×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PLAZMIKS eritma

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Гидроксиэтилкрахмал
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group СП OOO
ATX kodi:
- B06AB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

5 000 s`om dan
REAMBERIN eritma 400ml 1,5% N1 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
54 100 s`om dan
VIKASOL tabletkalari 15mg N30 Ирбитский ХФЗ,ОАО Rossiya
4 000 s`om dan
AMINOVEN INFANT infuziya uchun eritma 100ml 10% N10 Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия произведено: Fresenius Kabi Austria GmbH Avstriya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PLAZMIKS eritma qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PLAZMIKS

PLAZMIX

Preparatning savdo nomi: Plazmiks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroksietilkraxmal

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: gidroksietilkraxmal (GEK 200/05) – 6,0 g;

yordamchi moddalar: natriy xlorid, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Plazmani o‘rnini bosuvchi vosita.

ATX kodi: V05AA07

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Plazma o‘rinbosari preparati. Gidroksietilkraxmalnining 6% li izotonik eritmasi, o‘rtacha molekulyar massasi 200000dalton va almashinish darajasi 0.5 ga teng, qaysiki 10 glyukoza qoldig‘li amilopektin 5 gidroksietil guruhda joylashgan.

GEK suvni ushlab turish va bog‘lash xususiyati tufayli yuborilgan OSK hajmini 85-100% miqdorida ushlab qoladi (qon o‘rinbosari xususiyati 4-6 soat davomida turg‘un saqlanib turadi). Gemodinamikani tiklaydi, mikrosirkulyasiyani, qonning reologik hususiyatini (gemotokrit ko‘rsatkichni kamaytirishi hisobiga) yaxshilaydi, qon qovushqoqligini kamaytiradi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi va eritrositlar argerasiyasini oshiradi. GEK ni struktura tuzilishi glikogenning strukturasiga yaqinligi preparatni yaxshi o‘zlashtirilishini ta‘minlaydi, maxalliy yallig‘lantiruvchi va immunotoksik ta‘sir ko‘rsatmaydi. Limfa tugunlari, o‘t qopiga, o‘pka, va jigarga zaxarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va tarqalishi

Smax – 11.1±2.7 mg/ml. Kam miqdorda amilaza bilan birikadigan RET (Retikuloendotelial tizim) da yig‘iladi (jigarga, o‘t qopiga va limfa tugunlariga toksik ta‘sir namoyon etmaydi).

Ajralishi

Klirensi – 7.33 ml/min. Vena ichiga yuborilgandan so‘ng siydik va o‘t orqali chiqariladi (24 – soatda 70 % GEK yuborilgan dozaga nisbatan). T1/2 – 4.94 soat.

Natriy xlorid – siydik orqali chiqariladi, kam miqdorda teri orqali xam.

Qo‘llanilishi

Qon plazmasini yetishmagan xajmini (gipovolemiya) va operasiyalar, jaroxatlar, infeksiyalar va kuyishlar bilan bog‘lik bo‘lgan shokni oldini olish va davolash. Davolash maqsadida qonni suyultirish (gemodilyusiya).

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Agarda boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, unda preparatni yuborish qonning o‘rnini qoplash talab etiladigan hajmiga muvofiq tomchilab yuboriladigan infuziya ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ro‘y berishi mumkin bo‘lgan anafilaktik reaksiyalar tufayli, birinchi 10-20 ml asta-sekin va pasientning holatini sinchikov kuzatuvi ostida yuborish kerak. Juda yuqori dozada va haddan tashqari tez yuborilganida qon aylanish tizimini zo‘riqishi xavfini hisobga olish lozim.

Sutkalik doza va infuziya tezligi qon yuqotishlar kulami va gematokrit ko‘rsatkichiga bog‘liq.

Kardiovaskulyar yoki pulmonal asoratlar paydo bo‘lishi xavfi bo‘lmagan yosh pasientlarda, 30% ni tashkil etuvchi gematokrit soni, kolloidli plazma o‘rinbosarini qo‘llash kerak bo‘lgan holatlar uchun chegara bo‘lib hisoblanadi.

Doza buyurilganida yuborilgan hajm tomirlar ichida katta hajm samarasiga ega ekanligini hisobga olish kerak.

Infuziyaning maksimal tezligi

Tegishli kardiovaskulyar vaziyatga qarab – tana vazniga soatiga 20 ml/kg gacha.

Maksimal sutkalik doza

Terapevtik chegara suyulish samarasi buyicha belgilanadi.

Nazorat raqami

Tana vaznining kg ga maksimal taxminan 2 g gidroksietilkraxmal (tana vazniga taxminan 33 ml/kg ga to‘g‘ri keladi).

Odatda sutkada 500-1000 ml yuboriladi.

Davolashning davomiyligi qo‘llash sohasi yoki kamaygan qon hajmining kattaligiga bog‘lik.

Davolash maqsadida qonni suyultirishda dozalash bo‘yicha tavsiyalar (gemodilyusiya)

Buni o‘tkazishni izovolemiya (qon chiqarishlar bilan birga) yoki gipervolemiya (qon chikarishlarsiz) sharoitlarida amalga oshirish mumkin.

Sutkalik doza va infuziya tezligi:

past doza: 1×250 ml/sutka 0,5-2 soat davomida

o‘rtacha doza: 1×500 ml/sutka 4-6 soat davomida

yuqori doza: 2×500 ml/sutka 8-24 soat davomida.

Ko‘rsatma: Adabiyotda doza va masalan eshitishni keskin pasayishi, quloqlarda shovqin kabi oto-nevrologik kasalliklarda qichima paydo bulishini tez-tezligi orasida o‘zaro aloqa bayon etilgan. Bunday kasalliklarda qichimani yuz berishi tez-tezligini kamaytirish uchun dozani sutkada maksimal 500 ml gacha cheklash (sutkada 30 g gidroksietilkraxmalga tug‘ri keladi) tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘zlashtiraolmaslik reaksiyalarini barcha og‘irlik darajalari bo‘lishi mumkin. O‘zlashtiraolmaslik reaksiyalari yuz berganida infuziyani to‘xtatish va umumiy qabul qilingan shoshilinch choralarni o‘tkazishni boshlash lozim.

Juda tez infuziya va shuningdek preparatni juda ko‘p miqdorda yuborish, qon aylanish tizimini suyuqlik xajmi tomonidan o‘tkir zo‘riqishiga olib kelishi mumkin. Preparat o‘rtacha va yuqoriroq dozalar oralig‘ida uzoq muddat, xar kuni yuborilganida ko‘pincha qichima chaqiradi, uni esa deyarli davolab bo‘lmaydi. U davolash tugagandan so‘ng bir necha xaftadan keyin xam paydo bo‘lishi, oylab davom etishi va juda og‘ir kechishi mumkin.

Kam xollarda buyrak soxasida og‘riqlar xaqida xabar berilgan. Bunday xollarda infuziyani to‘xtatish, organizmga yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta‘minlash va zardobda kreatinin qiymatlarini tez-tez nazorat qilishni amalga oshirish lozim.

Gidroksietilkraxmal infuziyasini suyultirish samarasi oqibatida, dozaga qarab, gematokritni kamayishi va plazma oqsillari konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi. Suyultirish samarasi natijasida qon ivishi vaqti va qon ketishi vaqtini o‘tkinchi uzayishi yuz berishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– Ta‘sir qiluvchi moddaga o‘ta yuqori sezuvchanlik (kraxmalga allergiya);

– Degidratasiya holatlari;

– Gipergidratasiya xolatlari;

– Gipervolemiya;

– Giperkaliemiya;

– Giperxloremiya;

– Gipernatriemiya;

– Dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi;

– Oliguriya yoki anuriya (kreatinin > 2 mg/dl) bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi;

– O‘pkalar shishi;

– Bosh miya suyagi ichki qon quyilishlari;

– Qon ivishining og‘ir buzilishlari;

– Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

– Gemodializ bilan davolanayotgan pasientlar;

– Homiladorlikning I uch oyligi. Homiladorlikning boshka muddatlarida preparatni fakat xayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Bundan tashqari, preparatni jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash da ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya etiladi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bitta idishda yoki bitta tizimda boshqa dori vositalari bilan qo‘llash farmasevtik nomutanosiblikka olib kelishi mumkin. GEK ni aminoglikozid antibiotiklar bilan birga qo‘llash nefrotoksik ta‘sirni namoyon qilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshida zardobdagi kreatinni nazorat qilish lozim. Kreatinin ko‘rsatkichlarining chegara qiymatlarida (1,2-2,0 mg/dl yoki mos ravishda 106-177 mkmol/l, kompensasiyalangan buyrak yetishmovchiligi) davolashni sinchiklab o‘ylab ko‘rish kerak; shuningdek suyuqlik muvozanati va siydikni tutilishi ko‘rsatkichlarini sinchiklab nazorat qilish lozim. Organizmga yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta‘minlash kerak. Davolashni o‘tkazishda buyrak faoliyatini nazorat qilish darkor. Zardob ionogrammasi va suv muvozanatini nazorat qilish zarur.

Plazma proteinlarini (shu jumladan qon ivishi omillarini) suyulishi mumkinligini e‘tiborga olish lozim; zarurati bo‘lsa extiyojga muvofiq o‘tkazish lozim. Suyulish samarasi oqibatida ivish vaqti va qon ketish xavfini o‘tkinchi oshishi ro‘y berishi mumkin. Gemorragik diatezlar bo‘lganida ehtiyotkorlik namoyon etishi lozim.

Gidroksietilkraxmalning infuziyalari zardobda alfa-amilaza miqdorini oshishiga olib keladi. Bu me‘da osti bezining kasalligi haqida dalolat bermaydi.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi

Preparatni embriotoksik va terotogen ta‘sir qilmasligi isbotlangan bo‘lishiga qaramasdan homiladorlikning birinchi uchoyligida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qolgan 2- va 3- uchoylikda preparatni xayotiy ko‘rsatkichlarini inobatga olib qo‘llash lozim.

Ko‘krak sutiga ajralishi yetarlicha o‘rganilmagani sababli, laktasiya vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

Flakon ochilganidan keyin preparatni darhol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta qo‘llanilmasin.

Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritma ishlatilsin!

Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va noto‘g‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.

Steril. Vena ichiga.

Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!

Muzlatilmasin! Isitilmasin!

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida quyidagi xavf bor:

-qon aylanish tizimini suyuqlik xajmi bilan o‘tkir zo‘riqishi;

-qon ivishini buzilishi.

Davolash: infuziyani to‘xtatish.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun 6% eritma 100 ml yoki 200 ml dan butilkalarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PLAZMIKS eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PLAZMIKS eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PLAZMIKS eritma dori vositasi Remedy Group СП OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PLAZMIKS eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PLAZMIKS eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 250ml 10%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 100ml 10%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 500ml 10%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 500ml 6%
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 250ml 6%
STABIZOL eritma 500ml 6% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N infuziya uchun eritma 250ml 6% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 500ml 10% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 250ml 10% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 500ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
REFORTAN N infuziya uchun eritma 500ml 6% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N infuziya uchun eritma 250ml 6% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
SIOLIT eritma 100ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
STABIZOL eritma 500ml 6% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 250ml 10% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
NIRXES 200 inyeksiya uchun eritma 250ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
GEKSAZEF infuziya uchun eritma 100ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
PLAZMAFOR infuziya uchun eritma 100ml 6%
ZITIL infuziya uchun eritma 200ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
GEKODEZ infuziya uchun eritma 200ml 60mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Гидроксиэтилкрахмал ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО “Юрия-Фарм”
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
FERRAT S sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 64 500 so'mdan Batafsil
FERRAT S inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
IZIFER sirop 100ml
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
ASTANOL tabletkalari 5mg N10
ASTANOL tabletkalari 10mg N10
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
LEFTRIN NEO infuziya uchun eritma 200ml 1000mg/200ml
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 500mg N3
SINAFULL NEO tabletkalari 5mg N10
IXTIOLOVAYA maz 25g 10%
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
SIAZOL tabletkalari 400mg N1
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5
SIKOL eritma 4ml 1000mg/4ml N5
SIKOL eritma 2ml 500mg/2ml N5
SEBROGEN eritma 5ml N5
Narh: 261 000 so'mdan Batafsil
BRALIN eritma 4ml 1000mg/4ml N5
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9