×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Jenagra tabletkalari 50 mg N4

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Силденафила цитрат
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex Pvt. Ltd
ATX kodi:
- G04BE03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

22 000 s`om dan
Fitolizin pasta 100g Гербаполь Варшава, ООО Polsha
70 700 s`om dan
XOTGRA 100 tabletkalari 100mg N4 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
9 296 s`om dan
ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
14 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg yoki 100 mg dan.

4 ta tabletka Alu-PVC blister da.

1 blister, tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Sildenafil tsitrati spesifik fosfodiesteraza 5 turining (FDE 5) kuchli va selektiv ingibitoridir.
Jinsiy rag'batlantirish vaqtida g'ovak tanadan azot oksidini (NO) ajralib chiqishi jinsiy olatdagi erektsiyaning fizioligik mexanizmi bo'lib hisoblanadi.                              NO guanilatsiklaza fermentini faollashtiradi, bu esa tsiklik guanozin monofosfat (ts-GMF) miqdorini oshishiga va muvofiq ravishda, g'ovak tana mushaklarini bo'shashishiga olib keladi, buning oqibatida jinsiy olatda qon oqimi kuchayadi. Sildenafil izolyasiyalangan g'ovak tanaga to'g'ridan-to'g'ri bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi, balki g'ovak tanadagi ts-Gmfni parchalanishiga mas'ul bo'lgan fosfodiesteraza 5 turini ingibirlashi orqali, shu to'qimaga NO ning bo'shashtiruvchi ta'sirini faol kuchaytiradi. Bu ts-GMF miqdorini oshishiga olib keladi, natijada silliq mushaklar bo'shashadi va g'ovak tanadagi qon oqimi kuchayadi.
Shuning uchun sildenafilni tavsiya etilgan dozalarda seksual rag'batlantirish bo'lmaganida qo'llash samarasiz.
Har bir bir film qobiq bilanqoplangan tabletka қуйидагиларни сақлайди:

faol modasi: sildenafil sitrat - 50 mg eki 100 mg sildenafil ekvivalenti; 

yordamchi moddalar: laktoza, kraxmal, mikrokristalli tsellyuloza (MCC), natriy benzoat va, kraxmal (pasta), natriy kroskarmelozasi, tosalangan talk, magniy stearati, kolloid silikon dioksid, mikrokristalli tsellyuloza (MCC) PH-102; 

qobiq tarkibi: gidropropil metil tsellyuloza (HPMC) E-15, polietilen glikol (PEG) 4000, talk, titan dioksidi, boevchi - indigokarmin kok (kol) darajalari, izopropil spirti, metilen xlorid.

Jiddiy: kam hollarda og'riqli yoki davomli (4 soatdan ko'p) erektsiya. Agarda erektsiya uzoq vaqt davomida beixtiyor to'xtamasa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling. Sildenafil qo'llanganidan so'ng jiddiy yurak-tomir buzilishlari, yurak hurujlari, aritmiyalar, miyaga qon quyilishlar va keyingi ishemik hurujlar kuzatilgan. Biroq bu asoratlar sildenafilni qabul qilish, yurak-tomir havf omillarining borligi, jinsiy faollik yoki omillarning qo'shilishi bilan bog'liqligi noma'lum. 

Mumkin bo'lgan: bosh og'rig'i, qon quyilishlari, ovqatni hazm bo'lmasligi. Bu nojo'ya ta'sirlar odatda kuchsiz yoki o'rtacha bo'lib, uzoq davom etmaydigan bo'ladi. 

Kam hollarda: burunni bitishi, ko'rish anomaliyalari, ko'zlarga qon quyilishi yoki ularda achishish hissi, diareya, siydikda qon kuzatilishi mumkin.

Sildenafil tizimli tomirlarni kengaytiruvchi hususiyatga ega, bu qon bosimini keyingi ketuvchi pasayishiga olib kelishi mumkin, shu sababli Jenagra preparatini buyurishdan oldin yurak-tomir kasalliklari bo'lgan pasientlarda, ayniqsa jinsiy faollik fonida noxush ko'rinishlar havfini sinchkovlab taqqoslash kerak. Tomirlarni kengaytiruvchi vositalarga yuqori beriluvchanlik chap qorinchaning chiqish yo'lini obstruktsiyasi bo'lgan (masalan, aorta stenozi, idiopatik subaortal stenoz) pasientlarda va qon bosimning vegetativ boshqaruvini og'ir buzilishi bo'lgan pasientlarda kuzatiladi. 

Preparat buyurilganida: 

-miyada qon aylanishini buzilishi yoki oxirgi 6 oy davomida hayotiga havf soluvchi aritmiyalari bo'lgan; 

-gipotenziyasi (AB < 90/50) va gipertenziyasi (AB > 170/110) bo'lgan; 

-yurak etishmovchiligi yoki nostabil stenokardiya tomonidan chaqirilgan yurak ishemik kasalligi bo'lgan; 

-pigmentli retiniti (bu pasientlarning kamchiligida to'r parda fosfodiesterazasini nasliy buzilishi mavjud) bo'lgan 

pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 4 soatdan ortiq davom etadigan erektsiya hollari, pasientlar zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak. Agarda priapizm zudlik bilan davolanmasa, orqaga qaytmas impotentsiya rivojlanishi mumkin.  Ritonavir bilan bir vaqtda qo'llanganida Jenagra preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ritonavir plazmada sildenafilning kontsentrasiyasini 11 martaga oshiradi.  Ritonavir olayotgan pasientlarda nojo'ya ta'sirlarning havfini pasaytirish uchun sildenafilning dozasini kamaytirish kerak. Sildenafil va alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llash, ba'zi pasientlarda arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sildenafilning 25 mg dan yuqori dozasini alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilgandan so'ng, 4 soat davomida qabul qilish mumkin emas. Sildenafilning yuqori dozalari va 4 mg dozada doksazin qabul qilinganida, qabul qilgandan so'ng 1-4 soat davomida postural gipotenziya rivojlanishi mumkin. Qon ketishi bilan kechuvchi kasalliklari bo'lgan pasientlarda va peptik yarasi zo'rayish davrida bo'lgan pasientlarda sildenafilning havfsizligi noma'lum. Preparat bolalar va 18 yoshgacha o'smirlarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Erektsiyaning buzilishini diagnosti qilish, mumkin bo'lgan sabablarini aniqlash va adekvat davolashni tanlash uchun to'liq tibbiy anamnez yig'ish va sinchkov instrumental tekshirish o'tkazish kerak. Yurak kasalligi bo'lganda jinsiy faollik ma'lum darajada havf tug'diradi. Shu sababli erektsiyani buzilishi bilan bog'liq har qanday davolashni boshlashdan oldin shifokor yurak-tomir tizimini tekshiruvini o'tkazishi lozim. Erektsiyaning buzilishini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy olatning anatomik deformasiyasi bo'lgan pasientlarda (shu jumladan, angulyasiyada, g'ovak tana fibrozida yoki peyron kasalligida) yoki priapizmni rivojlanishiga moyilligi (o'roqsimon-hujayrali anemiya, ko'pchilik mieloma, leykemiya kabilar) bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Erektsiyaning buzilishini davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni jinsiy faollik maqsadga muvofiq bo'lmagan erkaklar uchun buyurish mumkin emas. 

Transport vositalari va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir qilish hususiyati. 

Jenagra preparatini qabul qilish fonida avtomobil yoki boshqa texnik vositalarni boshqarish qobiliyatiga qandaydir salbiy ta'siri kuzatilmagan. Biroq, madomiki preparat qabul qilinganida AB ni pasayishi, xromatopsiyani rivojlanishi, ko'rishni xiralashishi bo'lishi mumkin ekan, transport vositalarini boshqarish, mexanik uskunalarga xizmat ko'rsatish va boshqa potentsial havfli ko'rinishdagi faoliyatlar bilan bog'liq bo'lgan havf haqida pasientlarga axborot berish kerak va ko'rsatilgan holatlarda, ayniqsa davolashning boshlanishida va dozalash tartibi o'zgarganida preparatning shaxsiy ta'siriga e'tibor berish kerak.

-preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik; 

-bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar; 

-preparatni azot oksidining donatorlari, organik nitratlar yoki har qanday shakldagi nitratlarni doimo yoki tanaffuslar bilan qabul qiladigan bemorlarda qo'llash mumkin emas, chunki sildenafil doimo yoki shoshilinch hollarda qo'llanadigan nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi. 

-preparat ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.

Sildenafilni 50 mg dozada va CYP3A4 ning nospesifik ingibitori tsimetidinni birga qo'llanishi plazmada sildenafilning kontsentrasiyasini taxminan 50% ga oshishiga olib keladi. Sildenafilni 100 mg dozada eritromisin bilan birga bir marta qabul qilish "kontsentrasiya-vaqt" farmakokinetik egri chizig'i ostidagi maydonini (AUC) taxminan 180% ga oshishiga olib keladi. 

Sildenafilni 100 mg dozada bir marta va sakvinavirni bir vaqtda qabul qilish, plazmada sildenafilning Smax o'rtacha 140% ga, AUC ni esa 210% ga oshishiga yordam beradi. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmaydi. Sildenafil va CYP3A4 ingibitorlarini (ketokonazol, eritromisin yoki tsimetidin kabilar) bir vaqtda qo'llanishi sildenafilning klirensini pasaytirishi mumkin. Sildenafilni 100 mg dozada bir marta va OITV-proteazaning ingibitori va tsitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan ritonavir bilan bir vaqtda qabul qilish sildenafilning Smax taxminan 4 marta, AUC ni esa 10-11 dan ko'p martaga oshishiga yordam beradi. 

Sildenafil va CYP3A4 induktorlari (masalan, rifampisin) bilan bir vaqtda qabul qilish plazmada sildenafilning darajasini pasaytiradi. CYP2C9 ingibitorlari (tolbutamid, varfarin kabilar), CYP2D6 ingibitorlari (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar kabilar), tiazidlar va tiazidga o'xshash diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (APF) ingibitorlari, kaltsiy kanallari blokatorlari sildenafilning farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmaydilar. Sildenafilni 100 mg dozada, 5 mg va 10 mg dozada amlodipin bilan bir vaqtda qo'llanganida arterial bosim (AB) qo'shimcha taxminan 7-8 mm sm.ust. ga pasayadi. 

Sildenafil nitratlarning (masalan, stenokardiya hurujlarida qo'llanadigan nitrogliserin) ta'sirini kuchaytirishi mumkin, bu arterial bosimni potentsial havfli pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sildenafilni har qanday nitratlarni qabul qiladigan pasientlarga qo'llash mumkin emas. Sildenafilni erektsiyani buzilishida qo'llanadigan boshqa dori vositalar bilan qo'shish tavsiya qilinmaydi. Agarda siz qonda sildenafilning darajasini o'zgartirishi mumkin bo'lgan ritonavir va sakvinavir kabi proteaza ingibitorlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan: ahamiyatli o'zaro ta'siri kuzatilmagan.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

3 yil

Preparat yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasin.

Ichga, 50 mg dan jinsiy aloqadan taxminan 1 soat oldin qabul qilinadi. Samaradorligi va o'zlashtirilishini hisobga olib, dozasi 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal sutkalik dozasi 100 mg, tavsiya qilingan maksimal qabul qilish soni – sutkada 1 marta. 

Keksa yoshdagi odamlarda va buyraklar yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda qo'llanishi: keksa yoshdagi odamlarda va buyraklar yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda tavsiya qilingan qo'llash sxemasi o'xshashdir.

Jenagrani bolalarga qo'llash mumkin emas.
Simptomlari: nojo'ya samaralarning yaqqolligini kuchayishi kuzatiladi. 

Davolash: simptomatik. Sildenafil va uning metabolitlarini plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi yuqori bo'lganligi sababli dializ samarasiz.

Jenagra ayollarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Jenagra tabletkalari 50 mg N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Jenagra tabletkalari 50 mg N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Jenagra tabletkalari 50 mg N4 dori vositasi Avantika Medex Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Jenagra tabletkalari 50 mg N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Jenagra tabletkalari 50 mg N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
Jenagra tabletkalari 100 mg N4
MED AGRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: WINTECH PHARMACEUTICAL
  • Vakil: Medlife Pharm
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
XOTGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Narh: 9 296 so'mdan Batafsil
XOTGRA 50 tabletkalari 50mg N4
Narh: 6 496 so'mdan Batafsil
PENOGRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Maxtar Bio-Genics
  • Vakil: GANGA PHARMA LLC
VIKTAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
  • Vakil: Rhydburg
ADJIGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
SILADEF 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Marham Daru Company»
  • Vakil: Pharm Heres
NIJAGARA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафила цитрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
ABRA 100 tabletkalari 100mg N4
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TELKOR tabletkalari 40 mg N30
SUPER DEN I NOCH tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
RANIT tabletkalari 150 mg N100
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
M-GIL tabletkalari 250 mg N20
Jenagra tabletkalari 100 mg N4
GEPA-L granulalari 5 g N30
Narh: 445 000 so'mdan Batafsil
Avisil granulalari 100 mg N30
KANDIVAG tabletkalari N8
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9