anaerob mikroorganizmlar va/yoki oddiylar bilan uyushgan holda sezuvchan grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan aralash bakterial infektsiyalar;
- qorin bo'shlig'i va safro chiqaruvchi yo'llar (pielonefrit), pastki siydik chiqaruvchi yo'llar (tsistit, uretrit), jinsiy va kichik tos sohasi a'zolarining (endometrit, salpingit, ooforit, tservisit, parametrit, prostatit, kolpit, orxit, epididimit) infektsiya-yallig'lanish kasalliklari.
Batafsil
|
Препаратга сезгир қўзғатувчилар (микроорганизм ва бир ҳужайралилар) чақирган қуйидаги аралаш инфекцияларни даволаш учун қўлланади:
- сийдик-таносил тизимининг касалликлари: ўткир ва сурункали пиелонефрит, простатит, цистит, эпидидимит, сийдик чиқариш йўлларининг асоратли ёки қайталанувчи инфекциялари;
- пенициллинга чидамли гонококклар, хламидиялар, трихомонадалар ва бошқа микроорганизмлар чақирган жинсий йўл орқали юқадиган касалликлар;
- нафас йўлларининг, Наеmophilus influenzae ёки бошқа грамманфий қўзғатувчилар, шунингдек тилларанг стафилококк, ичак таёқчаси, клебсиелла, энтеробактериялар, протей, Рseudomonas, легионела, стафилококклар чақирган ўткир, сурункали ва қайталанувчи инфекциялари (бронхитлар, пневмония);
- қорин бўшлиғи аъзолари ва ўт йўлларининг инфекциялари, шунингдек амебиаз – амебали дизентерия, унинг ичакдан ташқари шакллари, айниқса амёбали жигар абсцесси; лямблиоз, қорин тифи, сальмонеллез, шигелез;
- қулоқ, томоқ ва буруннинг сурункали ва қайталувчи инфекцияларида, агар улар грамманфий қўзғатувчилар (шу жумладан Рseudomonas) ёки стафилококк томонидан чақирилган бўлса;
- оғиз бўшлиғининг инфекциялари, ўткир некротик ярали гингивит;
- тери ва юмшоқ тўқималарнинг инфекциялари;
- суяклар ва бўғимларнинг инфекциялари;
- иммунитет танқислиги ёки нейтропенияси бўлган беморларда инфекцион асоратларни олдини олиш;
- жарроҳлик инфекцияларини, айниқса гастроэнтерологиядаги инфекцияларни, операциядан олдинги олдини олиш ёки операциядан кейинги даволаш;
- гинекологик касалликларда қўлланади.
Batafsil
|
Preparatga sezgir qo'zg'atuvchilar (mikroorganizm va bir hujayralilar) chaqirgan aralash infektsiyalarni davolashda:
-siydik-jinsiy tizimining kasalliklari: o'tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, tsistit, epididimit, siydik yo'llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari;
-penisillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar chaqirgan jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar;
-Naemophilus influenzae yoki boshqa grammanfiy qo'zg'atuvchilar, shuningdek tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, Klebsiella, enterobakteriyalar, protey, Rseudomonas, legionela, stafilokokklar chaqirgan nafas yo'llarining o'tkir, surunkali va qaytalanuvchi infektsiyalari (bronxitlar, pnevmoniya);
-qorin bo'shlig'i a'zolari va o't-safro yo'llarining infektsiyalari, shuningdek amyobiaz – amyoba chaqirgan dizenteriya, uning ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa amyobali jigar abssessi; lyamblioz, qorin tifi, salmonellyoz, shigelyoz;
-quloq, tomoq va burunning surunkali va qaytalovchi infektsiyalarida, agarda ular grammanfiy qo'zg'atuvchilar (shu jumladan Rseudomonas) yoki stafilokokk tomonidan chaqirilgan bo'lsa;
-og'iz bo'shlig'ining infektsiyalari, o'tkir nekrotik yarali gingivit;
-teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;
-suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari;
-immuntanqisligi yoki neytropeniyasi bo'lgan bemorlarda infektsion asoratlarni oldini olish;
-jarrohlik infektsiyalarini, ayniqsa gastroenterologiyada, operasiyadan oldingi oldini olish yoki operasiyadan keyingi davolash;
-ginekologik kasalliklar.
Batafsil
|
|
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, ishtahaning pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, meteorizm, qorindagi og'riq, "jigar" transminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, xolestatik sariq kasal soxta membranoz kolit, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining quruqligi, kolit (jumladan gemorragik), gepatit.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, asabiylik, haraktlarda ishonchsizlik, tremor, tirishishlar, oyoq-qo'llarning uvishishi va paresteziyasi, jadal tush Ko'rishlar, "dahshatli" tush Ko'rishlar, havotirlik, qo'zg'algan holat, fobiyalar, depressiya, ongning chalkashligi, gallyusinasiyalar, bosh suyagi ichi bosimini oshishi, uyqusizlik, asabiylik, uyquchanlik, epileptik tutqanoqlar, ekstrapiramid buzilishlar, siusidga moyillik bilan ruhiy reaktsiyalar, Sensov yoki sensor motor periferik neyropatiya, harakat koordinasiyasining buzilishi, ongning vaqtinchalik yo'qotilishi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: tendinit, mialgiyalar, artralgiyalar, tendosinovit, paylarning uzilishi, oyoq-qo'llardagi og'riq, mushaklar rigidligi, rabdomioliz, mushaklar zaifligi.
Sezish a'zolari tomonidan: rang qabul qilishning buzilishi, diplopiya, ta'm bilishning buzilishi, ta'm bilish hissiyotlarining buzilishi, hid bilishning, eshitishning va muvozanatning buzilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, ABning ortishi yoki pasayishi, kollaps, QT oraliqning uzayishi, qorinchali aritmiya, jumladan "piruet" turidagi taxisistolik qorinchali aritmiya.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, allergik pnevmonit, allergik nefrit, eozinofiliya, bezgak, angionevrotik shish, bronxospazm; multishaklli ekssudativ eritema (jumladan Stivens-Djonson sindromi) va toksik epidermal nekroliz (Leyell sindromi), fotosensibilizasiya, vaskulit, anafilaktik shok, ayollarda tashqi jinsiy a'zolarning qichishishi.
Teri qatlamlari tomonidan: nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), bullez gemorragik dermatit, tomirlar shikastlanganligi haqida dalolat beruvchi qatlamli papulez toshma (vaskulit).
Qon hosil qilish a'zolari tomonidan: leykopeniya, agranulositoz, anemiya (jumladan, aplastik va gemolitik), trombositopeniya, pantsitopeniya.
Siydik ajratib chiqarish tizimi tomonidan: o'tkir interstisial nefrit, buyraklar faoliyatining buzilishi, giperkreatininemiya, mochevina kontsentrasiyasining oshishi, dizuriya, siydikning tutilishi, o'tkir buyrak etishmovchiligi.
Boshqalar: ichak disbakteriozi, superinfektsiya, gipoglikemiya (qandli diabeti bo'lgan bemorlarda), vaginit, ko'krakdagi og'riq, charchoqlilik, asteniya, umumiy holsizlik, fotosensibilizasiya, bachadondan ajratmalar, burundan qon ketishi, chanqash, tana vazning pasayishi, faringit, rinit, quruq yo'tal, porfiriyaning o'tkir huruji (porfiriyasi bo'lgan pasientlarda).
Batafsil
|
Меъда-ичак тизими томонидан: оғизда металл таъми ва оғизни қуриши, кўнгил айниши, қоринда оғирлик ва оғриқ, иштаҳани йўқолиши, диарея, қусиш;
Марказий нерв тизими томонидан: уйқучанлик, бош оғриғи, бош айланиши, тремор, ригидлик, ҳаракатлар координациясини бузилиши, вақтинчалик ҳушни йўқотиш, чарчоқлик, атаксия, тиришишлар, онгни чалкашиши, сенсор ёки аралаш периферик нейропатия белгилари;
Қон яратиш тизими томонидан: жуда кам ҳолларда лейкоцитлар, эритроцитлар ва/ёки қон пластинкалари сонини камайиши (лейкопения, агранулоцитоз, тромбоцитопения, анемия, панцитопения) кузатилади.
Юрак-қон томир тизими томонидан: гипотензия, тахикардия;
Бошқалар: қонда креатининнинг даражасини ошиши, жигар ферментлари, билирубиннинг фаоллигини ошиши, артралгия, миалгия;
Аллергик реакциялар: тери тошмаси, қичишиши, фотосенсибилизация, Квинке шиши, кўп шаклли эритема;
Бошқа ножўя таъсирлари: гипогликемик дори воситаларини қабул қилаётган, қандли диабет билан хасталанган беморларда гипогликемия бўлиши мумкин.
Batafsil
|
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: og'izda metall ta'mi va og'izni qurishi, ko'ngil aynishi, qorinda og'irlik va og'riq, ishtaha yo'qolishi, diareya, qusish;
Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tremor, rigidlik, harakat koordinasiyasini buzilishi, vaqtinchalik hushdan ketish, charchoqlik, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari;
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam leykositlar, eritrositlar va/yoki qon plastinkalari sonini kamayishi kuzatiladi (leykopeniya, agranulositoz, anemiya, trombositopeniya, pantsitopeniya);
Yurak-tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, taxikardiya;
Boshqalar: qonda kreatinin darajasini ko'tarilishi, jigar fermentlari, bilirubin faolligini oshishi, artralgiya, mialgiya;
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizasiya, Kvinke shishi, ko'p shaklli eritema;
Boshqa nojo'ya ta'sirlari: gipoglikemik dori vositalarini qabul qilayotgan qandli diabeti bo'lgan bemorlarda gipoglikemiya.
Batafsil
|