×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar.
Faol modda:
Мелоксикам
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- M01AC06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ARTOKSAN tabletkalari 20mg N10 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
42 400 s`om dan
DIP RILIF gel 15g The Mentholatum Company Limited Buyuk Britaniya
P - ZERO tabletkalari 10mg N10 Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Dori shakli: in'ektsiya uchun eritma

Tarkibi:

1,5 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meloksikam 15,0 mg;

yordamchi moddalar: N-metilglyukamin, glitsin, poloksamer 188, glikofurfurol, natriy xloridi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.

In'ektsiya uchun eritma. 1,5 ml dan ampulalar.
Meloksikam – nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita (NYaQV) hisoblanadi, oksikamlar enolon kislotasiga mansub bo'ladi va yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta'sirlarga ega bo'ladi. Meloksikamning ta'sir mexanizmi prostaglandinlar biosintezini ingibitsiya qiladi (ma'lum yallig'lanish mediatorlari), yuqori faolligi TsOG-2 fermentativ faolligini susaytirish natijasida namoyon bo'ladi. Meloksikam in vivo sharoitida yallig'lanish jarayon sohasida me'da, buyrak va prostaglandilar sintezini ko'proq darajasida ingibitsiya qiladi. Bu farqlar tsiklooksigenaza-1 (TsOG-1) bilan solishtirilganda tsiklooksigenaza-2 (TsOG-2) yaqqolroq bo'lgan tanlab susaytirish xususaytirishi bilan bog'liq. 1). TsOG-2 ingibitsiya qilinishi NYaQV ning davolash ta'sirini ta'minlaydi, shu vaqtda doimo mavjud bo'lgan TsOG-1 izofermentini ingibitsiya qilinishi me'da, buyrak va boshqa a'zolar va tizimlar normal fiziologik faoliyatini buzilishini chaqirishi mumkin. TsOG-2 nisbatan meloksikamning tanlanganligi xam in vivo, xam in vitro sharoitlarida turli sinama-tizimlarda va in vitro sharoitida odam butun qonning sinama-tizimi sifatida qo'llanishi orqali tastiqlangan.

Meloksikamni (7.5 va 15 mg dozalarda) qon ivish jarayonida ishtiroq etadigan tromboksanni mahsulotiga (TsOG-1 bilan nazorat qilinadigan reaktsiya) qaraganda Ye2 prostaglandinni mahsulotiga ko'proq susaytiruvchi ta'sir ko'rsatib. TsOG – 2 ni faolroq susaytirishi aniqlangan. Bu samaralar dozani miqdoriga bog'liq. In vivo tadqiqotlarda meloksikam (7,5 mg va 15 mg dozalarda) trombotsitlar agregatsiyasiga va qon ketish vaqtiga ta'sir qilmaydi. Yuqori dozalarda buyurilganda, uzoq muddat qo'llanilganda va organizmning individual xusiyatlarida TsOG-2 selektivligini ingibitsiyasi kamayyadi.

Klinik tadqiqotlarda me'da-ichak yo'li va boshqa a'zolar va tizimlar tomonidan nojo'ya samaralar meloksikam 15 mg qaraganda solishtirish o'tqazilgan boshqa noselektiv NYaQV qabul qilinganda kamroq kuzatilgan.

So'rilishi

Mushak ichiga yuborilganidan so'ng meloksikam to'liq so'riladi. Nisbiy biokiraolishligi peroral yuborish usuliga nisbatan deyarli 100% ni tashkil qiladi.  Shuning uchun mushak ichiga yuborish usulidan peroral qabul qilish usuliga o'tilganida dozaga tuzatish kiritish zarurati yo'q.

Taqsimlanishi

15 mg preparatni mushak ichiga in'ektsiya qilinganidan keyin qon plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasiga 1- 6 soatdan keyin erishiladi va u taxminan 1,6-1,8 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Meloksikam plazma oqsillari, asosan al'bumin bilan juda yaxshi (99%) bog'lanadi. Meloksikam sinovial suyuqlikka o'tadi, sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagi kontsentratsiyasining taxminan 2 martaga muvofiqli tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi past, mushak ichiga yuborilganidan so'ng taxminan 11 l ni tashkil qiladi, bunda individual ko'rsatqichlar o'rtasidagi o'zgarishlar taxminan 7-20% ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Meloksikam jigar fermentlari bilan metabolizmga uchraydi. Siydikda meloksikamning 4 ta farmakodinamik nofaol metabolitlari aniqlangan. Asosiy metaboliti 5'-karboksimeloksikam (60%) oraliq metaboliti 5'-gidroksimetilmeloksikamni oksidlanish yo'li bilan hosil bo'ladi. O'zgarmagan chiqarilgan 5'-gidroksimetilmeloksikamni 9% ni tashkil qiladi. In vitro sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlar ushbu metabolik aralashuv jarayonda CYP 2C9 ni muhim rol' o'ynashi, CYP 3A4 izofermentini qo'shimcha ahamiyatga egaligini ko'rsatdi. Ikkita boshqa metabolitlarni (16% va 4%) hosil bo'lishi peroksidaza ta'siri bilan bog'liq.

Сhiqarilishi

Meloksikam asosan metabolitlar ko'rinishida ahlat va siydik bilan teng darajada chiqariladi. Sutkalik dozaning 5% dan kamroq qismi ahlat bilan o'zgarmagan holda chiqariladi, siydikda preparatning o'zgarmagan qismi faqat juda kam miqdorda aniqlanadi. Meloksikamni o'rtacha yarim chiqarilish davri 15 soatdan 25 soatgacha o'zgaradi.

Maxsus patsientlar guruhi

Jigar/buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar. Jigar yetishmovchiligi va yengil va o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi meloksikamning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. O'rtacha darajada buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda yuqoriroq umumiy preparatning klirensiga ega bo'lgan. Terminal buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda qon plazma oqsillari bilan bog'lanishini kamayishi kuzatiladi. Terminal buyrak yetishmovchiligida taqsimlanish hajmini oshishi erkin meloksikamning kontsentratsiyasini yuqoriroq bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda sutkalik dozasi 7,5 mg dan oshmasligi kerak.

Keksa yoshdagi patsientlar. Keksa yoshdagi erkak patsientlarda preparatning farmakokinetik ko'rsatkichlari yosh erkak patsientlardagi farmakokinetik ko'rsatkichlar bilan bir xil bo'lgan. Keksa yoshdagi ayol patsientlarda har ikkala jinsga tegishli yosh patsientlarga nisbatan AUC qiymatini yuqoriroq va yarim chiqarilish davrini davomliroq bo'lishi kuzatiladi. Keksa yoshdagi patsientlarda farmakokinetikasi turg'un holatda bo'lgan davrda o'rtacha plazma klirensi yosh patsientlarga nisbatan bir oz pastroqdir.

Noxush holatlar anatomo-fiziologik tasnifi va uchrash tez-tezligi bilan bog'liqligi sanab o'tilgan. XSST bo'yicha uchrash tez-tezligi aniqlanadi va quyidagi gradatsiyaga ega:

juda tez-tez (>1/10%); tez-tez (>1% va <1/10%); tez-tez emas (>0,1% va <1%); kam hollarda (>0,01% va <0,1%); juda kam hollarda (0,01% dan kam, shu jumladan ayrim holatlar).

Qon yaratish tizimi tomonidan: tez-tez emas - anemiya; kam hollarda - qon tahlili ko'rsatkichlarini o'zgarishi (shu jumladan leykotsitlar sonini o'zgarishi, leykopeniya, trombotsitopeniya.

Immun tizimi tomonidan: noma'lum - anafilaktik shok, anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, boshqa o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i; tez-tez emas: bosh aylanishi, uyquchanlik.

Ruhiyat tomonidan buzilishlar: tez-tez - kayfiyatni o'zgarishi; noma'lum - ongni chalkashishi, dezorientatsiya.

Ko'rish a'zolari tomonidan: kam hollarda – kon'yunktivit; ko'rishni buzilishi, shu jumladan ko'rishni noaniqlig.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - qorinda og'riq, dispepsiya, diareya, ko'ngil aynishi, qusish; tez-tez emas - yashirin yoki yaqqol me'da-ichak qon ketishi, gastrit, stomatit, qabziyat, qorinni dam bo'lishi, kekirish; kam hollarda - gastroduodenal yara, kolit, ezofagit; juda kam hollarda - me'da-ichak yo'llari perforatsiyasi.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan: tez-tez emas - jigar funktsiyasini ko'rsatkichlarini tranzitor buzilishlari (masalan, transaminazalar faolligini yoki bilirubinni oshishi); juda kam hollarda: gepatit.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez emas - angionevrotik shish, qichishish, toshma; kam hollarda – eshakemi, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi; juda kam hollarda - bullyoz dermatit, ko'p shaklli eritema; tez-tezligi noma'lum – fotosensibilizatsiya.

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda: atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQV allergik reaktsiyalari bo'lgan patsientlarda bronxial astma.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - arterial bosimni oshishi, yuzga “qon quyilishini” his qilish; kam hollarda - yurakni urib ketishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas - buyrak funktsiyasi ko'rsatkichlarini o'zgarishi (qon zardobida kreatinin va/yoki mochevinani oshishi), organizmda natriy va suvni ushlanib qolishi, giperkaliemiya, siyishni buzilishlari, shu jumladan siydikni o'tkir tutib qolishi; juda kam hollarda - o'tkir buyrak yetishmovchiligi, ayniqsa xavf omillari bo'lgan patsientlarda. Boshqa NYaKV kabi interstitsial nefrit, glomerolonefrit, o'tkir buyrak papillyar nekroz, nefrotik sindrom ehtimol paydo bo'lishi.

Boshqalar: tez-tez – periferik shishlar, preparatni yuborish joyida shish va og'riq (mushak ichiga yuborish uchun eritma).

Retsept bo'yicha.
Retsept bo'yicha.Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas!

Simptomlarni nazorat qilish uchun zarur bo'lgan eng kam samarali dozani eng qisqa muddat davomida buyurish hisobiga nonojo'ya reaktsiyalarni kamaytirish mumkin.

Terapevtik samara yetarli bo'lmagan holatlarda tavsiya qilingan maksimal sutkalik dozani oshirish buyurish mumkin emas, chunki bu terapevtik afzalliksiz zaxarlilikni oshishiga olib kelishi mumkin. Meloksikamni boshqa NYaQV, jumladan tsiklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurishdan saqlanish kerak.

Meloksikam o'tkir og'riq sindromini bartaraf qilish uchun qo'llash mumkin emas.

Bir necha kundan so'ng holatini yaxshilanishi kuzatilmasa, davolashni klinik afzalligini qayta ko'rib chiqish kerak.

Meloksikamni bilan davolashdan oldin to'liq davolashni ta'minlash uchun maqsadi bilan anamnezda ezofagit, gastrit va/yoki peptik yarasiga e'tibor qilish kerak. O'z vaqtida kasallik retsidivini aniqlash uchun meloksikam qabul qilayotgan ushbu patsientlar va quyidagi holatlar bilan doimiy sinchkov kuzatuv ostida bo'lishlari kerak.

Preparat bilan zaharlanish bo'lgan holatlarda simptomatik davolash o'tqaziladi. Meloksikamning antidotlari va antagonistlari aniqlanmagan. Jadallashtirilgan diurez, siydikni ishqorlanishi, gemodializ meloksikamni qon oqsillari bilan yuqori bog'lanishi tufayli kam samarali hisoblanadi.

Me'da-ichak buzilishlari

Boshqa NYaQV qo'llanganda kabi, patsientning hayoti uchun potentsial xavfli bo'lgan me'da-ichakdan qon ketishlari, yara yoki perforatsiya davolash jarayonida patsientning anamnezida jiddiy me'da-ichak kasalliklari borligidan qat'iy nazar, ogohlantiruvchi simptomlarni paydo bo'lishi bilan yoki ularsiz har qanday vaqtda rivojlanishi mumkin.

NYaQV dozasi oshirilganda anamnezda yarasi bo'lgan, ayniqsa qon ketishlar yoki perforatsiya bilan asoratlangan patsientlarda va/yoki keksa yoshdagi patsientlarda me'da-ichak qon ketishlar, yara yoki perforatsiya xavfi yuqoriroq. Bu patsientlarda davolashni eng kichik samarali dozadan boshlash kerak. Bu patsientlar uchun, shuningdek me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar xavfini oshirishi mumkin bo'lgan atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa dori vositalarning kichik dozalarini olayotgan patsientlar uchun majmuaviy davolash (masalan, mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari) ni buyurish mumkinligini ko'rib chiqish kerak.

Anamnezda me'da-ichak toksikligi bo'lgan, ayniqsa keksa yoshdagi patsientlar, davolashni boshlang'ich davrida g'ayrioddiy abdominal simptomlar (ayniqsa me'da-ichak qon ketishlari) haqida xabar berishi lozim.

Geriatrik amaliyotida ham radikal davolash sifatida buyuriladigan geparin, varfarin kabi antikoagulyantlar yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari, shu jumladan yallig'lanishga qarshi dozalarda (≥ 1 g bir martalik doza yoki ≥3 g umumiy sutkalik doza) atsetilsalitsil kislotasi kabi me'da va o'n ikki barmoq ichak yarasi yoki qon ketish xavfini oshirishi mumkin bo'lgan dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan patsientlar yuzasidan ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Meloksikam qabul qilayotgan patsientlarda me'da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo'lganida davolashni to'xtatish kerak.

Anamnezida me'da-ichak kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo'lgan patsientlarga NYaQV ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bu holatlar zo'rayishi mumkin.

Jigar tomonidan buzilishlari

NYaQV (shu jumladan meloksikam) qabul qilayotgan 15% gacha patsientlarda bitta yoki ko'proq jigar sinamalarni ko'rsatkichlari oshishi mumkin. Bu laborator o'zgarishlari kuchayishi, o'zgarishsiz bo'lishi yoki davolash davom ettirilganda vaqtinchalik bo'lishi mumkin. ALT va AST ahamiyatli oshishi (taxminan normadan uch va undan ko'proq marta) NYaQV bilan klinik sinov vaqtida 1% patsientlarda kuzatilgan. Bundan tashqari NYaQV bilan klinik sinov davomida og'ir jigar reaktsiyalar, shu jumladan sariqlik, shiddashli gepatit va jigar yetishmovchiligi juda kam hollarda qayd qilingan. Agar klinik simptomlari jigar kasalliklari rivojlanishi bilan solishtirilganda yoki agar kasalliklarini tizimli ko'rinishlari (masalan eozinofiliya, toshmalar va boshqalar) kuzatilsa, milosikamni qo'llash to'xtatish lozim.

Yurak-qon tomir buzilishlari

Yurak-qon tomir patologiyasini xavf omillari bo'lgan patsientlarda meloksikam davolash kursini boshida arterial bosimni klinik nazorat tavsiya qilinadi.

Nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, aniqlangan yurak ishemikkasalligi, periferik kasalliklari va/yoki tserebrovaskulyar kasalligi bo'lgan patsientlarni sinchkovlik bilan tekshirishdan keyin meloksikam bilan davolashni o'tqazish lozim.

Teri tomonidan buzilishlari

Meloksikam qo'llanganida juda kam hollarda og'ir teri reaktsiyalari, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz qayd qilingan. Davolashni boshida quyidagi reaktsiyalarni rivojlanish xavfi eng yuqoridir. Teri toshmalari, shilliq qavatlar yoki o'ta yuqori sezuvchanlik boshqa belgilari paydo bo'lganida meloksikamni qo'llashni to'xtatish zarur.

Anafilaktik reaktsiyalar

Boshqa NYaQV qo'llanganida kabi anafilaktik reaktsiyalar meloksikamga noma'lum reaktsiyalar bo'lgan patsientlarda kuzatilishi mumkin. Meloksikamni aspirinli triadasi bo'lgan patsientlarda qo'llash mumkin emas. Bu simptomatik kompleks astmasi bo'lgan patsientlarda uchraydi, ularda aspirin yoki boshqa NYaQV qo'llanilgandan keyin rinitlar bilan yoki nazal poliplarsiz yoki ularda og'ir, potentsial letal bronxospazm to'g'risida xabar berilgan. Anafilaktik reaktsiyalar aniqlanganda shoshilinch yordam choralarini qo'llash lozim.

Siydik chikarish tizimi

NYaQV buyrak prostaoglandinlarini qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'sirini susaytirish hisobiga kalavali fil'tratsiyani kamayishi natijasida funktsional buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin. Quyidagi nojo'ya samara dozaga bog'liq bo'ladi. Davolashdan oldin yoki doza oshirilgandan keyin quyidagi xavf omillari bo'lgan patsientlarda diurezni va buyrak funktsiyasini sinchkovlik bilan kuzatish kerak:

·      keksa yosh;

·      AAF, angiotenzin II antagonistlari, sartanlar, diuretiklar bilan yondosh qo'llanilashi (“Boshqa dori vositalar bilan o'zaro ta'siri va o'zaro ta'sirlar boshqa turlari” bo'limini qarang);

·      gipovolemiya (har qanday etiologiyali);

·      dimlangan yurak yetishmovchiligi;

·      buyrak yetishmovchiligi;

·      nefrotik sindrom;

·      yuguriksimon nefropatiya;

·      jigar funktsiyasini og'ir darajali disfunktsiyasi (zardob al'buminni <25 g/l yoki Сhayld-P'yu tasnifi bo'yicha baholash ≥10).

Kam hollarda NYaQV interstitsial nefrit, glomerulonefrit, buyrak medullyar nekrozi yoki nefrotik sindromga olibkelishi mumkin. Gemodializ olayotgan terminal bosqichidagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda meloksikamni dozasi 7,5 mg dan oshmasligi kerak. Yengil va o'rtacha og'irlikda buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda dozani kamaytirish talab qilinmaydi (kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan ko'proq bo'lgan patsientlarda).

Natriy, kaliy va suvni ushlab qolinishi

NYaQV qo'llanganda natriy, kaliy va suv ushlab qolinishini kuchaytirishi mumkin va diuretiklarni natriyuretik samaralariga ta'sir qiladi. Bundan tashqari gipotenziv dori vositalarni antigipertenziv samarasini kamaytirish mumkin. Shuning uchun natriy, kaliy, va suv ushlab qolinish xavfi bo'lgan patsientlarga klinik kuzatuv tavsiya qilinadi.

Giperkaliemiya

Qandli diabet yoki qonda kaliy darajasini oshiruvchi dori vositalar bilan yondosh davolanganda giperkaliemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Bu holatlarda qonda kaliy darajasini muntazam kuzatish kerak.

Boshqa og'oxlatirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Keksa yoshdagi, zaiflashgan va holsizlangan patsientlar noxush reaktsiyalarga ko'proq duchor bo'ladi va shuning uchun sinchiklab kuzatish kerak. Boshqa NYaQV qo'llangan kabi, buyrak, jigar va yurak funktsiyalari buzilishi bo'lgan keksa yoshdagi patsientlarga preparat buyurilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. NYaQV qo'llanganda keksa yoshdagi patsientlarda noxush reaktsiyalar, ayniqsa me'da-ichak tizimi tomonidan tez-tezligi oshadi.

Boshqa NYaQV kabi meloksikam infektsion kasalliklar simptomlarini niqoblashi mumkin. Isitma va yallig'lanish kamayishiga yo'naltirilagan meloksikamni farmakologik ta'siri gumon qilinayotgan noinfektsion og'riq holatini diagnostikasini og'irlashtirishi mumkin.

Preparatni noto'g'ri yuborish texnikasida in'ektsiya joyida abstsee yoki nekroz paydo bo'lishi mumkin.

Meloksikamni qo'llanishi reproduktiv funktsiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga qo'llash tavsiya qilinmaydi. Shuning uchun ayollarda homilador bo'lish qobiliyati buzilishi va bepushtlik tufayli ko'rik o'tqazilganda meloksikamni bekor qilish masalasini ko'rib chiqish kerak.

Dori vosita 1,5 ml eritmada 1 mmol' (23 mg) kamroq natriy saqlaydi, ya'ni deyarli natriy saqlamaydi.

Fertillik

Prostoglandinlarning sintezini sintezini bloklovchi boshqa preparatlar kabi, meloksikamni reproduktiv funktsiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga bepushtlik tufayli ko'rik o'tqazilganda meloksikamni bekor qilish masalasini ko'rib chiqish kerak.

Kortikosteroidlar bilan davolash

Meloksikam kortikosteroidli tanqisligini davolashda kortikosteroidlarni bo'lishi mumkin o'rnini bosuvchi bo'lmasligi mumkin.

Gematologik samaralar

NYaQV, shu jumladan meloksikam qabul qilayotgan patsientlarda anemiya kuzatilishi mumkin. agar anemiya simptomlari va belgilari mavjud bo'lganida NYaQV, shu jumladan meloksikam bilan uzoq davolanganda gemoglobin yoki gematokritni nazorat qilish lozim. NYaQV ayrim patsientlarda trombotsitlarni agregatsiyasini tormozlaydi va qon ketish vaqtini uzaytiradi. Aspiringa nisbatan ularni trombotsitlarni funktsiyasiga ta'siri son jihatdan kamroq, qisqa muddatli va qaytuvchan. Meloksikam buyurilgan va trombotsitlar funktsiyasiga nisbatan qonni nojo'ya ta'sirlari bo'lishi mumkin bo'lgan patsientlarni, qon ivishini buzilishlari kabi bir vaqtda antikoagulyantlar qabul qilayotgan patsientlar sinchkov kuzatuv o'tqazish zarur.

Astmasi bo'lgan patsientlarda qo'llanishi. 

Astmasi bo'lgan patsientlar aspirin sezuvchan astmaga ega bolishi mumkin.Aspirin sezuvchan astmasi bo'lgan patsientlarda aspirinni ko'llanishi o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan og'ir bronxospazm bilan bog'lik. Aspirin va boshqa NYaQV orasidagi kesishgan reaktsiya tufayli meloksikamni aspiringa sezuvchan qo'llash mumkin emas, va astmasi bo'lgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik.

Prostaglandinlar sintezini susayishi homiladorlikka va embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatashi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlarni ma'lumotlari homiladorlikni erta davrida prostaglandinlarning sintezini ingibitorlarini qo'llangandan keyin bola tashlash, yurak nuqsonlari va gastroshizis xavfi oshishini taxmin kilish mumkin. Bunday xavf dozasi oshirilishi va davolash davomiyligini uzayishi bilan oshadi.

Homiladorlikni I va II uch oyligida, juda zarur bo'lgandan tashqari hollarda meloksikamni qo'llash mumkin emas. Agar homiladorlikni rejalashtirayotgan bolsa yoki homiladorlikni I va II uch oyligida meloksikam kollasa dozasi va davolash davomiyligi minimal bo'lish kerak. Homiladorlikni III uch oyligida prostaglandinlarni sintezini har qanday ingibitorlarini qo'llanishi homilaning rivojlanishini quyidagi rivojlanishiga xavf tug'dirishi mumkin:

·      yurak-o'pka toksikligi (arterial okimini avvaldan yopilishi bilan va o'pka gipertenziyasi); oqibatida arterial qon oqimini muddatidan oldin bekilishi va o'pka gipertenziyasi;

·      oligogidroamniom bilan buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keluvchi buyraklar  faoliyatini buzilishi.

Har qanday prostaglandinlar sintezini ingibitorlarini qo'llanishi onada va yangi tug'ilgan chaqaloqda quyidagi xavflarga olib kelishi mumkin:

·      qon ketishini davomiyligi oshishi mumkin, antiagregatsion samara hatto kichik dozada rivojlanishi mumkin.

·      bachadonni qisqarish xususiyatini susayishi va shuningdek oqibatda tug'ruqni ushlab turishiga va davomiyligi oshishi mumkin.  

Shuning uchun homiladorlikni III uch oyligida meloksikamni qo'llash mumkin emas.

Emizish davri

NYaQVlarni ko'krak sutiga o'tishi mumkin. Shuning uchun bu dori vositalarni emizish davrida qo'llash mumkin emas. Preparatni faqat ona uchun taxmin qilayotgan foyda bolaga potentsial xavfdan ustun bo'lganida faqat minimal samarali dozada maksimal qisqa muddati bilan.qo'llash mumkin.

Bolalarda qo'llanishi.

Bolalarda va 18 yoshgacha o'smirlarda qo'llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish xususiyatiga ta'siri

Davolash vaqtida transport vositalarni boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar talab qiluvchi potetsial xavfli faoliyat turlari bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (bosh aylanishi va uyquchanlik paydo bo'lganida).

  • revmatoid artritni simptomatik davolash;
  • osteoartroz (osteoartrit) ni simptomatik davolash;
  • seronegativ artritlar (ankiloziruvchi spodiloartrit (Bexterev kasalligi), reaktiv artrit va boshqalar) ni simptomatik davolash;
  • og'riq sindromi bilan kechuvchi boshqa yallig'lanish va degenerativ kasalliklarni ni simptomatik davolash uchun qo'llanadi.
  • ·      meloksikam yoki preparatning har qanday yordamchi komponentiga o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yoki o'xshash ta'siri bo'lgan faol moddalarga, masalan  NYaQV (aspirin va v.q) o'ta yuqori sezuvchanlik;

    ·      atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQV qabul qilgandan keyin bronxial astma, burun poliplari, angionevrotik shish yoki eshakemini simptomlari kuzatilgan patsientlarga meloksikamni buyurish mumkin emas, chunki kesishgan o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

    ·      me'da-ichakdan qon ketishlar yoki anamnezda NYaQV qabul qilish bilan bog'liq me'da-ichak perforatsiyasi;

    ·      anamnezida me'da-ichak yo'llarini yarasi/qon ketishlarining faol fazasi yoki qaytalanadigan kechuvi (yaralar yoki qon ketishlarini tasdiqlovchi ikkita yoki undan ko'p alohida holatlar);

    ·      Kron kasalligi yoki yarali kolit zo'riqish davrida, anamnezida rektal qon ketishlar bilan proktit;

    ·      anamnezida tserebrovaskulyar qon ketishlar, gemostazni boshqa buzilishlari yoki antikoagulyantlar bilan yondosh davolash;

    ·      og'ir jigar yetishmovchiligi yoki jigar kasalligi faol bosqichida;

    dializ qabul qilmagan yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam), buyrak avj oluvchi kasalliklari, shu jumladan tastiqlangan giperkaliemiya.

    ·      Homiladorlikni III uch oyligi;

    ·      yaqqol yurak yetishmovchiligi;da

    ·      aorto-koronar shuntlash o'tqazilgan davri;

    ·      homiladorlik, emizish davri;

    ·      bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash mumkin emas.

    Ehtiyotkorlik bilan

    Yurak ishemik kasalligi, tserebrovaskulyar kasalliklari, surunkali yurak yetishmovchiligi, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferie arteriyalar kasalliklari, sigaret chekish, KK 30 dan 60 ml/minutgacha.

    Me'da-ichak yo'li yarali shikastlanish rivojlanishi to'g'risida anamnestik ma'lumotlar, Helicobacter pylori infektsiyasini mavjudligi, keksa yoshi, NYaKV ni uzoq vaqt qo'llanishi, alkogol'ni tez-tez iste'mol qilish, og'ir somatik kasalliklari, quyidagi preparatlari bilan yondosh davolash:

    ·      antkoagulyantlar (masalan varfarin);

    ·      antiagregantlar (masalan atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel);

    ·      peroral glyukosteroidlar (masalan prednizolon);

    ·      serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari (masalan tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sentralin).

    Me'da-ichak yo'li tomonidan noxush holatlarni rivojlanish xavfini kamaytirish uchun bo'lishi mumkin bo'lgan minimal qisqa kursi bilan minimal samarali dozani qo'llash lozim.

    Boshqa NYaQV va atsetilsalitsil kislotasi

    Boshqa NYaQV, shu jumladan yallig'lanishga qarshi dozalarda (≥1 g bir martalik doza yoki sutkada ≥3 g) atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuasi tavsiya qilinmaydi. Boshqa NYaQV bir vaqtda qabul qilishi me'da-ichak yo'lini va me'da-ichak qon ketishlar rivojlanish xavfi oshadi.

    Kortikosteroidlar (glyukokortikoidlar).

    Bir vaqtda qon ketishlari yoki me'da-ichak yo'lida yaralar hosil bo'lishi yuqori xavfi sababli kortikosteroidlar qo'llanganda ehtiyotkorlikni talab qiladi.

    Antikoagulyantlar yoki geparin. Trombotsitlar funktsiyasini ingibitsiya qilinishi va me'da va o'n ikki barmoq ichak shilliq qavatini shikastlanishi hisobiga qon ketishlar sezirlarli oshadi. NYaQV varfarin kabi antikoagulyantlarni samaralarini kuchaytiradi. Bir vaqtda NYaQV va terapevtik dozalarda antikoagulyantlar yoki geparin yoki geriatriya amaliyotida geparin davolash dozalarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Boshqa hollarda qon ketishlar yuqori xavfi bo'lgani tufayli geparin ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Agar bunday majmuani oldini olishning iloji bo'lmasa xalqaro  munosabatlarning normal holatini sinchkov nazorat qilish kerak.

    Trombolitiklar va antiagregantlar. Me'da va o'n ikki barmoq shilliq kavatini shikastlanishi va trombotsitlar funktsiyasi ingibitsiya  qilinishi hisobiga qon ketishlar xavfi oshadi.

    Serotonini qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari. Me'da-ichak qon ketishlar xavfini oshishi.

    Antigipertenziv preparatlar. Qon tomirlar kengaytiruvchi samarasi bilan prostaglandinlar hosil bo'lshining susayishi tufayli NYaQV diuretiklarni va boshqa antigipertenziv dori vositalarni samarasini kamaytiradi. Buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan ba'zi patsientlar (masalan, suvsizlanishi bo'lgan patsientlar yoki buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan keksa yoshdagi patsientlar) bir vaqtda AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlarni antagonistlari va TsOG bloklovchi dori vositalar odatda qaytuvchan o'tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishigacha buyrak funktsiyasini keyinchalik yomonlashiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun quyidagi majmua ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, ayniqsa keksa yoshdagi patsientlarda. Patsientlarda adekvat miqdorda suyuqlik qabul qilish zarur, va davolashni boshida va vaqti-vaqti bilan majmuaviy davolash o'tqazilganda buyrak funktsiyasini kuzatish kerak.

    Kal'tsinevrinni ingibitorlari (masalan, tsiklosporin, takrolimus). NYaQV buyrak prostaglandinlarini sinteziga ta'sir ko'rsatib, kal'tsinevrinni ingibitorlarining nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin. Davolash o'tkazilganida, ayniqsa keksa yoshdagi patsientlarda buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.

    Kontratseptsiyani bachadon ichki vositalari. NYaQV bachadon ichki homila bo'lishga qarshi vositalarni samaradoriligini kamaytiradi.

    Litiy. NYaQV qo'llash fonida qon plazmasida litiyning kontsentratsiyasini toksik ko'rsatkichlargacha oshirishi mumkinligi (litiyni buyraklar orqali chiqarilishini pasaytirishi hisobiga) to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Litiy va NYaQVni birga qo'llash tavsiya etilmaydi. Agar majmuaviy davolash zarurati bo'lganida davolash boshlanishida, meloksikamning dozasini tanlashda va bekor qilishda qon plazmasida litiyning kontsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

    Tsiklosporin. Birga qo'llanilganda tsiklosporinni nefrotoksik ta'siri kuchayishi mumkin.

    Metotreksat. NYaQV metotreksat bilan bir vaqtda qo'llanilganda mielodepressiv ta'siri kuchayishi mumkin. NYaQV metotreksatni buyrak naychalari orqali chiqarilishini kamaytirishi va shu bilan qon plazmasida metotreksatning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Shu sababli, metotreksatni yuqori dozalarda (haftada 15 mg dan ortiq) qabul qilayotgan patsientlarga NYaQVni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Metotreksat va NYaQV bir vaqtda qo'llanganida o'zaro ta'sir qilish xavfi metotreksatning kichik dozalarini qabul qilayotgan patsientlarda, ayniqsa buyraklar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsientlarda hisobga olish kerak. Majmuaviy davolash zarurati bo'lganida qon ko'rsatkichlarini va buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak. Agar NYaQV va metotreksat bir vaqtda 3 kun davomida qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki plazmada metotreksatning kontsentratsiyasi oshishi va oqibatda toksiksikligi rivojlanishi mumkin. Meloksikamni bir vaqtda qo'llanishi (haftada 15 mg dozada) qo'llanayotgan metotreksatning farmakokinetikasiga ta'sir qilmagan, biroq metotreksatning gematologik toksikligi NYaQV bilan bir vaqtda qabul qilinganida kuchayishini e'tiborga olish kerak.

    Xolestiramin. Xolestiramin jigar ichi tsirkulyatsiyani kamayishi hisobiga meloksikamni tezroq chiqarilishiga va meloksikam klirensini 50% ga oshishiga va yarim chiqarilish davrini 13±3 soatgacha kamytirishga olib keladi. Bu o'zaro ta'siri klinik ahamiyatli hisoblanadi.

    Nomutanosiblik. Bo'lishi mumkin bo'lgan nomutanosiblik tufayli melosikamni boshqa dori vositalari bilan bitta shpritsda aralashtirish mumkin emas.

    Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

    Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


    Yaroqlilik muddati

    2 yil.

    Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

    tiniq, sariq yoki yashilsimon-sariq suyuqlik.
    Sutkada 15 mg dozani oshirmang! Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas!

    Mushak ichiga qo'llanadi.

    Preparatni kattiq aseptik texnikaga rioya qilib dumbaning yuqori tashqi kvadrantiga sekin, chuqur mushak ichiga in'ektsiyasi yo'li bilan yuborish lozim.

    Qayta yuborish hollarda chap va o'ng dumbaga galma-gal qilish lozim. In'ektsiyadan oldin ignani uchi qon tomirga tushganligini tekshirish muhim.

    In'ektsiya vaqtida kuchli og'riq paydo bo'lgan hollarda in'ektsiyani darhol to'xtatish lozim.

    Tos suyagi bilan son suyagini bo'g'inni protezi bo'lgan hollarda in'ektsiyani boshqa dumbaga qilish zarur. Bo'lishi mumkin bo'lgan nomutanosiblikni hisobga olib meloksikamni ampula ichidagini bitta shpritsda boshqa dori vositalar bilan aralashtirish mumkin emas.

    Davolash odatda bitta in'ektsiya bilan cheklanadi, ayrim istisno hollarida ushbu dori shaklini qo'llashni davomiyligi 2-3 kunga yetishi mumkin (peroral yoki rektal qo'llashni iloji bo'lmagan hollarda). Keyingi davolashni peroral shaklini (tabletka) qo'llash bilan davom qilinadi.

    Keksa yoshdagi patsientlarga tavsiya qilingan doza 7,5 mg/sut ni tashkil qiladi.

    Noxush reaktsiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan patsientlarga davolashni sutkada 7,5 mg dan (1,5 ml saqlagan ampulani yarmisi) boshlash lozim.

    Dializdagi og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda doza sutkada 7,5 mg dan (1,5 ml saqlagan 1/2 ampula) oshmaslik kerak.

    Engil va o'rtacha og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarga (ya'ni kreatinin klirensi 25 ml/min dan ko'proq) dozani kamaytirish talab qilinmaydi.

    Engil va o'rtacha og'irlikda jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarga dozani kamaytirish talab qilinmaydi.

     (og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarga tegishli tavsiyalar Patsientlarda  simptomlarni yengilashtirish va davolashga bo'lgan javobni olish uchun preparatni qo'llashni zarurligini vaqti-vaqti bilan baholash lozim.

    Bolalarda va 18 yoshgacha o'smirlarda qo'llash mumkin emas.
    Simptomlari: ongni buzilishi, ko'ngil aynishi, qusish va epigastriyda og'riq me'da-ichakdan qon ketishi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, nafasni to'xtashi, asistoliya vaboshqa yuqorida ko'rsatilgan nojo'ya samaralani kuchayishi.

    Davolash: maxsus antidoti yo'q simptomatik davolashni o'tqazish zarur. Kolestiramin organizmdan preparatni chiqarilishini tezlashtiradi. Preparat qon oqsillari bilan yuqori bog'lanishi tufayli jadalashtirilgan diurez, siydikni ishqoriylashi, gemodializ kam samarali.

    Homiladorlik.

    Prostaglandinlar sintezini susayishi homiladorlikka va embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatashi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlarni ma'lumotlari homiladorlikni erta davrida prostaglandinlarning sintezini ingibitorlarini qo'llangandan keyin bola tashlash, yurak nuqsonlari va gastroshizis xavfi oshishini taxmin kilish mumkin. Bunday xavf dozasi oshirilishi va davolash davomiyligini uzayishi bilan oshadi.

    Homiladorlikni I va II uch oyligida, juda zarur bo'lgandan tashqari hollarda meloksikamni qo'llash mumkin emas. Agar homiladorlikni rejalashtirayotgan bolsa yoki homiladorlikni I va II uch oyligida meloksikam kollasa dozasi va davolash davomiyligi minimal bo'lish kerak. Homiladorlikni III uch oyligida prostaglandinlarni sintezini har qanday ingibitorlarini qo'llanishi homilaning rivojlanishini quyidagi rivojlanishiga xavf tug'dirishi mumkin:

    ·      yurak-o'pka toksikligi (arterial okimini avvaldan yopilishi bilan va o'pka gipertenziyasi); oqibatida arterial qon oqimini muddatidan oldin bekilishi va o'pka gipertenziyasi;

    ·      oligogidroamniom bilan buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keluvchi buyraklar  faoliyatini buzilishi.

    Har qanday prostaglandinlar sintezini ingibitorlarini qo'llanishi onada va yangi tug'ilgan chaqaloqda quyidagi xavflarga olib kelishi mumkin:

    ·      qon ketishini davomiyligi oshishi mumkin, antiagregatsion samara hatto kichik dozada rivojlanishi mumkin.

    ·      bachadonni qisqarish xususiyatini susayishi va shuningdek oqibatda tug'ruqni ushlab turishiga va davomiyligi oshishi mumkin.  

    Shuning uchun homiladorlikni III uch oyligida meloksikamni qo'llash mumkin emas.

    Emizish davri

    NYaQVlarni ko'krak sutiga o'tishi mumkin. Shuning uchun bu dori vositalarni emizish davrida qo'llash mumkin emas. Preparatni faqat ona uchun taxmin qilayotgan foyda bolaga potentsial xavfdan ustun bo'lganida faqat minimal samarali dozada maksimal qisqa muddati bilan.qo'llash mumkin.

    Fikr qoldirish
    Baho:
                  
    Matnni kiriting

    Ismingiz
    Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

    Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

    Savol qoldirish

    Mulohazalar

    MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
    Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
    MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
    MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
    MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
    MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

    Analoglar
    MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N5
    • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
    MELOFLAM tabletkalari 15mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
    MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
    MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
    • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Турция произведено Idol Ilac Dolum San.Ve Tic.A.S
    Narh: 34 900 so'mdan Batafsil
    LOKSIDOL tabletkalari 15mg N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
    • Vakil:
    LOKSIDOL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
    • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
    • Vakil:
    Narh: 41 400 so'mdan Batafsil
    REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
    Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
    AMELOTEKS gel 50g 1%
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс,ФармФирма,ЗАО, произведено Озон,ООО
    Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
    REKLIN tabletkalari 15mg N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
    • Vakil: VEGAPHARM
    Narh: 72 990 so'mdan Batafsil
    REKLIN tabletkalari 7,5mg N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
    MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Farmaprim S.R.L
    Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
    MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
    Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
    REVMOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
    Narh: 25 941 so'mdan Batafsil
    ARTROZAN inyeksiya uchun eritma 2,5ml 6mg/ml N10
    MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
    • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Danhson Trading & Pharma Co. Ltd, Вьетнам произведено: Zhangjiakou Kaiwei Pharmaceutical Co. Ltd.
    MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
    • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
    MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
    MELOKS tabletkalari 7,5mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
    MAKSIKAM tabletkalari 15mg N30
    • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Credence Remedies Private Limited
    GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
    • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Mephar Ilac Sanayii A.S.
    MELBEK FORTE tabletkalari 15mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
    MELBEK tabletkalari 7,5mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
    MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
    Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
    MEKSILON inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N5
    • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Medicus S.A., Греция произведено: Help S.A.
    Narh: 47 400 so'mdan Batafsil
    LOKSIDOL tabletkalari 15mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
    • Vakil:
    Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
    LOKSIDOL suppozitorii 15mg N6
    • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C & S.R.L.
    • Vakil:
    Narh: 53 800 so'mdan Batafsil
    REVMOKSIKAM suppozitorii 15mg N5
    • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
    Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
    REVMOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N3
    • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
    KAMELOT tabletkalari 15mg N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
    • Vakil: GMP
    Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
    AMELOTEKS tabletkalari 15mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya / Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: РЕПЛЕК ФАРМ ООО Скопье /ФармФирма Сотекс,ЗАО
    Ishlab chiqaruvchining dorilari
    Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
    Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
    Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
    Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
    Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
    Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
    Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
    Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
    Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
    Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
    Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
    Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
    Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
    Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
    Другие формы препарата
    MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Farmaprim S.R.L
    MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
    MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Альтфарм, ООО
    MYeLOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
    • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
    MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Вертекс Акционерное Общество
    MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Медисорб, АО
    MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО
    MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Канонфарма продакшн, ЗАО
    MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Вертекс Акционерное Общество
    MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
    MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Медисорб, АО
    MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,0075 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО
    MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
    MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Канонфарма продакшн, ЗАО
    MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: ВЕЛФАРМ, ООО
    MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 15mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
    • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
    MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N30
    • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
    • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
    MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
    • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
    MYeLOKSIKAM tabletkalari 15mg N20
    • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
    • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
    MYeLOKSIKAM tabletkalari N30
    • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
    • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
    • A
    • B
    • D
    • E
    • F
    • G
    • H
    • I
    • J
    • K
    • L
    • M
    • N
    • O
    • P
    • Q
    • R
    • S
    • T
    • U
    • V
    • X
    • Y
    • Z
    • Ch
    • Sh
    • 0-9