×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Mineral preparat
Faol modda:
Калия хлорид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- B05XA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KONTRISEL poroshok 10000ed N10 United Biotech (P) Limited Hindiston
DISOL infuziya uchun eritma 200ml Temur Med Farm, OOO O'zbekiston
5 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
 Tarkibi:

1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kaliy xloridi – 40 g;

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1000 ml gacha

Chiqarish shakli

5 ml va 10 ml ampulalarda infuzion eritma tayyorlash uchun 4% konsentrat tibbiy foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar bilan birga.


Infuzion eritma tayyorlash uchun konsentrat

1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: kaliy xloridi – 40 g; yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1000 ml gacha
Kaliy hujayra ichi bo'shlig'idagi muhim kation hisoblanadi, organizmdagi mavjud kaliyning umumiy miqdorini taxminan 98% hujayra ichidagi suyuqlikda bo'ladi. Kaliy hujayraning elektrokimyoviy jarayonlarida, shuningdek uglevod va oqsil almashinuvida ishtirok etadi. Glikogen va oqsil sintezi vaqtida kaliy hujayralar tomonidan iste'mol qilinadi, bu substratlarni parchalanish jarayonida kaliy ajralib chiqadi (taxminan 1 g glikogenga 0,4-1 mmol' kaliy va taxminan 1 g chiqariladigan azot 2-3 mmol' kaliy).

Terapevtik samarasi

Peroral qabul qilish (yoki enteral yuborish) mumkin bo'lmagan yoki yetarli bo'lmaganda kaliy tanqisligini oldini olish yoki davolash vena ichiga yuborish uchun kaliy xloridi eritmalarining terapevtik samaralari bo'lib hisoblanadi. Kaliyga bo'lgan sutkalik ehtiyoj kg tana vazniga taxminan 1-1,5 mmol' ni tashkil qiladi. Kaliy tanqisligi buyrak orqali chiqarilishini oshishi, me'da-ichak yo'llari orqali yo'qotilishini oshishi, masalan qusish, diareya yoki oqma yaralar orqali, hujayra ichida iste'mol qilinishini oshishi, masalan atsidozni davolash yoki dekstroza va insulinni yuborishda, shuningdek kaliyni yetarli darajada iste'mol qilinmaganligida chiqarilishi mumkin. Gipokaliemiya mushak xolsizligi, me'da-ichak yo'llarining silliq mushaklarini atoniyasi (qabziyatdan ichak tutilishigacha), buyrakning siydikni kontsentratsiyalash qobiliyatini yo'qotilishi, EKG dagi o'zgarishlar va yurak aritmiyalari bilan kechadi.

So'rilishi

Dori preparati vena ichiga yuborilganligi tufayli, uning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Kaliy va xlor ionlari organizmning umumiy qon oqimiga tushadi. Kaliyning kontsentratsiyasi va qon plazmasining kislota-ishqor muvozanati o'zaro bir biri bilan bog'liq. Alkaloz ko'pincha gipokaliemiya bilan atsidoz esa – giperkaliemiya bilan kechadi. Atsidozda kaliyning qon plazmasidagi norma chegarasidagi kontsentratsiyasi kaliy tanqisligini ko'rsatadi. Kaliyning hujayra ichidagi kontsentratsiyasi taxminan 140-150 mmol'/l ni tashkil etadi. Kaliyning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi norma chegarasida 3,5 dan 5 mmol'/l ni tashkil qiladi.

Сhiqarilishi

Kaliy asosan siydik bilan buyraklar orqali (taxminan 90%), taxminan 10% organizmdan me'da-ichak yo'llari orqali chiqariladi. Hatto kaliy tanqisligi holatlarida sutkada 10-50 mmol' kaliy buyraklar orqali chiqariladi.

Noxush ta'sirlar mutloq yoki nisbiy dozani oshirib yuborilish va/yoki haddan tashqari yuqori tezlikda infuziya qilingan holatdagina giperkaliemiya simptomlari ko'rinishida rivojlanishi mumkin. Noxush reaktsiyalarning rivojlanishtez-tezligi dozaga bog'liq.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlari: arterial bosimini pasayishi, aritmiya, to'liq AV-blokadani paydo bo'lguniga qadar, artrioventrikulyar o'tkazuvchanligini sekinlashishi, yurak urishini to'xtashi (dozani oshirib yuborilganda).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlari: toliqish, mushak kuchsizligi, ongni chalkashishi, paresteziya.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, abdominal og'riq.

Boshqalar: atsidoz, giperxloremiya, giperkaliemiya, allergik reaktsiyalar.

Retsept bo'yicha.
Davolash davrida dori vositasini yuborish vaqtida qon zardobida kaliy kontsentratsiyasini monitoring qilish va dozaga o'z vaqtida tuzatish kiritish kerak. Bundan tashqari (ayniqsa, yurak, buyrak kasalliklari yoki atsidoz bo'lganida), kislota-ishqor muvozanatini, zardob elektrolitlarini, EKG va bemorni klinik ahvolini nazorat qilish tavsiya etiladi. Giperkaliemiya tez rivojlanadi va simptomsiz kechadi, hamda potentsial ichki yurak o'tkazuvchanligini blokadasiga va o'lim holatiga olib kelishi mumkin. Giperkaliemiyaning erta alomatlari – gipotonus va qo'l-oyoqlarni paresteziyasidan iborat. Giperkaliemiyani davolash og'ir giperkaliemiyaga yo'l qo'ymaslik maqsadida kaliy tuzlari va kaliy tejovchi diuretiklarni bir vaqtda yuborish bilan amalga oshirilmasligi kerak. Yurak blokadalari bilan birga kechadigan kasalliklarda kaliy preparatlari bilan davolash o'tkazilmasligi kerak, chunki bu blokada darajasini oshirishi mumkin.

Kislota-ishqor xolatini o'zgarishi qon plamasida kaliy kontsentratsiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Qandli diabeti bo'lgan patsientlarda ketoatsidozni kompensatsiyasida, shuningdek dekstroza/qisqa ta'sirli insulinni yuborganda kaliyga bo'lgan extiyoj oshadi.

Davolashning dastlabki bosqichida glyukoza bilan bir vaqtda yuborilishdan saqlanish kerak, chunki bu kaliy kontsentratsiyasining keyingi pasayishiga sabab bo'lishi mumkin. Preparatni faqat vena ichiga yuborilishini ta'minlash kerak, chunki vena atrofiga yuborish to'qimalarni nekrozini chiqarilishi mumkin. Kichik diametrli venaga kaliy xloridi yuborilganda dori vositasi yuborilgan joyda og'riq bilan kechishi mumkin. Eritmani faqat agar u tiniq va ampula shikastlanmagan bo'lsa qo'llash kerak.

Preparatni faqat infuziya uchun mutanosib eritma bilan suyultirilgan holda qo'llanishi kerak.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qili qobiliyati

Preparat bilan davolash davrida transportni vositalarini boshqarishda va yuqori diqqat kontsentratsiyasini va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya etish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llanilmasin.

Preparatni bevosita ampula ochilgandan so'ng suyultirish kerak. Dori vositasini suyultirilganda aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Mikrobiologik xavfsizlik nuqtai - nazaridan suyultirilgan, dori vositasi zudlik bilan ishlatilishi kerak. Ampula faqat bir marta qo'llash uchun mo'ljallangan. Preparatning ishlatilmay qolgan qismi yo'q qilinishi kerak.

·Turli genezli gipokaliemiyada, shu jumladan qusish, diareya, giperal'dosteronizm, ayrim dori vositalarini qabul qilish bilan bog'liq;


·               aritmiyada, shu jumladan glikozid intoksikatsiyasi;


·               gipokaliemik shakldagi paroksizmal mioplegiyada qo'llaniladi.

·preparatning komponentariga o'ta yuqori sezuvchanlik;

·               o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi;

·              turli etiologiyali giperkaliemiya yoki giperxloremiya;

·               to'liq atrioventrikulyar yoki qoinchalar ichi blokadasi;

·               qorinchalar fibrillyatsiyasi;

·               buyrak usti bezi yetishmovchiligi;

·               adrenogenital sindromi bilan bog'liq gipoal'dosteronizm;

·               o'tkir degidratatsiya, giponatriemiya bilan bo'lgan gipovolemiya;

·               atsidoz;

·               kaliy tuzlari va kaliy tejovchi diuretiklar bilan yondosh davolash;

·               to'qimalarni ekstensiv parchalanishi (shu jumladan og'ir kuyishlarda);

·               issiq tirishishlar;

·               kaliyni yuborilishiga yuqori sezuvchanlik bilan kechadigan xolatlar (shu jumladan nasliy epizodik adinamiya yoki tug'ma paramiotoniya) da qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

I-II darajali atrioventrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi, o'roqsimon hujayrali anemiya, kaliyni chiqarilishini buzilishi bilan birga kechadigan kasalliklar va holatlar, shu jumladan surunkali buyrak yetishmovchiligi, buyrak usti bezini yetishmovchiligi. Yurak glikozidlari, al'dosteron antagonistlari, angiotenzin-o'zgaruvchi fermenti ingibitorlari, takrolimus, tsiklosporin, uzoq ta'sirga ega geparin, suksametoniy yoki potentsial nefrotoksik dori preparatlari (nosteroid yallig'lanishga qarshi dori preparatlari, periferik ta'sir ko'rsatuvchi anal'getiklar) qabul qilayotgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Kaliy tejovchi diuretiklar (shu jumladan, triamteren, spironolakton, amilorid) bilan bir vaqtda yuborish kaliy ionlarini buyrak ekskretsiyasini pasayishi hisobiga og'ir giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. Angiotenzin-o'zgaruvchi ferment ingibitorlari – giperkaliemiya rivojlanish xavfi mavjud, chunki angiotenzin-o'zgaruvchi ferment ingibitorlari al'dosteron sekretsiyasini pasaytiradi, bu organizmda kaliyni tutilishiga olib keladi. Beta-adrenoblokatorlar shoshilinch vena ichiga kaliyni qon zardobidagi kaliyni maksimal kontsentratsiyasini ham, uning dastlabki darajaga qaytishi uchun kerakli vaqtni ham oshiradi. Nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari bilan – buyraklarda prostaglandinlar sintezini susaytirilgandan so'ng ikkilamchi giperal'dosteronizmni rivojlanishi oqibatida giperkaliemiyani rivojlanishi xavfi mavjud. Geparin al'dosteron sintezini pasaytiradi, bu, ayniqsa, mavjud buyrak yetishmovchiligi yoki organizmdan kaliyni ekskretsiyasini yomonlashtiradigan boshqa holatlarda giperkaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bir vaqtning o'zida yurak glikozidlarini qabul qilayotgan og'ir va to'liq yurak blokadasiga bo'lgan bemorlarda kaliy preparatlarini yuborish tavsiya etilmaydi. Bunday bemorlarda gipokaliemiyani tuzatish uchun kaliy preparatlarini qo'llanilgan holatda sinchkov monitoringini o'tkazish talab qilinadi. Insulin, natriy gidrokarbonat bilan bir vaqtda qo'llash qon zardobida kaliynimiqdorini pasaytiradi. Tarkibida kaliy saqlagan yoki giperkaliemiyani rivojlanishiga moyillik yaratuvchi quyidagi dori vositalari:

·               aliskiren,

·               angiotenzin II retseptorlari antagonistlari,

·               tsiklosporin,

·               takrolimuskaliy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda kaliyni to'planib qolishiga olib kelishi mumkin.

Vena ichiga yuborish uchun quyidagi eritmalar bilan farmatsevtik mutanosib:

·               Ringer in'ektsiya uchun eritmasi glyukoza (dekstroza) eritmasi bilan majmuada;

·               Ringer laktat eritmasi in'ektsiya uchun glyukoza (dekstroza) eritmasi bilan majmuada;

·               Ringer laktat in'ektsiya uchun eritmasidagi5% glyukoza (dekstroza) eritmasi;

·               natriy xlorid bilan majmuada glyukoza (dekstroza) eritmasi;

·               natriy xloridning 0,9% eritmasidagi 5% glyukoza (dekstroza) eritmasi;

·               in'ektsiya uchun suvdagi 2,5%, 5%, 10%, 20% glyukoza (dekstroza) eritmalari;

·               Ringer in'ektsiya uchun eritmasi;

·               Ringer laktat in'ektsiya uchun eritmasi;

·               0,45%, 0,9%, 3% natriy xlorid eritmalari

Tarkibida quyidagilarni saqlagan eritmalar bilan aralashtirilganda farmatsevtik nomutanosib:

·               amikatsin sul'fati,

·               amfoteritsin V,

·               amoksitsillin natriy,

·               benzilpenitsillin,

·               diazepam,

·               dobutamin gidroxloridi,

·               ergotamin tartrati,

·               tsisilantin va mannitol bilanbo'lgan etopozid,

·               metilprednizolon natriy suktsinati,

·               fenitoin natriy,

·               prometazin gidroxloridi,

·               natriy nitroprussidi,

·               streptomitsin sul'fati,

·               mannitol,

·               tarkibida soya moyi va letsitin saqlagan steril yog'li emul'siya (ushbu ro'yxat to'laqonli emas).

Quruq, yorug'likdan himoyalangan, bolalar ololmaydigan joyda 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so'ng ishlatilmasin.

Shaffof, rangsiz suyuqlik
Oqim bilan yuborish mumkin emas!

Preparatni vena ichiga tomchilab, faqat kontsentratni izotonik eritma olingunga qadar (kaliy xloridni eritmasi 0,4% dan ko'p emas) suyultirilgandan keyin tomchilab yuboriladi.

Vena ichiga tomchilab yuborish uchun natriy xloridni 500 ml 0,9% li izotonik eritmasida yoki 5% li dekstroza eritmasida kaliy xloridi 2,5 g gacha bo'lgan hisobdagi eritmani tayyorlash mumkin.

Gipokaliemiyani davolashni boshida dekstroza eritmasi qo'llanmaydi, chunki u qonda kaliyni kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Bir vaqtda bir infuziyada 100 ml dan ko'p bo'lmagan tayyorlangan eritmani yuboriladi.

Zarur bo'lsa eritmani takroran quyish mumkin, lekin umumiy sutkalik dozadan tayyorlab qo'yilgan kaliy xloridni 0,4% kontsentratsiyali eritmasi 300-500 ml dan oshib ketmasligi kerak. Vena ichiga tomchilab (minutiga 20-30 tomchidan) yuboriladi.

Dozalari:

Kattalarda:

Maksimal yuboriladigan kaliyning kontsentratsiyasi 40 mmol'/l ni (3 g kaliy xloridni) tashkil qiladi.

Maksimal yuborish tezligi:

·               soatiga kaliyni 20 mmol' gacha (soatiga 1,5 g kaliy xloridni);

·               agar qon plazmasida kaliyni kontsentratsiyasi 2 mmol' kaliy/l dan kam bo'lsa, infuziya tezligi soatiga 40 mmol' (3 g kaliy xlorid) yetishi mumkin.

Maksimal sutkalik doza: kg tana vazniga 2-3 mmol' kaliygacha (kg tana vazniga 0,15-0,22 g kaliy xloridi).

Bolalar:

·               yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 10 yoshgacha bo'lgan bolalar: kg/tana vazniga 0,5-1 mmol' (kaliy xloridi kg tana vazniga 0,037-0,075 g), sutkalik maksimal doza: sutkada 30 mmol' kaliy (2,25 g kaliy xloridi);

·               10 yoshdan oshgan bolalar: yuboriladigan kaliyning maksimal kontsentratsiyasi 10-20 mmol'/l ni tashkil etadi, maksimal sutkalik doza sutkada 40 mmol' (3 g kaliy xloridi).

Maksimal yuborish tezligi:

·               yangi tug'ilgan chaqaloqlar: soatiga 0,5-1 mmol' kaliy/kg (soatiga 0,037-0,075 g kaliy/kg);

·               bolalar: soatiga 0,3-0,5 mmol' kaliy/kg; (soatiga 0,022-0,037 g kaliy/kg).

Kaliy tanqisligini davolash uchun doza qon plazmasida elektrolitlarning amaldagi kontsentratsiyasiga va kislota-asos holati ko'rsatkichlariga muvofiq tanlanishi kerak.

O'rtacha, simptomsiz kaliy tanqisligini davolash uchun doza va qonda kaliyni kontsentratsiyasini aniqlanganda tutib turuvchi terapiyadagi doza:

O'rtacha kaliy tanqisligini tuzatish uchun va tutib turuvchi davolashda kaliyningzaruriy miqdori quyidagi formula bo'yicha hisoblab chiqilishi mumkin:

Talab qilinadigan K+mmol' miqdori = (MT*[kg] x 0,2)** x 2 x (qon plazmasida K+maqsadli kontsentratsiya *** - qon plazmasidagi K+amaldagi kontsentratsiya [mmol'/l])

qaerda: *MT = tana vazni;

** Qiymat hujayra ichidagi suyuqlik hajmini ifodalaydi;

*** qon plazmasida K+maqsadli kontsentratsiyasi 4,5 mmol'/l.ga teng bo'lishi kerak.

Ektopik aritmiyani profilaktika qilish va davolash uchun qutblovchi aralashma qo'llanadi: dekstrozaning 500 ml 5%-10% li eritmasida 2-2,5 g kaliy xloridi bo'lgan eritmaga (3-4 g quruq dekstrozaga glyukozaga) 1 TV hisobida qisqa ta'sirli insulin qo'shiladi. Hosil bo'lgan eritma minutiga 20-30 tomchi tezlik bilan vena ichiga tomchilab yuboriladi. Eritmani yuborish tezligi soatiga 1,5 g dan oshmasligi kerak. Og'ir gipokaliemiya yoki ketoatsidozda eritmani yuqoriroq tezlik bilan yuborish kerak bo'lishi mumkin bo'lib, bu majburiy EKG-monitoring o'tkazilishi bilan birga olib borilishi kerak.

Simptomlari: ekskretor mexanizmi buzilishi yoki kaliyni vena ichiga haddan tashqari tez yuborish fatal giperkaliemiyaga (mushak gipotonusi, oyoq-qo'llarni paresteziyasi, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikni sekinlashishi, aritmiya, yurakni to'xtab qolishi) olib kelishi mumkin. Giperkaliemiyaning erta klinik alomatlari, odatda, qon zardobida kaliy ionlarining kontsentratsiyalari 6 mmol'/ldan yuqori holatlarda paydo bo'ladi: T tishchasini utkirlashishi, eng ko'p v2-v4 ko'krak oraliqlarida, R tishchasini yo'qolishi, ST segmentini pasayishi, QT intervalini uzayishi, QRS kompleksi kengayishi. Giperkaliemiyaning yanada og'irroq simptomlari – mushaklar falajligi va yurak to'xtab qolishi – qon zardobida kaliy ionlari kontsentratsiyalari 9-10 mmol'/l holatlarida rivojlanadi.

Davolash: kaliy xloridi infuziyasini darxol to'xtatish. Ichga yoki vena ichiga – natriy xloridi eritmasi; vena ichiga 300-500 ml 5% dekstroza eritmasi (1 l ga qisqa ta'sirli 10-20 TB insulin bilan); zarur bo'lganda atsidozda gemodializ va peritoneal dializ yordamida

Yurak glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarda giperkaliemiyani davolashda qon zardobidagi kaliy kontsentratsiyasining tez pasayishi digitalis intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishida dozani davolashda uzluksiz EKG-monitoringini o'tkazish, vaqti-vaqti bilan qon zardobidagi kreatinin, mochevina va elektrolitlarni aniqlash, kaliy kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak (zarur bo'lganda, har 2-3 soatda), simptomsiz bemorlarni 6 soat mobaynida kuzatish kerak.

Homilador ayollarga preparatni buyurishda ehtiyot bo'lish kerak. Preparatni qo'llash uchun aniq ko'rsatmalar mavjud bo'lganda, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, qo'llanilishi kerak (agar iloji bo'lsa, kaliy preparatlari og'iz orqali yuborish uchun buyuriladi).

Kaliy ona suti bilan chiqariladi. Preparatni emizikli ayollarga buyurishda ehtiyot bo'lish kerak (agar iloji bo'lsa, og'iz orqali yuborish uchun kaliy preparatlarini buyuring).

KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KALIYA XLORID
POTASSIUM CHLORIDE

 

Preparatning savdo nomi: Kaliya xlorid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kaliy xlorid

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

Tarkibi:

faol modda: 400 mg kaliy xloridi;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: mineral preparat, mikroelement

ATX kodi: B05XA01

Farmakologik xususiyatlari

Kaliy xlorid eritmasi – bu kaliy tanqisligining o‘rnini qoplash maqsadida vena ichiga infuziyalar uchun mo‘ljallangan (faqat tegishli ravishda suyultirilgandan keyin) konsentrasiyalangan eritma; metabolik jarayonlarni, shu jumladan suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtiradi, hujayra ichidagi osmotik bosimni tutib turadi.

Farmakokinetikasi

Kaliy asosan xujayra ichki kationidir (xujayra ichki suyuqligidagi uning konsentrasiyasi 160 mekv/l ni tashkil qiladi). Uglevodlarning utilizasiyasida va oqsil sintezida, shuningdek nerv o‘tkazuvchanligida va mushaklar, yurak mushaklarini qisqarishida ishtirok qiladi.

Xlorid asosiy =ujayra tashqi anionidir, natriyning metabolizmi bilan uzviy bog‘liq, xloridlarning konsentrasiyasini o‘zgarishi kislota-ishqor muvozanatida aks etadi. Kaliyning taxminan 80-90% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi, izlari ahlatda aniqlanadi va ozgina miqdori – terda aniqlanadi. Kaliy buyraklar orqali nisbatan tez chiqariladi, shuning uchun ochlikda yoki kaliyning miqdori kam bo‘lgan parhezda uni tugashi tez yuz beradi. Kaliy yoki xloridlarning yetishmovchiligi ularning o‘zaro tanqisligiga olib keladi.

Qo‘llanilishi

  • Turli genezli gipokaliemiya, shu jumladan qusish, diareya va hokazolar bilan bog‘liq;
  • Yurak ritmini buzilishi, yurak glikozidlari va diuretiklar yuborilganidan keyingi intoksikasiyalarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llashdan oldin kaliy xloridi eritmasi katta miqdordagi suyuqlik bilan, ayniqsa agar yumshoq konteynerlar yoki sumka turidagi konteynerlar ishlatilayotgan bo‘lsa, erituvchi bilan to‘liq aralashguncha suyultirilishi kerak.

Doza va yuborish tezligi alohida pasientning holatiga bog‘liq. Agar qon plazmasidagi kaliyning darajasi 2,5 mekv/l dan ortiq bo‘lsa, unda 40 mekv/l konsentrasiyaga erishguncha kaliyni soatiga 10 mekv tezlikda yuborish mumkin. Sutkalik doza 200 mekv dan oshmasligi kerak.

Shoshilinch holatlarda (qon plazmasida kaliyning darajasi 2,0 mekv/l dan kam bo‘lganida va EKG dagi o‘zgarishlarda yoki yurak mushagining falajida) kaliy xloridi yuborilishi mumkin, lekin juda ehtiyotkorlik bilan, soatiga 40 mekv tezlikda, albatta EKG ni monitoringi sharoitida. Bunday hollarda sutkalik doza 400 mekv/l ni tashkil qilishi mumkin. Kritik holatlarda kaliy xloridi dekstroza saqlovchi eritmalarga qaraganda ko‘proq tuzli eritmalarda (agar bunga qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa) buyurilishi mumkin, chunki oxirgisi qon plazmasida kaliyning darajasini kamaytirishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish a‘zolari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya. Me‘da va ingichka ichakning, ba‘zida qon ketishi, perforasiya bilan kechuvchi, keyinchalik strikturalarni shakllanishi bilan yarali shikastlanishlari to‘g‘risida xabarlar bor.

Nerv tizimi tomonidan: kaliyli intoksikasiya belgilari – qo‘l va oyoqlarda paresteziyalar, arefleksiya, ongni chalkashishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, aritmiyalar, yurak blokadasi, elektrokardiografik buzilishlar, yurakni to‘xtashi.

Boshqalar: mushak va umumiy holsizlik, yuborish joyida mahalliy reaksiyalar.

Nojo‘ya samarasi paydo bo‘lganda infuziyani to‘xtatish, bemorning holatini baholash, tegishli terapevtik qarshi choralarni ko‘rish va qolgan eritmani keyinchalik ekspertiza uchun saqlab qo‘yish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Buyraklarning chiqarish funksiyaini buzilishi, yurakning to‘liq blokadasi;
  • Turli etiologiyali giperkaliemiyada qo‘llash mumkin emas.

Kaliy xloridini homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik vaqtida qo‘llashning zarurati tug‘ilganida, ona uchun kutilayotgan foydani va homila uchun potensial xavfni baholash kerak; laktasiya davrida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish kerak.

Kaliy xloridini bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kaliy xloridi kaliy tejovchi diuretiklar va AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkaliemiyani rivojlanish xavfi oshadi (plazmada kaliyning darajasini nazorat qilish kerak). Kaliy preparatlarining ta‘siri ostida yurak glikozidlarining nojo‘ya ta‘siri kamayadi, yurakka xinidinning ta‘siri, shuningdek yurak-qon tomir tizimiga dizopiramidning noxush ta‘siri kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kaliy xloridi bilan davomli parenteral davolashda bemorning holatini klinik baholash va laborator ko‘rsatkichlar nazoratini vaqti-vaqti bilan o‘tkazish kerak.

Suyuqlik balansi, elektrolitlarning konsentrasiyasi, kislota-ishqor muvozanatining o‘zgarishini monitoringi kerak. Normal konsentrasiyalarni ahamiyatli siljishi, qo‘shimcha elektrolit qo‘shimchalarni ishlatishni yoki elektrolitlardan holi bo‘lgan dekstroza eritmasini qo‘llashni talab qilishi mumkin, unga zarurati bo‘lganida elektrolitlar qo‘shilishi mumkin.

Kaliy preparatlari bilan davolashda, davolash boshlangunicha, ayniqsa angishvonagul preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarda elektrokardiogrammalarning seriyalarini ko‘rsatkichlariga amal qilish kerak. Kaliy xlorid eritmasini yurak kasalliklari bo‘lgan, ayniqsa buyrak kasalliklari bilan birga bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, bunday hollarda yurakni monitoringi kerak.

Dekstroza saqlovchi eritmalar qandli diabetning klinik va subklinik ko‘rinishlari va glyukozaga buzilgan tolerantligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida xabar berilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Parenteral davolash vaqtida doza oshirib yuborilgan hollarda infuziyani darhol to‘xtatish va bemorning holatini baholash, qon plazmasida kaliyning darajasini kamaytirish uchun tegishli terapevtik muvofiqlashtirish choralarni ko‘rish kerak.

Davolash: Vena ichiga 10% li yoki 20% li dekstroza eritmasini, har 20 g dekstrozaga 10 birlik insulin bilan soatiga 300 dan 500 ml gacha yuboriladi.

Ichga qo‘llash yo‘li bilan yoki natriy yoki ammoniyning kation-almashuvchi qatroni bilan ho‘qna ko‘rinishida kaliyni so‘rilishini va o‘rnini bosishni ta‘minlash kerak.

Gemodializ yoki peritoneal dializni o‘tkazish. Kaliy saqlovchi mahsulotlar yoki dorilarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq, digitalizasiya hollarida qon plazmasida kaliyning konsentrasiyasini tez kamayishi angishvonagulning zaharli samaralarini chaqirishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 ml dan ampulalarda.

10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylaniladi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Suyultirilgan eritma 24 soat davomida ishlatilishi kerak.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KALIYA XLORID konsentrat 5ml 4% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KALIYA XLORID konsentrat 10ml 4% N10
KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 4% N5
KALIYA XLORID POLITVIST eritma 10ml 0,04/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Калия хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N10
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
MR KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 4% N5
KALIYA XLORID 0,04/ML eritma 10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Калия хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АРМАВИРСКАЯ БИОФАБРИКА, ФКП
KALIYA XLORID POLITVIST eritma 10ml 0,04/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Калия хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
KALIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 4% N10
MER KALIYA XLORID eritma 10 ml 4% N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MER KALIYA XLORID eritma 10 ml 4% N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MER KALIYA XLORID eritma 10 ml 4% N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MER KALIYA XLORID eritma 10 ml 4% N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MER KALIYA XLORID eritma 10 ml 4% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MER KALIYA XLORID eritma 10 ml 4% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9