30 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashSaqlash shartlari | 25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang. |
Yaroqlilik muddati (oy) | 3 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang. |
Juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000 va < 1/100), kam xollarda (≥ 1/10 000 va < 1/1000), juda kam xollarda (< 1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Juda kam xollarda: anafilaktik shok, anafilaktik/ anafilaktoid reaksiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i.
Eshitish a’zolari tomonidan va labirint buzilishlari
Tez-tez emas: tinnitus.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: taxikardiya.
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda: qon ketishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar
Kam xollarda: hansirash, bronxospazm.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, stomatit.
Kam xollarda: dispepsiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez emas: isitma.
Tez-tezligi noma’lum: yuzni shishi.
Laborator va instrumental ma’lumotlar
Tez-tez emas: arterial gipotenziya.
Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir darajadagi teri reaksiyalari haqida juda kam xabarlar kelib tushgan, ularni rivojlanishi vaqt bo‘yicha atsetilsisteinni qo‘llash bilan mos kelgan. Ushbu xolatlarning ko‘pchiligida teri va shilliq qavatlar tomonidan ta’riflangan reaksiyalarni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan kamida bitta qo‘shimcha preparatni yondosh qabul qilish kuzatilgan.
Agar teri va shilliq qavatlar tomonidan buzilishlar paydo bo‘lsa, ATSTS 600 ni qabul qilishni darhol to‘xtating va shoshilinch shifokorga murojaat eting.
Turli tadqiqotlarda atsetilsistein qondagi trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtida bu holatlarni klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Hozirgi vaqtgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra atsetilsistein bilan antibiotiklar faolsizlantirilishi in vitro sharoitidagi eksperimentlarga asoslanadi, unda muvofiq moddalar bir biri bilan bilvosita aralashgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral antibiotiklarni ATSTS 600 dan alohida kamida ikki soatlik oraliqqa rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Bu sefiksimga va lorakarbefga taalluqli emas.
АЦЦ 600 ni glitserintrinitrat (nitroglitserin) bilan yondosh qo‘llash, uning qon-tomirlarni kengaytiruvchi va antiagregant ta’sirni kuchaytirishi mumkin. Bu arterial bosimni haddan tashqari pasayishi (arterial gipotenziya), shu jumladan jiddiy, shuningdek bosh og‘rig‘ini chaqirishi mumkin. Arterial gipotenziya yoki bosh og‘riqlari paydo bo‘lganda shifokorga murojaat eting.
Faollashtirilgan ko‘mir yuqori dozalarda (antidot sifatida) atsetilsisteinning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Atsetilsistein salitsilatlarni kolorimetrik usulda aniqlashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siydik tahlilida atsetilsistein keton tanachalarini aniqlash natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
АЦЦ 600 ni boshqa dori vositalari bilan eritish tavsiya etilmaydi.
Asetilsisteinning yuqori miqdori tufayli ACC 600 ni 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolash uchun ishlatish mumkin emas ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).
2 yoshgacha bo'lgan bolalarda nafas olish yo'llarining xususiyatlari va balg'am chiqarish qobiliyati cheklanganligi sababli, mukolitiklarni qo'llash havo yo'llarining tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda mukolitiklar qo'llanilmasligi kerak.
Atsetilsisteinni odam fertilligiga ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.
Anamnezida yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini ta’sirlovchi dori vositalarini yondosh qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
ATSTS 600 ni qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga va uning xajmini oshishiga (ayniqsa davolashni boshida) olib kelishi mumkin. Balg‘amni chiqaraolmaganda (yetarli darajada chiqarmaganda) tegishli choralar (drenaj va aspiratsiya kabi) ko‘rilishi kerak.
Juda kam xollarda Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi kabi og‘ir darajadagi teri reaksiyalari kuzatilgan, ularni rivojlanishi vaqt bo‘yicha atsetilsisteinni qo‘llash bilan mos kelgan. Teri va shilliq qavatlar tomonidan o‘zgarishlar yuzaga kelganda ATSTS 600 ni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat etish kerak (shuningdek «Nojo‘ya ta’siri» bo‘limiga qarang).
Gistaminni o‘zlashtiraolmaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish va ATSTS 600 bilan uzoq vaqt davolashdan saqlanish kerak, chunki atsetilsistein gistamin metabolizmiga ta’sir ko‘rsatadi va uni o‘zlashtiraolmaslik simptomlari (masalan bosh og‘rig‘i, tumov, qichishish) ni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot: ATSTS 600 ning 1 paketchasi 2,1 g saxaroza saqlaydi.
Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASS®
ACC®
Preparatning savdo nomi: ASS®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsistein
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: asetilsistein – 20mg/ml;
yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Ye 218), natriy benzoati (Ye 211), dinatriy edetati, natriy saxarinati, natriy karmelloza (Ye 466), natriy gidroksidi, 10 % li suvli eritmasi, tozalangan suv, olcha aromatizatori.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, biroz qovushqoq, olcha ta‘mli eritma
Farmakoterapivtik guruhi: mukolitiklar
ATX kodi: R05CB01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Asetilsistein sistein aminokislotasining hosilasi hisoblanadi. Nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta‘sir ko‘rsatadi, shilliqni qovushqoqligini pasaytiradi. U kimyoviy radikallarni zararsizlantiradi, zararli moddalar detoksikasiyasi uchun muhim bo‘lgan glutationni sintezini kuchaytirishga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu parasetamol intoksikasiyasida asetilsisteinni antidot samarasini tushuntiradi. Surunkali bronxit va mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda asetilsistein profilaktik qo‘llanganda bakterial zo‘rayishlar tez-tezligi va og‘irligi pasayadi.
Farmakokinetika
Asetilsistein peroral qo‘llanganda tez va deyarli to‘liq so‘riladi va jigarda sistein (farmakologik faol metabolit), shuning diasetilsisteinni, sistinni va boshqa aralash disulfidlarni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.
Ichga qabul qilingan asetilsisteinni biokiraolishligi juda past (taxminan 10%). Preparatning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazma oqsillari bilan bog‘lanishi –taxminan 50%. Organizmdan deyarli faol bo‘lmagan metaboliti shaklida buyrak orqali chiqariladi. Qon plazmasidan asetilsisteinni yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi va jigarda asosan tez metabolizm bilan belgilanadi.
Jigar faoliyatini buzilishi yarim chiqarish davrini 8 soatgacha uzayishiga olib keladi.
Asetilsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi. Odamda asetilsisteinni gematoensefalik to‘siq orqali o‘tish qobiliyati haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
ASS – qovushqoq balg‘amni suyultirish uchun va bolalar hamda kattalarda nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtirish uchun mukolitik vositadir.
ASS nafas a‘zolarining barcha kasalliklarida, quyuq va og‘ir ajraladigan balg‘am hosil bo‘lishi bilan kuzatiladigan, o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, traxeit, gripp, bronxial astma, shuningdek mukovissidozda, sinusit kabilarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, preparatni quyidagi dozalarda qo‘llash buyuriladi.
Kattalar va 14 yoshdan katta o‘smirlar 10 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 400-600 mg asetilsisteinga muvofiq);
6-14 yosh bolalar 10 ml sutkada 2 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);
2-5 yosh bolalar 5 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 200-300 mg asetilsisteinga muvofiq);
Mukovissidoz
6 yoshdan katta bolalar 10 ml sutkada 3 marta (sutkada 600 mg asetilsistein);
2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 5 ml sutkada 4 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);
Mukovissidoz va 30 kg dan ortiq tana vazni bo‘lgan pasientlarga zarur bo‘lganda sutkada 800 mg gacha asetilsisteinni dozasini oshirish mumkin.
Qo‘llash usuli
Preparatni ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dozani o‘lchash uchun gradasiya qilingan 2,5 ml va 5 ml ga va (yoki) o‘lchov stakanchasi bilan 2,5 ml, 5 ml va 10 ml solingan dozalangan shprisdan foydalanish kerak.
Shpris yordamida dozani o‘lchash
Dozalangan shprisni ishlatilgandan keyin bir necha marta toza suv ichiga tortib yuvib tashlash kerak.
Qo‘shimcha suyuqlik qabul qilganda preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.
Qabul qilish davomiyligi
Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida 5-7 kun qabul qilinadi.
Shifokor maslahatisiz davolash kursi 4-5 kunni tashkil qiladi.
Surunkali bronxitda va mukovissidozda davolash davomiy kurslari bilan o‘tkaziladi. Davolashning maksimal davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Najo‘ya samaralarni baholash ularni paydo bo‘lish quyidagi tez- tezligi haqida ma‘lumotlarga asoslangan:
Juda tez–tez (≥1/10), tez–tez (≥1/100 va <1/10), tez–tez emas (≥1/1000 va < 1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000), tez–tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari juda kam hollarda: anafilaktik shok, anafilaktik / anafilaktoid reaksiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas: bosh og‘rig‘i.
Eshitish a‘zolari tomonidan va labirint buzilishlari
Tez–tez emas: tinnitus
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas: taxikardiya.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: arterial gipotenziya.
Juda kam hollarda: qon ketishlar.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: hansirash, bronxospazm
Me‘da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, diariya, qorinda og‘riq
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez–tez emas: eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema
In‘eksiya yuborish joyida umumiy buzilishlar
Tez–tez emas: isitma.
Tez–tezligi noma‘lum: yuz shishi
Turli tadqiqotlarda asetilsistein qondagi trombositlar agregasiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtida bu holatlarni klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
ASS va yo‘talga qarshi preparatlarni majmuaviy qo‘llanganda yo‘tal refleksini susayishi natijasida sekretni dimlanib qolish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun majmuaviy davolash buyurish uchun tashhisni aniq qo‘yish lozim.
Hozirgi vaqtgacha olingan ma‘lumotlarga ko‘ra asetilsistein bilan antibiotiklar faolsizlantirilishi in vitro sharoitidagi eksperimentlarga asoslanadi, unda muvofiq moddalar bir biri bilan bilvosita aralashgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral antibiotiklarni ASS dan alohida kamida ikki soatlik oraliqqa rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Bu sefiksimga va lorakarbefga taalluqli emas.
ASS nitrogliserinni qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasini kuchaytiradi. Ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxial astmasi bo‘lgan pasentlarga va anamnezida yarasi bo‘lgan pasientlarga ushbu preparat bilan davolash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi kerak.
ASS qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga, demak hajmini oshishiga olib kelishi mumkin (ayniqsa davolash boshida). Yo‘talib chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaganida (etarlicha yo‘talib tashlanaolmaganda) muvofiq choralar (drenaj va aspirasiya kabi) qo‘llanishi kerak.
Asetilsistein qo‘llangan vaqtida juda kam hollarda og‘ir teri reaksiyalari, Stivens – Djonson va Layell sindromi kabilar kuzatilgan. Teri va shilliq qavati tomonidan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan hollarda ASS qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
3 yoshdan kichik bolalar preparatni faqat shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilishlari mumkin.
Preparat metilparagidroksibenzoat saqlaydi va allergik reaksiyalar (shu jumladan kechikkan) chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
Homilador ayollarda asetilsisteinni qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar yetarli emas. Asetilsisteinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida preparatni faqat qat‘iy foyda va xavf nisbatini baholagandan keyin qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Kuzatilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha asetilsisteinni peroral qabul qilish shakli bilan chaqirilgan dozani oshirib yuborilishni toksik holatlari kuzatilgan.
Sog‘lom ko‘ngillilarda uch oy davomida sutkada 11,6 g dozada asetilsistein oluvchilarda hech qanday og‘ir nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Ichga qabul qilingan asetilsistein dozalari, 500 mg/kg tana vazniga erishganlar hech qanday intoksikasiya simptomlarisiz o‘zlashtirilgan. Doza oshirib yuborilganda me‘da–ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish va diariya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarda hayotining birinchi davrida gipersekresiya xavfi mavjud.
Zarur bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Jigar rang rangli shisha flakon qalpoqchasi va plombali xalqasi bilan.
2,5 va 5 ml gradasiyali va o‘lchov stakanchasi bilan 2,5, 5 va 10 ml dozalangan shpris o‘ramiga joylashgan.
1 flakondan 100 yoki 200 ml eritma o‘ram ilovasi va o‘lchov moslamasi bilan qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 11 kun (25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda).
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.