×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LUSETAM 0,2/ML eritma 5ml N10

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Пирацетам
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Эгис Фармацевтический завод ОАО
ATX kodi:
- N06BX03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

NEYROSITIN eritma 100ml Юрия-Фарм, ООО Ukraina
31 900 s`om dan
NIVALIN eritma 1 ml 1 mg/ml N10 Софарма АО Bolgariya
100 800 s`om dan
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10 АРМАВИРСКАЯ БИОФАБРИКА, ФКП Rossiya
72 284 s`om dan
123 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LUSETAM 0,2/ML eritma 5ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumotnoma)

LUSETAM®

400 mg, 800 mg, 1200 mg li

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

(pirasetam)

 

Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing.

  • Bu varaqani saqlang. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qish talab qilinishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.
    • Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. U xatto, agar ularda kasallikni xuddi shunday simptomlari bo‘lsa ham ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling (4-bo‘limga qarang).

 

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday saqlash kerak.
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi.
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar.

  1. Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Lusetam® preparatining faol moddasi – pirasetam – u nerv hujayralarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, xujayralarni o‘rab turuvchi xujayra membranalarining strukturasini normallashtiradi va faoliyatini tiklaydi, shunday qilib hujayralar o‘rtasidagi ma‘lumotlar oqimini yaxshilaydi. Pirasetam bosh miyada qon oqimini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Pirasetam qon plastinkalarini bir-biriga yopishishi va ularini qon tomir devoriga bog‘lanib qolishini kamaytiradi, bu esa tromb (qon quyqasi) hosil bo‘lishi va tomir bo‘shlig‘ini yopilib qolishi rivojlanishini birinchi bosqichi hisoblanadi.  

 

Qo‘llanilishi

  • Bosh miya faoliyatini buzilishi yoki zararlanishi natijasida rivojlanadigan xotira buzilishi, diqqat va qiziqishni (motivasiya) kamayishi.
  • Miyada qon aylanishi buzilishi oqibatlarini davolashda (birinchi navbatda afaziyani).
  • Kortikal miokloniyani davolash (markaziy nerv tizimidagi buzilishlar bilan bog‘liq mushaklarning normal bo‘lmagan tortishishlari).
  • Bosh aylanishi va muvozanat xissini buzilishlarini davolash (ruhiy xarakterdagi buzilishlar va qon tomir o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lgan buzilishlardan tashqari).
  • Alkogolli abstinent sindromni kompleks davolashning tarkibiy qismi sifatida, shuningdek spirtli ichimliklarini surunkali iste‘mol qilishga bog‘liq bo‘lgan kognitiv buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Bolalar va 8 yoshdan katta o‘smirlar

  • Disleksiyasi (o‘qishda qiyinchilik) bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalarda – boshqa davolash usullari (shu jumladan, logopedik usullar) bilan birga qo‘llanadi.

 

  1. Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Lusetam® qobiq bilan qoplangan  tabletkalari preparatini quyidagilarda qabul qilish mumkin emas.

  • agar Sizda pirasetamga, pirrolidonning boshqa hosilalariga yoki 8bo‘limda berilgan preparatning har qanday yordamchi moddalariga nisbatan allergiya bo‘lsa
  • agar Sizda buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichi bo‘lsa
  • miyaga qon quyilishida (gemorragik insult)
  • agar Siz Xantington xoreyasi bilan xastalangan bo‘lsangiz.

 

Tibbiyotda qo‘llanganida ehtiyotkorlik choralari

Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin albatta davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Quyidagilarda albatta davolovchi shifokorga xabar bering:

  • Agar Siz buyrak kasalliklari bilan og‘risangiz, chunki bunday holatlarda Lusetam® preparatini chiqarilishi sekinlashadi va bu uning samarasini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Dozasini o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Keksa pasientlarda shifokor buyrak faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib turadi.
  • Agar Sizda qon ivishi buzilgan bo‘lsa, og‘ir qon ketishi kuzatilishi mumkin yoki Siz qon ketishi rivojlanishini yuqori xavfi mavjud guruhga kirsangiz (masalan, me‘da yoki ichak yarasi sababli).
  • Agar Sizda avval miyaga qon quyilishi (gemorragik insult) bo‘lgan bo‘lsa.
  • Agar Sizda katta operasiya o‘tkazilgan bo‘lsa, shu jumladan stomatologik.
  • Agar Sizda markaziy nerv tizimidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan mushaklarni tirishishli qisqarishlari bo‘lsa; chunki Lusetam® preparatini keskin bekor qilish, preparatni bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kasallikni keskin zo‘rayishini – tirishish xurujini chaqirishi mumkin.

Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda Lusetam® preparatini qo‘llash yuqori darajadagi tibbiy nazoratni talab etadi.

 

Bolalar va 8 yoshdan katta o‘smirlar

Lusetam® ni disleksiyasi (o‘qishda qiyinchilik) bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalarga logopedik davolash bilan birga buyurish mumkin.

 

Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati va boshqa dori vositalari

Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan har qanday dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Agar Siz quyidagi dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta davolovchi shifokoringizga xabar bering:

  • qalqonsimon bez gormonlarini saqlovchi preparatlar.
  • antikoagulyantlar.
  • asetilsalisil kislotasi (og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi dori vositalari, shuningdek yurakqon tomir kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladigan dori vositalari).

Bunday holatlarda e‘tiborli tibbiy nazoratni o‘tkazish, ba‘zi holatlarda esa – dori vositasini dozasini o‘zgartirish lozim.

 

Lusetam® preparati bilan bir vaqtda ovqat, ichimlik va alkogolni iste‘mol qilish

Ushbu dori vositasini och qoringa yoki ovqat bilan qabul qilish mumkin. Tabletkani ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan ichish kerak.

 

Fertillik, homiladorlik va emizish davri

Agar Siz homilador, emizikli bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan yoki bolali bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevtga bu haqida xabar bering.

Homiladorlik

Preparatni homiladorlik vaqtida klinik qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, faqat preparatning xavfi/foyda sinchkov baholangandan keyingi kamdan-kam o‘ziga xos holatlardan tashqari hollarda, homilador ayollarga pirasetamni qo‘llashdan saqlanish lozim.

Emizish

Faol modda pirasetam yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun Lusetam® ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas yoki Lusetam® preparati bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri 

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarini hisobga olib, pirasetamni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirini inkor etib bo‘lmaydi. Shuning uchun shifokor cheklov yoki man qilish darajasini har bir pasient uchun individual belgilashi kerak. 

 

  1. Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak.

Bu preparatni qat‘iy shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilish kerak. Agar Sizda savol tug‘ilsa shifokorga murojaat qiling.

Doza va davolanish davomiyligi Sizning davolovchi shifokoringiz tomonidan Sizning ahvolingiz, yoshingiz va boshqa kasalliklarni hisobga olgan holda aniqlanadi.

Dozalash tartibi

Turli xil ko‘rsatmalarda tavsiya qilinadigan dozalari:

– Bosh miya  faoliyatini buzilishi yoki zararlanishi natijasida rivojlanadigan xotira buzilishi, diqqat va qiziqishni (motivasiya) kamayishi:

tavsiya qilinadigan sutkalik dozasi 2,4-4,8 g kuniga ikki-uch mahal qarta qilishga buyuriladi.

– Miyada qon aylanishi buzilishi oqibatlarini davolash:

o‘tkir osti yoki surunkali kasalliklarda (davomiyligi 15 kundan ko‘proq) 4,8-6 g doza tavsiya qilinadi.

– Kortikal miokloniya (markaziy nerv tizimidagi buzilishlari bilan bog‘liq mushaklarni normal bo‘lmagan tortishishlari):

tavsiya qilinadigan boshlang‘ich sutkalik dozasi – 7,2 g, shundan so‘ng zaruratga ko‘ra, dozani 4,8 g dan 3–4 kunlik interval bilan maksimal dozasi 24 g gacha  oshirish mumkin, kuniga ikki-uch qabul qilishga buyuriladi.

– Bosh aylanishi:  

tavsiya qilinadigan doza 2,4-4,8 g kuniga ikki-uch mahal qabul qilishga buyuriladi.

– Alkogolni bekor qilish sindromi:

kuniga 12 g, keyin sutkada 2,4 g dan davolashni bir maromda ushlab turuvchi doza.

Davolash davomiyligi pasientning ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Surunkali kasalliklarda optimal samaraga 6-12 haftadan so‘ng erishiladi. 3 oylik davolash davridan so‘ng davolashni davom ettirishga zarurat borligini qayta baholash kerak. Agar uzoqroq davolashga zarurat tug‘ilsa, davolashni davom ettirish zaruratiga baho berish har 6 oyda o‘tkaziladi.

Buyrak faoliyatini buzilishida preparatning dozasini o‘zgartirishga zarurat tug‘ilishi mumkin.

 

O‘smirlar va 8 yoshdan katta bolalar

Lusetam® preparati disleksiyasi bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalar va o‘smirlarda logopedik usullar bilan birga buyuriladi, tavsiya etiladigan maksimal doza ikki mahal qabul qilishga 3,2 g ni tashkil qiladi.

Qo‘llash usuli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilish uchun.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani 2-4 marta qabul qilish uchun bo‘lish kerak. Tabletkalarni ovqat vaqtida yoki ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan ravishda vaqtda 100-
200 ml suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

 

Agar Siz Lusetam® tabletkalarini tavsiya qilinganidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz Lusetam® tabletkalarini tavsiya qilinganidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol davolovchi shifokorga murojaat qiling.

 

Agar Siz Lusetam® tabletkasini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz Lusetam® tabletkasini buyurilgan dozasini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi tabletkalarni qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, preparatni ikki barobar dozasini qabul qilmang. Siz o‘tkazib yuborilgan tabletkani o‘rnini qoplay olmaysiz, lekin dozani oshirib yuborish xavfini oshirishingiz mumkin. Vaqtida qabul qilinmagan tabletkani o‘tkazib yuboring va preparatni odatdagi tartibda qabul qiling.

 

Agar Siz Lusetam® tabletkasini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Davolovchi shifokor preparatni bekor qilishga qaror qilmaguncha Lusetam® tabletkasini qabul qilishni to‘xtatmang.

Agar Sizda ushbu dori vositasini qabul qilish yuzasidan qo‘shimcha savollar tug‘ilsa o‘zingizning davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

 

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Hamma dori vositalar kabi, ushbu preparat ham kutilmagan reaksiyalar chaqirishi mumkin, biroq bular hammada ham yuzaga kelmaydi.

Allergik reaksiyalarga bog‘liq bo‘lgan og‘ir nojo‘ya ta‘sirlar, tez-tezligi noma‘lum:

  • yutishni yoki nafas olishni qiyinlashtiruvchi lab, og‘iz yoki tomoqlarni shishi
  • xushdan ketish yoki shunga o‘xshash holat
  • eshakemi

Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan simptomlardan birini aniqlasangiz, preparatni qabul qilmang va tezda shifokorga murojaat qiling!

Keyingi nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida klinik tadqiqotlar vaqtida, shuningdek preparatni ro‘yxatga olinganidan keyingi davrda ham xabar berilgan:

Tez-tez (100 pasientdan 1-10 foizida uchraydi):

Birdan paydo bo‘ladigan majburiy xarakatlar (giperkinez), tana vaznini oshishi, asabiy holat.

Tez-tez emas (1000 pasientdan 1-10 foizida uchraydi):

Xolsizlik, depressiya, uyquchanlik

Tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlarga asoslanib baholashni iloji yo‘q):

Qon ketishi, bezovtalik, xavotirli holat, ongni chalkashishi, gallyusinasiya, ataksiya (koordinasiyani buzilishi), muvozanat xissini buzilishi, tutqanoqni kechishini yomonlashishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bosh aylanishi (vertigo), qorindagi og‘riq, qorinni yuqori qismidagi og‘riqlar, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish, terida toshmalar, qichishish.

 

Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar berish

Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish orqali, Siz ushbu preparatning xavfsizligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam berasiz.

 

  1. Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qanday saqlash kerak.

15-30°S haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatining sifatini buzilishini yaqqol belgilari bo‘lsa (masalan, rangini o‘zgarishi bo‘lsa) qabul qilish mumkin emas.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramda ko‘rsatilgan.

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.

Yaroqlilik muddatini tugash sanasi bo‘lib, ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqava suvga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmaydigan preparatni tashlab yuborish zarur bo‘lsa farmasevt bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.

 

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

 

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalar o‘zida nimalar saqlaydi

Ta‘sir qiluvchi modda: pirasetam

Lusetam® 400 mg li qobiq bilan qoplangan  tabletkalar

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 400 mg pirasetam saqlaydi,

Lusetam® 800 mg li qobiq bilan qoplangan  tabletkalar

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 800 mg pirasetam saqlaydi,

Lusetam® 1200 mg li qobiq bilan qoplangan  tabletkalar

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 1200 mg pirasetam saqlaydi.

Yordamchi moddalar:

magniy stearati, povidon K-30,makrogol 6000, dibutilsebakat, titan dioksidi, talk, etilsellyuloza, gipromelloza.

 

 

Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatning tashqi ko‘rinishi va o‘ram tarkibi

Tashqi ko‘rinishi:

Lusetam® 400 mg li qobiq bilan qoplangan  tabletkalar

Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, hidsiz, bir tomonida faskali va Ye 241 gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Lusetam® 800 mg li qobiq bilan qoplangan  tabletkalar

Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, hidsiz, ikki tomonida riskali va faskali, bir tomonida Ye 242 gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Lusetam® 1200 mg li qobiq bilan qoplangan  tabletkalar

Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, hidsiz, bir tomonida faskali va Ye 243 gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

O‘ram:

Lusetam® 400 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar: 60 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylashtirilgan.

Lusetam® 800 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar: 30 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylashtirilgan.

Lusetam® 1200 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar: 20 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylashtirilgan.

Flakonlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LUSETAM 0,2/ML eritma 5ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LUSETAM 0,2/ML eritma 5ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LUSETAM 0,2/ML eritma 5ml N10 dori vositasi Эгис Фармацевтический завод ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LUSETAM 0,2/ML eritma 5ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LUSETAM 0,2/ML eritma 5ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PIRASETAM tabletkalari 400mg N60
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 10ml 20% N10
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
  • Vakil: Novopharma Plus OT MChJ
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd
  • Vakil: Novopharma Plus OT MChJ
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
NOOTROPIL tabletkalari 1200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glaxo SmithKline Export Limited, Великобритания произведено: UCB Pharma SA
NOOTROBRIL GT tabletkalari 800mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Oriental Pharma IE Corporation
MESETAM tabletkalari 1200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: Unipharma
  • Vakil:
PIRASETAM kapsulalar 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
PIRASETAM tabletkalari 0,2g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
PIRASETAM tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SAMO, OOO
PIRASETAM tabletkalari 200mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница АО
LUSETAM tabletkalari 800mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 1200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
NOOTROPIL tabletkalari 800mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glaxo SmithKline Export Limited, Великобритания произведено: UCB Pharma SA
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
NOOTROPIL inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/5 ml N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Сonsumer Healthcare, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
NOOTROBRIL GT tabletkalari 1200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Oriental Pharma IE Corporation
NOOTROBRIL GT inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Oriental Pharma IE Corporation
MESETAM tabletkalari 800mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: Unipharma
  • Vakil:
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SUPRASTIN inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTIN tabletkalari 25mg N20
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
ROZULIP tabletkalari 20mg N28
Narh: 159 999 so'mdan Batafsil
ROZULIP tabletkalari 10mg N28
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
TULOZIN kapsulalar 0,0004g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Tamsulozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
STIMULOTON tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Sertralin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTINEKS tomchilar dlya priema vnutr 20ml 5mg/ml
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
SUPRASTINEKS tabletkalari 5mg N7
SUPRASTINEKS tabletkalari 5mg N14
PARLAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
ROZULIP tabletkalari 5mg N28
Другие формы препарата
LUSETAM tabletkalari 800mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
LUSETAM tabletkalari 1200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
LUSETAM 0,8 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
LUSETAM 1,2 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9