×
×
  • PIRAZINAMID tabletkalari 500 mg N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PIRAZINAMID tabletkalari 500 mg N50

Kategoriya:
- Silga qarshi dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
ATX kodi:
- J04AK01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50 Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
27 000 s`om dan
LESPEFRIL eritma 100ml Вифитех, ЗАО Rossiya
83 000 s`om dan
LESPEFRIL eritma dlya priema vnutr 100ml Вифитех, ЗАО Rossiya
83 000 s`om dan
RIFAMPISIN kapsulalar Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PIRAZINAMID tabletkalari 500 mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PIRAZINAMID

PYRAZINAMID

Preparatning savdo nomi: Pirazinamid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pirazinamid

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

faol modda: pirazinamid 500 mg

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 32,30 mg, jelatin – 11,54 mg, magniy stearati – 3,85 mg, natriy karboksimetilkraxmal – 3,85 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil A 300 marka) – 8,46 mg.

Ta‘rifi: dumaloq, oq yoki deyarli oq rangli, yassi silindrik, chetlari kesilgan bir tomoni riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: tuberkulyozga qarshi vosita.

ATX kodi: J04AK01

Farmakoterapevtik xususiyatlari

Pirazinamid – tuberkulyozga qarshi sintetik vosita. Konsentrasiyasi va mikroorganizmning sezuvchanligiga qarab bakteriostatik yoki bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Tuberkulostatik faolligi bo‘yicha garchi izoniazid, streptomisin, rifampisindan qolishsada, PASK ga nisbatan faolroqdir. Boshqa II-qator tuberkulyozga qarshi preparatlariga chidamli mikobakteriyalarga ta‘sir qiladi. Preparat tuberkulyoz mikobakteriyalari bilan shikastlangan o‘choqqa yaxshi o‘tadi. Uning faolligi kazeoz massalarining kislotalik muxitida pasaymaydi, shu sababli u ko‘proq kazeozli limfadenitlar, tuberkulomalar va kazeozli-pnevmotik jarayonlarda buyuriladi.

Farmakokinetikasi

Pirazinamid me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Kattalar 500 mg dozada ichga qabul qilgandan so‘ng qon plazmasida pirazinamid taxminan 9-12 mkg/ml teng cho‘qqi konsentrasiyasiga 2 soat davomida, 8 soatdan keyin 7 mkg/ml va 24 soatdan keyin 2 mkg/ml ga erishiladi.

Pirazinamid organizmning to‘qimalari va suyuq muxitlariga, jumladan jigar, o‘pka, serebrospinal suyuqlikga o‘tadi. Taxminan 50% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Yarim chiqarilish davri jigar va buyraklar faoliyati buzilmagan pasientlarda 9-10 soatni tashkil etadi. 24 soat davomida peroral dozasining taxminan 70% buyraklar orqali chiqariladi. Taxminan 4-14% dozasi o‘zgarmagan holda chiqariladi. Qoldiqlari metabolitlar holida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Tuberkulyozni davolash uchun qo‘llaniladi.

Boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlari bilan majmuada quyidagi xolatlarda buyuriladi:

  • o‘pka tuberkulyozi;
  • tuberkulyozli meningit;
  • suyaklar tuberkulyozi;
  • siydik-jinsiy a‘zolar tuberkulyozi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat kuniga bir marta ovqat vaqtida va ovqatdai so‘ng ichga qabul qilinadi, katta miqdordagi suv bilan nonushta vaqtida qabul qilish afzal.

Kattalarga tana vazniga 25-30 mg dan buyuriladi, bu tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan shaxslar uchun — 1,5 g va tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan shaxslar uchun — 2 g ga to‘g‘ri keladi.

Maksimal sutkalik dozasi – 2,5 g.

Yaxshi o‘zlashtirilmagan holda pirazinamid 2-3 qabulga buyuriladi. Keksalar va qariyalarga sutkalik dozasi tana vazniga 150 mg/kg dan oshmasligi kerak. Bunday hollarda preparatni kunora buyurish maqsadga muvofiq.

Bolalarga tana vazniga 15-20 mg/kg dan kuniga 1 marta buyuriladi (maksimal kuniga 1,5 gacha).

Pirazinamid aminoglikozidlar (streptomisin yoki kanamisin 15 mg/kg dozada), izoniazid (10 mg/kg), rifampisin (10 mg/kg) bilan majmuada qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Meda-ichak yo‘llari tomonidan:qusish, ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi, og‘izda yoqimsiz metall ta‘mi, epigastral og‘riqlar. Jigar faoliyatini buzilishi. Peptik yarani zo‘rayishi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uzoq muddat qo‘llanganida – bosh og‘rig‘i, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, depressiya, uyquni buzilishi, holsizlik, ayrim hollarda – ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, tirishishlar.

Qon yaratish a‘zolari va gemostaz tizimi tomonidan: trombositopeniya, sideroblast anemiya, eritrositlarni vakuolizasiyalanishi, porfiriya, giperkoagulyasiya, splenomegaliya.

Tayanch-xarakat apparati tomonidan: mialgiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, interstisial nefrit.

Boshqalar: gipertermiya, xusnbuzar, zardobdagi temirning konsentrasiyasini oshishi. Allergik reaksiyalar: artralgiya, giperurikemiya, podagrani zo‘rayishi, fotosensibilizasiya bo‘lishi mumkin. Pirazinamidni ta‘sirida organizmda siydik kislotasini to‘planishi va bo‘g‘imlarda podagraga xos og‘riqni paydo bo‘lishi haqida ma‘lumotlar mavjud. Shuning uchun qonda siydik kislotasining miqdori va jigar transaminazalari faolligini muntazam ravishda (bir oyda kamida 1 marta) nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.

Uzoq muddat qo‘llanganida jigarga toksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • shaxsiy o‘zlashtira olmaslik;
  • jigar kasalliklari;
  • podagra;
  • giperurikemiya;
  • homiladorlik, laktasiya;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Pirazinamid boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanadi. Xususan, surunkali destruktiv shakllarida uni rifampisin (yaqqol samara) yoki etambutol (yaxshi o‘zlashtirilishi) bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi. Ofloksasin va lomefloksasinning tuberkulyozga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi. Rifampisin bilan birga qo‘llanganida preparatning gepatotoksik ta‘sirini rivojlanish ehtimoli kuchayadi. Probenesid bilan birga qo‘llanganida ekskresiyani pasayishi va oqibatda toksik reaksiyalar kuchayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘rik, jigar transaminazalari darajasini oshishi, o‘tkir o‘pka shishi, ongni buzilishi, koma xolati, tirishishlar, nafasni buzilishi, giperglikemiya, metabolik ketoasidoz.

Davolash: me‘dani yuvish bilan ichga faollashtirilgan ko‘mir yuborish, jadallashtirilgan diurez, hayotiy muhim faoliyatlarni tutib turish bo‘yicha umumiy choralar, gemodializ.

Chiqarilish shakli

500 mg li tabletkalar.

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

5, 10, 50,100 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PIRAZINAMID tabletkalari 500 mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PIRAZINAMID tabletkalari 500 mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PIRAZINAMID tabletkalari 500 mg N50 dori vositasi Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PIRAZINAMID tabletkalari 500 mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PIRAZINAMID tabletkalari 500 mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOTRIMAZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Digoksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 25 120 so'mdan Batafsil
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
KORVITIN liofilizat 0,5g N1
Narh: 107 900 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 40g
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
TEOPEK tabletkalari 300mg N50
LIVAMIKOL BXFZ maz 30g
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
GRIZEOFULVIN tabletkalari 125mg N40
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
KRATAL tabletkalari N20
VENORUTINOL gel 40g 2%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
VENOGEPANOL gel 40g
VERAPAMILA GIDROXLORID tabletkalari 80mg N50
BEKARBON tabletkalari N20
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 11 500 so'mdan Batafsil
TETRASIKLINA GIDROXLORID tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
INDOVENOL gel 40g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROKSOL 15 sirop 100ml 15mg/5ml
ALLOPURINOL tabletkalari 0,1g N50
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MENOVALEN kapsulalar N20
KETOTIFEN sirop 50ml 1mg/5ml
BORIZOL tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: riluzol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROTARD kapsulalar 75mg N10
RIFAMPISIN kapsulalar
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9