×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Ацетилцистеин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Гермес Арцнаймиттель ГмбХ/ Салютас Фарма ГмбХ
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- R05CB01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 250 ta dorixonasida topildi

ico 45 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 90 700 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 61 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
BELLS sirop 100ml Parnax Lab Ltd Hindiston
25 800 s`om dan
MUKEKS tabletkalari 30mg N100 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
78 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi: 
Faol modda: 600 mg atsetilsistein.
Yordamchi moddalar: limon kislotasi (suvsiz), natriy gidrokarbonati, natriy karbonati (suvsiz), mannitol, laktoza (suvsiz), askorbin kislotasi (S vitamini), natriy siklamati (Ye952), natriy saxarinati 2N2O (Ye954), natriy sitrati 2N2O, maymunjonli “V” aromatizatori.

Atsetilsistein sistein aminokislotasining hosilasi hisoblanadi. Atsetilsistein nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta’sir ko‘rsatadi, shilliqni qovushqoqligini pasaytiradi. U kimyoviy radikallarni  zararsizlantiradi, zararli moddalarni detoksikatsiyasi uchun muhim bo‘lgan glutationni sintezini kuchayishiga yordam beradi. Bu, paratsetamol bilan intoksikatsiyalanganda atsetilsisteinning antidot samarasi bilan tushuntiriladi. Surunkali bronxit/mukovissidozi bo‘lgan patsiyentlarda atsetilsisteinni profilaktik ravishda qo‘llanganda bakterial zo‘rayishlarning tez-tezligi va og‘irligi pasayadi.

Peroral qabul qilinganda atsetilsistein tez va to‘liq so‘riladi va jigarda sistein (farmakologik faol metaboliti), diatsetilsistein, sistein va boshqa aralash disulfidlar hosil qilib, metabolizmga uchraydi. Ichga qabul qilingan atsetilsisteinning biokiraolishligi juda past (taxminan 10%). Preparatning plazmada maksimal konsentratsiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish - taxminan 50%. 
Organizmdan faqat nofaol metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi. Atsetilsisteinning plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi va asosan moddani jigarda tez biotransformatsiyaga uchrashi bilan bog‘liq. Jigar funksiyasini buzilishi yarim chiqarilish davrini 8 soatgacha uzayishiga olib keladi.
Atsetilsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi. Ko‘krak suti bilan ajralishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Atsetilsisteinni odamda gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Noxush reaksiyalarni baholash ularni paydo bo‘lish tez-tezligiga asoslanadi:
Juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam xollarda (≥1/10 000 va <1/1000), juda kam xollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari;
Juda kam xollarda: anafilaktik shok, anafilaktik/ anafilaktoid reaksiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i. 
Eshitish a’zosi tomonidan va labiring buzilishlari
Tez-tez emas: tinnitus.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: taxikardiya. 
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda: qon ketishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar
Kam xollarda: hansirash, bronxospazm. 
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, stomatit;
Kam xollarda: dispepsiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez emas: isitma;
Tez-tezligi noma’lum: yuzni shishi.
Laborator va instrumental ma’lumotlar
Tez-tez emas: arterial gipotenziya.

Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir teri reaksiyalari haqida juda kam xolatlarda xabar berilgan, ularni rivojlanishi vaqt bo‘yicha atsetilsisteinni qabul qilish bilan mos kelgan. Ko‘pgina xolatlarda teri va shilliq qavatlar tomonidan ta’riflangan reaksiyalarni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan kamida bitta qo‘shimcha preparatni yondosh qo‘llash kuzatilgan.

Agar teri yoki shilliq qavatlar tomonidan buzilishlar paydo bo‘lsa, ATSTS LONG ni qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat eting.

Turli tadqiqotlarda atsetilsistein bo‘lganida qonda trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtda bu ko‘rinishning klinik ahamiyati aniqlanmagan.

Retseptsiz beriladi.


АЦЦ LONG — yopishqoq balg‘amni suyultirish va uni nafas yo‘llaridan chiqarilishni yengillashtirish uchun qo‘llanadigan mukolitik vositadir. 
АЦЦ LONG o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, bronxiolit, bronxoektaz, pnevmoniya, laringit, trexeit, gripp, shuningdek mukovissidoz, sinusitlar kabi quyuq va qiyin ajralib chiquvchi balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining barcha kasalliklarida qo‘llanadi.

Atsetilsistein yoki preparatning biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.

Faol peptik yara. 

Faol moddaning yuqori dozasi saqlaganligi tufayli, ATSTS LONG ni 14 yoshdan kichik bolalarni davolashda qo‘llash mumkin emas.


АЦЦ LONG va yo‘talga qarshi preparatlarni majmuaviy qo‘llaganda yo‘tal refleksini bostirish oqibatida sekretni xavfli to‘planishi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ushbu majmuaviy davolashni buyurish uchun diagnozni sinchkovlik bilan qo‘yish kerak.
Atsetilsisteinni antibiotiklarni faolsizlantirish to‘g‘risida olingan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan xabarlar asosan in vitro eksperementlariga asoslangan bo‘lib, ularda muvofiq moddalar bevosita bir-biri bilan aralashtirilgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral qo‘llanadigan antibiotiklarni atsetilsisteindan alohida, kamida ikki soatlik intervalga rioya qilgan holda qo‘llash lozim. Bu sefiksimga va lorakarbefiga taaluqli emas. 
АЦЦ LONG ni glitserintrinitrat (nitroglitserin) bilan birga qo‘llash, uning qon-tomirlarni kengaytiruvchi va antiagregant ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Bu arterial bosimni haddan tashqari pasayishi (arterial gipotenziya), shu jumladan jiddiy, shuningdek bosh og‘riqlarini chaqirishi mumkin. Arterial gipotenziya yoki bosh og‘riqlari paydo bo‘lganda shifokorga murojaat eting.
Yuqori dozalardagi faollashtirilgan ko‘mir (antidot sifatida) atsetilsisteinning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Atsetilsistein salitsilatlarni kolorimetrik usulda aniqlashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siydik tahlilida atsetilsistein keton tanachalarini aniqlash natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
АЦЦ LONG ni boshqa dori vositalari bilan eritish tavsiya etilmaydi.

Askorbin kislotasi bilan bog‘liq o‘zaro ta’sirlar
Askorbin kislotasi izoprenalin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda uning xronotrop ta’sirini kamaytiradi. Uzoq vaqt qo‘llanilganda disulfiram-etanol o‘zaro ta’sirini izdan chiqarishi mumkin. Birga qabul qilinganida amigdalinning toksikligini oshiradi. Antipsixotik vositalar (fenotiazin hosilalari) ning terapevtik ta’sirini, amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning kanalchalar reabsorbsiyasini kamaytiradi. Qonda benzilpenitsillin va tetratsiklinlar konsentratsiyasini oshiradi.
Ichakda temir preparatlarini so‘rilishini yaxshilaydi; deferoksamin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda temirni chiqarilishini oshirishi mumkin, shuning uchun askorbin kislotasini deferoksamin bilan davolashning birinchi oyi davomida qabul qilish mumkin emas. Askorbin kislotasi va alyumin gidroksidini bir vaqtda qabul qilish alyuminni so‘rilishini oshishiga olib kelishi mumkin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Qo‘llagandan keyin tuba zich yopilsin.

Oq rangli, silliq, dumaloq shaklli, o‘yiqchali, maymunjon hidli tabletkalar.
Agar o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa, ATSTS LONG ni quyidagi dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi.
Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalar
½ vishillovchi tabletkadan kuniga 2 marta yoki 1 vishillovchi tabletkadan kuniga bir marta (sutkada 600 mg atsetilsisteinga ekvivalent).
ATSTS LONG tegishli ravishda ta’sir ko‘rsatishi uchun qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaga qat’iy amal qilish kerak!
Qo‘llash usuli
Ichga qabul qilish uchun (eritilgandan keyin) buyuriladi.
Ovqatdan keyin qabul qilinsin. Vishillovchi tabletka bir stakan suvda eritiladi va stakan ichidagisi to‘liq qabul qilinadi.
Qo‘shimcha suyuqlik qabul qilish preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.
Qabul qilish davomiyligi
Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida preparatni qabul qilish davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Agar 4-5 kun davolagandan keyin simptomlar yomonlashsa yoki yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Surunkali bronxit va mukovissidozda davolash uzoqroq kurslar bilan o‘tkaziladi. Davolashning maksimal davomiyligi – 3-6 oy.
Preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborish
Agar Siz bir marta qabul qilish o‘tkazib yuborgan yoki haddan tashqari past dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, navbatdagi dozani qabul qilish vaqtini kuting va preparatni dozalash bo‘yicha tavsiyalarda ko‘rsatilganidek qabul qilishni davom ettiring.
Faol moddaning yuqori dozasi saqlaganligi tufayli, ATSTS LONG ni 14 yoshdan kichik bolalarni davolashda qo‘llash mumkin emas.

2 yoshdan kichik bolalarda nafas yo‘llarining o‘ziga xosligi va balg‘am chiqarish qobiliyatini cheklanganligi tufayli, mukolitiklarni qabul qilish nafas yo‘llarini tiqilishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, mukolitiklarni, shu jumladan ATSTS LONG ni 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar» bo‘limiga qarang).

Ҳозирги вақтгача ацетилцистеиннинг перорал шаклларини қабул қилиш оқибатидаги дозани токсик ошириб юборилиш ҳоллари аниқланмаган. Ацетилцистеинни суткада 11,6 г уч ой қабул қилган кўнгиллиларда ҳеч қандай оғир ноҳуш реакциялар аниқланмаган. Ацетилцистеинни 1 кг тана вазнига нисбатан 500 мг етган дозасини ичга қабул қилинганда интоксикациянинг ҳеч қандай симптомларисиз ўзлаштирилган.

Дозани ошириб юборилганда меъда-ичак йўллари томонидан кўнгил айниши, қусиш ва диарея каби симптомлар пайдо бўлиши мумкин. Бир ёшгача бўлган болаларда қўлланганида гиперсекреция хавфи мавжуд.

Зарур бўлганда симптоматик даволаш ўтказилади.

Atsetilsisteinni homilador ayollar tomonidan qabul qilinishi haqidagi ma’lumotlar yetarli emas. Atsetilsisteinni ko‘krak suti bilan ajralishi haqida ma’lumotlar mavjud emas. Homiladorlik va emizish davrida faqat foyda va xavf nisbati qat’iy baholangandan keyin preparatni qo‘llash mumkin.

Atsetilsisteinni odamda fertillikka ta’siri haqidagi ma’lumotlar yo‘q.

Bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Bronxospazm rivojlanganda ATSTS 100 darhol bekor qilinadi va tegishli davolash boshlanadi.

Anamnezida yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi, ayniqsa me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini ta’sirlovchi dori vositalari bilan birga qabul qilganda.

Preparatni qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga, demak uning xajmini oshishiga (ayniqsa davolashni boshida) olib kelishi mumkin. Balg‘am chiqarish imkoniyati bo‘lmaganida (yetarli darajada balg‘am chiqarilmaganida) mos keluvchi choralar (drenaj va aspiratsiya kabi) ko‘rilishi kerak.

Juda kam xollarda Stivens-Djonson sindrom iva Layell sindromi kabi og‘ir teri reaksiyalari kuzatilgan, ularni rivojlanishi vaqt bo‘yicha atsetilsisteinni qo‘llash bilan mos kelgan. Teri va shilliq qavatlar tomonidan o‘zgarishlar yuzaga kelganda ATSTS LONG ni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat etish kerak (shuningdek «Nojo‘ya ta’siri» bo‘limiga qarang).

Gistaminni o‘zlashtiraolmaslikda ehtiyotkorlikka rioya qilish va ATSTS LONG preparati bilan uzoq vaqt davolashdan saqlanish kerak, chunki atsetilsistein gistaminning metabolizmiga ta’sir ko‘rsatadi va uni o‘zlashtiraolmaslik simptomlari (masalan bosh og‘rig‘i, tumov, qichishish) ni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Bitta vishillovchi tabletka 6,03 mmol (138,8 mg) natriy (osh tuzining asosiy komponenti) saqlaydi, bu katta odamga natriyni tavsiya etilgan maksimal sutkalik iste’molining 6,94% ga mos keladi. Buni tuz (natriy) miqdori past parhezga rioya qilayotgan shaxslarda e’tiborga olish kerak.

АЦЦ  LONG laktoza saqlaganligi tufayli, galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

АЦЦ  LONG preparatining bitta vishillovi tabletkasi 75 mg askorbin kislotasi saqlaydi, bu S vitaminini iste’mol qilishning tavsiya etilgan sutkalik dozasiga mos keladi.

Preparatning tarkibida askorbin kislotasi bo‘lganiligi tufayli, quyidagi xolatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak: glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, gemoxromatoz, sideroblast anemiya, talassemiya, giperoksaluriya, oksaloz, buyrak-tosh kasalligi.

Askorbin kislotasi salitsilatlar va qisqa ta’sirga ega sulfanilamidlar bilan davolaganda kristalluriya rivojlanishi xavfini oshiradi, buyrak orqali kislotalarni chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiyaga ega preparatlarni (shu jumladan alkaloidlarni) chiqarilishini oshiradi, qonda peroral kontratseptivlarning konsentratsiyasini pasaytiradi.

Askorbin kislotasi turli laborator testlar (qonda glyukoza, bilirubin miqdori, transaminazalar, LDG faolligi) natijalarini o‘zgartirishi mumkin. Askorbin kislotasining yuqori dozalari axlatda yashirin qon testining soxtamanfiy natijalariga olib kelishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri

Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASS®

ACC®

 

Preparatning savdo nomi: ASS®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsistein

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: asetilsistein – 20mg/ml;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Ye 218), natriy benzoati (Ye 211), dinatriy edetati, natriy saxarinati, natriy karmelloza (Ye 466), natriy gidroksidi, 10 % li suvli eritmasi, tozalangan suv, olcha aromatizatori.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, biroz qovushqoq, olcha ta‘mli eritma

Farmakoterapivtik guruhi: mukolitiklar

ATX kodi: R05CB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Asetilsistein sistein aminokislotasining hosilasi hisoblanadi. Nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta‘sir ko‘rsatadi, shilliqni qovushqoqligini pasaytiradi. U kimyoviy radikallarni zararsizlantiradi, zararli moddalar detoksikasiyasi uchun muhim bo‘lgan glutationni sintezini kuchaytirishga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu parasetamol intoksikasiyasida asetilsisteinni antidot samarasini tushuntiradi. Surunkali bronxit va mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda asetilsistein profilaktik qo‘llanganda bakterial zo‘rayishlar tez-tezligi va og‘irligi pasayadi.

Farmakokinetika

Asetilsistein peroral qo‘llanganda tez va deyarli to‘liq so‘riladi va jigarda sistein (farmakologik faol metabolit), shuning diasetilsisteinni, sistinni va boshqa aralash disulfidlarni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Ichga qabul qilingan asetilsisteinni biokiraolishligi juda past (taxminan 10%). Preparatning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazma oqsillari bilan bog‘lanishi –taxminan 50%. Organizmdan deyarli faol bo‘lmagan metaboliti shaklida buyrak orqali chiqariladi. Qon plazmasidan asetilsisteinni yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi va jigarda asosan tez metabolizm bilan belgilanadi.

Jigar faoliyatini buzilishi yarim chiqarish davrini 8 soatgacha uzayishiga olib keladi.

Asetilsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi. Odamda asetilsisteinni gematoensefalik to‘siq orqali o‘tish qobiliyati haqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llanilishi

ASS – qovushqoq balg‘amni suyultirish uchun va bolalar hamda kattalarda nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtirish uchun mukolitik vositadir.

ASS nafas a‘zolarining barcha kasalliklarida, quyuq va og‘ir ajraladigan balg‘am hosil bo‘lishi bilan kuzatiladigan, o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, traxeit, gripp, bronxial astma, shuningdek mukovissidozda, sinusit kabilarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, preparatni quyidagi dozalarda qo‘llash buyuriladi.

Kattalar va 14 yoshdan katta o‘smirlar 10 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 400-600 mg asetilsisteinga muvofiq);

6-14 yosh bolalar 10 ml sutkada 2 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);

2-5 yosh bolalar 5 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 200-300 mg asetilsisteinga muvofiq);

Mukovissidoz

6 yoshdan katta bolalar 10 ml sutkada 3 marta (sutkada 600 mg asetilsistein);

2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 5 ml sutkada 4 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);

Mukovissidoz va 30 kg dan ortiq tana vazni bo‘lgan pasientlarga zarur bo‘lganda sutkada 800 mg gacha asetilsisteinni dozasini oshirish mumkin.

Qo‘llash usuli

Preparatni ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dozani o‘lchash uchun gradasiya qilingan 2,5 ml va 5 ml ga va (yoki) o‘lchov stakanchasi bilan 2,5 ml,  5 ml va 10 ml solingan dozalangan shprisdan foydalanish kerak.

Shpris yordamida dozani o‘lchash

  1. Bolalar ochishidan himoyalangan flakonni ochib, qopqoqni bosib va uni chapga burash kerak.
  2. Flakon bo‘g‘ziga solingan perforasiya qilingan qistirmani ichiga bosib kirgiziladi. Agar qistirma to‘liq bosib kirgizilmasa, qopqoqni kiygizib keyin uni aylantiring. Qistirma shprisni flakon bilan biriktiradi va flakon bo‘g‘zida qoladi.
  3. Qistirma teshigiga shprisni zich kirgiziladi. Shpris porshenini oxirigacha tiralguncha tushirilishi kerak.
  4. Flakonni ehtiyotkorlik bilan kirgizilgan shpris bilan tubi yuqoriga qaratilgan holatda aylantiriladi, kerakli dozani ml da o‘lchab olish uchun porshenni tortish kerak. Agar eritmada havo pufakchalari bo‘lsa, shprisni asta – sekin yana to‘ldirish kerak. Agar zarur dozada 5 ml dan oshsa shprisni bir necha marta to‘ldirish kerek.
  5. Flakonni shpris bilan tubini yuqoriga qaratib aylantirish kerak, perforasiya qilingan qistirmadan shprisni olib tashlash lozim.
  6. Eritmani to‘g‘ridan – to‘g‘ri shprisdan bolaga berish mumkin yoki uni ichidagisini qoshiqqa quyish mumkin. Shprisdan eritmani bola qabul qilayotganda to‘g‘ri o‘tirishi lozim. Eritmani lunjlarning ichki tomoniga qaratib bola qalqib ketmasligi uchun shprisni sekin bo‘shatgan afzalroq.

Dozalangan shprisni ishlatilgandan keyin bir necha marta toza suv ichiga tortib yuvib tashlash kerak.

Qo‘shimcha suyuqlik qabul qilganda preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.

Qabul qilish davomiyligi

Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida 5-7 kun qabul qilinadi.

Shifokor maslahatisiz davolash kursi 4-5 kunni tashkil qiladi.

Surunkali bronxitda va mukovissidozda davolash davomiy kurslari bilan o‘tkaziladi. Davolashning maksimal davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Najo‘ya samaralarni baholash ularni paydo bo‘lish quyidagi tez- tezligi haqida ma‘lumotlarga asoslangan:

Juda tez–tez (≥1/10), tez–tez (≥1/100 va <1/10), tez–tez emas (≥1/1000 va < 1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000), tez–tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari juda kam hollarda: anafilaktik shok, anafilaktik / anafilaktoid reaksiyalar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: bosh og‘rig‘i.

Eshitish a‘zolari tomonidan va labirint buzilishlari

Tez–tez emas: tinnitus

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: taxikardiya.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: arterial gipotenziya.

Juda kam hollarda: qon ketishlar.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: hansirash, bronxospazm

Me‘da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, diariya, qorinda og‘riq

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema

In‘eksiya yuborish joyida umumiy buzilishlar

Tez–tez emas: isitma.

Tez–tezligi noma‘lum: yuz shishi

Turli tadqiqotlarda asetilsistein qondagi trombositlar agregasiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtida bu holatlarni klinik ahamiyati aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Asetilsisteinga, metilparagidroksibenzoatga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
  • Faol peptik yara.
  • 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

ASS va yo‘talga qarshi preparatlarni majmuaviy qo‘llanganda yo‘tal refleksini susayishi natijasida sekretni dimlanib qolish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun majmuaviy davolash  buyurish uchun tashhisni aniq qo‘yish lozim.

Hozirgi vaqtgacha olingan ma‘lumotlarga ko‘ra asetilsistein bilan antibiotiklar faolsizlantirilishi in vitro sharoitidagi eksperimentlarga asoslanadi, unda muvofiq moddalar bir biri bilan bilvosita aralashgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral antibiotiklarni ASS dan alohida kamida ikki soatlik oraliqqa rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Bu sefiksimga va lorakarbefga taalluqli emas.

ASS nitrogliserinni qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasini kuchaytiradi. Ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bronxial astmasi bo‘lgan pasentlarga va anamnezida yarasi bo‘lgan pasientlarga ushbu preparat bilan davolash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi kerak.

ASS qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga, demak hajmini oshishiga olib kelishi mumkin (ayniqsa davolash boshida). Yo‘talib chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaganida (etarlicha yo‘talib tashlanaolmaganda) muvofiq choralar (drenaj va aspirasiya kabi) qo‘llanishi kerak.

Asetilsistein qo‘llangan vaqtida juda kam hollarda og‘ir teri reaksiyalari, Stivens – Djonson va Layell sindromi kabilar kuzatilgan. Teri va shilliq qavati tomonidan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan hollarda ASS qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

3 yoshdan kichik bolalar preparatni faqat shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilishlari mumkin.

Preparat metilparagidroksibenzoat saqlaydi va allergik reaksiyalar (shu jumladan kechikkan) chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish

Homilador ayollarda asetilsisteinni qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar yetarli emas. Asetilsisteinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida preparatni faqat qat‘iy foyda va xavf nisbatini baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Kuzatilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha asetilsisteinni peroral qabul qilish shakli bilan chaqirilgan dozani oshirib yuborilishni toksik holatlari kuzatilgan.

Sog‘lom ko‘ngillilarda uch oy davomida sutkada 11,6 g dozada asetilsistein oluvchilarda hech qanday og‘ir nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Ichga qabul qilingan asetilsistein dozalari, 500 mg/kg tana vazniga erishganlar hech qanday intoksikasiya simptomlarisiz o‘zlashtirilgan. Doza oshirib yuborilganda me‘da–ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish va diariya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarda hayotining birinchi davrida gipersekresiya xavfi mavjud.

Zarur bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

Jigar rang rangli shisha flakon qalpoqchasi va plombali xalqasi bilan.

2,5 va 5 ml gradasiyali va o‘lchov stakanchasi bilan 2,5, 5 va 10 ml dozalangan shpris o‘ramiga joylashgan.

1 flakondan 100 yoki 200 ml eritma o‘ram ilovasi va o‘lchov moslamasi bilan qutida joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 11 kun (25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda).

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10 dori vositasi Гермес Арцнаймиттель ГмбХ/ Салютас Фарма ГмбХ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
LIKVIN inyeksiya uchun eritma 3ml 10% N10
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ASIBROKS inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml 3ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 89 800 so'mdan Batafsil
ASIBROKS inyeksiya uchun eritma 3ml 300mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
ASS 100 tabletkalari 100mg N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ASIBROKS tabletkalari 600mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ASIBROKS tabletkalari 200mg N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ASSEIN poroshok 600mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ASSEIN poroshok 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ASESEZON poroshok 3g 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Экзон,ОАО
ASESEZON poroshok 3g 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Экзон,ОАО
ASSEIN poroshok 600mg N20
ASSEIN poroshok 200mg N20
INGAMIST eritma 3ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
ASS INJEKT inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml N10
Narh: 114 700 so'mdan Batafsil
AS FS tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарма Старт, ООО
ASIBROKS tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Estoniya
  • Faol modda: Ацетилцистеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: PharmaEstica Manufacturing OÜ
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
ASS AKTIV 600 mg, paketiki N6
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
ASS® eritma dlya vnutrennego primeneniya 100ml 20mg/ml
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
FLUIMUSIL tabletkalari 0,6g N10
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
ASS INJEKT inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml N10
ASS® eritma dlya vnutrennego primeneniya 100ml 20mg/ml
ASS AKTIV 600 mg, paketiki N6
ASS® 600 Goryachiy napitok, paketiki N6
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9