×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IZIVENT DUO eritma 2,5 ml N10

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Bronxolitik vosita
Faol modda:
Ипратропия бромид, Ипратропия бромид моногидрат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- R03AL02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SALBUTAMOL aerozol 100 mkg/doza 200 doz Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Aeropharm GmbH Germaniya
18 000 s`om dan
LYUKAMONT KIDS tabletkalari 4mg N28 Pharmactive Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
SALBUTAMOL AV aerozol 7,0 g 100 mkg 200 doz Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol moddalar:

Ipratropiy bromid monogidrati                                                  0,21 mg.

ipratropiy bromidga qayta hisoblanganda                                  0,20 mg.

Salbutamol sulьfati                                                                     1,2 mg.

Salbutamolga qayta hisoblanganda                                              1,0 mg

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv  1 ml gacha

Chiqarilish shakli

Ingalyatsiya uchun eritma 2,5 ml dan polietilen yoki tibbiy polipropilen nebulalarda (ampulalarda). Nebulalar tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramga joylanadi.


Ingalyatsiya uchun eritma
faol moddalar: Ipratropiy bromid monogidrati 0,21 mg. ipratropiy bromidga qayta hisoblanganda 0,20 mg. Salbutamol sulfati 1,2 mg. Salbutamolga qayta hisoblanganda 1,0 mg Yordamchi moddalar: natriy xloridi, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha
Tarkibiga kiruvchi ipratropiy bromidi va salьbutamol ta'siri bilan bog‘liq yaqqol ifodalangan bronxolitik samarasiga ega majmuaviy preparat. Ipratropiy bromidi antixolinergik vosita hisoblanadi. Traxeobronxial daraxtning (ko‘proq yirik va o‘rtacha bronxlar) silliq mushaklarini m-xolinoretseptorlarini bloklaydi, reflektor bronxokonstriktsiyani bartaraf etadi, nafas yo‘llari shilliq qavat bezlari sekretsiyasini kamaytiradi. Atsetilxolin molekulasi bilan o‘xshash tuzilishga ega bo‘lib, uning raqobatli antagonisti hisoblanadi. Sigaret tutuni, sovuq havodan nafas olish, bronxospazmga olib keluvchi turli agentlar ta'siri natijasida yuz beruvchi bronxlarni torayishini samarali oldini oladi, shuningdek adashgan nerv ta'siri bilan bog‘liq bronxlar spazmini bartaraf qiladi. Salbutamol - beta2-adrenomimetik vosita, nafas yo‘llari silliq mushaklariga ta'sir qiladi nafas yo‘llarini bo‘shashishini chaqiradi va bronxospazmni oldini oladi. Nafas yo‘llaridagi qarshilikni pasaytiradi, o‘pkaning hayotiy muhim sig‘imini oshiradi. Semiz hujayralardan gistamin, leykotriyenlar, D2 prostaglandin va boshqa biologik faol moddalarni ajralib chiqishinini oldini oladi. Tavsiya etiladigan terapevtik dozalarda yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi, arterial bosim (AB) ni oshishini chaqirmaydi. Ushbu guruh preparatlariga nisbatan kamroq darajada musbat xrono- va inotrop ta'sir ko‘rsatadi. Koronar arteriyalarni kengayishini chaqiradi. Ipratropiy bromidi va salbutamolni birga ingalyatsiya qilish o‘pkaning m-xolinoretseptorlari va β2-adrenoretseptorlariga bir vaqtning o‘zdpda mahalliy ta'sir ko‘rsatadi, buning natijasida bronxolitik samara kuchayadi. Ipratropiy bromidi va salbutamol birga ingalyatsiya qilinganda tizimli so‘rilishi oshmaydi.
Ipratropii bromidi So‘rilishi. Ingalyatsiyadan keyin tez so‘riladi, biroq tizimli biokiraolishligi qabul qilingan dozaning 10% dan kamrog‘ini tashkil qiladi. Taqsimlanishi va chiqarilishi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi (asosan alьbumin va glikoprotein bilan) – 9%. Preparatni 46% buyraklar orqali chiqariladi. Ipratropiy bromidi gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. Salьbutamol So‘rilishi. Salьbutamol ingalyatsiyadan keyin tez va to‘liq so‘riladi. Salьbutamolning qon plazmasidagi Cmax 3 soatdan keyin kuzatiladi. Taqsimlanishi va metabolizmi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10%. Salьbutamol qon plazmasida taxminan 5% kontsentratsiyaga teng kontsentratsiya paydo qilgan holda gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi. Jigarda va ichaklar devorida tizimoldi metabolizmiga uchraydi. Chiqarilishi. Yarim chiqarilish davri T1/2 3-7 soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali asosan o‘zgarmagan shaklda (24 soat davomida dozaning 30%) va nofaol fenolsulьfat metaboliti shaklida (72 soat davomida) hamda safro bilan chiqariladi.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – bosh aylanishi, haddan tashqari toliqish, tremor, paresteziya, uyqusizlik, asabiylashish; kam hollarda – harakatlarning muvozanatini buzilishi, psixika tomonidan buzilishlar va disforiya, xotira buzilishi, qo‘rquv, depressiya kabi psixopatik reaktsiyalar. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – yurak urishini tezlashishi, taxikardiya; tez-tez emas – sistolik AB oshishi, aritmiya; kam hollarda – sistolik AB pasayishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi; tez-tez emas – qusish, ta'm sezish qobiliyati buzilishi, diareya. Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – yo‘tal, disfoniya; kam hollarda – tumov, stridor, paradoksal bronxospazm, xansirash. Sezgi a'zolari tomonidan: tez-tez – akkomodatsiyani buzilishi (ko‘zga preparat tushganda); kam hollarda – ko‘zga preparat tushganda ko‘z ichki bosimi oshishi mumkin, ko‘zda o‘tkir og‘riq, ko‘rish o‘tkirligini buzilishi, midriaz, ko‘z oq pardasi in'etsiyalanishi, kon'yunktiva giperemiyasi, yopiq burchakli glaukoma. Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez emas - tremor; kam hollarda – mialgiya, mushak tirishilari, mushak kuchsizligi, artralgiya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez – siydikni tutilishi, dizuriya. Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda – gipokaliyemiya, giperglikemiya. Dermatologik reaktsiyalar: kam hollarda – alopetsiya, ko‘p terlash. Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – til, lablar, yuzning angionevrotik shishi, teri toshmasi (shu jumladan, ulkan turigacha eshakemi), laringospazm, bronxospazm, qichishish, anafilaktik shok.
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Dozaning oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida maksimal ko‘rsatilgan sutkalik dozani oshirish tavsiya etilmaydi. Patsiyentlar nebulayzerdan foydalanilganda Izivent Duo preparatining to‘g‘ri qo‘llanilishi to‘g‘risida xabardor qilish va eritmaning ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilish kerak. Bronxial astma yoki o‘rtacha-og‘ir darajali o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda simptomatik davolash muntazam qo‘llanishga nisbatan afzalroq bo‘lishi mumkin. Bronxial astma va o‘pka surunkali obstruktiv kasalligining steroidga bog‘liq shakllari bo‘lgan patsiyentlarda nafas yo‘llari yallig‘lanishini nazorat uchun yallig‘lanishga qarshi davolashni qo‘shish yoki kuchaytirish qo‘shimcha tahlil qilinishi kerak. Bronx obstruktsiya simptomlarini tekshirish uchun yuqori dozalarda, shu jumladan Izivent Duo preparati tarkibida beta2-adrenomimetiklarning muntazam qo‘llanilishi kasallik kechishini yomonlashtirishi mumkin. Bronx obstruktsiyasi kuchayganda Izivent Duo preparati dozasining uzoq vaqt davomida tavsiya etilgan dozadan yuqori oddiy oshirilishi maqsadga muvofiq emas va hatto xavfli hisoblanadi. Kasallik kechishida hayotga tahdid soladigan yomonlashish oldini olish uchun patsiyentni davolash rejasi va ayniqsa, GKS bilan yallig‘lanishga qarshi davolashning muvofiqlik darajasi qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Beta2-adrenomimetiklar bilan birga ipratropiya bromid asosida ingalyatsiya uchun eritma qo‘llanilganida kam hollarda o‘tkir yopiq burchakli glaukoma paydo bo‘lgan. Ko‘zlarda og‘riq va noqulaylik, noaniq ko‘rish, kon'yunktival shishdan korneal shishgacha ko‘z qizarishi bilan birga glaukoma uchun xos bo‘lgan oreol paydo bo‘lishi o‘tkir yopiq burchakli glaukoma rivojlanishi belgilari sifatida baholanishi mumkin. Qayd etilgan simptomlar yo‘qolmagan holatda, ko‘z tomizg‘ilari shaklida miotiklar bilan davolashni boshlash va darhol mutaxassis tekshiruvidan o‘tish talab qilinadi. Patsiyentga o‘tkir, tez yomonlashadigan nafas siqilishi yoki preparatga reaktsiyalarning yaqqol pasayishi holatida shifokorga murojaat qilish kerakligi tushuntirilishi kerak. Beta2-adrenomimetiklar bilan davolash yaqqol ifodalangan gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin. Nafas yo‘llari og‘ir obstruktsiyasi holatlarida alohida ehtiyotkor bo‘lishi kerak, chunki ksantin hosilalari, diuretik vositalar va GKS bilan davolash gipokaliyemiya yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gipokaliyemiya digoksin qabul qilayotgan patsiyentlarda aritmiya yuqori xavfiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, gipoksiya gipokaliyemiyaning yurak ritm ta'sirini og‘irlashtirishi mumkin. Bunday holatlarda qon zardobida kaliy kontsentratsiyasini tekshirish tavsiya etiladi. Mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda Izivent Duo preparati me'da-ichak yo‘llari motorikasi buzilish simptomlari paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Bunday patsiyentlar me'da-ichak yo‘llari funktsiyalarining har qanday o‘zgarishlari to‘g‘risida shifokorga ma'lum qilishlari kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Agar bronx obstruktsiya (yoki bronxospazmlar) simptomlarini bartaraf qilish uchun tavsiya etilgandan yuqoriroq dozalar talab qilinsa, patsiyentni davolash rejasi qayta ko‘rib chiqishi kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlikning II va III uch oyligida va emizish davrida preparatni buyurish tavsiya etilmaydi, ona uchun kutiladigan foyda homila va chaqaloq uchun har qanday xavf ehtimolidan yuqori bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Avtotransport vositasini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Avtotransport va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Biroq, markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi mumkinligini hisobga olgan holda, Izivent Duo preparati bilan davolash vaqtida avtotransportni haydash va yuqori diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Patsiyentlardagi bronxospastik sindromni: • o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi; • bronxial astmani davolashda qo‘llaniladi.
- salbutamol, ipratropiy bromidi, atropin yoki ularning hosilalariga yuqori sezuvchanlik. - gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya; - taxiaritmiya; - homiladorlikning I uch oyligi; - 12 yoshgacha bolalik yoshida qo‘llash mumkin emas; Quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak: - yopiq burchakli glaukoma, - siydik chiqarish yo‘llarini obstruktsiyasi (shu jumladan, prostata bezi giperplaziyasi fonida), - yurak-qon tomir tizimining yaqqol ifodalangan organik kasalliklari, - feoxromotsitoma, - gipertireoz, - yetarlicha nazorat qilinmaydigan qandli diabet, - mukovistsidoz, - yaqinda boshdan kechirilgan miokard infarkti, - homiladorlikning II va III uch oyligi, - laktatsiya (emizish) davri.
Qo‘shimcha beta2-adrenomimetiklar, glyukokortikosteroidlar (GKS), antixolinergik preparatlar va ksantin hosilalarining birga qo‘llanishi Izivent Duo preparatining nafas yo‘llariga bronxolitik ta'sirini kuchaytirishi va og‘ir nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin. Beta-adrenoblokatorlar bilan yondosh davolashda preparat samaradorligining sezilarli pasayishi kuzatilishi mumkin. MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar salьbutamolning beta-adrenergik ta'sirini kuchaytirishi va AB keskin pasayishiga olib kelishi mumkin. Tarkibida galogenizatsiyalangan uglevodorodlar, masalan, galotan, trixloroetilen va enfluranni saqlaydigan og‘riqsizlantiruvchi preparatlar bilan ingalyatsion narkoz beta2-adrenomimetiklarning yurak-qon tomir tizimiga nojo‘ya samaralarini kuchaytirishi mumkin, shu tufayli patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish talab qilinadi. Muqobil variant sifatida operatsiya o‘tkazilishidan oldin Izivent Duo preparati qo‘llanishini to‘xtatish mumkin. Teofillin va boshqa ksantinlar taxiaritmiya rivojlanish ehtimolini oshiradi. Izivent Duo preparati salьbutamolning gipokaliyemik samarasi tufayli markaziy nerv tizimi rag‘batlantiruvchining ta'sirini kuchaytirishi, glikozid intoksikatsiya ehtimolini oshirishi, qalqonsimon bez gormonlarining kardiotrop ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Izivent Duo preparati fonida yurak qisqarishlar soni va AB oshishi, gipotenziv va antianginal preparatlar dozalariga tuzatish kiritish zaruratini chaqirilishi mumkin. Diuretiklar va GKS salbutamolning gipokaliyemik ta'sirini kuchaytiradi. Antixolinergik dori vositalar ko‘z ichki bosimini oshish xavfini oshiradi.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.
Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish eritma.
Preparat nafas yo‘llarida ijobiy bosim rejimida o‘pka noinvaziv ventilyatsiyasi uchun uskuna va ingalyator-nebulayzerlar yordamida ingalyatsion yo‘li bilan yuboriladi. Kattalar (shu jumladan, keksa yoshdagi patsiyentlarga) va 12 yoshdan katta bolalarga: preparat nebulayzer yordamida ingalyatsiya shaklida 1 ta nebuledan (1ampuladan) sutkada 3-4 marta buyuriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas. Preparatdan foydalanish texnikasi 1. Nebulayzerni ishlab chiqaruvchi yo‘riqnomasiga muvofiq tayyorlang. 2. steril eritma bilan nebulani (ampulani) blokdan ajratib oling, buning uchun uni burib va torting. 3. Ampulani qalpoqchasi yuqoriga qaratib vertikal holda ushlab turib qalpoqchani sindirib oling. 4. Eritmani nebulayzer rezervuariga siqib chiqaring. 5. Nebulayzerdan uni ishlab chiqaruvchi yo‘riqnomasiga muvofiq foydalaning. 6. Nebulayzer kamerasida ishlatilmagan eritma to‘kib tashlash lozim. 7. Nebulayzerni yaxshilab yuving.
Simptomlari: ipratropiy bromidini ingalyatsiya yoki ichga qabul qilingandan keyin past tizimli so‘rilishi tufayli uning dozasi oshirib yuborilishi ehtimoli kam, shuning uchun dozani oshirib yuborish barcha simptomlari, asosan, salbutamolning tizimli ta’siri bilan bog‘liq. Salbutamol dozasini oshirib yuborish simptomlari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, stenokardiya, arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, gipokaliyemiya, giperglikemiya, taxikardiya, aritmiya, ko‘krakdagi og‘riq, tremor, giperemiya, bezovtalik, gallyutsinatsiyalar va bosh aylanishidan iborat bo‘lishi mumkin. Davolash: simptomatik, shu jumladan kardioselektiv beta-adrenoblokatorlarni yuborish. Biroq ushbu preparatlar bronxospazmni kuchaytirishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Homiladorlikning II va III uch oyligida va emizish davrida preparatni buyurish tavsiya etilmaydi, ona uchun kutiladigan foyda homila va chaqaloq uchun har qanday xavf ehtimolidan yuqori bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IZIVENT DUO eritma 2,5 ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IZIVENT DUO eritma 2,5 ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IZIVENT DUO eritma 2,5 ml N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IZIVENT DUO eritma 2,5 ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IZIVENT DUO eritma 2,5 ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
IZIVENT eritma 2 ml 0,25 mg/ml N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9