×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OFLOKORT eritma 100ml 2%

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Офлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- Torrent Pharmaceuticals Ltd
ATX kodi:
- J01MA01 Офлоксацин
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFAZOLIN poroshok 1,0g Биосинтез, ПАО Rossiya
2 500 s`om dan
AZITRUS kapsulalar 250mg N6 Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
10 000 s`om dan
SEFVIN tabletkalari 500mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
91 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OFLOKORT eritma 100ml 2% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OFLOKORT

OFLOCORT

 

Preparatning savdo nomi: Oflokort

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ofloksasin

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ofloksasin – 200 mg;

yordamchi moddalar: natriy xloridi – 900 mg; in‘eksiya uchun suv – 100 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq och-sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (ftorxinolonlar guruhi).

ATX kodi: J01MA01

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Keng bakterisid ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan mikroblarga qarshi ftorxinolonlar guruhiga mansub bakteriyalarga qarshi preparatdir. Bakteriya DNK sining yuqori spirallashuvini va shu tarzda uning turg‘unligini ta‘minlovchi DNK-giraza fermentiga ta‘sir qiladi (DNK zanjirini barqarorsizlantirish mikroorganizmlarni nobud bo‘lishiga olib keladi).

β-laktamazalar ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga va tez o‘suvchi atipik mikobakteriyalarga nisbatan faol.

Ofloksasinga sezgir mikroorganizmlar:

Grammanfiy: Enterobakteriyalar: Citrobacter spp., Edwardsiella tarda, Enterobacter spp., Escherichia coli, Hafnia alvei, Hafnia spp., Klebsiella pneumonia, Klebsiella spp., Proteus mirabilis, Proteus spp., Proteus vulgaris., Providencia spp., Salmonella spp., Serratia marcescens, Shigella sonnei, Shigella spp. Boshqalar: Aeromonas hydrophila, Bordetella parapertussis, Bordetella pertussis, Brucella spp., Campylobacter jejuni, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenza, Legionella spp., Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Pseudomonas aeruginosa, Serratia spp., Vibrio cholera, Vibrio parahaemolyticus, Yersinia enterocolitica. Grammusbat: Stafilokokklar: Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus spp. Boshqalar: Propionibacterium acnes.

Ofloksasinga o‘rtacha sezgir mikroorganizmlar:

Grammanfiy: Ba‘zi xujayra ichi qo‘zg‘atuvchilari: Acinetobacter, Chlamydia spp., Helicobacter pylori, Legionella pneumophila, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumonia, Serratia marcescens, Ureaplasma realiticum.

Ofloksasinga sezgirligi kamroq mikroorganizmlar:

Grammanfiy: Streptokokklar: Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans. Boshqalar: Clostridium perfringens, Corynebacterium spp., Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium fortuitum, Mycobacterium tuberculosis.

Ofloksasinga chidamli mikroorganizmlar:

Treponema pallidum ga nisbatan faol emas.

Bacteroides fragilis, Bacteroides spp., Clostridium difficile, Eubacterium spp., Fusobacterium spp., Nocardia asteroids, Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp., Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Treponema pallidum, Ureaplasma urealiticum.

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi

Floksurolning 200 mg bir martalik infuziyasidan keyin 60 minut ichida uning qondagi maksimal konsentrasiyasi (Cmax) 2,7 mkg/ml ni, yuborilgandan 12 soatdan keyin esa 0,3 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Muvozanat teng konsentrasiyalarga 4 infuziyadan so‘ng erishiladi. Floksurolni vena ichiga (v/i) 200 mg dozada har 12 soatda 7 kun davomida yuborilganda, uning o‘rtacha maksimal va minimal muvozanat konsentrasiyalari muvofiq ravishda 2,9 va 0,5 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Floksurol organizmning ko‘pgina to‘qima va suyuq muhitlariga keng kiradi: hujayralar (leykositlar, alveolyar makrofaglar), so‘lak, bronxial shilliq, safro, ko‘z yosh va orqa miya suyuqligi, yiring, o‘pka, yumshoq to‘qimalar, suyaklar, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a‘zolari, prostata bezi hamda teri.

GET (gematoensefaolik to‘siq), yo‘ldosh to‘sig‘idan yaxshi o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqariladi. Bosh miya qobig‘ining yallig‘langan va yallig‘lanmagan holatlarida orqa miya suyuqligiga o‘tadi (14-60%).

Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 20-25% ni tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

N-oksid ofloksasin va dimetilofloksasin hosil qilgan holda jigarda metabolizmga uchraydi (taxminan 5%). Yarim chiqarilish davri (T1/2) 6-7 soat. Preparatning buyrak klirensi minutiga 173 ml, umumiy klirensi esa minutiga 214 ml ni tashkil qiladi. Dozaning 80% o‘zgarmagan holda buyraklar orqali, kam qismi ahlat bilan chiqariladi. Buyrakdan tashqari klirensi 20% dan kam. Bir martalik 200 mg dozada qo‘llanilganida, siydikda 20-24 soatdan keyin aniqlanadi.

Floksurol postantibiotik ta‘sir ko‘rsatadi.

Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi

Jigar va buyrak kasalliklarida chiqarilishi sekinlashishi mumkin, buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) minutiga 50 ml dan va kamroq) T1/2 15-16 soatgacha oshishi mumkin. Takroriy buyurilishi uning to‘planishiga olib kelmaydi. Gemodializ vaqtida 10-30% preparat yuqotiladi. Keksa yoshdagi bemorlarda KK o‘rtacha minutiga 50 ml bo‘lganida T1/2 13 soatgacha oshishi mumkin.

Qo‘llanilishi

  • nafas yo‘llari infeksiyalari (bronxit, pnevmoniya);
  • LOR-a‘zolari infeksiyalari (sinusit, faringit, o‘rta otit (shu jumladan o‘tkir va surunkali bakterial tashqi va o‘rta otit, quloq pardasi perforasiyasi yoki timpanopunksiya bilan kechuvchi otit, laringit, traxeit);
  • teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (furunkulyoz, saramas kasalligi, yotoq yaralari, infeksiyalangan jarohatlar) (Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes ili Proteus mirabilis);
  • suyak va bo‘g‘imlar infeksiyalari (osteomielit);
  • qorin bo‘shlig‘i, me‘da-ichak yo‘llari va o‘t chiqarish yo‘llari infeksiyalari (bakterial enteritdan tashqari);
  • buyraklar (pielonefrit) va siydik chiqaruv yo‘llari (sistit, uretrit (gonokokksiz turi – Chlamydia trachomatis chaqirgan) (Citrobacter diversus, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa)) infeksiyalari;
  • kichik chanoq (endometrit, salpingit, oforit, servisit (gonokokksiz turi – Chlamydia trachomatis chaqirgan), parametrit, prostatit) va jinsiy a‘zolar (kolpit, orxit, epididimit, mikoplazmoz) infeksiyalari;
  • xlamidioz;
  • septisemiya;
  • meningit;
  • tuberkulyoz (majmuaviy davolash tarkibida);
  • tuberkulyoz va o‘pka fibrozi fonidagi respirator infeksiyalar;
  • immun holati buzilishi bo‘lgan bemorlarda infeksiyalar oldini olish uchun (shu jumladan neytropeniyada);
  • shigillyoz va salmonellyoz;
  • ko‘ruv a‘zolari infeksiyalari (muguz pardaning bakterial yarasi, kon‘yunktivit, blefarit, meybomit (govmichcha), dakriosistit, keratit, ko‘zning xlamidiyali infeksiyalari);
  • yot moddalarni olib tashlash va ko‘z jarohati yuzasidan o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng operasiyadan keyingi davrdagi infeksiyalarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat v/i tomchilab yuboriladi (sekin yuborish kerak, oqim bilan yuborish tavsiya qilinmaydi).

Doza kasallik og‘irligi, infeksiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyrak faoliyatiga qarab aniqlanadi.

Davolashni 200 mg preparatni v/i (30-60 minut davomida) yuborish bilan boshlanadi. Davolash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq va ko‘p hollarda 7-10 kunni tashkil qiladi (quyi siydik yo‘llarining asoratsiz infeksiyalarida davolash kursi 3-5 kun tashkil qiladi).

Preparatni bemorning harorati va umumiy ahvoli yaxshilanganidan so‘ng yana 3 kun davomida yuborish kerak. Bemorning holati yaxshilanganidan so‘ng, davolashni, preparatning peroral shaklida, xuddi shunday sutkalik dozada davom ettirish tavsiya etiladi.

Davolash davomiyligi 2 oydan oshmasligi kerak.

  • siydik chiqaruv yo‘llari infeksiyalarida preparat 100 mg dan sutkasiga 1-2 marta buyuriladi;
  • buyrak va jinsiy azolar infeksiyalarida preparat 100 mg dan 200 mg gacha, sutkasiga 2 marta buyuriladi;
  • nafas yo‘llari, shuningdek LOR-a‘zolari infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalar, suyak va bo‘g‘imlar, qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari, septik infeksiyalarda 200 mg dan sutkasiga 2 marta buyuriladi;
  • zarur holatlarda doza sutkasiga 2 marta 400 mg gacha oshiriladi;
  • immuniteti yaqqol pasaygan bemorlarda infeksiyalar oldini olish uchun sutkasiga 400-600 mg dan buyuriladi; zarur holatlarda v/i tomchilatib 200 mg dan 5% li dekstroza eritmasida yuboriladi. Infuziya davomiyligi 30 minut.

Bolalar. Bunda sutkalik o‘rtacha doza tana vaznidan 7,5 mg/kg, maksimal – 15 mg/kg ni tashkil qiladi.

Alohida  klinik holatlardagi qo‘llash usuli va dozalari

Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan bemorlarda (KK minutiga 50 dan 20 ml gacha) bir martalik doza, o‘rtacha tavsiya etilgan dozaning 50% ni tashkil qilishi kerak (sutkasiga 2 marta buyurilganida). Bir martalik dozani butunligicha sutkasiga 1 marta yuborish ham mumkin. Minutiga KK 20 ml dan kam bo‘lganida boshlang‘ich doza 200 mg ni tashkil qiladi, so‘ng preparat sutkasiga 100 mg dan yuboriladi.

Peritoneal dializda va gemodializda bo‘lgan bemorlarga preparat 100 mg dan har 24 soatda yuboriladi.

Buyrak yetishmovchiligida maksimal sutkalik doza 400 mg ni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, allergik pnevmonit, allergik nefrit, eozinofiliya, isitma, angionevrotik shish (Kvinke shishi), bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xavfli eksudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), fotosensibilizasiya, anafilaktik shok.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, AB (arterial bosim) ning pasayishi (AB ning keskin pasayishida yuborish to‘xtatiladi), vaskulit, kollaps.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qat‘iyatsiz harakatlar, tremor, tirishishlar, qo‘l va oyoqlar uvushishi hamda parasteziyasi, jadal tush kurishlar, tungi dahshatlar, psixotik reaksiyalar, havotorlik, psixomotor qo‘zg‘alishi, fobiyalar, depressiya, ongning chalkashishi, gallyusinasiyalar, bosh miya ichi bosimining oshishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: rang ajratishning buzilishi, diplopiya, ta‘m, hid bilish va muvozanatning buzilishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, abdominal og‘riqlar, jigar transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, xolestatik sariqlik, sohtamembranoz enterokolit.

Siydik chiqaruv tizimi tomonidan: o‘tkir interstisial nefrit, buyrak faoliyatining buzilishi, giperkreatininemiya, mochevina miqdorining oshishi, vaginit.

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tendinit, mialgiyalar, artralgiyalar, tendosinovit, pay uzilishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniiya, agranulositoz, anemiya, trombositopeniya, pansitopeniya, gemolitik va aplastik anemiya.

Dermatologik reaksiyalar: nuqtali qon quyilishlari, bullyoz gemorragik dermatit, tomirlar jarohatlanganidan dalolat beruvchi papulyoz toshma (vaskulit).

Mahalliy reaksiyalar: og‘riq, yuborish joyidagi og‘riq, tromboflebit.

Boshqalar: holsizlik, disbakterioz, superinfeksiya, gipoglikemiya (qandli diabeti mavjud bemorlarda).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga yoki boshqa xinolonlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
  • glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
  • tutqanoq (shu jumladan anamnezda);
  • tirishish bo‘sag‘asini pasaishi bilan kechuvchi MNT (markaziy nerv tizimi) jarohatlanishi (shu jumladan bosh miya jarohatlaridan, insult yoki MNT dagi yallig‘lanish jarayonlaridan so‘ng);
  • anamnezida ftorxinolonlar bilan bog‘liq bo‘lgan paylarning jarohatlanishi;
  • homiladorlik va laktasiyada qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

  • bosh miya qon tomirlari aterosklerozi;
  • miya qon aylanishining buzilishi (shu jumladan anamnezida);
  • MNT ning organik jarohatlanishi;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (skelet shakllanish jarayonining tugallanishigacha);
  • buyrak yetishmovchiligi;
  • jigar yetishmovchiligi;
  • QT intervalining uzayishi;
  • kompensasiyalamagan gipokaliemiya;

I A (xinidin, prokainamid) yoki III (amiodaron, sotalol) sinfiga mansub bo‘lgan aritmiyaga qarshi vositalarni qabul qiluvchi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

  • Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganida ofloksasin uning klirensini 25% ga kamaytiradi (bir vaqtda qo‘llanganida teofillinning dozasini kamaytirish lozim).
  • Simetidin, furosemid, metotreksat va kanalchalar sekresiyasini bloklovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ofloksasinning qondagi konsentrasiyasi oshadi.
  • Ofloksasin glibenklamidning plazmadi konsentrasiyasini oshiradi.
  • Bilvosita antikoagulyantlar – K vitamini antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ivish tizimini nazorat qilish lozim.
  • NYAQV (nosteroid yalig‘lanishga qarshi vositalar), nitroimidazol hosilalari va metilksantinlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida neyrotoksik samaralarning rivojlanish havfi oshadi.
  • GKS (glyukokortikosteroidlar) bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ayniqsa keksalarda, paylarning uzilish havfi oshadi.
  • Siydikni ishqoriylashtiruvchi preparatlar bilan qo‘llanganida (karboangidraza ingibitorlari, sitratlar, natriy bikarbonati) kristalluriya va nefrotoksik samaralar havfi oshadi.
  • Ofloksasinning prokainamid bilan bir vaqtda qo‘llanilishi prokainamidning qondagi miqdori oritishiga olib keladi.
  • Ofloksasin antigipertenziv vositalar yoki anesteti vositalar, barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida, ba‘zi holatlarda arterial to‘satdan pasayib ketishini kuzatish mumkin.
  • Ofloksasinni yuqori dozalarda kanalchalar sekresiyasi orqali chiqariluvchi dori vositalari bilan bir vaqtda yuborilishi, ular chiqarilishining kamayishi hisobiga plazmatik konsentrasiyalari oshishiga olib kelishi mumkin.
  • Varfarin yoki uning hosilalari bilan bir vaqtda yuborilganida protrombin vaqtini kuzatish yoki ivishga oid boshqa tekshiruvlarni o‘tkazish kerak.
  • Diabetga qarshi peroral vositalar, insulin bilan bir vaqtda yuborilganida gipoglikemiya yoki giperglikemiya bo‘lishi mumkin.
  • Ofloksasinni beta-laktam antibiotiklar, aminoglikozidlar va metronidazol bilan bir vaqtda qo‘llaganda o‘zaro additiv ta‘sir kuzatiladi.
  • Simetidinning qo‘llanilishi ba‘zi xinolonlarning yarim chiqarilish davrini azmincha darajada oshiradi.
  • Siklosporin va ofloksasin bir vaqtda qo‘llanilganida, siklosporinning zardobdagi konsentrasiyasi oshadi.
  • Xinolonning ko‘pchilik mikroblarga qarshi preparatlari sitoxrom R450 ning ferment faolligini ingibisiya qiladi. Ba‘zi preparatlarning (masalan siklosporin, teofilin, metilksantil, varfarin va boshqalar) ofloksasin bilan bir vaqtda qo‘llanilishi, ularning yarim chiqarilish davrini oshirishi mumkin.
  • Probenesid va ofloksasinning bir vaqtda qo‘llanilishi, buyraklarning chiqaruvchi kanalchalariga ta‘sir ko‘rsatadi.
  • Farmasevtik o‘zaro ta‘siri

Ofloksasin eritmasi quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosib: natriy xloridining izotonik eritmasi, Ringer eritmasi, fruktozaning 5% li eritmasi, dekstrozaning (glyukozaning) 5% li eritmasi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ofloksasin pnevmokokklar chaqiradigan pnevmoniyada tanlov muvofiq preparati hisoblanmaydi, o‘tkir tonzillitni davolashda qo‘llanilmaydi va sifilisni davolashda samarali emas.

Tuberkulyozning bakteriologik tashxisida soxta manfiy natijalar paydo bo‘lishi mumkin (Mycobacterium tuberculosis ajralishiga to‘sqinlik qiladi).

Gonoreyani qisqa davolash vaqtida yuqori dozada qo‘llaniladigan mikroblarga qarshi preparatlar sifilisning inkubasiya davrini niqoblash yoki sekinlashtirish mumkin. Gonoreyali barcha bemorlar, tashxis davrida sifilisga nisbatan serologik ttekshiruvdan o‘tishlari lozim. Ofloksasin qabul qilayotgan bemorlar uch oydan keyin serologik tekshiruvdan o‘tishlari lozim.

Preparatni qo‘llash fonida etanol iste‘mol qilish mumkin emas.

V/i tez yuborilganda AB pasayishi mumkin. Ikki oydan ortiq ishlatish tavsiya qilinmaydi. Preparatni qo‘llash fonida quyosh va UB nurlaridan saqlanish lozim.

Kam uchraydigan tendenit, ayniqsa keksa bemorlarda payning uzilishiga olib kelishi mumkin (asosan axill payining). Tendenit belgilari paydo bo‘lganida davolash darxol to‘xtatiladi, axill payining immobilizasiyasi amalga oshiriladi va ortoped maslahatlanish kerak.

Diabeti  bo‘lgan va ofloksasin bilan birga gipoglikemik preparatlar yoki insulin qabul qilayotgan bemorlarda glyukozaning qondagi darajasi buzilishi mumkin, shu jumladan simptomatik giperglikemiya va gipoglikemiya. Bunday bemorlarning qondagi glyukoza darajasini diqqat bilan nazorat qilish lozim.  Agar ofloksasin bilan davolashni boshlagan bemorlarda gipoglikemik reaksiyalar namoyon bo‘lsa, uni qo‘llashni to‘xtatish lozim.

Preparatni qo‘llash vaqtida kandidozning (molochnisa) rivojlanish xavfi oshishi sababli ayollarga qin tamponlarini ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Davolash fonida moyilligi mavjud bemorlarda miasteniyaning kechishi yomonlashi, porfiriya xurujlari jadallashishi mumkin.

Xinolonning barcha preparatlari kabi ofloksasinni MNT faoliyati buzilishi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki uning qabuli tutqanoq hurujiga sabab bo‘lishi mumkin.

Jigar yoki buyrak faoliyati buzilganida ofloksasinning qondagi konsentrasiyasini nazorat qilish lozim. Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida toksik samaralar havfi oshadi (dozani kamaytirish talab qilinadi).

Kristalluriyadan saqlanish uchun bemorlar yetarlicha suv iste‘mol qilishlari lozim.

Og‘ir va/yoki uzoq muddatli diareyani davolash vaqtida va/yoki davolashdan keyin preparat berilishini bekor qiluvchi va tegishli davolashni (ichga vankomisin, teykoplanin yoki metronidazol) talab qiluvchi sohta membranoz kolit tashxisini istisno qilish lozim.

Ofloksasin preparatga chidamli mikroorganizmlar ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi infeksiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Bolalarda, taxmin qilinadigan klinik samaradorligi va nojo‘ya ta‘sirlar rivojlanish ehtimolini hisobga olgan holda preparatni, faqat hayot uchun havfli infeksiyalarda, kamroq toksiklikka ega bo‘lgan preparatlarni qo‘llash mumkin bo‘lmaganda qo‘llaniladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtomobilni boshqarishda va yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi  boshqa potensial xavfli faoliyat turlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim

Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritma ishlatilsin!

Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va noto‘g‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.

Steril. Vena ichiga.

Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!

Muzlatilmasin! Isitilmasin!

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Dozaning oshirib yuborilishi

Simptomlar: bosh aylanishi, sovuq teri paydo bo‘lishi, ongning chalkashishi, tormozlanish, dezorientasiya, uyquchanlik, tirishishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, shilliq qavatlarning eroziv shikastlanishi.

Davolash: dezintoksikasion, desensibilizasiyalovchi va simptomatik muolaja.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun 200 mg/100 ml eritma 100 ml, 200 ml dan flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OFLOKORT eritma 100ml 2% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OFLOKORT eritma 100ml 2% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OFLOKORT eritma 100ml 2% dori vositasi Torrent Pharmaceuticals Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OFLOKORT eritma 100ml 2% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OFLOKORT eritma 100ml 2% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
OKVINOV infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
ROFLOKSAN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 41 800 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: SEDICO Pharmaceutical Co.
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
ROFLOKSAN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSASIN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
IZIOFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
SINOFLOKS NEO eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
POLIMIK tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
OFLOSTAT NEO infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSIM infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
OFLOKS 200 tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Exir Pharmaceutical Co.
MR OFLODIK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Parenteral Drugs (India) Ltd
Narh: 26 500 so'mdan Batafsil
OPLEKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
KAFRA tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ENZISTAL P tabletkalari N20
TIDOMET FORTE tabletkalari 25 mg+250 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Torrent Pharmaceuticals Ltd
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
KU-MIND ER 50 tabletkalari 50 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Torrent Pharmaceuticals Ltd
KU-MIND ER 50 tabletkalari 50 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Torrent Pharmaceuticals Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9