×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NITRESAN tabletkalari 10mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Chexiya
Faol modda:
Нитрендипин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Pro. Med. CS Praha a.s.
Vakil:
- PRO.MED. CS Praha a.s.
ATX kodi:
- C08CA08
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 177 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 59 900 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 52 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2% N5 Uzgermed Pharm, СП, ООО O'zbekiston
5 000 s`om dan
SPILAKTON tabletkalari 25mg N20 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
TROKSERUTIN gel 40g 2% Sopharma AD Rossiya Federatsiyasi
15 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: nitrendipin 10,0 mg, 20,0 mg
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo'xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, povidon 25, natriy dokuzati, magniy stearati.
Nitrendipin “sekin” kalьtsiy kanallarining blokatori, digidropiridin hosilasi hisoblanib, gipotenziv ta'sir ko'rsatadi. Boshqa kalьtsiy kanallarining blokatorlari singari, nitredipin kardiomiotsitlar va toj va periferik arteriyalarning silliq mushaklari hujayralariga ekstratsellyular kalьtsiy oqimini kamaytiradi. Bu keyingi ta'sirlarga olib keladi :
kalьtsiyni xujayraga xaddan ortiq kirib borishidan himoya qiladi,
tomirlarning silliq mushaklarining kalьtsiyga muhtoj miogen qiskarishlarni ingibitsiya qiladi,
umumiy periferik tomirlarni qarshiligini pasaytiradi,
patologik yuqori bo'lgan arterial bosimni pasaytiradi,
buyraklarda qon oqimini kuchaytiradi, o'rtacha natriy ureztik ta'sir ko'rsatadi ayniqsa davolanish boshida
So'rilishi
Ichga qabul qilinganda oshqozon ichak yullari orqali 88% tez so'riladi.
So'rilishning biologik yarimmuddati 30-60 minutni tashkil qiladi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga erishish uchun kerakli bo'lgan vaqt, preparat qabul qilinganidan so'ng 1-3 soatni tashkil qiladi, o'rtacha maksimal kontsentratsiya 6,1-19mgk/1ni tashkil qiladi.
Jigar orqali “birinchi o'tishni” aniq samarasini hisobga olgan holda (first-pass samarasi) , nitredipinning sistematik biokiraoshligi 20-30% tashkil qiladi .
Taqsimlanishi
96-98% nitrendipin qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi (alьbumin bilan).
Gemodializ samarasiz. Muvozanat holatda taqsimlanish hajmi 5-9 l/kg ni tashkil qiladi, shuning uchun gemodializ va plazmaferez samarasiz.

Biotransformatsiya/Chiqarilishi
Jigar orqali “birinchi o'tish” samarasiga ega. Jigarda asosan oksidlanish yo'li bilan metabollanadi. Metabolitlar farmakologik aktiv emas. Metabolizmida CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 izofermentlari ishtirok qiladi. Qabul qilinganga nisbatan 0,1% dan kam bo'lgan doza o'zgarmagan holda chiqariladi . Nitrendipin asosan buyrak orqali chiqariladi:
qabul qilingan dozadan 77% ga yaqini, nitrendipinning qolgan qismi ichak yo'llari orqali chiqariladi. Nitrendipin ichga qabul qilingandan so'ng yarimchiqarilish davri (T1/2) – 8-12 soatni tashkil qiladi. Nitrendipin va uning metabolitlari organizmda kumulyatsiya bulmaydi. Nitrendipin asosan jigar metabolizmi orqali chiqarilishi sababli, surunkali jigar kasalliklari bo'lgan patsiyentlarda chiqarilish davri uzoqroq kechadi va ularda nitrendipinning T½ 2-3 barobar uzoqroq davom etadi. Buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Randomizitsiyalash, ikki tomonlama, yashirin platsebo-nazorati ostida o'tkazilgan SYST-EUR klinik kuzatishlar natijasida: yurak qon tomirlari hodisalarining xavfi 31% (95% DAD 14-45%, r <0,001) ga pasayishi, insulьt 42% (95% DAD 17-60%, R = 0,003) ga, va dementsiyalar, Alьtsgeymer kasalligini hisobga olgan holda, qon tomirlari va aralash dementsiya 50% (95% DAD 0-76%, r = 0,05) ga pasayishi aniqlangan. Nitredipin MNT va oshqozon-ichak yo'llari faoliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Nojo'ya samaralarini uchrash tez-tezligi (hollar miqdori/kuzatishlar soni):juda tez-tez – (≥1/10), tez-tez ( ≥1/100, lekin <1/10), tez-tez emas(≥1/1000 , lekin <1/100), kam hollarda (≥1/10 000 - <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), aniq emas (mavjud bo'lgan natijalar bo'yicha aniqlash mumkin emas)
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan o'zgarishlar:
Tez-tez: asosan davolashni boshida stenokardiya diagnozi bo'lgan patsiyentlarda zabrlar kuchayishi davomiyligi va og'irligi kuchayishi mumkin, aritmiya, taxikardiya.
Juda tez-tez: yuz terisiga va tananing yuqori qismiga qonni “oqib kelishi”, periferik shishishlar (ayniqsa davolash boshida, o'tib ketadigan).
Tez-tez emas: gipotoniya
Kam hollarda: leykotsitoklastik vaskulit
Juda kam hollarda: miokard infarkti
Nerv tizimi tomonidan:
Juda tez-tez: bosh og'rig'i (ayniqsa davolash boshida, o'tib ketadigan).
Tez-tez emas: paresteziyalar, bosh aylanishi, charchoqlik, xushni vaqtinchalik yo'qolishi, asabiylik.
Tayanch-harakat apparati tomonidan:
tez-tez emas – artrit (artralgiya, bo'g'imlarda og'riq va shish), mialgiya.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan:
tez-tez emas: ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rishi, qabziyat yoki diareya;
juda kam: milklar giperplaziyasi, meteorizm, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan:
Juda kam hollarda: leykopeniya, agranulotsitoz.
Nafas tizimi tomonidan:
tez-tez emas: hansirash;
kam hollarda: burundan qon ketishi
Ko'rish a'zolari tomonidan:
tez-tez emas: ko'rishni buzilishi, ko'rishni noaniqligi
Eshitish organlari tomonidan:
Tez-tez emas: quloqda shang'illash
Siydik jinsiy tizimi tomonidan:
tez-tez emas : siyishga qistovlarni tezlashishi, poliuriya.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan:
Juda kam hollarda-erektil disfunktsiya, erkaklarda ko'kraklarni kattalashishi (ginekomastiya), davomli og'ir hayz ko'rish qon ketishi (menorragiyalar).
Allergik reaktsiyalar:
tez-tez emas teri toshmasi, qichishish, eshakemi, terining yorug'likka nisbatan sezuvchanligi (fotosensibilizatsiya) kabi o'ta yuqori sezuvchanlikning teri reaktsiyalari; kam hollarda – eksfoliativ dermatit, angioedema.
Boshqalar:
tez-tez emas – sanchilish va terining sezuvchanligini o'zgarish (paresteziya), tana vaznini o'zgarishi, ko'p terlash;
kam hollarda – galaktoreya, lablar, til, milklar va hiqildoqning giperplaziyasi, isitma.
Agar sizda, preparat o'ramiga joylashtirilgan yo'riqnomada ko'rsatilmagan nojo'ya ta'sirlar kuzatilsa, iltimos bu haqida sizni davolovchi shifokor yoki farmatsevtga murojat qiling .
Vazospastik stenokardiyada Nitresan preparatini buyurishga diagnostik mezonlar bo'lib hisoblanadilar: S-T segmentining oshishi bilan kechuvchi klassik klinik manzara; endometrin-induktsiyalangan stenokardiyani yoki toj arteriyalarni spazmini rivojlanishi; angiografiyada koronarospazmni yoki tasdiqlanmagan angiospastik komponentni aniqlash (masalan, EKG ma'lumotlari o'tkinchi angiospazmdan dalolat bergan holdagi, turli zo'riqish bo'sag'asidagi yoki noturg'un stenokardiyada).
Digidropiridinlarni qabul qilish ovqat qabul qilish va ichimliklarni iste'mol qilishga nisbatan jiddiy standartizatsiyani talab qiladi. Greypfrut sharbati nitrendipinning metabolik transformatsiyasini pasaytiradi, me'da-ichak yo'llarida uning so'rilishini kuchayishiga yordam berib, plazmada preparatning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi.
Davolash vaqtida preparatni alkogolь bilan birga qabul qilishdan saqlanish kerak.
“Kalьtsiy” kanallarining blokatorlari preparatlarida “bekor qilish” sindromi yo'qligiga qaramasdan, davolashni to'xtatishdan oldin dozani asta-sekin pasaytirish tavsiya qilinadi.
O'tkazib yuborilgan dozani o'rnini qoplash uchun, preparatning ikkilangan dozasini qabul qilish mumkin emas: navbatdagi qabulda preparat qabul qilishning tavsiya qilingan tartibiga rioya qilish kerak.
Kompensatsiyalanmagan yurak yetishmovchiligi bo'lgan hollarda, shuningdek sinus tugunining kuchsizligi sindromida (sick-sinus sindromi), kardiostimulyatsiya bo'lmaganida, patsiyentning holatiga alohida e'tibor berish va yurak faoliyatini sinchiklab monitoring qilish talab qilinadi.
Jigar faoliyati buzilgan, shuningdek keksa yoshli patsiyentlar nazoratga va nitrendipinning dozasini to'g'rilashga muhtojdirlar: ularning holati uchun mumkin bo'lgan minimal doza buyuriladi.
Buyraklar faoliyati buzilgan patsiyentlar dozani maxsus to'g'rilashga muhtoj emaslar.
Bolalar va o'smirlarga (<18 yosh), ushbu yosh guruhida preparatni qabul qilishning oqibatiga nisbatan yetarlicha tajriba yo'qligi sababli buyurilmaydi.
Nitresan preparati yordamchi modda sifatida laktoza monogidrati saqlaydi. Galaktozani o'zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy kasalliklari, Lappa laktozani yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktozaning so'rilishini buzilishi bo'lgan patsiyentlarga preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi.
Nitrendipinni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.
Homiladorlik
Hayvonlarda o'tkazilgan tekshirishlarda, nitrendipinning testlangan dozalari ona uchun ham, nasl uchun ham toksik bo'lganligi ko'rsatilgan, bu bolalarda rivojlanishning qator yengil nuqsonlarida namoyon bo'lgan.
Emizish
Laboratoriya kalamushlarida o'tkazilgan eksperimentlarda nitrendipinni ko'krak sutiga o'tishi ko'rsatilgan. Sutdagi nitrendipinning kontsentratsiyasi uning plazmadagi kontsentratsiyasiga mos kelgan. Odamlarda maxsus klinik tekshirishlar o'tkazilmagan. Bolani emizishda samarasini namoyon bo'lishi bo'yicha ma'lumotlarning yetishmasligi sababli, emizishni to'xtatish tavsiya qilinadi.
Avtotransport/harakatlanayotgan mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida (ayniqsa boshida, boshqa davolashga o'tishi sababli dozasi to'g'rilanganida) avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyatning boshqa potentsial xavfli ko'rinishlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Essentsial (birlamchi) gipertoniyani davolashda qo'llanadi.
Faol modda (nitrendipin)ga, preparatning komponentlariga va
1,4-digidropiridinning boshqa tipdagi kalьtsiy antagonistiga o'ta yuqori sezuvchanlik;
Kardiogen shok;
Aorta klapani stenozining og'ir darajasi;
Miokard infarktining o'tkir davri (birinchi 4 hafta davomida);
Nostabil stenokardiya;
Galaktozani o'zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so'rilishi;
Homiladorlik va emizish;
Bolalik yoshi (18 yoshgacha) da qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP);
Sinus tugunining kuchsizligi sindromi (STKS);
Aorta og'zining yaqqol stenozi yoki mitral stenoz;
Surunkali yurak yetishmovchiligi;
Chap qorincha yetishmovchiligi bilan bo'lgan miokard infarkti;
Arterial gipotenziya;
Jigar, buyrak yetishmovchiligi;
Doza kuchaytrilganda keksalik yoshida extiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
Nitrendipin jigarda va ichakning shilliq qavatidagi sitoxrom R450 3A4 ferment tizimi yordamida metabolizmga uchraydi. Bu ferment tizimini bostiruvchi yoki rag'batlantiruvchi dori vositalari, nitrendipinning jigar orqali “birinchi o'tish” samarasiga yoki plazma klirensiga ta'sir qilishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanganida nitrendipin: plazmada xinidin, teofillin va digoksinning kontsentratsiyasini oshiradi (deyarli 2 marta).
Nitrepdipinning gipotenziv samarasini susaytiradilar:
nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) –natriyni tutib qoladilar va buyraklar tomonidan prostaglandinning sintezini bloklaydilar;
estrogenlar – natriyni tutib qoladilar;
simpatomimetiklar, jigarning mikrosomal fermentlarining induktorlari, shu jumladan rifampitsin, rifampin, fenitin, karbamazepin va fenobarbital – nitrendipinning biokiraolishligini ahamiyatsiz pasaytiradilar;
kalьtsiy preparatlari.
Nitrendipinning gipotenziv samarasini kuchaytiradilar:
alьfa va beta-adrenoblokatorlar va/yoki antigipertenziv dori vositalari: buyraklarga qon oqimini kamaytirib, plazmada nitrendipinning kontsentratsiyasini oshiradilar;
ingalyatsion anestetiklar;
diuretiklar: siydik bilan natriyning ekskretsiyasini oshishiga olib kelishlari mumkin;
miorelaksantlar (pankuroniy, vekuroniy): nitrendipin olayotgan patsiyentlarda ularning ta'sirining davomiyligi va jadalligi oshgan;
simetidin va ranitidin: kam darajada bo'lsa ham nitrendipinning plazmadagi darajasini oshiradi;
tritsiklik antidepressantlar: sitoxrom R450 3A4 ning kuchli ingibitorlari hisoblanib, plazmada nitrendipinning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladilar;
viruslarga qarshi preparatlar (amprenavir, atazanavir, ritonavir, indinavir, nelfinavir, sakvinavir), zamburug'larga qarshi preparatlar (ketokonazol, itrakonazol, flukonazol), tutqanoqqa qarshi vositalar (valьproat kislotasi), mikroblarga qarshi preparatlar (kvinupristin, dalьfopristin), antibiotiklar (eritromitsin, troleandomitsin, klaritromitsin, riksitromitsin): sitoxrom R450 3A4 ning faol ingibitori bo'lib, jigarda nitrendipinning metabolizmini pasayishi natijasida uning biokiraolishligini oshiradilar va plazmada uning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladilar;
Nitratlar, litiy preparatlari nitrendipinni toksik samaralarini (ko'ngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, tremor, quloqlarda shovqin) kuchaytiradilar.
Prokainamid, xinidin va Q-T intervalning uzayishini chaqiruvchi dori vositalari, manfiy inotrop samarasini kuchaytiradilar va Q-T intervalning ahamiyatli uzayish xavfini oshirishlari mumkin.
4 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo'yicha.
Dozalar
Katta yoshdagi patsiyentlarga tavsiya etilgan dozalar
Nitresan 10 mg: 1 tabletka sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun), bu sutkada 20 mg nitrendipinni tashkil qiladi.
Arterial bosim yetarli darajada pasaymaganida, shifokor sutkalik dozani 2 marta ikki tabletkagacha oshirish mumkin, bu sutkada 40 mg nitrendipin qabul qilishga ekvivalentdir.
Nitresan 20 mg: 1 tabletka sutkada 1 marta, bu sutkada 20 mg nitrendipinni tashqil qiladi.
Arterial bosim yetarli darajada pasaymaganida, sutkalik doza ikki marta oshirilishi mumkin, ya'ni sutkada 1 tabletkadan 2 maxal buyuriladi, bu sutkada 40 mg nitrendipin qabul qilishga ekvivalentdir.
Maksimal sutkalik doza kuniga 40 mg nitrendipinni tashkil qiladi.
Qo'llash usuli
Ichga, ertalab ovqatdan keyin yoki ovqat vaqtida, tabletka butunligicha yutiladi va yetarli miqdorda suyuqlik ichiladi.
Tabletkalarni greypfrut sharbati bilan ichish mumkin emas (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang).
Faol modda nitrendipin yorug'likka sezgir, shuning uchun tabletkalar blisterdan bevosita qabul qilishdan oldin olinishi kerak.
Preparatni qabul qilish davomiyligi
Davolash kasallikning og'irligiga qarab, qat'iy shaxsiy va uzoq muddatga buyurilishi kerak.
Mahsus patsiyentlar guruxi
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa patsiyentlarda va jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda nitrendipinning metabolizmi sekinlashgan bo'lishi mumkin, bu qon bosimini kutilmagan pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday patsiyentlarda nitrendipinni davolovchi samarasi kuchayishi va/yoki davomli bo'lishi mumkinligi tufayli, davolashni bemorning holatini sinchkov kuzatuvida kichik dozalarda (10 mg/sut) boshlash tavsiya qilinadi. Bunday hollarda xatto kichik dozalarda ham arterial bosimni kuchli pasayishida davolashni o'zgartirish lozim.
Jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda
Nitrendipin jigarda metabolizmga uchraydi, shuning uchun jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda Nitresanni qabul qilish muolajasini 10 mg dan sutkada 1 marotaba arterial bosimini tez-tez nazorati ostida boshlash lozim, chunki dori vositasining ta'siri kuchayishi yoki pasayishi mumkin. Biroq, arterial bosimni keskin pasayib ketishi holatida muolajani o'zgartirish lozim ( “Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar” bo'limiga qarang).
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar
Bunday patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Bolalar va o'smirlar (18 yoshgacha)
18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda va bolalarda Nitresanni xavfsizligi va samaradorligi isbotlanmagan.
Simptomlari: bosh og'rig'i, yuz terisining giperemiyasi, AB ni davomli pasayishi, sinus tuguni faoliyatini bostirilishi, bradikardiya, bradiaritmiya.
Davolash: og'ir zaharlanishda (kollaps, sinus tugunini susayishi) me'da yuviladi, faollashtirilgan ko'mir buyuriladi. Antidoti bo'lib kalьtsiy preparatlari hisoblanadi: keyinchalik uzoq muddatli infuziyaga o'tish bilan 10% kalьtsiy xlorid yoki kalьtsiy glyukonatni v/i sekin yuborish ko'rsatilgan.
AB – yaqqol pasayganida – v/i dopamin yoki dobutamin yuboriladi. O'tkazuvchanlik buzilganida – atropin, izoprenalin yoki ritmning sun'iy boshqaruvchisi qo'yiladi. YuE rivojlanganida – v/i strofantinni yuborish, katexolaminlarni faqat hayotga xavf bo'lganida qo'llash kerak (ularning samaradorligi pasayganligi sababli, dozani oshirish talab qilinadi, natijada aritmiyani rivojlanish xavfi oshadi). Qonda glyukoza (insulinni ajralib chiqishi pasayishi mumkin) va elektrolitlarning (kaliy, kalьtsiy) kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Gemodializ samarasiz.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NITRESAN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NITRESAN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NITRESAN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi Pro. Med. CS Praha a.s. tomonidan Chexiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NITRESAN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NITRESAN tabletkalari 10mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NITRESAN tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya respublikasi
  • Faol modda: Нитрендипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pro Med A.S.
Narh: 68 700 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
URSOSAN kapsulalar 250mg N10
Narh: 20 500 so'mdan Batafsil
MONOSAN tabletkalari 40mg N30
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
INDAP kapsulalar 2,5mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
REBAGIT tabletkalari 100mg N30
Narh: 132 000 so'mdan Batafsil
TIAPROSAN tabletkalari 100mg N30
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN kapsulalar 250mg N100
Narh: 380 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN kapsulalar 250mg N50
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
MONOSAN tabletkalari 20mg N30
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
BISOTEKSA tabletkalari 10mg N30
BISOTEKSA tabletkalari 5mg N30
PROSULPIN tabletkalari 200mg N30
Narh: 87 600 so'mdan Batafsil
PROSULPIN tabletkalari 50mg N30
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
INDAP tabletkalari 1,25mg N30
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N30
Narh: 234 800 so'mdan Batafsil
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60
Narh: 456 000 so'mdan Batafsil
AMBROSAN tabletkalari 30mg N20
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30
Narh: 123 600 so'mdan Batafsil
PROPANORM tabletkalari 150mg N50
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
ITOMED tabletkalari 50mg N40
Narh: 101 900 so'mdan Batafsil
RANISAN tabletkalari 150mg N20
PROPANORM tabletkalari 300mg N50
Narh: 243 000 so'mdan Batafsil
FAMOSAN tabletkalari 40mg N10
FAMOSAN tabletkalari 20mg N20
PROPANORM inyeksiya uchun eritma 10ml 3,5mg/ml N10
TIAPROSAN tabletkalari 100mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pro. Med. CS Praha a.s.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9