×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SINUPRET draje N50

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan preparat.
Faol modda:
корень горечавки, трава вербены, трава щавеля, цветки бузины, цветки первоцвета
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Bionorica SE
Vakil:
- Bionorica SE
ATX kodi:
- R05CA10
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 24 ta dorixonasida topildi

ico 93 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 140 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish
Yaroqlilik muddati (oy) 36:uz36
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka maydalangan dorivor o‘simlik xomashyosini (kukun) saqlaydi:
faol moddalar:
Gentianae radix (gajak o‘t ildizi) 6 mg
Primulae flos (navro‘zgul gullari) 18 mg
Rumicis herba (shovul o‘ti) 18 mg
Sambuci flos (marjon guli) 18 mg
Verbenae herba (tizimgul o‘ti) 18 mg
yordamchi moddalar: kalsiy karbonati (Ye 170), kanakunjit moyi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, asosiy butilizatsiya qilingan metakrilat sopolimeri, jelatin, glyukoza siropi, laktoza monogidrati, magniy oksidi, makkajo‘xori kraxmali, dekstrin, tog‘ glikol mumi, kartoshka kraxmali, xlorofill (Ye 141), tozalangan suv, shellak, sorbitol, stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi (Ye 171), indigokarmin (alyumin) (Ye 132), riboflavin (Ye 101).

Chiqarilish shakli

Har birida qobiq bilan qoplangan 25 tabletkadan 2 yoki 4 blister.

O‘ram o‘lchami: qobiq bilan qoplangan 50 yoki 100 tabletka.

Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka maydalangan dorivor o‘simlik xomashyosini (kukun) saqlaydi: faol moddalar: Gentianae radix (gajak o‘t ildizi) 6 mg Primulae flos (navro‘zgul gullari) 18 mg Rumicis herba (shovul o‘ti) 18 mg Sambuci flos (marjon guli) 18 mg Verbenae herba (tizimgul o‘ti) 18 mg yordamchi moddalar: kalsiy karbonati (Ye 170), kanakunjit moyi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, asosiy butilizatsiya qilingan metakrilat sopolimeri, jelatin, glyukoza siropi, laktoza monogidrati, magniy oksidi, makkajo‘xori kraxmali, dekstrin, tog‘ glikol mumi, kartoshka kraxmali, xlorofill (Ye 141), tozalangan suv, shellak, sorbitol, stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi (Ye 171), indigokarmin (alyumin) (Ye 132), riboflavin (Ye 101). 
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir.

Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liqdir. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlaridan va yuqori nafas yo‘llaridan shilliq sekretni chiqarilishiga yordam beradi. Shu bilan birga preparat antiviral va antibakterial hususiyatlariga ega va infeksiyalarda yordam beradi.

Taqdim qilinmagan.


Me’da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (masalan, me’dada og‘riq, ko‘ngil aynishi) kam hollarda namoyon bo‘ladi.

Ayrim hollarda terida toshma, qichishish, qizarish kabi teri allergik reaksiyalari kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaksiyalar ham yuzaga kelishi mumkin. Nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Рецептсиз.
Agar simptomlar 7-14 kundan ortiq davom etsa, yomonlashsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa va/yoki patsiyentda davomli isitma, kuchli og‘riq yoki noaniq shikoyatlar paydo bo‘lsa shifokorga murojaat etish kerak.

Gastrit kuzatilganda, shuningdek me’dani sezgirligi mavjud bo‘lgan patsiyentlarda ushbu dori vositasini qabul qilganda ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret® ni bir stakan suv bilan ovqatdan keyin qabul qilgan afzal.

Sinupret® qobiq bilan qoplangan tabletkalari glyukoza, laktoza, saxaroza va sorbit saqlaydi. Ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlar dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat etishlari kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Sinupret® dori vositasini homiladorlik va laktatsiya davrida faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina qo‘llash mumkin.

Emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, preparatni ushbu davrda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot: qobiq bilan qoplangan bitta tabletka o‘rtacha 0,1 “non birligi” (NB) saqlaydi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin.

Avtomobil yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Yopishqoq sekret hosil bo‘lishi, burunni bitishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali rinosinusitlarda qo‘llanadi.


Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa antibakterial dori vositalari bilan majmuada ishlatilishi mumkin. 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri hozirgi paytgacha ma’lum emas.

30оС dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.


Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

4 yil.

Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dumaloq shaklli, yashil rangli, ikkiyoqlama qavariq va silliq yuzali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Kattalar va o‘smirlar 12 yoshdan boshlab: 2 tabletkadan kuniga 3 marta.

6 yoshdan 11 yoshgacha bolalar: 1 tabletkadan kuniga 3 marta.

Davolash kursi 7-14 kunni tashkil qiladi.

Tabletkani butunligicha, chaynamasdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutiladi.

Agar kasallikning simptomlari 7-14 kun saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga qollash mumkin emas (klinik ma'lumotlar etarli emasligi sababli).

Doza oshirib yuborilgan holatlarda yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlarning ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik

Homiladorlik vaqtida Sinupret® siropni faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda va xavfni sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, bu davrda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
SINUPRET draje N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

CINUPRET®

SINUPRET®

Preparatning savdo nomi: Sinupret®

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

100 g sirop saqlaydi:

faol moddalar:

erbaxodosh ildizi (Gentianae radix)                                             0,069 g

kosali navro‘zgul gullari

(Primulae flos cum calycibus)                                                           0,207 g

otquloq o‘ti (Rumicis herba)                                                           0,207 g

marjondaraxat gullari (Sambuci flos)                                         0,207 g

tizimgul o‘ti (Verbenae herba)                                                      0,207 g

dan olingan spirtli ekstraktlar aralashmasi                          10,0 g

yordamchi moddalar: etanol, tozalangan suv, suyuq maltit, olcha xushbo‘yi.

Ta‘rifi: olcha hidli va shirin ta‘mli och jigarrang rangli qovushqoq suyuqlik.

Saqlash jarayonida ozgina xiralashishi yoki biroz cho‘kma tushishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan dori preparati.

ATX kodi: R05X

 

Farmakologik xususiyatlari

O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat.

Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liq. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatni oqib chiqishiga yordam beradi. Antibakterial va viruslarga qarshi ta‘sirga ega va infeksiyalarda yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning barcha faol moddalari bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud emas.

Qo‘llanilishi

Qovushqoq sekret hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali sinusitlar.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga:         7 ml dan kuniga 3 marta

6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:                   3,5 ml dan kuniga 3 marta

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:                     2,1 ml dan kuniga 3 marta

Davolash 7-14 kunni tashkil etadi.

Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar bo‘lishi mumkin:

– me‘da-ichak buzilishlari (masalan, qorinning yuqori qismida og‘riq)

– allergik reaksiyalar (masalan, ekzantema, qichishish).

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida (ayniqsa allergik reaksiyalar) preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Etiopatogenetik davolash maqsadida antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiq.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri hozirgi vaqtgacha noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar kasallikning simptomlari 7-14 kundan ko‘p saqlansa, vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shuningdek hansirash, isitma, yiringli balg‘am paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparat alkogol saqlaganligi sababli, alkogolizmi bo‘lgan bemorlar, shuningdek alkogolga qaramlikni davolashdan so‘ng preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Alkogolizm yoki jigar kasalliklari bilan xastalangan, jarohatlari va bosh miya kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan pasientlar Sinupret® siropi 8,0% spirt saqlanishini yodda tutishlari kerak.

1 ml sirop 0,0639 ml spirt saqlaydi.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi

Ushbu preparat maltit eritmasini saqlaydi.

Agar sizga ma‘lum turdagi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bilan xastalanganligingiz ma‘lum bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing.

7,0 ml sirop 5,5 g maltit eritmasini saqlaydi, bu taxminan 0,35 non birligiga (NB) to‘g‘ri keladi. Energetik qiymati 2,3 kkal/g maltitni tashkil etadi. Maltit yengil surgi ta‘sir ko‘rsatish mumkin.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik vaqtida Sinupret®ni faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Laktasiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, bu davrda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Transport vositasi yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir qilish xususiyati.

Agar preparat tavsiya etilgan dozalarda iste‘mol qilinsa, u transportni boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Iste‘mol qilishdan oldin chayqating!

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparatni terapevtik dozalardan sezilarli darajada ortiq dozalarda qabul qilish, me‘da buzilishlari, qusish yoki diareyani chaqirishi mumkin.

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun 100 ml sirop yuqorisida o‘lchov tomchilagich moslamasi, birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli va o‘lchov stakani bo‘lgan to‘q shisha flakonda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3,5 yil.

Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SINUPRET draje N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SINUPRET draje N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SINUPRET draje N50 dori vositasi Bionorica SE tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SINUPRET draje N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SINUPRET draje N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
Narh: 110 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 100ml
Narh: 92 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 50ml
Narh: 38 659 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tomchilar 50ml
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tabletkalari N50
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tomchilar 50ml
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N60
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N90
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9