×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KANEFRON H tomchilar dlya priema vnutr 100ml

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Urologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar.
Faol modda:
Любистока лекарственного корень, Золототысячника трава, Розмарина обыкновенного листья
Ishlab chiqaruvchi:
- Bionorica SE
Vakil:
- Bionorica SE
ATX kodi:
- G04BX
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Saqlash shartlari Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Продажа Retseptsiz.
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ichga qabul qilish tomchilar.
Tarkibi:

1 ml (0,976 g ga mos keladi) preparat quyidagilarni saqlaydi:

 Faol komponent:

 Tillabosh o‘ti, dorivor lyubistok ildizi, rozmarin barglaridan iborat suyuq dorivor o‘simliklarning (1:56) aralashmasi ekstrakti (1:1:1) – 976 mg.

 Ekstragent: etanol 59 % (x/x), tozalangan suv

 Yordamchi moddalar: mavjud emas

 etanol miqdori: 16,0-19,5% (x/x).

Ishlab chiqarilish shakli:

 Ichga qabul qilish tomchilar.

 100 ml dan dozalovchi tomchigichli moslama va birinchi ochish nazoratli buraladigan qopqoqchali to‘q rangli shisha flakonlarda. Flakonga o‘zi yopishadigan etiketka yopishtiriladi. Bitta flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Ichga qabul qilish uchun tomchilar.

1 ml (0,976 g ga mos keladi) preparat quyidagilarni saqlaydi:


 Faol komponent:

 Tillabosh o‘ti, dorivor lyubistok ildizi, rozmarin barglaridan iborat suyuq dorivor o‘simliklarning (1:56) aralashmasi ekstrakti (1:1:1) – 976 mg.

 Ekstragent: etanol 59 % (x/x), tozalangan suv

 Yordamchi moddalar: mavjud emas

 etanol miqdori: 16,0-19,5% (x/x).

O‘simliklardan olingan majmuaviy preparat, siydik haydovchi, spazmolitik, yallig‘lanishga qarshi, mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p sonli klinik tadqiqotlar Kanefron® N quyi siydik chiqarish yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari simptomlarini tez yengillashishiga, siydikni patologik kristallizatsiyasini bostirilishiga olib kelishini namoyish qilgan. Klinik tadqiqotlarda namoyish qilingan samaralar preparatning yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, og‘riq qoldiruvchi va antibakterial ta’siridan dalolat beradi. Klinik samaradorlik haqidagi ma’lumotlar klinik oldi tadqiqotlari natijalari bilan to‘ldiriladi va tasdiqlanadi.

Antioksidant xususiyatlardan tashqari Kanefron® N in vitro sharoitda prostaglandinlar va sitokinlar konsentratsiyasini pasayishi va 5-lipoksigenaza fermentini ingibitsiya qilinishi ko‘rinishida yallig‘lanishga qarshi ta’sir namoyish qilgan. Preparatning yallig‘lanishga qarshi ta’siri shuningdek in vivo sharoitda kalamushlarda ham namoyish qilingan.

In vitro sharoitda odam va kalamushlar qovuq fragmentlarini qo‘llab spazmolitik samara namoyish qilgan.

Kanefron® N in vivo sharoitda kalamushlarda eksperimental sistit modelida siyish tez-tezligi va qovuq xajmi kabi urodinamik ko‘rsatkichlarni normallashishini ta’minlagan va bundan tashqari juda past dozalarda antinotsitseptiv samara namoyish qilgan.

In vitro sharoitda Kanefron® N uropatogen bakteriyalarga nisbatan antiadgeziv samara namoyish qilgan.

Bundan tashqari, preparatning alohida komponentlari antibakterial ta’sirga ega va antibakterial ta’sirni tutib turuvchi diuretik samara namoyish qiladi, chunki siydik chiqarish yo‘llaridan bakteriyalarni yuvib chiqarilishi kuzatiladi.
Kanefron® N preparatining siydik haydovchi va nefroprotektiv ta’siri in vivo sharoitda buyrak yetishmovchiligi modelida namoyish qilingan.

Surunkali toksiklik bo‘yicha tadqiqot doirasida o‘tkazilgan toksikokinetika tadqiqotlari natijalari bo‘yicha farmakokinetik xususiyatlari haqida xulosa qilish mumkin. Preparatning har bir dori komponenti uchun plazmada marker (12-O-metilkarnoz kislotasi, z-ligustilid va sverozid) konsentratsiyasi aniqlangan. 350 mg/kg dozada kalamushlarda 699 ng/ml gacha Cmax ko‘rsatkichlari va so‘ngi marta o‘lchangan 7706 ng/ml*soat AUC0-last ko‘rsatkichlariga erishilgan. O‘rtacha tmax sverozid va ligustilid uchun 1 soatni va 12-O-metilkarnoz kislotasi uchun 2 soatni tashkil qilgan. 250 mg/kg dozada kalamushlarda 577 ng/ml gacha Cmax ko‘rsatkichlari va so‘ngi marta o‘lchangan 3622 ng/ml*soat AUC0-last ko‘rsatkichlariga erishilgan. O‘rtacha tmax 1,67 va 6,67 soatni tashkil qilgan. Ushbu natijalar plazmada markerlarning ahamiyatli va dozaga bog‘liq konsentratsiyalarni mavjudligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari to‘planishi kuzatilmaydi. Odamlarda farmakokinetikasi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas. Hayvonlarda tekshirilgan dozalar odam uchun dozalardan 9 va 22 marta yuqori bo‘lgan va shu orqali tavsiya etilgan sutkalik dozalardan ahamiyatli ravishda yuqori bo‘lgan. Shuning uchun odamlarda dozalash uchun relevantlik dalillari mavjud emas.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya kabi) tez-tez yuzaga keladi. Allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Yuzaga kelish tez-tezligi noma’lum. Allergik reaksiyalarni birinchi marta paydo bo‘lishlarida yoki biron-bir boshqa nojo‘ya ta’sirlarda preparatni qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokor bilan maslahatlashing.
Shifokor retseptisiz.
Dori vositasi qovuqning o‘tkir va surunkali infeksiyalarini (sistitni) standart va majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Preparat piyelonefrit, glomerulonefrit, interstitsial nefritn majmuaviy davolashda qo‘llanadi; siydik toshlarini hosil bo‘lishini oldini olish sifatida (shuningdek siydik toshlarini olib tashlagandan keyin ham) qo‘llanadi.
- Preparatning komponentlaridan birontasiga, soyabongullilar oilasiga mansub boshqa o‘simliklar (masalan anis, arpabodiyon), anetol (ya’ni efir moylari komponentlari)ga yuqori sezuvchanlik;

- O‘tkir davrdagi me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi;

- 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

- Kanefron® N preparatini yurak yoki buyrak yetishmovchiligi chaqirgan shishda va/yoki suyuqlikni iste’mol qilishni cheklash shifokor tomonidan tavsiya etilganda qabul qilish mumkin emas.

Antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiq. Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.
Tiniq yoki biroz xira, sarg‘ish-jigarrang rangli, o‘ziga xos hidli suyuqlik. Saqlaganda biroz xiralashishi yoki cho‘kma tushishi mumkin
Dozasi:

 Patsiyentlar     Bir martalik doza   Kunlik doza
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar      50 tomchi   150 tomchi
6-11 yoshdagi bolalar       25 tomchi    75 tomchi
1 - 5 yoshdagi bolalar     15 tomchi    45 tomchi
    
Qo‘llash usuli:

Kanefron® N preparati ichga qabul qilinadi.

Kanefron® N preparatining bir martalik dozasi kuniga 3 marta (ertalab, kunduzi va kechqurun) qabul qilinadi.

Zarur doza dozalovchi tomchilagich moslamali flakon yordamida o‘lchanadi.

Flakon qo‘llanilganda uni vertikal holatda tuting.

Qo‘llashdan oldin chayqating.

Zarurati bo‘lganida, masalan bolalar uchun achchiq ta’mni yumshatish uchun preparatni oz miqdordagi suv bilan qabul qilish mumkin.

Yaxshi o‘zlashtiraolinishi tufayli, preparat uzoq vaqt davolash uchun davolash uchun ko‘rsatilgan.

Suyuqlikni ko‘p miqdorda iste’mol qilish zarur.

Hozirgi vaqtda dozani oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Davolash: simptomatik.
Kanefron® N preparatini homiladorlik va emizish davrida faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha va xavf-foyda nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyin, qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaga qat’iy rioya qilganda qo‘llash mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KANEFRON H tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KANEFRON H tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KANEFRON H tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi Bionorica SE tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KANEFRON H tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KANEFRON H tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KANEFRON N draje N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Любистока лекарственного корень, Золототысячника трава, Розмарина обыкновенного листья ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
Narh: 110 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 100ml
Narh: 92 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 50ml
Narh: 38 659 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tomchilar 50ml
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
Narh: 93 000 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tabletkalari N50
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tomchilar 50ml
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N60
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
KANEFRON N draje N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Любистока лекарственного корень, Золототысячника трава, Розмарина обыкновенного листья ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N90
Другие формы препарата
KANEFRON N draje N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Любистока лекарственного корень, Золототысячника трава, Розмарина обыкновенного листья ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE