×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMULAKS eritma

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Гидроксиэтилкрахмал
Ishlab chiqaruvchi:
- Reka-Med Farm, СП ООО
ATX kodi:
- B05AA05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N25 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
980 000 s`om dan
GLISIN OZON tabletkalari 100mg N50 ООО «Озон» Rossiya Federatsiyasi
4 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMULAKS eritma qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMULAKS

AMULAXUM

 

Preparatning savdo nomi: Amulaks.

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroksietilkraxmal, natriy xloridi.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: gidroksietilkraxmal 200/0,5 – 6,0 g, natriy xloridi – 0,9 g;

yordamchi modda: tozalangan suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Plazma o‘rnini bosuvchi vosita.

ATX kodi: B05AA05

Farmakologik xususiyatlari

Gidroksietilkraxmal (GEK) amilopektindan olinadi va molekulyar massasi va almashinish darajasi bo‘yicha xarakterlanadi. Amulaks uchun GEK o‘rtacha molekulyar massasi 200000 Da, almashinish darajasi – 0,5 atrofida tashkil qiladi. GEK tuzilishi bo‘yicha glikogenga yaqin bo‘lib, bu uni  yuqori tolerantligini va anafilaktik reaksiyalar paydo bo‘lish xavfi pastligini ko‘rsatadi.

Qon tomir havzasida uzoq aylanib yuradi (kolloidosmotik xususiyati), aylanuvchi qon hajmini oshiradi, gemodinamik ko‘rsatkichlarni normallashishiga va yaxshilanishiga yordam beradi. Qon hajmini uzoq saqlab qolish samarasini namoyon etadi, shuningdek qonning reologik xususiyatlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Amulaks – plazma o‘rnini bosuvchi kolloid izoonkotik GEK eritmasi, infuziya qilinganda qon tomirda plazma hajmini yuborilgan hajmga muvofiq ravishda oshiradi. Amulaks barqaror volemik samarasi preparatni qon tomirga yuborilgan vaqtdan boshlab, 4 soat davomida ko‘rsatadi. Terapevtik samarasi 6 soat davom etadi va moddani molekulyar massasiga va almashinish darajasiga bog‘liq.

Farmakokinetikasi

GEK farmakokinetikasi murakkab xarakterga ega va moddaning molekulyar massasiga va molekulyar almashinish darajasiga bog‘liq. Unchalik katta bo‘lmagan molekulalar kalavalar filtrasiyasi yordamida chiqariladi, o‘lchami katta bo‘lgan molekulalar α-amilaza bilan fermentativ gidrolizga uchraydi va keyinchalik buyrak orqali chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 50% siydik bilan 24 soat davomida chiqariladi.

500 ml Amulaksni bir marta yuborilganda GEK molekulalari organizmdan 24 soat davomida to‘liq chiqariladi. Ko‘ngillilarga xatto har kuni 500 ml 10% li eritmani 10 kun davomida yuborilganda moddaning qon plazmasida sezilarli to‘planishi aniqlanmagan.

Amulaks plazma o‘rnini bosuvchi samarasi saqlanib, yaxshilangan (metabolizmi va chiqarilishi optimallashgan) farmakokinetikasiga ega. Bunda preparatni ko‘p marta xatto yuqori dozalarda yuborilganda gemostaz tizimiga bo‘lgan ta‘sirining susayishi va GEK to‘qimalarda to‘planishini pasayishi yuz bergan.

 

Qo‘llanilishi

Gipovolemiyani va gipovolemik shokni (kuyishlarda, qon ketishlarida, jarohatlarda, infeksion kasalliklarda, operasiyalarda) oldini olish va davolash, o‘tkir normovolemik gemodilyusiya, terapevtik gemodilyusiya, sentrifuga yordamida leykositar massani yig‘ishni oshirish (leykoferezda qo‘shimcha vosita sifatida), qon o‘rnini bosishda yuborilgan qon preparatlarini hajmini kamaytirish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Eritma vena ichiga  yuborish uchun mo‘ljallangan. Sutkalik doza va yuborish tezligi yo‘qotilgan qon hajmiga, gemodinamik ko‘rsatkichlarga va qonni suyultirilish darajasiga (gemodilyusiya) bog‘liq.

Anafilaktik reaksiyalar  xavfini maksimal erta aniqlash uchun bemorlarga preparatning birinchi 10-20 ml sekin tibbiy xodimning doimiy nazorati ostida yuborish lozim.

6% eritma kattalarga: maksimal sutkalik dozasi 50 ml/kg dan oshmasligi kerak.

Bolalar: chaqaloqlarda va 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sutkalik doza – 25 ml/kg, 10-16 yoshdagi bolalarda sutkalik doza – 33 ml/kg ni tashkil qiladi.

Bolalarda 6% izoonkotik eritmani  qo‘llagan ma‘qulroqdir.

Davolanish davomiyligi gipovolemiyaning davomiyligi va og‘irlik darajasiga, gemodinamikaga va gemodilyusiyaga bog‘liq.

Maksimal yuborish tezligi klinik vaziyatga bog‘liq. Shokning o‘tkir bosqichda tavsiya qilinadigan yuborish tezligi tana vaznigacha soatiga 20 ml/kg (soatiga 1,2 g GEK/ kg tana vazniga).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Turli og‘irlik darajasidagi allergik i anafilaktik reaksiyalar, o‘pka shishi, yurak yetishmovchiligi, qon zardobida amilaza darajasini oshishi;

yuqori doza qo‘llanganda – koagulopatiyalar (qon ivish vaqtini, protrombin va qisman trombin vaqtini tranzitor uzayishi, gemodilyusiyada) kuzatilishi mumkin; gemodilyusiyada zardobdagi umumiy oqsil, albumin, kalsiy, fibrinogen, gemoglobin darajasini pasayiishi (24 soat davomida) yuz berishi mumkin. Uzoq vaqt yuqori dozalarda qo‘llanganda terini qichishishi paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, og‘ir gemorragik diatezlar va qon ketishlari bilan kechuvchi qon ivish tizimining boshqa buzilishlarida, shu jumladan koagulopatiyalarda, bosh miya ichki qon ketishlarida, gipervolemiya, gipergidratasiya, degidratasiya suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirshini talab qiluvchi degidratasiyada, og‘ir dimlangan yurak yetishmovchiligi, buyrak faoliyatini oligo- va anuriya bilan kechuvchi yaqqol buzilishlarida (gipovolemiya bilan bog‘liq bo‘lmagan), og‘ir jigar yetishmovchiligi, gemodializda bo‘lgan pasientlarda qo‘llash, giperxloremiya, gipernatriemiya.

Preparatni jigarning surunkali kasalliklarida, qon ivishini buzilishlarida, (ayniqsa gemofiliyada va aniqlangan va yoki shubha qilinayotgan Villebrand kasalligida), bolalarga (preparatni yuborish xavfsizligi va samaradorligi yetarli o‘rganilmagan, shuning uchun uni bolalarda preparatni qo‘llashdan kutiladigan terapevtik samara potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin) o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aminoglikozid antibiotiklarning nefrotoksikligini oshiradi. Preparatni boshqa moddalar bilan aralashtirishdan saqlanish lozim. Boshqa infuzion eritmalar, infuzion eritmalarni tayyorlash uchun konsentratlar, in‘eksion eritmalar va in‘eksiya uchun  eritmalarni tayyorlash uchun kukunlar bilan aralashtirilganda kimyoviy va terapevtik nomutanosiblik kuzatilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Allergik reasiyalar rivojlanganida darhol infuziyani to‘xtatish va tegishli shoshilinch davolashni o‘tkazishni boshlash lozim.

Preparatni qo‘llash vaqtida organizmni yetarli gidratasiyasini ta‘minlash lozim. Qon zardobida elektrolitlar miqdorini, suv muvozanatini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Yaqqol degidratasiya hollarida birinchi navbatda suv-elektrolit muvozanatini normallashtirish lozim, tuzli eritmalarni yuborish afzal hisoblanadi. Davolashni o‘tkazishda buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim.

Ayniqsa yo‘ldosh yurak patologiyasi bo‘lgan pasientlarda, keksa pasientlarda qon hajmini xaddan ziyod oshishidan saqlanish lozim.

Preparatni katta hajmlarini yuborish agglyutinasiya reaksiyalariga ta‘sir qilishi mumkin va qon guruhini aniqlashda soxta-musbat natijalarini berishi mumkinligi tufayli, pasientni qaysi qon guruhiga taaluqligini aniqlash uchun qon sinamasini Amulaksni yuborishdan oldin olish kerak.

Bolalar uchun dozalarni bolani kolloidlarga bo‘lgan ehtiyojiga ko‘ra va asosiy kasallikni og‘irligi, gemodinamik ko‘rsatkichlari va suv muvozanatini hisobga olgan holda, shaxsiy ravishda tanlash lozim. Amulaksni chala tug‘ilgan chaqaloqlarda faqat xavf/foyda nisbatlarini sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Preparatni yuborilishi qon zardobida amilaza darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu pankreatitni aniqlashda halaqit berishi mumkin. Bu samaraga me‘da osti bezi faoliyatini buzilishi sifatida qarash kerak emas. U gidroksietilkraxmallar metabolizmi bilan bog‘liq.

Amulaksni oshgan dozalari suyultirish samarasini (dilyusiya) chaqiradi va gematokritni pasayishiga, shuningdek gemoglobin konsentrasiyasini, koagulyasiya omillarini va boshqa plazma proteinlarini  pasayishiga olib keladi.

Yuborilgan dozaga ko‘ra GEK eritmalari koagulyasiya omillarini konsentrasiyalarini pasayishini chaqirishi, qon ketish vaqtini va FPTV (faollashtirilgan parsial tromboplastin vaqtini) indeksini oshirishi, Villebrand omilini faolligini kamaytirishi mumkin. Ammo Amulaksni qo‘llaganda bu o‘zgarishlar oldingi avlod GEK preparatlari infuziya qilingandagiga nisbatan ahamiyatli dararajada pasaygan va preparatning infuziyasi to‘xtatilgandan  6 soatdan keyin dastlabki darajasiga qaytadi.

Quyish uchun faqat tiniq biroz tovlanuvchi va biroz sariq rangligacha bo‘lgan darajada rangsiz eritmalarni ishlatish lozim.

Faqat shikastlanmagan flakonlardagi preparatni ishlatish lozim. Flakon faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Amulaksni flakon ochilgandan keyin iloji boricha tezroq ishlatish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Preparat homiladorlikda preparatni ishlatilgandagi ona uchun bo‘lgan foyda, homila uchun tadqiqot bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Hayvonlardagi eksperimental tadqiqotlarda preparatni homiladorlikni kechishiga, embrionni/homilani rivojlanishiga, tug‘ruqlarga va postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita nojo‘ya ta‘siri aniqlanmagan. Teratogenlik belgilari kuzatilmagan.

Ushbu preparatni emizikli onalarda ishlatish bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Bu preparatni ayollarga laktasiya davrida buyurilganda ehtiyotkorlik namoyon qilish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni haddan ziyod dozada yoki yuqori tezlikda yuborilganda qon aylanish tizimini ortiqcha yuklama xavfi bo‘lishi mumkin.

Davolash: preparatni yuborishni to‘xtatish, zarur bo‘lganida diuretiklarni buyurish.

Chiqarilish shakli

6% infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml yoki 500 ml dan shisha butilkalarda.

Saqlash sharoiti

10°S dan 25°S gacha yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilishiga yo‘l qo‘yilmasin!

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonadan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMULAKS eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMULAKS eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMULAKS eritma dori vositasi Reka-Med Farm, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMULAKS eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMULAKS eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 250ml 10%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 100ml 10%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 500ml 10%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 500ml 6%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 250ml 6%
STABIZOL eritma 500ml 6% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N infuziya uchun eritma 250ml 6% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 500ml 10% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 250ml 10% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
REFORTAN N infuziya uchun eritma 500ml 6% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N infuziya uchun eritma 250ml 6% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
SIOLIT eritma 100ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
STABIZOL eritma 500ml 6% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 250ml 10% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 250ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
GEKSAZEF infuziya uchun eritma 100ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 100ml 6%
ZITIL infuziya uchun eritma 200ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
GEKODEZ infuziya uchun eritma 200ml 60mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО “Юрия-Фарм”
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 7 200 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 200ml
Narh: 16 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5%
Narh: 6 570 so'mdan Batafsil
LEVOGLOB infuziya uchun eritma 100ml 0,5%
REOPOLIGLYUKIN eritma 400ml
FLUTIKAN infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM, СП ООО
Narh: 9 600 so'mdan Batafsil
FUROSEMID eritma 2 ml 10mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM, СП ООО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
REKARGIN eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM, СП ООО
Narh: 76 600 so'mdan Batafsil
DIBAZOL eritma 5 ml 10 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM, СП ООО
TRISOL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
Narh: 5 700 so'mdan Batafsil
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 400ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
SUKSINASOL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
RINGER infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
Narh: 5 400 so'mdan Batafsil
RINGER infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
Narh: 4 300 so'mdan Batafsil
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
REKSISOL infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
PROSUKSIN infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
NATRIYA GIDROKARBONAT infuziya uchun eritma 100ml 4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AMINAR infuziya uchun eritma 100ml 4,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reka-Med Farm, СП ООО
Narh: 56 600 so'mdan Batafsil
DEKSAMETAZON eritma 1 ml 4 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: REKA-MED FARM, СП ООО
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9