×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan preparat.
Faol modda:
корень генцианы, трава вербены, трава щавеля, цветки бузины, цветки первоцвета с чашечками
Ishlab chiqaruvchi:
- Bionorica SE
Vakil:
- Bionorica SE
ATX kodi:
- R05CA10
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 246 ta dorixonasida topildi

ico 79 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 92 700 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

100 g tomchi quyidagilarni saqlaydi:
29 g suv-spirtli ajralmalar quyidagilarni saqlaydi:
marjon guli 0,6 g
gajak o‘t ildizi 0,2 g
navro‘zgul gullari 0,6 g
shovul o‘ti 0,6 g
tizimgul o‘ti 0,6 g
yordamchi moddalar:
tozalangan suv 71,0 g
etanol miqdori 19,0% (xajm nisbatida).

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun tomchilar, 100 ml.

100 ml dan preparat buraladigan qopqoqli, vertikal dozalovchi moslama bilan ta’minlangan to‘q rangli shisha flakonlarda, qo‘llashga doir yo‘riqnomasi bilan yig‘iladigan karton qutiga joylanadi.

Ichga qabul qilish uchun tomchilar.
100 g tomchi quyidagilarni saqlaydi: 29 g suv-spirtli ajralmalar quyidagilarni saqlaydi: marjon guli 0,6 g gajak o‘t ildizi 0,2 g navro‘zgul gullari 0,6 g shovul o‘ti 0,6 g tizimgul o‘ti 0,6 g yordamchi moddalar: tozalangan suv 71,0 g etanol miqdori 19,0% (xajm nisbatida).
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir. Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liqdir. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlaridan va yuqori nafas yo‘llaridan shilliq sekretni chiqarilishiga yordam beradi. Shu bilan birga preparat antiviral va antibakterial hususiyatlariga ega va infeksiyalarda yordam beradi.
Taqdim qilinmagan.
Me’da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (masalan, me’dada og‘riq, ko‘ngil aynishi) kam hollarda namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda terida toshma, qichishish, qizarish kabi teri allergik reaksiyalari kuzatilishi mumkin. Shuningdek, Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaksiyalar ham yuzaga kelishi mumkin. Nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Agar simptomlar 7-14 kundan ortiq davom etsa, yomonlashsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa va/yoki patsiyentda davomli isitma, kuchli og‘riq yoki noaniq shikoyatlar paydo bo‘lsa shifokorga murojaat etish kerak. Gastrit kuzatilganda, shuningdek me’dani sezgirligi mavjud bo‘lgan patsiyentlarda ushbu dori vositasini qabul qilganda ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret® ni bir stakan suv bilan ovqatdan keyin qabul qilgan afzal. Sinupret® tomchilari 19,0% spirt (etanol) saqlaydi. Alkogol saqlaganligi tufayli preparatni alkogolizmi bo‘lgan, shuningdek alkogolga qaramlikni muvaffaqiyatli davolagandan keyingi bemorlarda qo‘llash mumkin emas. Tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada qabul qilganda, bolalar va jigar kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlar kabi yuqori xavf guruhidagilarda alkogol saqlashini e’tiborga olish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Sinupret® tomchilarini homiladorlik davrida faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina qo‘llash mumkin. Sinupret® tomchilarini emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, preparatni ushbu davrda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Qo‘llaganda flakonni vertikal holatda tuting. Sinupret® tomchilarini saqlash jarayonida xiralashishi yoki biroz cho‘kma tushishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Sinupret® tomchini qo‘llashdan oldin chayqating!
Yopishqoq sekret hosil bo‘lishi, burunni bitishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali rinosinusitlarda qo‘llanadi.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Boshqa antibakterial dori vositalari bilan majmuada ishlatilishi mumkin. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri hozirgi paytgacha ma’lum emas.
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Tiniq yoki biroz xira, sariq-jigarrang rangli, hushbo‘y hidli suyuqlik. Saqlash jarayonida biroz xiralashishi yoki cho‘kma tushishi mumkin.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar qabul qilishadi: 50 tomchidan kuniga 3 marta. 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilishadi: 25 tomchidan kuniga 3 marta. 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilishadi: 15 tomchidan kuniga 3 marta. Davolash kursi 7-14 kunni tashkil qiladi. Agar kasallikning simptomlari uzoqroq saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Doza oshirib yuborilgan holatlarda yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlarning ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik.
SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

CINUPRET®

SINUPRET®

Preparatning savdo nomi: Sinupret®

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

100 g sirop saqlaydi:

faol moddalar:

erbaxodosh ildizi (Gentianae radix)                                             0,069 g

kosali navro‘zgul gullari

(Primulae flos cum calycibus)                                                           0,207 g

otquloq o‘ti (Rumicis herba)                                                           0,207 g

marjondaraxat gullari (Sambuci flos)                                         0,207 g

tizimgul o‘ti (Verbenae herba)                                                      0,207 g

dan olingan spirtli ekstraktlar aralashmasi                          10,0 g

yordamchi moddalar: etanol, tozalangan suv, suyuq maltit, olcha xushbo‘yi.

Ta‘rifi: olcha hidli va shirin ta‘mli och jigarrang rangli qovushqoq suyuqlik.

Saqlash jarayonida ozgina xiralashishi yoki biroz cho‘kma tushishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan dori preparati.

ATX kodi: R05X

 

Farmakologik xususiyatlari

O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat.

Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liq. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatni oqib chiqishiga yordam beradi. Antibakterial va viruslarga qarshi ta‘sirga ega va infeksiyalarda yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning barcha faol moddalari bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud emas.

Qo‘llanilishi

Qovushqoq sekret hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali sinusitlar.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga:         7 ml dan kuniga 3 marta

6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:                   3,5 ml dan kuniga 3 marta

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:                     2,1 ml dan kuniga 3 marta

Davolash 7-14 kunni tashkil etadi.

Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar bo‘lishi mumkin:

– me‘da-ichak buzilishlari (masalan, qorinning yuqori qismida og‘riq)

– allergik reaksiyalar (masalan, ekzantema, qichishish).

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida (ayniqsa allergik reaksiyalar) preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Etiopatogenetik davolash maqsadida antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiq.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri hozirgi vaqtgacha noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar kasallikning simptomlari 7-14 kundan ko‘p saqlansa, vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shuningdek hansirash, isitma, yiringli balg‘am paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparat alkogol saqlaganligi sababli, alkogolizmi bo‘lgan bemorlar, shuningdek alkogolga qaramlikni davolashdan so‘ng preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Alkogolizm yoki jigar kasalliklari bilan xastalangan, jarohatlari va bosh miya kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan pasientlar Sinupret® siropi 8,0% spirt saqlanishini yodda tutishlari kerak.

1 ml sirop 0,0639 ml spirt saqlaydi.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi

Ushbu preparat maltit eritmasini saqlaydi.

Agar sizga ma‘lum turdagi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bilan xastalanganligingiz ma‘lum bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing.

7,0 ml sirop 5,5 g maltit eritmasini saqlaydi, bu taxminan 0,35 non birligiga (NB) to‘g‘ri keladi. Energetik qiymati 2,3 kkal/g maltitni tashkil etadi. Maltit yengil surgi ta‘sir ko‘rsatish mumkin.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik vaqtida Sinupret®ni faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Laktasiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, bu davrda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Transport vositasi yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir qilish xususiyati.

Agar preparat tavsiya etilgan dozalarda iste‘mol qilinsa, u transportni boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Iste‘mol qilishdan oldin chayqating!

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparatni terapevtik dozalardan sezilarli darajada ortiq dozalarda qabul qilish, me‘da buzilishlari, qusish yoki diareyani chaqirishi mumkin.

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun 100 ml sirop yuqorisida o‘lchov tomchilagich moslamasi, birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli va o‘lchov stakani bo‘lgan to‘q shisha flakonda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3,5 yil.

Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi Bionorica SE tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SINUPRET sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: корень генцианы, трава вербены, трава щавеля, цветки бузины, цветки первоцвета с чашечками ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
Narh: 92 100 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 111 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
SINUPRET sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: корень генцианы, трава вербены, трава щавеля, цветки бузины, цветки первоцвета с чашечками ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
Narh: 92 100 so'mdan Batafsil
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
Narh: 94 752 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 100ml
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 50ml
Narh: 38 659 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tomchilar 50ml
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tabletkalari N50
Narh: 61 300 so'mdan Batafsil
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tomchilar 50ml
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N60
Narh: 118 000 so'mdan Batafsil
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N90
Другие формы препарата
SINUPRET sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: корень генцианы, трава вербены, трава щавеля, цветки бузины, цветки первоцвета с чашечками ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9