×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ELISEYa 0,01 tabletkalari N56

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Эсциталопрам
Qadoqda soni:
- 56
Ishlab chiqaruvchi:
- КРКА, д.д., Ново место, АО
ATX kodi:
- N06AB10 Эсциталопрам
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BODRIN kapsulalar N30 Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
39 000 s`om dan
VOBILON kapsulalar 80mg N30 Rotapharm Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
51 000 s`om dan
NIKOTINABS tabletkalari 1,5mg N100 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
LUSETAM tabletkalari 1200mg N20 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company Vengriya
108 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ELISEYa 0,01 tabletkalari N56 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ELISEYa®

ELICEA®

 

Preparatning savdo nomi: Eliseya® (Elicea®)

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): essitalopram

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg, 10 mg va 20 mg

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 6,39 mg/12,78 mg/25,56 mg essitalopram oksalati, bu 5 mg/10 mg/20 mg essitalopramga to‘g‘ri keladi;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, krospovidon, povidon K30, mikrokristall sellyuloza, o‘ta jelatinlangan kraxmal, magniy stearati;

plyonka qobig‘i: oq Opadray 33G28707 (gipromelloza, titan dioksidi, laktoza monogidrati, makrogol, triasetin).

Ta‘rifi:

5 mg li tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plenka qobiq bilan qoplangan, chetlari qiya tabletkalar.

10 mg va 20 mg li tabletkalar: oval, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomoni o‘yiqli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antidepressantlar. Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari

ATX kodi: N06B10

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakokinetikasi

Preparatning so‘rilishi ovqat qabul qilishga deyarli bog‘liq emas. Ko‘p martalik doza ichga qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax), o‘rtacha, 4 soatni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan keyin rasemik sitalopramning mutlaq biokiraolishi 80% ga yetadi.

Peroral qabul qilinganidan keyin kutilgan taqsimlanish asosiy xajmi 12 dan 26 l/kg gacha bo‘lgan qiymatni tashkil qiladi. Essitalopram va uning asosiy metabolitlarini qon plazmasi proteinlari bilan bog‘lanishi – 80% dan kam.

Essitalopramning biotransformasiyasi, asosan, jigarda, faol demetillangan va didemetillangan metabolitlari hosil bo‘lgunigacha amalga oshiriladi. Yoki azot N-oksid metaboliti xosil bo‘lgunicha oksidlanishi mumkin. Dastlabki modda ham, metabolitlari ham glyukuronidlari ko‘rinishida qisman chiqariladi. Ko‘p marta qo‘llanganidan keyin demetil- va didemetilmetabolitlarining o‘rtacha konsentrasiyasi 28-31% va essitalopramning konsentrasiyasidan muvofiq 5% dan kamroqni tashkil qiladi. Essitalopramni demetillangan metabolitgacha metabolizmga uchrashi asosan sitoxrom R450 izofermentlari: CYP2C19 yordamida yuz beradi. Shuningdek CYP3A4 va CYP2D6 fermentlar ham ishtirok etishi mumkin.

Ko‘p martalik doza qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi, peroral plazma klirensi minutiga 0,6 l/ni tashkil qiladi. Asosiy metabolitlarining yarim chiqarilish davri davomliroq. Essitalopram va uning asosiy metabolitlari jigar (metabolit) va katta qismi – buyraklar orqali chiqariladi. Preparatning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli va dozaga proporsionaldir. Qon plazmasidagi barqaror konsentrasiyasiga 1 xafta o‘tgach erishiladi. 10 mg sutkalik doza qabul qilinganida 50 nmol/l (20 dan 125 nmol/l gacha) o‘rtacha barqaror konsentrasiyaga erishiladi.

Keksa pasientlar (65 yoshdan katta)

Keksa yoshli pasientlarda essitalopram yosh pasientlarga nisbatan sekinroq chiqariladi. Tizimli ta‘siri (AUC) keksa pasientlarda yoshlarga nisbatan taxminan 50% ga yuqori.

Jigar faoliyatini pasayishi

Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (A va V toifali portal gipertenziyasi sindromi bo‘lgan jigar sirrozli bemorlarda)  essitalopramning yarim chiqarilish davri, jigar faoliyati normal bo‘lgan pasientlarga nisbatan ikki marta davomli, konsentrasiyasi esa 60% ga yuqori bo‘ladi.

Buyrak faoliyatini pasayishi

Buyrak faoliyati past bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davrini uzayishi va rasemik sitalopramning konsentrasiyasini kuchsiz oshishi (CLcr 10-53 ml/min) kuzatilgan. Metabolitlarining qon plazmasidagi konsentrasiyasi o‘rganilmagan, lekin ular oshishi mumkin.

Polimorfizm

Sekin metabolizatorlarda CYP2C19 fermentiga nisbatan, qon plazmasida essitalopramning konsentrasiyasi tez metabolizatorlarga qaraganda, ikki marta yuqoriligi aniqlangan. sekin metabolizatorlarda CYP2D6 fermentiga nisbatan konsentrasiyaning ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmagan.

Farmakodinamikasi

Eliseya® birlamchi bog‘lanish soxalari bilan bog‘lanish xususiyati yuqori bo‘lgan serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitori (5-NT) xisoblanadi. U shuningdek allosterik soxa bilan xam bog‘lanadi, bunda bog‘lanish xususiyati 1000 marta kam bo‘ladi.

Eliseya® qator reseptorlar, shu jumladan: 5-NT           1A-, 5-NT2– serotonin reseptorlar, DA  D1 va D2– dofamin reseptorlar, ά1-, ά2-, β-adrenergik reseptorlar, N1– gistamin reseptorlar, m-xolinoreseptorlar, benzodiazepin va opioid reseptorlari bilan bog‘lanish xususiyatiga ega emas yoki juda kuchsiz bog‘lanish xususiyatiga ega.

5-NT serotoninni qayta qamrab olinishini ingibisiya bo‘lishi essitalopramning farmakologik va klinik ta‘sirini tushuntiruvchi tipik ta‘sir mexanizmi xisoblanadi.

Qo‘llanishi

  • depressiya;
  • agrofobiyali/usiz kuchuvchi sarosimali buzilishlar;
  • ijtimoiy-xovotirli buzilishlar (ijtimoiy fobiya);
  • tarqoq xavotirli buzilishlar;
  • obsessiv-kompulsiv buzilishlarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

20 mg dan yuqori sutkalik dozaning xavfsizligi isbotlanmagan.

Eliseya® tabletkalari ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar sutkada bir marta qabul qilinadi.

Depressiya

Odatdagi doza 10 mg tashkil qiladi sutkada bir martani qabul qilinadi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab doza – sutkada 20 mg maksimal dozagacha oshirilishi mumkin.

Antidepressiv samaraga erishish uchun odatda 2 haftadan 4 haftagacha talab etiladi. Simptomlar yo‘qolganidan so‘ng, erishilgan samarani mustaxkamlash uchun davolashni kamida 6 oy davom ettirish kerak.

Agrofobiya bilan birga kechuvchi yoki birga kechmaydigan sarosimali buzilishlar

Agrofobiya bilan/usiz kechuvchi sarosimali buzilishlarda davolashning birinchi xaftasi davomida, sutkada 5 mg doza tavsiya etiladi keyinchalik sutkada 10 mg gacha oshiriladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab doza – sutkada 20 mg maksimal dozagacha oshirilishi mumkin.

Davolash boshlanganidan keyin 3 oy o‘tgach maksimal terapevtik samaraga erishiladi. Davolash bir necha oy davom etadi.

Ijtimoiy-xavotirli buzilishlar

Odatdagi doza sutkada 10 mg ni tashkil etadi. Kasallikning simptomlarini yengillashtirish uchun odatda 2 haftadan 4 haftagacha talab etiladi. Keyinchalik, pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza 5 mg gacha pasaytirilishi yoki sutkada 20 mg maksimal dozagacha oshirilishi mumkin.

Ijtimoiy-xavotirli buzilishlar – bu surunkali kechuvchi kasallikdir, shuning uchun  samarani mustahkamlash uchun davolashni 12 hafta davomida davom ettirish tavsiya etiladi.

Respondentlarni davomli davolash 6 oy davomida tekshirilgan, qaytalanishni oldini olish uchun davolash shaxsiy ravishda buyurilishi mumkin; davolashning foydaliligini vaqti-vaqti bilan qayta baxolash kerak.

Ijtimoiy-xovotirli buzilish – alohida buzilishning yaxshi aniqlangan diagnostik terminologiyasi bo‘lib, uni ortiqcha uyatchanlik bilan chalkashtirish mumkin emas.

Farmakoterapiya ushbu buzilish kasbiy va ijtimoiy faoliyatga axamiyatli darajada ta‘sir qilganida ko‘rsatilgan.

Bu davolashni o‘rni kognitiv-xulqiy davolashga nisbatan aniqlanmagan.

Farmakoterapiya umumiy davolash strategiyasining bir qismi xisoblanadi.

Tarqoq xavotirli buzilishlar

Boshlang‘ich doza sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza maksimal-sutkada 20 mg gacha oshirilishi mumkin.

Respondentlarning davomli davolash, sutkada 20 mg olayotgan pasientlarda kamida 6 oy davomida tekshirilgan.

Davolashdan kutiladigan foyda va dozani vaqti-vaqti bilan qayta baxolash kerak.

Obsessiv-kompulsiv buzilishlar (OKB)

Boshlang‘ich doza sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza maksimal-sutkada 20 mg gacha oshirilishi mumkin.

OKB surunkali kasallik xisoblanadi, simptomlarni samarali yo‘qotilishi uchun pasientlar yetarlicha vaqt davomida davolanishlari olishlari kerak. Davolashdan kutiladigan foyda va dozani vaqti-vaqti bilan qayta baxolash kerak.

Keksa yoshdagi (65 yoshda katta) pasientlar

Boshlang‘ich doza sutkada 5 mg ni tashkil qiladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza sutkada 10 mg gacha oshirilishi mumkin.

Keksa odamlarda essitalopramni ijtimoiy-xovotirli buzilishlarni davolash uchun samaradorligini aniqlash bo‘yicha tekshirishlari o‘tkazilmagan.

Buyrak faoliyatini pasayishi

Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozani individual tanlash talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (CLCR (kreatinin klirensi) minutiga 30 ml/dan kam) bo‘lgan pasientlarga buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Jigar faoliyatini pasayishi

Yengil yoki o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tavsiya etilgan sutkalik doza 5 mg ni tashkil etadi.

Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza sutkada 10 mg gacha oshirilishi mumkin. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Sitoxrom CYP2C19 sekin metabolizatorlari

Sitoxrom CYP2C19 ga nisbatan metabolizm tezligini pastligi bilan xarakterlananadigan pasientlarda, davolashning birinchi ikki xaftasida dastlabki tavsiya etiladigan doza sutkada 5 mg ni tashkil etadi.

Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, doza sutkada 10 mg gacha oshirilishi mumkin.

 

Davolash to‘xtatilgandagi bekor qilish simptomi

Davolashni keskin to‘htatishdan saqlanish kerak. Essilatopram preparati bilan davolash to‘xtatilganida, to‘xtatish simptomini paydo bo‘lishi xavfidan saqlanish uchun ikki xaftacha vaqt davomida dozani asta-sekin pasaytirish kerak. Doza pasaytirilganidan yoki davolash to‘xtatilganidan keyin, o‘zlashtiraolmaydigan simptomlar paydo bo‘lganida preparatning buyurilgan dozalari bilan davolashni qayta tiklash mumkin. Demak, davolovchi shifokor dozani pasaytirishni davom ettirishi mumkin, lekin pasaytirish darajasi asta-sekin amalga oshirilishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Uchrash-tezligi quydagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan ≤1/100 gacha), kam xollarda (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha), juda kam xollarda (≤1/10000), yoki noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).

Juda tez-tez

  • ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i

Tez-tez

  • ishtahani pasayishi, ishtahani kuchayishi
  • bezovtalik, qo‘zg‘aluvchan holat, g‘alati tushlar ko‘rish, erkaklar va ayollarda libidoni pasayishi, ayollarda anorgazmiya,
  • uyqusizlik, uyquchanlik, bosh aylanishi, parasteziya, tremor
  • sinusit
  • esnash
  • diareya, qabziyat, qusish, og‘izni qurishi
  • kuchli terlash;
  • artralgiya, mialgiya;
  • erkaklarda: eyakulyasiyani buzilishi, impotensiya
  • toliqish, gipertermiya;
  • vaznni oshishi:

Tez-tez emas

  • bruksizm, ajitasiya, asabiylik, sarosima xurujlari, chalkashlik xolati
  • ta‘m bilishni buzilishi, uyquni buzilishi, sinkope
  • midriaz, ko‘rishni buzilishi
  • quloqlarda shovqin
  • taxikardiya
  • burundan qon ketishi
  • me‘da-ichak qon ketishlar (shu jumladan rektal qon ketishi)
  • eshakemi, sochlarni to‘kilishi, toshma, qichishish
  • ayollarda: bachadondan qon ketishi, menorragiya
  • shish
  • vaznni pasayishi

Kam hollarda

  • anafilaktik reaksiyalar;
  • tajovuzkorlik, shaxsni ikkilanishi, gallyusinasiya
  • serotonin sindromi
  • bradikardiya

Uchrash tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas), preparatni qabul qilish bilan bog‘liqligi:

  • trombositopeniya
  • antidiuretik gormonga noadekvat reaksiya
  • giponatriemiya
  • maniya, suisidal fikrlash, suisidal xarakatlar (Essitalopram bilan davolash vaqtida yoki davolashni bekor qilishni erta bosqichlarida siusidal fikrlash va suisidal

harakatlar holatlari)

  • diskineziya, harakat koordinasiyasini buzilishi, tirishishlar
  • ortostatik gipotenziya
  • gepatit
  • qontalashlar, Kvinke kasalligi
  • siyishni tutilishi
  • galaktoreya
  • erkaklarda: priapizm
  • atipik jigar sinamasi
  • QT intervalini uzayishi, asosan yurak kasalligi mavjud bo‘lgan pasientlarda
  • qorinchalar aritmiyasi, shu jumladan piruet (torsade de pointes).

Davolash to‘xtatilganida bekor qilish sindromi kuzatiladi.

SQQOSI yoki serotoninni noradrenalinni qayta qamrab olinishini ingibitorlari va bilan davolashni to‘xtatish (ayniqsa keskin to‘xtatish) odatda bekor qilish sindromi rivojlanishiga olib keladi. Enga ko‘p aniqlangan reaksiyalar bosh aylanishi, sezuvchanlikni buzilishi (shu jumladan paresteziya, elektr tokini urish xissi), uyquni buzilishi (shu jumladan insomniya va taasurotli tush ko‘rishlar), ta‘sirchanlik va ajitasiya, ko‘ngil aynishi va/yoki qusish, tremor, ongni chalkashishi, terlash, bosh og‘rig‘i, diareya, yurakni tez urishi, emosional beqarorlik, ta‘sirchanlik va ko‘rishni buzilishini o‘z ichiga oladi.

Ko‘pchilik xollarda bu simptomlar yengil yoki o‘rtacha og‘irlikdagi xarakterga ega, lekin, ayrim pasientlarda ular jiddiy va/yoki davomli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, endi essitalopram bilan davolash talab qilinmagan xolda, essitalopramni, dozani pasaytirish yo‘li bilan asta-sekin bekor qilish kerak.

50 va undan oshgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar, SQQOSI va trisiklik antidepressantlarni qabul qilayotgan pasientlarda suyaklarni sinish xavfi yuqoriligini ko‘rsatdi. Bu xavfni paydo bo‘lish mexanizmi aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • faol moddalarga yoki yordamchi moddalardan birortasiga yuqori sezuvchanlik
  • ajitasiya, tremor, gipertermiya va x.k. bilan kechuvchi serotonin sindromini paydo bo‘lish xavfi borligi sababli, tanlanmagan noreversiv monooksidaza ingibitorlari (MAO ingibitorlari) bilan bir vaqtda qabul qilish
  • serotonin sindromini paydo bo‘lish xavfi borligi sababli, MAO ning noreversiv ingibitorlari (masalan, moklobemid) yoki MAO ning tanlanmagan ingibitori linezolid bilan birga qo‘llash;
  • xomiladorlik va laktasiya davri 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • anamnezdagi QT intervalini uzayishi, jumladan QT intervali tug‘ma uzayishi sindromi
  • QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar:

Monoaminooksidazaning tanlanmagan noreversiv ingibitorlari (MAO ingibitorlari)

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) tanlamaydigan noreversiv monoaminooksidaza ingibitorlari bilan birga olgan pasientlarda, shuningdek SQQOSI bilan davolash bekor qilingan zahoti keyin darxol MAO ingibitorlari bilan davolash olishni boshlagan pasientlarda, jiddiy reaksiyalar xollari aniqlangan. Ayrim xollarda pasientlarda serotonin sindromi rivojlangan.

Essitalopramni tanlamaydigan noreversiv MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llash mumkin emas. Essitalopram bilan daolashni  noreversiv MAO ingibitorlari bilan davolash bekor qilinganidan so‘ng 14 kundan keyin va MAO riversiv ingibitorlari, (RIMA)  moklobemid bilan davolash bekor qilinganidan keyin minimum bir kun o‘tgach boshlash mumkin. Essitalopram bilan davolash bekor qilingandan so‘ng tanlamaydigan noreversiv MAO ingibitorlari bilan davolashni boshlashdan oldin kamida 7 kun o‘tishi kerak.

MAO-A riversiv tanlaydigan ingibitorlari

Serotonin sindrom paydo bo‘lishi xavfi borligi tufayli essitalopramni moklobamid kabi MAO-A ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Bunday majmuani buyurish zarurati bo‘lganida, davolashni minimal tavsiya etilgan dozalardan boshlash kerak, bunda klinik kuzatuvni kuchaytirish lozim.

MAO reversiv tanlamaydigan ingibitorlari(linezolid)

Linezolid antibiotik MAO ning reversiv tanlamaydigan ingibitori xisoblanadi, shuning uchun uni essitalopram bilan davolash olayotgan pasientlarga buyurish mumkin emas. Bunday majmuani buyurish zarurati bo‘lganida, preparatni minimal dozalarda va qat‘iy klinik kuzatuv ostida buyurish kerak.

MAO-V noreversiv tanlamaydigan ingibitorlari (seleginin)

Essitalopram seleginin (MAO-V noreversiv ingibitori) bilan bir vaqtda qabul qilinganida, serotonin sindromini rivojlanishi xavfi borligi tufayli extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Selegininni sutkada 10 mg gacha dozada rasemik sitalopram bilan bir vaqtda xavfsiz qo‘llash mumkin.

QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari

Essitalopramni QT intervalini uzaytiruvchi boshqa dori preparatlari bilan majmuada farmakokinetik va farmakodinamik tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Essitalopram va bu dori preparatlarni additiv samarasini istisno qilish msmkin emas. Demak, essitalopram va IA va III sinfi antiaritik preparatlar, neyroleptiklar (masalan, fenotiazin xosilalari, pimozid, galoperidol) trisiklik antidepressantlar, ayrim mikroblarga qarshi preparatlar (masalan, sparfloksasin, moksifloksasin, vena ichiga yuborish uchun ritromisin, pentamidin, bezgakni davolash uchun preparatlar, xususan, galofantrin), ayrim antigistamin preparatlarni (astemizol, mizolastin) kabi QT intervalini uzaytiruvchi dori prepartlari,bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Ishlatishda extiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab qiluvchi majmualar

Serotoninergik dori vositalari

Essitalopramni serotoninergik dori vositalari (tramadol, sumatriptan va boshqa triptanlar kabi) bilan bir vaqtda qabul qilish, serotonin sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Tirishish bo‘sag‘asini pasaytiruvchi dori vositalari

QQOSI tirishish bo‘sag‘asini pasaytirishlari mumkin. Essitalopram va tirishish bo‘sag‘asini pasaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan dori preparatlari (antidepressanlar (trisiklik antidepressantlar, QQOSI), neyroleptik vositalari (fenotiazinlar, tioksantinlar va buterofenonlar), mefloksin, bupropinon va tramadol kabi bilan) bir vaqtda qabul qilinganida tirishish bo‘sag‘asini pasaytirishlari mumkin.

Litiy, triptofan

QQOSI va litiy yoki triptofan birga buyurilganida ta‘sirni kuchayish xollari qayd etilganligi tufayli, bu preparatlar bir vaqtda buyurilganida extiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Teshik dalachoy

QQOSI ni tarkibida teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish, nojo‘ya samaralar sonini oshirishi mumkin.

Peroral antikoagulyantlar

Essitalopram peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida, qon ivishini buzilishi rivojlanishi mumkin. Bunday xollarda essitalopram bilan davolashni boshida va tugaganidan keyin qon ivishini sinchiklab monitoring qilish kerak.

Alkogol

Alkogol bir vaqtda qabul qilinganida essitalopram farmakodinamik yoki

farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlarga kirishmaydi. Lekin, boshqa psixotrop vositalar bilan  bo‘lgani kabi, essitalopram va alkogolni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi

Gipokaliemiya/gipomagniemiya chaqiruvchi dori vositalari

Essitalopram gipokaliemiya/gipomagniemiyani chaqiruvchi dori vositalari bir vaqtda qo‘llanganida extiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi, chunki bunday xolatlarda xavfli aritmiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.

Essitalopramni CYP2C19 izofermenti ingibitorlari (masalan, omeprazol, fluoksetin, fluoksamin, lansoprazol, tiklopedin) yoki simetidin bilan bir vaqtda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Klinik baxolash asosida essitalopram va yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, essitalopramning dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin.

Essitalopramni boshqa dori preparatlarining farmakokinetikasiga ta‘siri

Essitalopram CYP2D6 izofermentining ingibitori xisoblanadi.

Essitalopram va bu izoferment yordamida metabolizmga uchraydigan va kichik terapevtik indeksga, ega bo‘lgan dori preparatlari masalan, flekainid, propafenon va metopropalol (yurak yetishmovchiligida qo‘llangan xolda) yoki  asosan CYP2D6 izofermenti yordamida metabolizmga uchraydigan va markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiladigan preparatlar, masalan antidepressantlar: dezipramin, klomipramin, nortriptillin yoki antipsixotik preparatlar:  risperidon, tioridazin, galoperidol bilan bir vaqtda qo‘llanganida extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Quyida serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) terapevtik sinfiga taalluqli bo‘lgan maxsus ko‘rsatmalar va extiyotkorlik choralari keltirilgan.

Paradoksal bezovtalik

Sarosimali buzilishlari bo‘lgan ayrim pasientlarda antidepressantlar bilan davolashni boshida xovotirlikni kuchayishi kuzatilishi mumkin. Bunday paradoksal reaksiya odatda uzuluksiz ravishda ikki xafta davolash davomida yo‘qoladi. Anksiogen samarani paydo bo‘lish extimolini pasaytirish uchun, preparatni past boshlang‘ich dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi.

Tirishish xurujlari

Pasientda tirishish xurujlari rivojlanganida bu tibbiy preparatni bekor qilish kerak. Nostabil tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) qo‘llash tavsiya etilmaydi; nazoratli xurujlarda sinchiklab kuzatish kerak. Tirishish xurujlarini rivojlanishi-tezligi oshganida, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini, shu jumladan essitalopramni, bekor qilish kerak.

Maniya

Anamnezida maniya/gipomaniyaga ko‘rsatmasi bo‘lgan pasientlarda serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Maniakal xolat rivojlanganida serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini bekor qilish kerak.

Diabet

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarni serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini bilan davolashda qondagi glyukozaning darajasi o‘zgarishi mumkin (gipoglikemiya yoki giperglikemiya).Shuning uchun insulin va/yoki peroral gipoglikemik preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Suisid/Suisidal fikrlar

Depressiya suiqasdlik fikrlar, suiqasdlik xarakatlari va suiqasdlik (suisidal ko‘rinishlar) paydo bo‘lishining yuqori xavfi bilan assosiasiyalanadi. Bu xavf xolatni axamiyatli darajada yaxshilangunicha saqlanishi mumkin. Yaxshilanish davolashning birinchi xaftalarida yuz berishi mumkinligi tufayli, yaxshilanish yuz bergunicha, antidepressantlar bilan davolanayotgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak. Yaxshilanishning erta bosqichlarida suiqasdlik xavfi oshishi mumkin, bu umumiy klinik amaliyot xisoblanadi. Bu extiyotkorlikka boshqa ruxiy buzilishlarni davolashda xam  rioya qilinishi kerak, suisidal ko‘rinishlarning xavfini yuqori rivojlanish extimoli yuqori bo‘lganligi tufayli, ularni davolash uchun essitalopramni qo‘llash ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, bu xolatlar klinik depressiya bilan birga kechishi mumkin. Shuning uchun, klinik depressiyasi bo‘lgan pasientlarni davolashda xam va boshqa psixiatrik buzilishlari bo‘lgan pasientlarni davolashda xam bu extiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak

Anamnezida suisidal xarakat ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlar yoki davolashni boshlashdan oldin suisidal fikrlash nomoyon bo‘lgan pasientlar, suisidal fikrlar paydo bo‘lishini yoki o‘z joniga qasd qilishga urinish xavfi yuqoridir, va shuning uchun davolash vaqtida ularni sinchiklab kuzatish kerak. Psixiatrik buzilishlari bo‘lgan katta yoshdan pasientlarni antidepressantlar bilan davolash plasebo bilan o‘tkazilgan nazoratli klinik sinovlarni meta-taxlili, antidepressntlar bilan davolashda 25 yoshdan kichik pasientlardagi plaseboga nisbatan, suisidal xarakatlarni paydo bo‘lishi xavfi yuqoriligini ko‘rsatdi. Pasientlarni davolashni (ayniqsa, suisidal xarakatni paydo bo‘lishi xavfi katta bo‘lgan pasientlarni), ayniqsa davolashning erta bosqichlarida va dozasi o‘zgartirilganidan keyin qat‘iy kuzatuv ostida o‘tkazish kerak.

Pasientlar (va parvarish yoki davolashni amalga oshirayotgan shaxslar) klinik xolatini xar qanday yomonlashish ko‘rinishlari, suisidal xarakatlarni va xulqini odatda kuzatilmaydigan o‘zgarishlari paydo bo‘lganligi xaqida va ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida kechiktirmasdan yordamga murojaat qilishlari kerakligi xaqida ogoxlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Akatiziya/bemorni xarakatlarga doimiy intilishi bilan qo‘nimsizlik

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) norepinefrinni qayta qamrab olinishini ingibitorlarini qo‘llash, akatiziya va ko‘pincha bemorni qo‘nimsizligi bilan birga kechuvchi xarakatlarga intilishni rivojlanishi bilan assosiasiyalanadi. Bu asosan davolashni birinchi xaftalari davomida nomoyon bo‘lishi mumkin. Bunday sindromlar nomoyon bo‘layotgan pasientlarga, dozani oshirish ziyon yetkazishi mumkin.

Giponatriemiya

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini qabul qilish fonida, ADG sekresiyasini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan giponatriemiya kam xollarda paydo bo‘ladi va davolash bekor qilinganida yo‘qoladi. Giponatriemiya rivojlanishi xavfi guruxiga kiruvchi: keksalar, jigar sirrozi bo‘lgan bemorlar va giponatriemiya chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarga essitalopram va serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Qon quyilishi

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) qabul qilishda teriga qon quyilishlar (ekximozlar va purpura) rivojlanish xollari aniqlangan. Qon quyilishiga moyilligi bo‘lgan, shuningdek peroral antikoagulyantlar va qon ivishiga ta‘sir qiluvchi dorilar (atipik psixotik vositalar va fenotiazinlar, ko‘pchilik trisiklik antidepressantlar, asetilsalisil kislota va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), tiklopidin va dipiridamol) olayotgan bemorlar va qon ketishlarga moyilligi bo‘lgan pasientlarda serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Elektrotirishish davolash (ETD)

Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) elektrotirishish davolash (ETD) bilan birga qo‘llashni klinik tajribasi cheklangan, shuning uchun bunday xolda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Serotonin sindromi

Sumitriptan va boshqa triptanlar, tramadol va triptofan kabi serotoninergik ta‘sirga ega bo‘lgan dori vositalari bilan bir vaqtda essitalopramni extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Essitalopram va boshqa serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini va serotoninergik preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda, kam xollarda serotonin sindromi rivojlanishi mumkin. Ajitasiya, tremor, mioklonus, gipertermiya kabi simptomlarning majmuasi, serotonin sindromini rivojlanishiga ishora qilishi mumkin. Agar bu yuz bergan bo‘lsa, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini va serotoninergik preparatlarni darxol bekor qilish va simptomatik davolashni buyurish kerak.

Teshik dalachoy

QQOSI ni tarkibida teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqloqchi o‘simlik dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish, nojo‘ya samaralarni rivojlanishi sonini oshirishi mumkin.

Essitalopram bilan davolash to‘xtatilganidagi bekor qilish sindromi

Pasientlarda davolashni to‘xtatish bilan bog‘liq bo‘lgan samaralarni paydo bo‘lishi (bekor qilish sindromi) -, ayniqsa keskin bekor qilishda odatdagi reaksiya. Klinik sinovlarni o‘tkazishda davolash to‘xtatilganidan keyingi noxush ko‘rinishlar essitalopram bilan davolash olgan taxminan 25% pasientlarda, va plasebo olgan 15% pasientlarda kuzatilgan.

Bekor qilish sindromini paydo bo‘lish xavfi bir necha omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin, jumladan davolashni davomiyligi va dozalashni, shuningdek dozani pasaytirish jadalligiga bog‘liq. Eng ko‘p aniqlangan reaksiyalar quydagilarni bosh aylanishi, sezuvchanlikni buzilishi (shu jumladan parasteziya, elektr toki bilan urish xissi), uyquni buzilishi (jumladan insomniya va taasurotli tush ko‘rishlar), tasirchanlik va ajitasiya, ko‘ngil aynishi va/yoki qusish, tremor, ongni chalkashishi, kuchli terlash, bosh og‘rig‘i, diareya, yurak urishini tezlashishi, emosional beqarorlik, ko‘rishni ta‘sirchanligi va buzilishi o‘z ichiga oladi:. Ko‘pchilik xollarda bu simptomlar yengil yoki o‘rtacha xarakterga ega, lekin, ayrim pasientlarda ular jiddiy bo‘lishi mumkin.

Odatda bu simptomlar davolash bekor qilinganidan keyin birinchi bir necha xaftada paydo bo‘ladi, lekin dozani qabul qilishni tasodifan o‘tkazib yuborgan pasientlarda ko‘rsatilgan simptomlar juda kam xollardai aniqlangan.

Garchi  ayrim pasientlarda ular ko‘proq (2-3 oylar davomida va ko‘proq)  davom etishi mumkin bo‘lsada bu simptomlar asosan o‘zi tuzalib ketuvchi va, odatda 2 xafta davomida o‘tib ketadi. Shuning uchun essitalopramni bekor qilishni pasientning xolatiga qarab, bir necha xaftalar yoki oylar davomida dozani asta-sekin pasaytirish yo‘li bilan o‘tkazish kerak.

Yurak ishemik kasalligi

Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda Eliseya preparatini qo‘llash tajribasi cheklanganligi sababli, preparat bunday pasientlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

QT oralig‘ini uzayishi

Essitalopramni QT intervalini dozaga bog‘liq uzaytirishi aniqlangan. Postregistrasion davrda QT intervalini uzayishi va qorinchalar aritmiyasi, jumladan ikki yo‘nalishli qorinchalar taxikardiyasi xollari, asosan, ayol pasientlarda gipokaliemiyasi bo‘lgan yoki QT intervalini uzayishi, yoki yurakning boshqa kasalliklari mavjud bo‘lgan kuzatilganligi xaqida xabar berilgan.

Yaqqol bradikardiyasi bo‘lgan pasientlarda yoki yaqinda o‘tkir miokard infarktini o‘tkazgan yoki dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llashda extiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi.

Gipokaliemiya va gipomagniemiya kabi elektrolitlar muvozanatini buzilishi, xavfli aritmiyalarni rivojlanishi xavfini oshiradi, essitalopram bilan davolashni boshlash oldin bu buzilishlarni tuzatish kerak.

Turg‘un kechuvchi yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda davolashni boshlashdan oldin EKG o‘tkazish kerak.

Essitalopram bilan davolanish vaqtida yurak aritmiyasining belgilari paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish va EKG o‘tkazish kerak.

Yopiq burchakli glaukoma

SQQOSI, shu jumladan essitalopramni, midriazga olib kelib, qorachiqning o‘lchamiga ta‘sir qilishi mumkin. Bu qorachiqni kengaytirish samarasi ko‘zning oldingi kamerasi burchagini toraytirish potensialiga ega, bu ayniqsa ushbu kasallikka moyilligi bo‘lgan pasientlarda ko‘z ichki bosimini oshishiga va yopiq burchakli glaukoma rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun yopiq burchakli glaukomasi yoki anamnezida glaukomasi bo‘lgan pasientlarda essitalopram qo‘llanganida extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Fertillik

Xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma‘lumotlari, ayrim SQQOSI spermaning sifatiga ta‘sir qilishi mumkinligini ko‘rsatgan. Essitalopram uchun Xayvonlarda o‘tkazilgan bu aspektdagi tadqiqotlarning natijalari yo‘q. Odamda ayrim SQQOSI qo‘llash xaqidagi xabarlar, bu dori preparatlarni spermaning sifatiga ta‘siri qaytuvchi ekanligini ko‘rsatadi. Shu vaqtgacha essitalopramni odam fertilligiga ta‘siri kuzatilmagan.

Eliseya laktoza saqlaydi. Bu preparatni galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktazani tug‘ma yetishmovchiligi yoki glyukoza hamda galaktozani molabsorbsiya sindromi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta‘siri

Davolanish davrida avtotransportni xaydash va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: essitalopramning dozasini oshirib yuborilishini aniqlangan simptomlari asosan markaziy nerv tizimi (bosh aylanishi, qaltirash va bezovtalikdan kam xollarda serotonin sindromi, tirishishlar va komagacha), me‘da-ichak yo‘llari (ko‘ngil aynishi/qusish) va yurak-tomir tizimi (gipertoniya, taxikardiya, QT oraliqni uzayishi va aritmiya) va suv-tuz muvozanatini xolati (gipokaliemiya, giponatriemiya) bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni o‘z ichiga oladi.

Davolash: spesifik antidoti mavjud emas. Adekvat ventilyasiya va oksigenasiya uchun nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta‘minlash va tutib turish, me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish. Ichga peroral qabul qilingandan keyin iloji boricha tezroq me‘dani yuvish kerak. Hayotiy muhim faoliyatlarni, shu jumladan yurak faoliyatini sinchiklab kuzatish va monitoring qilish, simptomatik va tutib turuvchi davolash tavsiya etiladi.

EKG monitoringi dimlangan yurak yetishmovchiligi/bradikardiyasi bo‘lgan pasientlarda,  QT intervalini uzaytiruvchi dorilarni yondosh ishlatayotgan pasientlarda, yoki metabolizmi o‘zgargan, masalan, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, doza oshirib yuborilgan xollarda tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

7 tabletkadan OPA/Al/PVX folga va alyumin folga blisterga joylanadi.

4 yoki 8 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Namlikdan ximoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ELISEYa 0,01 tabletkalari N56 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ELISEYa 0,01 tabletkalari N56 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ELISEYa 0,01 tabletkalari N56 dori vositasi КРКА, д.д., Ново место, АО tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ELISEYa 0,01 tabletkalari N56 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ELISEYa 0,01 tabletkalari N56 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ELISEYa tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
ELISEYa tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
SITANYu tabletkalari 20mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITANYu tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SEVPRAM tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 79 700 so'mdan Batafsil
SEVPRAM tabletkalari 20mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
MEDOLAPRAM tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ELISEYa tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
SITANYu tabletkalari 5mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SEVPRAM tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
MEDOLAPRAM tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Эсциталопрам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEPTANAZAL sprey 10 ml 0,1 mg+5 mg
SEPTANAZAL sprey 10 ml 0,05 mg+5 mg
NOLPAZA tabletkalari 40mg N28
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 20mg N30
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 5mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 10mg N30
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
ATORIS 0,02 tabletkalari N90
TELMISTA tabletkalari 80mg N84
VIZARSIN 0,1 tabletkalari N12
VIZARSIN 0,1 tabletkalari N4
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N12
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4
VIZARSIN KU TAB 0,05 tabletkalari N4
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N14
FROMILID UNO tabletkalari 0,5g N7
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
FROMILID 0,25 tabletkalari 0,25g N14
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N5
MAKROPEN granuli 20g 0,175mg/5ml
ASENTRA 0,05 tabletkalari N28
LORISTA N 100 tabletkalari 0,0125g+0,1g N30
RUTASID tabletkalari 500mg N60
ROKSERA tabletkalari 15mg N90
ROKSERA tabletkalari 20mg N90
ROKSERA tabletkalari 10mg N90
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9