×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Динопростон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
ATX kodi:
- G02AD02
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 162 ta dorixonasida topildi

ico 117 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 138 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 120 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

PIMAFUSIN krem 30g 2% Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L. Italiya
147 000 s`om dan
LEUKEYR kapsulalar N30 Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. Hindiston
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N3 Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L. Italiya
99 799 s`om dan
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10 Нижфарм, АО Rossiya
69 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Xar bir tabletka saqlaydi:
faol modda: dinoproston – 3,0 mg;
yordamchi moddalar: aerosil # 200, makkajuxori kraxmali,  Avicel PH112, suvsiz laktoza, magniya stearat.
Preparatning faol moddasi – dinoproston prostaglandin Ye2 (PGE2) ning sintetik analogi bo'lib hisoblanadi va xujayrada sAMF va kalьtsiy miqdorini boshqaruvchi adenilattsiklaza fermenti faolligiga ta'sir qiladi. SAMF biosinteziga ta'sir yo'li bilan dinoproston boshqa gormonlar ta'sirini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Dinoproston homilador bachadonning miometriyasini yaqqol ritmik qisqarishini va tug'ruq vaqtidagi fiziologik to'lg'oqlarga o'xshash bo'lgan uning tonusini oshishini chaqiradi.
Dinoproston bachadon bo'yniga mahalliy ta'sir ko'rsatadi va uni yumshashini, silliqlanishini va ochilishini chaqiradi. Glandin tabletka vaginal qo'llanganida bachadon bo'yni kollagenazasiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi va miometriyani qisqarishini rag'batlantiradi, bachadon bo'yni yetilishiga yordam berib, uning gemodinamikasini yaxshilaydi. Bu o'zgarishlar bachadon mushak qobig'i faolligini bir vaqtda kuchaytirish bilan bachadon bo'yni qarshiligini kamaytirishi oqibatida homilani tug'ilishiga olib keladi.
Dinoproston shuningdek kardiotonik va bronxlarni kengaytiruvchi ta'sirga ega. Me'daning sekretor funktsiyasini susaytiradi, odamning me'da-ichak yo'llari silliq mushaklarini rag'batlantirishini chaqirishi mumkin. Ushbu ta'sir dinoprostonni bachadon bo'ynini muddatidan oldin yetilishi uchun qo'llash bilan bog'liq bo'lgan vaqti-vaqti bilan aniqlangan qusish va/yoki diareyaning sababchisi bo'lishi mumkin. Dinoprostonning yuqori dozalari ehtimol qon tomir tizimining silliq mushaklariga preparatning ta'siri bilan bog'liq bo'lgan qon bosimini pasayishini chaqirishi mumkin.
Dinoproston vaginal qo'llanganidan keyin tez so'riladi, plazmada maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 30-45 minutni tashkil qiladi, shundan keyin bachadon faolligi darajasiga bog'liq bo'lmagan holda dastlabki darajasigacha tez pasayadi. Qon oqsillari plazmasi bilan bog'lanishi 73% ni tashkil qiladi.
Dinoproston ona organizmida keng taqsimlanadi. Metabolitlarini hosil qilib o'pkada metabolizmga uchraydi, shundan keyin jigar va buyrakda metabolizmga uchraydi. Shu vaqtgacha odam qoni va siydigida kamida to'qqizta Ye2 prostaglandin metaboliti aniqlangan. PGE2 13, 14-digidro-15-keto PGE2 da tez metabolizmga uchraydi, u keyinchalik 13, 14- digidro, 15- keto PGA2 ga aylanadi. Preparat va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali, kam miqdori axlat bilan birga chiqariladi.
Onada
gipertoniya
ko'ngil aynishi, qusish, diareya
o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: anafilaktik reaktsiya, anafilaktik shok, astma, bronxospazm
belda og'riq
bachadonni anomal qisqarishi (uchrash tezligini, tonusni yoki qisqarish davomiyligini oshishi), gipertonus, bachadonni yirtilishi, yo'ldosh ko'chishi
preparat yuborilgan joyda og'riq
toshma

Homilada yoki yangi tug'ilgan chaqaloqda
homilada yurak qisqarishlar sonini oshishi
homila distressi/preparatni qabul qilish vaqtida yoki keyin homilada yurak urishi sonini o'zgarishi
o'lik tug'ilish, mudddatidan oldin tug'ilish, yangi tug'ilgan chaqaloqning past statusi, homila atsidozi

Ba'zida haroratni oshishi va leykotsitoz kuzatilishi mumkin, biroq ular davolash yakunlangandan keyin bir qancha vaqt o'tgach normallashadi.
Qorin ichiga yuboriladigan preparatlar uchun bo'lgani kabi ushbu holatda ham ekstraamniotik yuborishda mahalliy shikastlanish xavfini e'tiborga olish kerak. Bu hollarda zararlanishni davolash kerak.
Faqat maxsus statsionar sharoitda qat'iy shifokor nazorati ostida qo'llanilsin.
Glandin-E2, vaginal tabletka 3mg ishlatish vaqtida bachadon faolligining elektron monitoringini olib borish va gipertonusni, bachadon qisqarish vaqtini uzayishi yoki homila distressini aniqlash maqsadida homilaning yurak qisqarishlar sonini, ayniqsa tug'ayotgan ayol anamnezida gipertonik yoki tetanik bachadon qisqarishi bo'lganida kuzatish zarur. Bachadon bo'yni holatini (ochilishi, yumshashi va silliqlanishi) qat'iy kuzatish zarur.
Agar ayolda bachadon gipertonusi yoki uni haddan tashqari qisqarishi rivojlansa, yoki homilaning noodatiy yurak urishi aniqlansa, ona va homila uchun yaxshi yakun topishi uchun darhol tug'dirish usuliga tuzatish kiritish kerak.
Har qanday tug'ruqni rag'batlantiruvchi preparatlar qo'llanganida yaqqol og'riq sindromi bilan kechuvchi yaqqol va davomiy bachadon qisqarishi bachadon yirtilishiga olib kelishi mumkinligini yodda saqlash kerak.
Glandin-E2, vaginal tabletka 3mg ni buyurishdan oldin homila va chanoq o'lchamining muvofiqligini sinchiklab baholash kerak.
Glandin-E2, vaginal tabletka 3mg ni bronxial astma (yoki anamnezida astma), glaukoma (yoki ko'z ichki bosimini oshishi), tutqanoq (yoki anamnezida tutqanoq), yurak-qon tomir, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, gipertoniyasi bo'lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Homiladorlik vaqtida yoki homiladorlikning 40 haftasidan keyin asoratlari bo'lgan 35 yoshdan katta ayollarda tug'ruqdan keyingi dissemirlangan qon tomirlar ichki qon ivishini rivojlanish xavfi oshishi mumkin. Bundan tashqari ushbu omillar keyinchalik tug'ruq induktsiyasi bilan bog'liq xavfni oshiradi. Shunday qilib, Glandin-E2, vaginal tabletka 3mg g ni ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda ishlatish kerak. Tug'ruqdan keyin bevosita onada tezkor fibrinolizni rivojlanish ehtimolini aniqlash uchun qon olish kerak.
Preparatni qinga yuborish kam hollarda ixtiyorsiz keyinchalik anafilaktik shok yoki homiladorda amniotik suyuqlik emboliyasi sindromini rivojlanishi bilan kechuvchi homila oldi qobig'ini yirtilishini chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Glandin-E2, vaginal tabletka 3mg homiladorlik yetilgan ayollarda qo'llash uchun mo'ljallangan.
Preparat ko'krak sutida ahamiyatsiz darajada ajraladi.
Muddatidan oldin yoki muddatida tuqqan ayol sutida ahamiyatli darajada farqi kuzatilmagan.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Faqat statsionar sharoitlarda qo'llanadi.
Ona yoki homila uchun qarshi ko'rsatmalar bo'lmaganida homiladorlik yetilgan ayollarda tug'ruq faoliyatini induktsiya qilish uchun qo'llaniladi.
prostaglandinlarga yoki gelь tarkibiga kiruvchi boshqa moddalarga yuqori sezuvchanlik
patsiyentda tug'ruqni rag'batlantirish uchun oksitotsinni qo'llashga qarshi ko'rsatma yoki bachadonni uzoq muddat qisqarishi bo'lsa
ko'p homilali homiladorlik
anamnezimda ko'p sonli tug'ruq (6 yoki undan ko'p yetilgan homiladorlik)
tabiiy tug'ruq yo'li bilan tug'ishga imkon bo'lmagan homilani oldin joylashishi (ko'ndalang, qiya va boshq.)
yo'ldoshni oldin joylashishi
anamnezida bachadonda jarrohlik aralashuvi (masalan, kesarev kesish, gisterotomiya)
chanoq va homila boshi o'lchamining nomuvofiqligi
homilada anomaliya bo'lishi mumkinligini ko'rsatuvchi yurak qisqarishlar ritmini buzilishi
homila boshini noto'g'ri joylashishi
homiladorlik vaqtida qindan noaniq xarakterga ega ajralma va/yoki anomal bachadon qon ketishi
jinsiy yo'llarning pastki qismi infektsiyasi
avvalgi qiyin yoki jarohat bilan kechgan tug'ruq
yurak, o'pka, buyrak yoki jigarning jiddiy kasalliklari
homilada distress sindromiga klinik gumon yoki buni anamnezida bo'lishida qo'llash mumkin emas.
Oksitotsinga javob reaktsiyasi dinoproston bilan birga qo'llanganida kuchayishi mumkin. Boshqa tug'ruqni rag'batlantiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Oksitotsinni dinoproston (vaginal gelь, vaginal tabletkalar) ni qabul qilgandan keyin dori vositalarni yuborish orasidagi 6 soatga teng minimal intervalga rioya qilib qo'llash tavsiya etiladi.
Bir tabletka Dinoproston 3 mg qinning ichki teshigining darajasidan pastroq orqa qubbasiga kuyiladi. Tug'ruq jarayeni boshlanmagan bo'lsa, tavsiya etiladigan takroriy doza, yuborishlar orasidagi 6-8 soatlik interval bilan qo'yiladi. Maksimal doza 6 mg (2 tabletka)
Simptomlari: bachadon gipertonusi yoki bachadon qisqarishini kuchayishi va yomonlashishi, shuningdek homila distressi.
Davolash:simptomatik.
Ye2 prostaglandinlar chaqirgan miometral giperstimulyatsiyaning vaqtinchalik xarakterini hisobga olib, ko'pgina holatlarda nospetsifik, konservativ davolash samarali hisoblanadi, ya'ni kislorodni niqob orqali yuborib preparatni qindan olib tashlash maqsadida patsiyentni yonboshlab yotgan holatiga o'tkazish kerak. Agar bachadon giperstimulyatsiyasini (va/yoki homila distressini) to'xtatish uchun preparatni oddiy bekor qilish yetarli bo'lmasa, beta-adrenomimetiklarni vena ichiga yuborish mumkin. Ushbu davolash yetarli ta'sir qilmaganida, shoshilinch tug'dirib olish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1 dori vositasi Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PRIMIGIN gel 0,5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Динопростон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bbharat Serums and Vaccines Ltd, Индия произведено: Brassica Pharma Pvt. Ltd
  • Vakil: SanaPharm MChJ
Narh: 184 000 so'mdan Batafsil
PRIMIGIN gel 3g 0,5mg
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 46 300 so'mdan Batafsil
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VARIOR tabletkalari 500mg N10
KLIN ENEMA eritma 68ml
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
KLIN ENEMA eritma 135ml
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
ASEFIL KAF sirop 120ml
Narh: 14 025 so'mdan Batafsil
GINOSPORIN krem 35g 2%
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 gel 2,0mg N1
Narh: 189 500 so'mdan Batafsil
KLINLAK sirop 120ml
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
LANGEYR tabletkalari 4mg N14
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
IRPO FA sirop 120ml
VARIOR tabletkalari 250mg N10
LANGEYR poroshok 4mg N14
KLARITRO granuli 60ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
SEFEKSOL DS poroshok 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
SEFEKSOL poroshok 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
KLARITRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
Другие формы препарата
GLANDIN Ye2 gel 2,0mg N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9