×
×
  • OLITID tabletkalari 150mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OLITID tabletkalari 150mg N30

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Абакавир
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармасинтез, ОАО
ATX kodi:
- J05AF06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

AMIZONCHIK sirop 100ml 10mg/ml Фармак, ПАО Ukraina
46 000 s`om dan
OKSOLIN maz 10g 0,25% Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
5 000 s`om dan
INOSEDA sirop 120ml 250mg/5ml World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
ZOVIRAKS tabletkalari 200mg N25 GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A. Polsha
95 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OLITID tabletkalari 150mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OLITID

OLITID

Preparatning savdo nomi: Olitid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): abakavir

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: abakavir sulfat 300,0 mg 600,0 mg abakavirga to‘g‘ri keladi;

yordamchi moddalar: gidroksipropilsellyuloza (giproloza) – 12 mg/24 mg/48 mg; karboksimetilkraxmal natriy (primogel) – 12 mg/24 mg/48 mg; kolloid kremniy dioksidi (A-300 belgili aerosil) – 2 mg/4 mg/8 mg; magniy stearati – 2,5 mg/5 mg/10 mg; mikrokristall sellyuloza – 49 mg/ 98 mg/196 mg.

plyonka qobig‘i: suvda eruvchan tayyor plyonka qobig‘i – 14 mg, 28 mg (qobig‘ining tarkibi: gidroksipropilmetilsellyuloza (gipromelloza) – 74,2%, polietilenglikol 6000 (makrogol 6000) – 14,3%, titan dioksidi – 3,5%, talk – 2,3%, temir III oksidi buyovchisi – 1,4%, temir II oksidi bo‘yovchisi – 4,3%).

Ta‘rifi: och-jigarrang rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan oval shaklli, ikki yoqlama qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: Viruslarga qarshi vosita (antiretrovirus vosita).

ATX kodi: J05AF06

Farmakologik xususiyatlari

Viruslarga qarshi preparat bo‘lib, OITV qaytuvchan transkriptazaning nukleozid ingibitoridir. OITV-1 va OITV-2 (jumladan, zidovudin, lamivudin, zalsitabin, didanozin va nevirapinga chidamli bulgan OITV-1 ning shtammlari) replikasiyasini selektiv bostiradi. Abakavir hujayra ichida metabolizmga uchrab, faol shakli deoksiguanozin-5-trifosfatning analogi – karbovir-5-trifosfatga aylanadi. Preparatning ta‘sir mexanizmi OITV qaytuvchan transkriptazani ingibisiya bo‘lishi bilan bog‘liq, bu virus DNKsi sintezini uzilishiga va OITV replikasiyasini to‘xtashiga olib keladi. Rezistentlikni rivojlanishi qaytuvchan transkriptazaning ma‘lum bir kodonlari sohasida (M184V, K65R, L74Vva Y115F) genotiplarni o‘zgarishi bilan bog‘liq. OITV rezistentlik nisbatan sekin rivojlanadi; preparatning yarmini ingibisiya qiluvchi konsentrasiyasini (IC50) 8 marta oshishi uchun ko‘p sonli mutasiyalar kerak bo‘ladi. Kesishgan rezistentlikni rivojlanish ehtimoli kam. Qonda CD4+- hujayralarning miqdorini oshiradi va virus RNK ning konsentrasiyasini (shu jumladan. orqa miya suyuqligida) pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

Abakavirni me‘da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez va yaxshi so‘riladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng abakavirning mutloq biokiraolishligi kattalarda taxminan 83% ni tashkil etadi. Tabletkalar ichga qabul qilinganida qon zardobida maksimal konsentrasiyasi (Cmax) ga 1,5 soatdan keyin erishiladi va 3 mkg/ml ni tashkil etadi. “Konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) preparat qabul qilinganidan so‘ng 12 soat davomida 6 mkg/ml/soat ni tashkil etadi. Ovqat abakavirning so‘rilishini sekinlashtiradi va Smax ni pasaytiradi, ammo AUCga ta‘sir qilmaydi. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi, likvorda abakavirning konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasining 30-44% ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi  past. Jigarda asetaldegidrogenaza yordamida metabolizmga uchraydi va glyukuronid kon‘yugatlari (5-karbon kislotasi va 5-glyukuronid) ni hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 1,5 soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi: 83% metabolitlar holida va 2% o‘zgarmagan holda chiqariladi; qolgan qismi ichak orqali chiqariladi. Organizmda to‘planmaydi.

Ayrim pasientlar guruxi

Bolalar

Abakavir bolalarda ovqatlanganda tez va yaxshi so‘riladi. Bolalarda barcha farmakokinetik ko‘rsatkichlar kattalardagi shunday ko‘rsatkichlar bilan bir xil bo‘ladi. Bolalarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar, preparatni sutkada 1 marta qabul qilish preparatni aynan shu dozada ikkiga bo‘lib qabul qilingandagi AUC0-24 ko‘rsatkichi bo‘yicha ekvivalent bo‘ladi. Bu qon plazmasida abakavirning o‘rtacha konsentrasiyasini ahamiyatsiz yuqoriroq darajada bo‘lishini ta‘minlaydi, shu sababli ko‘pchilik bolalarda terapevtik konsentrasiyalari kattalarda sutkada 2 marta qabul qilish tartibiga ekvivalent bo‘ladi.

Keksa yoshdagi shaxslar

65 yoshdan oshgan pasientlarda abakavirning farmakokinetikasi o‘rganilmagan. Keksa yoshdagi pasientlarni davolashda jigar, buyrak va yurak faoliyatini buzilishlari ko‘proq kuzatilishini, shuningdek yondosh kasalliklarni va qabul qilayotgan dori preparatlarini hisobga olish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Abakavir asosan jigarda metabolizmga uchraydi; uning 2% dan kamroq qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida bo‘lgan pasientlarda abakavirning farmakokinetikasi buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlardagi ko‘rsatkichlardan deyarli farqlanmaydi. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda abakavirning dozasini kamaytirish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyatini yengil darajada buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi buyicha 5-6 ball) bo‘lgan pasientlarda abakavirning AUC o‘rtacha darajadan 1,89 marta, yarim chiqarilish davri T1/2 esa 1,58 marta yuqori bo‘lgan. Jigar faoliyatini yengil darajada buzilishi abakavirning metabolitlarini AUC ko‘rsatkichiga ta‘sir qilmaydi, biroq bunda ularni hosil bo‘lish va chiqarilish tezligi pasayadi.

Jigar faoliyatini o‘rtacha va og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda abakavirning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Olitid preparatini qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llanilishi

Kattalar va bolalarda OITV-infeksiyasini (majmuaviy antiretrovirus davolash tarkibida) davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Olitid preparati ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga qabul qilinadi.

Kattalar va tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar va o‘smirlar

Tavsiya etilgan sutkalik dozasi 600 mg ni tashkil etadi. Preparat 300 mg dan sutkada 2 marta yoki 600 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

Tana vazni 30 kg dan kam bo‘lgan 3 yosh va undan katta bolalar.

Tana vazni 14 dan 21 kg gacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilgan dozasi 300 mg dan sutkada 1 martani tashkil etadi.

Tana vazni 21 kg dan ortiq 30 kg dan kam bo‘lgan bolalarga tavsiya etilgan dozasi 300 mg kechqurun yoki 450 mg dan sutkada 1 martani tashkil etadi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar yetishmovchiligi bulgan pasientlarga Olitid preparatini qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘ta yuqori sezuvchanlik

HLA-B*5701 allel genini borligini aniqlash yuzasidan skriningni boshlashdan oldin o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, abakavir qabul qilgan pasientlarning taxminan 5% da o‘ta yuqori sezuvchanlik xolatlari, kam hollarda o‘lim bilan tugagan xolatlar kuzatilgan. Abakavirga o‘ta yuqori sezuvchanlik poliorgan shikastlanishlar bilan xarakterlanadi. O‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan ko‘pchilik pasientlarda bunday reaksiya rivojlanganida isitma va toshma (odatda makulo-papulyoz yoki urtikar) kuzatiladi, ba‘zi hollarda bunday ko‘rinishlar mavjud bo‘lmaydi. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining simptomlari abakavir bilan davolanish boshlanganidan so‘ng istalgan vaqtda paydo bo‘lishi mumkin, biroq ular asosan davolanishning dastlabki 6 haftasi (bu reaksiyani boshlanish vaqtini medianasi 11 sutka) davomida rivojlanadi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining simptomlari quyida keltirilgan:

Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan: ≥10% – toshma (odatda makulo-papulyoz yoki urtikar toshmalar).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ≥10% – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, og‘iz shilliq qavatida yaralarni hosil bo‘lishi.

Jigar va me‘da osti bezi tomonidan: ≥10% – jigar fermentlari faolligini oshishi, jigar yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.

Nafas tizimi tomonidan: ≥10% – hansirash, yo‘tal bo‘lishi mumkin – tomoqda og‘riq, kattalardagi respirator distress sindrom, nafas yetishmovchiligi.

Nerv tizimi tomonidan:. ≥10% – bosh og‘rig‘i, paresteziyalar bo‘lishi mumkin.

Qon yaratish tizimi tomonidan: limfopeniya bo‘lishi mumkin.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: ≥10% – mialgiya; kam xollarda – mioliz, artralgiya, kreatinfosfokinaza (KFK) ning faolligini oshishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: zardobda kreatininning konsentrasiyasini oshishi, buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.

Moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez – giperlaktatemiya: kam xollarda laktoasidoz, yog‘ to‘qimasini to‘planishi / qayta taqsimlanishi, gipertrigliseridemiya, giperxolesterinemiya, insulinga rezistentlik, giperglikemiya.

Boshqalar: ≥10% – isitma, toliqish hissi, lohaslik; bo‘lishi mumkin – shishlar, limfadenopatiya, arterial gipotoniya, kon‘yunktivit, anafilaktik reaksiyalar.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari dastlab nafas a‘zolarining kasalliklari (pnevmoniya, bronxit, faringit, respirator virusli infeksiya), gastroenterit yoki boshqa preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nohush reaksiyalar sifatida qabul qilishlari mumkin. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida abakavirni qabul qilishni davom ettirish simptomlar susayib borganidan so‘ng preparat qabul qilishni qaytadan boshlangandagi kabi og‘ir asoratlarga, hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sanab o‘tilgan simptomlardan birontasi paydo bo‘lganida, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini istisno kilish uchun pasientni yaxshilab tekshirish kerak. Agar o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini istisno qilish mumkin bo‘lmasa, u holda Olitid yoki abakavir saqlovchi boshqa preparatlarni takroran buyurish qat‘iy man etiladi.

OITV-infeksiyasini kechki bosqichi yoki davomli majmuaviy antiretrovirus davolash kabi xavf omillari bo‘lgan pasientlarda osteonekrozni rivojlanish hollari haqida xabarlar berilgan (uchrash tez-tezligi noma‘lum).

Abakavir yoki boshqa antiretrovirus preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda opportunistik infeksiyalar yoki OITV-infeksiyasini boshqa asoratlari rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Abakavirga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik, buyrak yetishmovchiligi, 3 yoshgacha va tana vazni 14 kg dan kam bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakliga tegishli) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik, yurak ishemik kasalligini rivojlanish havfi bo‘lgan pasientlar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqodlar va abakavirning asosiy metabolizm yo‘lini taxlil qilish sitoxrom R450 orqali metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir qilish ehtimoli kamligini ko‘rsatdi.

Abakavir sitoxrom CYP3A4 izofermenti ishtirokidagi metabolik jarayonlarni bostirmaydi. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqodlar abakavir CYP3A4 CYP2C9 yoki CYP2D6 izofermentlarning faolligini pasaytirmasligini ko‘rsatdi. Klinik tadqiqodlarda jigarda abakavirning ta‘siri ostida ekzogen substansiyalarning metabolizmini induksiyalanishi aniqlanmadi. Shunday qilib, abakavirni OITV proteaza ingibitorlari va sitoxrom R450 ning asosiy izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir qilish ehtimoli kam. Klinik tadqiqodlar abakavir zidovudin va lamivudinlar o‘rtasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar yo‘qligini ko‘rsatdi.

Abakavirni rifampisin, fenobarbital va fenitoin (UDF-glyukuroniltransferazaning induktorlari) bilan bir vaqtda qo‘llash plazmada abakavirning konsentrasiyasini biroz kamayishiga olib kelishi mumkin.

Etanol abakavirning metabolizmini sekinlashtiradi, bu abakavirning AUCni 41% ga oshishiga olib keladi. Biroq bu o‘zgarishning klinik axamiyati katta emas. Abakavir etanolning metabolizmiga ta‘sir qilmaydi.

Farmakokinetik tadqiqodlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, abakavirni 600 mg dan sutkada 2 marta metadon bilan majmuada qo‘llanishi qon zardobida abakavirning maksimal konsentrasiyasini (Smax) 35% ga kamaytiradi,  zardobda maksimal konsentrasiyaga erishish vaqtini (Tmax) 1 soatga uzaytiradi, lekin AUCni o‘zgartirmaydi. Bu o‘zgarishlarning klinik ahamiyati katta emas. Aynan shu tadqiqotda abakavir metadonning umumiy klirensini 22% ga oshirishi aniqlangan. Ko‘pchilik hollarda bu o‘zgarishlar klinik jihatdan ahamiyatsiz o‘zgarishlar sifatida baholanadi, biroq ma‘lum bir holatlarda metadonning dozasini o‘zgartirish talab qilinishi mumkin.

Retinoidlar, masalan, izotretinoin, alkogoldegidrogenaza ishtirokida chiqariladi, shuning uchun abakavir bilan o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin, biroq hozirgi vaqtgacha maxsus tadqiqodlar o‘tkazilmagan.

Abakavir va ribavirin bir vaqtda buyurilganida ribavirinning fosforlangan metabolitlarini konsentrasiyasi kamayishi mumkin, bu o‘z navbatida bir vaqtning o‘zida OITV va gepatit S virusi bilan infeksiyalangan, polietilenglikol molekulasi bilan bog‘langan interferon va ribavirin bilan davolanayotgan pasientlarda davolashning samarasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Abakavir va ribavirin bir vaqtda buyurilganida ayniqsa ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Maxsus kursatmalar

Xavf omillari

Klinik tadqiqodlarda HLA-B*5701 allel genini tashuvchanlik abakavirga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanish xavfini ahamiyatli darajada oshirishi ko‘rsatilgan. Prospektiv klinik tadqiqodlarda CAN106030 (PREDICT-1) HLA-B*570l allel geni mavjud bo‘lgan pasientlarga abakavir saqlovchi preparatlar buyurilmagan, bu klinik jihatdan taxmin qilingan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining rivojlanish tez-tezligini 7,8% (847 pasientdan 66 tasida) dan 3,4% (803 pasientdan 27 tasida) ga pasaytirish (r<0,0001), shuningdek teri-applikasion sinamasi yordamida tasdiqlangan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasining rivojlanish tez-tezligini 2,7% (842 pasientda 23 tasida) dan 0,0% (802 pasientdan xech birida) gacha pasaytirish (r<0,0001) imkonini bergan. Shunday qilib, ushbu tadqiqodning natijalariga asoslanib, HLA-B*5701 allel genini tashuvchi-pasientlarning 48-61% da o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari shunday allel geni mavjud bo‘lmagan pasientlarning 0-4% ga nisbatan rivojlanishi ko‘rsatilgan.

Shifokorlarga ilgari abakavir saqlovchi preparatlar buyurilmagan OITV bilan infeksiyalangan pasientlarga HLA-B*5701 allel genini tashuvchilikka skrining o‘tkazish tavsiya etiladi. Ilgari abakavir bilan davolanish yaxshi o‘zlashtirilgan HLA- V*5701-statusi ma‘lum bo‘lgan pasientlarga abakavirni takroran buyurishdan oldin skrining o‘tkazish tavsiya etiladi.

HLA-B*5701 allel geniga ega bo‘lgan pasientlarga abakavir saqlovchi preparatlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi  va juda kam hollarda preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan potensial foyda xavfdan ustun bo‘lganida, bunday pasientlarga preparatni buyurish muhokama qilinishi mumkin, bunda pasient sinchkov tibbiy kuzatuvda bo‘lishi kerak.

Klinik manzarasi. Abakavirga o‘ta yuqori sezuvchanlik ko‘p a‘zolar shikastlanishlarini ko‘rsatuvchi simptomlarni namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pchilik pasientlarda sindromning bir qismi sifatida isitma va/yoki toshma kuzatiladi.

Abakavirga o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa simptomlari: toliqish, lohaslik, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar, jumladan qusish, ko‘ngil aynishi, diareya va qorinda og‘riq; nafas tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar, jumladan hansirash, tomoqda og‘riq, yo‘tal, o‘pkalarni shikastlanishi (asosan, ko‘krak qafasini rentgenografiyasida aniqlanadigan mahalliy infiltrativ o‘zgarishlar ko‘rinishida) hisoblanadi.

O‘ta yuqori sezuvchanlikning simptomlari abakavir bilan davolanish boshlanganidan so‘ng istalgan vaqt paydo bo‘lishi mumkin, biroq ular dastlabki olti hafta davomida ko‘proq rivojlanadi. Agar o‘ta yuqori sezuvchanlik simptomlari paydo bo‘lganida abakavir bilan davolashni davom ettirilsa, ular yanada yaqqolroq bo‘lishi va hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Preparat bekor qilinganidan so‘ng, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasining simptomlari odatda ortga qaytadi.

Abakavir bilan davolanish buyurilgan bemorlar davolanishning birinchi ikki oyi davomida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishini aniqlash maqsadida har ikki hafta davomida shifokorning maslahatlari bilan birga aloxida kuzatuvda bo‘lishlari kerak. Bunda bunday reaksiyalar kechrok, istalgan vaqt namoyon bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak.

Davolash.

Abakavirga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasining simptomlari paydo bo‘lganida, pasient HLA-B*5701 allel genini tashib yurishidan qat‘iy nazar, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerak. Abakavirga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi tashxisi qo‘yilganida preparatni zudlik bilan bekor qilish kerak. Anamnezida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi bo‘lgan pasientlarga Olitid preparati yoki abakavir saqlovchi boshqa preparatlar bilan davolashni qaytadan boshlash mumkin emas, chunki preparat qabul qilinganidan so‘ng bir necha soat davomida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi og‘irroq shaklda, hatto hayot uchun xavf tug‘diruvchi arterial gipotoniya rivojlanishi yoki o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.

Agar abakavirga o‘ta yuqori sezuvchanlikni istisno qilish imkoni bo‘lmasa, u xolda kech diagnostika qilishdan saqlanish va hayot uchun xavf tug‘diruvchi xolatlarni rivojlanish xavfini kamaytirish uchun, hatto agar boshqa tashxisga (masalan, nafas yo‘llari va o‘pka kasalliklari, grippsimon sindrom, gastroenterit yoki boshqa preparatlarning noxush samaralari) taxmin qilinsa ham, abakavir butunlay bekor qilinadi. Olitid yoki abakavir saqlovchi boshqa preparat bilan davolashni boshlashga, hatto agar muqobil dori preparatlari qaytadan qabul qilinganida, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasining simptomlari rivojlansa ham, bunga yo‘l qo‘yish mumkin emas.

Abakavir preparati bilan davolashda tanaffusdan keyin davolash bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar

HLA-B*5701 allel genini tashuvchilikdan qat‘iy nazar agar abakavir preparati bekor qilinganidan so‘ng ushbu preparat bilan davolanish qaytadan boshlanishiga taxmin qilinsa, bekor qilish sababini aniqlash va bemorda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilmaganligiga ishonch hosil qilish kerak. Agar o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasini istisno qilish imkoni bo‘lmasa, u xolda abakavir saqlovchi har qanday preparat bilan davolash taqiqlanadi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasining tipik simptomlaridan (toshma, isitma, loxaslik, toliqish, me‘da-ichak buzilishlari va nafas tizimi tomonidan buzilishlar) birini paydo bo‘lishi tufayli, preparat bekor qilinganidan so‘ng abakavir bilan davolash qaytadan boshlanganida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasining bir nechta xollarini rivojlanganligi ta‘riflangan. Barcha bunday hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasini istisno qilish mumkin emasligi sababli, abakavir takroran qo‘llanganida og‘irroq kechishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni e‘tiborga olib, bunday bemorlarga abakavir saqlovchi preparat bilan davolashni boshlash tavsiya etilmaydi. Biroq, agar shunday xollarda abakavirni takroran buyurish haqidagi masala ijobiy hal qilinsa, u holda davolash faqat bevosita tibbiy kuzatuv ostida o‘tkaziladi.

Ilgari o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasining simptomlari kuzatilmagan va abakavir saqlovchi preparatni qabul qilingandagi tanaffus boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan pasientlarni abakavir saqlovchi preparat bilan davolash qaytadan boshlanganida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, garchi juda kam bo‘lsa-da, biroq kuzatiladi. Bunday holda preparat qabul qilishni qaytadan boshlash mumkin, biroq pasientga va uni atrofidagi odamlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratish talab etiladi. HLA-B*5701 allel genini tashuvchanlikka skrining ilgari abakavirni yaxshi o‘zlashtirgan, NLA-V*5701-statusi noma‘lum bo‘lgan pasientlarga abakavirni qaytadan buyurishdan oldin o‘tkazish tavsiya etiladi. HLA-B*5701 allel genini tashuvchi- pasientlarga abakavirni qaytadan buyurish tavsiya etilmagan va faqatgina ayrim hollarda preparat bilan davolashdan kutilgan potensial foyda, mumkin bo‘lgan barcha xavflardan ustun bo‘lganida sinchkov tibbiy kuzatuv ostida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Pasientlar uchun muxim ma‘lumot

Preparatni buyurayotgan shifokor pasientga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari to‘g‘risidagi quyidagi ma‘lumotlar bilan tanishtirishi kerak:

pasient xayot uchun xavf tug‘diruvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini va o‘lim xavfini paydo bo‘lishi mumkinligi, shuningdek HLA-B*5701 allel genini tashuvchi odamlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining xavfi yuqori ekanligi xaqida xabardor qilingan bo‘lishi kerak;

hatto HLA-B*5701 allel geni mavjud bo‘lmaganida ham, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkinligi haqida pasientni ogohlantirish kerak. Shunday qilib. barcha pasientlar o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlar paydo bo‘lganida zudlik bilan davolovchi shifokorga murojaat qilishlari kerak;

  • abakavirga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarni, HLA-V * 5 701 -statusidan qat‘iy nazar Olitid yoki abakavir saqlovchi boshqa preparatlarni qaytadan qo‘llash mumkin emasligi haqida ogohlantirish kerak;
  • o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini o‘tkazgan pasientlarga Olitid preparatini qaytadan qo‘llashdan saqlanish uchun, ularga qolgan tabletkalarni shifokorga qaytarib berish tavsiya etiladi;

Olitid preparati bilan davolanishni biron-bir sababga ko‘ra to‘xtatgan pasientlar (ayniqsa mumkin bo‘lgan noxush reaksiyalari yoki asoratlari tufayli), preparat qabul qilishni boshlashdan oldin shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Laktoasidoz, gepatomegaliya va jigarni yog‘li distrofiyasi

Nukleozid analoglari, shu jumladan ham alohida, ham majmuada qo‘llangan abakavir bilan antiretrovirus davolash oqibatida laktoasidoz, gepatomegaliya va jigarning yog‘li distrofiyasini rivojlanganligi, shu jumladan o‘lim kuzatilganligi xaqida xabarlar mavjud. Ko‘pchilik hollarda bu asoratlar ayollarda yuz beradi.

Laktoasidozdan dalolat beruvchi simptomlar umumiy xolsizlik, ishtahani pasayishi, noma‘lum etiologiyali tez ozib ketish, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar va nafas tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar (xansirash va taxipnoe) ni o‘z ichiga oladi.

Har bir pasientda abakavir saqlovchi preparatlarni qo‘llash, ayniqsa jigarni shikastlanish xavf omillari bo‘lsa, ehtiyotkorlikni talab etadi. Laktoasidoz yoki gepatotoksiklikning klinik yoki laborator belgilari paydo bo‘lganida (aminotransferazaning faolligini hatto yaqqol oshishi bo‘lmaganida ham gepatomegaliya va jigarni yog‘li distrofiyasi namoyon bo‘lishi mumkin) abakavir bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Teri osti yog‘ tuqimasini qayta taqsimlanishi

Majmuaviy antiretrovirus davolash sanab o‘tilgan simptomlardan bir yoki bir nechtasini rivojlanishi bilan kechishi mumkin: semirish, teri osti yog‘qavatini uni badanga, bo‘yinga (“xo‘kiz o‘rkachi”) to‘planishi bilan qayta taqsimlanishi, qo‘l-oyoqlar va yuzda teri osti yog‘ qavatini sezilarli kamayishi, ginekomastiya, qon zardobida lipidlarning konsentrasiyasini va qonda glyukozaning darajasini oshishi bilan kechishi mumkin.

Bu barcha simptomlar lipodistrofiyaning ko‘rinishlariga kiradi. Bu simptomlarning bir yoki bir nechtasi OITV proteazaning har qanday ingibitorlari va qaytuvchan transkriptazaning nukleozid ingibitorlari bilan davolashda rivojlanishi mumkin. Biroq bu nohush reaksiyalarning xavfi qo‘llanilayotgan preparatga bog‘liq.

Lipodistrofiya sindromi murakkab etiologiyaga ega va sinergik ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan turli omillarning ta‘sirida rivojlanishi mumkin. Uni rivojlanishida OITV- infeksiyaning o‘zi, keksa yoshli pasient va antiretrovirus davolashning davomiyligi muhim rol o‘ynaydi.

Bemorlar klinik tekshirilganida teri osti yog‘ qavatini qayta taqsimlanishiga e‘tibor berish kerak. Laborator tekshiruv zardobdagi lipidlarning konsentrasiyasini va qondagi glyukozaning darajasini aniqlashdan iborat bo‘lishi kerak. Lipidlar almashinuvi buzilganida tegishli davolash buyuriladi.

Mitoxondriylarning faoliyatini buzilishi

In vitro va in vivo sharoitlarida nukleotid va nukleozid analoglarni mitoxondriylarni turli darajada shikastlashi mumkinligi aniqlangan. Ona qornida yoki tug‘ilgan zahoti nukleozid analoglarini ta‘siriga duchor bulgan OITV-negativ bolalarda mitoxondriylarning faoliyatni buzilishi yuzasidan ma‘lumotlar mavjud. Mitoxondriylarning faoliyatini buzilishini asosiy ko‘rinishlari, ko‘pincha o‘tib ketuvchi bo‘lib, anemiya, neytropeniya, giperlaktatemiya va qon plazmasida lipazaning faolligini oshishi bo‘lgan. Shuningdek ushbu buzilishlarning yanada kechroq rivojlanadigan ko‘rinishlari: mushaklar gipertonusi, tirishishlar, xulq-atvor anomaliyalari kuzatilgan.

Immunitetni tiklanish sindromi

Og‘ir darajadagi immun tanqisligi bo‘lgan OITV bilan infeksiyalangan pasientlarda antiretrovirus davolash (ARD) ni boshlash vaqtida simptomsiz yoki kam simptomli kechuvchi opportunistik infeksiya bo‘lganida, bunday davolashni o‘tkazish opportunistik infeksiyaning simptomlarini kuchayishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Odatda bunday reaksiyalar ARD boshlanganidan so‘ng bir necha hafta yoki oy davomida rivojlanadi. Tipik misol bo‘lib, sitomegalovirusli retinit, mikobakteriyalar tomonidan chaqirilgan tarqoq yoki o‘choqli infeksiya va Pneumocystis jiroveci (P. Carinii)  keltirib chiqargan pnevmoniya hisoblanadi. Har qanday yallig‘lanish simptomlarini paydo bo‘lishi zudlik bilan tekshirishni va zarurat bo‘lganida davolashni talab etadi. Autoimmun kasalliklar (Greyvs kasalligi, polimiozit va Giyen-Barr sindromi) immunitetni tiklanish fonida kuzatilgan, biroq birlamchi namoyon bo‘lish vaqti o‘zgarib turgan va kasallik davolash boshlanganidan so‘ng ko‘p oy o‘tganidan keyin rivojlanishi va atipik kechishi mumkin bo‘lgan.

Opportunistik infeksiyalar

Abakavir yoki boshqa antiretrovirus preparatlarni qo‘llanishi opportunistik infeksiya yoki OITV-infeksiyaning boshqa asoratlarini rivojlanishi mumkinligini istisno qilishi mumkin emas,  shuning uchun pasientlar OITV bilan assosiasiyalangan kasalliklarni davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishlari

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda abakavirning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar yetishmovchiligi

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga Olitid preparatini qo‘llash mumkin emas.

Surunkali V yoki S gepatiti bo‘lgan pasientlar

OITV infeksiyasi va virusli gepatit V yoki S infeksiyalari qo‘shilgan pasientlarda antiretrovirus preparatlarining gepatotoksik ta‘sir qilish xavfi faqat OITV- infeksiyasi bo‘lgan pasientlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun surunkali V yoki S gepatit bilan xastalangan, bir vaqtning o‘zida antiretrovirus preparatlarini qabul qilayotgan pasientlar jigarga noxush ta‘sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan va o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan guruhga kiradilar. Bunday pasientlar ham klinik, ham laborator kuzatuvda bo‘lishlari kerak.

Abakavir va ribavirin bir xil fosforlanish yo‘liga ega. Shuning uchun ushbu preparatlar o‘rtasida o‘zaro ta‘sir rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Abakavir va ribavirin bir vaqtda buyurilganida ribavirinning fosforlangan metabolitlarini konsentrasiyasi kamayishi mumkin. Bu o‘z navbatida bir vaqtning o‘zida OITV va gepatit S virusi bilan infeksiyalangan, polietilenglikol molekulasi bilan bog‘langan interferon va ribavirin bilan davolanayotgan pasientlarda davolashning samarasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Abakavir va ribavirin bir vaqtda buyurilganida ayniqsa ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

OITV-infeksiyasini yuqishi

Antiretrovirus davolash, shu jumladan abakavir bilan davolash OITV ni jinsiy yo‘l bilan yoki infeksiyalangan qon bilan kontaktda bo‘lganida yuqishi mumkinligini istisno qilmaydi, shuning uchun tegishli ogohlantirish choralariga rioya qilish zaruratini bekor qilmaydi.

Miokard infarkti

Majmuaviy antiretrovirus davolash olayotgan pasientlarda miokard infarktini rivojlanish tezligini o‘rganish maqsadida prospektiv, kuzatuv, epidemiologik tekshirish natijalarida, 6 oy davomida abakavirni qabul qilish miokard infarktini rivojlanish xavfini oshishi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Klinik tadqiqodlarning natijalarini umumiy taxlil ma‘lumotlarida miokard infarktining rivojlanish xavfini oshishi abakavirni qabul qilish bilan bog‘liqligi kuzatilmagan. Miokard infarktining potensial rivojlanish xavfini oshishini tushuntiruvchi biologik mexanizmlar noma‘lum. Umuman olganda kogort va nazoratli klinik tadqiqodlarning natijalaridan olingan ma‘lumotlar abakavir bilan davolash va miokard infraktini rivojlanish xavfi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlash imkoni yo‘q.

Shunday bo‘lsa ham, yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfi bulgan pasientlarga antiretrovirus davolash shu jumladan abakavir saqlovchi preparatlar bilan davolashni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Xavf omillarini (arterial gipertoniya, dislipidemiya, qandli diabet va chekish kabilar) minimal darajaga yetkazish uchun barcha choralarni ko‘rish kerak.

Pankreatit

Abakavir qabul qilgan pasientlarda pankreatitni rivojlanish hollari kuzatilgan, biroq preparatni qo‘llash bilan sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan. Abakavir qabul qilayotgan pasientda qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish yoki biokimyoviy ko‘rsatkichlarda o‘ziga xos o‘zgarishlar paydo bo‘lganida pankreatitini istisno qilish kerak. Pankreatit tashxisi istisno qilinmagunicha, preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Osteonekroz

Garchi osteonekrozning etiologiyasi ko‘p omilli (masalan, kortikosteroidlarni qabul qilish, alkogol iste‘mol qilish, o‘tkir immunosupressiya, tana vazni indeksini oshishi ushbu asoratni rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi) hisoblansa-da, ayniqsa zo‘rayib boruvchi OITV-infeksiyasi bo‘lgan pasientlarda / yoki uzoq vaqt davomida antiretrovirus davolash olayotgan pasientlarda bunday holatlar xaqida xabarlar berilgan. Holsizlik, tanglik, bo‘g‘imlarda og‘riq kabi simptomlar paydo bo‘lganida yoki harakatda qiyinchiliklar tug‘ilganida pasientlar davolovchi shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga abakavirning ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha maxsus tekshirishlar o‘tkazilmagan.

Shunday bo‘lsa-da, abakavir qabul qilayotgan pasientlar extiyotkorlik choralarini ko‘rishlari kerak, yoki transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash xamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak, chunki preparat uyquchanlik, bosh og‘rig‘i kabi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Agar davolashdan kutilgan samara homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa, preparatni qo‘llash mumkin (qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan). Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: klinik tadqiqotlarda pasientlar abakavirni 1200 mg gacha bo‘lgan bir martalik dozalarda va 1800 mg gacha bo‘lgan sutkalik dozalarda qabul qilganlar. Nojo‘ya reaksiyalar xaqida xabarlar bo‘lmagan. Abakavirning yanada yuqorirok dozalarini ta‘siri noma‘lum.

Davolash: dozasi oshirib yuborilganida zaharlanish belgilarini aniqlash va davolashni o‘z vaqtida boshlash maqsadida pasientning ahvolini nazorat qilish kerak. Zarurat bo‘lganida simptomatik davolash buyuriladi. Gemodializ va peritoneal dializ yordamida abakavirni organizmdan chiqarilishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 300 mg va 600mg.

300 mg doza 10 tabletkadan 1,3,6,9,12 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

600 mg doza 8 tabletkadan 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept buyicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OLITID tabletkalari 150mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OLITID tabletkalari 150mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OLITID tabletkalari 150mg N30 dori vositasi Фармасинтез, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OLITID tabletkalari 150mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OLITID tabletkalari 150mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
OLITID tabletkalari 300mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Абакавир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Фармасинтез, ОАО, Россия (произ.)
ZIAGEN eritma 240ml 20mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kanada
  • Faol modda: Абакавир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Inc.
ABAKAVIR tabletkalari 300mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Абакавир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharma Limited
ABAKAVIRA SULFAT 600 MG I LAMIVUDIN 300 MG tabletkalari 600 mg/300 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Абакавир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharma Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMIZOLID tabletkalari 600mg N10
AMIZOLID tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
AMIZOLID tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
DIZAVEROKS tabletkalari 300 mg+150 mg N10
NEVIRPIN tabletkalari 200mg N30
AMIVIREN tabletkalari 150mg N10
PROTIONAMID tabletkalari 250mg N50
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
NEOVIR eritma 2 ml 250 mg/2 ml N5
Narh: 378 000 so'mdan Batafsil
FTIZOAKTIV tabletkalari 200mg/10mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
FTIZOAKTIV tabletkalari 150mg/7,5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
FTIZOAKTIV tabletkalari 100mg/5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез, ОАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9