×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMIZOLID tabletkalari 600mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Линезолид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармасинтез, ОАО
Vakil:
- Farmasintez
ATX kodi:
- J01XX08
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

EKSAGIN tabletkalari N7 Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co. Turkiya
89 600 s`om dan
BISEPTOL suspenziya 80ml 240mg/5ml Medana Pharma S.A. Polsha
25 200 s`om dan
OKVINOV infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml VMG Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
TAVANIK tabletkalari 500mg N5 Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Infuziya uchun eritma 2 mg/ml.100 ml, 200 ml, 300 ml dan qalpoqchasi bo'lgan yoki qalpoqchasi bo'lmagan polietilen butilkalarda. 1 butilka tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton yoki xrom-erzas qutilarda.

Har bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: linezolid – 2,0 mg; 

yordamchi moddalar: dekstroz monogidrati – 55,0 mg (50,0 mg dekstrozaga to'g'ri keladi), limon kislotasi – 0,75 mg, natri tsitrati digidrati – 1,8 mg, in'ektsiya uchun suv – 

1 ml gacha. 

Nazariy osmolyarligi: 295 mosm/l.

Linezolid, sintetik antibakterial preparat bo'lib, in vitro sharoitida aerob grammusbat bakteriyalar, ayrim grammanfiy bakteriyalar va anaerob mikroorganizmlarga nisbatan faol bo'lgan, mikroblarga qarshi vositalarning yangi sinfi oksazolidinonlarga kiradi. Linezolid bakteriyalardagi oqsil sintezini selektiv ingibitsiya qiladi. Bakteriyalardagi ribosomalar bilan bog'lanishi hisobiga u oqsil sintezida translyasiya jarayonining muhim komponenti hisoblangan, funktsional inisiasiya qiluvchi 70S kompleksini hosil bo'lishini bartaraf qiladi. 

Sezuvchanlik 

Preparat in vitro va in vivo sharoitlarida faol. 

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium (shu jumladan, vankomisinga rezistent shtammlari), Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga rezistent shtammlari), Streptococcus agalactiae, Streptococcus rpeimopіae (shu jumladan polirezistent shtammlari), Streptococcus pyogenes.

Preparat in vitro sharoitida faol.

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis (shu jumladan vankomisinga rezistent shtammlari), Enterococcus faecium (vankomisinga sezuvchan shtammlari), Staphylococcus epidermidis (shu jumladan metisillinga rezistent shtammlari), Staphylococcus haemolyticus, Viridans guruhi Streptococcus spp. 

Grammanfiy aeroblar: Pasteurella multocida

Linezolidga rezistent mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Neisseria spp., Enterobacteriaceae spp., Pseudomonas spp.

Rezistentligi 

Linezolidning ta'sir mexanizmi boshqa sinflarga mansub bo'lgan mikroblarga qarshi preparatlar (masalan, aminoglikozidlar, beta-laktamlar, folat kislotasining antagonistlari, glikopeptidlar, linkozamidlar, xinolonlar, rifamisinlar, streptograminlar, tetrasiklinlar va Xloramfenikol) ning ta'sir mexanizmidan farqlanadi, shuning uchun linezolid va ushbu preparatlar o'rtasida kechishgan rezistentlik mavjud emas. Linezodlid ushbu preparatlarga ham sezgir, ham rezistent bo'lgan patogen mikroorganizmlarga nisbatan faoldir. Linezolidga nisbatan rezistentlik 23S ribosomal RNK ni ko'p bosqichli mutasiyasi orqali asta-sekin rivojlanadi va 1 × 10-9 – 

1 × 10-11 chastota bilan asalga oshadi.

So'rilishi. Linezolid 600 mg dozada kuniga ikki marta vena ichiga yuborilganidan so'ng muvozanat holatida qon plazmasidagi linezolidning o'rtacha maksimal kontsentrasiyasi (Cmax) va o'rtacha minimal kontsentrasiyasi muvofiq ravishda 15,1 mg/l va 3,68 mg/l ga teng bo'lgan. Linezolid qonda muvozanat kontsentrasiyasiga preparat yuborilganidan so'ng 

2 kuniga kelib erishadi. 

Taqsimlanishi. Muvozanat kontsentrasiyasiga erishilganida linezolidning taqsimlanish hajmi sog'lom katta odamda o'rtacha 40-50 l ni tashkil etadi, bu organizmdagi umumiy suv miqdoriga taxminan teng. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 31% ni tashkil etadi va linezolidning qondagi kontsentrasiyasiga bog'liq emas. 

Metabolizmi. In vitro sharoitida tsitoxrom R450 izofermentlari linezolidning metabolizmida ishtirok etmaydilar. Linezolid tsitoxrom R450 tizimining klinik jihatdan ahamiyatli izofermentlari (1A2, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1, 3A4) ni ingibitsiya qilmaydi va kuchaytirmaydi. 

Metabolik oksidlanishi ikkita nofaol metabolatlari – gidroksietilglisin (odamdagi asosiy metabolit, nofermentativ jarayon natijasida hosil bo'ladi) va aminoetoksisirka kislotasi (kamroq miqdorlarda hosil bo'ladi) ni hosil bo'lishiga olib keladi. Shuningdek boshqa nofaol metabolitlari qayd etilgan. 

Chiqarilishi. Buyrakdan tashqari klirensi linezolidning klirensini taxminan 65% ni tashkil etadi. Linezolidning dozasi oshirilishi bilan katta bo'lmagan noproportsional klirens darajasi kuzatiladi. Bu holat linezolidning dozasi yuqori bo'lganida buyrak va buyrakdan tashqari klirensini pasayishi bilan tushuntirilishi mumkin. Biroq klirensdagi farqlar katta emas va taxminiy yarim chiqarilish davriga ta'sir qilmaydi. 

Linezolid buyrak funktsiyasi normal bo'lgan pasientlarda va engil hamda o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligida buyraklar orqali gidroksietilglisin (40%), aminoetoksisirka kislotasi (10%) ko'rinishida va o'zgarmagan ko'rinishda (30-35%) chiqariladi. Ichak orqali gidroksietilglisin (6%), aminoetoksisirka kislotasi (3%) ko'rinishida chiqariladi. 

Linezolid o'zgarmagan ko'rinishda ichak orqali deyarli chiqarilmaydi. 

Linezolidning yarim chiqarilish davri o'rtacha 5-7 soatni tashkil etadi. 

Pasientlarning ayrim guruhlarida farmakokinetikasi 

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar. Og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo'lgan pasientlarga 600 mg preparat bir marta yuborilganidan so'ng ikkita asosiy metabolitlarining kontsentrasiyasi 7-8 barobar oshgan. Biroq dastlabki preparatning "kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydoni (AUC) ni oshishi kuzatilmagan. Shunga qaramay, gemodializ muolajasi vaqtida asosiy metabolitlarining ayrim miqdori chiqarilgan, 600 mg linezolid qabul qilinganidan va dializ muolajasi o'tkazilganidan so'ng ularning qon plazmasidagi kontsentrasiyasi og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda, buyrak funktsiyasi normal, engil yoki o'rtacha og'irlik darajasidagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarning qon plazmasidagi kontsentrasiyasidan ahamiyatli darajada yuqori bo'lib qolgan. 

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar. Engil va o'rtacha og'irlik darajasidagi jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va V sinflar) bo'lgan pasientlarda linezolidning va ikki asosiy metabolitlarining farmakokinetikasini o'zgarmasligi yuzasidan cheklangan ma'lumotlar mavjud. Og'ir darajada jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinf) bo'lgan pasientlarda linezolidning farmakokinetikasi o'rganilmagan. Biroq, linezolid nofermentativ yo'l bilan metabolizmga uchraganligi tufayli, u holda jigar etishmovchiligida uning metabolizmini ahamiyatli darajada buzilishi kutilmaydi. 

Bolalar va o'smirlar. O'smirlarda (12-17 yosh) 600 mg dozada qabul qilingan linezolidning farmakokinetikasi katalardagi kinetikasidan farqlanmagan. Shunday qilib, linezolid o'smirlarga 600 mg dan har 12 soatda buyurilganida preparatning kontsentrasiyasi, preparat kattalarga aynan shunday dozalarda buyurilganda kuzatiladigan kontsentrasiya bilan bir xil bo'ladi. 

1 haftalikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda linezolidni 1 kg tana vazniga 10 mg/kg dozada har 8 soatda har kuni qo'llash, kattalarda linezolid 600 mg dan kuniga ikki marta qo'llanganida kuzatiladigan ekspozisiyaga erishish imkonini beradi. 

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda linezolidning tizimli klirensi bola hayotining birinchi haftasi davomida oshib boradi (1 kg tana vazniga hisoblanganda). Shunday qilib, 10 mg/kg dan har 8 soatda buyurilganida linezolidning maksimal ekspozisiyasiga bola hayotining birinchi sutkasida tug'ilgandan so'ng birinchi kunida tezroq erishiladi. Biroq preparatni shunday buyurish sxemasida qabul qilishni dastlabki haftasida preparatni haddan tashqari to'planishi, klirensini tezda oshishi tufayli, baribir amalga oshmaydi. 

Keksalar. 65 yosh va undan katta keksa pasientlarda linezolidning farmakokinetikasi ahamiyatli darajada o'zgarmaydi. 

Ayollar. Ayollarda preparatni taqsimlanish hajmi erkaklardagiga nisbatan biroz pastroq bo'ladi; ularda shuningdek tana vazniga hisoblanganda o'rtacha klirensi 20% ga pasaygan bo'ladi. Preparatning qon plazmasidagi kontsentrasiyasi ayollarda erkaklarga nisbatan yuqori bo'ladi, bu holat tana vaznidagi farqlar bilan tushuntirilishi mumkin. Biroq, erkaklarda va ayollarda linezolidning yarim chiqarilish davri farqlanmasligi tufayli, ayollar qonida preparatning kontsentrasiyasini o'zlashtirila olinadigan qiymatdan oshishini kutishga asos yo'q, demak dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Quyida keltirilgan nojo'ya samaralarni uchrash tezligi quyidagi (Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tasnifi) ga muvofiq belgilangan: juda tez-tez (1/10), tez-tez (1/100 - 1/10), tez-tez emas (1/1000 - 1/100), kam hollarda (1/10000 - 1/1000), juda kam hollarda (1/10000), uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida rivojlanish tezligini baholash mumkin emas). 

Linezolidni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan noxush ko'rinishlar odatda engil yoki o'rtacha og'irlik darajasida bo'ladilar. Boshqalarga nisbatan bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish ko'proq kuzatiladi. Katta yoshdagi pasientlar 

Infektsion va parazitar kasalliklar: tez-tez – kandidoz (shu jumladan og'iz bo'shlig'i kandidozi, vaginal kandidoz), zamburug'lik infektsiyalar; tez-tez emas – vaginit; kam hollarda – antibiotiklarni qo'llash oqibatida yuzaga kelgan kolit (shu jumladan soxta membranoz kolit). 

Kon va limfa tizimlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – anemiya; tez-tez emas – leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya, eozinofiliya; kam hollarda – pantsitopeniya; uchrash tezligi noma'lum – mielosupressiya, sideroblast anemiya. 

Immun tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar: uchrash tezligi noma'lum – anafilaksiya. 

Moddalar almashinuvchi va og'iqlanish tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – giponatriemiya; uchrash tezligi noma'lum – laktoasidoz. 

Ruhiyatni buzilishlari: tez-tez – uyqusizlik. 

Nerv tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – bosh og'rig'i, ta'm bilishni buzilishi (og'izda "metall" ta'mi), bosh aylanishi; tez-tez emas – tirishishlar, giposteziya, paresteziya; uchrash tezligi noma'lum – serotonin sindromi, periferik neyropatiya. 

Ko'rish a'zolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – ko'rishni xiralashishi; kam hollarda – ko'rish maydonida nuqsonlarni paydo bo'lishi; uchrash tezligi noma'lum – ko'ruv nervini neyropatiyasi, ko'ruv nervi nevriti, ko'rishni yo'qolishi, ko'rish o'tkirligini o'zgarishi, rang ajratish faoliyatini o'zgarishi. 

Eshitish a'zolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar va labirint buzilishlari: tez-tez emas – quloqlarda shovqin. 

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – arterial bosimni oshishi; tez-tez emas – aritmiya (taxikardiya), trazitor ishemik huruj, flebit, tromboflebit. 

Me'da-ichak yo'llari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qorin sohasida mahalliy yoki diffuz og'riq, qabziyat, dispepsiya; tez-tez emas – pankreatit, gastrit, qorinni dam bo'lishi, og'izni qurishi, glossit, suyuq axlat kelishi, stomatit, tilning shilliq qavati rangini o'zgarishi va holatni boshqa buzilishlari; kam hollarda – tishlar emali rangini yuzaki o'zgarishi. 

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – jigarning funktsional sinamalari natijalarini o'zgarishi, "jigar" transaminazalari (shu jumladan, alaninaminotransferaza, (Alt), aspartataminotransferaza (ast), ishqoriy fosfataza (IF)) ning faolligini oshishi; tez-tez – umumiy bilirubinning kontsentrasiyasini oshishi. 

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – qichishish, toshma; tez-tez emas – eshakemi, dermatit, kuchli terlash; uchrash tezligi noma'lum – terini bullyoz shikastlanishlari (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabilar), angionevrotik shish, alopesiya. 

Buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – qonda mochevinaning kontsentrasiyasini oshishi; tez-tez emas – buyrak etishmovchiligi, qon plazmasida kreatininning kontsentrasiyasini oshishi, poliuriya. 

Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – qin va vulva tomonidan buzilishlar. 

Umumiy buzilishlar va yuborilgan sohadagi buzilishlar: tez-tez – isitma, mahalliy og'riq; tez-tez emas – et uvishishi, holsizlik, chanqoqlik; yuborilgan sohada og'riq (infuziya uchun eritmaga taalluqli). 

Laborator ko'rsatkichlar: tez-tez – neytrofillar, eozinofillarning miqdorini oshishi, gemoglobin, gematokrit yoki eritrositlarning miqdorini pasayishi, trombositlar yoki leykositlarning miqdorini oshishi yoki pasayishi, laktatdegidrogenaza, kreatinkinaza, lipaza, amilazalarning faolligin oshishi, och qoringa glyukozaning kontsentrasiyasini oshishi, umumiy oqsil, albumin, natriy yoki kaltsiyning miqdorini kamayishi, kaliy yoki gidrokarbonatlarning kontsentrasiyasini kamayishi; tez-tez emas – qon plazmasida natriy yoki kaltsiyning miqdorini oshishi, to'q qoringa glyukozaning kontsentrasiyasini pasayishi, qonda xloridlarning kontsentrasiyasini oshishi yoki pasayishi, retikulositlarning miqdorini oshishi, neytrofillarning miqdorini pasayishi. 

Linezolid qo'llanganida kam holatlarda quyidagi nojo'ya samaralar: qorin sohasida mahalliy og'riq, tranzitor ishemik huruj, arterial gipertenziya jiddiy toifaga kiritilgan. 

Linezolid eng ko'pi bilan 28 kun davomida qo'llanilgan nazoratli klinik tadqiqotlarda, faqatgina 2% pasientlarda anemiya rivojlangan. Boshqa tadqiqotda hayot uchun havfli infektsiyalar bo'lgan pasientlar o'rtasida, anemiya linezolid 28 kundan kam vaqt davomida qo'llanilgan 2,5 % (33/1326) pasientlarda rivojlangan, ayni vaqtda linezolid 28 kundan ko'p vaqt davomida qo'llanilganida anemiya 12,3 % (53/430) pasientlarda rivojlangan. 

Qon quyish talab etilgan anemiyani rivojlanish holatlari nisbati linezolid 28 kundan kam vaqt davomida qo'llanilgan pasientlar o'rtasida 9 % (3/33) ni tashkil etgan va linezolid 28 kundan ko'p vaqt davomida qo'llanilgan holatlarda 15 % (8/53) ni tashkil etgan. 

Bolalardagi nojo'ya samaralar katta yoshdagi pasientlardagi nojo'ya samaralardan farqlanmaydilar.

Ochiq klinik tadqiqotda qon-tomir ichiga o'rnatilgan kateter bilan assosiasiyalangan infektsiyalari bo'lgan og'ir pasientlar o'rtasida linezolid qabul qilgan pasientlarda o'lim ko'rsatkichini, vankomisin/ dikloksasilin/ oksasillin qabul qilgan pasientlardagiga nisbatan oshishi kuzatilgan [58/363 (16,0 %) ga qarshi 78/363 (21,5 %)]. O'limga ta'sir qiluvchi asosiy omil boshlang'ich bosqichda grammusbat infektsiya qo'zg'atuvchisi bo'lgan. 

O'lim ko'rsatkichi infektsiya faqat grammusbat mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan pasientlar o'rtasida o'xshash bo'lgan, ammo boshqa mikroorganizmlar ham aniqlanganida, yoki boshlang'ich bosqichida ularni aniqlash imkoni bo'lmaganida, linezolid guruhida ancha yuqori bo'lgan. Eng katta disbalans davolanish vaqtida va antibiotiklar bilan davolash tugaganidan so'ng 7 kun davomida kuzatilgan. Linezolid guruhidagi ko'pgina pasientlarda tekshiruv vaqtida grammanfiy mikroorganizmlar aniqlangan, va ular grammanfiy mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyadan yoki polimikrob infektsiyadan nobud bo'lganlar. Shunday qilib, teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infektsiyalarida linezolidni grammanfiy mikroorganizmlarning ko-infektsiyasi ma'lum bo'lgan yoki ehtimoli bo'lgan pasientlarda, va faqat muqobil davolash variantlari bo'lmaganida ishlatish kerak. Bunday holatlarda grammanfiy mikrofloraga ta'sir qiluvchi preparatlarni bir vaqtda qo'shimcha ravishda qo'llash ko'rsatilgan. 

Linezolid qabul qilayotgan ayrim pasientlarda davolash davomiyligiga bog'liq bo'lgan orqaga qaytuvchan mielosupressiya (anemiya, trombositopeniya, leykopeniya va pantsitopeniya bilan kechuvchi) rivojlanishi mumkin. Keksa yoshdagi pasientlarda ham bunday holatni rivojlanish havfi oshgan bo'ladi. Trombositopeniya ko'pincha, pasientda gemodializ muolajasini o'tkazishdan qat'iy nazar, og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda rivojlangan. Shu sababli, davolanish jarayonida qon ketishini rivojlanish havfi yuqori bo'lgan, anamnezida mielosupressiyasi bo'lgan pasientlarda, shuningdek gemoglobinni yoki trombositlarning miqdorini va ularning funktsional hususiyatlarini pasaytiruvchi preparatlar bir vaqtda qo'llanganida, og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda, shuningdek linezolidni 2 haftadan ortiq qabul qilayotgan pasientlarda qonning ko'rsatkichlarini monitoringini o'tkazish kerak. Linezolid bunday pasientlarda, gemoglobin, leykositlar va trombositlarning miqdorini sinchkov monitoringini o'tkazish mumkin bo'lgan holatdagina qo'llanadi. Agar linezolid bilan davolanish vaqtida yaqqol ifodalangan mielosupressiya rivojlansa, agar faqat davolashni davom ettirish mutloq zarur deb hisoblanmasa, davolash to'xtatilishi kerak. Bunday holatda qonning ko'rsatkichlarini jadal monitoringini va muvofiq davolash o'tkazish kerak. Bundan tashqari, linezolid qabul qilayotgan pasientlarda, qon tahlilini dastlabki ko'rsatkichlaridan qat'iy nazar, qon tahlilini (shu jumladan, gemoglobin, trombositlar va leykositlarning miqdori (leykositar formulani hisoblash bilan birga)) o'tkazish tavsiya etiladi. Og'ir anemiyani yanada yuqori rivojlanish tezligi linezolidni 28 kundan ortiq tavsiya etilgan maksimal davolash davomiyligida qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan. Bunday pasientlarga ko'pincha qon quyish talab etilgan. Sideroblast anemiyani rivojlanish holatlari ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi davrda qayd etilgan. Ko'pgina holatlarda linezolid bilan davolash davomiyligi 28 kundan ortgan. Ko'pgina pasientlarda anemiyaning ko'rinishlari, anemiyani spesifik davolash o'tkazish bilan/ davolashsiz, lenizolid bilan davolash to'xtatilganidan keyin butunlay yoki qisman orqaga qaytgan. Antibakterial preparatlar jumladan linezolidni qabul qilayotgan pasientlarda, turli og'irlik darajasidagi soxta membranoz kolitni rivojlanish havfini inobatga olish kerak. Clostridium difficile bilan bog'liq bo'lgan diareya holatlari xaqida xabarlar, deyarli barcha antibakterial preparatlar, jumladan linezolid qo'llanganida xabar berilgan. Diareyaning og'irligi engildan og'ir darajagacha o'zgarishi mumkin. Antibakterial preparatlar bilan davolash ichakning normal mikroflorasini izdan chiqaradi, bu holat Clostridium difficile ni haddan tashqari o'sishiga olib keladi. Clostridium difficile A va V toksinlarini ishlab chiqaradi, ular Clostridium difficile bilan bog'liq bo'lgan diareyani rivojlanishiga olib keladi. Clostridium difficile shtammlari tomonidan ishlab chiqariladigan toksinlarni haddan tashqari miqdori pasientlar o'rtasida o'limni yuzaga kelishini oshirishi mumkin, chunki bunday infektsiyalar mikroblarga qarshi davolashga chidamli bo'lishi mumkin, shuningdek kolonektomiya talab etilishi mumkin. Ichakning harakatini tormozlovchi dori vositalarni qo'llash mumkin emas. Clostridium difficile bilan bog'liq diareyani rivojlanish ehtimoli antibiotiklar qo'llanilgan barcha diareya bo'lgan bemorlarda ko'rib chiqilishi kerak. Antibiotik preparatlar yuborilganidan so'ng Clostridium difficile bilan bog'liq diareyani boshdan kechirgan pasientlar 2 oy davomida sinchkov tibbiy kuzatuvda bo'lishlari kerak. Ko'rish o'tkirligini o'zgarishi, rang ajratish qobiliyatini o'zgarishi, ko'rishni xiralashishi, ko'rish maydoni nuqsonlari kabi ko'rish funktsiyasini yomonlashish simptomlari paydo bo'lganida zudlik bilan oftalmologga maslahatlashish uchun murojaat qilish kerak. Linezolidni uzoq vaqt (28 kundan ortiq) davomida qabul qilayotgan barcha pasientlarda, shuningdek davolash davomiyligidan qat'iy nazar ko'rish funktsiyasini buzilish simptomlari qayta paydo bo'lgan barcha pasientlarda ko'ruv funktsiyasini monitoringini o'tkazish kerak. 

Periferik neyropatiya va ko'ruv nervi neyropatiyasi rivojlanganida, ushbu pasientlarda linezolid bilan davolashni davom ettirish havf/foyda nisbatini baholash kerak. Agar linezolid ayni vaqtda tuberkulyozni davolash uchun mo'ljallangan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan pasientlarda qo'llanilsa, neyropatiyani rivojlanish havfi yuqori bo'ladi. 

Linezolidni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan laktoasidoz xaqida xabar berilgan. Linezolidni qabul qilish fonida takroriy ko'ngil aynishi yoki qusish, qorinda og'riq, tushuntirib bo'lmaydigan asidoz kuzatilgan yoki gidrokarbonat-anionlarining kontsentrasiyasini pasayishi kuzatilgan pasientlar shifokor tomonidan sinchkov kuzatuv ostida bo'lishi talab etiladi. 

Linezolid mitoxondriy oqsillari sintezini ingibitsiya qiladi. Ushbu tormozlanish natijasida laktoasidoz, anemiya va neyropatiya (periferik yoki ko'ruv nervi neyropatiyasi) kabi nojo'ya samaralar rivojlanishi mumkin; ushbu samaralar, preparat 28 kundan ortiq vaqt davomida qo'llanilsa, yanada tarqoq hisoblanadilar. 

Linezolid qabul qilgan pasientlarda tirishishlar rivojlanganligi xaqida xabar berilgan, bunda ko'pgina holatlarda anamnezida tirishishlarga ko'rsatmalar yoki ularni rivojlanishiga olib keluvchi havf omillari bo'lgan. Pasientlarda ilgari tirishish hurujlari kuzatilganligi xaqida batafsil anamnez yig'ish lozim. 

Preparatni serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari bilan birga qo'llash zarurati bo'lganida, kognitiv funktsiyani buzilishi, giperpireksiya, giperrefleksiya va harakatlar koordinasiyasini buzilishi kabi serotonin sindromining belgilari va simptomlarini aniqlash maqsadida pasientlarni doimiy ravishda kuzatish kerak bo'ladi. Shunday simptomlar paydo bo'lganida qo'llanayotgan bir yoki har ikkala preparatni bekor qilish kerak. Serotoninergik vositalarni qabul qilish to'xtatilganida "bekor qilish" sindromining simptomlari kuzatilishi mumkin. 

Linezolid qo'llanganida tish emalining rangini orqaga qaytar yuzaki o'zgarish holatlari xaqida xabarlar tushgan. Rangini bunday o'zgarishlar mutaxassis tomonidan tishlarni tozalash orqali bartaraf qilingani. 

Qandli diabet bilan xastalangan, insulin yoki gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda linezolid qabul qilgan pasientlarda simptomatik gipoglikemiya rivojlanganligi xaqida xabarlar tushgan. Linezolidni qabul qilish va gipoglikemiyani rivojlanishi o'rtasida sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan bo'lsa-da, qandli diabet bilan xastalangan pasientlarni, gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligi xaqida ogohlantirish kerak. Gipoglikemiya rivojlanganida insulin/gipoglikemik preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish yoki linezolidni bekor qilish kerak. 

Pasientlarga, tarkibida tiramin saqlovchi ozuqa muhsulotlari (qizil vino, eski pishloq, ayrim alkogolli ichimliklar, dudlangan go'sht kabilar) ni katta miqdorlarda qabul qilishdan saqlanishni tavsiya etish kerak. 

Odam organizmining normal mikroflorasiga linezolidni qo'llash samarasini o'rganish yuzasidan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan. 

Antibakterial preparatlarni qo'llash ba'zida unga sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarni kuchli o'sishiga olib kelishi mumkin. Klinik tadqiqotlarda, linezolidning tavsiya etilgan dozalarini qabul qilgan taxminan 3% pasientlarda antibiotiklarni qabul qilish bilan assosiasiyalangan kandidoz rivojlanganligi ko'rsatilgan. Linezolidni qabul qilish fonida superinfektsiya rivojlanganida muvofiq tibbiy davolash choralarini ko'rish kerak. 

Klinik tadqiqotlar 

Linezolidni 28 kundan ortiq vaqt davomida qo'llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. 

Nazoratli klinik tadqiqotlarda "diabetik oyoq kafti" sindromi, yotoq yaralari yoki ishemik buzilishlari, og'ir daradagi kuyishlar yoki gangrenali shikastlanishlari bo'lgan pasientlarda ishtirok etmaganlar. Shunday qilib, ushbu holatlarni davolashda linezolidni qo'llash tajribasi cheklangan. 

Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi 

Homiladorlik 

Homiladorlikda linezolidni qo'llash havfsizligini o'rganish yuzasidan tadqiqotlar o'tkazilmagan, shuning uchun homiladorlikda linezolid preparatini, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan holatdagina qo'llash mumkin. 

Emizish davri 

Linezolid emizadigan ayollarning ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun laktasiya davrida preparatni qo'llash zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish kerak. 

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Linezolid bilan davolanish vaqtida transport vositalari, maxsus texnikani boshqarish yoki havf darajasi yuqori bo'lgan faoliyat, va diqqatni yuqori darajada jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi faoliyat bilan shug'ullanish, bosh aylanishi yoki ko'rishni buzilish simptomlarini rivojlanish ehtimoli borligi tufayli, tavsiya etilmaydi.

Agar infektsion-yallig'lanish kasalliklari linezolidga sezgir aerob va anaerob grammusbat mikroorganizmlar (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi infektsiyalar) tomonidan chaqirilganligi ma'lum bo'lsa yoki shubha qilinsa, quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklarni davolash uchun qo'llanadi: 

Streptococcus rpeimopіae (shu jumladan polirezistent shtammlari), jumladan, bakteriemiya bilan kechuvchi holatlar, yoki Staphylococcus aureus (faqat metisillinga sezgir shtammlari) tomonidan chaqirilgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya; 

Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir va metisillinga rezistent shtammlari) yoki Streptococcus rpeimopіae (shu jumladan polirezistent shtammlari) tomonidan chaqirilgan gospital pnevmoniya; 

Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir va metisillinga rezistent shtammlari), Streptococcus pyogenes yoki Streptococcus agalactiae tomonidan chaqirilgan teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infektsiyalari, shu jumladan osteomielit bilan kechmaydigan diabetik oyoq kafti sindromidagi infektsiyalar; 

Enterococcus faecium tomonidan chaqirilgan, vankomisinga rezistent infektsiyalar, shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi infektsiyalarda qo'llanadi. 

Agar infektsiyani qo'zg'atuvchilari grammanfiy mikroorganizmlar bo'lsa, majmuaviy davolash o'tkazish klinik jihatdan ko'rsatilgan.

Linezolidga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 

Monoaminoksidaza A yoki V ni ingibitsiya qiluvchi preparatlar (masalan, fenelzin, izokarboksazid) bilan linezolidni bir vaqtda qo'llash, yuqorida nomlari keltirilgan preparatlarni qabul qilish to'xtatilganidan so'ng 2 hafta davomida qo'llash. 

Arterial bosimni sinchkov monitoringi bo'lmaganida linezolidni quyidagi holatlarda buyurish mumkin emas: 

nazorat qilib bo'lmaydigan arterial giperteniya, feoxromositoma, tireotoksikoz, karsinoid sindrom, bipolyar buzilishlar, shizoaffektiv buzilishlar va ongni o'tkir chalkashishi holati bo'lgan pasientlarga; 

quyidagi turdagi preparatlar: adrenomimetiklar (masalan, psevdoefedrin, fenilpropanolamin, epinefrin, norepinefrin, dobutamin), dofaminomimetiklar (masalan, dofamin), serotoninni qayta qamrab olinishini ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, 5-nt1 reseptorlarining antagonistlari (triptanlar), meperidin yoki buspironni qabul qilayotgan pasientlarga buyurish mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi, mielosupressiv holatlar, ko'rishni buzilishlari, a'zolar va to'qimalarni ishemik shikastlanishlari, yotoq yaralari, diabetik oyoq kafti, gangrena, jigar etishmovchiligi, anamnezida tirishishlar bo'lganida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. 

Linezolid jadal davolash bo'limlarida venoz kateterlar bilan bog'liq bo'lgan infektsiyalar kabi, hayot uchun havf tug'diruvchi tizimli infektsiyalari bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Infuziya uchun eritmaga boshqa preparatlarni qo'shish ta'qiqlanadi. Agar linezolidni boshqa preparatlar bilan birga yuborish zarur bo'lsa, u holda barcha dori vositalarni alohida holatda, tavsiya etilgan dozalar va yuborish yo'llariga muvofiq ravishda buyurish kerak. 

In'ektsiya uchun linezolid quyidagi preparatlar: amfoterisin V, xlorpromazin, diazepam, pentamidin, fenitoin, eritromisin, ko-trimoksazol (trimetoprim + sulfametoksazol), tseftriakson bilan farmasevtik jihatdan nomutaosibdir. 

Mutanosib infuziya uchun eritmalar: 

5% li in'ektsiya uchun dekstroza eritmasi; 

0,9% li in'ektsiya uchun natriy xloridi eritmasi; 

in'ektsiya uchun Ringer-Lokk eritmasi. 

Davolashni boshlanishida preparat vena ichiga buyurilgan pasientlarni keyinchalik preparatning ichga qabul qilish uchun istalgan dori shakliga o'tkazish mumkin, bunda dozasini tanlash talab etilmaydi, chunki linezolid ichga qabul qilinganida uning Biokiraolishligi deyarli 100% ni tashkil etadi. 

Arterial bosim (AB) ni oshishiga olib keluvchi potentsial o'zaro ta'sirlar 

Pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish va arterial bosimni monitoringini amalga oshirish imkoni bo'lmasa, linezolidni adrenomimetiklar (masalan, psevdoefedrin, fenilpropanolamin, epinefrin, norepinefrin, dobutamin) va dofaminomimetiklar (masalan, dofamin) bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang). 

Potentsial serotoninergik o'zaro ta'sirlar 

Linezolid va serotoninergik preparatlarni bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Bir vaqtda davolash zarurati bo'lganida serotonin sindromi belgilarini o'z vaqtida aniqlash maqsadida pasientlarni sinkovlik bilan kuzatish talab etiladi ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar", "maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang). 

Monoaminooksidagi ingibitorlari 

Linezolid monoaminoksidazaning noselektiv qaytar ingibitori hisoblanadi. Linezolid va monoaminoksidaza ingibitorlarini, linezolid bilan davolashni boshlashdan oldin yoki davolash tugaganidan so'ng kamida 14 kun davomida, bir vaqtda qo'llash, mumkin emas ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar", "maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).

Tsitoxrom R450 fermentlar tizimi orqali metabolizmga uchraydigan preparatlar 

Tsitoxrom R450 izofermentlarini in vitro sharoitida linezolidning metabolizmida ishtirok etmasligi aniqlangan. Linezolid tsitoxrom R450 tizimining klinik jihatdan muhim izofermentlari (1A2, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1, 3A4) ning faolligini ingibitsiya qilmaydi va kuchaytirmaydi. Shunday qilib, linezolid qabul qilinganida CYP450 tomonidan induktsiyalangan o'zaro ta'sir kutilmaydi. Linezolid va CYP2C9 izofermenti tomonidan ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydigan (S)-varfarin bir vaqtda qo'llanganida varfarinning farmakokinetik hususiyatlari o'zgarmaydi. CYP2C9 izofermentining substratlari hisoblangan, varfarin va fenitoin kabi bunday preparatlarni linezolid bilan bir vaqtda, uning dozasiga tuzatish kiritmasdan, qo'llash mumkin. 

Rifampisin linezolidning Cmax va AUC ko'rsatkichlarini muvofiq ravishda o'rtacha 21% va 32% ga pasaytirgan.

Yorug'likdan himoyalangan joyda, 2°С dan 25°С gacha bo'lgan xaroratda saqlansin. 

Muzlatilmasin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati -2 yil. 

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

tiniq, rangsiz yoki jigarrang tusli eritma.

Preparat vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan. Infuziyaning davomiyligi 30-120 minutni tashkil etadi. Dozalash tartibi va davolashning davomiyligi qo'zg'atuvchiga, infektsiyaning og'irligi va lokalizasiyasiga, shuningdek klinik samaadorligiga bog'liq. 

Kattalar va bolalar (12 yosh va undan katta) uchun tavsiya etilgan dozalash tartibi

Ko'rsatmalar (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi infektsiyalar)

Bir martalik doza va yuborishlar soni

Tavsiya etilgan davolash davomiyligi

- Streptococcus rpeimopіae (shu jumladan polirezistent shtammlari), jumladan, bakteriemiya bilan kechuvchi holatlar, yoki Staphylococcus aureus (faqat metisillinga sezgir shtammlari) tomonidan chaqirilgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;

600 mg dan vena ichiga har 12 soatda

10-14 kun

- Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir va metisillinga rezistent shtammlari) yoki Streptococcus rpeimopіae (shu jumladan polirezistent shtammlari) tomonidan chaqirilgan gospital pnevmoniya;

600 mg dan vena ichiga har 12 soatda

10-14 kun

- Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir va metisillinga rezistent shtammlari), Streptococcus pyogenes yoki Streptococcus agalactiae tomonidan chaqirilgan teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infektsiyalari, shu jumladan osteomielit bilan kechmaydigan diabetik oyoq kafti sindromidagi infektsiyalar;

600 mg dan vena ichiga har 12 soatda

10-14 kun

- Enterococcus faecium tomonidan chaqirilgan, vankomisinga rezistent infektsiyalar, shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi infektsiyalar;

600 mg dan vena ichiga har 12 soatda

14-28 kun

Bolalar (yangi tug'ilgan chaqaloqlar* va 12 yoshdan kichik bolalar) uchun tavsiya etilgan dozalash tartibi

Ko'rsatmalar (shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi infektsiyalar)

Bir martalik doza va yuborishlar soni

Tavsiya etilgan davolash davomiyligi

- Streptococcus rpeimopіae (shu jumladan polirezistent shtammlari), jumladan, bakteriemiya bilan kechuvchi holatlar, yoki Staphylococcus aureus (faqat metisillinga sezgir shtammlari) tomonidan chaqirilgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;

10 mg/kg dan vena ichiga har 8 soatda

10-14 kun

- Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir va metisillinga rezistent shtammlari) yoki Streptococcus rpeimopіae (shu jumladan polirezistent shtammlari) tomonidan chaqirilgan gospital pnevmoniya;

10 mg/kg dan vena ichiga har 8 soatda

10-14 kun

- Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir va metisillinga rezistent shtammlari), Streptococcus pyogenes yoki Streptococcus agalactiae tomonidan chaqirilgan teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infektsiyalari, shu jumladan osteomielit bilan kechmaydigan diabetik oyoq kafti sindromidagi infektsiyalar;

10 mg/kg dan vena ichiga har 8 soatda

10-14 kun

- Enterococcus faecium tomonidan chaqirilgan, vankomisinga rezistent infektsiyalar, shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi infektsiyalar;

10 mg/kg dan vena ichiga har 8 soatda

14-28 kun

Linezolidning dozasini oshirib yuborilish holatlari xaqida xabar berilmagan. Simptomatik davolash tavsiya etiladi (shu jumladan kalavalar filtrasiyasi tezligini bir maromda ushlab turish kerak). Peritoneal dializda yoki gemoperfuziyada linezolidni chiqarilishini tezlashishiga nisbatan ma'lumotlar yo'q.

Homiladorlik 

Homiladorlikda linezolidni qo'llash havfsizligini o'rganish yuzasidan tadqiqotlar o'tkazilmagan, shuning uchun homiladorlikda linezolid preparatini, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan holatdagina qo'llash mumkin. 

Emizish davri 

Linezolid emizadigan ayollarning ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun laktasiya davrida preparatni qo'llash zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish kerak.

AMIZOLID tabletkalari 600mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

AMIZOLID

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami:

Preparatning savdo nomi: Amizolid

Dori preparatining xalqaro patentlanmagan nomi: linezolid

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Ta‘sir etuvchi modda:

Linezolid – 200 mg; 400 mg; 600 mg;

Yordamchi moddalar:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Yadrosi: betadeks (beta-siklodekstrin) – 10,0 mg/20,0 mg/30,0 mg; kopovidon – 9,0 mg/
18,0 mg/ 27,0 mg; o‘ta jelatinlangan kraxmal – 18,0 mg/ 36,0 mg/ 54,0 mg; kolloid kremniy dioksidi (A-300 markali aerosil) – 3,0 mg/ 6,0 mg/ 9,0 mg; natriy stearilfumarati –
5,0 mg/ 10,0 mg/ 15,0 mg; magniy gidroksikarbonati – 28,0 mg/ 56,0 mg/ 84,0 mg.

Qobig‘i: tayyor suvda eruvchan plyonka qobig‘i – 7,0 mg/14,0 mg/21,0 mg.

(qobig‘ini tarkibi: gidroksipropilmetilsellyuloza (gipromelloza) – 74,2%, talk – 2,3%, polietilenglikol 6000 (Makrogol 6000) – 14,3%, titan dioksidi – 3,5%, temir (III) oksidi bo‘yovchisi – 1,4%, temir (II) oksidi bo‘yovchisi – 4,3%).

Ta‘rifi:

200 mg li doza uchun: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och jigarrang rangdan to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

400 mg li doza uchun: kapsulasimon, ikki tomonlama qavariq, och jigarrang rangdan to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

600 mg li doza uchun: oval, ikki tomonlama qavariq, och jigarrang rangdan to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Oksazolidinlar guruhiga mansub antibiotik.

ATX kodi: [J01XX08]

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Mikroblarga qarshi vosita bo‘lib, oksazolidinlar sinfiga mansub. Preparatning ta‘sir mexanizmi bakteriyalardagi oqsil sintezini ingibisiya qilishi bilan bog‘liq. Linezolid bakteriyalarning ribosomalaridagi 30S- va 50S-subbirliklari bilan bog‘lanadi, natijada 70S-kompleksni hosil bo‘lishi va peptid zanjirini shakllanish jarayoni buziladi. Linezolid in vitro sharoitlarida aerob grammusbat bakteriyalar, ba‘zi grammanfiy bakteriyalar va anaerob mikroorganizmlarga nisbatan faoldir.

Preparatga sezgir: grammusbat aeroblar (Corynebacterium jeikeium, Enterococcus faecalis va Enterococcus faecium (shu jumladan, glikopeptid-rezistent shtammlari), Enterococcus casseliflavus, Enterococcus gallinarum, Listeria monocytogenes, Staphylococcus aureus (shu jumladan, metisillinga chidamli shtammlari va glikopeptidlarga nisbatan oraliq sezuvchanlikka ega bo‘lgan shtammlari), Staphylococcus epidermidis (shu jumladan, metisillinga chidamli shtammlari), Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus lugdunensis, Streptococcus agalactiae, Streptococcus intermedius, Streptococcus pneumoniae (shu jumladan, penisillinga nisbatan oraliq chidamlilikka ega bo‘lgan shtammlari va penisillinga chidamli shtammlari), Streptococcus pyrogenes, (Viridans guruhi streptokokklari, S guruhi streptokokklari, G guruhi streptokokklari); grammanfiy aeroblar (Pasteurella canis, Pasteurella multocida); grammusbat anaeroblar (Clostridium perfringens, Peptostreptococcus anaerobius, Peptostreptococcus spp.); grammanfiy anaeroblar (Bacteroides fragilis, Prevotella spp.); Chlamydia pneumoniae.

Oraliq sezuvchanlikka ega bo‘lgan mikroorganizmlar: Legionella spp., Moraxella catarrhalis, Mycoplasma spp.

Rezistent mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae, Neisseria spp., Enterobacteriaceae, Pseudomonas spp.

Linezolid va boshqa sinflarga mansub bo‘lgan mikroblarga qarshi preparatlar (aminoglikozidlar, beta-laktam antibiotiklar, folat kislotasini antagonistlari, glikopeptidlar, linkozamidlar, xinolonlar, rifimisinlar, tetrasiklinlar va xloramfenikol) o‘rtasida mikroorganizmlarning kesishgan chidamliligi kuzatilmaydi. Linezolid ushbu preparatlarga ham sezgir, ham rezistent mikroorganizmlarga nisbatan faoldir. Linezolidga nisbatan rezistentlik juda sekin, 23S-ribosomal RNK ni ko‘p bosqichli mutasiyasi oqibatida rivojlanadi.

Asosiy antimikrob ta‘siri bilan bir qatorda monoaminooksidazani (MAO) A va V turlarini kuchsiz noselektiv ingibitorining hususiyatlarini namoyon qiladi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng linezolid me‘da-ichak yo‘llaridan tez va jadal ravishda so‘riladi. Ovqatlanish preparatning so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil etadi. 400 mg dozali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka ichga (sutkada bir marta va 2 marta) qabul qilinganida qonda maksimal konsentrasiyasi (Smax) muvofiq ravishda – 8,1 va 11 mkg/ml; maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (TSmax) – 1,52 va 1,12 soat; farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) – 55,1 va 73,4 mkg*soat/ml; yarim chiqarilish davri (T1/2) – 5,2 va 4,69 soat; klirensi minutiga 146 va 110 ml ni tashkil etadi. 600 mg dozali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (sutkada bir marta yoki 2 marta) qabul qilinganida Smax muvofiq ravishda – 12,7 va 21,2 mkg/ml; TSmax – 1,28 va 1,03 soat; AUC – 91,4 va
138 mkg*soat/ml; T1/2 – 4,26 va 5,4 soat; klirensi minutiga 127 va 80 ml ni tashkil etadi.

Qonda preparat muvozanatli konsentrasiyasiga (Sss) 2-3 kun davomida qo‘llanganida erishiladi.

Perfuziyasi yaxshi bo‘lgan to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Katta yoshdagi sog‘lom odamda Sss erishilganida taqsimlanish hajmi o‘rtacha 40-50 l ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 31% ni (konsentrasiyasiga bog‘liq emas) tashkil etadi.

Sitoxrom R450 izofermentlari in vitro sharoitlarida linezolidning metabolizmida ishtirok etmasligi aniqlangan. Linezolid shuningdek sitoxrom R450 ning klinik jihatdan muhim bo‘lgan izofermentlari (CYP1A2, CYP2C9, CYP2C19, CYP2D6, CYP2E1, CYP3A4) ning faolligini ingibisiya qiladi. Metabolik oksidlanish 2 nofaol metabolitlar: gidroksietilglisin (odamda asosiy metabolit hisoblanadi va nofermentativ jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi) va aminoetoksisirka kislotasi (kamroq miqdorlarda hosil bo‘ladi) metabolitlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek boshqa “kichik” nofaol metabolitlari ham ta‘riflangan.

Linezolid buyraklar orqali gidroksietilglisin (40%), o‘zgarmagan preparat (30-35%), va aminoetoksisirka kislotasi (10%) holida chiqariladi. Ichak orqali gidroksietilglisin (6%) va aminoetoksisirka kislotasi (3%) holida chiqariladi. Bolalarda linezolidning klirensi yuqori bo‘ladi va yoshga oshib borgan sari pasayib boradi.

Ayollarda taqsimlanish hajmi erkaklarga nisbatan pastroq, klirensi (20% ga kam) va plazmadagi konsentrasiyasi yuqoriroq bo‘ladi. Ayollarda va erkaklarda linezolidning T1/2 ahamiyatli darajada farqlanmaydi, dozalash tartibiga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) bo‘lgan pasientlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki preparatni buyraklar orqali chiqarilishi va kreatinin klirensi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q. 3 soatlik dializ davomida preparatning 30% dozasi chiqarilganligi sababli, shunday davolash olayotgan pasientlarda linezolidni dializ muolajasidan so‘ng buyurish kerak.

Yengil va o‘rtacha darajada jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda linezolidning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi, shu sababli, preparatning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.

Qo‘llanilishi

Pnevmoniya (kasalxonadan tashqari va gospital pnevmoniya); teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (shu jumladan, vankomisinga rezistent shtammlari Enterococcus faecalis va Enterococcus faecium chaqirgan infeksiyalar), sezgir anaerob va aerob grammusbat mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infeksiyalarda qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bolalar (ushbu dori shakli uchun) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dozalash tartibi

Kattalarga preparat ichga sutkada 2 marta buyuriladi.

Pnevmoniyada 600 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi; teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida – 400-600 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash kursi 10-14 kunni tashkil etadi.

Enterokokkli infeksiyalarda – 600 mg dan sutkada 2 marta 14-28 kun davomida qabul qilinadi.

5 yosh va undan oshgan bolalarga ichga, tana vazniga 10 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.

Kattalar va bolalar uchun maksimal doza sutkada 1,2 g ni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘siri

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ta‘m bilishni buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, meteorizm.

Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, pansitopeniya.

Laborator ko‘rsatkichlar: giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi.

Boshqalar: allergik reaksiyalar, bosh og‘rig‘i, kandidoz bo‘lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash: zarurat bo‘lganida simptomatik davolash (shu jumladan kalavalar filtrasiyasi darajasini tutib turish) kerak. Dozaning taxminan 30% gemodializda 3 soat davomida chiqariladi.

O‘zaro ta‘siri

Farmasevtik jihatdan: 5% li dekstroza eritmasi, 0,9% li natriy xloridi eritmasi, laktoza bilan in‘eksiya uchun Ringer eritmasi bilan mutanosibdir. Amfoterisin V, xlorpromazin, diazepam, pentamidin izetionat, fenitoin, eritromisin, ko-trimoksazol, seftriakson natriy bilan nomutanosibdir.

Farmakodinamik jihatdan: psevdoefedrin va fenilpropanolamin (MAO ni kuchsiz, qaytuvchan noselektiv ingibitori hisoblanadi) ning pressor ta‘sirini o‘rtacha darajada qaytar kuchaytirishi mumkin.

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQSI) bilan bir vaqtda qabul qilish – serotonin sindromini rivojlanish havfi mavjud; linezolidni buyurishdan oldin kamida 14 kun davomida SQQSI qabul qilishdan saqlanish kerak.

Birga buyurilganida adrenergik dori vositalar (dopamin yoki uning agonistlari) ning boshlang‘ich dozalarini kamaytirish va keyinchalik dozani titrlash tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina linezolidni qo‘llash mumkin. Linezolidni ona suti bilan ajralib chiqishi noma‘lum, shuning uchun preparat onalarga emizikla davrda buyurilganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish vaqtida anamnezida qon ketishi, anemiya yoki trombositopeniyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlar, shuningdek bir vaqtda qonda gemoglobinning darajasini yoki trombositlarning sonini pasaytirishi mumkin bo‘lgan preparatlarni olayotgan pasientlar yoki linezolidni 2 haftadan ortiq vaqt davomida olayotgan pasientlarning konidagi trombositlar sonini va gemoglobinning darajasini nazorat qilish kerak.

Pasientda diareya rivojlanganida soxta membranoz kolit rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Linezolid avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 200 mg, 400 mg va 600 mg dan

10 tabletkadan polvinil plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

10, 14, 20, 24, 30, 50 yoki 100 tabletka birinchi marta ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli polimer bankada. Bankada qolgan bo‘shliq tibbiy paxta bilan to‘ldiriladi. Bankaga yorliqli qog‘ozdan yoki polimer materiallardan tayyorlangan, o‘zi yelimlanadigan yorliq yelimlanadi.

1, 2, 3, 5, 6 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

1 banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanagan.

Saqlash sharoiti

Ishlab chiqaruvchining original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMIZOLID tabletkalari 600mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMIZOLID tabletkalari 600mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMIZOLID tabletkalari 600mg N10 dori vositasi Фармасинтез, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMIZOLID tabletkalari 600mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMIZOLID tabletkalari 600mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SAVELID infuziya uchun eritma 300ml 200mg/100ml
SAVELID infuziya uchun eritma 200ml 200mg/100ml
SAVELID infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
NIRZOLID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,2%
LAEN tabletkalari 600mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Линезолид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
LAEN tabletkalari 600mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Линезолид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
ZIVOKS eritma 100ml 0,002/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Norvegiya
  • Faol modda: Линезолид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Фрезениус Каби Нордж АС»
ZIVOKS eritma 300ml 0,002/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Norvegiya
  • Faol modda: Линезолид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Фрезениус Каби Нордж АС»
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMIZOLID tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
AMIZOLID tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
DIZAVEROKS tabletkalari 300 mg+150 mg N10
NEVIRPIN tabletkalari 200mg N30
AMIVIREN tabletkalari 150mg N10
PROTIONAMID tabletkalari 250mg N50
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
NEOVIR eritma 2 ml 250 mg/2 ml N5
Narh: 378 000 so'mdan Batafsil
OLITID tabletkalari 150mg N30
FTIZOAKTIV tabletkalari 200mg/10mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
FTIZOAKTIV tabletkalari 150mg/7,5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
FTIZOAKTIV tabletkalari 100mg/5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
Другие формы препарата
AMIZOLID infuziya uchun eritma 300 ml 2 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ИСТ-ФАРМ,ООО
AMIZOLID infuziya uchun eritma 200 ml 2 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ИСТ-ФАРМ,ООО
AMIZOLID infuziya uchun eritma 100 ml 2 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ИСТ-ФАРМ,ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9