Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
BISAKODIL – NIJFARM
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi: Bisakodil-Nijfarm
Xalqaro patentlanmagan nomi: Bisakodil
Dori shakli: rektal suppozitoriylar
Tarkibi:
Bir suppozitoriy saqlaydi: ta‘sir etuvchi modda: bisakodil – 10 mg,
suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (N 15, W 35 markali Vitepsol, NA 15, NAS 50 markali Supposir) vazni 1,25 g gacha bo‘lgan suppozitoriy olinguncha.
Ta‘rifi: Oqdan to biroz sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi: surgi vositasi
ATX kodi: A06AV02
Farmakologik xususiyatlari
Ichakning reseptor apparatini ta‘sirlanishini chaqiradi, ichakning shilliq qavatiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi, yo‘g‘on ichakda shilimshiq sekresiyasini oshiradi.
Ichakda so‘rilmaydi. Me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga ta‘sirlovchi samara ko‘rsatuvchi olddori hisoblanadi, ishqoriy muhitda metabolitni hosil bo‘lishi bilan gidrolizlanadi. Ta‘siri birinchi soat davomida sodir bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Gipotonik va atonik qabziyat (shu jumladan keksalardagi; operasiyalar va tug‘ruqlardan keyingi qabziyat). Ich kelishini boshqarish (gemorroy, proktit, anus yoriqlari). Xirurgik operasiyalarga, asboblar yordamidagi va rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlashda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichakni tutilishi, churrani qisilib qolishi, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining o‘tkir kasalliklari, peritonit, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, metrorragiya, sistit, spastik qabziyatlar, o‘tkir gemorroy, o‘tkir proktit, 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va/yoki buyraklar yetishmovchiligida.
Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal, quyidagi dozalarda buyuriladi: kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga 10-20 mg bisakodil (1-2 shamcha), 8-14 yoshli bolalarga – 10 mg bisakodil (1 shamcha) buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ichak sanchig‘i, diareya (degidratasiya, mushak kuchsizligi, tirishishlar, arterial qon bosimini pasayishi), qorinda og‘riq, meteorizm, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: diareya, suvsizlanish, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi, gipokaliemiya, yo‘g‘on ichak atoniyasi.
Davolash: simptomatik.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 10 mg, 5 suppozitoriydan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Ikki kontur o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.