×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Мелоксикам
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Тева Прайвэт Ко.Лтд Фарм.завод
ATX kodi:
- M01AC06 Мелоксикам
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

REKLIN tabletkalari 7,5mg N20 Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje Makedoniya
NAYZILAT tabletkalari 600mg N10 Dr.Reddy's Laboratories Limited Hindiston
72 000 s`om dan
FLAMIDEZ tabletkalari N10 Organosyn Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: Evertogen Life Sciences Limited Hindiston
30 000 s`om dan
SUARON poroshok 100mg N10 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
24 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

Meloks tabletkalar 7,5 mg

Meloks tabletkalar 15 mg

Meloksikam

Preparatni qo‘llashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi:

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, u Sizga takroran tanishib chiqish uchun kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
  • Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni biron-bir shaxsga berib yuborish taqiqlanadi, chunki, agar kasallik simptomlari Sizdagi simptomlar bilan mos kelsada, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Har qanday nojo‘ya samaralar yuzaga kelgan holatlarda – davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting. Shular ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan har qanday nojo‘ya samaralar yuzaga kelishi holatlariga ham taalluqli. (4-bo‘limga qarang)

Ilova-varaqaning qisqacha mazmuni

  1. Meloks preparatining tarkibi va ta‘rifi
  2. Meloks preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Meloks preparatini qo‘llash usuli
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Meloks preparatini saqlash sharoiti
  6. Tarkibi, o‘rami va boshqa ma‘lumot

  1. Tarkibi va ta‘rifi

Meloks ta‘sir etuvchi modda – meloksikam saqlaydi. Meloksikam bo‘g‘imlar va mushaklarda yallig‘lanish jarayonlari va og‘riqni kamaytirish uchun qo‘llanadigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) deb nomlanuvchi guruhga mansub.

Meloks quyidagilar uchun mo‘ljallangan:

  • osteoartrozni simptomatik davolash
  • quyidagilarni uzoq vaqt davolash
    • revmatoid artrit
    • ankilozlovchi spondilit (Bexterev kasalligi nomi bilan ma‘lum)

  1. Meloks preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak

Meloksni qo‘yidagi holatlarda qabul qilish taqiqlanadi:

  • meloksikam yoki ushbu tibbiy preparatning har qanday boshqa komponentiga (6 bo‘limdagi ta‘rifga qarang) yuqori sezuvchanlik
  • homiladorlikning oxirgi uch oyligi
  • bolalar va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
  • asetilsalisil kislotasi va boshqa NYAQP ga yuqori sezuvchanlik
  • asetilsalisil kislotasi va boshqa NYAQP ni qabul qilgandan keyin quyida sanab o‘tilgan simptomlardan birontasini yuzaga kelishi
  • bronxospazm, hansirash (astma)
  • burun shilliq qavati polipozi bilan kechuvchi bronxial astma
  • teri toshmasi/eshakemi
  • teri yoki shilliq qavatlarni shishi (yallig‘lanish), masalan ko‘zlarni, yuzni, labni, og‘izni, tomoqni shishi va buning oqibatida nafas olishni qiyinlashishi (angionevrotik shish)
  • NYAQP ni qo‘llash bilan avvalgi davolagandan keyin va anamnezida me‘da-ichakdan qon ketishi
  • me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichakni teshilishi
  • me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi
  • avvalda yoki hozirgi vaqtda yara hosil bo‘lishi yoki qon ketishlarni bo‘lishi (yara paydo bo‘lishi va qon ketishni kamida ikkita holati)
  • og‘ir jigar yetishmovchiligi
  • og‘ir buyrak yetishmovchiligi (gemodializ o‘tkazmasdan)
  • yaqinda o‘tkazilgan serebrovaskulyar qon ketishi
  • ahamiyatli qon ketishlarga olib keluvchi har qanday boshqa buzilishlar
  • og‘ir yurak yetishmovchiligi

Meloksikamni qabul qilish ayrim hollarda hayot uchun real xavf soluvchi teri toshmasi (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) bilan kechgan, u dastlab qizil nuqtasimon dog‘ yoki dumaloq shaklli “o‘choqchalar” ko‘rinishida paydo bo‘ladi, ularning ko‘pchiligida markaziy qismida pufaklar hosil bo‘ladi.

Shuningdek kasallikning yondosh belgilari og‘iz bo‘shlig‘ida, tomoqda, burunda, genitaliyda yara paydo bo‘lishi va kon‘yunktivit (ko‘zlarni qizarishi va shishi) ni o‘z ichiga oladi.

Bunday teri reaksiyalari hayot uchun real xavf soladi, ko‘pincha grippsimon holatlar bilan birga kechadi. Toshma pufaklar yoki kepaklanish ko‘rinishida terining kengroq sohalariga tarqalishi mumkin.

Jiddiy teri reaksiyalarini yuzaga kelishini eng yuqori xavfi davolashning birinchi haftasida kuzatiladi.

Agar meloksikamni qabul qilganda Sizda Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz rivojlansa, Siz keyinchalik meloksikamni qo‘llamasliginiz kerak.

Toshma yoki yuqorida sanab o‘tilgan har qanday boshqa simptomlar rivojlangan hollarda ushbu preparatni qabul qilganlik haqida dastlab ogohlantirilgan shifokorning shoshilinch maslahati zarur.

Yuqorida ta‘riflangan yuzasidan har qanday gumonlar paydo bo‘lgan hollarda, davolovchi shifokoringizga murojaat eting.

Maxsus ko‘rsatmalar

Meloks preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.

Ehtiyotkorliklar

Meloks kabi preparatni qabul qilish ham ayrim hollarda yurak xuruji (miokard infarkti) yoki insult (apopleksik zarb) rivojlanishi xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday xavf sabablari bo‘lib preparatning yuqori dozalarini qabul qilish va uzoq vaqt davolash hisoblanadi. Tavsiya etilgan dozani oshirmang.

Davolashning tavsiya etilgan davomiyligini oshirmang (3 bo‘limga qarang).

Agar Sizda yurak bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, erta insult kuzatilgan bo‘lma yoki Siz bunday holatlarning xavf guruhida ekanligingizdan xavfsirasangiz, Siz davolash yuzasidan davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashishingiz kerak.

Ayniqsa, agar:

  • qon bosimi oshgan bo‘lsa (gipertenziya)
  • qonda qand darajasi yuqori bo‘lsa (qandli diabet)
  • qonda xolesterin darajasi yuqori bo‘lsa (giperxolesterinemiya)
  • chekishga qaramlik bo‘lsa

Jiddiy allergik reaksiyalar yuzaga kelgan hollarda, teri toshmasi paydo bo‘lishi, yumshoq to‘qimalar (shilliq qavatni) shikastlanishida yoki allergiyaning har qanday boshqa simptomlarining birinchi belgilarida Meloks preparatini qabul qilishni darhol to‘xtitish va davolovchi shifokorga maslahat uchun murojaat etish kerak.

Qon ketishlar (qon aralash axlat, qatronsimon axlat) yoki me‘da-ichak yo‘llarida yara paydo bo‘lganida (qorinda og‘riqni yuzaga keltiruvchi) Meloks preparati bilan davolashni darhol to‘xtatish kerak.

Meloksi o‘tkir og‘riqni tez yengillashtirish uchun mo‘ljallanmagan.

Meloks infeksion kasalliklarning simptomlarini (masalan isitmani) niqoblashi mumkin. Agar Siz o‘zingizda infeksiya borligiga gumon qilsangiz, davolovchi shifokorga murojaat etish kerak.

Ehtiyotkorlik choralari

Davolashni aniqroq tanlash uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak, ayniqsa quyidagi holatlarda:

  • anamnezida qizilo‘ngachni yallig‘lanishi (ezofagit), me‘da shilliq qavatini yallig‘lanishi (gastrit) yoki anamnezida Kron kasalligi yoki nospesifik kolit kabi ovqat hazm qilish yo‘llarining normal faoliyat ko‘rsatishini har qanday buzilishi
  • qon bosimini oshishi (gipertenziya)
  • keksalik yoshi
  • yurak, jigar, buyrak kasalliklari
  • qonda qand darajasini oshishi (qandli diabet)
  • operasiya oqibatida qonni jiddiy yo‘qotish yoki ishlatishi yoki suyaqlikni yetarli darajada iste‘mol qilmaslik oqibatida xujayradan tashqari suyuqlik xajmini qisqarishi (gipovelemiya)
  • avval shifokoringiz tomonidan aniqlangan qonda kaliyning darajasini oshishi

Davolash vaqtida shifokoringiz Sizning xolatingizni kuzatishi kerak.

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Siz avval qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori preparatlari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga albatta xabar bering.

Xususan, gap quyidagi preparatlar haqida ketmoqda:

  • boshqa NYAQP
  • tromb hosil bo‘lishini oldini oluvchi dori preparatlari
  • hosil bo‘lgan tromblarni parchalovchi dori preparatlari (trombolitiklar)
  • yurak va buyrak yetishmovchiligini davolashda qo‘llanadigan preparatlar
  • kortikosteroidlar (yallig‘lanishga qarshi holatlarni davolashda qo‘llanadigan preparatlar)
  • siklosporin – transplantasiyadan keyingi davoda, teri kasalliklarining og‘ir shakllarini, revmatoid artritni yoki nefrotik sindromni davolaganda qo‘llanadigan preparat
  • har qanday diuretiklar (“siydik haydovchi tabletkalar”). Ehtimol diuretiklar bilan davolash jarayonida shifokoringiz buyrak funksiyasini nazorat qilishi zarur bo‘lishi mumkin
  • yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar (masalan beta-blokatorlar kabi)
  • litium – depressiv buzilishlarni davolashda qo‘llanadigan preparat
  • serotoninni tanlab qayta qamrab olinishining ingibitorlari, depressiv holatlarda qo‘llanadigan preparatlar
  • metotreksat – o‘smalar yoki teri kasalliklarining og‘ir shakllari va revmatoid artritni davolashda qo‘llanadigan preparat
  • xolestiramin – xolesterin darajasini pasaytirishda qo‘llanadigan preparat
  • bachadon ichki homiladorlikka qarshi kontraseptivlar (BIHQK), odatda – homiladorlikka qarshi spiral

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik yoki emizish davrida yoki homiladorlikka gumon qilinganda yoki homiladorlik rejalashtirilgan holatlarda ushbu tibbiy preparatni iste‘mol qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevtga murojaat etish kerak.

Fertillik

Meloks ayollarda fertillikni pasaytirishi mumkin. Agar Siz homiladorlikni rejalashtirgan bo‘lsangiz yoki Sizda fertillik bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, albatta davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Homiladorlik

Meloks preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik aniqlangan holatlarda bu haqida darhol davolovchi shifokorga xabar berish kerak.

Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligi vaqtida shifokoringiz tomonidan ushbu tibbiy preparatni juda zarur holatlarda buyurish mumkin. Homiladorlikning oxirgi uch oyligida ushbu preparatni qo‘llash qat‘iy taqiqlanadi, chunki Meloks homilaga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, xususan hatto preparatni bir marta qabul qilganda ham yurak-o‘pka faoliyati va buyrak funksiyasiga noxush salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Laktasiya

Ushbu preparatni laktasiya (emizish) davrida qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.

Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ushbu preparatni qo‘llash fonida ko‘rish o‘tkirligini buzilishi kabi ko‘rishni buzilishi, bosh aylanishi, uyquchanlik va nerv tizimining boshqa buzilishlari paydo bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilganlardan birontasi paydo bo‘lganda avtomobilni boshqarishdan saqlanish kerak.

Meloks laktoza saqlaydi. Agar saxaroza saqlovchi ayrim moddalarni individual o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu tibbiy preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashish kerak.

  1. Meloks preparatini qo‘llash usullari

Har doim davolovchi shifokoringiz tomonidan buyurilgan preparatni qabul qilish normalariga rioya qiling. Har qanday shubhalar yuzaga kelgan hollarda, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat etish tavsiya etiladi.

Odatdagi doza quyidagilarni tashkil etadi:

Osteoartritni zo‘rayishi: sutkada 7,5 mg. Doza sutkada 15 mg gacha oshirilishi mumkin.

Revmatoid artrit: sutkada 15 mg. Doza sutkada 7,5 mg gacha kamaytirilishi mumkin.

Ankilozlovchi spondilit: sutkada 15 mg. Doza sutkada 7,5 mg gacha kamaytirilishi mumkin.

Tabletkalarni yetarli miqdordagi suv/suyuqlik bilan ichib, ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.

15 mg ni tashkil etuvchi maksimal sutkalik dozani oshirish tavsiya etilmaydi.

Agar “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limida sanab o‘tilgan bandlardan birontasi Sizning holatingiz simptomatikasiga mos kelsa, davolovchi shifokoringiz Sizning sutkalik dozangizni 7,5 mg gacha kamaytirishi kerak.

Meloksni bolalar va 16 yoshga to‘lmagan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Agar Meloks preparatining terapevtik samarasi haddan tashqari kuchli yoki aksincha haddan tashqari kuchsiz bo‘lsa yoki bir necha kundan keyin holatni yaxshilanishi kuzatilmasa – davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.

Meloks preparatining dozasini oshirib yuborilishi holatlari

Meloks preparatining dozasini oshirib yuborilishi holatlarida (dozani oshirib yuborilishi) darhol davolovchi shifokoringiz bilan bog‘lanish yoki yaqindagi tibbiyot muassasasiga murojaat etish kerak.

NYAQP dozasini kuchli oshirib yuborilishi bilan bog‘liq simptomlar quyidagilardan iborat:

  • holsizlik (lanjlik)
  • uyquchanlik
  • ko‘ngil aynishi, qusish
  • qorin sohasida og‘riq (epigastral og‘riq)

Umuman olganda Meloks preparatini bekor qilish fonida simptomlar susayadi. Me‘da yoki ichakdan qon ketishi kuzatilishi mumkin (me‘da-ichakdan qon ketishi).

Og‘ir zaharlanish preparatga jiddiy reaksiya oqibati bo‘lishi mumkin (4 bo‘limga qarang):

  • arterial bosimni oshishi (gipertenziya)
  • o‘tkir buyrak yetishmovchiligi
  • jigar yetishmovchiligi
  • nafas bilan muammolar/nafasni to‘xtashi
  • nafasni susayishi
  • hushdan ketish (koma)
  • tutqanoq (tirishishlar)
  • qon aylanishini buzilishi (yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq buzilishlar)
  • yurakni to‘xtashi
  • tezkor tipdagi allergik reaksiyalar (o‘ta yuqori sezuvchanlik), ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • hushdan ketish
  • hansirash
  • teri reaksiyalari

Meloks preparatini qabul qilishni o‘tkazish

Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozasini o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang. Keyingi dozani tartib bo‘yicha qabul qiling.

Ushbu dori preparati yuzasidan biron-bir savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat etish tavsiya etiladi.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari

Boshqa har qanday dori vositalari kabi ushbu dori preparati ham bir qator nojo‘ya ta‘sirlarga ega bo‘lishi mumkin, ular namoyon bo‘lmasligi ham mumkin.Quyidagi simptomlar paydo bo‘lganda Meloks preparatini qabul qilishni DARHOL to‘xtating va davolovchi shifokoringiz yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat eting:

Quyidagi shakllarda namoyon bo‘luvchi har qanday allergik reaksiyalar (o‘ta yuqori sezuvchanlik):

  • qichishish, pufaklarni hosil bo‘lishi yoki terini kepaklanishi kabi teri reaksiyalari, ular yumshoq to‘qimalarning jiddiy shikastlanishlariga (shilliq qavatlarni shikastlanishi) yoki ko‘p shaklli eritemaga olib kelishi mumkin. Juda kam hollarda teri toshmasi (Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz) kabi hayot uchun potensial xavf tug‘diruvchi kasalliklar qayd etilgan (2 bo‘limga qarang). Ko‘p shaklli eritema – pushti-qizil yoki yorqin-qizil rangli dog‘lar, papulalar yoki pufaklarni paydo bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi o‘tkir allergik teri kasalligidir. Ular og‘iz bo‘shlig‘ida ham ko‘zlarda va boshqa shilliq qavatlar yuzasida joylashishi mumkin.
  • teri va shilliq qavatlarni shishi (yallig‘lanish), masalan ko‘larni, yuzni, lablarni, og‘izni, tomoqni shishi va oqibatda nafasni qiyinlashishi, to‘piq/oyoqni shishi (oyoqlar edemasi)
  • hansirash yoki astma xuruji
  • jigarni yallig‘lanishi (gepatit). Bu quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin:
    • teri qoplamalari va ko‘z olmasini sariq rangga bo‘yalishi (sariqlik)
    • me‘dada og‘riq
    • ishtahani yo‘qolishi

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan har qanday nojo‘ya samaralar, ayniqsa:

  • qon ketishi (qon aralash axlat)
  • me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi (me‘dada og‘riqning sababi bo‘lgan)

Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, ovqat hazm qilish yo‘llarida yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin, ayniqsa keksa pasientlarda hatto o‘limgacha.

Agar Sizda anamnezda NYAQP uzoq vaqt qo‘llash oqibatida yuqorida sanab o‘tilgan ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan simptomlar kuzatilsa, darhol tibbiy yordamga murojaat etish, ayniqsa keksa yoshdagilar uchun tavsiya etiladi. Ehtimol davolash jarayoni davolovchi shifokoringiz tomonidan ma‘lum kuzatishni talab etishi mumkin.

Agar Sizda ko‘rishni buzilishi kuzatilgan bo‘lsa, avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak.

Yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) buyurgandan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan keng tarqalgan bir qator nojo‘ya samaralar mavjud:

Ayrim NYAQP qo‘llash, ayniqsa yuqori dozada va uzoq vaqt davolash yurak xurujlari (miokard infarkti) yoki bosh miyada qon aylanishi buzilishi (insult) kabi arteriyalarni tromb bilan berkilishi xavfini oshishi bilan bog‘liq bir qator holatlarni yuzaga kelish sababchisi bo‘lishi mumkin.

Xususan NYAQP bilan davolash bilan bog‘liq quyidagi noxush reaksiya qayd etilgan: suyuqlikni tutilishi (shish), yuqori arterial bosim (gipertenziya) va yurak falaji.

Ovqat hazm qilish yo‘llarini (MIY) shikastlanishi bilan bog‘liq keng tarqalgan nojo‘ya samaralar:

  • me‘da va ingichka ichakning yuqori devori yarasi (peptik/gastroduodenal yara)
  • ichak devorini teshilishi yoki MIY dan qon ketishi (ayrim hollarda, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda o‘lim bilan yakunlanadi)

NYAQP qo‘llagandan keyin kuzatiladigan ma‘lum nojo‘ya samaralarning ro‘yxati

  • ko‘ngil aynishi, qusish
  • tez-tez suyuq ich kelishi (diareya)
  • meteorizm
  • qabziyat
  • ovqatni xazm bo‘lmasligi (disepsiya)
  • epigastral og‘riqlar
  • MIY dan qon ketishi oqibatida qon aralash axlat
  • qon aralash qusish (gematemezis)
  • yara paydo bo‘lishi bilan og‘iz bo‘shlig‘ini yallig‘lanishi (yarali stomatit)
  • ovqat hazm qilish yo‘llarining yallig‘lanish jarayonlarini chuqurlashishi (masalan kolit yoki Kron kasalligini zo‘rayishi)
  • kam hollarda MIY ni yallig‘lanishi (gastrit) kuzatilishi mumkin.

Meloksi preparatidagi faol modda – meloksikam qo‘llanilganda kuzatiladigan nojo‘ya samaralar:

Juda tez-tez: 10 pasientdan 1 tadan ko‘prog‘ida

  • ovqatni hazm bo‘lmasligi
  • ko‘ngil aynishi, qusish
  • epigastral og‘riqlar
  • qabziyat
  • meteorizm
  • tez-tez suyuq ich kelishi (diareya)

Tez-tez: 10 pasientdan bittasida

  • bosh aylanishi
  • bosh aylanishi hissi (vertigo)
  • uyquchanlik
  • anemiya (qonda gemoglobin darajasini pasayishi)
  • arterial bosimni oshishi (gipertenziya)
  • qonni to‘satdan oqib ketili (yuz va bo‘yincha vaqtincha qizarishi)
  • suv-tuz muvozanatini buzilishi
  • kaliyning darajasini oshishi (giperkaliemiya)

Bu quyidagi simptomlarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin:

  • yurak ishidagi buzilishlar (aritmiya)
  • yurak urishini tzlashishi (yurak ritmi odatdagidan tezroq bo‘lganda)
  • mushak kuchsizligi
  • kekirish
  • MIY yallig‘lanishi (gastrit)
  • ovqat hazm qilish yo‘llaridan qon ketishi
  • og‘iz bo‘shlig‘ini yallig‘lanishi (stomatit)
  • to‘satdan allergik reaksiyalar (o‘ta yuqori sezuvchanlik)
  • qichishish
  • teri toshmasi
  • suyuqlikni tutilishi bilan chaqirgan shish (edema), shu jumladan to‘piq/oyoqni shishi (oyoqlar edemasi)
  • teri yoki shilliq qavatlarni shishi (yallig‘lanish), masalan ko‘zlarni, yuzni, labni, og‘izni, tomoqni shishi va buning oqibatida nafas olishni qiyinlashishi (angionevrotik shish)
  • jigar funksiyasi ko‘rsatkichlarini yaqqol o‘zgarishlari (masalan transaminazalar yoki bilirubin darajasini oshishi). Shifokoringiz qon tahlilini o‘tkazish orqali yuqoridagilarni aniqlashi mumkin.
  • buyrak funksiyasi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi (qonda mochevina va/yoki kreatinin darajasini oshishi)

Kam hollarda: 1000 pasientdan 1 tadan kamrog‘ida

  • kayfiyatni o‘zgarishi
  • tungi dahshatlar
  • qon formulasini o‘zgarishi, shu jumladan:
  • qon formulasini yaqqol o‘zgarishlari
  • qonda leykositlar sonini kamayishi (leykopeniya)
  • qonda trombositlar sonini kamayishi (trombositopeniya). Yuqorida sanab o‘tilganga o‘xshash nojo‘ya samaralar infeksiya bilan zararlanishga va qon talashlar va burundan qon ketishi kabi simptomlarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin
  • quloqlarda shovqin
  • yurakni kuchli urishi
  • MIY va ingichka ichakning yuqori qismini eroziv-yarali shikastlanishlari (peptik/gastroduodenal yara)
  • qizilo‘ngachni yallig‘lanishi
  • bronxospazm (aspirasion triadasi bo‘lgan bemorlarda)
  • eshakemi
  • ko‘rishni buzilishi, shu jumladan:
  • ko‘rish o‘tkirligini buzilishi
  • kon‘yunktivit (kon‘yunktivit, ko‘z olmasi/qovoqlarni yallig‘lanishi)
  • yo‘g‘on ichakni yallig‘lanishi (kolit)

Juda kam hollarda: 10000 pasientdan 1 tadan kamrog‘ida

  • pufaklar (bullyoz toshma) va ko‘p shaklli eritema.

Ko‘p shaklli eritema – pushti-qizil yoki yorqin-qizil rangli dog‘lar, papulalar yoki pufaklarni paydo bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi o‘tkir allergik teri kasalligidir. Ular og‘iz bo‘shlig‘ida ham ko‘zlarda va boshqa shilliq qavatlar yuzasida joylashishi mumkin.

  • jigarni shikastlanishi (gepatit). Bu quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin:
    • teri yoki ko‘z olmasini sarg‘ayishi (sariqlik)
    • abdominal og‘riq
    • ishtahani yo‘qolishi
    • o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, ayniqsa yurak kasalligi bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi pasientlarda, qandli diabeti bo‘lgan yoki buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda
    • ichak devori perforasiyasi (teshilishi)

Ma‘lumotlar mavjud emas (mavjud ko‘rsatkichlar asosida statistikani hisoblab bo‘lmaydi)

  • vaqt va makon bo‘yicha dezorientasiya
  • dispnoe va teri reaksiyalari (anafilaktik reaksiyalar), ultrabinafsha nurlar ta‘siri ostida yuzaga keluvchi toshma (fotosensibilizasiya)
  • infarkt (yurak yetishmovchiligi) – NYAQP qabul qilish bilan bog‘liq holat qayd etilgan
  • oq qon tanachalari (leykositlar) ning spesifik turlarini to‘liq yo‘qotilishi (yo‘qligi) (agranulositoz), ayniqsa Meloks preparati bilan bir qatorda suyak ko‘migiga tormozlovchi, susaytiruvchi va destruktiv ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalarini (mielotoksik dori vositalari deb nomlanuvchi – suyak ko‘migini susaytiruvchi yoki shikastlovchi) qabul qiluvchi pasientlarda. Bu quyidagilarga olib kelishi mumkin:
    • isitmali holat
    • tomoq og‘rig‘i
    • infeksion kasalliklar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) chaqiradigan, lekin Meloksni qabul qilgandan keyin namoyon bo‘lmagan nojo‘ya samaralar

Buyrak funksiyasini o‘zgarishlari va oqibatda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi:

  • juda kam hollarda – buyrakni yallig‘lanishi (interstisial nefrit)
  • buyrakda xujayralarni nobud bo‘lishi (o‘tkir tubulyar yoki papillyar nekroz)
  • siydikda oqsil aniqlanishi (proteinuriya bilan kechuvchi nefrotik sindrom)

Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganda yoki ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar aniqlanganda – davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Nojo‘ya ta‘sirlarni yuzaga kelishi haqida xabar berish:

Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganda davolovchi shifokoringiz yoki hamshiraga xabar bering. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarni yuzaga kelishiga ham taalluqli. Shuningdek Siz nojo‘ya ta‘sirlar haqida shu turdagi ma‘lumotlarni tahlil qilish vakolatiga ega mahalliy organlarga bevosita xabar berishingiz mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlarni aniqlashga yordam berib, Siz shu orqali ushbu preparatning sifatini yaxshilashga yordam berasiz.

  1. Meloks preparatini saqlash sharoitlari

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Meloksini 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik yoki namlikdan himoyalash uchun original o‘ramida saqlash kerak.

Karton qutida va blister o‘ramda “Goden do” yozuvidan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

Dori vositasini chiqindilar bilan yoki kanalizasiyaga tashlash taqiqlanadi. Kerak bo‘lmagan dori vositalarini utilizasiya qilish masalalari bo‘yicha farmasevt bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. Tarkibi, o‘rami va boshqa ma‘lumot

Meloks preparatining tarkibi

  • Ta‘sir etuvchi modda – meloksikam.

7,5 mg li Meloks tabletkalari 7,5 mg meloksikam saqlaydi.

15 mg li Meloks tabletkalari 15 mg meloksikam saqlaydi.

  • Yordamchi moddalar:

7,5 mg li Meloks tabletkalari quyidagilarni saqlaydi: natriy sitrat digidrati, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, povidon, krospovidon, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

15 mg li Meloks tabletkalari quyidagilarni saqlaydi: natriy sitrat digidrati, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, povidon, krospovidon, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Meloks preparatiningqobig‘i va uning ichidagisi

7,5 mg li Meloks tabletkalari dumaloq shaklli, bir tomonida 7 mm li bo‘lish uchun riskali och-sariq rangli yassi tabletkalar. Bo‘luvchi belgisi tabletkani yutishni osonlashtirish uchun mo‘ljallangan, lekin teng dozalarga bo‘lish uchun mo‘ljallanmagan.

15 li Meloks tabletkalari dumaloq shaklli, bir tomonida 10,5 mm li bo‘lish uchun riskali och-sariq rangli yassi tabletkalar. Tabletkani teng ikki dozalarga bo‘lish mumkin.

Tabletkalar Al/PVX blisterga joylangan. 10, 20 va 30 tabletka, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi saqlovchi o‘ramlar (karton quti) mavjud.

Markirovka barcha o‘ramlarda bo‘lmaydi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10 dori vositasi Тева Прайвэт Ко.Лтд Фарм.завод tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5
Narh: 31 400 so'mdan Batafsil
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
MELOFLAM tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Турция произведено Idol Ilac Dolum San.Ve Tic.A.S
Narh: 34 900 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
LOKSIDOL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 39 800 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
AMELOTEKS gel 50g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс,ФармФирма,ЗАО, произведено Озон,ООО
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
REKLIN tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
REKLIN tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Farmaprim S.R.L
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 25 941 so'mdan Batafsil
ARTROZAN inyeksiya uchun eritma 2,5ml 6mg/ml N10
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Danhson Trading & Pharma Co. Ltd, Вьетнам произведено: Zhangjiakou Kaiwei Pharmaceutical Co. Ltd.
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELOKS tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MAKSIKAM tabletkalari 15mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Credence Remedies Private Limited
GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Mephar Ilac Sanayii A.S.
MELBEK FORTE tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
MELBEK tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
MEKSILON inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medicus S.A., Греция произведено: Help S.A.
Narh: 47 400 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL suppozitorii 15mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C & S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM suppozitorii 15mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
KAMELOT tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
MELOKSIKAM SOLOFARM POLITVIST eritma 1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
MELOKS eritma 1,5 ml 15 mg/1,5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd, Кипр произведено: Medochemie Ltd (Ampoule Injectable Facility)
MELOKS eritma 1,5 ml 15 mg/1,5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd, Кипр произведено: Medochemie Ltd (Ampoule Injectable Facility)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9