×
×
  • VENODIOL M tabletkalari 50mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VENODIOL M tabletkalari 50mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- C05CA53
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
TURBO MIKRON G tabletkalari N60 ДЖИ ЭМ Фармасютикалс, ООО, Грузия произведено: КЕРН ФАРМА, С.Л. Ispaniya
168 000 s`om dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
MERTENIL tabletkalari 20mg N30 Gedeon Richter PLC Vengriya
116 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VENODIOL M tabletkalari 50mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VENODIOL

VENODIOL

 

Preparatning savdo nomi: Venodiol

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): diosmin, gesperidin, askorbin kislotasi

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 450 mg diosmin, 50 mg gesperidin, 100 mg askorbin kislotasi;

yordamchi moddalar: povidon K30, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza.

Ta‘rifi: oval, ikki tomonlama qavariq, dog‘lari bo‘lgan, och jigarrang rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiruvchi preparatlar. Vena qon tomirlari tonusini mustahkamlovchi va angioprotektor vosita.

ATX kodi: S05SA53

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Venodiol angioprotektor va vena qon tomirlari tonusini mustahkamlovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Venalarning kengayuvchanligini kamaytiradi, ularning tonusini oshiradi va vena qon tomirlarida dimlanishni pasaytiradi; kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, mo‘rtligini kamaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi; mikrosirkulyasiyani va limfa qon oqimini yaxshilaydi.

Venodiol preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi (S vitamini), qon-tomirlarning elastikligini yaxshilaydi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, normal qon yaratilishiga yordam beradi, organizmning himoya kuchlarini oshiradi.

Venodiol preparati tizimli qo‘llanganida oyoqlardagi organik hamda funksional tabiatli surunkali venoz yetishmovchilikning klinik ko‘rinishlari yaqqolligini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning terapevtik samarasi uning tarkibiga komponentlarning hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.

Qo‘llanilishi

  • oyoqlardagi funksional hamda organik tabiatli surunkali venoz yetishmovchili: oyoqlarda og‘irlik hissi, og‘riq, tirishishlar, trofik buzilishlarda;
  • o‘tkir gemorroyni simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar ichga, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Venodiol preparatini muhim hususiyati bo‘lib, uni qo‘llashda ahamiyatli darajada qulaylik tug‘diruvchi standart sutkalik dozalash hisoblanadi.

Preparatni ikki xil usul bilan:

  • preparatni butun davolash kursi davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta ovqat vaqtida qabul qilish;
  • ikkinchi dozalash usuli Venodiol preparatini birinchi ikki hafta davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta, so‘ngra esa 2 tabletkadan sutkada 1 marta ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.

Preparatni qo‘llash tajribasi, Venodiol preparatini qabul qilish davomiyligi kasallikning dastlabki og‘irligiga to‘g‘ri proporsionalligidan dalolat beradi.

“Og‘ir oyoqlar” sindromi bilan namoyon bo‘luvchi surunkali venoz yetishmovchilikning boshlang‘ich shaklini davolashda odatda 2 oylik davolash kursi yetarli bo‘lib, zaruratga qarab odatda yiliga 2-3 marta takrorlanadi.

Og‘riq, tirishish hamda shish sindromlari ustun bo‘lgan, yanada og‘ir holatlarda Venodiol preparatini qabul qilishni 3-4 oy davom ettirish kerak.

Venoz trofik yaralarni davolash yanada uzoqroq davolash kursini – 6 oy va undan ortiq davolash kursini talab etishi mumkin.

O‘tkir gemorroy xurujida birinchi 4 kun davomida sutkada 6 tabletkadan, so‘ngra navbatdagi 3 kun davomida sutkada 4 tabletkadan buyuriladi.

Venodiol preparatini buyurish vaqtida, ushbu preparatga o‘rganib qolish rivojlanmasligini yodda tutish muhimdir.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni bekor qilishga olib kelgan nojo‘ya reaksiyalar qayd etilmagan. Ayrim pasientlarda Venodiol preparatini qabul qilishni birinchi kunlarida vegetativ reaksiyalar (kuchli holsizlik, bosh aylanishi, oyoqlarning terisini qizib ketish va sanchish hissi) kuzatiladi. Ushbu simptomlarni namoyon bo‘lishi preparatni bekor qilish uchun sabab bo‘lmaydi, chunki ular 2-3 haftadan keyin spontan holda o‘tib ketadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirlarning klinik ahamiyatli samaralari ta‘riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gemorroy zo‘rayganida Venodiol preparatini qo‘llash anorektal sohadagi kasallikni o‘ziga xos davolashni o‘rnini bosmaydi. Preparat qisqa davolash kursi bilan buyuriladi. O‘tkazilgan davolash samarali bo‘lmaganida qo‘shimcha tekshirish o‘tkazish va davolashga tuzatish kiritish kerak.

Venoz qon aylanishini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga preparat buyurilganida quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish, tana vaznini kamaytirish va qon aylanishini yaxshilaydigan maxsus paypoqlarni kiyib yurish kerakligi yuzasidan pasientlarga ma‘lumot berish kerak.

Me‘da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlarini zo‘rayish bosqichida bo‘lgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparat homilador ayollarga qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha uning biror-bir nojo‘ya samaralari haqida xabar berilmagan.

Venodiol preparati bilan butun davolash kursi davomida emizish tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faol moddalarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Eksperimental tekshirishlarda preparatning teratogen samaralari aniqlanmagan.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalarda qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Venodiol avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VENODIOL M tabletkalari 50mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VENODIOL M tabletkalari 50mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VENODIOL M tabletkalari 50mg N30 dori vositasi World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VENODIOL M tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VENODIOL M tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VENOXELP tabletkalari 50mg N30
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
FOSFOMED poroshok 3g N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
LISTORA kapsulalar 120mg N42
Narh: 400 000 so'mdan Batafsil
KOLEDAN tomchilar dlya priema vnutr 10ml 15000ME N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 41 000 so'mdan Batafsil
GINO VITAL L suppozitorii 750mg/200mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
BENEVRON BF tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
ESLOTIN sirop 60ml 2,5mg/5ml N1
Narh: 35 400 so'mdan Batafsil
ENZOFEN kapsulalar 1000mg N2
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
ULSEPAN tabletkalari 40mg N14
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
ROSUSTAR tabletkalari 20mg N30
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
PEFSAL aerozol 250mkg 25/250 mkg/doza 120 doz
Narh: 189 000 so'mdan Batafsil
PEFSAL aerozol 125mkg 25/125 mkg/doza 120 doz
Narh: 139 000 so'mdan Batafsil
PEFSAL aerozol 50mkg 25/50 mkg/doza 120 doz
ORSIPOL tabletkalari 500mg 500mg/500mg N10
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
KULENTO tabletkalari 10mg N28
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
KARMETADIN tabletkalari 35mg N60
Narh: 58 500 so'mdan Batafsil
INOSEDA sirop 120ml 250mg/5ml
DORAMISIN tabletkalari 3000000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 93 800 so'mdan Batafsil
DERILAYF krem 50g 0,05% N1
Narh: 68 990 so'mdan Batafsil
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30
SEKNIDOKS tabletkalari 1g N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 29 500 so'mdan Batafsil
BUDEKTON kapsulalar 400mkg N60
Narh: 159 600 so'mdan Batafsil
BUDEKTON kapsulalar 200mkg N60
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
MUSKOMED kapsulalar 4mg N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9