×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KLION D 100 0,1+0,1 tabletkalari N10

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Метронидазол, Миконазол
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер - Рус ЗАО
Vakil:
- Gedeon Richter
ATX kodi:
- G01AF20
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 vaginal tabletka yumshoq alyuminiy folgali blisterda.

1 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Metronidazol mahalliy va peroral qo'llash uchun trixomoniazni davolash uchun preparat hisoblanadi. Mikonazol nitrati dermatofitlar va Candida tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun zamburug'larga qarshi ta'sirga ega bo'lgan samarali preparatdir; bundan tashqari mahalliy qo'llaganda qator grammusbat bakteriyalarga nisbatan yaqqol bakteriostatik ta'sirga ega. Mazkur majmuaviy preparatni mahalliy qo'llashdan maqsad trixomoniazni mahalliy davolash, shuningdek metronidazol bilan davolashdan so'ng ko'pincha namoyon bo'ladigan vaginal mikozni oldini olish hisoblanadi. 

Preparat shuningdek metronidazol bilan davolash bilan bog'liq bo'lmagan vaginal mikozlarni davolashda qo'llanilishi mumkin.

So'rilishi 

Metronidazol va mikonazol nitrati mahalliy qo'llanganida ularni shilliq qavatlar orqali biroz so'rilishi kuzatiladi. Metronidazol ham, mikonazol nitrati ham qayd qilinishi mumkin bo'lgan miqdorlarda so'rilmaydi. Bu muvofiq ravishda 0,2 mkg/ml va 0,3 mkg/ml dan kam qiymatlarga mos keladi.

Metronidazol peroral yuborilganida yaxshi so'riladi, zardobdagi kontsentrasiyasining cho'qqisiga birinchi va uchinchi soat o'rtasida erishiladi. 250 mg metronidazol bir marta peroral qabul qiliganidan keyin zardobdagi maksimal kontsentrasiyasi gazli xromatografiya yordamida aniqlanganda 5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganda preparatning Biokiraolishligi deyarli 100% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi  

Metronidazol orqa miya suyuqligiga tez kiradi va bosh miya absseslari va o'pka absseslarida terapevtik kontsentrasiyalariga etadi. U yuqori taqsimlanish hajmiga ega bo'lib, aylanayotgan metronidazolning 20% dan kam miqdori plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Preparat o't chiqarish yo'llarga kiradi va xuddi qon plazmasidagi kontsentrasiyalaridek kontsentrasiyalarga erishiladi. 


Chiqarilishi 

Metronidazolning o'rtacha yarim chiqarilish davri sog'lom ko'ngillilarda 8 soatni tashkil etadi. Metronidazol va uning metabolitlarining asosiy chiqarilish yo'li siydik hisoblanadi (dozaning 60-80%), dozaning 6-15% ahlat bilan chiqariladi.

a)Klion-D 100 vaginal tabletkalarini mahalliy qo'llanganda ta'sirlanish paydo bo'lgan holatlar to'g'risida xabar berilgan. Kam hollarda mahalliy o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuz berishi mumkin.

b)ichga qabul qilish uchun metronidazol tabletkalari bilan majmuada qo'llanganda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar yuz berishi mumkin:

A'zolar tizimlari klassi

Juda tez

≥1/10

Chastotasi (≥1/100 dan <1/10)

Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100)

Kamdan kam (≥1/10 000 dan 1/1 000 gacha)

Juda kamdan-kam hollarda

(<1/10 000)

Infektsiyalar va infektsiyalar

Qo'ziqorin superinfektsiyasi (masalan, kandidoz)

Qon tomir va limfa tizimining buzilishi

Neytropeniya (leykopeniya)

Trombotsitopeniya

Immun tizimining buzilishi

Anafilaktik reaktsiyalar

Metabolik va ovqatlanishning buzilishi

Ishtahaning pasayishi

Ruhiy buzilishlar

Ruhiy chalkashlik holati

Asab tizimining buzilishlari

Oshqozon bo'sh

Periferik neyropatiya

(gipesteziya)

Bosh aylanishi, titroq, harakatlarning buzilishi,

Uyquchanlik

Disgeuziya (og'izda metall ta'm)

Ovqat hazm qilish tizimidan buzilishlar

Bu qiziq

Pastki bel og'rig'i

Ichak kolikasi, diareya

Til bilan birga qusish

Gepatobiliar buzilishlar

Xolestaz

Sariqlik

Teri va teri osti to'qimalarining buzilishi

Angionevrotik shish, teri toshmasi, Toshma Eshakemi

Ko'p shaklli eritema

Tizimli nosozliklar va uzatishdagi nosozliklar

Inyeksiya joyida ta'sir qilish, tana haroratining oshishi

Laboratoriya parametrlari

Siydik rangi o'zgarishi*

Jigar fermentlari faolligini oshirish



* Siydikni to'qlashishi metronidazolning metaboliti bilan bog'liq, lekin bu klinik ahamiyatga ega emas.

Periferik neyropatiya (qo'l-oyoqlarni uvushib qolishi), bosh og'rig'i, tirishishlar, uyquchanlik, bosh aylanishi, koordinasiya buzilishi va ongni chalkashishi holatlari preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qabul qilinganda kamdan-kam hollarda kuzatilgan. Doza kamaytirilganidan so'ng yoki terapiya to'xtatilganda yuqoridagi jadvalda keltirilgan alomatlar o'zi-o'zidan yo'qolgan.
Klion-D 100 vaginal tabletkalarini tarkibiga kiruvchi mikonazol nitrati sababli yuzaga kelgan nojo'ya reaktsiyalar
Nojo'ya reaktsiyalar kam hollarda kuzatiladi va kuchsiz darajada namoyon bo'ladi. Sirtga qo'llanilganida ta'sirlanish va achishish paydo bo'lgani xaqida xabar qilingan.


Shubhali nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi qayd qilinganidan so'ng shubhali nojo'ya reaktsiyalar hodisasi to'g'risida ma'lumot berish kerak. Bu dori vositasini foyda-havf nisbatini har doim monitoringini o'tkazishga yordam beradi. Sog'liqni saqlash ishchilarini har qanday shubxali nojo'ya reaktsiyalar xaqida milliy tizim hisoboti yordamida xabar qilishlarini so'raymiz.
Maxsus ogohlantirishlar va chora tadbirlar

Klion-D 100 preparati bilan davolanish kursi davomida, shuningdek u tugaganidan so'ng kamida bir kun davomida alkogolli ichimliklar iste'mol qilish man etiladi.

Klion-D 100 vaginal tabletkalari preparati bilan davolanish davrida jinsiy aloqa qilishdan saqlanish kerak. 

Davolash samara bermagan hollarda, boshqa tizimli trixomonadosid va/yoki zamburug'larga qarshi preparatga almashtirish tavsiya qilinadi.

O'ta yuqori sezuvchanlik, shilliq qatlamlar ta'sirlanishi vujudga kelgan taqdirda ushbu preparat bilan davolanishni to'xtatish kerak.

Kokkeyn sindromi bor pasientlarni metronidazol saqlovchi preparatlar bilan tizimli qo'llanilishida og'ir gepatotoksik/o'tkir jigar etishmovchiligi, shuningdek o'limga olib kelish xolatlar xaqida xabar qilingan. Shu sababli bu populyasiyada metronidazolni qo'llashdan oldin sinchkovlik bilan foyda/xavf ni baxolab va boshqa alternativ davolash bo'lmaganida qo'llash mumkin. Funktsional jigar probalarni terapiya boshlashdan oldin, davolash vaqtida va tugaganidan so'ng, jigar faoliyati normaga kelgunicha eki norma ko'rsatkichlariga yaqin kemagunicha o'tkazish kerak. Agar davolash vaqtida jigar faoliyatini ko'rsatkichlari axamiyatli darajada yuqori bo'lsa, preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. Kokkeyn sindromi bor pasientlar jigar shikastlanishini har qanday simptomlari aniqlansa, metronidazolni to'xtatib shifokorga murojat qilishi kerak. 

Yordamchi moddalar

Preparat natriy laurilsulfati saqlaydi, u mahalliy teri reaktsiyalarni chaqirishi (sanchish yoki achishish xissi kabi) yoki shu joyga boshqa preparatlar chaqirgan teri reaktsiyalarni kuchaytirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi 

Homiladorlik 

Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas.

Metronidazol peroral qabul qilganda yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va tezda homila qon oqimiga o'tadi.

Metronidazolning ta'siri ostida fertillikni buzilishi yoki homilani shikastlanishi alomatlari aniqlanmagan. Metronidazol fetotoksik ta'sir ko'rsatgan xaqida ma'lumotlar kam. Homiladorlikning birinchi uch oyligida o'tkazilgan tadqiqot natijalarining asosida fetotoksik ta'sir oshishi kuzatilmaganligi to'g'risida xulosa qilingan.

Shunga qaramay, metronidazol homiladorlik davrida (ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligida) faqat kutilayotgan foyda, bo'lishi mumkin bo'lgan havfdan ustun bo'lgandagina qo'llanilishi mumkin.

Emizish davri

Metronidazol ichga qabul qilinganda ona sutiga qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga teng kontsentrasiyalarda o'tadi. U ona sutiga achchiq ta'm berishi mumkin. 

Chaqaloqni preparat ta'siridan himoyalash uchun metronidazolni qabul qilishni yoki metronidazolni qabul qilish davri davomida emizishni to'xtatish, shuningdek ona uchun davolanish zaruratini inobatga olgan holda, davolash tugatilganidan so'ng 12-24 soatga emizishni to'xtatib turish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri 

Klion-D 100 vaginal tabletkalari preparati transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ilshash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Ayollarda trixomoniaz va/yoki siydik-tanosil yo'llarning zamburug'li infektsiyalarini mahalliy davolash uchun qo'llaniladi.

Ta'sir etuvchi modda yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o'ta yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas.

  Vaginal qo'llanganda metronidazol va mikonazol nitratining o'zaro ta'sirlari yuzasidan ma'lumotlar hozirgi vaqtgacha ma'lum emas. 

Klion-D 100 vaginal tabletkalarini ichga qabul qilish uchun metronidazol tabletkalari bilan majmuada qo'llaganda dori vositalarning quyidagi o'zaro ta'siri yuz berishi mumkin:

Metronidazol peroral antikoagulyantlarning antikoagulyasion samarasini potentsiya qilishi mumkin, bu protrombin vaqtini uzayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun ularning dozasiga tuzatish kiritish lozim.

Ferment induktorlari (masalan, fenitoin, fenobarbital) metronidazolning metabolizmini tezlashishiga yordam berishi mumkin, bu fenitoinning plazmadagi darajasini pasayishiga va plazmadagi klirensini oshishiga olib kelishi mumkin.

Ferment ingibitorlari (masalan, tsimetidin) metronidazolning yarim chiqarilish vaqtini uzaytirishi va plazmadagi klirensini kamaytirishi mumkin.

Metranidazolni qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish disulfiramsimon nojo'ya samaralarni (ichak sanchig'i, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yuzni qizarishini) chaqirishi mumkin. 

Metronidazol va disulfiram birga qabul qilinmasligi lozim (additiv ta'sir, psixotik reaktsiyalar, ongni chalkashishi yuz berishi mumkin)

Metronidazolni qabul qilinishi qon plazmasida litiyni oshishiga olib kelishi mumkin, shu boisdan metronidazol bilan davolashdan oldin litiy preparatlarining dozasini kamaytirish yoki ularni bekor qilish kerak.

Tsiklosporin va metronidazolni bir vaqtda qo'llangan hollarda, qon plazmasida tsiklosporinning kontsentrasiyasi oshishi mumkin. Agar ushbu preparatlar bilan majmuaviy davolash zarur bo'lsa, qon plazmasida tsiklosporinning kontsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Metronidazol 5-ftorurasilning klirensini kamayishiga va uning toksikligini oshishiga zamin yaratadi. 

Metronidazol qon zardobining aspartataminotransferaza (ast), alaninaminotransferaza (Alt), laktatdegidrogenaza (LDG), trigliseridlar va glyukozogeksokinaza kabi ayrim biokimyoviy ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Yorug'lik va namlik ta'siridan himoyalash uchun original o'ramda 30°C dan ortiq bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati 

5 yil.

O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng qo'llanilmasin.

deyarli oq rangli, taxminan 24 mm x 14 mm o'lchamli ikki tomoni o'tkirlashgan oval shaklli, bir tomonida "100" gravirovkasi bo'lgan ikki yoqlama qavariq vaginal tabletkalar.

Trixomoniazda: metronidazolni ichga qabul qilish bilan bir vaqtda, 1 Klion-D 100 vaginal tabletkasini oldindan biroz ho'llab, kuniga bir marta (kechqurun uyqudan avval) 10 kun davomida qinga chuqur kiritish kerak. 

Shu 10 kun davomida har kuni ichga 2 tabletka metronidazol (250 mg x 2 marta) (bir tabletka ertalab va bir tabletka kechqurun) ovqat vaqtida yoki undan so'ng chaynamay qabul qilish kerak.

Takror yuqtirmaslikka jinsiy sherik bir vaqtda metronidazol (ichga qabul qilish uchun tabletkalar) bilan davolash kursini qabul qilsagina erishish mumkin.

Davolash samara bermagan hollarda: 10 kunlik davolash kursini takrorlash mumkin.

Zamburug'li infektsiyada: 1 Klion-D 100 vaginal tabletkasini oldin biroz ho'llab, 10 kun davomida kuniga bir marta (kechqurun uyqudan avval) qinga chuqur kiritish kerak.

Bolalar 

Bolalarda va o'smirlarda xavfsizligi va samarasi o'rganilmagan. Ma'lumotlar mavjud emas.


Preparat faqat intravaginal qo'llash uchun mo'ljallangan. Bexosdan og'iz orqali ko'p miqdorda preparat qabul qilingan bo'lsa, me'dani yuvish kerak. Dozani oshirib yuborilishi natijasida zaharlanish alomatlari (ko'ngil aynishi, qusish va ataksiya) yuz bersa, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, gemodializ kabi simptomatik davolashni o'tkazish kerak. Spesifik antidot yo'q. Metronidazol va uning metabolitlari dializ yordamida yaxshi chiqariladi.

Homiladorlik 

Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas.

Metronidazol peroral qabul qilganda yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va tezda homila qon oqimiga o'tadi.

Metronidazolning ta'siri ostida fertillikni buzilishi yoki homilani shikastlanishi alomatlari aniqlanmagan. Metronidazol fetotoksik ta'sir ko'rsatgan xaqida ma'lumotlar kam. Homiladorlikning birinchi uch oyligida o'tkazilgan tadqiqot natijalarining asosida fetotoksik ta'sir oshishi kuzatilmaganligi to'g'risida xulosa qilingan.

Shunga qaramay, metronidazol homiladorlik davrida (ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligida) faqat kutilayotgan foyda, bo'lishi mumkin bo'lgan havfdan ustun bo'lgandagina qo'llanilishi mumkin.

Emizish davri

Metronidazol ichga qabul qilinganda ona sutiga qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga teng kontsentrasiyalarda o'tadi. U ona sutiga achchiq ta'm berishi mumkin. 

Chaqaloqni preparat ta'siridan himoyalash uchun metronidazolni qabul qilishni yoki metronidazolni qabul qilish davri davomida emizishni to'xtatish, shuningdek ona uchun davolanish zaruratini inobatga olgan holda, davolash tugatilganidan so'ng 12-24 soatga emizishni to'xtatib turish kerak.

KLION D 100 0,1+0,1 tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KLION®– D 100

KLION® D 100

Preparatning savdo nomi: KLION®– D 100

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): metronidazol/mikonazol (metronidazole/miconazole)

Dori shakli: vaginal tabletkalar

Tarkibi:

Har bir vaginal tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: metronidazol – 100 mg, mikonazol nitrati – 100 mg;

yordamchi moddalar: natriy laurilsulfati, kremniy dioksidi kolloid suvsiz, magniy stearati, povidon, natriy gidrokarbonati, vino kislotasi, natriy karboksimetilkraxmali (A tipi), krospovidon, gipromelloza, laktoza monogidrati.

Ta‘rifi: deyarli oq rangli, taxminan 24 mm x 14 mm o‘lchamli ikki tomoni o‘tkirlashgan oval shaklli, bir tomonida “100” gravirovkasi bo‘lgan ikki yoqlama qavariq vaginal tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Mikroblarga qarshi va antiseptik vositalar, kortikosteroidlar bilan majmuadan tashqari. Imidazol hosilalari.

ATX kodi: G01AF20.

Farmakologik xususiyatlar

Farmakodinamikasi

Metronidazol mahalliy va peroral qo‘llash uchun trixomoniazni davolash uchun preparat hisoblanadi. Mikonazol nitrati dermatofitlar va Candida tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash uchun zamburug‘larga qarshi ta‘sirga ega bo‘lgan samarali preparatdir; bundan tashqari mahalliy qo‘llaganda qator grammusbat bakteriyalarga nisbatan yaqqol bakteriostatik ta‘sirga ega. Mazkur majmuaviy preparatni mahalliy qo‘llashdan maqsad trixomoniazni mahalliy davolash, shuningdek metronidazol bilan davolashdan so‘ng ko‘pincha namoyon bo‘ladigan vaginal mikozni oldini olish hisoblanadi.

Preparat shuningdek metronidazol bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lmagan vaginal mikozlarni davolashda qo‘llanilishi mumkin.

Farmakokinetika

Metronidazol va mikonazol nitrati mahalliy qo‘llanganida ularni shilliq qavatlar orqali biroz so‘rilishi kuzatiladi. Metronidazol ham, mikonazol nitrati ham qayd qilinishi mumkin bo‘lgan miqdorlarda so‘rilmaydi. Bu muvofiq ravishda  0,2 mkg/ml va 0,3 mkg/ml dan kam qiymatlarga mos keladi.

Metronidazol peroral yuborilganida yaxshi so‘riladi, zardobdagi konsentrasiyasining cho‘qqisiga birinchi va uchinchi soat o‘rtasida erishiladi. 250 mg metronidazol bir marta peroral qabul qiliganidan keyin zardobdagi maksimal konsentrasiyasi gazli xromatografiya yordamida aniqlanganda 5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganda preparatning biokiraolishligi deyarli 100% ni tashkil qiladi

Sog‘lom ko‘ngillilar va pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma‘lumotlariga muvofiq, metronidazol orqa miya suyuqligiga tez kiradi va bosh miya absseslari va o‘pka absseslarida terapevtik konsentrasiyalariga yetadi. U yuqori taqsimlanish hajmiga ega bo‘lib, aylanayotgan metronidpzolning 20% dan kam miqdori plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat o‘t chiqarish yo‘llarga kiradi va xuddi qon plazmasidagi konsentrasiyalaridek konsentrasiyalarga erishiladi. Metronidazolning o‘rtacha yarim chiqarilish davri sog‘lom ko‘ngillilarda 8 soatni tashkil etadi. Metronidazol va uning metabolitlarining asosiy chiqarilish yo‘li siydik hisoblanadi (dozaning 60-80%), dozaning 6-15% ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Ayollarda trixomoniaz va/yoki siydik-tanosil yo‘llarning zamburug‘li infeksiyalarini mahalliy davolash uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalar

Trixomoniazda: metronidazolni ichga qabul qilish bilan bir vaqtda, 1 Klion-D 100 vaginal tabletkasini oldindan biroz ho‘llab, kuniga bir marta (kechqurun uyqudan avval) 10 kun davomida qinga chuqur kiritish kerak.

Shu 10 kun davomida har kuni ichga 2 tabletka metronidazol (250 mg x 2 marta) (bir tabletka ertalab va bir tabletka kechqurun) ovqat vaqtida yoki undan so‘ng chaynamay qabul qilish kerak.

To‘liq sog‘ayishga, faqat agar jinsiy sherik bir vaqtda metronidazol  (ichga qabul qilish uchun tabletkalar) bilan davolash kursini qabul qilsagina erishish mumkin.

Davolash samara bermagan hollarda: 10 kunlik davolash kursini takrorlash mumkin.

Kandidozda: 1 Klion-D 100 vaginal tabletkasini oldin biroz ho‘llab, 10 kun davomida kuniga bir marta (kechqurun uyqudan avval) qinga chuqur kiritish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  1. Klion-D 100 vaginal tabletkalarini mahalliy qo‘llanganda ta‘sirlanish paydo bo‘lgan holatlar to‘g‘risida xabar berilgan. Kam hollarda mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuz berishi mumkin.
  2. Ichga qabul qilish uchun metronidazol tabletkalari bilan majmuada qo‘llanganda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar yuz berishi mumkin:

A‘zolar tizimla-ri sinfi (MedDRA me‘yoriy -huquqiy faoliyat-ning tibbiy lug‘ati) 12.1) Juda tez­tez

≥1/10

Tez­tez (≥1/100 dan <1/10 gacha) Tez­tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha) Kam hollarda (≥1/10 000 dan 1/1 000 gacha) Juda kam hollarda

(<1/10 000)

 

Infeksiyalar va invaziyalar       Zamburug‘li superinfeksiya (masalan, kandidoz)  
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar         Neytropeniya  (leykopeniya)

trombositopeniya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar         Anafilaktik reaksiyalar
Moddalar almashinuvi va ovqatlanishni buzilishlari     Ishtahani pasayishi    
Ruhiy buzilishlar

 

      Ongni chalkashish holati  
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i   Periferik neyropatiya

(gipesteziya)

Bosh aylanishi, Tirishish  Koordina-siyani buzilishi,

Uyquchanlik

Disgevziya  (og‘izda metall ta‘mi)

   
Ovqat hazm qilish tizimi tomoni-dan buzilishlar Ko‘ngil aynishi Qorinda og‘riq,

Ichak sanchig‘iLLT, Diareya

Qusish, tilni karash bilan qoplanishi    
Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar         Xolestaz

Sariqlik

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar     Angionevrotik shish, Terini qichishishi, Toshma Eshakemi   Ko‘p shaklli eritema
Tizimili buzilishlar va yuborish joydagi buzilishlar

 

    Yuborish joyida ta‘-sirlanish, Tana haroratini oshishi    
Laborator ko‘rsatkichlar       Siydik rangini o‘zgarishi * “Jigar” fermentlari faolligini oshishi

* Siydikni to‘qlashishi metronidazolning metaboliti bilan bog‘liq, lekin bu klinik ahamiyatga ega emas.

  1. Periferik neyropatiya (qo‘l-oyoqlarni uvushib qolishi), bosh og‘rig‘i, tirishishlar, uyquchanlik, bosh aylanishi, koordinasiya buzilishi va ongni chalkashishi holatlari preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qabul qilinganda kamdan-kam hollarda kuzatilgan.

Doza kamaytirilganidan so‘ng yoki terapiya to‘xtatilganda yuqoridagi jadvalda keltirilgan alomatlar o‘zi-o‘zidan yo‘qolgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi modda yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vaginal qo‘llanganda metronidazol va mikonazol nitratining o‘zaro ta‘sirlari yuzasidan ma‘lumotlar hozirgi vaqtgacha ma‘lum emas.

Klion-D 100 vaginal tabletkalarini ichga qabul qilish uchun metronidazol tabletkalari bilan majmuada qo‘llaganda dori vositalarning quyidagi o‘zaro ta‘siri yuz berishi mumkin:

  • Metronidazol peroral antikoagulyantlarning antikoagulyasion samarasini potensiya qilishi mumkin, bu protrombin vaqtini uzayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun ularning dozasiga tuzatish kiritish lozim.
  • Ferment induktorlari (masalan, fenitoin, fenobarbital) metronidazolning metabolizmini tezlashishiga yordam berishi mumkin, bu fenitoinning plazmadagi darajasini pasayishiga va plazmadagi klirensini oshishiga olib kelishi mumkin.
  • Ferment ingibitorlari (masalan, simetidin) metronidazolning yarim chiqarilish vaqtini uzaytirishi va plazmadagi klirensini kamaytirishi mumkin.
  • Metranidazolni qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilish disulfiramsimon nojo‘ya samaralarni (ichak sanchig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishini) chaqirishi mumkin.
  • Metronidazol va disulfiram birga qabul qilinmasligi lozim (additiv ta‘sir, psixotik reaksiyalar, ongni chalkashishi yuz berishi mumkin)
  • Metronidazolni qabul qilinishi qon plazmasida litiyni oshishiga olib kelishi mumkin, shu boisdan metronidazol bilan davolashdan oldin litiy preparatlarining dozasini kamaytirish yoki ularni bekor qilish kerak.
  • Siklosporin va metronidazolni bir vaqtda qo‘llangan hollarda, qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Agar ushbu preparatlar bilan majmuaviy davolash zarur bo‘lsa, qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi.
  • Metronidazol 5-ftorurasilning klirensini kamayiga va uning toksikligini oshishiga zamin yaratadi.
  • Metronidazol qon zardobining aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT), laktatdegidrogenaza (LDG), trigliseridlar va glyukozogeksokinaza kabi ayrim biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Klion-D 100 preparati bilan davolanish kursi davomida, shuningdek u tugatganidan so‘ng kamida bir kun davomida alkogolli ichimliklar iste‘mol qilish man etiladi.

Klion-D 100 vaginal tabletkalari preparati bilan davolanish davrida jinsiy aloqa qilishdan saqlanish kerak.

Davolash samara bermagan hollarda, boshqa tizimli trixomonadosid va/yoki zamburug‘larga qarshi preparatga almashtirish tavsiya qilinadi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, shilliq qatlamlar ta‘sirlanishi vujudga kelgan taqdirda ushbu preparat bilan davolanishni to‘xtatish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Metronidazol peroral qabul qilganda yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va tezda homila qon oqimiga o‘tadi.

Reproduktiv toksiklikni o‘rganish yuzasidan kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda odamda qo‘llaniladigan dozadan besh barobar yuqori dozalar qo‘llanilgan. Bu tadqiqotlar davomida metronidazolning ta‘siri ostida fertillikni buzilishi yoki homilani shikastlanishi alomatlari aniqlanmagan. Sichqonlarga odamda qo‘llaniladigan dozaga yaqin bo‘lgan miqdorda intraperitoneal yuborilganda, metronidazol fetotoksik ta‘sir ko‘rsatgan. Ammo homilador sichqonlarga peroral yuborilganda, fetotoksik ta‘sir kuzatilmagan. Shunday bo‘lsada, hozirgi vaqtda homilador ayollarda adekvat va nazoratli tadqiqot natijalari mavjud emas. Homiladorlikning birinchi uch oyligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining meta-tahlili asosida fetotoksik ta‘sir oshishi kuzatilmaganligi to‘g‘risida xulosa qilingan.

Shunga qaramay, metronidazol homiladorlik davrida (ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligida) faqat kutilayotgan foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llanilishi mumkin.

Emizish davri

Metronidazol ichga qabul qilinganda ona sutiga qon plazmasidagi konsentrasiyasiga teng konsentrasiyalarda o‘tadi. U ona sutiga achchiq ta‘m berishi mumkin.

Chaqaloqni preparat ta‘siridan himoyalash uchun metronidazolni qabul qilishni yoki metronidazolni qabul qilish davri davomida emizishni to‘xtatish, shuningdek ona uchun davolanish zaruratini inobatga olgan holda, davolash tugatilganidan so‘ng 1-2 kunga emizishni to‘xtatib turish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Klion-D 100 vaginal tabletkalari preparati transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ilshash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat faqat intravaginal qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bexosdan og‘iz orqali ko‘p miqdorda preparat qabul qilingan bo‘lsa, me‘dani yuvish kerak. Dozani oshirib yuborilishi natijasida zaharlanish alomatlari (ko‘ngil aynishi, qusish va ataksiya) yuz bersa, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, gemodializ kabi simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Spesifik antidot yo‘q. Metronidazol va uning metabolitlari dializ yordamida yaxshi chiqariladi.

Chiqarilish shakli

10 vaginal tabletka yumshoq alyuminiy folgali blisterda.

1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘lik va namlik ta‘siridan himoyalash uchun original o‘ramda 30°C dan ortiq bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KLION D 100 0,1+0,1 tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KLION D 100 0,1+0,1 tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KLION D 100 0,1+0,1 tabletkalari N10 dori vositasi Гедеон Рихтер - Рус ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KLION D 100 0,1+0,1 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KLION D 100 0,1+0,1 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KLIOTRAN tabletkalari 100mg/100mg N10
Narh: 37 400 so'mdan Batafsil
GINOKAPS FORTE kapsulalar 100mg+500mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УП МИНСКИНТЕРКАПС
  • Vakil: "MARI PHARM" OOO
NEO PENOTRAN FORTE suppozitorii N7
Narh: 128 800 so'mdan Batafsil
LIMENDA suppozitorii 750mg/200mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
METROMIKON NEO suppozitorii N14
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
LIMENDA suppozitorii 750mg/200mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 65 100 so'mdan Batafsil
GINOKAPS kapsulalar 100mg/100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УП МИНСКИНТЕРКАПС
  • Vakil: "MARI PHARM" OOO
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
METROMIKON suppozitorii N10
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KLION D 100 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
  • Vakil: Gedeon Richter
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9