Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LAKTOKSIL®
LACTOXYL
Preparatning savdo nomi: Laktoksil®
Dori shakli: infuziya uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 75,0 mg ksilit, 10,5 mg natriy laktati, 2,88 mg natriy xloridi, 0,10 mg kalsiy xloridi (kalsiy xlorid digidrati ko‘rinishida), 0,30 mg kaliy xloridi, 0,10 mg magniy xloridi (magniy xloridi geksagidrati ko‘rinishida);
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik.
Nazariy osmolyarligi – 790 mOsm/l; rN – 6,0-7,6.
Preparatning ion tarkibi: Na+ – 143,0 mmol/l, K+ – 4,0 mmol/l, Ca++ – 0,9 mmol/l,
Mg++ – 1,1 mmol/l, Cl– – 57,2 mmol/l, SN3SN(ON)SOO– – 93,7 mmol/l.
Energetik qiymati – 300 kkal/l;
Farmakoterapevtik guruhi: Vena ichiga yuborish uchun qo‘shimcha eritmalar. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada.
ATX kodi: V05XA31.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Laktoksil® reologik, shokka qarshi, dezintoksikasiyalovchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatda asosiy ta‘sir etuvchi moddalari ksilit va natriy laktatidir. Ksilit – besh atomli spirt bo‘lib, vena ichiga yuborilganda umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida to‘planadi, qolgan ksilit boshqa a‘zo (buyrak, yurak, buyrak osti bezi, me‘da osti bezi, bosh miya) to‘qimalari tomonidan o‘zlashtiriladi va siydik bilan chiqariladi. Ksilitning izotonik eritmasi dezagregant ta‘sir ko‘rsatadi va shu yo‘l bilan to‘qimalar perfuziyasi va mikrosirkulyasiyasini yaxshilaydi.
Uglevodlar almashinuvi mahsuloti bo‘lgan ksilit pentitol hisoblanadi va metabolizmning pentozofosfat sikliga bevosita kirishadi. Ksilit fruktoza va sorbitoldan farqli ravishda, jigarda nukleotidlar kamayishiga olib kelmaydi (ATF, ADF, AMF), u yana fruktozani o‘zlashtira olmaydigan yoki fruktozo-1,6-difosfotaza fermenti tanqisligi bo‘lgan bemorlarga yuborish uchun xavfsizdir. Ksilit glyukozaga nisbatan kuchliroq antiketogen va azotni tejovchi ta‘sir ko‘rsatadi va xam operasiyadan oldin, xam operasiyadan keyin bir xilda yaxshi o‘zlashtiriladi deb hisoblanadi. Ksilit, insulinga bog‘liq bo‘lmagan metabolizmga ega bo‘lgan energiya manbai ekanligini e‘tiborga olib, ksilit, antiketogen va lipotrop ta‘sir ko‘rsatadi va u ayniqsa me‘da–ichak yo‘llarida operasiya o‘tkazgan bemorlarda parenteral oziqlantirish vositasi sifatida qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Ksilitning maksimal utilizasiya tezligi tana vazniga soatiga 0,25 g/kg ni tashkil etadi.
Natriy laktati sekin ta‘sir qiluvchi ishqorlashtiruvchi vositalar guruhiga kiradi. Natriy laktatini qon tomir havzasiga yuborilganda, undan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqib, bikarbonatni hosil qiladi, bu esa qonning ishqoriy rezervini oshishiga olib keladi.
Natriy gidrokarbonati eritmasidan farqli ravishda, natriy laktati yordamida metobolik asidozni muvofiqlashtirilishi, uni moddalar almashinuvga kirishishiga qarab sekinroq kechadi va rN ni keskin o‘zgarishlariga olib kelmaydi. Ko‘pgina tadqiqotlarda, natriy laktati yurak-qon tomir faoliyatiga, shuningdek qonning nafas faoliyatini regenerasiyasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, dezintoksikasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi, diurezni kuchayishiga yordam beradi, jigar va buyrak funksiyasini yaxshilaydi. Natriy laktatining ta‘siri yuborilgandan keyin 20-30 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi.
Natriy xloridi regidratasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi, turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari tanqisligini to‘ldiradi.
Kalsiy xloridi kalsiy ionlari tanqisligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarni qisqarishi, miokard faoliyati, suyak to‘qimasini shakllanishi va qon ivishi uchun zarurdir. Hujayralar va qon tomir devori o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, organizmning infeksiyalarga qarshi chidamliligini oshiradi.
Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta‘sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa – manfiy ino-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta‘sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Asetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarini qisqarishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Laktoksil® o‘z tarkibiga ko‘ra, ko‘p komponentli giperosmolyar eritmalar guruhiga kirishini hisobga olish kerak.
Preparatni vena ichiga yuborilgandan so‘ng qonning osmotik bosimi oshadi, suyuqliklarni to‘qimalardan qon tomir havzasiga o‘tishi kuchayadi, moddalar almashinuvi jarayoni kuchayadi, jigarning dezintoksikasion funksiyasi yaxshilanadi, yurak faoliyati kuchayadi, diurez oshadi.
Ksilit umumiy metabolizmga tezda kirishadi, 80-90% jigarda utilizasiya qilinadi va glikogen shaklida to‘planadi, 5% miya to‘qimasida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida to‘planadi, 6-12% siydik orqali chiqariladi. Qon tomirga yuborilganda natriy laktatdan, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kapillyar qon aylanishni yaxshilash uchun profilaktika maqsadida va travmatik, operasion, gemolitik, toksik va kuyish oqibatidagi shokni davolashda, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida; intoksikasiya bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarda, surunkali gepatitlarni zo‘rayishida; sepsisda, jarrohlik amaliyotidan oldin tayyorlashda va jarrohlik amaliyotidan keyin, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun; kislota-ishqor holatini muvofiqlashtirish uchun; parsial va to‘liq parenteral oziqlantirish doirasida organizmni kaloriyaga ehtiyojini qisman qoplash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Laktoksil® ni kattalarga minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minutdan so‘ng reaksiya bo‘lmasa, Laktoksil® oqim bilan yuboriladi.
Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (bemorning tana vazniga nisbatan 10-15 ml/kg) dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi. Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (bemorning tana vazniga nisbatan 6-7 ml/kg) dan tomchilab yuboriladi. O‘tkir qon yo‘qotishda kattalarga 1200-1600 ml dan (tana vazniga
20 ml/kg gacha) yuboriladi. Bunday hollarda reosorbilakt infuziyasini kasalxonagacha bo‘lgan bosqichida, ixtisoslashtirilgan tez yordam mashinasida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Operasiyadan oldingi davrda va turli jarrohlik aralashuvlaridan keyin preparat 400 ml dozada (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab, 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliterasiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg hisobidan dozada tomchilab, takroran, kunora yuboriladi, davolash kursi 10 ta infuziyagacha yetkaziladi.
Bemorlarni parenteral oziqlantirish uchun, shu jumladan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda – 600-1000 ml dan (bemorning tana vazni kilogrammiga 10-15 ml), kuniga bir yoki ikki marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrosianoz.
Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.
Teridagi o‘zgarishlar: teri toshmalari, eshakemi, qichishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik. Laktoksil® ni alkalozda, shuningdek ko‘p miqdorda suyuqlik quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensasiyalarida, arterial gipertenziya III bosqichi, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas.
Nomutanosiblik. Laktoksil®ni fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat kislota-ishqor holati va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funksional holati va arterial bosim nazorati ostida qo‘llanadi. Kalkulyoz xolesistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda preparatni yuborish qonda qand miqdorini nazorati ostida amalga oshiriladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emasligi to‘g‘rsida ma‘lumotlar mavjud emas.
Bolalar.
Bolalarda qo‘llash tajribasi xususida yetarlicha ma‘lumotlar yuq
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.
Preparatni stasionar sharoitida qo‘llanilgani sababli, bunday ta‘siri haqida ma‘lumotlar yuq
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilganda mustaqil tez o‘tib ketadi, ba‘zida kollaps, suvsizlanish (diurezni kuchayishi hisobiga) kuzatiladi. Yuborish tezligi oshirilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq avj olishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil ravishda tezda yo‘qoladi.
Chiqarilish shakli
200 ml, 400 ml dan butilkalarda.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha