×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROSULPIN tabletkalari 50mg N30

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Chexiya
Faol modda:
Сульпирид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Pro. Med. CS Praha a.s.
Vakil:
- PRO.MED. CS Praha a.s.
ATX kodi:
- N05AL01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 26 ta dorixonasida topildi

ico 48 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 60 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 54 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
1 000 s`om dan
VALERIANI nastoyka 25ml Ziyo Nur Farm ЧП O'zbekiston
1 900 s`om dan
BARBOVAL tomchilar oralnie 25ml Фармак, ПАО Ukraina
15 200 s`om dan
BETAMAKS tabletkalari 100mg N30 Гриндекс, АО Latviya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda- sulьpirid 50 mg yoki 200 mg;
Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, kolloid kremniy dioksidi, metilgidroksipropiltsellyuloza K4M, metilgidroksipropiltsellyuloza K15M, magniy stearati, talьk.
Sulьpirid ikkilamchi benzamidlar guruxidagi atipik neyroleptiklarlarning eng mashxur vakili hisoblanadi. Rag'batlantiruvchi va timoanaleptik (antidepressiv) ta'sir bilan birgalikda mo''tadil neyroleptik faollikga ega. Neyroleptik samarasi dofaminbloklovchi ta'sir bilan bog'liq. Sulьpirid markaziy nerv tizimida (MNT), qisman neostriat tizimdagilarga ta'sir ko'rsatib, asosan mezolimbik va gipotalamo-gipofizar tizimlarni dofaminergik retseptorlarini bloklaydi.
Ko'pchilik benzamidlarga ikki komponentli ta'sir hosdir: prefrontal xududdagi – presinaptik D2/D3 autoretseptorlarga (dofamin tarqalishini kuchaytirib), limbik xududda esa – postsinaptik autoretseptorlarga (dofamin transmissiyasini blokirovka qilib) past dozalarda imtiyozli blokada bilan dofaminergik o'tkazuvchanlikni rag'batlantirish. Dofamin D2 retseptorlarini benzamidlar bilan blokirovka qilish darajasi RET (pozitron emission tomografiya) tadqiqotlarida 60-80 % atrofida bo'ladi; sulьpiridni 400 mg dozada qabul qilingandan so'ng -75% ni tashkil qiladi.
Dofaminni past dozalarda yuqori darajada chiqarilishi salbiy psixotik simptomlarda va depressiv alomatlarda MNT da kayfiyat yaxshilanishini bilan depressiya alomatlari rivojlanishini pasaytirishini bog'laganligida samaradorligi aniqlanadi.
Sulьpiridning antipsixotik ta'siri sutkada 600 mg dan ortiq dozalarda namoyon bo'ladi, sutkada 600 mg dan past dozalarda uning antidepressiv va rag'batlantiruvchi ta'siri ustun bo'ladi.
Sulьpirid adrenergik, holinergik, serotonin, gistamin va GAMK-retseptorlarga ahamiyatli ta'sir o'tkazmaydi.
Prolaktin sekretsiyasini rag'batlantiradi va qusish markazining triger xududidagi dofamin D2-retseptorlarni blokada qilishi xisobiga, markaziy antiemetik samara (qusish markazini bostirish) ga ega.
Psixosomatik kasalliklarda, xususan, me'da va 12 barmoq ichak yarasida sulьpirid kam dozalarda yordamchi vosita sifatida qo'llanilishi mumkin. Yo'g'on ichak qo'zg'alishi sindromida qorin og'riqlari kuchayishini pasaytiradi.
Sulьpiridning ta'siridagi bunday farqlar uning terapevtik faoliyati kengligini va sulьpiridni yuqori dozalarda neyroleptik va antidepressant sifatida, past dozalarda esa – turli xil etiologiyali bosh aylanishlaridagi dori vositasi sifatida aniqlab beradi.
So'rilishi Sulьpirid me'da-ichak tizimida so'riladi. Ichga qabul qilish uchun mo'ljallangan dori shakllari biokiraolishi taxminan 25-35% ni tashkil etadi va muhim individual o'zgaruvchanlik bilan ajralib turadi. Sulьpiridning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) ga 3-6 soat ichida erishiladi va o'z ichida 50 mg saqlagan bir tabletka qabul qilinganda 0,73 mg/l va 0,25 mg/l ni tashkil qiladi . Taqsimlanishi Sulьpirid organizm to'qimalarida tez tarqaladi: taqsimlanish xajmi muvozanat holatda 1,0-1,1 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - taxminan 40%; preparat eritrotsitlarga passiv diffuziya orqali kirib boradi, uning qon plazmasi va eritrotsitlardagi kontsetratsiyasi bir xil bo'ladi. Sulьpiridning bosh miya suyuqligidagi kontsetratsiyasi past, va zardob kontsentratsiyasining o'rtacha 13 % (4-29 %) ni tashkil etadi. Sulьpirid 50 mg dan 300 mg gacha bo'lgan dozani qabul qilingandan so'ng chiziqli kinetikaga ega. Sulьpirid jigar va buyraklarga tez, miya to'qimalariga sekinroq (preparatning asosiy miqdori gipofiz va gipotalamusda yig'iladi) kirib boradi. Sulьpiridning MNT dagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagi kontsentratsiyasining 2-5% ni tashkil qiladi. Sulьpirid yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi; uning ahamiyatsiz miqdori ko'krak sutida paydo bo'ladi. Chiqarilishi Inson organizmida sulьpirid metabolizmga juda kam uchraydi va buyraklar orqali kalavalar filьtratsiyasi yo'li orqali deyarli o'zgarmagan shaklda chiqariladi (92%), qolgan qismi esa eksrementlar bilan chiqariladi . Plazmatik yarim chiqarilish davri (T1/2) 7-9 soatni tashkil qiladi . Ko'krak suti bilan sutkalik dozaning 0,1% chiqariladi. Sulьpiridning umumiy plazma klirensi minutiga 90-120 ml ga yetadi, shu bilan birga buyrak klirensi umumiy plazma klirensiga nisbatan, bir oz kamroq o'lchovlarga (80-130 ml/min) yetadi. Kreatin klirensi, yoki kreatinemiya kattaliklariga asosan buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda sulьpiridning dozalash rejimini moslashtirish tavsiya etiladi. Sulьpirid gemodializda qisman chiqariladi.
Odatda Prosulьpin 50 mg va 200 mg preparati bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Ko'pchilik nojo'ya ta'sirlar vaqtinchalik va axamiyatsiz harakterga ega.
Quyida ko'rsatilgan no'jo'ya ta'sirlar organizm sistemasi bo'yicha tasniflangan va ularning rivojlanish soniga muvofiq ro'yxatga kiritilgan: juda tez-tez (≥ 1 / 10), tez-tez (≥ 1 / 100 do < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1 000 do < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10 000 dan < 1/1 000gacha), juda kam hollarda (< 1/10 000), no'malum (mavjud ma'lumotlardan aniqlab bo'lmaydi).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: leykopeniya.
Soni aniq emas: neytropeniya, agranulotsitoz.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Soni aniq emas: anafilaktik reaktsiyalar: eshakemi, nafas siqilishi, arterial bosimni haddan tashqari pasayishi, anafilaktik shok.
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: giperprolaktinemiya, tana vazni oshishi.
Psixika buzilishi
Tez-tez: uyqusizlik
Soni aniq emas: ong chalkashishi
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: sedatsiya yoki uyquchanlik, ekstrapiramid buzilishlar (bu alomatlar asosan parkinsonga qarshi preparatlar buyurilishdan so'ng qaytadi), parkinsonizm, tremor, akatiziya (“betoqatlik”).
Tez-tez emas: mushaklar gipertonusi, diskeneziya, mushaklar distoniyasi.
Kam hollarda: okulogir kriz.
Soni aniq emas: xavfli neyroleptik sindrom, gipokineziya, kechki diskeneziya (xamma neyroleptiklar qabuli singari, ularni 3 oy mobaynida qabul qilingandan so'ng; shu bilan parkinsonga qarshi vositalarning qabuli samarasiz yoki simptomlar kuchayishiga olib keladi),
tirishishlar.
Yurak tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: qorinchalar ritmi buzilishi, qorinchalar fibrillyatsiyasi, qorinchalar taxikardiyasi.
Soni aniq emas: QT intervali uzayishi, "piruet" turidagi qorinchalar taxikardiyasi, yurak to'xtashi, to'satdan o'lim.
Tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas:ortostatik gipotenziya.
Soni aniq emas: venoz tromboembolik asoratlar, shu jumladan o'pka arteriyasi tromboemboliyasi va chuqur tomir trombozi (ba'zan o'limga olib keluvchi); arterial bosim oshishi (“Mahsus ko'rsatmalar” bo'limiga qaralsin).
Ko'rish organlari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: ko'rishni xiralashishi, midriaz (ko'z qorachig'i kattalashishi).
Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: gipersalivatsiya.
Jigar va o't-safro xaydovchi yullar tomonidan buzilishlar
Tez-tez: ”jigar” fermentlarining faolligi oshishi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: makulo-populyar toshma.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar
Soni aniq emas: buyin qiyshayishi, trizm.
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: cut bezlari og'rishi, galaktoreya.
Tez-tez emas: ko'krak kattalashishi, hayz davri bulishi, frigidlik, impotentsiya.
Soni aniq emas: ginekomastiya.
Xomiladorlik, tug'ruqdan keingi va perinatal holatlar
Soni aniq emas: Ekstrapiramid alomatlar, chaqaloqlarda “bekor qilish sindromi” (“Homiladorlik va emizish davri” bo'limiga qaralsin).
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar
Soni aniq emas: giponatriyemiya, antidiuretik gormonning noadekvat sekretsiyasi sindromi.

Agarda siz preparat o'ramida ilova qilingan yo'riqnomada ko'rsatilmagan biror bir no'jo'ya ta'sirni kuzatsangiz, iltimos, shifokoringizga yoki farmatsevtga bu xaqda xabar bering.
Xavfli neyroleptik sindrom
Xavfli neyroleptik sindrom terining rangsizlanishi, gipertermiya, mushaklarning tortishishi, vegetativ nerv tizimining disfunktsiyasi, ong chalkashishi bilan ifodalanadi.
Kuchli terlash, arterial bosimning va pulьsning labilligi kabi vegetativ asab tizimining disfunktsiyasi belgilari, gipertermiya boshlanishidan avval boshlanishi mumkin, bundan kelib chiqgan holatda bu belgilar erta ogoxlantiruvchi belgilar bo'lishi mumkin. Isbotsiz tana harorati oshishi holatida sulьpirid bilan davolanishni to'xtatish lozim. XNS rivojlanish genezi noaniqligicha qoladi: taxmin qilinishicha, uning mexanizmida striatumda va gipotalamusda dofamin retseptorlari blokadasi rolь uynaydi, tug'ma moyillik xam istisnodan holi emas (idiosinkraziya). Sindrom rivojlanishiga interkurrent (tasodifan orttirilgan) infektsiya, bosh miyaning organik shikastlanishi yoki degidratatsiya xissa qo'shishi mumkin.

QT intervalining uzayishi
Sulьpirid QT intervalining dozaga bog'liq uzayishini chaqirishi mumkin. Bu ta'sir, «piruet» («torsades de pointes») turidagi qorinchalar taxikardiyasi kabi, qorinchalar og'ir aritmiyasining rivojlanishini xavfini oshiradi. Neyroleptiklar bilan davolashni boshlashdan avval, yurak ritmining og'ir buzilishi rivojlanishiga ta'sir qiluvchi xavfli omillarning yo'qligiga ishonch xosil qilish zarur, ular: yurak qisqarishlari soni minutiga 55 urishdan kam bo'lgan bradikardiya; yurak ichki o'tkazuvchanligi pasayishi, QT intervalining tug'ma uzayishi yoki boshqa QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan birga qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan QT intervalining uzayishi; elektrolit almashinuvi buzilishi: gipomagniyemiya, va ayniqsa, gipokaliyemiya – korrektirovka qilinishi lozim; bundan tashqari bunday patsiyentlarda qondagi elektrolitlar tarkibi tekshiruvini muntazam o'tkazish, EKG-monitoringi va doimiy tibbiy kuzatuv lozim. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan xavfli omillar mavjud bo'lgan patsiyentlarda, sulьpirid bilan davolanish zarurati bo'lganda ehtiyotkorlik choralariga amal qilish lozim (“Ehtiyotkorlik bilan”, “Nojo'ya ta'sirlar” bo'limlariga qaralsin).

Ekstrapiramid sindrom
Neyroleptiklar chaqirgan ekstrapiramid sindromlarda m-holinoblokatorlar buyurilishi lozim, dofaminergik agonistlar buyurilmaydi (“Dorilarning o'zaro ta'siri ” bo'limiga qarang).

Insulьt
Ba'zi atipik neyroleptiklarning platsebo bilan ta'sirini solishtirish maqsadida, dementsiyasi bo'lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda o'tkazilgan randomizirlangan klinik tadqiqotlar natijasida serebrovaskulyar xodisalarning xavfi uch barobar oshishi kuzatigan. Ushbu xavf mexanizmi no'aniq. Boshqa neyroleptiklar qabuli paytida yoki boshqa yoshdagi patsiyentlarda bunday xavf oshishini istisno qilib bo'lmaydi, shuning uchun insulьt rivojlanishi xavfi yuqori bo'lgan patsiyentlarga sulьpiridni extiyotkorlik bilan buyurish zarur.

Dementsiyasi bor keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlardagi dementsiya bilan bog'liq bo'lgan psixozlarda, antipsixotik preparatlar bilan davolash mobaynida o'lim xavfi (1,6-1,7 barobargacha) oshishi kuzatilgan, ko'pincha bu yurak-qon tomirlar (yurak yetishmovchiligi, to'satdan o'lim) yoki infektsion kasalliklar (pnevmoniya) bilan bog'liq bo'lgan. 17-ta platsebo-tekshiruv tadqiqotlarning taxlillari ko'rsatishicha, atipik antipsixotik preparatlar qabul qilgan keksa yoshdagi dementsiyasi bor patsiyentlardagi o'lim xavfi 4,5% ni tashkil qilgan, platsebo qabul qilinganida esa - 2,6%. Solishtiruvchi tadqiqotlar ko'rsatishicha, atipik singari tipik antipsixotik preparatlar bilan davolash o'limlar sonini ko'paytirishi mumkin. Patsiyentlarning ayrim xususiyatlariga qaraganda, o'lim darajasining oshishi antipsixotik preparatlardan kelib chiqishi mumkinligi aniq emas.

Venozli tromboembok asoratlar
Antipsixotik preparatlar qabuli mobaynida venozli tromboembolik asoratlar holatlari kuzatilgan, shu jumladan o'pka arteriyasi tromboemboliyasi, ba'zan o'limga olib keluvchi; chuqur venalar trombozi. Shuning uchun, venozli tromboembolik asoratlar havf omillarini, preparat terapiyasini boshlashdan avval va terapiya o'tkazilishi mobaynida aniqlash lozim; shuningdek kerakli profilaktik choralarni o'tkazish lozim (“Ehtiyotkorlik bilan” bo'limiga karang).

Epilepsiyasi bor patsiyentlar
Neyroleptiklar epileptogen porogni pasaytirishi tufayli, epilepsiyaga chalingan patsiyentlarga sulьpiridni buyurilishi davrida qat'iy tibbiy nazorat ta'minlanishi zarur.

Dofaminergik agonistlarni qabul qilayotgan, Parkinson kasalligiga chalingan patsiyentlar
Istisno holatlardan tashqari, sulьpirid Parkinson kasalligiga chalingan patsiyentlarga buyurilishi kerak emas. Dofaminergik agonistlarni qabul qilayotkan, Parkinson kasalligiga uchragan patsiyentlarda neyroleptiklar bilan davolash zarurati bo'lgan holatlarda, dofaminergik agonistlarni to'liq bekor qilinishiga qadar dozalarni sekinlik bilan pasaytirish lozim. Dofaminergik preparatlarni qabulini keskin to'xtatish , patsiyentda XNS rivojlanishini xavfini oshirishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan”, “Dorilarning o'zaro ta'siri” bo'limlariga qaralsin).

Leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz
Neyroleptiklarni uzoq vaqt davomida qabul qilinganida, periferik qon tarkibini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi, ayniqsa isitma paydo bo'lganda yoki no'malum etiologiyali infektsiya qo'shilganda ( leykopeniya va agranulotsitoz rivojlanishi havfi mavjud). Periferik qon tarkibida sezilarli gematologik o'zgarishlar aniqlansa, sulьpirid bilan davolash to'xtatilishi zarur.

Buyrak faoliyatining buzilishi bo'lgan patsiyentlar
Buyrak faoliyatining buzilishi bo'lgan bemorlarda sulьpiridning qisqartirilgan dozalarini qo'llash zarur (“Qo'llash usuli va dozalar” bo'limiga qaralsin).

Qandli diabetli yoki qandli diabet rivojlanishi xavfi va omillari bo'lgan patsiyentlar. Atipik antipsixotik preparatlarni qabul qilgan patsiyentlarda giperglikemiya rivojlanishi haqidagi malumotlar bo'lgani uchun, qandli diabet diagnozi qo'yilgan yoki qandli diabet rivojlanishi xavfi va omillari bo'lgan patsiyentlarga sulьpirid bilan davolanish tavsiya etilganida, qondagi qand miqdori monitoringi o'tkazilishi lozim.
Sulьpirid bilan davolanish mobaynida, spirtli ichimliklar yoki o'zida spirt saqlagan preparatlarni qabul qilish qat'iy man etiladi.
Sulьpirid umumiy rag'batlantiruvchi moddalar (masalan, anorektiklar, ayrim antiastmatik preparatlar) bilan bir vaqtda qabul qilinganida havotirlik, nevroz, ta'sirchanlik va uyqusizlikga olib kelishi xisobga olinishi lozim.
Sulьpiridni, hayz sikli barqaror bo'lmagan yosh ayollarga buyurilganida aloxida xavsizlik choralariga amal qilinishi lozim .
Bachadon ichida sulьpirid ta'siriga uchragan chaqaloqlarning holatini doimiy tibbiy nazorat qilish tavsiya etiladi. Chaqaloqlarda, ekstrapiramid simptomlarni va/yoki qaytarish simptomlarini o'z ichiga olgan nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi havfi bo'lishi mumkin.

E'tibor yetishmovchiligi sindromi , giperaktivlik bilan (yoki u siz)
Sulьpiridni bolalardagi kognitiv jarayonlarga ta'sirini e'tiborga olgan holda, har yili bolaning bilim olish qobiliyatini nazoratga olish zarur. Bolaning klinik holatini e'tiborga olgan holda, preparat dozasini muntazam to'g'irlash kerak.

Preparat o'z ichida laktoza saqlaydi. Kam uchraydigan irsiy kasalliklarga chalingan patsiyentlarga, shu jumladan galaktoza o'zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozaning so'rilishi buzilganida, ushbu preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Prosulьpin® bosh aylanishi, charchoq va yuqori ta'sirchanlikni chaqirishi mumkin. Preparatni qabul qilish mobaynida transport vositasini boshqarish, asboblarni ta'mirlash va balandlik bilan bog'liq faoliyatni bajarish taqiqlanadi.
Таблеткалар 50 мг

Катталар:
- одатда овқат ҳазм қилишни бузилиши (юқори бўлинмаларнинг функционал диспепсияси, меъда ва ичакнинг функционал диспепсияси, диарея, ич қотиши) билан ифодаланган психосоматик касалликлар.
- безовталик билан кечувчи нейропсихиатрик бузилишлар ва турли этиологияли бош айланишлари, айниқса гериатрияда.

Болалар:
Психозлар, ҳулқ реакциялари бузилиши, ортиқча қўрқув ва энурез.

Таблеткалар 200 мг
ўткир ва сурункали шизофрения,
галлюцинациялар, саросималик билан кечувчи оғир психотик бузилишлар, ва алаҳсираш ҳолатлари: параноид алаҳсираш, сурункали галлюцинацияли психоз.
сурункали алкоголизм, кекса ёшдаги одамларда депрессия ва рухий бузилишнинг циклик кўринишлари билан ҳарактерланган депрессив фазалари билан кечувчи ташқи қўзғатувчи таъсири остида юзага келган кучли депрессиялар.
хаддан ташқари ҳаракатчанлик ва атрофдагиларга нисбатан тажовузкорлик билан намоён бўладиган рухий касалликлар.

Бир қатор оғир рухий касалликлардан ташқари, Просульпин 200 мг препаратининг қўлланилишига обсесив ғоялар ва ҳаракатлар, рухий тушкунлик, делирюм ва галлюцинатор сенсорли алданишлар билан кечувчи вақтинчалик асабий бузилишлар (неврозлар) киради.

Препарат оғирлиги 40 кг дан ошадиган катталар, ўсмирлар ва болалар учун мўлжалланган.
sulьpiridga va/yoki preparatning yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik
alkogolь, uyqu vositalari, analьgetiklar bilan o'tkir zaharlanish
epilepsiya
feoxromatsitoma
o'tkir porfiriya
giperprolaktinemiya, prolaktinmuxtoj shishlar (gipofiz prolaktinomasi, sut bezlari saratoni)
psixomotor qo'zg'alishlar
levodopa bilan bir paytda qabul qilish
dofamin retseptorlari agonistlari (kabergolin, xinagolid va b.) bilan bir paytda qabul qilish, Parkinson kasalligiga chalingan patsiyentlardan tashqari.
tug'ma galaktozemiya, glyukozo-galaktoza malьabsorbtsiyasi yoki laktaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida laktoza mavjudligi tufayli).
Xomiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.
Ta'qiqlangan kombinatsiyalar
– levodopa bilan
Levodopa va neyroleptiklar ta'sirining o'zaro antagonizmi.
– dofamin retseptorlari agonistlari bilan (kabergolin, xinagolid va b.).
Istisno holatlardan tashqari, sulьpirid Parkinson kasalligiga chalingan patsiyentlarda qo'llanilishi mumkin emas. Dofaminergik agonistlarni qabul qilayotkan Parkinson kasalligiga chalingan patsiyentlarda neyroleptiklar bilan davolanish zaruriy bo'lgan holatlarda, ular butunlay bekor qilinmagunicha dozalarni bosqichma-bosqich pasaytirish lozim (dofaminergik preparatlarning qabuli tezda bekor qilinishi patsiyentlarda XNS paydo bo'lish xavfini oshirishi mumkin).

Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar
– etanol bilan
Etanol neyroleptiklarning sedativ ta'sirini kuchaytiradi. O'zida etanol saqlagan spirtli ichimliklar va dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish lozim.
– QT intervalini uzaytiradigan yoki «piruet» turidagi («torsades de pointes») qorinchalar taxikardiyasini chaqiradigan preparatlar bilan:
– -adrenoblokatorlar kabi, bradikardiyani chaqiruvchi preparatlar; yurak qisqarishlarini kamaytiruvchi kalьtsiy kanallarining «sekin» blokatorlari (verapamil, diltiazem); klonidin, guanfatsin; yurak glikozidlari;
– kaliy chiqaruvchi diuretiklar kabi, gipokaliyemiyani chaqiruvchi preparatlar; ichak peristalьtikasini qo'zg'atuvchi surgi dorilar; vena ichiga yuboriladigan amfoteritsin V; glyukokortikosteroidlar; tetrakozaktid (sulьpirid qabul qilinishidan oldin gipokaliyemiya korrektirovka qilinishi lozim);
– IA turidagi antiaritmik preparatlar(xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);
- III turdagi antiaritmik preparatlar(amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid);
-antidepressantlar, imipramin hosilalari (dezmetilimipramin, xlorimipramin va b.);
-ba'zi neyroleptiklar (tioridazin, sulьtoprid, xlorpromazin, levomepromazin, trifluoperazin, siamemazin, amisulьprid, tiaprid, galoperidol, droperidol, pimozid);
-  metadon, bepridil, sizaprid, difemanil, mizolastin, vena ichiga yuboriladigan eritromitsin, vena ichiga yuboriladigan vinkamin kabi boshqa preparatlar; galofantrin, pentamidin, sparfloksatsin, moksifloksatsin; peroral antibiotiklar (azitromitsin, klaritromitsin, roksitromitsin).

Agarda patsiyentlarda ushbu preparatlarni sulьpirid bilan birgalikdagi qabulini man etib bo'lmasa, bunday holatlarda patsiyentlar sinchkov klinik, laborotor (qondagi elektrolit tarkibi nazorati ) va elektrokardiologik nazorat ostida bo'lishi kerak.

E'tiborga olinishi lozim bo'lgan kombinatsiyalar
– antigipertenziv preparatlar bilan
Additiv gipotenziv ta'sir va ortostatik gipotenziyaning xavfi oshishi.
– markaziy nerv tizimi (MNT) faoliyatini pasaytiruvchi preparatlar bilan:
Narkotik analьgetiklar, antidepressantlar (tsitalopram, estsitalopram ), yo'talga qarshi preparatlar; barbituratlar; benzodiazepinlar va boshqa anksiolitiklar; uyqu chaqiruvchi preparatlar, sedativ ta'sirga ega bo'lgan N1-gistamin retseptorlarning blokatorlari; klonidin va markaziy ta'sirga ega boshqa gipotenziv preparatlar.
Markaziy nerv tizimining faoliyatini kumulyativ pasayishi va reaktsiya pasayishi mumkin.
–litiy preparatlari
Ekstrapiramid buzilishlar sodir bo'lish xavfini oshiradi.
– sukralьfat yoki o'zida Mg2+ va/yoki Al3+ saqlaydigan antatsid preparatlar bilan.
Birgalikda qabul qilinganida sulьpiridning biokirishaolishligini pasaytiradi. Sulьpiridni ularni qabul qilinishidan ikki soat oldin buyurish lozim.
– ropinirol bilan
O'zaro antagonizm.
Tabletkalar 50 mg Kattalar uchun dozalar: Prosulьpin 50 mg 1-2 tabletkadan sutkada 3 maxal, ya'ni sutkada 150-300 mg sulьpirid Tabletkalar 200 mg Kattalar uchun dozalar: O'tkir va surunkali psixotik buzilishlar: bir necha marta qabul qilishga bo'lingan sutkalik doza 400 mg dan 2000 mg gacha tashkil qiladi. Psixofunktsional buzilishlarni davolashda doza odatda 200 mg ni tashkil qiladi. Barcha holatlarda preparatning minimal samarali dozasini buyurish lozim. Agar patsiyentning klinik holatiga qarab, davolash past dozalardan boshlanishi kerak. Preparatning minimal samarali dozasi, dozani sekinlik bilan kuchaytirish yo'li orqali kerakli bo'lgan samaraga erishish bilan tanlanadi. Preparatni yuzaga kelishi mumkin bo'lgan faollashtiruvchi ta'siri sababli, preparatni kunning ikkinchi yarmida (soat16 dan keyin) qo'llash tavsiya etilmaydi. Buyrak faoliyatining buzilishi bo'lgan patsiyentlar uchun dozalar: sulьpiridning 92% asosan buyraklar orqali chiqarilishi sababli, sulьpiridning dozasini kamaytirish va/yoki kreatinin klirensining (KK) ko'rsatgichlariga asosan preparatning aloxida dozalarini qabul qilish oralig'ini uzaytirish tavsiya etiladi . Kreatinin klirensi Odatda buyuriladigan dozani kamaytirish 30 – 60 ml/min Odatda buyuriladigan sutkalik dozaning 50% 10 – 30 ml/min Odatda buyuriladigan sutkalik dozaning 30% < 10 ml/min
Odatda buyuriladigan sutkalik dozaning 20%


O'smirlar va bolalar uchun dozalar:
Tavsiya etilgan boshlang'ich doza 1-2 mg/kg/sut ni tashkil qiladi, zarur bo'lgan holatlarda dozani 5mg/kg/sut gacha ko'paytirish mumkin. Sutkalik doza 2-3 qabulga bo'linadi.
O'smirlar va bolalarda sulьpiridning sutkalik dozasi 10/mg/kg/sut dan oshmasligi kerak.

Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun preparatning dozalari:
Boshlang'ich doza kattalar uchun mo'ljallangan dozaning 1/4-1/2 ni tashkil qilish kerak.

Qullash usuli:
Ichga, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, oz miqdordagi suv bilan ichilsin.
Sulьpirid dozasining oshirilishi tajribasi chegaralangan. Dozani oshirib yuborish yoki zaharlanish holatlarida, sulьpiridni boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash bilan bog'liq bo'lgan zaharlanish extimoli ham hisobga olinishi kerak.
Bugungi kungacha sulьpiridning 1-3 g hajmdagi dozadagi qabulidan so'nggi intoksikatsiya holatlari tasvirlangan. Quyidagi alomatlar qayd etilgan: havotirlik, ongni buzilishi, ekstrapiramid sindrom. 3-7 g qabulidan so'ng ajitatsiya, o'zini yo'qotish, ekstrapiramid buzilishlar rivojlanishi qayd etilgan. 7 g dan ortiq dozalar bir qator holatdarda arterial bosimni keskin pasayib ketishini chaqirgan .
Davolash
Spetsifik antidot yo'qligi tufayli, yurak (QT intervali uzayishi havfi) va nafas faoliyatini sinchkov va doimiy nazorat qilib, to bemor sog'ayib ketmagunicha simptomatik va tutib turuvchi terapiyani qo'llash zarur.

Ekstrapiramid sindromning yaqqol rivojlanishida m-holinobloklovchi preparatlar buyuriladi (biperiden).
Sulьpirid gemodializda qisman chiqariladi.
Homilador ayollarda sulьpiridni qo'llashdagi cheklangan tajriba, sulьpiridning teratogen ta'sirini aniqlamagan. Preparatni xomilador ayollarda qo'llanishi to'g'risidagi klinik ma'lumotlar yetarlicha bo'lmagani uchun, homiladorlik davrida sulьpiridni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Agarda sulьpirid homiladorlik davrida qo'llanilgan bo'lsa, bachadon ichida sulьpirid ta'siriga uchragan chaqaloqlarning holatini doimiy tibbiy nazorat qilish zarur. Neyroleptiklar terapiyasini qabul qilgan onalardan tug'ilgan chaqaloqlarda, ayniqsa homiladorlikning uchinchi uch oyligida, tug'ruqdan keyin og'irlik darajasiga qarab o'zgaruvchi nojo'ya ta'sirlar havfi oshishi mumkin, shu jumladan ekstrapiramid simptomlar va/yoki qaytarilish simptomlari. Ajitatsiya rivojlanishi, mushaklar gipertonusi, gipotoniya, tremor, uyquchanlik, respirator distress, emizish jarayoni buzilishi kabilar qayd etilgan
( “Nojo'ya ta'sirlar”, “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limlariga qaralsin).
Sulьpirid ko'krak sutiga o'tadi. Emizish davrida preparatni qabul qilish taqiqlanadi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROSULPIN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROSULPIN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROSULPIN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi Pro. Med. CS Praha a.s. tomonidan Chexiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROSULPIN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROSULPIN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BETAMAKS tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Сульпирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
BETAMAKS tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Сульпирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
PROSULPIN tabletkalari 200mg N30
Narh: 87 600 so'mdan Batafsil
ZEPRIN kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Сульпирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
BETAMAKS tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Сульпирид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
Ishlab chiqaruvchining dorilari
URSOSAN kapsulalar 250mg N10
Narh: 20 500 so'mdan Batafsil
MONOSAN tabletkalari 40mg N30
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
INDAP kapsulalar 2,5mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
REBAGIT tabletkalari 100mg N30
Narh: 132 000 so'mdan Batafsil
TIAPROSAN tabletkalari 100mg N30
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN kapsulalar 250mg N100
Narh: 380 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN kapsulalar 250mg N50
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
MONOSAN tabletkalari 20mg N30
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
BISOTEKSA tabletkalari 10mg N30
BISOTEKSA tabletkalari 5mg N30
PROSULPIN tabletkalari 200mg N30
Narh: 87 600 so'mdan Batafsil
NITRESAN tabletkalari 10mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
INDAP tabletkalari 1,25mg N30
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N30
Narh: 234 800 so'mdan Batafsil
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60
Narh: 456 000 so'mdan Batafsil
AMBROSAN tabletkalari 30mg N20
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
SPAZMEKS tabletkalari 15mg N30
Narh: 123 600 so'mdan Batafsil
PROPANORM tabletkalari 150mg N50
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
ITOMED tabletkalari 50mg N40
Narh: 101 900 so'mdan Batafsil
RANISAN tabletkalari 150mg N20
PROPANORM tabletkalari 300mg N50
Narh: 243 000 so'mdan Batafsil
FAMOSAN tabletkalari 40mg N10
FAMOSAN tabletkalari 20mg N20
PROPANORM inyeksiya uchun eritma 10ml 3,5mg/ml N10
TIAPROSAN tabletkalari 100mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pro. Med. CS Praha a.s.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9