×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIVIRON PLYUS sirop 240ml

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Фолиевая кислота, витамин B1, витамин B6, никотинамид(Витамин РР или В3), цитрат железа(III)-аммония
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
ATX kodi:
- B03AЕ03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 39 ta dorixonasida topildi

ico 42 300 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 45 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

GEMBAG inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N5 Dr Sertus İlaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
ASKOFER inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N3 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
FERSINOL inyeksiya uchun eritma 2ml N5 World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S. Turkiya
90 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Viviron Plyus siropining xar 5 ml quyidagilarni saklaydi:
faol modda:
temir ammoniy sitrati45 mg
folat kislotasi0,5 mg
V1 vitamini1,0 mg
V6 vitamini2,0 mg
nikotinamid10,0 mg
yordamchi moddalar:
limon kislotasi monogidrati12,5 mg
natriy benzoati20,0 mg
natriy sitrati2,5 mg
shokoladli shira 80040,006 ml
saxar1000,0 mg
karamelьnыy svet 5030,0 mg
natriya gidroksid0,25 mg
natriya saxarinat4,0316
jidkaya glyukoza3250,0 mg
deionizirovannaya vodado 5,0 ml
Temir ammoniy sitrati - gemoglobin xosil bo'lishi uchun va tirik to'qimalarda oksidlanish jarayonlarini kechishi uchun zarur bo'lgan, almashtirib bo'lmaydigan komponentdir. Temir va uning tuzlari temir tanqisligi anemiyasini davolash va oldini olish uchun qo'llanadi.
Temir MIY dan muntazam va to'liq so'riladi, asosiy so'rilish o'n ikki barmoq va ingichka ichaklarda kechadi.
Folat kislotasi - V guruhi vitaminlarining vakilidir, organizmda tetragidrofolat shaklida bo'ladi, u turli metabolik jarayonlarda, shu jumladan purin va pirimidin nukleotidlarining sintezida, DNK sintezida ko-enzim bo'lib xizmat qiladi, shuningdek aminokislotali aylanishlarning ayrim jarayonlarida va formiatni hosil bo'lishi va utilizatsiyasida ishtirok etadi.
V1 vitamini (tiamin gidroxloridi) karbonsuvlar metabolizmidagi almashtirib bo'lmaydigan ko-enzim hisoblanadi. Tiamin yetishmovchiligini davolash va oldini olish uchun ishlatiladi. Tiaminning fiziologik faol shakli tiamin pirofosfatdir (kokarboksilaza), u ko-enzim sifatida piruvat va alьfa-ketoglutar kislotasi kabi alьfa-keto kislotalarining dekarboksillanishida ishtirok etadi.
Tiamin peroral kabul qilinganidan so'ng MIY dan yaxshi so'riladi va to'qimalar bo'ylab yaxshi taqsimlanadi. Tiamin organizmda deyarli to'planmaydi, ortiqcha miqdori organizmdan siydik bilan o'zgarmagan holda va metabolitlari ko'rinishida chiqariladi.
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) piridoksin yetishmovchiligini davolash va oldini olish uchun qo'llanadi. Piridoksik asosan aminokislotalarning metabolizmida ishtirok etadi, shuningdek gemoglobin hosil bo'lishi uchun zaruriy komponent bo'lib hisoblanadi.
Piridoksin, piridoksalь va piridoksamin peroral qabul qilinganidan so'ng MIY dan tez so'riladi va faol shakllari - piridoksalь fosfati va piridoksamin fosfatiga aylanadi. U asosan jigarda to'planadi, u yerda u 4-piridoksin kislotasi va boshqa faol bo'lmagan metabolitlarigacha oksidlanadi va siydik bilan chiqariladi. Piridoksalь yo'ldosh orqali o'tadi, shuningdek ko'krak sutiga o'tadi.
V3 vitamini (nikotinamid) nikotinamid adenin dinukleotid (NAD) va nakotinamid adenin dinukteotid fosfat (NADF) ga aylanadi. Bu ko-enzimlar nafas almashinuvida elektronlarni tashish reaktsiyalarida ishtirok etadi. Nikotinamid nikotinamidning yetishmovchiligini davolash va oldini olish uchun qo'llanadi.
Nikotinamid peroral qabul qilinganidan so'ng MIY dan tez so'riladi va to'qimalar bo'ylab yaxshi taqsimlanadi. Asosiy metabolizmi N-metilnikotinamid va 2-piridon va
4-piridon hosilalarni hosil bo'lishidan iboratdir; bundan tashqari nikotinurin kislotasi hosil bo'ladi. Nikotinamidning ko'p bo'lmagan miqdori, preparat terapevtik dozalarda qabul qilinganidan so'ng, o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi, doza oshirilgan sari o'zgarmagan holda chiqariladigan nikotinamidning miqdori oshadi.
Vitamin preparatlarini qabul qilishning nojo'ya ta'sirlari odatda MIY tomonidan bo'ladigan buzilishlar bilan bog'liq, vitamin preparatlarining katta dozalari uzoq vaqt qabul qilinganida, preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik bilan bog'liq bo'lgan allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Boshqa temir saqlovchi preparatlar kabi Viviron Plyusni ham takror qon quyishni o'tkazgan patsiyentlarda yoki temir yetishmovchiligi bilan bog'liq bo'lmagan anemiyasi bo'lgan patsiyentlarda qo'llash mumkin emas. Bundan tashqari, temirni peroral terapiyasi parenteral terapiyasi bilan bir vaqtda qo'llanishi mumkin emas. Preparatni temirning so'rilishi va to'planishi faoliyatlarining buzilishlari bo'lgan, gemoglobinopatiyasi yoki MIY kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Viviron Plyusni diagnostika qilinmagan megaloblast anemiyani davolash uchun qo'llanadigan V12 vitaminini adekvat bo'lmagan miqdori bilan bir vaqtda qo'llash mutloqa mumkin emas. Folatga bog'liq xavfsiz o'smalari bo'lgan patsiyentlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlikning birinchi uch oyligidagi oqilona ovqatlanish organizmda temirning yetarli darajasini ta'minlaydi. Biroq keyingi 6 oy davomida bolaning rivojlanishi va organizmning temirga ehtiyojini oshishi sababli, polivitamin preparatlarni qo'shimcha qabul qilish tavsiya etiladi. Biroq dozalashga sinchkovlik bilan rioya qilish kerak.
Viviron Plyus umumiy holsizlikda, anareksiyada, kuchli charchoqda, asab charchaganda, infektsiyalarga qarshilik kamayganida, bolalarning o'sishi va rivojlanishi sekinlashganida, jarrohlik aralashuviga tayyorganlikda, xavfli anemiyada, jigar kasalliklari va vitaminlar yetishmovchiligida, temir tanqisligi anemiyasida, folat yetishmovchiligida (digidrofolatning reduktazasi ingibitorlari tufayli rivojlangan folat yetishmovchiligidan tashqari; bunday hollarda kalьtsiy folinati ishlatiladi), folatga bog'liq megaloblast anemiyada, shuningdek homiladorlik davridagi megaloblastik anemiyaning rivojlanishini oldini olish uchun, V1 vitamini yetishmovchiligida, piridoksin bilan bog'liq yetishmovchilikda, shuningdek nasliy yoki chaqaloqlikda orttirilgan piridoksin bilan bog'liq yetishmovchilik sindromlari tufayli rivojlangan xurujlarni davolashda, depressiyalarda va predmenstrual sindrom hamda oral kontratseptivlarni qabul qilish bilan bog'liq boshqa simptomlarda, nikotinamid yetishmovchiligida qo'llanadi.
Viviron Plyusni homiladorlik davrida temir va folat kislotasi yetishmovchiligini oldini olish uchun va adekvat bo'lmagan parhezlar ishlatilganida qo'shimcha sifatida ishlatish kerak.
Viviron Plyus preparatining har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlida qo'llash mumkin emas.
Temir ftorxinolonlar, levodopa, metildopa, penitsillinamin va tetratsiklinlar bilan o'zaro ta'sir qiladi.
Folat statusi tutqanoqqa qarshi, tuberkulyozga qarshi vositalar, alkogolь va folat kislotasi antagonistlari, shu jumladan trimetoprim va sulьfonamidlar kabi preparatlar bilan o'zaro ta'siri natijasida o'zgarishi mumkin.
Quruq, salqin, yorug'likdan himoyalangan joyda 30oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Yorug'lik va issiqning ta'siridan saqlang. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin
Viviron Plyusni ovqatdan keyin kuniga 2-3 marta qo'llash kerak. Tavsiya etilgan doza quyidagicha:
Kattalar uchun:15 ml
Bolalar uchun:5-10 ml
7 yoshgacha bo'lgan kichkintoylar uchun: 3-5 ml.
6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun temir saqlovchi preparatlarning dozasini oshirib yuborilishi fatal zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Simptomlari: abdominal og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, qatronsimon ich kelishi, qonli ich kelishi, qon qusish, qon bosimini pasayishi, taxikardiya, metabolik atsidoz, giperglikemiya, suvsizlanish, bosh aylanishi, terini oqarishi, sianoz, apatiya, xurujlar, shok va koma.
Davolash: dozani oshirib yuborish hollarida temirning dozasini o'tkir oshirib yuborilishi bilan bog'liq chora-tadbirlarning majmuasini qo'llash lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIVIRON PLYUS sirop 240ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIVIRON PLYUS sirop 240ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIVIRON PLYUS sirop 240ml dori vositasi Nabiqasim Industries (PVT) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIVIRON PLYUS sirop 240ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIVIRON PLYUS sirop 240ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
VARIOR tabletkalari 500mg N10
KLIN ENEMA eritma 68ml
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
KLIN ENEMA eritma 135ml
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
ASEFIL KAF sirop 120ml
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1
Narh: 113 000 so'mdan Batafsil
GINOSPORIN krem 35g 2%
Narh: 29 100 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 gel 2,0mg N1
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
KLINLAK sirop 120ml
LANGEYR tabletkalari 4mg N14
IRPO FA sirop 120ml
VARIOR tabletkalari 250mg N10
LANGEYR poroshok 4mg N14
KLARITRO granuli 60ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
SEFEKSOL DS poroshok 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
SEFEKSOL poroshok 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
KLARITRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9