×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KONTROLOK poroshok 40mg N1

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Пантопразол
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Takeda GmbH
Vakil:
- Takeda Osteurope Holding GmbH
ATX kodi:
- A02ВC02.
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
VELRAB 20 tabletkalari N30 KOHINOOR FARMA ООО Hindiston
ULKAVIS tabletkalari 120mg N56 KRKA, d.d. Sloveniya
60 000 s`om dan
EZOMI poroshok 40mg N1 Lyka Labs Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: natriy pantoprazoli seskvigidrati 45,10 mg (40,0 mg pantoprazolga ekvivalent);

yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy gidroksidi.
Faol moddani 40 mg dan rezina tiqinlar bilan berkitilgan va polipropilen diskli alyumin
qalpoqchalar bilan siqib qisilgan rangsiz shisha flakonlarga solingan.
1 flakon davlat va rus tilidagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutiga solingan.
Пантопразол париетал ҳужайраларининг протон помпасига специфик таъсир кўрсатиш йўли орқали меъдада хлорид кислотаси секрециясини секинлаштирувчи алмашинган бензимидазол бўлибҳисобланади.
Париетал ҳужайраларнинг кислотали муҳитида пантопразол ўзининг фаол шакли - циклик сульфенамидга айланади, у ерда у Н+, К+-АТФаза ферментини бостиради.

Ингибиция қилиш жараёни дозага боғлиқ ва кислотани ҳам базал, ҳам рағбатлантилган секрециясига таъсир кўрсатади. Кўпчилик пациентларда симптомларни бартараф этилишига 2 ҳафта давомида эришилади. Протон помпасини ва Н2 рецепторлари бошқа ингибиторлари ҳолатларидаги каби пантопразол билан даволаш меъдани кислоталилигини пасайишини чақиради, бу гастринни чиқарилишини пропорционал равишда ошишига олиб келади. Гастрин даражасини ошиши қайтувчандир.

Пантопразол ҳужайра рецепторининг даражасига нисбатан ферментни дистал боғлаганлиги туфайли, бу бирикма бошқа моддалар (ацетилхолин, гистамин, гастрин) томонидан рағбатлантирилишига қарамай, хлорид кислотасининг секрециясига таъсир кўрсатиши мумкин.
Пантопразол перорал ёки вена ичига қўлланилишидан қатъий назар самарасибир хил.
Қисқа муддатли даволаганда кўпгина ҳолатларда гастрин даражалари норманинг юқори чегарасидан ошмайди. Узоқ муддатли даволаганда кўпгина ҳолатларда гастрин даражаси икки марта ошади. Бироқ унинг аҳамиятли ошиши фақатгина якка ҳолатларда кузатилган.
Узоқ муддатли даволашни натижаси сифатида якка ҳолатларда меъдада специфик эндокрин ҳужайралар сонининг бироз ёки ўртача ошиши кузатилган (аденоматоид гиперплазия). Шунга
қарамай, ҳозирги кунгача ўтказилган тадқиқотларга кўра, ҳайвонлардаги экспериментларда кўрсатилгандек ҳавфли касалликларни ўтмишдошларини ёки меъданинг хавфли касалликларини (атипик гиперплазия) пайдо бўлиши аниқланмаган.
Антисекретор дори препаратлари билан даволаш вақтида кислота секрециясини пасайишига жавобан зардобда гастрин даражаси ошади. Шунингдек, меъдани кислоталилигини пасайиши туфайли хромогранин А (CgA) даражаси ошади. Хромогранин А (CgA) даражасини ошиши нейроэндокрин ўсмаларининг текширишларига таъсир қилиши мумкин.

Мавжуд чоп этилган маълумотлар, протон помпаси ингибиторлари билан даволашни хромогранин А (CgA) даражасини текширишдан 5 кун-2 ҳафта олдин тўхтатиш керак. Бу протон помпа ингибиторлари билан даволаш сабабли сохта ошган хромогранин CgA даражасини нормага келиш имконини беради.
Bir marta yoki takroran yuborilganidan so'ng farmakokinetikasi o'zgarmaydi. 10 mg dan 80 mg gacha bo'lgan dozalar diapazonida pantoprazolning qon plazmasidagi kinetikasi peroral qabul qilingandan keyin ham, vena ichiga yuborilgandan keyin ham to'g'ri proportsional.
Taqsimlanishi

Pantoprazolni zardobdagi oqsillar bilan bog'lanish darajasi taxminan 98% ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi taxminani 0,15 l/kg tashkil qiladi.

Biotransformatsiyasi

Modda jigarda deyarli to'liq metabolizmga uchraydi. Metabolizmining asosiy yo'li keyinchalik sulьfatni kon'yugatsiyaga uchrash bilan sitoxrom P450 2C19 (CYP2C19) ishtirokida metil guruhini yo'qotish hisoblanadi, metabolizmning boshqa yo'llari sitoxrom P450 3A4 (CYP3A4) ni oksidlanishini o'z ichiga oladi.
Metabolizmi
Yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni va klirensi - taxminan soatiga 0,1 l/kg ni tashkil qiladi. Pantoprazolni pariyetal hujayralarining proton nasosi bilan o'ziga xos bog'lanishi tufayli, yarim chiqarilish davri preparatning yanada uzoqroq ta'siri (kislota sekretsiyasini ingibitsiya qilinishi) bilan mos kelmaydi.

Pantoprazol metabolitlarining asosiy chiqarilish yo'li (taxminan 80%) - buyraklar orqali, qolganlari axlat bilan chiqariladi. Qon zardobi va siydikda sulьfat bilan bog'langan dismetilpantoprazol asosiy metabolit bo'lib hisoblanadi. Asosiy metabolitning yarim chiqarilish davri (taxminan 1,5 soat), pantoprazolga qaraganda unchalik katta emas.
Patsiyentlarning xarakteristikasi/patsiyentlarning alohida guruhlari
Buyrak funktsiyasining buzilishi bo'lgan patsiyentlarda (shu jumladan, dializda bo'lgan patsiyentlarda) pantoprazol dozasini pasaytirish talab etilmaydi. Bunday patsiyentlar uchun, sog'lomlar uchun kabi, yarim parchalanish davri qisqa xisoblanadi. Pantoprazolning juda oz miqdorigina dializga uchrashi mumkin. Pantoprazolning asosiy metaboliti biroz yanada sekinroq yarim chiqarilish davriga (2-3 soat) ega bo'lishiga qaramasdan, uning ekskretsiyasi hali ham tez bo'lib qolaveradi, va shuning uchun birikmaning akkumulyatsiyasi (to'planishi) sodir bo'lmaydi.

Jigar sirrozi (Chayld bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan patsiyentlar uchun pantoprazolning yarim parchalanish vaqtini 7-9 soatgacha oshishi va AUC qiymatlari 5-7 martaga oshishiga qaramasdan, zardobda maksimal kontsentratsiyasi sog'lom patsiyentlar bilan solishtirilganda sezilmas darajada, 1,5 martaga oshadi.

Keksa odamlarda AUC va Cmax ni yanada yoshroq shaxslarning ahamiyatsiz darajada oshishi tegishli ko'rsatkichlar bilan solishtirilganda klinik ahamiyatli bo'lib hisoblanmaydi.

2-16 yoshdagi bolalarda pantoprazolning 0,8 yoki 1,6 mg/kg dozadan bir marta yuborilgandan keyin, pantoprazolni patsiyentning yoshi va vazni bo'yicha chiqarilishlari o'rtasida ahamiyatli
bog'liqlik kuzatilmagan. AUC va taqsimlanish hajmi kattalar ishtirokidagi tadqiqotlar davomida olingan ma'lumotlarga mos kelgan.
Quyida ularning uchrash tez-tezligi bilan kuzatiladigan nojo'ya reaktsiyalar sanab o'tilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha);tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha);kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo'yicha baholashni iloji yo'q).
Qon tomiri va limfatik tizimlari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: Agranulotsitoz

Juda kam hollarda: Trombotsitopeniya, leykopeniya, pantsitopeniya


Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar va anafilaktik shok).

Moddalar almashinuvchi va ovqatlanish tomondan buzilishlar

Kam hollarda: Giperlipidemiya va lipidlar darajasini oshishi (triglitseridlar, xolesterin), tana vaznini o'zgarishi

Tez-tezligi noma'lum: Giponatriyemiya, gipomagniyemiya, gipokalьtsiyemiya1, gipokaliyemiya Ruhiyat tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: Uyquning buzilishi

Kam hollarda: Depressiya (jumladan zo'rayishi)

Juda kam hollarda: Dezoriyentatsiya (jumladan zo'rayishi)

Tez-tezligi noma'lum: Gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashuvi (ayniqsa bunga moyil

patsiyentlarda, shuningdek, davolashdan oldin ushbu simptomlar mavjud bo'lganda ularni zo'rayishi)

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: Bosh og'rig'i, bosh aylanishi

Kam hollarda: Ta'mni buzilishi Ko'rish a'zoari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: Ko'rishni buzilishi/ko'rishni xiralashuvi Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: Me'da tubining bezlardan kelib chiqqan poliplari (xavfsiz)

Tez-tez emas: Diareya, ko'ngil aynishi/qusish, qorinni dam bo'lishi va meteorizm, qabziyat,

og'iz qurishi, qorindagi diskomfort va og'riqlar Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: Jigar fermentlari faolligini oshishi (transaminazalar, gamma-glyutamiltranspeptidazalar)

Kam hollarda: Bilirubin darajasini oshishi

Tez-tezligi noma'lum: Gepatotsellyulyar shikastlanishlar, sariq kasalligi, jigar-hujayrali yetishmovchilik

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: Toshma, ekzantema, qichishish

Kam hollarda: Eshakemi, Kvinke shishi

Tez-tezligi noma'lum: Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, multishaklli eritema, yorug'likka sezuvchanlik, nim o'tkir teri qizil yugurik.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: Son, bilak yoki umurtqa pog'onasini sinishi

Kam hollarda: Artralgiya, mialgiya

Tez-tezligi noma'lum: Mushaklar spazmi 2
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum: Interstitsial nefrit (buyrak yetishmovchiligiga qadar mumkin bo'lgan zo'rayishi bilan)

Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: Ginekomastiya
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Tez-tez: In'ektsiya joyida tromboflebit

Tez-tez emas: Asteniya, charchoqlik va lohaslik

Kam hollarda: Tana haroratini oshishi, periferik shishlar kuzatilishi mumkin. 1gipomagniyemiya tufayli gipokalьtsiyemiya
2elektrolit muvozanatni buzilishi natijasi sifatida
Me'da raki
Pantoprazolga bo'lgan simptomatik javob me'daning xavfli o'smalarini simptomlarini niqoblash va tadqiqotini kechiktirishi mumkin.

Xavotirli simptomlar bo'lganida (masalan, vaznni ahamiyatli behosdan tushishi, qaytariluvchi qusish, disfagiya, qon aralash qusish, kamqonlik yoki melena) va me'da yarasi mavjud bo'lganida yoki unga shubha bo'lganida, xavfli jarayonni istisno qilish lozim.
Jigar yetishmovchiligi

Jigar funktsiyasini og'ir buzilishi bo'lgan patsiyentlarda Kontrolok preparatini qabul qilinganda, ayniqsa uzoq vaqt davomida, jigar fermentlari darajasini muntazam nazoratini o'tkazish tavsiya etiladi. Jigar fermentlari darajasi oshganda preparatni qo'llashni to'xtatish lozim.
OITV proteazasi ingibitorlari bilan birgalikda qo'llanilishi
Pantoprazolni so'rilishi me'da ichi rN-muhitiga bog'liq bo'lgan OITV proteazasi ingibitorlari (atazanavir kabi) bilan birgalikda ularning biokiraolishligi pasayishi tufayli qo'llash tavsiya etilmaydi.
Bakteriyalar chaqirgan me'da-ichak yo'llari infektsiyalari
Kontrolok Salmonella, Campylobacter yoki C.difficile kabi bakteriyalar tomonidan chaqirilgan gastrointestinal infektsiyalarning biroz o'sishiga olib kelishi mumkin.
Natriy

Ushbu dori preparatini bir flakonida 1 mmolь dan (23 mg) kam natriy mavjud, ya'ni u deyarli
"natriysiz".
Gipomagniyemiya

Uch oydan 1 yilgacha bo'lgan davr mobaynida proton pompasi ingibitorlarini qabul qilgan patsiyentlarda gipomagniyemiyaning og'ir shaklini rivojlanishi haqida xabar berilgan. Gipomagniyemiyaning charchoqlik, tetaniya, deliriy, tirishishlar, bosh aylanishi va qorinchalarni aritmiyasi kabi jiddiy ko'rinishlari sezilmasdanboshlanishi va ular o'tkazib yuborilishi mumkin. Gipomagniyemiyali ko'pchilik patsiyentlarda magniy bilan o'rindosh davolash buyurilgandan keyin va proton pompasi ingibitorlari bekor qilingandan keyin holatni yaxshilanishi kuzatilgan.

Uzoq muddatlidavolash talab etiladigan patsiyentlarda yoki proton pompasi ingibitorlarini digoksin yoki gipomagniyemiyani chaqirishi mumkin bo'lgan preparatlar (masalan, diuretiklar) bilan birgalikda qabul qilayotgan patsiyentlarda proton pompasi ingibitorlari bilan davolashni boshlashdan oldin va vaqti-vaqti bilan davolash paytida magniy darajasini o'lchash tavsiya etiladi.

Suyaklarni sinishi

Proton pompasi ingibitorlari, ayniqsa ular katta dozalarda va uzoq vaqt (>1 yil) qo'llanilayotgan bo'lsa,ko'proq keksa yoshlilarda yoki boshqa xavf omillari bo'lganida son suyagi, bilak suyaklari va umurtqa pog'onasini sinish xavfini ahamiyatsiz oshirishi mumkin. Kuzatuv tadqiqotlari ma'lumotlari, proton pompasi ingibitorlari sinishlarning umumiy xavfini 10-40% ga oshirishi mumkinligini ko'rsatadi. Ayrim xavflar, shuningdek, boshqa xavf omillari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Osteoporozni rivojlanish xavfi mavjud bo'lgan patsiyentlar amaldagi klinik tavsiyalarga muvofiq davolanishlari va D vitamini va kalьtsiyning yetarli miqdorida olishlari kerak.
Nim o'tkir tizimli qizil yugurik (TQYu)
Proton pompasi ingibitorlari juda kam hollarda nim o'tkir TQYu bilan bog'liq. Agar ayniqsa terining quyosh nurlaridan himoyalanmagan sohalarida shikastlanish yuzaga kelsa, va ular artralgiya bilan kechgan hollarda, patsiyent darhol tibbiy yordamga murojaat qilishi kerak. Nim o'tkir TQYu proton nasosi ingibitorlari bilan oldingi davolashdan keyin boshqa proton nasosi ingibitorlari bilan nim o'tkir TQYu xavfini oshirishi mumkin.
Laborator ko'rsatkichlarning natijasiga ta'siri
Xromogranin A (CgA) darajasini oshishi neyroendokrin o'smalarga nisbatan tekshiruvga halaqit qilishi mumkin. Bunday to'sqinlikka yo'l qo'ymaslik uchun, xromogranin A (CgA) ni tekshirishdan 5 kun oldin Kontrolok preparati bilan davolashni to'xtatish lozim. Agar xromogranin A (CgA) darajasi va gastrin darajasi boshlang'ich tekshiruvdan keyin me'yorga kelmasa, tahlillarni proton pompasi ingibitorlari bilan davolash to'xtatilgandan keyin
14 kundan so'ng takrorlash lozim.
Dori vositasi transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi. Kontrolok transport vositasini boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta'sir qiladi.

Bosh aylanishi va ko'rish qobiliyatini buzilishi ehtimoli tufayli, transport vositalarini va yuqori diqqatni talab etuvchi boshqa mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish lozim.
me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, reflyuks-ezofagit

Zollinger-Ellison sindromi yoki patologik me'da gipersekretsiya bilan xarakterlanadigan boshqa holatlarda qo'llanadi.
preparatning faol komponentlariga, almashingan benzimidazollarga, har qanday yordamchi moddalarga o'ta yuqori sezuvchanlik

pantoprazolni atazanavir bilan birga qo'llash
18 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi
homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
pN-bog'liq absorbtsion farmakokinetikali dori vositalari
Me'da shirasi sekretsiyasini chuqur va uzoq muddatli ingibitsiya qilinishi tufayli, pantoprazol biokiraolishligi uchun me'daning rN muhim determinant (belgilovchi) xisoblangan boshqa preparatlarning so'rilishini qiyinlashtirishi mumkin, masalan, ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol va erlotinib kabi ayrim azol zamburug'larga qarshi vositalari uchun.
OITV proteazasi ingibitorlari

Pantoprazolning so'rilishi rN-bog'liq bo'lgan OITV proteazasi ingibitorlari (masalan, atazanavir) bilan birga ularning biokiraolishligi ahamiyatli pasayishi tufayli qo'llash tavsiya etilmaydi.
OITV proteazasi ingibitorlarini va proton pompasi ingibitorlarini birgalikda qo'llash zarur bo'lgan holatda, sinchkov klinik nazoratni o'tkazish tavsiya etiladi (masalan, virus yuklamasini aniqlash). Bunday holatlarda pantoprazolning dozasi kuniga 20 mg dan oshmasligi kerak. Shuningdek, OITV proteazasi ingibitorlari dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.
Kumarin antikoagulyantlari (varfarin yoki fenprokumon)

Pantoprazol fenprokumon yoki varfarin bilan birga qo'llanilganda, klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirlari aniqlanmagan. Shunga qaramay, shuni ta'qidlash joizki, proton pompasi ingibitorlarini varfarin yoki fenprokumon bilan birga qabul qilgan patsiyentlarda XNM va protrombin vaqtini oshish holatlari ma'lum. XNM va protrombin vaqtning oshishi patologik qon ketishlarga va hatto o'limga olib kelishi mumkin. Pantoprazol va varfarin yoki fenprokumon qabul qilayotgan patsiyentlar, XNM va protrombin vaqtining oshishini o'z vaqtida aniqlash maqsadida shifokorning kuzatuvi ostida bo'lishlari kerak.
Metotreksat
Metotreksatni yuqori dozalarda (masalan, 300 mg) proton pompasi ingibitorlari bilan birga qo'llanilganda, ayrim patsiyentlarning qonida metotreksatni darajasi oshganligi haqidagi xabarlar mavjud. Shuning uchun, metotreksatni yuqori dozalarini qo'llanilganida, masalan, xavfli o'smalari va psoriazi bo'lgan patsiyentla rda, pantoprazolni vaqtinchalik bekor qilish masalasini ko'rib chiqish zarurati paydo bo'lishi mumkin.

Dorilarning o'zaro ta'sirining boshqa tadqiqotlari
Pantoprazol sitoxrom R450 tizimi fermentlari yordamida jigarda faol metabolizmga uchraydi. Metabolizmning asosiy yo'li CYP2C19 izofermenti yordamida metil guruhini yo'qolishi hisoblanadi, metabolizmning boshqa yo'llari orasida esa CYP3A4 izofermenti yordamida oksidlanishi qayd etiladi.

Maxsus tadqiqotlar, Kontrolok preparatini kofein, karbamazepin, diazepam, etanol, diklofenak, glibenklamid, naproksen, metoprolol, nifedipin, fenitoin, piroksikam, teofillin, tarkibida levonorgestrel va etinilestradiolni saqlagan oral kontratseptivlar bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirini aniqlamagan.

Pantoprazolni xuddi o'sha ferment tizimi yordamida metabolizmga uchraydigan boshqa dori preparatlari yoki moddalar bilan o'zaro ta'sirini istisno qilib bo'lmaydi.

O'zaro ta'sirlashuvi bo'yicha turli tadqiqotlar natijalari, pantoprazolni CYP1A2 (masalan, kofein, teofillin), CYP2C9 (masalan, piroksikam, diklofenak, naproksen), CYP2D6 (masalan, metoprolol), CYP2E1 (masalan, etanol) izofermentlari yordamida metabolizmga uchraydigan faol moddalarning metabolizmiga ta'sir ko'rsatmasligini ko'rsatadi. Pantoprazol digoksinning r-glikoproteinga bog'liqli so'rilishini buzilishiga olib kelmaydi.
Antatsidlar bilan birgalikda qo'llanilganida o'zaro ta'siri topilmagan.
Klaritromitsin, amoksitsillin, kabi antibiotiklar, metronidazol bilan birga bir vaqtda qabul qilinganda o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
CYP2C19 ni ingibitsiya qiluvchi yoki induktsiya qiluvchi preparatlar
Fluvoksamin kabi CYP2C19 izofermenti faolligini ingibitorlari pantoprazolning tizimli ta'sirini oshirishi mumkin. Pantoprazolning yuqori dozalari bilan uzoq vaqt davolanayotgan, yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarga Kontrolok dozasini pasaytirish kerak bo'lishi mumkin.

Rifampitsin va dalachoyi (Hypericum perforatum) kabi CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari faolligining induktorlari plazmada ushbu ferment tizimlari yordamida metabolizmga uchraydigan PPI kontsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.
25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati
yil

Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.
Mazkur preparat shifokor tomonidan va tegishli tibbiy kuzatuv ostida buyurilishi kerak. Vena ichiga yuborishni faqat preparatning tabletka shaklida ichga qabul qilishni imkoni bo'lmaganda tavsiya etiladi. 7 kun mobaynida vena ichiga yuborish bo'yicha ma'lumotlar mavjud. Shuning uchun peroral qabul qilishni imkoni bo'lgan zahoti Kontrolok preparatini vena ichiga yuborib davolashni bekor qilish kerak va 40 mg pantoprazolni peroral buyurish kerak. Foydalanishga tayyor in'ektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun 10 ml natriy xloridni (0,9%) fiziologik eritmasini quruq moddani saqlagan flakonga qo'shiladi. 100 ml 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasi bilan aralashtirilgandan so'ng ushbu eritma bevosita vena ichiga qo'llanilishi mumkin (vena ichiga tomchilab).

Tayyorlangan eritma tayyorlangandan keyin 12 soat davomida ishlatilishi kerak. Vena ichiga 2-15 minut davomida yuborish kerak.

Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) Kontrolok preparatini vena ichiga tavsiya qilinadigan dozasi sutkada 40 mg. Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlar

Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlarda uzoq vaqt davolanganda davolashning boshida Kontrolok preparatini tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 80 mg ni tashkil qiladi. Shundan keyin, me'da shirasining kislotalik muhiti ko'rsatkichlariga ko'ra, doza oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

Preparatning 80 mg dan yuqori sutkalik dozada qo'llanganda, dozani bo'lib, kuniga ikki marta qabul qilish lozim. Kontrolok preparatini sutkalik dozasini 160 mg dan yuqoriga vaqtinchalik oshirish mumkin, lekin kislotalik nazorati uchun zarur bo'lgan muddatdanuzoq qo'llash kerak emas. Agar kislotalik tezda nazorat qilish zarur bo'lgan holatda, ko'pchilik patsiyentlarda bir soat mobaynida kislotalikni me'yorgacha (<10 mEkv/soat) tushirish uchun Kontrolok preparatini kuniga 2 marta 80 mg dan boshlang'ich dozasi yetarli hisoblanadi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Jigar funktsiyasining yaqqol buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda preparatning sutkalik dozasi 20 mg pantoprazoldan oshmasligi kerak (40 mg li pantoprazol 1/2 flakon).

Keksa yoshdagi patsiyentlarga va buyraklar funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

18 yoshdan kichik bo'lgan bolalarda in'ektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun kukun shaklidagi 40 mg dozadagi Kontrolok preparatini qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Shuning uchun, in'ektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun kukun shaklidagi 40 mg dozadagi Kontrolok preparatini 18 yoshdan kichik bo'lgan patsiyentlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Simptomlar: noma'lum
Davolash: dozani oshirib yuborilishiga shubha bo'lsa, qo'llab turuvchi va simptomatik davolashni o'tkazish tavsiya etiladi. Preparat gemodializ orqali chiqarilmaydi.
Homiladorlik

Homiladorlar to'g'risidagi ma'lumotlar (300 dan 1000 tagacha homiladorlardan olingan ma'lumotlarining natijalari) sonining ko'p emasligi Kontrolok® preparatida feto/neontal toksiklik va malьformatsiyani keltirib chiqarish qobiliyati mavjud emasligidan dalolat beradi.
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko'rsatgan.

Ehtiyot chorasi sifatida, homiladorlik davrida Kontrolok® preparatini qo'llamagan ma'qul.

Laktatsiya davrida

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar pantoprazol ko'krak sutiga ajralib chiqishini ko'rsatdi. Bugungi kunda odamlarda pantoprazol ko'krak sutiga ajratilib chiqishi to'g'risidagi ma'lumotlar yetarli emas, ammo odamlarda ko'krak sutiga preparat ajratilib chiqarilishi haqida xabar berilgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar/go'daklar uchun xavfni shuningdek istisno qilib bo'lmaydi. Demak, emizishdan voz kechish yoki Kontrolok® preparati bilan davolashni bekor qilish/davolashdan saqlanish haqida qaror qabul qilinayotganida bola uchun emizishdan keladigan foydani va ayol uchun Kontrolok® preparati bilan davolashdan keladigan foydani qiyoslash zarur.

Fertillik

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda pantoprazolni reproduktiv faoliyatga salbiy ta'siri to'g'risidagi ma'lumotlar yo'q.
KONTROLOK poroshok 40mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KONTROLOK®

KONTROLOK

 

Preparatning savdo nomi: Kontrolok®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pantoprazol

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 45,1 mg pantoprazol natriy seskvigidrati 42,3 mg pantoprazol natriy (angidridi) va 40,0 mg pantoprazolga (erkin kislota) mos keladi,

yordamchi moddalar: 1,0 mg dinatriy edetati; 0,24 mg natriy gidroksidi.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli quruq substansiya.

Farmakoterapevtik guruhi: proton nasosi ingibitori.

ATX kodi: A02VS02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Pantoprazol parietal hujayralarda proton pompalarini spesifik blokada qilish yo‘li bilan me‘dada xlorid kislotasi sekresiyasini ingibisiya qiluvchi o‘rin almashingan benzimidazol xosilasidir.

Pantoprazol kislotali muhitda parietal hujayralarda faol shaklga aylanadi, shu yerda u pantoprazol H+, K+-ATFaza fermentini, ya‘ni me‘dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishining yakunlovchi bosqichini ingibisiya qiladi. Ingibisiya qilishi dozaga bog‘liq bo‘lib, kislotaning bazal sekresiyasiga ham, rag‘batlantiruvchi sekresiyasiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik pasientlarda simptomlar 2 hafta ichida o‘tib ketadi. Proton pompasining boshqa ingibitorlari va N2-reseptorlarining ingibitorlari bilan bo‘lgani kabi, pantoprazol bilan davolash me‘dada kislotalik darajasini pasaytiradi va shu yo‘l bilan kislotalik darajasini kamayishiga proporsional ravishda gastrin miqdorini oshiradi. Gastrinni oshishi qaytuvchan xarakterga ega. Pantoprazol hujayra reseptorlaridan uzoqda bo‘lgan fermentlar bilan bog‘langani tufayli, u xlorid kislotasi sekresiyasini uni boshqa moddalar (asetilxolin, gistamin, gastrin) tomonidan rag‘batlantirishidan qat‘iy nazar, susaytiradi. Preparatning ta‘siri peroral qabul qilinganida va vena ichiga yuborilganida bir xil bo‘ladi.

Pantoprazolni och qoringa qabul qilish fonida gastrin darajasi oshadi. Qisqa vaqt qo‘llanganda ko‘pchilik hollarda normaning yuqori chegarasidan oshmaydi. Uzoq vaqt davomida davolanganda gastrin darajasi ko‘pchilik hollarda ikki marta oshadi. Ayrim hollarda gastrinni xaddan tashqari oshishi qayd etilgan. Buning natijasi sifatida uzoq vaqt davomida davolanganda kam hollarda me‘daning spesifik endokrin hujayralari sonini biroz yoki o‘rtacha (oddiydan to adenomatoz giperplaziyaga qadar) oshishi qayd etilgan. Shunga qaramay, shu kunga qadar o‘tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq, hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda topilgan karsionoid prekursorlari (atipik giperplaziya) yoki me‘da karsinoidining shakllanishi odamlarda kuzatilmagan.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, pantoprazol bilan bir yildan ortiq bo‘lgan uzoq muddat davolashning qalqonsimon bezning endokrin parametrlariga ta‘sirini to‘la istisno qilib bo‘lmaydi.

Antisekretor preparatlar bilan davolash vaqtida, xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini pasayishiga javoban zardobda gastrin miqdori oshadi. Shuningdek me‘daning kislotali muhitini pasayishi tufayli, onkomarker xisoblanadigan Xromogranin A (CgA)ni darajasini oshishi kuzatiladi. Xromogranin A (CgA)  darajasini oshishi neyroendokrin o‘smalarni tekshirish natijalariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin (interferensiya).

Hozirgi vaqtda mavjud dalillar bilan chop etilgan ma‘lumotlar, Xromogranin A (CgA) ni o‘rganish yuzasidan tekshirishdan 5 kundan 2 haftagacha bo‘lgan muddat davomida proton nasosi ingibitorlarini qabul qilishni to‘xtatib turishni tavsiya etadi. Bu Xromogranin A (CgA) darajasini referens ko‘rsatkichlargacha qaytarishga imkon beradi, bu ko‘rsatkichlarni soxta oshishi proton nasosi ingibitorlarini qabul qilinganda kuzatilishi mumkin.

Farmakokinetikasi

Umumiy farmakokinetikasi

Bir marta yoki ko‘p marta yuborilganidan keyin farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. 10 mg dan 80 mg gacha dozalar diapazonida plazmada pantoprazolning kinetikasi ichga qabul

qilinganidan keyin ham, vena ichiga yuborilganida ham proporsional bo‘ladi.

Taqsimlanishi

Zardobdagi plazma oqsili bilan bog‘lanishi taxminan 98% ni tashkil etadi. Taqsimlanish hajmi taxminan 0,15 l/kg ni tashkil etadi.

Biotransformasiyasi

Modda deyarli faqat jigarda metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolizm yo‘li keyinchalik sulfatli kon‘yugasiya bilan birga CYP2C19 bilan demetillanish hisoblanadi; boshqa metabolizm yo‘li CYP3A4 bilan oksidlanishni o‘z ichiga oladi.

Chiqarilishi

Yakuniy fazada yarim chiqarilish davri 1 soatni, klirensi esa, taxminan 0,1 l/soat/kg ni tashkil etadi. Chiqarilishi tutilib qolgan bir nechta pasientlarda haqida xabar berilgan. Pantoprazol parietal hujayralarning proton pompalari bilan spesifik bog‘lanishi tufayli, yarim chiqarilish davri uzoqroq vaqt davomida ta‘sir etishi (xlorid kislotasi sekresiyasini ingibisiya qilishi) bilan o‘zaro mos kelmaydi. Pantoprazolning metabolitlarini katta qismi (taxminan 80%) buyrak orqali, qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi. Zardobdagi ham siydikdagi asosiy metabolit sulfat bilan kon‘yugasiyalanuvchi desmetilpantoprazol hisoblanadi. Asosiy metabolitning yarim chiqarilish davri (taxminan 1,5 soat) pantoprazolga nisbatan bir oz uzoqroq davom etadi.

Aholining alohida guruhlari

Sekin metabolizatorlar

Yevropaning taxminan 3% aholisida CYP2C19 funksional fermenti yetishmovchiligi ular metabolizmi sekin kechuvchilar bo‘lib hisoblanadi. Ushbu shaxslarda pantoprazolning metabolizmi, ehtimol, asosan CYP3A4 fermenti tomonidan katalizlanadi. Pantoprazolning 40 mg li bir martalik dozasi yuborilganidan keyin «konsentrasiya-vaqt» egri chizig‘i ostidagi maydon CYP2C19 funksional fermentiga ega bo‘lgan sub‘ektlarga (tez metabolizm qiluvchilarga) nisbatan, metabolizmi sekin kechuvchilarda taxminan 6 marta yuqori bo‘lgan. Plazmada konsentrasiyaning o‘rtacha cho‘qqisi taxminan o‘rtacha 60% ga oshgan. Ushbu ma‘lumotlarni pantoprazolning dozalarini tanlashga taalluqli emas.

Buyrak funksiyasini buzilishi

Buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda (shu jumladan dializda bo‘lgan pasientlarda) dozani pasaytirish talab qilinmaydi. Sog‘lom sub‘ektlarda bo‘lgani kabi, pantoprazolni yarim chiqarilish davri qisqa bo‘ladi. Pantoprazolning faqat uncha katta bo‘lmagan miqdori dializga uchraydi. Garchand asosiy metabolit o‘rtacha sekinlashgan yarim chiqarilishi davriga (2-3 soat) ega bo‘lsa-da, chiqarilish tezligi shuningdek tez bo‘lib qolaveradi, demak kumulyasiya mavjud bo‘lmaydi.

Jigar funksiyasini buzilishi

Jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda (A va V sinflari) yarim chiqarilishi davri 7 soatdan 9 soatgacha diapazonida, egri chiziq ostidagi maydon (AUC) qiymati esa 5 dan 7 gacha oshgan bo‘lishiga qaramay, zardobdagi maksimal konsentrasiyasi juda ozgina oshgan, sog‘lom sub‘ektlar bilan taqqoslanganida, faqat 1,5 ga oshgan.

 

Keksalar

Keksa yoshdagi ko‘ngillilarda AUC va Cmax ko‘rsatkichlarining yoshlarga nisbatan juda ozgina oshishi ham klinik ahamiyatga ega emas.

Bolalar

Pantoprazolning 0,8 yoki 1,6 mg/kg bir martali dozasi 2–16 yoshdagi bolalarga vena ichiga yuborilganidan keyin pantoprazolning klirensini qiymati va yosh yoki vazn o‘rtasidagi bog‘liqlik kuzatilmagan. AUC va taqsimlanish hajmi qiymatlari kattalardagi ma‘lumotlarga muvofiq bo‘lgan.

 

Qo‘llanilishi

  • Reflyuks ezofagit.
  • Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi.
  • Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlar.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mazkur preparatni yuborish tibbiyot xodimi tomonidan va tegishli tibbiy kuzatuv ostida amalga oshirilishi kerak.

Kontrolok® preparatini, agar peroral qo‘llash to‘g‘ri kelmasagina, vena ichiga yuborish tavsiya etiladi. 7 kunga qadar vena ichiga yuborish haqidagi ma‘lumotlar mavjud. Shuning uchun, Kontrolok® preparati bilan davolash imkoniyati paydo bo‘lishi bilanoq vena ichiga yuborish to‘xtatilishi va buning o‘rniga 40 mg li pantoprazol tabletkalarda buyurilishi kerak.

Dozalash

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yaralarida, reflyuks ezofagit

Tavsiya etiladigan vena ichiga yuboriladigan dozasi sutkada Kontrolok® preparatining 1 flakonini (40 mg pantoprazolni) tashkil etadi.

Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlar

Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor kasalliklarni uzoq muddatli nazorat qilish maqsadida pasientlar davolashni Kontrolok® preparatining
80 mg sutkalik dozasida boshlashlari lozim. So‘ngra me‘dada kislota sekresiyasini tartibga solish maqsadida, uni o‘lchash yordamida zaruratga qarab, dozani oshirgan yoki pasaytirgan holda titrlash mumkin. Preparatni 80 mg sutkalik dozadan ortiq qo‘llanilganida, doza bo‘linishi va kuniga ikki marta yuborilishi kerak. Pantoprazolning dozasini 160 mg dan yuqoriga vaqtinchalik oshishiga yo‘l qo‘yiladi, ammo kislotaliligini mos ravishda nazorat qilish uchun talab qilinadigan vaqtdan ko‘proq qo‘llash mumkin emas.

Kislota darajasini zudlik bilan nazorat qilish zarurati bo‘lganida, Kontrolok® preparatining 2 x 80 mg boshlang‘ich dozasi pasientlarning ko‘pchiligida bir soat davomida maqsadli diapazonda (<10 mEkv/soat) kislota darajasini pasaytirish uchun yetarli bo‘ladi.

Jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda pantoprazolning 20 mg sutkalik dozasiga (40 mg pantoprazol flakonining yarmi) rioya etilishi zarur («Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang).

Buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi («Farmakokinetikasi» bo‘limiga qarang).

Keksalar

Keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi («Farmakokinetikasi» bo‘limiga qarang).

Bolalar

Kontrolok® preparatining in‘eksiya uchun eritmani tayyorlash uchun 40 mg kukunining xavfsizligi va samaradorligi bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda o‘rganilmagan. Demak, Kontrolok® preparatining in‘eksiya uchun eritmasini tayyorlash uchun 40 mg kukunini 18 yoshdan kichik bo‘lgan pasientlarda qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar «Farmakokinetikasi» bo‘limida keltirilgan, ammo dozalari bo‘yicha tavsiyalar mavjud emas.

Qo‘llash usuli

Qo‘llashga tayyor eritmasini tayyorlash uchun kontrolok natriy xloridining 9 mg/ml (0,9% li) 10 ml in‘eksiya uchun eritmasida eritiladi. Tayyorlangan eritma darhol yoki natriy xloridining 9 mg/ml (0,9% li) yoki glyukozaning 55 mg/ml (5% li) in‘eksiya uchun eritmasining 100 ml da aralashtirilgandan keyin yuborish mumkin. Suyultirish uchun shisha yoki plastik konteynerlarni ishlatish kerak.

Dori vositasini 2-15 minut davomida vena ichiga yuborish kerak.

Ampula ochilganidan keyin yoki ochilgani va suyultirilganidan keyin, eritmaning kimyoviy va fizik barqarorligi 25°S haroratda 12 saqlanib qoladi.

Mikrobiologik nuqtai nazaridan preparatni zudlik bilan yuborish kerak.

Kontrolok preparatini yuqorida ko‘rsatilgan eritmalardan tashqari, boshqa eritmalar bilan aralashtirish yoki suyultirish mumkin emas.

Flakon ichidagi modda faqat bir marta vena ichiga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Konteynerda qolgan, tashqi ko‘rinishi o‘zgargan har qanday mahsulot (masalan, xiralashish va cho‘kma kuzatiladi) muassasaning ichki talablariga muvofiq utilizasiya qilinishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Taxminan 5% pasientlar preparatning ta‘siriga nisbatan nojo‘ya reaksiyalarni (PTNR) his etishlari mumkin. Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiya in‘eksiya joyidagi tromboflebit bo‘lgan. Diareya va bosh og‘rig‘i taxminan 1% pasientlarda namoyon bo‘ladi.

Quyida pantoprazolning quyidagicha tez-tezlikdagi tasnifi muvofiq ko‘rsatilgan nojo‘ya reaksiyalari keltirilgan:

juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum (tez-tezligini mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).

Post marketing qo‘llash tajribasi davomida kelib tushgan barcha nojo‘ya reaksiyalar uchun nojo‘ya reaksiyalarning biron-bir tez-tezligini qo‘llash imkoniyati mavjud emas, shu sababli ular «noma‘lum» tez-tezlikda eslatib o‘tilgan.

Har bir guruhda nojo‘ya reaksiyalar og‘irlik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan.

  1. jadval. Pantoprazolning klinik sinovlar va postmarketing tajribasi jarayonida aniqlangan nojo‘ya reaksiyalari.

 

Namoyon bo‘lish tez-tezligi

Tizim a‘zolari sinfi

Tez-tez Tez-tez emas Kam hollarda Juda kam hollarda Noma‘lum
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar     Agranulositoz Trombositopeniya; leykopeniya; pansitopeniya  
Immun tizimi tomonidan buzilishlar     O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan anafi-laktik reaksiyalar va anafilaktik shok)

 

   
Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar     Giperlipidemiya va lipidlar (trigliseridlar, xolesterin) miqdorini oshishi;

Tana vaznini o‘zgarishi

  Giponatriemiya; Gipomagniemiya («Maxsus ko‘rsatmalar» ga qarang); Gipokalsiemiya(1); Gipo-kaliemiya
Ruhiy buzilishlar   Uyquni buzilishi Depressiya (va kasallikni zo‘rayishini har xil turlari) Dezorientasiya (va kasallikni zo‘rayishini har xil turlari) Gallyusina-siyalar; ongni chalkashishi (ayniqsa shunga moyil-ligi bo‘lgan pasientlar-da, shuning-dek ushbu simptomlar ilgari mav-jud bo‘lgan taqdirda ularni zo‘rayishi)
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar   Bosh og‘rig‘i; Bosh aylanishi Ta‘m sezishni buzilishlari   Paresteziya
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar     Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar/ ko‘rishni xiralashishi    
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Fundal bezlar-dan po-liplar (xavf-siz) Diareya; ko‘ngil aynishi/ qusish; qorinni dam bo‘lishi va meteorizm; qabziyat; og‘izni qurishi; qorinda og‘riq va diskomfort      
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar   Jigar fermentlari (transaminaza, γ-GT) ni oshishi bilirubinni oshishi   Gepatosellyulyar shikast-lanish; sariqlik; gepatosellyu-lyar yetish-movchilik
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar   Toshma/ekzante-ma/terida toshmalar; qichishish Eshakemi; angionevrotik shish   Stivens-Djonson sindromi; Layell sindromi; ko‘p shaklli ekssudativ  eritema; fotosensibilizasiya; nim o‘tkir teri qizil yugurigi («Maxsus ko‘rsatmalar» ga qarang)
Skelet mushaklari va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar   Son, bilak yoki umurtqa pog‘ona-sini sinishi («Maxsus ko‘rsatmalar» ga qarang) Artralgiya; mialgiya;   Mushak spazmi(2)
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar         Interstisial nefrit (buyrak yetishmovchi-ligi rivoj-lanishi ehtimoli bilan)
Jinsiy a‘zolar va ko‘krak bezi tomonidan buzilishlar     Ginekomastiya    
Umumiy buzilishlar va yuborilish joyida buzilishlar Yuborish joyida tromboflebit Asteniya, charchoq va lohaslik Tana haroratini oshishi; periferik shishlar    
  1. Gipokalsiemiya gipomagniemiya bilan birgalikda
  2. Elektrolit buzilishlari oqibatida mushak spazmi

Nojo‘ya samaralarga shubha to‘g‘risida xabarlar

Nojo‘ya samaralarga shubha to‘g‘risida xabarlar preparat ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin juda muhimdir. Ular preparatning foyda/xavf nisbatini kuzatish imkonimni beradi. Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarini milliy xabar berish tizimi yordamida nojo‘ya samaralarga barcha shubhalar tug‘ilganida barchasi to‘g‘risida xabar berishlari so‘raladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Faol moddaga, o‘rin almashingan benzimidazollarga, har qanday boshqa yordamchi moddalarga nisbatan yuqori seuvchanlikda qo‘llash mumkin emas («Tarkibi» bo‘limiga qarang).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

So‘rilishi pH ga-bog‘liq dori preparatlari

Me‘da sekresiyasini kuchli va uzoq muddatli ingibisiya qilinishi tufayli, pantoprazol me‘daning pH darajasi peroral biokiraolishligini belgilovchi muhim omil bo‘lgan, boshqa dori preparatlarining, masalan ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol kabi ayrim zamburug‘larga qarshi azol preparatlarini, erlotinib kabi boshqa preparatlarning so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

OITV proteazasi ingibitorlari

Biokiraolishligini sezilarli pasayishi tufayli, so‘rilishi me‘da ichidagi pH darajasiga bog‘liq bo‘lgan atazanavir kabi OITV proteazasi ingibitorlari bilan pantoprazolni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Agar OITV proteazasi ingibitorlarini proton pompasi ingibitorlari bilan kombinasiyasi muqarrar bo‘lsa, sinchkov klinik nazoratni o‘tkazish (masalan, virusli yuklamani tekshirish) tavsiya etiladi. Sutkalik dozani sutkada 20 mg dan oshirmaslik kerak. Zarurat bo‘lganida OITV proteazasi ingibitorlarining dozasiga tuzatish kiritish mumkin.

Kumarin (fenprokoumon yoki varfarin) antikoagulyantlari

Pantoprazolni varfarin yoki fenprokoumon bilan birga qabul qilish varfarin, fenprokoumonning farmakokinetikasiga yoki XMN ga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Biroq, PPI va varfarin yoki fenprokoumonni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda XMN ni va protrombin vaqtini oshishi haqidagi xabarlar mavjud bo‘lgan. XMN va protrombin vaqti ko‘rsatkichlarini oshishi kuchli qon ketishlariga va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Pantoprazol va varfarin yoki fenprokoumon bilan davolanayotgan pasientlarga XMN va protrombin vaqti ko‘rsatkichlarini nazorat qilish talab qilinishi mumkin.

Metotreksat

Metotreksatning yuqori dozalarini (masalan 300 mg) va proton pompasi ingibitorlarini birga qo‘llanganida ayrim pasientlarda metotreksat darajasini oshishi haqidagi xabarlar bo‘lgan. Shu sababli, agar metotreksatning yuqori dozalari, masalan rak kasalliklarida va psoriazda qo‘llanilsa, pantoprazolni vaqtincha bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish lozim.

Boshqa o‘zaro ta‘sirlar

Pantoprazol jigarda R450 sitoxromining ferment tizimi orqali metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolizm yo‘li – bu CYP2C19 ishtirokida metil guruhini yo‘qolishi va boshqa metabolik yo‘llar bilan, jumladan CYP3A4 yordamida oksidlanishdir.

Ayni shu yo‘llar bilan metabolizmga uchraydigan karbamazepin, diazepam, glibenklamid, nifedipin va levonorgestrel va etinilestradiolni saqlaydigan oral kontraseptivlar kabi preparatlarning o‘zaro dori ta‘sirlari yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda klinik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.

Pantoprazolni shu ferment tizimi yordamida metabolizmga uchraydigan boshqa dori preparatlari yoki birikmalar bilan o‘zaro ta‘sirini inkor etish mumkin emas.

O‘zaro ta‘sirlar yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari pantoprazol CYP1A2 bilan metabolizmga uchraydigan faol moddalar (kofein, teofillin kabi), CYP2C9 tomonidan metabolizmga uchraydigan faol moddalar (piroksikam, diklofenak, naproksen kabi), CYP2D6 tomonidan metabolizmga uchraydigan faol moddalar (metoprolol kabi), CYP2E1 tomonidan metabolizmga uchraydigan faol moddalar (etanol kabi) metabolizmiga ta‘sir etmasligini yoki digoksinning p-glikoprotein bilan bog‘liq so‘rilishiga ta‘sir etmasligini ko‘rsatadi.

Antasidlar bilan birga qo‘llanganida o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan. Dorilarning o‘zaro ta‘siriga doir tadqiqotlar shuningdek pantoprazolni antibiotiklar bilan (klaritromisin, metronidazol, amoksisillin kabi) birgalikda buyurilishi yordamida o‘tkazilgan. Klinik jihatdan muhim ahamiyatga ega o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.

CYP2C19 ni ingibisiya qiluvchi yoki induksiya qiluvchi dori preparatlari:

Fluvoksamin kabi CYP2C19 ingibitorlari pantoprazolning tizimli ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Pantoprazolning yuqori dozalari bilan uzoq vaqt davomida davolangan pasientlarda yoki jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozani pasaytirish masalasini ko‘rib chiqish zarur.

Rifampisin va oddiy dalachoy (Hypericum perforatum) kabi CYP2C19 va CYP3A4 ga ta‘sir ko‘rsatuvchi ferment induktorlari ushbu ferment tizimlari vositasida metabolizmga uchraydigan PPI plazmadagi konsentrasiyalarini pasayishiga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Me‘daning xavfli o‘smalari

Pantoprazol qo‘llanilganida kuzatiladigan simptomatik reaksiya me‘dada xavfli o‘smalar simptomlarini yashirishi mumkin, bu esa to‘g‘ri tashhis qo‘yishni kechiktirishi mumkin. Xavf tug‘diruvchi (yoki shubxa) simptomlarning birontasi (masalan, sezilarli ataylab qilinmagan vazn yo‘qotilishi, vaqti-vaqti bilan qusish, disfagiya, gematemezis, anemiya yoki melena) ishtirokida va me‘da yarasiga shubha qilinganida yoki u mavjud bo‘lganida xavfli o‘sma bo‘lishi mumkinligini istisno etish lozim, chunki pantoprazol bilan davolash simptomlarni kamaytirishi va to‘g‘ri tashhis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.

Agar adekvat davolashga qaramay, simptomlar mavjud bo‘lsa, keyingi tekshirishlarni amalga oshirish zarur.

Jigar funksiyasini buzilishlari

Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda davolash vaqtida jigar fermentlarini nazorat qilish lozim. Agar jigar fermentlarining darajasi oshsa, davolash to‘xtatilishi kerak («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang).

OITV proteazasi ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilishi

So‘rilishi me‘da ichidagi pH darajasiga bog‘liq bo‘lgan OITV proteazasi ingibitorlari (biokiraolishligini sezilarli pasayishi tufayli, atazanavir kabi proteaza ingibitorlari) bilan pantoprazolni birgalikda qo‘llash tavsiya etilmaydi («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).

Bakteriyalar keltirib chiqargan me‘da-ichak infeksiyalarida

Kontrolok® preparati bilan davolash Salmonella va Campylobacter yoki C. difficile kabi bakteriyalar keltirib chiqargan me‘da-ichak infeksiyalari xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin.

Pantoprazol barcha proton pompasi ingibitorlari (PPI) kabi odatda yuqori me‘da-ichak yo‘llarida mavjud bo‘ladigan bakteriyalar sonini oshishiga olib kelishi mumkin. Kontrolok® preparati bilan davolash Salmonella va Campylobacter kabi bakteriyalar keltirib chiqargan me‘da-ichak infeksiyalari xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin.

Natriy

Ushbu dori preparati flakonda 1 mmol (23 mg) dan kam natriy saqlaydi, ya‘ni deyarli «natriy saqlamaydi».

Gipomagniemiya

Gipomagniemiyaning og‘ir darajasi pantoprazolga o‘xshash PPI bilan eng kamida uch oy, ko‘pchilik hollarda bir yil davomida davolangan pasientlarda uchrashi xabar berilgan. Kuzatilishi va sezilmay qolishi mumkin bo‘lgan charchoq, mushak tirishishlari, alahlash, bosh aylanishi va yurak qorinchasi aritmiyasi kabi gipomagniemiyaning jiddiy simptomlari kuzatilishi mumkin. Gipomagniemiyasi bo‘lgan pasientlarning ko‘pchiligida magniy o‘rni to‘ldirilganidan va PPI ni qabul qilish bekor qilinganidan keyin ularning holati yaxshilangan.

Uzoq muddat davomida davolanish nazarda tutiladigan pasientlarda yoki PPI ni digoksin yoki gipomagniemiyani keltirib chiqaradigan preparatlar (masalan, diuretiklar) bilan birgalikda qabul qilayotgan pasientlarda sog‘liqni saqlash mutaxassislari PPI bilan davolash boshlanishiga qadar va davolash vaqtida magniy darajasini vaqti-vaqti bilan aniqlab turishlari lozim.

Suyak sinishlari

Proton pompasi ingibitorlari, ayniqsa, agar ular katta dozalarda va uzoq vaqt davomida (>1 yil) ishlatilsa, ko‘proq keksalarda yoki boshqa aniqlangan xavf omillari mavjud bo‘lganida son, bilak yoki umurtqa pog‘onasini sinishlari xavfini biroz darajada oshirishi mumkin. Observasion tadqiqotlar davomida proton pompasi ingibitorlari sinishlarning umumiy xavfini 10–40% ga oshishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida taxmin ilgari surilgan. Ayrim sinish xavflari boshqa xavf omillari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Osteoporoz xavfi bo‘lgan pasientlar joriy klinik tavsiyalarga muvofiq parvarishlanishi va kalsiy, vitamin va D vitaminining zarur bo‘lgan miqdorini qabul qilishlari kerak.

Nimo‘tkir teri qizil yugurigi (NO‘TQYU)

Proton pompasi ingibitorlarini buyurilishi kam hollarda NO‘TQYU hollari bilan bog‘liq. Agar tananing ochiq joylarida quyosh nuri ta‘siriga uchraydigan, artralgiya bilan kechuvchi teri shikastlanishlari o‘choqlari kuzatilsa, pasientlar zudlik bilan tibbiy yordam olish uchun murojaat qilishlari, sog‘liqni saqlash mutaxassislari esa, preparatni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishlari zarur. Proton pompasi ingibitori bilan ilgari davolangandan so‘ng yuzaga kelgan NO‘TQYU hollari, proton pompasining boshqa ingibitorlari tomnidan NO‘TQYU ni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Laborator tekshiruvlar natijalariga ta‘siri (Interferensiya)

Xromogranin A (CgA) darajasini oshishi neyroendokrin o‘smalarni tekshirish natijalariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur interferensiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Kontrolok preparatini qabul qilishni Xromogranin A (CgA) ni o‘rganish yuzasidan tekshirishdan 5 kun oldin to‘xtatib turish lozim (Farmakodinamikasi bo‘limiga qarang). Agar birinchi tekshiruvda Xromogranin A va gastrin darajasi referens ko‘rsatkichlari diapazonida (norma chegarasida) bo‘lmasa, proton nasosi ingibitorlari bilan davolash to‘xtatilganidan keyin 14 kun o‘tgach, tekshiruvni takrorlash kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik

Homiladorlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar (300 dan 1000 tagacha homiladorlardan olingan ma‘lumotlarining natijalari) sonining ko‘p emasligi Kontrolok® preparatida feto/neontal toksiklik va malformasiyani keltirib chiqarish qobiliyati mavjud emasligidan dalolat beradi.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko‘rsatgan.

Ehtiyot chorasi sifatida, homiladorlik davrida Kontrolok® preparatini qo‘llamagan ma‘qul.

Laktasiya davrida

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar pantoprazol ko‘krak sutiga ajralib chiqishini ko‘rsatdi. Bugungi kunda odamlarda pantoprazol ko‘krak sutiga ajratilib chiqishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yetarli emas, ammo odamlarda ko‘krak sutiga preparat ajratilib chiqarilishi haqida xabar berilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar/go‘daklar uchun xavfni shuningdek istisno qilib bo‘lmaydi. Demak, emizishdan voz kechish yoki Kontrolok® preparati bilan davolashni bekor qilish/davolashdan saqlanish haqida qaror qabul qilinayotganida bola uchun emizishdan keladigan foydani va ayol uchun Kontrolok® preparati bilan davolashdan keladigan foydani qiyoslash zarur.

Fertillik

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda pantoprazolni reproduktiv faoliyatga salbiy ta‘siri to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yo‘q.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Pantoprazol transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi yoki biroz ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparat ta‘siriga nisbatan bosh aylanishi va ko‘rishni buzilishlari kabi nojo‘ya reaksiyalar namoyon bo‘lishi mumkin («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang). Nojo‘ya reaksiyalar namoyon bo‘lganida pasientlar transport vositalarini boshqarmasligi yoki biror-bir mexanizmlar bilan ishlamasligi lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Odamda dozani oshirilib yuborilishining ma‘lum simptomlari mavjud emas.

Vena ichiga 2 minut davomida yuborilgan 240 mg gacha preparatning tizimli ta‘siri pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan.

Pantoprazol oqsillar bilan ekstensiv ravishda birikadi, dializ yordamida to‘liq chiqarilmaydi.

Intoksikasiya klinik belgilari bo‘lgan dozani oshirib yuborilishida simptomatik va tutib turuvchi davolashdan tashqari spesifik davolash yuzasidan tavsiyalar yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

40 mg dan pantoprozol rezina tiqin bilan berkitilgan va kul rang polipropilendan tayyorlangan diskli alyumin qalpoqcha bilan siqilgan, tiniq shishadan tayyorlangan flakonlarda.

1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoya qilingan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KONTROLOK poroshok 40mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KONTROLOK poroshok 40mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KONTROLOK poroshok 40mg N1 dori vositasi Takeda GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KONTROLOK poroshok 40mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KONTROLOK poroshok 40mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASPAN tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дрогсан Илачлары Сан. ве Тидж. А. Ш.
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
PANTIPRO liofilizat 40 mg N1
ULSEPAN tabletkalari 40mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
PANZOL poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas 1, Pharmacity, Selaqui, Dehradun
  • Vakil: LIFE PHARMA SYSTEMS
KONTROLOK tabletkalari 40mg N14
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
PANZAK poroshok 40mg N1
PANTAP tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
ULTERA tabletkalari 20mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
PROTON P tabletkalari 40mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aristopharma Ltd
PROTON P tabletkalari 20mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aristopharma Ltd
PANTOSAN poroshok 40mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Immacule Lifesciences Pvt. Ltd
ULSEPAN poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
ZOLOPENT tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PENTAZA tabletkalari 40mg N30
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
ULSEPAN tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
NOLPAZA poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NOLPAZA tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
PANUM tabletkalari 40mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANUM tabletkalari 40mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANTAZ tabletkalari 40mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
PANTAZ tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
PANTAZ tabletkalari 40mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KONTROLOK tabletkalari 40mg N14
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
KONTROLOK tabletkalari 40mg N14
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9