×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EGILOK 0,05 tabletkalari N60

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Метопролол
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Эгис Фармацевтический завод ОАО
ATX kodi:
- C07AB02
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
SEMILAKT tabletkalari 100 mg 100/20 mg N10 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
KVIKARD inyeksiya uchun eritma 500mg/5ml N10 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
MIREL tabletkalari 80mg N30 Nika Pharm, ДХО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
EGILOK 0,05 tabletkalari N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Egilok® Retard

 50 mg, 100 mg li qobiq bilan qoplangan retard tabletkalar

(metoprolol tartrati)

Ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumotni saqlaydi.

  • Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, uni yana bir bor o‘qib chiqish lozim bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Ushbu dori vositasi faqat Sizga buyurilgan va Siz uni boshqa shaxslarga berishingiz mumkin emas. Xatto ularda Sizdagi simptomlar kuzatilgan bo‘lsa xam, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya samarani sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling (4 chi bo‘limga qarang).

 

Ushbu ilova­varaqada quyidagi ma‘lumotlar saqlanadi:

  1. Egilok® Retard preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi
  2. Egilok® Retard tabletkalarini qo‘llashni boshlashdan avval nimalarni bilish kerak
  3. Egilok® Retard tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
  4. Tibbiyotda qo‘llaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
  5. Egilok® Retard tabletkalarini qanday saqlash kerak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram tarkibi va boshqa ma‘lumotlar

 

  1. Egilok® Retard preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi

Egilok® Retard preparatining faol moddasi ­ metoprolol beta­blokatorlar deb nomlanuvchi simpatik nerv tizimiga (hayot faoliyatini boshqaruvchi nerv tizimining qismi) ta‘sir qiluvchi dori vositalari guruhiga mansubdir. Egilok® Retard:

  • yuqori arterial bosimni davolash;
  • stenokardiyani davolash;
  • miokard infarktidan keyingi holatni davolash;
  • yurak ritmi buzilishining ba‘zi turlarini davolash;
  • kompensasiya bosqichidagi surunkali simptomatik yurak yetishmovchiligini davolash;
  • qalqonsimon bezning yuqori faoliyati fonidagi yurak qisqarishlari sonini sekinlashtirish uchun;
  • migren hurujlarini uzoq vaqt davolash uchun qo‘llaniladi.

Ushbu preparat stenokardiyaning o‘tkir hurujlarini (ko‘krakdagi siquvchi og‘riqlarni) davolash uchun mo‘ljallanmagan.

Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda Egilok® Retard preparatini qo‘llash yurak­qontomir kasalliklari oqibatidagi o‘lim sonini kamaytiradi, miokard infarktidan keyin esa yurak ritmining og‘ir buzilishlarini bartaraf qilishi hisobiga takroriy infarktni yuzaga kelishini va o‘lim ehtimolini kamaytiradi.

 

6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar

Yuqori arterial bosim (gipertoniya) ni davolash uchun qo‘llaniladi.

 

  1. Egilok® Retard tabletkalarini qo‘llashni boshlashdan avval nimalarni bilish kerak

Egilok® Retard tabletkalarini quyidagi holatlarda qabul qilmang

  • agar Sizda metoprololga yoki 8 bo‘limda keltirilgan preparatning boshqa har qanday yordamchi moddalariga allergiya bo‘lsa;
  • agar Sizda kuchayuvchi shikoyatlar bilan kechuvchi avj olib boruvchi (dekompensasiyalangan) yurak yetishmovchiligi bo‘lsa;
  • yurak ritmi buzilishlarining ba‘zi turlarida;
  • agar Sizning pulsingiz uzoq vaqt davomida minutiga 50 qisqarishdan kamroq bo‘lsa,
  • arterial bosimni pasayishiga va kollapsga olib keluvchi yurak faoliyatining og‘ir, o‘tkir buzilishini rivojlanishida (kardiogen shokda);
  • o‘tkir miokard infarktining ba‘zi hollarida;
  • agar Sizda arterial qon aylanishini og‘ir buzilishi (qontomirlarni torayishi) bo‘lsa;
  • psoriazda qo‘llash mumkin emas.

 

Tibbiyotda qo‘llaganda ehtiyotkorlik choralari

Egilok® Retard preparatini qabul qilishni boshlashdan avval, O‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Quyida keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, Egilok® Retardni  qo‘llashdan avval albatta shifokoringizga habar qiling:

  • agar Sizda allergiya bo‘lsa (allergik reaksiyalar kuchayishi mumkin);
  • agar Siz yurak qisqarishi sonini kamayganini sezsangiz;
  • agar Sizda qo‘l yoki oyoqlarda qon aylanishini buzilishi bo‘lsa;
  • yurak o‘tkazuvchanligini o‘racha og‘irlikdagi (I daraja) buzilishida;
  • yurak yetishmovchiligining ma‘lum bir shakllarida;
  • agar Siz bronxial astma yoki nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklari bilan xastalangan bo‘lsangiz;
  • agar Siz qandli diabeti bilan xastalangan bo‘lsangiz;
  • agar Sizda buyrak usti bezining o‘smasi (feoxromositoma) aniqlangan bo‘lsa;
  • jigarning og‘ir kasalliklarida;
  • homiladorlik va emizish davrida;
  • agar Sizga umumiy narkoz yordamida jarrohlik operasiyasi rejalashtirilgan bo‘lsa, agar Siz spirtli ichimlik muntazam iste‘mol qilsangiz;
  • agar Sizda qalqonsimon bezning faoliyati oshgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.

 

Boshqa dori vositalari va Egilok® Retard preparati:

Agar Siz boshqa har qanday dori preparatlarini hozirgi vaqtda  qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz bu haqida O‘z davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga habar qiling, chunki dori preparatlari bir birining samarasini o‘zgartirishi mumkin.

Egilok® Retard preparatini quyidagi dori vositalari bilan birga qo‘llash mumkin emas:

  • yurak ritmi buzilishini davolash uchun vena ichiga yuboriladigan preparatlar (masalan verapamil);
  • MAO ingibitorlari (ba‘zi antidepressantlar va Parkinson kasalligini davolash uchun qo‘llaniluvchi preparatlar).

Egilok® Retard preparatini quyidagi dori vositalari bilan, majmuada qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilishingiz va albatta bu haqida O‘z shifokoringizga habar qilishingiz kerak:

  • Yurak ritmi buzilishini, yurak kasalliklarini va yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llaniluvchi boshqa preparatlar, gipotenziv va antiaritmik vositalar (diltiazem va verapamil kabi ichga qabul qilinadigan kalsiy kanallarining blokatorlari), angishvonagul preparatlari (yurak glikozidlari), nitratlar, guanetidin guruhi preparatlari, rezerpin, alfa­metildofa, klonidin va guanfasin);
  • Markaziy nerv tizimiga ta‘sir etuvchi ayrim preparatlar (uxlatuvchi vositalar, trankvilizatorlar, antidepressantlarning ayrim turlari, psixotik holatni davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar, alkogol), bronxlarni kengaytiruvchi ayrim preparatlar, masalan, terbutalin, salbutamol, fenoterol, salmeterol;
  • Bachadon qisqarishlarini rag‘batlantiruvchi preparatlar (ergotamin);
  • Bo‘g‘imlar yallig‘lanishida qo‘llaniluvchi og‘riq qoldiruvchi preparatlar (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, masalan, diklofenak, piroksikam, ibuprofen, indometasin);
  • Ayollarning ma‘lum bir jinsiy gormonlarini saqlovchi preparatlar (estrogenlar), masalan, homiladorlikka qarshi vositalar, yoki o‘rinbosar gormonal davolash preparatlari;
  • Qandli diabetni davolash uchun preparatlar (tabletkalar yoki insulin);
  • Kurare kabi jarrohlikda ishlatiladigan miorelaksantlari;
  • Metoprololning metabolizmiga ta‘sir etuvchi preparatlar (masalan, simetidin, gidralazin, paroksetin, fluoksetin, sertralin, rifampisin va barbituratlar);
  • Beta­blokatorlarni saqlovchi ko‘z tomchilari (timolol, betaksolol, levobunolol).

 

Egilok® Retard tabletkalarini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish

Bir vaqtda ovqat yoki ichimlik qabul qilish preparatning so‘rilishiga yoki terapevtik samarasiga ta‘sir qilmaydi, shuning uchun Egilok® Retard tabletkalarini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, shu jumladan ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.

Spirtli ichimliklarni iste‘mol qilish, ushbu dori vositasining samarasini xaddan tashqari oshishiga olib kelishi mumkin.

 

Fertillik, homiladorlik yoki emizish davri

Agar Siz homilador, emizikli bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki bolali bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan avval bu haqida O‘z davolovchi shifokoringizga yoki farmsevtga xabar bering.

Homiladorlik

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparatning homilaga salbiy ta‘sir samaralari aniqlanmagan.

Insonlarda homiladorlik davrida Egilok® Retard preparatini qo‘llash havfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, preparatni homilador ayollarga qo‘llash ona uchun kutiladigan foyda va homila uchun bo‘lgan havf nisbatini sinchkov baholash talab etadi va preparatni faqat preparatdan kutilgan foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Metoprolol qo‘llashni kutilayotgan tug‘uruqdan imkoni boricha 2­3 soat oldin bekor qilish kerak. Agar preparatni qo‘llash muhim bo‘lsa, homilani va yangi tug‘ilgan chaqaloqni tug‘uruqdan keyingi birinchi 3­5 kun davomida sinchiklab kuzatish kerak.

Emizish davri

Egilok® Retard preparatining faol moddasi ­ metoprolol ­ ko‘krak sutiga o‘tadi. Egilok® Retard preparatini emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, uni qo‘llashni havf/foyda nisbati sinchkov shaxsiy ravishda baholangandan keyingina davom ettirish mumkin.

Agar Siz homilador yoki emizikli bo‘lsangiz, agar homilador bo‘lganingiz ehtimoli bo‘lsa va agar Siz farzandli bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Egilok® Retard preparati ushbu qobiliyatlarga, ayniqsa davolashni boshida yoki bir vaqtda alkogol qabul qilinganda salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, avtotransportni haydash va havfli ishlarni bajarish mumkin bo‘ladigan doza individual ravishda aniqlanishi kerak.

 

Egilok® Retard tabletkalarida qand saqlanadi

Egilok® Retard tabletkalarida saxaroza (har bir 50 mg tabletkada 6 mg saxaroza va har bir 100 mg tabletkada 12 mg saxaroza) saqlanadi.

Agar Sizga shifokoringiz Sizda qandning ba‘zi turlarini o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

  1. Egilok® Retard tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak

Egilok® Retard tabletkalarini har doim O‘z davolvchi shifokoringiz  tavsiyasiga qat‘iy rioya qilgan holda qabul qiling. Dozalash bo‘yicha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Dozalash tartibi

Preparatning dozasi shaxsiy ravishda tanlanishi va xaddan tashqari bradikardiyadan saqlanish maqsadida asta-sekin oshirilishi kerak. Quyida preparatning tavsiya qilingan dozalari keltirilgan.

Yuqori arterial bosim (gipertoniya):

Kattalar

Arterial gipertenziyani davolash uchun Egilok® Retard preparatining tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 50 mg ni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida shifokor  dozani kuniga bir marta 100 mg yoki 200 mg gacha asta­sekin oshirishi yoki bir vaqtda boshqa antigipertenziv vositalarni  qo‘llashni buyurishi mumkin.

6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar

6 yosh va undan katta yoshdagi bolalarda doza bolaning tana vazniga bog‘liq. Davolovchi shifokor zarur dozani bolaning tana vazniga asoslangan holda belgilaydi.

Tavsiya qilingan boshlang‘ich doza kuniga bir marta 0,5 mg/kg ni tashkil qiladi. Sutkalik doza 50 mg dan oshmasligi kerak. Xisoblangan tana vazniga mg/kg dozaga eng yaqin turgan dozani (tabletkani) tanlash kerak. Arterial bosimni pasayish darajasiga asoslanib, pediatr dozani maksimal doza ­ 2 mg/kg gacha oshirishi mumkin. 200 mg dan oshuvchi sutkalik doza bolalar va o‘smirlarda o‘rganilmagan.

Egilok® Retard preparatini 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Stenokardiya:

Stenokardiyani davolash uchun Egilok® Retard preparatining tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 50 mg ni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida shifokor  dozani kuniga bir marta 100 mg yoki 200 mg gacha asta­sekin oshirishi yoki bir vaqtda boshqa antianginal vositalarni  qo‘llashni buyurishi mumkin.

Kompensasiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi

Siz uchun zarur dozani Sizning davolovchi shifokoringiz belgilaydi. Egilok® Retard preparatining tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 12,5 mg yoki 25 mg ni tashkil qiladi.

Agar Siz davolashni yaxshi o‘zlashtiraolsangiz, zarurati bo‘lganida ikki haftadan keyin shifokor sutkalik dozani 50 mg gacha, keyinchalik ikki haftadan keyin ­ 100 mg gacha, va yana ikki hafta o‘tgach ­ 200 mg gacha (maksimal o‘zlashtiriluvchi dozagacha) oshirishi mumkin. Yaqqol yurak yetishmovchiligida (NYHA bo‘yicha III funksional sinfi) unchalik yuqori bo‘lmagan dozalarni yoki tezda ajralib chiquvchi Egilok® preparatini ishlatish tavsiya qilinadi.

Miokard infarktidan keyin erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi terapiya

Miokard infarktidan keyin erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi terapiya uchun Egilok® Retard preparatining tavsiya qilingan dozasi kuniga bir marta 200 mg ni tashkil qiladi.

Aritmiyani davolash

Aritmiyani (sinusli taxikardiya, yurak qorinchasi usti aritmiyasi, yurak qorinchasi ekstrasistoliyasini) davolash uchun, yurak qisqarishlari sonini normallashtirish uchun  Egilok® Retard preparatining tavsiya qilingan dozasi kuniga bir marta 50 mg dan 200 mg gachani (50 mg, 100 mg yoki 200 mg tabletkalar) tashkil qiladi.

Gipertireoz va yurakni urib ketishi bilan kechuvchi yurak faoliyatini funksional buzilishlari

Tavsiya qilingan dozasi kuniga bir marta 50 mg dan 200 mg gachani (50 mg, 100 mg tabletkalar) tashkil qiladi.

Migren xurujlarini oldini olish

Migren xurujlarini oldini olish uchun Egilok® Retard preparatining tavsiya qilingan dozasi odatda kuniga bir marta 100­200 mg ni (100 mg tabletkalar) tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi.

Pasientlarning maxsus guruhi:

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar kasalliklarida Egilok® Retard preparati bilan davolashni kichik boshlang‘ich dozalardan boshlash kerak.

 

Qo‘llash usuli

Egilok® Retard uzoq ta‘sir etuvchi preparat hisoblanadi, uni kuniga faqat bir marta qabul qilish kerak. Preparatning sutkalik dozasini ertalab ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan chaynamasdan qabul qilish tavsiya qilinadi. Bir vaqtda ovqat yoki ichimlik qabul qilish preparatni so‘rilishiga yoki terapevtik samarasiga ta‘sir qilmaydi, shuning uchun Egilok® Retard tabletkalarini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, shuningdek ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.

Zarurat bo‘lganida qobiq bilan qoplangan tabletkani ikkiga bo‘lish mumkin. Tabletkalarni chaynash yoki maydalash kerak emas.

Agar Siz Egilok® Retard preparatning ta‘siri xaddan tashqari kuchli yoki aksincha xaddan tashqari kuchsiz deb hisoblasangiz, O‘z davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.

 

Agar Siz Egilok® Retardni o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz tabletkani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qiling, keyin esa preparatni shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qiling.

Agar keyingi dozaning qabul vaqtiga bir necha soat qolgan bo‘lsa yoki o‘tkazib yuborilgan dozadan keyingi dozaning vaqti kelgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan qabulni o‘rnini to‘ldirish uchun Egilok® Retard preparatini  ikki barobar yuqori dozasini qabul qilmang, chunki Siz o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldira olmaysiz, lekin dozani oshirib yuborilishi havfini oshirishingiz mumkin.

 

 

Agar Siz Egilok® Retard tabletkalarini buyurilganidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz

Darhol shifokorga murojaat qiling.

 

Agar Siz Egilok® Retard tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Xatto Sizning ahvolingiz yaxshilansa ham Egilok® Retard preparatini qabul qilishni birdan to‘xtatmang! Preparatni qabul qilishni to‘xtatish yoki dozani o‘zgartirish asta-sekin va faqat shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra  va nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. Tibbiyotda qo‘llaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralarni rivojlanishini  chaqirishi mumkin, biroq ular har bir pasientda ham  namoyon bo‘lmaydi.

Quyidagilarda O‘z davolovchi shifokoringizga darhol murojaat qiling:

  • Agar davolash vaqtida yurak yetishmovchiligining simptomlari yomonlashsa (nafasni qiyinlashishi, boldirlarni shishishi yuz bersa);
  • Agar davolash vaqtida puls sekinlashsa. Bu normal holat, biroq, agar Sizda shikoyatlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. Agar Sizda shikoyatlar yo‘q bo‘lsa, lekin yurak qisqarishi minutiga 50 yoki undan kam bo‘lsa ham, shifokorga murojaat qiling;
  • Agar Sizda stenokardiya va ko‘krakda siqilish hissi tez­tez paydo bo‘lsa yoki uzoq vaqt davom etayotgan, g‘ayri oddiy stimullarga javoban davom etsa yoki odatdagi preparatlar ta‘sir qilmasa.

Tez tibbiy yordam yoki tezkor gospitalizasiya qilishni talab qiluvchi og‘ir allergiya rivojlangani Siz Egilok® Retard preparatini qabul qilayotganingiz haqida darhol tibbiy hodimga (jarrohlik aralashuvida esa ­ anesteziologga) xabar bering.

 

Agar Sizda quyida keltirilgan har qanday samaralar rivojlansa, O‘z davolovchi shifokoringizga murojaat qiling:

Ko‘p hollarda ushbu shikoyatlar va simptomlar o‘tkinchi xarakterga ega va doza oshirilishi bilan normallashadi.

Quyida ishlatilgan nojo‘ya samaralari tez­tezligining parametrlari quyidagicha aniqlanadi:

  • juda tez­tez: 10 dan 1 pasientdan ko‘prog‘ida kuzatiladi
  • tez­tez: 100 dan 1­10 pasientda kuzatiladi
  • tez­tez emas: 1000 dan 1­10 pasientda kuzatiladi
  • kam hollarda: 10 000 dan 1­10 pasientda kuzatiladi
  • juda kam hollarda: 10 000 dan 1 pasientdan kamrog‘ida kuzatiladi

Juda tez­tez:

  • kuchli toliqish

Tez­tez

  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i
  • yurak qisqarishlari sonini sekinlashishi, yurak urib ketish hissi
  • bosh aylanishi bilan va juda kam hollarda hushdan ketish bilan kechuvchi ortostatik gipotenziya (tana holatini gorizontal holatdan o‘tirish yoki turish holatiga o‘zgartirganda arterial bosimni tushishi)
  • oyoq­qo‘llarni muzlashi
  • jismoniy zo‘riqishda hansirash
  • ko‘ngil aynishi, qorin sohasida og‘riq, diareya, qabziyat

 

Tez­tez emas:

  • tana vaznini oshishi
  • depressiya, diqqatni jamlashni buzilishi, uyquchanlik, uyqusizlik, dahshatli tush ko‘rishlar
  • sanchiq yoki uvishish hissi, mushak spazmlari
  • yurak yetishmovchiligining simptomlarini yomonlashishi, EKG da yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi, qorin/ ko‘krak qafas sohasida og‘riq
  • oyoq­qo‘llarni shishi
  • nafas yo‘llarida siqilish
  • qusish
  • terida qizarish, eshakemi, ko‘p terlash, psoriazga o‘xshash yoki teridagi boshqa o‘zgarishlar.

Kam:

  • nerv qo‘zg‘aluvchanligi va havotirlik, impotensiya, jinsiy faoliyatni buzilishi
  • kon‘yunktivit, ko‘zni qurishi (kontakt linzalarini taquvchi pasientlarda muammo bo‘lishi mumkin), ko‘rishni buzilishi, ko‘zlarni ta‘sirlanishi
  • aritmiya (muntazam bo‘lmagan yurak qisqarishi)
  • pichan isitmasi
  • og‘izni qurishi
  • laborator sinovlar asosida jigar faoliyatini buzilishi
  • soch to‘kilishi
  • Peyroni kasalligi (ereksiya vaqtida yuz beruvchi jinsiy olatni qiyshayishi)

Juda kam:

  • qonning laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi (qon plastinkalari va oq qon tanachalari sonini kamayishi)
  • xotirani pasayishi, ongni chalkashishi va gallyusinasiya, kayfiyatni buzilishi
  • ta‘m bilish hissini o‘zgarishi
  • quloqlarni shang‘illashi, eshitishni buzilishi
  • ilgari bo‘lgan periferik qon aylanishini buzilishini (xatto gangrena rivojlanishigacha) kuchayishi
  • qo‘l va oyoqlar terisining yaqqol ocharishi, uvishish va og‘riq bilan kechuvchi qon aylanishini buzilishi (Reyno kasalligi)
  • vaqti­vaqti bilan oqsoqlanish
  • gepatit (jigarni yallig‘lanishi)
  • yoritilganida teri toshmasi bilan kechuvchi fotosensibilizasiya, psoriazni rivojlanishi
  • bo‘g‘inlarda og‘riq

Ko‘p hollarda ushbu shikoyatlar va simptomlar o‘tkinchi xarakterga ega va doza kamaytirilishi bilan o‘tkinchidir.

Agar yuqorida keltirilgan simptomlardan birontasi uzoq vaqt davomida o‘tmasa va uning sababi aniqlanmasa, Egilok® Retard preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Nojo‘ya samaralar haqida xabar qilish

Har qanday nojo‘ya samaralar, shuningdek ushbu yo‘riqnomada keltirilmagan, nojo‘ya samaralar aniqlansa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.

Har qanday nojo‘ya samaralar haqida Siz dori vositalarining nojo‘ya samaralarini qayd qilish milliy tizimi orqali xabar qilishigiz mumkin. Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu preparatning xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma‘lumotlar olishga yordam berasiz.

  1. Egilok® Retard tabletkalarini qanday saqlash kerak

30°S dan yuqori bo‘lmgan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramda ko‘rsatilgan.

Preparat o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddatining sanasi ko‘rsatilgan oyning ohirgi kuni hisoblanadi.

Egilok® Retard tabletkalari preparatini sifat darajasini aniq yomonlashish alomatlari paydo bo‘lganida (masalan, rangini o‘zgarishida) qabul qilish mumkin emas.

Dori vositasini chiqindilar bilan birga yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmaydigan preparatning qoldiqlarini yo‘q qilish lozim bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishi mumkin.

 

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

 

  1. O‘ram tarkibi va boshqa ma‘lumotlar

Egilok® Retard tabletkalari nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda:

Egilok® Retard qobiq bilan qoplangan retard tabletkalari 50 mg: har bir tabletkada 50 mg metoprolol tartrati saqlanadi.

Egilok® Retard qobiq bilan qoplangan retard tabletkalari 100 mg: har bir tabletkada 100 mg metoprolol tartrati saqlanadi.

Yordamchi moddalar:

qand sharchalari, makrolol 6000, talk, etilsellyuoza, trietilsitrat, gidroksipropilsellyuloza, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, gipromelloza, titan dioksidi (Ye 171).

 

Egilok® Retard tabletkalarining tashqi ko‘rinishi va o‘ram tarkibi

Tashqi ko‘rinishi:

Egilok® Retard qobiq bilan qoplangan retard tabletkalari 50 mg:

Oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama qavariq, uzunchoq shaklli, ikki tomonida riskali tabletkalar.

Riska yordamida tabletkalarni teng ikki dozaga bo‘lish mumkin.

Egilok® Retard qobiq bilan qoplangan retard tabletkalari 100 mg:

Oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama qavariq, uzunchoq shaklli, ikki tomonida riskali tabletkalar.

Riska yordamida tabletkalarni teng ikki dozaga bo‘lish mumkin.

 

O‘rami:

10 qobiq bilan qoplangan retard tabletkadan blisterda. 3 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EGILOK 0,05 tabletkalari N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EGILOK 0,05 tabletkalari N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EGILOK 0,05 tabletkalari N60 dori vositasi Эгис Фармацевтический завод ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EGILOK 0,05 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EGILOK 0,05 tabletkalari N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KARDOLAKS inyeksiya uchun eritma 5ml 1mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San.ve Tic. A.S., Турция произведено: Mephar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil:
EGILOK tabletkalari 100mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
EGILOK tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
EGILOK tabletkalari 25mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
METOPROLOL tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
METOKARD SR tabletkalari 23,75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
EGILOK RETARD tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ацино Фарма АГ, Швейцария.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SUPRASTIN inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTIN tabletkalari 25mg N20
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
ROZULIP tabletkalari 20mg N28
Narh: 147 500 so'mdan Batafsil
ROZULIP tabletkalari 10mg N28
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
TULOZIN kapsulalar 0,0004g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Tamsulozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
STIMULOTON tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTINEKS tomchilar dlya priema vnutr 20ml 5mg/ml
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTINEKS tabletkalari 5mg N7
SUPRASTINEKS tabletkalari 5mg N14
PARLAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
ROZULIP tabletkalari 5mg N28
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9