Mulьtikal plyus vitaminlar va mineral moddalarning majmuasi bo'lib, organizmning hayot faoliyati va normal faoliyati uchun zarur. Turli kasalliklar va tashqi muxitni noxush omillariga organizmning qarshiligini oshiradi.
V1 vitamini ketokislotalarning dekarboksillanishi uchun koenzimning tarkibiy qismi sifatida uglevodlar almashinuvining muhim komponenti hisoblanadi; uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvida muhim rol o'ynaydi, sinapslar orqali nerv qo'zg'aluvchanligini o'tishida ishtirok etadi. Aqliy va jismoniy mexnat faoliyatini oshiradi, detoksikatsion ta'sir ko'rsatib, nerv to'qimalarida metabolizmni yaxshilaydi.
V2 vitamini hujayra nafasi va ko'rish jarayonlarini muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNK shakllanishida asosiy rolь o'ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to'qimalar (shu jumladan, teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlarida, hujayralarda trofik buzilishlarni to'g'rilashda ishtirok etadi.
RR vitamini hujayra nafasi va oqsillar almashinuvida ishtirok etuvchi, yuqori nerv faoliyati va ovqat xazm qilish faoliyatini boshqaruvchi, fermentlarning tarkibiga kiradi.
V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qondagi glyukozaning darajasini boshqaradi, qaoqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to'qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustaxkamlaydi, neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi, antidepressiv ta'sir ko'rsatadi.
S vitamini kuchli tiklanuvchi xususiyatlarga ega, hususan, atrof muhitning zaharli moddalarini zararsizlantiradigan fermentlarni tiklaydi. Kollagen (qon-tomirlar devori, pay, bog'lam va suyaklarning struktur komponentlaridan biri) ni sintezi uchun, xolesterinni, yog'larni hazm bo'lishi uchun xizmat qiladigan, hamda ichaklar harakatini kuchaytiradigan, o't kislotalariga aylantirish uchun zarur.
Kalьtsiy pantotenati (V5 vitamini) A kofermentining (fermentlarning faolligini namoyon qilish uchun zarur bo'lgan, oqsil bo'lmagan organik birikma) tarkibiga kiradi. Atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rolь o'ynaydi. Uglevodlar va yog'lar almashinuvida va atsetilxolinni sintezida ishtirok etadi.
Kalьtsiy suyak moddasini shakllanishi, qonni ivishi, nerv impulьslarini o'tkazish jarayonlarini amalga oshishi, skelet va silliq mushaklarni qisqarishi, miokardni normal ish faoliyati uchun zarur.