QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(pasientlar uchun ma‘lumotnoma)
LUSETAM®
400 mg, 800 mg, 1200 mg li
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
(pirasetam)
Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing.
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:
Lusetam® preparatining faol moddasi – pirasetam – u nerv hujayralarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, xujayralarni o‘rab turuvchi xujayra membranalarining strukturasini normallashtiradi va faoliyatini tiklaydi, shunday qilib hujayralar o‘rtasidagi ma‘lumotlar oqimini yaxshilaydi. Pirasetam bosh miyada qon oqimini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Pirasetam qon plastinkalarini bir-biriga yopishishi va ularini qon tomir devoriga bog‘lanib qolishini kamaytiradi, bu esa tromb (qon quyqasi) hosil bo‘lishi va tomir bo‘shlig‘ini yopilib qolishi rivojlanishini birinchi bosqichi hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
Bolalar va 8 yoshdan katta o‘smirlar
Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini quyidagilarda qabul qilish mumkin emas.
Tibbiyotda qo‘llanganida ehtiyotkorlik choralari
Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin albatta davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Quyidagilarda albatta davolovchi shifokorga xabar bering:
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda Lusetam® preparatini qo‘llash yuqori darajadagi tibbiy nazoratni talab etadi.
Bolalar va 8 yoshdan katta o‘smirlar
Lusetam® ni disleksiyasi (o‘qishda qiyinchilik) bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalarga logopedik davolash bilan birga buyurish mumkin.
Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati va boshqa dori vositalari
Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan har qanday dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.
Agar Siz quyidagi dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta davolovchi shifokoringizga xabar bering:
Bunday holatlarda e‘tiborli tibbiy nazoratni o‘tkazish, ba‘zi holatlarda esa – dori vositasini dozasini o‘zgartirish lozim.
Lusetam® preparati bilan bir vaqtda ovqat, ichimlik va alkogolni iste‘mol qilish
Ushbu dori vositasini och qoringa yoki ovqat bilan qabul qilish mumkin. Tabletkani ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan ichish kerak.
Fertillik, homiladorlik va emizish davri
Agar Siz homilador, emizikli bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan yoki bolali bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevtga bu haqida xabar bering.
Homiladorlik
Preparatni homiladorlik vaqtida klinik qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, faqat preparatning xavfi/foyda sinchkov baholangandan keyingi kamdan-kam o‘ziga xos holatlardan tashqari hollarda, homilador ayollarga pirasetamni qo‘llashdan saqlanish lozim.
Emizish
Faol modda pirasetam yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun Lusetam® ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas yoki Lusetam® preparati bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarini hisobga olib, pirasetamni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirini inkor etib bo‘lmaydi. Shuning uchun shifokor cheklov yoki man qilish darajasini har bir pasient uchun individual belgilashi kerak.
Bu preparatni qat‘iy shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilish kerak. Agar Sizda savol tug‘ilsa shifokorga murojaat qiling.
Doza va davolanish davomiyligi Sizning davolovchi shifokoringiz tomonidan Sizning ahvolingiz, yoshingiz va boshqa kasalliklarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Dozalash tartibi
Turli xil ko‘rsatmalarda tavsiya qilinadigan dozalari:
– Bosh miya faoliyatini buzilishi yoki zararlanishi natijasida rivojlanadigan xotira buzilishi, diqqat va qiziqishni (motivasiya) kamayishi:
tavsiya qilinadigan sutkalik dozasi 2,4-4,8 g kuniga ikki-uch mahal qarta qilishga buyuriladi.
– Miyada qon aylanishi buzilishi oqibatlarini davolash:
o‘tkir osti yoki surunkali kasalliklarda (davomiyligi 15 kundan ko‘proq) 4,8-6 g doza tavsiya qilinadi.
– Kortikal miokloniya (markaziy nerv tizimidagi buzilishlari bilan bog‘liq mushaklarni normal bo‘lmagan tortishishlari):
tavsiya qilinadigan boshlang‘ich sutkalik dozasi – 7,2 g, shundan so‘ng zaruratga ko‘ra, dozani 4,8 g dan 3–4 kunlik interval bilan maksimal dozasi 24 g gacha oshirish mumkin, kuniga ikki-uch qabul qilishga buyuriladi.
– Bosh aylanishi:
tavsiya qilinadigan doza 2,4-4,8 g kuniga ikki-uch mahal qabul qilishga buyuriladi.
– Alkogolni bekor qilish sindromi:
kuniga 12 g, keyin sutkada 2,4 g dan davolashni bir maromda ushlab turuvchi doza.
Davolash davomiyligi pasientning ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Surunkali kasalliklarda optimal samaraga 6-12 haftadan so‘ng erishiladi. 3 oylik davolash davridan so‘ng davolashni davom ettirishga zarurat borligini qayta baholash kerak. Agar uzoqroq davolashga zarurat tug‘ilsa, davolashni davom ettirish zaruratiga baho berish har 6 oyda o‘tkaziladi.
Buyrak faoliyatini buzilishida preparatning dozasini o‘zgartirishga zarurat tug‘ilishi mumkin.
O‘smirlar va 8 yoshdan katta bolalar
Lusetam® preparati disleksiyasi bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalar va o‘smirlarda logopedik usullar bilan birga buyuriladi, tavsiya etiladigan maksimal doza ikki mahal qabul qilishga 3,2 g ni tashkil qiladi.
Qo‘llash usuli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilish uchun.
Tavsiya qilingan sutkalik dozani 2-4 marta qabul qilish uchun bo‘lish kerak. Tabletkalarni ovqat vaqtida yoki ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan ravishda vaqtda 100-
200 ml suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Agar Siz Lusetam® tabletkalarini tavsiya qilinganidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Lusetam® tabletkalarini tavsiya qilinganidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol davolovchi shifokorga murojaat qiling.
Agar Siz Lusetam® tabletkasini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz Lusetam® tabletkasini buyurilgan dozasini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi tabletkalarni qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, preparatni ikki barobar dozasini qabul qilmang. Siz o‘tkazib yuborilgan tabletkani o‘rnini qoplay olmaysiz, lekin dozani oshirib yuborish xavfini oshirishingiz mumkin. Vaqtida qabul qilinmagan tabletkani o‘tkazib yuboring va preparatni odatdagi tartibda qabul qiling.
Agar Siz Lusetam® tabletkasini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolovchi shifokor preparatni bekor qilishga qaror qilmaguncha Lusetam® tabletkasini qabul qilishni to‘xtatmang.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qabul qilish yuzasidan qo‘shimcha savollar tug‘ilsa o‘zingizning davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Hamma dori vositalar kabi, ushbu preparat ham kutilmagan reaksiyalar chaqirishi mumkin, biroq bular hammada ham yuzaga kelmaydi.
Allergik reaksiyalarga bog‘liq bo‘lgan og‘ir nojo‘ya ta‘sirlar, tez-tezligi noma‘lum:
Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan simptomlardan birini aniqlasangiz, preparatni qabul qilmang va tezda shifokorga murojaat qiling!
Keyingi nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida klinik tadqiqotlar vaqtida, shuningdek preparatni ro‘yxatga olinganidan keyingi davrda ham xabar berilgan:
Tez-tez (100 pasientdan 1-10 foizida uchraydi):
Birdan paydo bo‘ladigan majburiy xarakatlar (giperkinez), tana vaznini oshishi, asabiy holat.
Tez-tez emas (1000 pasientdan 1-10 foizida uchraydi):
Xolsizlik, depressiya, uyquchanlik
Tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlarga asoslanib baholashni iloji yo‘q):
Qon ketishi, bezovtalik, xavotirli holat, ongni chalkashishi, gallyusinasiya, ataksiya (koordinasiyani buzilishi), muvozanat xissini buzilishi, tutqanoqni kechishini yomonlashishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bosh aylanishi (vertigo), qorindagi og‘riq, qorinni yuqori qismidagi og‘riqlar, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish, terida toshmalar, qichishish.
Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar berish
Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish orqali, Siz ushbu preparatning xavfsizligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam berasiz.
15-30°S haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatining sifatini buzilishini yaqqol belgilari bo‘lsa (masalan, rangini o‘zgarishi bo‘lsa) qabul qilish mumkin emas.
Yaroqlilik muddati o‘ramda ko‘rsatilgan.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddatini tugash sanasi bo‘lib, ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqava suvga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmaydigan preparatni tashlab yuborish zarur bo‘lsa farmasevt bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalar o‘zida nimalar saqlaydi
Ta‘sir qiluvchi modda: pirasetam
Lusetam® 400 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 400 mg pirasetam saqlaydi,
Lusetam® 800 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 800 mg pirasetam saqlaydi,
Lusetam® 1200 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 1200 mg pirasetam saqlaydi.
Yordamchi moddalar:
magniy stearati, povidon K-30,makrogol 6000, dibutilsebakat, titan dioksidi, talk, etilsellyuloza, gipromelloza.
Lusetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatning tashqi ko‘rinishi va o‘ram tarkibi
Tashqi ko‘rinishi:
Lusetam® 400 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, hidsiz, bir tomonida faskali va Ye 241 gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Lusetam® 800 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, hidsiz, ikki tomonida riskali va faskali, bir tomonida Ye 242 gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Lusetam® 1200 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, hidsiz, bir tomonida faskali va Ye 243 gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
O‘ram:
Lusetam® 400 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar: 60 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylashtirilgan.
Lusetam® 800 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar: 30 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylashtirilgan.
Lusetam® 1200 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar: 20 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylashtirilgan.
Flakonlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.