×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KADENS FORTE infuziya uchun eritma 100ml

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Parenteral oziqlanish uchun vosita.
Faol modda:
Калия хлорид, Натрия хлорид, Глюкоза моногидрат
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- A12BA51
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 13 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

TUGEVIYA sirop 150ml Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi Turkiya
UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10 ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО Rossiya
1 000 s`om dan
KALSEMIN SILVER tabletkalari N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
194 900 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol moddalar:

Kaliy xloridi                                                                 3,0 g;

Natriy xloridi                                                               4,5 g;

Glyukoza monogidrati                                                       50 g.

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv 1000 ml gacha

Сhiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100, 250, 500 ml dan flakonlarda.




Infuziya uchun eritma
faol moddalar: Kaliy xloridi 3,0 g; Natriy xloridi 4,5 g; Glyukoza monogidrati 50 g. yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv 1000 ml gacha
Preparatning asosiy famakologik ta'siri suv-elektrolit muvozanatini boshqarish hamda parenteral uglevodli oziqlantirishni ta'minlashdan iborat. Kadens Forte suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi, organizmni elektrolitlar (kaliy, natriy, xloridlar) va kaloriyalar bilan to'ldiradi, bundan tashkari gidratatsiya uchun suv manbai hisoblanadi. Kaliy – asosiy hujayra ichi kationidir. Nerv o'tkazuvchanligi va mushak qisqaruvchanligini, ayniqsa yurakda boshqarishda muhim rol' o'ynaydi. Protein va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Mushak distrofiyasi, miasteniyada skelet mushaklarining qisqarish jarayonlarini yaxshilaydi. Natriy – asosiy hujayradan tashqari kationdir. Hujayradan tashqari suyuqligining xajmi uning kontsentratsiyasiga bog'liq. Asosiy faoliyati – organizmdagi suv, kislota-ishqor muvozanati va suyuqlikning osmotik bosimi taqsimlanishini boshqarish. Xlor anioni bilan birga gomeostazni tutib turuvchi o'ta muhim element hisoblanadi. Xlorid – hujayradan tashqari bo'shliqning eng asosiy anioni hisoblanadi. Shuningdek membrana potentsialiga javobgar, natriy metabolizmi bilan chambarchas bog'liq. Organizmdagi kislota-ishqor muvozanatining o'zgarishi, xloridlar kontsentratsiyasi o'zgarishi bilan bog'liq. Glyukoza – suv tanqisligini tez to'ldiradi, organizmdagi moddalar almashinuvining turli jarayonlarida ishtirok etadi, kaloriya manbai hisoblanadi, metabolizmga oson uchraydi, organizmdagi oqsil va azot yuqotilishini kamaytiradi, glikogenning cho'kishiga yordam beradi va yetarlicha doza bilan ta'minlanganda ketozni kamaytiradi yoki bartaraf qiladi. Organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarning antitoksik faoliyatini yaxshilaydi, yurak mushagining qisqarish funktsiyasini kuchaytiradi, oson o'zlashtiriluvchi uglevodlar manbai bo'lganligi tufayli, bir qator patologik holatlarda organizmning zahirasi hisobiga sarflanadigan energetik xarjlarning bir qismini qoplaydi.
Preparat qon-tomir tizimida qisqa vaqt ushlab turiladi va interstitsial hamda hujayra ichki sektoriga o'tadi. Kaliy hujayralar ichiga joylashsa, natriy va xlorid asosan hujayradan tashqari bo'shliqda taqsimlanadi. Kaliy hujayradan tashqari suyuqlik va hujayralararo bo'shliq orasida muvozanatga erishadi. Dinamik bo'lib, organizmning ehtiyojiga qarab, hujayra ichki va tashqarisidagi bo'shliqlariga o'tadi. Glyukoza – organizm tomonidan butunlay o'zlashtiriladi, buyraklar orqali chiqarilmaydi. Glyukozaning oksidlanish mahsulotlari o'pka (karbonat angidrid gazi – CO2) va buyraklar (suv – H2O) orqali chiqariladi. Natriy asosan buyraklar, kam miqdorda axlat va ter orqali chiqariladi. Kaliy asosan buyraklar orqali, shuningdek kam miqdorda teri va axlat bilan chiqariladi, bunda kaliyning ko'p qismi ichak orqali qayta so'riladi. Xloridlar organizmdan asosan siydik (90%), shuningdek teri va ahlat orqali chiqariladi.
Preparatni qo'llaganda turli reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin, shu jumladan: febril reaktsiyalar (bosh og'rig'i, tana haroratini oshishi), in'ektsiya joyida infektsiyalar, in'ektsiya joyidan boshlanuvchi venoz trombozi yoki flebit; shishlar va gipervolemiya. Bundan tashqari preparat ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq va diareya chaqirishi mumkin. Reaktsiyalar paydo bo'lganda yuborishni to'xtatish, patsientning holatini baholash, tegishli terapevtik choralar ko'rish, shuningdek zarurati bo'lsa qolgan suyuqlikni ekspertiza uchun saqlash lozim. Gipertonik eritmalarni juda tez yuborilishi mahalliy og'riq va venoz ta'sirlanishni chaqirishi mumkin. Yuborish tezligiga preparatni tolerantlikka qarab tuzatish kiritiladi. Nojo'ya ta'sir simptomlari, eritmadagi bir yoki bir necha ionlarning miqdori ko'p yoki kamligiga qarab paydo bo'lishi mumkin, shuning uchun elektrolitlar darajasini muntazam nazorat qilib turish lozim.
Retsept bo'yicha.
Kadens Forte eritmasi tarkibida natriy va kaliy ionlari mavjudligi tufayli, uni og'ir buyrak yetishmovchiligi, siydik chiqarish yo'llari obstruktsiyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, ayniqsa operatsiyadan keyingi patsientlarda va gipervolemiyasi bo'lgan keksa odamlarda, shuningdek shish bilan kechuvchi natriyning tutilishi kabi klinik holatlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Buyrak faoliyati susaygan patsientlarda Kadens Forteni qo'llash, organizmda kaliyning to'planishiga olib kelishi mumkin. Kadens Forteni kortikosteroid yoki kortikotropin qabul qilayotgan, shuningdek gipernatriemiyasi bo'lgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Kadens Forte eritmasi glyukoza saqlaydi, shuning uchun uni yaqqol yoki subklinik qandli diabeti bo'lgan yoki har qanday genezli glyukozaga tolerantlikni buzilishi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Qo'shimcha muolaja sifatida kaliy qabul qilayotgan patsientlarda uning zardobdagi miqdorini muntazam aniqlab turish tavsiya qilinadi. Bolalarga, ayniqsa yangi va chala tug'ilgan chaqaloqlarga v/i yuboriladigan eritmaning dozalari va yuborish tezligi, giperglikemiya/gipoglikemiyaning rivojlanish xavfi yuqoriligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Glyukozaning zardobdagi kontsentratsiyasi doimiy monitoringi talab qilinadi. Preparat saqlovchi flakonni har gal yuborishdan oldin qattiq zarrachalar borligi va rangi o'zgarishi yuzasidan ko'zdan kechirish kerak. Faqat flakon butun, eritma tiniq bo'lgandagina ishlatilsin. Kadens Forteni boshqa preparatlar bilan aralashtirish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nomutanosibliklar xavfini minimal darajaga tushirish uchun, eritmalar aralashtirilgandan keyinoq xiralik yoki cho'kma borligi yuzasidan yuborishdan oldin, shuningdek yuborilayotganda vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi kerak. Yuboriladigan suyuqlik, chiqariladigan siydik miqdori va elektrolitlarning zardobdagi darajasini, glyukozaning qondagi miqdori o'zgarishini kuzatish lozim. Uzoq muddatli parenteral davolash vaqtida va zarur holatlarda bemorning holatiga ko'ra muntazam klinik baholashni amalga oshirish hamda suyuqlik muvozanati, elektrolitlar kontsetratsiyasi va kislota-ishqor muvozanati o'zgarishlarini kuzatish maqsadida vaqti-vaqti bilan laborator tekshiruvlar o'tkazish kerak. Kardiologik kasalliklari bo'lgan bemorlarda, ayniqsa angishvonagul preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarda giperkaliemiyaning ilk belgilarini aniqlash uchun seriyali EKG o'tkazish kerak, chunki kaliyning zardobdagi darajasi har doim ham uning to'qimadagi darajasini namoyon qilolmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Preparatning homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi o'rganilmagan. Xomiladorlik va laktatsiya davrida, uning ona uchun taxmin qilinadigan foyda, homilada uchun potentsial xavfdan ustun deb topilgan hollardagina qo'llanadi
• Kadens Forte kuchli qusish va diareyada xamda degidratatsiya bilan kechuvchi boshqa holatlarda, suv-elektrolit muvozanatini tiklash uchun elektrolitlar (kaliy, natriy, xloridlar), kaloriya va suv manbai sifatida qo'llaniladi; • turli intoksikatsiyalarda (majmuaviy muolaja tarkibida) qo'llanadi.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, giperkaliemiya, gipergidratatsiya holati, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi, o'pka, bosh miya shishi xavfi, atrioventrikulyar blokada, kortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan davolashda qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: jigar funktsiyasining yaqqol buzilishlarida, metabolik atsidozda.
Kadens Forteni, gipernatriemiya va/yoki giperkaliemiya paydo bo'lish xavfi tufayli, tarkibida kaliy va/yoki natriy saqlovchi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya qilinmaydi. Giperkaliemiya chaqirishi mumkin bo'lgan preparatlarni: kaliy xloridi, kaliy tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari, beta-blokatorlar, NYaQV, tsiklosporin, geparin va boshqalarni qabul qilayotgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash zarur.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Tiniq, rangsiz yoki bir oz sarg'ish suyuqlik.
Vena ichiga (v/i), tomchilab yuboriladi. Doza kasallik og'irlik darajasi, organizmning holati, laborator tekshiruv ko'rsatkichlari, patsientning yoshi, vazni va buyraklar funktsiyasiga qarab aniqlanadi. Yuborishdan oldin eritmani 36-38°S gacha qizdirish kerak. Venoz ta'sirlanishni kamaytirish uchun, preparatni kichik diametrli igna bilan yirik pereferik venalarga asta-sekin yuborish tavsiya qilinadi. Infil'tratsiyadan sinchkovlik bilan saqlanish kerak. Kattalar uchun doza – 10-20 mmol' kaliy (0,25-0,5 l), maksimal – 40 mmol' gacha (1,0 l), 1-3 soat davomida yuboriladi. Bolalarga – soatiga 0,3-0,5 mmol'/kg gacha. 1 l eritmadagi kaliyning kontsentratsiyasi 40 mmol' ni tashkil etishini hisobga olish kerak.
Preparat terapevtik dozalardan ancha yuqori dozalarda yuborilganda giperkaliemiya simptomlari rivojlanishi mumkin. Giperkaliemiya simptomlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: qo'l-oyoqlar paresteziyasi, arefleksiya, mushak va respirator falaj, ongni chalkashishi, holsizlik, arterial gipotenziya, aritmiyalar, yurak blokadasi, elektrokardiografik buzilishlar va yurakning to'xtab qolishi. Davolash: yuborishni darhol to'xtatish, terapevtik davolashni buyurish. Kaliyning dozasi oshirib yuborilgan hollarda kaliyning zardobdagi darajasini pasaytirish uchun muvofiq choralarni ko'rish: kaliy saqlovchi preparatlarni yoki kaliy tejovchi diuretiklar berishni bekor qilish hamda halqali diuretiklar, dializ, gemofil'tratsiyani buyurish bilan kaliyning chiqarilishini amalga oshirish lozim.
Preparatning homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi o'rganilmagan.

Xomiladorlik va laktatsiya davrida, uning ona uchun taxmin qilinadigan foyda, homilada uchun potentsial xavfdan ustun deb topilgan hollardagina qo'llanadi

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasin.

Preparatni qo'llashda turli reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin, masalan: febril reaktsiya (bosh og'rig'i, isitma), inyeksiya joyida infektsiya, venoz tromboz yoki in'ektsiya joyidan cho'zilgan flebit; shish va gipervolemiya. Bundan tashqari, preparat ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i va diareyaga olib kelishi mumkin.

Agar reaktsiya yuzaga kelsa, infuzionni to'xtating, bemorni baholang, tegishli terapevtik qarshi choralarni ko'ring va agar kerak bo'lsa, qolgan suyuqlikni baholash uchun ushlab turing. Gipertonik eritmalarning juda tez infuzioni mahalliy og'riq va venoz tirnash xususiyati keltirib chiqarishi mumkin. Qo'llash tezligi tolerantlik asosida sozlanishi kerak.

Yon ta'sirlarning belgilari eritmada mavjud bo'lgan bir yoki bir nechta ionlarning ortiqcha yoki etishmasligidan kelib chiqishi mumkin, shuning uchun elektrolitlar darajasini tez-tez kuzatib borish muhimdir.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KADENS FORTE infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KADENS FORTE infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KADENS FORTE infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KADENS FORTE infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KADENS FORTE infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KADENS FORTE infuziya uchun eritma 500ml
KADENS FORTE infuziya uchun eritma 250ml
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9