etish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘z yoshi oqishi, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.

Mentolga kontakt allergiya og‘iz bo‘shlig‘ida achishish va yara paydo bo‘lishi, lixenoid toshma paydo bo‘lishi bilan kechadi. Mentolga allergik reaksiyalar bosh og‘rig‘i, bradikardiya, mushak tremori, ataksiya, anafilaktik shok, terida eritematoz toshma bilan kechishi mumkin. Tez-tezligi noma‘lum.

Nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • yaqqol arterial gipotenziya;
  • o‘tkir miokard infarkti;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • anamnezida tutqanoq yoki tirishish sindromi (shu jumladan febril tirishishlar) bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: me‘da-qizilo‘ngach reflyusi, diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi, me‘da-ichak yo‘llarining yallig‘lanishli va yarali kasalliklari, bronxial astma, bronxospazm va laringospazmga moyillikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘zaro ta‘sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilgan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kutilgan samaraga erishishni tezlashtirish uchun validol kapsulasini chaynash mumkin. Agar dori vositasini qabul qilish vaqtida simptomlar saqlansa yoki bemorning holatini yomonlashishi kuzatilsa, shifokorga murojaat etish kerak.

Agar dori vositasini qabul qilgandan keyin yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmasa, o‘tkir koronar sindromni inkor etish kerak. Qo‘lga, qorinning yuqori qismi, bo‘yinga irradiasiya qiluvchi yurak sohasida og‘riq paydo bo‘lganda yoki nafas yetishmovchiligi (masalan hansirash) rivojlanganda shoshilinch tibbiy yordam zarur.

Tarkibida metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat mavjudligi tufayli, allergik reaksiyalar, shu jumladan sekinlashgan tipdagi reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalarda qo‘llanishi

Yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qabul qilganda diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher, operatorlik ishi) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganda bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, diareya, rektal yaralarni paydo bo‘lishi, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, arterial bosimni pasayishi, nafas buzilishlari, yurak ritmini buzilishlari, ataksiya, qo‘zg‘alish, tutqanoq xurujlari, hushdan ketish va markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar kuzatilishi mumkin.

Doza oshirib yuborilgan holatda preparatni bekor qilish kerak. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 2 yoki 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VALIDOL 0,1 kapsulalar podyazichnie N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VALIDOL 0,1 kapsulalar podyazichnie N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VALIDOL 0,1 kapsulalar podyazichnie N20 dori vositasi Марбиофарм, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VALIDOL 0,1 kapsulalar podyazichnie N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VALIDOL 0,1 kapsulalar podyazichnie N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LIPOEVAYA KISLOTA tabletkalari 25mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DIAZOLIN draje 100mg N20
Narh: 9 400 so'mdan Batafsil
DIAZOLIN draje 100mg N10
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
VALIDOL tabletkalari 60mg N10
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari 100mg N50
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
GRIPPOFLYU poroshok so vkusom malini 13,0g N10
GRIPPOFLYU poroshok so vkusom klyukvi 13,0g N10
REVIT draje N100
Narh: 7 300 so'mdan Batafsil
UNDEVIT draje N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
GEKSAVIT draje N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
ASKORBINOVAYA KISLOTA draje 50mg N200
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
VALIDOL tabletkalari 60mg N6
VALIDOL tabletkalari 60mg N10
VALIDOL tabletkalari 60mg N6
VALIDOL 0,06 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
VALIDOL 0,06 tabletkalari N10
VALIDOL 0,06 tabletkalari N8
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Левоментола раствор в ментилизовалерате ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Обновление ПФК АО
VALIDOL S IZOMALTOM 0,06 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Левоментола раствор в ментилизовалерате ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО
VALIDOL 0,06 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
VALIDOL 0,06 tabletkalari N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Левоментола раствор в ментилизовалерате ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Обновление ПФК АО
VALIDOL 0,06 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Левоментола раствор в ментилизовалерате ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, АО
VALIDOL tabletkalari 0,06g N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9