×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIVAKSORED tabletkalari 20mg N28

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antitrombotik vositalar. Xa faktorning bevosita ingibitorlari.
Faol modda:
Ривароксабан
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
Vakil:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- В01AF01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 41 ta dorixonasida topildi

ico 185 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 188 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

35 000 s`om dan
KLODAGREL tabletkalari 75mg N30 Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Cure Quick Pharmaceuticals Hindiston
40 000 s`om dan
ASMADA tabletkalari 150mg/30,39mg N100 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
39 200 s`om dan
340 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 mg:

10 Tabletkadan kontur uyali o'ramda. 10 tabletkali 1 yoki 3 blisterda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

15 mg va 20 mg:

14 tabletkadan kontur uyali o'ramda. 14 tabletkali 1 yoki 2 kontur uyali o'ramdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi

faol modda: rivaroksaban 10 mg, 15 mg, 20 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, gipromelloza % CPS (gidroksipropilmetilsellyuloza 2910), magniy stearati, natriy laurilsulfati.

qobiq tarkibi: Opadray pushtisi 04F540025 (10 mg qobiq uchun); Opadray jigarrangi 04F565014 (15 mg qobiq uchun); Opadray qizil 04F550002 (20 mg qobiq uchun).

Ta'sir mexanizmi

Rivaroksaban – ichga qabul qilinganda biokiraolishlikka ega, xa qon faktorining yuqori selektiv sintetik bevosita ingibitoridir.

Ichki va tashqi yo'llar orqali xa faktorini hosil bo'lishi bilan qonning X faktorini faollashishi koagulyasion kaskadda Markaziy rol o'ynaydi. Qonning xa faktori protrombinaz kompleks orqali protrombinni trombinga bevosita aylantiradi, bu reaktsiya yakuniy hisobda fibrin lahtasini hosil bo'lishiga va trombin tomonidan trombositlarni faollashishiga olib keladi. Koagulyasion kaskadning amplifikasiya qiluvchi tabiati tufayli, xa faktorining bitta molekulasi 1000 dan ortiq trombin molekulasini hosil bo'lishiga olib keladi. Bundan tashqari, protrombinaza bilan bog'liq bo'lgan xa faktor orqali reaktsiya tezligi erkin Xa faktori orqali reaktsiya tezligiga nisbatan 300000 marta oshadi va trombinni "portlashsimon" hosil bo'lishini kuchayishiga olib keladi. Xa faktorning selektiv ingibitorlari trombinni bunday hosil bo'lishini oldini ololadi. Natijada, rivaroksaban qon ivishiga bir qator spesifik va umumiy sinamalar natijalarini o'zgartiradi. Xa faktori faolligini susayishi dozaga bog'liq.

Rivaroksaban protrombin vaqtiga dozaga bog'liq ta'sir ko'rsatadi va agar tahlil uchun Neoplastin to'plami qo'llanilsa, plazmadagi kontsentrasiyasi yaqin korrelyasiya qiladi (r=0,98). Boshqa reaktivlarni qo'llaganda natijalar farq qiladi. Uskuna ko'rsatkichlarini sekundlarda aks ettirish kerak, chunki HNN (halqaro normallashgan nisbat) faqat kumarinlar uchun kalibrovka qilingan va validasiya qilingan va boshqa antikoagulyantlar uchun qo'llab bo'lmaydi. Yirik ortopedik operasiyalar o'tkaziladigan pasientlarda tabletka qabul qilingandan keyin 2-4 soat o'tgach protrombin uchun 5/95 prosentil 13 dan 25 sekundgacha o'zgaradi.

Chuqur venalar trombozi (CHVT) va o'pka arteriyasi tromboemboliyasi (O'ATE)ni davolash, shuningdek takroran CHVT va O'ATE ni oldini olish uchun rivaroksaban qabul qilgan pasientlarda tabletka qabul qilingandan keyin 2-4 soatdan keyin (ya'ni maksimal samaraga erishish vaqtida) Neoplastin to'plami yordamida aniqlanadigan protrombin vaqtining 5/95 prosentili muvofiq ravishda kuniga ikki marta 15 mg doza uchun 17 dan 32 sekundgacha va kuniga bir marta 30 mg doza uchun 15 dan 30 sekundgacha o'zgaradi. Qabul qilgandan keyin 8-16 soat o'tgach aniqlaganda 5/95 prosentili kuniga ikki marta 15 mg doza uchun 14 dan 24 sekundgacha va qabul qilgandan keyin 18-30 soat o'tgach kuniga bir marta 20 mg doza uchun 13 dan 20 sekundgacha o'zgaradi.

Insult va tizimli tromboemboliyani oldini olish uchun dori vositasini qabul qilayotgan klapanli bo'lmagan bo'lmachalar fibrillyasiyasi (BF) bo'lgan pasientlarda Neoplastin to'plami qo'llanilganda tabletka qabul qilingandan keyin 1-4 soat o'tgach (ya'ni maksimal samaraga erishish vaqtida) protrombin vaqtining 5/95 prosentili kuniga 20 mg doza bir marta qabul qilinganda 14 dan 40 sekundgacha va o'rtacha darajada buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda kuniga bir marta dozani qabul qilish fonida 10 dan 50 sekundgacha o'zgaradi. Qabul qilgandan keyin 8-16 soat o'tgach aniqlanganda 5/95 prosentili kuniga bir marta 20 mg doza uchun 12 dan 26 sekundgacha, buyrak funktsiyasini o'rtacha darajada buzilishi bo'lgan pasientlarda kuniga bir marta 15 mg doza uchun 12 dan 26 sekundgacha o'zgaradi.

Rivaroksaban faollashgan qisman tromboplastin vaqti (FQTV) va HepTest natijalarini oshiradi; ammo rivaroksabanning farmakodinamik samaralarini baholash uchun ushbu ko'rsatkichlarni qo'llash tavsiya etilmaydi. Rivaroksaban shuningdek qonning xa anti-faktori faolliga ta'sir ko'rsatadi, ammo kalibrovka qilish uchun standartlar mavjud emas.

Rivaroksaban bilan davolash davrida qon ivishi ko'rsatkichlarini monitoring qilish zarurati yo'q.

Antifosfolipid sindromi testining uchta musbat natijalari bo'lishining yuqori xavfi bo'lgan pasientlar.

Randomizasiya qilingan, ochiq, ko'p markazli yashiringan klinik tadqiqotlarda anamnezida trombozlar, antifosfolipid sindromi diagnostika qilingan va tromboembolik asoratlar xavfi yuqori (antifosfolipid sindromi testining uchta musbat natijalari: yugurikli antikoagulyant, kardiolipinga antitela va beta-2-glikoprotein-1 ga antitela) bo'lgan pasientlarda rivaroksabanning yakuniy nuqtalari varfaringa nisbatan baholangan. Ro'yhatdan o'tkazilgandan keyin rivaroksaban guruhidagi 120 nafar pasientlarda tromboembolik asoratlarni oshishi kuzatilgan, tadqiqot muddatidan oldin yakunlangan. Kuzatishning o'rtacha davri 569 kunni tashkil qilgan. 59 nafar pasientlarda 20 mg (kreatinin klirensi (CrCl) <50 mil/minut bo'lgan pasientlarda 15 mg) dozada rivaroksaban qabul qilayotgan guruhga, 61 nafar pasientlarda varfarin (HNN 2,0-3,0) qabul qilayotgan guruhga randomizasiya qilingan. Rivaroksaban guruhiga randomizasiya qilingan 12% pasientlarda tromboembolik asoratlar rivojlangan (to'rtta ishemik insult va uchta miokard infarkti). Varfarin guruhiga randomizasiya qilingan pasientlarda hech qanday ko'rinishlar qayd etilmagan. Rivaroksaban guruhida to'rtta pasientda (7%) va varfarin guruhida ikkita pasientda (3%) kuchli qon ketishi kuzatilgan.

Klinik samaradorlik

Oyoqlarda yirik ortopedik aralashuvlar o'tkazilayotgan pasientlarda venoz tromboembolik ko'rinishlarni oldini olish.

Klinik tadqiqotlar dasturi oyoqlarda yirik ortopedik operasiyalar o'tkazilayotgan pasientlarda venoz tromboemboliya (VTE), ya'ni chuqur venalarning proksimal va distal trombozlari (CHVT) va o'pka arteriyasi tromboemboliyasi (O'ATE)ni oldini olish uchun rivaroksabanning samaradorligini namoyish etish maqsadida ishlab chiqilgan.

O'tkazilgan klinik tadqiqotlarda rivaroksaban oyoqlarda yirik ortopedik operasiyalar o'tkazilayotgan pasientlarda VTE ning umumiy ko'rsatkichlari (klinik ko'rinishlar bilan kechuvchi yoki venografik aniqlangan CHVT, o'limga olib kelmaydigan O'ATE yoki har qanday sababli o'lim) tez-tezligi va og'ir darajadagi VTE (proksimal CHVT, o'limga olib kelmaydigan O'ATE, VTE sababli o'lim) tez-tezligini ishonchli ravishda pasaytirgan. Tadqiqotlarning umumlashtirilgan natijalari ham alohida tadqiqotlarda olingan ma'lumotlarni tasdiqlagan.

Farmakokinetikasi

So'rilishi va Biokiraolishligi

10 mg doza qabul qilingandan keyin rivaroksabanning mutloq Biokiraolishligi yuqori va 80-100% ni tashkil qiladi. Rivaroksaban tez so'riladi; maksimal kontsentrasiyasiga (S) tabletka qabul qilingandan keyin 2-4 soat o'tgach erishiladi. Ovqat qabul qilish 10 mg dozada rivaroksabanning AUC yoki S ga ta'sir ko'rsatmaydi.

Rivaroksabanning farmakokinetikasi o'rtacha o'zgaruvchanlik bilan xarakterlanadi. Individual o'zgaruvchanlik (variasion koeffisienti) 30% dan 40% gachani tashkil qiladi, operasion kun va keyingi kunidan tashqari, unda variasion koeffisient yuqori va 70% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Odam organizmida rivaroksabanning katta qismi (92-95%) plazma oqsillari bilan bog'langan bo'ladi, bunda asosiy bog'lovchi komponent bo'lib zardobdagi albumin hisoblanadi. Taqsimlanish xajmi - o'rtacha, Vss taxminan 50 l ni tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Rivaroksaban asosan metabolitlari ko'rinishida (buyurilgan dozaning taxminan 2/3 qismi) siydik va axlat bilan bir xil nisbatda, shuningdek o'zgarmagan moddaning (taxminan 1/3 qismi) bevosita buyrak orqali chiqariladi. Rivaroksaban metabolizmi CYP 3A4, CYP 2J2 izofermentlari, shuningdek tsitoxrom R450 tizimiga bog'liq bo'lmagan fermentlar tomonidan amalga oshiriladi. Biotransformasiyaning asosiy sohalari bo'lib oksidlanuvchi degradasiyaga uchraydigan morfolin guruhi va gidrolizga uchraydigan amid guruhlari hisoblanadi.

Rivaroksaban R-gp (R-glikoprotein) va Bcrp (sut bezi rakiga chidamlilik oqsili) tashuvchi-oqsillar uchun substrat bo'lib hisoblanadi.

O'zgarmagan rivaroksaban odam plazmasidagi muhim birikma bo'lib hisoblanadi, ahamiyatli yoki faol aylanib yuruvchi metabolitlari plazmada aniqlanmagan. Tizimli klirensi soatiga taxminan 10 l ni tashkil qiluvchi rivaroksaban klirens darajasi past bo'lgan dori vositalariga kiritilishi mumkin. Plazmadan rivaroksabanni chiqarganda yarim chiqarilish davri yosh pasientlarda 5 dan 9 soatgachani va keksa pasientlarda – 11 dan 13 soatgachani tashkil qiladi.

Jins/keksalik yoshi

Yosh pasientlarga nisbatan keksa pasientlarda plazmadagi rivaroksabanning kontsentrasiyasi yuqori, AUC ning o'rtacha ko'rsatkichi, asosan umumiy va buyrak klirensini pasayishi oqibatida yoshroq pasientdagi tegishli ko'rsatkichlardan taxminan 1,5 marta yuqori.

Erkaklar va ayollarda farmakokinetikada klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.

Vazn toifasidagi farqlar

Haddan tashqari yuqori yoki past tana vazni (50 kg dan past va 120 kg dan yuqori) plazmadagi rivaroksabanning kontsentrasiyasiga faqatgina ahamiyatsiz darajada ta'sir ko'rsatadi (farq 25% dan kamroqni tashkil qiladi).

Bolalar

Ushbu yosh toifasi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Etnikaro farqlar

Evropeoid, afro-amerikalik, lotin-amerikalik, yapon yoki Xitoy etnik mansub pasientlarda farmakokinetika va farmakodinamikada klinik ahamiyatli farqlar kuzatilmagan.

Jigar etishmovchiligi

Engil darajada jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A sinf) bilan kechuvchi jigar tsirrozi bo'lgan pasientlar rivaroksabanning farmakokinetikasida faqatgina ahamiyatsiz farq bilan xarakterlanadi, bu rivaroksabanning AUC ni o'rtacha 1,2 marta oshishi va farmakodinamik xususiyatlarida ahamiyatli farqlar yo'qligi bilan namoyon bo'ladi.

O'rtacha darajada jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha V sinf) bilan kechuvchi jigar tsirrozi bo'lgan pasientlar uchun quyidagi ko'rsatkichlar xarakterli: AUC ning o'rtacha ko'rsatkichi 2,3 marta yuqori, erkin AUC ko'rsatkichi 2,6 marta yuqori, xa qon faktori faolligini ahamiyatli (2,6 marta) pasayishi va protrombin vaqti ko'rsatkichini 2,1 marta oshishi.

O'rtacha og'irlik darajasidagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar rivaroksabanga sezgirroq bo'lishgan, bu plazmada rivaroksabanning kontsentrasiyasi va protrombin vaqti orasidagi yuqoriroq farmakokinetik va farmakodinamik o'zaro ta'sir bilan namoyon bo'lgan.

Buyrak etishmovchiligi

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda rivaroksabanning ta'siri darajasini oshishi, kreatinin klirensi bo'yicha aniqlanadigan buyrak funktsiyasini teskari proportsional pasayishi kuzatiladi.

Engil (kreatinin klirensi minutiga 80-50 ml), o'rtacha og'irlikda (kreatinin klirensi <50-30 ml/minut) yoki og'ir darajadagi (kreatinin klirensi <30-15 ml/minut) buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda plazmada rivaroksaban kontsentrasiyasini muvofiq ravishda 1,4-, 1,5 - va 1,6 marta oshishi kuzatilgan.

Engil, o'rtacha va og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda xa qon faktori faolligini umumiy susayishi protrombin vaqtini 1,3, 2,2 va 2,4 marta oshishiga muvofiq oshishida 1,5, 1,9 va 2 marta oshgan.

So'rilishi va Biokiraolishligi

10 mg doza qabul qilingandan keyin rivaroksabanning mutloq Biokiraolishligi yuqori va 80-100% ni tashkil qiladi. Rivaroksaban tez so'riladi; maksimal kontsentrasiyasiga (S) tabletka qabul qilingandan keyin 2-4 soat o'tgach erishiladi. Ovqat qabul qilish 10 mg dozada rivaroksabanning AUC yoki S ga ta'sir ko'rsatmaydi.

Rivaroksabanning farmakokinetikasi o'rtacha o'zgaruvchanlik bilan xarakterlanadi. Individual o'zgaruvchanlik (variasion koeffisienti) 30% dan 40% gachani tashkil qiladi, operasion kun va keyingi kunidan tashqari, unda variasion koeffisient yuqori va 70% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Odam organizmida rivaroksabanning katta qismi (92-95%) plazma oqsillari bilan bog'langan bo'ladi, bunda asosiy bog'lovchi komponent bo'lib zardobdagi albumin hisoblanadi. Taqsimlanish xajmi - o'rtacha, Vss taxminan 50 l ni tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Rivaroksaban asosan metabolitlari ko'rinishida (buyurilgan dozaning taxminan 2/3 qismi) siydik va axlat bilan bir xil nisbatda, shuningdek o'zgarmagan moddaning (taxminan 1/3 qismi) bevosita buyrak orqali chiqariladi. Rivaroksaban metabolizmi CYP 3A4, CYP 2J2 izofermentlari, shuningdek tsitoxrom R450 tizimiga bog'liq bo'lmagan fermentlar tomonidan amalga oshiriladi. Biotransformasiyaning asosiy sohalari bo'lib oksidlanuvchi degradasiyaga uchraydigan morfolin guruhi va gidrolizga uchraydigan amid guruhlari hisoblanadi.

Rivaroksaban R-gp (R-glikoprotein) va Bcrp (sut bezi rakiga chidamlilik oqsili) tashuvchi-oqsillar uchun substrat bo'lib hisoblanadi.

O'zgarmagan rivaroksaban odam plazmasidagi muhim birikma bo'lib hisoblanadi, ahamiyatli yoki faol aylanib yuruvchi metabolitlari plazmada aniqlanmagan. Tizimli klirensi soatiga taxminan 10 l ni tashkil qiluvchi rivaroksaban klirens darajasi past bo'lgan dori vositalariga kiritilishi mumkin. Plazmadan rivaroksabanni chiqarganda yarim chiqarilish davri yosh pasientlarda 5 dan 9 soatgachani va keksa pasientlarda – 11 dan 13 soatgachani tashkil qiladi.

Jins/keksalik yoshi

Yosh pasientlarga nisbatan keksa pasientlarda plazmadagi rivaroksabanning kontsentrasiyasi yuqori, AUC ning o'rtacha ko'rsatkichi, asosan umumiy va buyrak klirensini pasayishi oqibatida yoshroq pasientdagi tegishli ko'rsatkichlardan taxminan 1,5 marta yuqori.

Erkaklar va ayollarda farmakokinetikada klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.

Vazn toifasidagi farqlar

Haddan tashqari yuqori yoki past tana vazni (50 kg dan past va 120 kg dan yuqori) plazmadagi rivaroksabanning kontsentrasiyasiga faqatgina ahamiyatsiz darajada ta'sir ko'rsatadi (farq 25% dan kamroqni tashkil qiladi).

Bolalar

Ushbu yosh toifasi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Etnikaro farqlar

Evropeoid, afro-amerikalik, lotin-amerikalik, yapon yoki Xitoy etnik mansub pasientlarda farmakokinetika va farmakodinamikada klinik ahamiyatli farqlar kuzatilmagan.

Jigar etishmovchiligi

Engil darajada jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A sinf) bilan kechuvchi jigar tsirrozi bo'lgan pasientlar rivaroksabanning farmakokinetikasida faqatgina ahamiyatsiz farq bilan xarakterlanadi, bu rivaroksabanning AUC ni o'rtacha 1,2 marta oshishi va farmakodinamik xususiyatlarida ahamiyatli farqlar yo'qligi bilan namoyon bo'ladi.

O'rtacha darajada jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha V sinf) bilan kechuvchi jigar tsirrozi bo'lgan pasientlar uchun quyidagi ko'rsatkichlar xarakterli: AUC ning o'rtacha ko'rsatkichi 2,3 marta yuqori, erkin AUC ko'rsatkichi 2,6 marta yuqori, xa qon faktori faolligini ahamiyatli (2,6 marta) pasayishi va protrombin vaqti ko'rsatkichini 2,1 marta oshishi.

O'rtacha og'irlik darajasidagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar rivaroksabanga sezgirroq bo'lishgan, bu plazmada rivaroksabanning kontsentrasiyasi va protrombin vaqti orasidagi yuqoriroq farmakokinetik va farmakodinamik o'zaro ta'sir bilan namoyon bo'lgan.

Buyrak etishmovchiligi

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda rivaroksabanning ta'siri darajasini oshishi, kreatinin klirensi bo'yicha aniqlanadigan buyrak funktsiyasini teskari proportsional pasayishi kuzatiladi.

Engil (kreatinin klirensi minutiga 80-50 ml), o'rtacha og'irlikda (kreatinin klirensi <50-30 ml/minut) yoki og'ir darajadagi (kreatinin klirensi <30-15 ml/minut) buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda plazmada rivaroksaban kontsentrasiyasini muvofiq ravishda 1,4-, 1,5 - va 1,6 marta oshishi kuzatilgan.

Engil, o'rtacha va og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda xa qon faktori faolligini umumiy susayishi protrombin vaqtini 1,3, 2,2 va 2,4 marta oshishiga muvofiq oshishida 1,5, 1,9 va 2 marta oshgan.



Nojo'ya reaktsiyalar tez-tezligi bo'yicha quyidagicha belgilanadi:

Juda tez-tez (≥ 1/10)

Tez-tez ( 1/100 dan < 1/10 gacha)

Tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha)

Kam xollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha)

Juda kam xollarda ( <1/10000)

Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo'lmaydi)


Tizim-a'zolar sinfi

Tez-tez

Tez-tez emas

Kam xollarda

N

Qon yaratish tizimi va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Anemiya (shu jumladan tegishli laborator ko'rsatkichlar)

shu jumladan trombositlar sonini oshishi)A



Yurak tomonidan buzilishlar


Taxikardiya



Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar

Ko'z to'qimalariga qon quyilishi (shu jumladan kon'yunktival qon quyilishlar)




Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Milklardan qon ketishi

Me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi (shu jumladan rektal qon ketishi)

Qorinda og'riqlar va me'da va ichak bilan bog'liq og'riqlar

Dispepsiya

Ko'ngil aynishi

QabziyatA

Diareya

QusishA

Og'izni qurishi



Umumiy xarakterdagi asoratlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar

IsitmaA

Periferik shish

Umumiy holsizlik va energiya etishmovchiligi (shu jumladan toliqish va asteniya)

O'zini yomon his qilish (shu jumladan lohaslik)

Chegaralangan shishA


Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar


Jigar funktsiYasini buzilishi

Sariqlik


Immun tizimi tomonidan buzilishlar


Allergik reaktsiya

Teri dermatiti



Jarohatlar, zaharlanishlar va muolajadan keyingi asoratlar

Muolajadan keyingi qon ketishlar (shu jumladan operasiyadan keyingi anemiya va yaradan qon ketishi)

Lat eyishlar

Yaradan ajralmalarA


Qon-tomir soxta siS


Laborator tekshiruvlar

Transaminazalar darajasini oshishi

Bilirubin darajasini oshishi

Qonda ishqoriy fosfotaza darajasini oshishiA

LDG darajasini oshishiA

Lipaza darajasini oshishiA

Amilaza darajasini oshishiA

GGT darajasini oshishi

Bog'lanmagan bilirubin darajasini oshishi (yondosh Alt darajasini oshishi bilan yoki usiz)


Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar

Qo'l-oyoqlarda og'riqA

Gemartroz

Mushakka qon quyilishi

Qon ketishini asorati sifatida k

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Bosh aylanishi

Bosh og'rig'i

Bosh miya ichki qon quyilishi va miyaga qon quyilishi

Sinkope



Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Urogenital yo'llar bilan bog'liq qon ketishlar (shu jumladan gematuriya va),

Buyrak etishmovchiligi (shu jumladan qonda kreatinin, mochevina darajasini oshishi



Buyrak etishmovchiligi /gipoperfuziyaga olib kelishi mumkin bo'lgan qon ketishi asorati sifatida o'tkir buyrak etishmovchiligi

Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar

Burundan qon ketishi

Qon tupurish




Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

Qichishish (shu jumladan tarqalgan qichishishning tez-tez bo'lmagan holatlari)

Toshma

Ekximoz

Teri va teri osti qon quyilishlari

Eshakemi



Qon-tomir buzilishlari

Gipotenziya

Gematoma




chanoq-son yoki tizza bo'g'imlarini elektiv protezlash o'tkazilgan katta pasientlarda venoz tromboemboliyani (VTE) oldini olishda kuzatilgan

CHVT, O'ateni davolashda va qaytalanishini oldini olishda < 55 yoshdagi ayollarda juda tez-tez sifatida kuzatilgan

O'KS dan keyin (teri orqali koronar angioplastikadan keyin) pasientlarda aterotrombotik epizodlarni oldini olishda tez-tez emas sifatida kuzatilgan.


Ayrim noxush reaktsiyalarning ta'rifi

Rivaroksabanning farmakologik ta'sir mexanizmi tufayli uni qo'llash har qanday to'qima yoki a'zodan yashirin yoki aniq qon ketishi xavfini oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, bu postgemmoragik anemiyaga olib kelishi mumkin.

Belgilar, simptomlar va og'irlik darajasi (shu jumladan o'lim holati) qon ketishi va/yoki anemiya joylashishi va darajasi yoki ko'lamiga qarab farq qiladi. Klinik tadqiqotlarda shilliq qavatlardan qon ketishi (ya'ni burundan qon ketishi, milklardan qon ketishi, me'da-ichakdan qon ketishi, siydik-tanosil yo'llaridan qon ketishi) va anemiya K vitamini antagonistlari bilan davolashga nisbatan rivaroksaban bilan uzoq davolaganda ko'proq kuzatilgan. Shunday qilib, tegishli klinik kuzatishga qo'shimcha gemoglobin/gematokritni laborator tekshiruvi maqbul bo'lib hisoblanadi. Ayrim guruhdagi pasientlarda, masalan nazoratlanmagan og'ir darajadagi arterial gipertenziya va/yoki gemostazga ta'sir etuvchi yondosh davolash olayotgan pasientlarda qon ketishi xavfi yuqori bo'lishi mumkin. Hayz qon ketishi kuchayishi va/yoki davomiyligi oshishi mumkin. Gemorragik asoratlar holsizlik, oqarish, bosh aylanishi, bosh og'rig'i yoki tushuntirib bo'lmaydigan shish, dispnoe va tushuntirib bo'lmaydigan shok bilan namoyon bo'lishi mumkin. Ayrim holatlarda, anemiya oqibati sifatida ko'krakda og'riq yoki stenokardiya kabi yurak ishemiyasi simptomlari kuzatilgan.

Rivaroksabanni qo'llaganda kompartment-sindrom va gipoperfuziya oqibatida buyrak etishmovchiligi kabi og'ir darajadagi qon ketishining ma'lum asoratlari kuzatilgan. Muvofiq ravishda, antikoagulyantlarni qo'llayotgan har qanday pasientda holatni baholaganda qon ketishi ehtimolini e'tiborga olish kerak.

Postregistrasion kuzatuvlar

Postregistrasion davrda xabar berilgan quyida sanab o'tilgan noxush reaktsiya rivaroksabanni qo'llash bilan vaqt bog'liqlikka ega bo'lgan. Postregistrasion qo'llash doirasida ushbu noxush reaktsiyalarning tez-tezligini baholab bo'lmaydi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: angionevrotik shish va allergik shish. III faza guruhlashtirilgan tadqiqotlarda ushbu ko'rinishlar tez-tez kuzatilmagan (≥1/1000- <1/100).

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: xolestaz, gepatit (shu jumladan gepatosellyulyar shikastlanish) (III faza guruhlashtirilgan tadqiqotlarda ushbu ko'rinishlar kam xollarda kuzatilgan (≥1/1000- <1/100)).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: trombositopeniya (III faza guruhlashtirilgan tadqiqotlarda ushbu ko'rinishlar tez-tez kuzatilmagan (≥1/10000- <1/1000)).


Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

- rivaroksaban yoki dori vositasining tarkibiga kiruvchi yordamchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik;

-

- patologik o'zgarish yoki holat, agar u massiv qon ketishining ahamiyatli xavfi sifatida qaralsa. Ularga quyidagilar kiradi:

yaqinda o'tkazilgan me'da-ichak yo'llari yarasi yoki faol bosqichdagi me'da-ichak yo'llari yara kasalligi;

qon ketishi xavfi yuqori bo'lgan xavfli o'smalar;

yaqinda o'tkazilgan bosh miya jarohati yoki orqa miyani shikastlanishi;

yaqinda o'tkazilgan bosh imya, orqa miya yoki ko'zlardagi operasiyalar;

yaqinda o'tkazilgan bosh miya ichki qon quyilishi;

aniqlangan yoki gumon qilingan qizilo'ngach venalarini varikoz kengayishi;

arteriovenoz malformasiyalar;

qon-tomirlar anevrizmalari yoki intraspinal yoki intratserebral qon-tomir buzilishlari;

- har qanday antikoagulyantlar, masalan fraktsiyalanmagan geparin (FMG), quyimolekulyar geparin (enoksaparin, dalteparin va boshqalar), geparin hosilalari (fondaparinuks va boshqalar) bilan yondosh davolash, boshqa antikoagulyant davolashga o'tilgan alohida holatlar yoki ochiq Markaziy venoz yoki aretrial kateterni tutib turish uchun zarur dozalarda FMG buyurilgan holatlardan tashqari;

- koagulopatiya bilan bog'liq va qon ketishini ahamiyatli xavfi bilan kechuvchi jigar kasalliklari, shu jumladan Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha V va S sinf jigar tsirrozi bo'lgan pasientlar;

- homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.



Retsept bo'yicha
Qon ketishi xavfi

Quyida ko'rsatilgan pasientlarning ayrim kichik guruhlari uchun qon ketishining yuqori xavfi mavjud. Davolash boshlanganidan keyin ushbu pasientlar gemorragik asoratlar va anemiya belgilari va simptomlarini aniqlash maqsadida kuzatuv ostida bo'lishlari kerak ("nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang). Ehtimol choralariga pasientlarni muntazam tibbiy ko'rikdan o'tkazish, jarroxlik yarasini drenajlashni sinchkovlik bilan kuzatish va gemoglobin darajasini vaqti-vaqti bilan o'lchashni kiritish mumkin. Gemoglobin yoki qon bosimi darajasini tushuntirib bo'lmaydigan pasayishida qon ketishi manbaini qidirishni boshlash kerak.

Rivaroksoban bilan davolanganda preparat ta'sirini muntazam nazorat qilish talab etilmasligiga qaramasdan, anti-xa faktorning kalibrovka qilingan miqdoriy tahlili yordamida aniqlangan rivaroksaban darajasining ko'rsatkichlari, rivaroksaban ekspozisiyasi haqida ma'lumot klinik qaror qabul qilishga yordam berishi mumkin bo'lgan holatlarda, masalan dozani oshirib yuborilishi va shoshilinch jarroxlik aralashuvi yuzasidan foydali bo'lishi mumkin ("farmakokinetikasi" va "Farmakodinamika" bo'limlariga qarang).

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar

Og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/minut) bo'lgan pasientlarda qon plazmasida rivaroksabanning kontsentrasiyasi ahamiyatli ravishda oshishi mumkin, bu o'z navbatida qon ketishi rivojlanishi xavfini oshishini belgilaydi. Kreatinin klirensi minutiga 15-29 ml ni tashkil qiluvchi pasientlarga rivaroksabanni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Kreatinin klirensi < 15 ml/minutni tashkil qilgan pasientlarga rivaroksabanni buyurish tavsiya etilmaydi.

Qon plazmasida rivaroksbanning kontsentrasiyasini oshiruvchi boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30-49 ml ni tashkil qiladi) bo'lgan pasientlarga rivaroksabanni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak ("boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Azol guruhi zamburug'larga qarshi preparatlar (masalan ketokonazol, Itrakonazol, vorikonazol va pozakonazol) yoki OITV-proteaza ingibitorlari (masalan ritonavir) bilan yondosh tizimli davolanayotgan pasientlarga rivaroksabanni buyurish tavsiya etilmaydi. Ushbu ta'sir etuvchi moddalar CYP3A4 va P-glikoproteinning kuchli ingibitorlari bo'lib hisoblanadi, shuning uchun qon plazmasida rivaroksabanning kontsentrasiyasini klinik ahamiyatli darajagacha (o'rtacha 2,6 marta) oshishiga olib kelishi mumkin, bu qon ketishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Qon ketishi xavfini oshiruvchi boshqa omillar

Boshqa antitrombotik preparatlar kabi, qon ketishi rivojlanishi xavfi yuqori bo'lgan pasientlarga rivaroksabanni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, aynan:

- qon ivishining tug'ma yoki orttirilgan buzilishlari

- nazoratlanmagan og'ir darajadagi arterial gipertenziya

- gemorragik asoratlarga potentsial olib kelishi mumkin bo'lgan faol yarasiz me'da-ichak yo'llarining boshqa kasalliklari (masalan ichakning yallig'lanishli kasalligi, ezofagit, gastrit va gastroezofageal reflyuks kasallik)

- qon-tomir

- bronxoektaz yoki anamnezida o'pkadan qon ketishi

Son suyagini sinishi bilan bog'liq jarroxlik operasiyasi

Son suyagini sinishi bilan bog'liq bo'lgan jarroxlik operasiyasi o'tkazilgan pasientlar orasida interventsion klinik tadqiqotlar doirasida samaradorlik va xavfsizlikni baholash maqsadida rivaroksabanni o'rganish olib borilmagan.

Spinal/epidural anesteziya yoki punktsiya

Tromboembolik asoratlarni oldini olish maqsadida antitrombotik preparatlarni qabul qilayotgan pasientlar uchun neyroaksial anesteziya (spinal/ epidural anesteziya) yoki spinal/ epidural punktsiya o'tkazilganda davomli yoki doimiy falajga olib kelishi mumkin bo'lgan epidural yoki spinal gematoma rivojlanishi xavfi mavjud. Operasiyadan keyin doimiy epidural kateterlarni qo'llaganda yoki gemostazga ta'sir etuvchi dori vositalarini yondosh qo'llaganda ushbu ko'rinishni rivojlanishi xavfi yuqori bo'lishi mumkin. Shuningdek jarohatli yoki ko'p martalik epidural yoki spinal punktsiyada ham xavf oshishi mumkin. Nevrologik buzilishlar belgilari va simptomlarini (masalan oyoqlarda uvishish yoki holsizlik, ichak yoki qovuq disfunktsiyasi) aniqlash maqsadida pasientlar doimiy kuzatuv ostida bo'lishlari kerak. Agar nevrologik buzilish aniqlansa, darhol diagnoz qo'yish va davolashni boshlash kerak. Neyroaksial aralashuvni o'tkazishdan oldin shifokor antikoagulyantlarni qabul qilayotgan pasientlar yoki trombozlarni oldini olish maqsadida antikoagulyantlarni buyurish taxmin qilingan pasientlar uchun xavfni e'tiborga olib potentsial foydani baholashi kerak.

Rivaroksabanni bir vaqtda qo'llash va neyroaksial (epidural/ spinal) anesteziya yoki spinal punktsiyani o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan qon ketishi rivojlanishining potentsial xavfini pasaytirish uchun rivaroksabanning farmakokinetik profilini e'tiborga olish kerak. Epidural kateterni o'rnatish yoki olib tashlash yoki lyumbal punktsiyani rivaroksabanning qon ivishiga qarshi ta'siri past deb baholangan vaqtida amalga oshirgan afzal ("farmakokinetikasi" bo'limiga qarang).

Epidural kateter rivaroksabanni oxirgi marta yuborgandan keyin kamida 18 soatdan keyin olib tashlash mumkin. Rivaroksabanning keyingi dozasi kateter olib tashlangandan keyin kamida 6 soatdan keyin yuborilishi mumkin.

Jarohatli punktsiya holatida rivaroksabanni yuborishni 24 soatga kechiktirish kerak.

Chanoq-son yoki tizza bo'g'imlarini rejali endoprotezlashdan tashqari invaziv muolajalar va jarroxlik operasiyalarini o'tkazishdan oldin va keyin dozalash bo'yicha tavsiyalar

Agar invaziv muolaja yoki jarroxlik aralashuvini o'tkazish talab etilsa, 10 mg rivaroksabanni qabul qilishni aralashuvdan kamida 24 soat oldin (iloji boricha) to'xtatish kerak, bunda shifokor tomonidan o'tkazilgan klinik baholashni e'tiborga olish kerak.

Agar muolajani kechiktirish mumkin bo'lmasa, aralashuvni shoshilinchligi hisobi bilan qon ketishi rivojlanishining yuqori xavfini baholash kerak.

Davolovchi shifokor tomonidan tasdiqlanishi kerak bo'lgan tegishli klinik ko'rsatkichlar sharoitida va tegishli gemostazga erishilganda invaziv muolaja yoki jarroxlik aralashuvidan keyin iloji boricha ertaroq rivaroksabanni qabul qilishni tiklash kerak ("farmakokinetikasi" bo'limiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar

Yosh o'tgan sari qon ketishi rivojlanishi xavfi oshishi mumkin ("farmakokinetikasi" bo'limiga qarang).

Yordamchi moddalar haqida ma'lumot

Dori vositasi laktoza saqlaganligi tufayli, laktoza yoki galaktozani o'zlashtirishning kam uchraydigan nasliy kasalliklari (masalan Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya) bo'lgan pasientlarda Rivaksored preparatini qo'llash mumkin emas.

Antifosfolipid sindromi (AFS) bo'lgan pasientlar

Antifosfolipid sindromi aniqlangan, anamnezida trombozlari bo'lgan pasientlarda bevosita ta'sirga ega antikoagulyantlarni, shu jumladan rivaroksaban/apiksaban/edoksaban/Dabigatran eteksilatini buyurish tavsiya etilmaydi. Bevosita ta'sirga ega peroral antikoagulyantlar bilan davolash K vitamini antagonistlari bilan davolashga nisbatan qaytalanuvchi trombotik ko'rinishlarning tez-tezligini oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, ayniqsa antifosfolipid sindromi testining uchta musbat natijalari (yugurikli antikoagulyant, kardiolipinga antitelalar va beta-2-glikoprotein-1 ga antitelalar) bo'lgan pasientlarda.

Sun'iy yurak klapanlari bo'lgan pasientlar

Aortal klapanni kateter orqali protezlashni yaqinda o'tkazgan pasientlarda tromblarni hosil bo'lishini oldini olish uchun rivaroksabanni qo'llash mumkin emas. Sun'iy yurak klapanlari bo'lgan pasientlarda Rivaksored® preparatining samaradorligi va xavfsizligi o'rganilmagan, shunday qilib, Rivaksoredni® qo'llaganda pasientlarning ushbu populyasiyasida adekvat antikoagulyant davolashni tasdiqlovchi ma'lumotlar yo'q. Ko'rsatilgan pasientlarda Rivaksoredni® qo'llash tavsiya etilmaydi.

10 mg rivaroksaban uchun:

- tizza yoki chanoq-son bo'g'imlarida ortopedik operasiya o'tkazgan katta pasientlarda venoz tromboemboliya (VTE)ni oldini olish.

15 mg va 20 mg rivaroksaban uchun:

- dimlangan yurak etishmovchiligi, arterial gipertenziya, >75 yosh, qandli diabet, o'tkazilgan insult yoki tranzitor ishemik ataka kabi bitta yoki bir necha xavf omillari bilan kechuvchi klapanli bo'lmagan bo'lmachalar fibrillyasiyasi bo'lgan katta pasientlarda insult va tizimli emboliyani oldini olish.

-kattalarda chuqur venalar trombozi (CHVT) va o'pka arteriyasi tromboemboliyasi (O'ATE)ni davolash va CHVT va O'ateni qaytalanishini oldini olish uchun qo'llanadi.

10 mg rivaroksaban uchun:

- tizza yoki chanoq-son bo'g'imlarida ortopedik operasiya o'tkazgan katta pasientlarda venoz tromboemboliya (VTE)ni oldini olish.

15 mg va 20 mg rivaroksaban uchun:

- dimlangan yurak etishmovchiligi, arterial gipertenziya, >75 yosh, qandli diabet, o'tkazilgan insult yoki tranzitor ishemik ataka kabi bitta yoki bir necha xavf omillari bilan kechuvchi klapanli bo'lmagan bo'lmachalar fibrillyasiyasi bo'lgan katta pasientlarda insult va tizimli emboliyani oldini olish.

-kattalarda chuqur venalar trombozi (CHVT) va o'pka arteriyasi tromboemboliyasi (O'ATE)ni davolash va CHVT va O'ateni qaytalanishini oldini olish uchun qo'llanadi.

 

CYPZA4 va P-gp ingibitorlari

Rivaroksabanni va CYP3A4 va R-gp ning kuchli ingibitori bo'lib hisoblangan azol zamburug'larga qarshi vosita ketokonazolni (sutkada 1 marta 400 mg dozada) birga qo'llash rivaroksabanning o'rtacha muvozanat AUC ni 2,6 marta oshishiga va rivaroksabanning o'rtacha Cmax ni 1,7 marta oshishiga olib kelgan, bu dori vositasining farmakologik ta'sirini ahamiyatli kuchayishi bilan kechgan.

Rivaroksabanni va CYP3A4 va R-gp ning kuchli ingibitori bo'lib hisoblangan OITV proteaza ingibitori ritonavirni (sutkada 2 marta 600 mg dozada) birga qo'llash rivaroksabanning o'rtacha muvozanat AUC ni 2,5 marta oshishiga va rivaroksabanning o'rtacha Cmax ni 1,6 marta oshishiga olib kelgan, bu preparatning farmakodianmik ta'sirini ahamiyatli kuchayishi bilan kechgan.

Shuning uchun azol guruhi zamburug'larga qarshi preparatlar yoki OITV proteaza ingibitorlari bilan tizimli davolanayotgan pasientlarda Rivaksored® dori vositasini qo'llash tavsiya etilmaydi ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar", "ehtiyotkorlik choralari" bo'limlariga qarang).

Rivaroksabanni chiqarish yo'llaridan faqat bittasini - CYP3A4 yoki R-glikoprotein yordamida kuchli susaytiruvchi boshqa dori vositalari plazmada rivaroksabanning kontsentrasiyasini kamroq ahamiyatli ko'rsatkichlargacha oshirishi kutiladi.

CYP3A4 izofermentini kuchli susaytiruvchi va R-glikoproteinni o'rtacha susaytiruvchi klaritromisin (sutkada 2 marta 500 mg) rivaroksabanning AUC ko'rsatkichini 1,5 marta va Smax ni 1,4 marta oshishini chaqirgan. Ushbu oshish AUC va Smax ni normal o'zgaruvchanligi tartibiga ega va klinik ahamiyatsiz bo'lib hisoblanmaydi.

CYP3A4 izofermenti va R-glikoproteinni o'rtacha susaytiruvchi eritromisin (sutkada 3 marta 500 mg) rivaroksabanning AUC va Smax ko'rsatkichini 1,3 marta oshishini chaqirgan. Ushbu oshish AUC va Smax ni normal o'zgaruvchanligi tartibiga ega va klinik ahamiyatsiz bo'lib hisoblanmaydi.

Yondosh davolanmagan buyrak funktsiyasi normal bo'lgan pasientlarga nisbatan buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi <80-50 ml/minut) bo'lgan pasientlarda eritromisin (sutkada 3 marta 500 mg) rivaroksabanning AUC ko'rsatkichini 1,8 marta va Smax ni 1,6 marta oshishini chaqirgan. Yondosh davolanmagan buyrak funktsiyasi normal bo'lgan pasientlarga nisbatan buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi <50-30 ml/minut) bo'lgan pasientlarda eritromisin rivaroksabanning AUC ko'rsatkichini 2,0 marta va Smax ni 1,6 marta oshishini chaqirgan ("ehtiyotkorlik choralari" bo'limiga qarang).

CYP3A4 izofermentini o'rtacha susaytiruvchi flukonazol (sutkada 1 marta 400 mg) rivaroksabanning AUC ko'rsatkichini 1,4 marta va Smax ni 1,3 marta oshishini chaqirgan. Ushbu oshish AUC va Smax ni normal o'zgaruvchanligi tartibiga ega va klinik ahamiyatsiz bo'lib hisoblanmaydi.

Birga qo'llash haqida klinik ma'lumotlar cheklanganligi tufayli, rivaroksabanni dronedaron bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.

Antikoagulyantlar

Enoksaparin (40 mg bir martalik doza) va rivoraksoban (10 mg bir martalik doza) birga qo'llanilgandan keyin qon ivishiga sinamalar (protrombin vaqti, FQTV) yuzasidan qo'shimcha samaralar bilan kechmaydigan xa antifaktori faolligi yuzasidan additiv samara kuzatilgan. Enoksaparin rivaroksabanning farmakokinetikasini o'zgartirmagan.

Qon ketishi xavfi oshishi tufayli, boshqa antikoagulyantlarni bir vaqtda buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

NYAQV, trombositlar agregasiyasi ingibitorlari

15 mg dozada rivaroksoban va 500 mg dozada naproksen birga buyurilgandan keyin qon ketishi vaqtini klinik Relevant uzayishi kuzatilmagan. Shunga qaramasdan, ayrim shaxslarda yaqqolroq farmakodinamik javob kuzatilishi mumkin.

Rivaroksaban va 500 mg dozada atsetilsalisil kislotasi orasida farmakokinetik va farmakodinamik o'zaro ta'sir aniqlanmagan.

Rivaroksaban va klopidogrel (300 mg zarb dozasi, keyinchalik 75 mg samarani bir maromda ushlab turuvchi dozani buyurish) orasida o'zaro ta'sir aniqlanmagan, ammo pasientlarning kichik guruhida trombositlar agregasiyasi va R-selektin yoki GPIIb/IIIa - reseptor miqdori bilan korrelyasiya qilmagan qon ketishi vaqtini Relevant oshishi aniqlangan.

Varfarin

Pasientlarni varfarindan (HNN 2,0 dan 3,0 gacha) rivaroksabanga (20 mg) yoki rivaroksabandan (20 mg) varfaringa (HNN 2,0 dan 3,0 gacha) o'tkazilganda protrombin vaqti/HNN (neoplastin®) yig'indi samaraga nisbatan ko'proq oshgan (ayrim pasientlarda HNN ko'rsatkichi 12 gacha oshgan), ayni vaqtda Fqtvga ta'siri, xa faktori faolligini tormozlash va trombinning endogen potentsiali additiv xarakterga ega bo'lgan. Agar o'tish davri davomida rivaroksabanning farmakodinamik ta'sirini aniqlash zarur bo'lsa, buning uchun quyidagi testlardan foydalanish mumkin: xa antifaktor faolligi, PiCT va HepTest, chunki varfarinni qabul qilish ko'rsatilgan testlar natijasiga ta'sir ko'rsatmaydi. Varfarinni qabul qilish to'xtatilgandan keyin 4 kun o'tgach barcha testlar natijalari (shu jumladan PTV, FQTV, xa faktor faolligini tormozlanishi va EPT) faqat rivaroksabanning ta'sirini aks ettiradi.

O'tish davri davomida varfarinning farmakodinamik ta'sirini baholashni rivaroksabanning Smin da (rivaroksabanni avvalgi qabul qilgandan keyin 24 soat o'tgach) HNN aniqlash testi yordamida amalga oshirish mumkin, chunki rivaroksabanning ko'rsatilgan test natijasiga ko'rsatilgan vaqtda ta'siri minimal bo'ladi.

Varfarin va rivaroksaban orasida hech qanday farmakokinetik o'zaro ta'siri kuzatilmagan.

Boshqa preparatlarni yondosh qo'llash

Rivaroksabanni midazolam (CYP ZA4 substrati), digoksin (R-glikoprotein substrat) yoki atorvastatin (CYP ZA4 va P-gp substrati) bir vaqtda qo'llaganda klinik ahamiyatli farmakokinetik yoki farmakodinamik o'zaro ta'sirlar kuzatilmagan.

Ovqat bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri kuzatilmagan.

Laborator ko'rsatkichlarga ta'siri

Qon ivishi ko'rsatkichlariga sinamalar (protrombin vaqti, FQTV, HepTest) natijalariga ta'siri rivaroksabanning ta'sir mexanizmini e'tiborga olib kutilganga mos keladi.



25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!


10 mg

Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, och-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida "10" gravirovkali va boshqa tomoni yassi tabletkalar.

15 mg

Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, qizil rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida "15" gravirovkali va boshqa tomoni yassi tabletkalar.

20 mg

Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, to'q-qizil rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida "20" gravirovkali va boshqa tomoni yassi tabletkalar.

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Rivaksored 10 mg, 15 mg va 20 mg ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.

Agar pasient tabletkani butunligicha yuta olmasa, tabletkani maydalash va bevosita qabul qilishdan oldin suv yoki yumshoq konsistentsiyali ovqat, masalan olma pyuresi bilan aralashtirib iste'mol qilish kerak, undan keyin darhol ovqat qabul qilish kerak. Rivaksored 10 mg, 15 mg va 20 mg maydalangan tabletkalarini qabul qilgandan keyin darhol ovqat qabul qilish kerak.

Rivaksored maydalangan tabletkasini me'da zondi orqali yuborish mumkin. Rivaksored preparatini qo'llashdan oldin me'da zondining to'g'ri holatini tekshirish kerak. Maydalangan tabletkani me'da zondi orqali oz miqdordagi suv bilan yuborish kerak, shundan keyin uni suv bilan yuvish, keyinchalik enteral oziqlantirishni yuborish kerak.

Yirik ortopedik operasiyalarda VTE ni oldini olish.

Rivaksored 10 mg preparatini 1 tabletkadan sutkada 1 marta buyurish tavsiya etiladi. Davolash davomiyligi ortopedik operasiya tipi bilan belgilanadigan venoz tromboemboliyaga nisbatan pasientningg individual xavfiga bog'liq.

Davolash davomiyligi quyidagilarni tashkil qiladi:

- chanoq-son bo'g'imidagi yirik operasiyadan keyin 5 xafta;

- tizza bo'g'imidagi yirik operasiyadan keyin 2 xafta.

Birinchi doza erishilgan gemostaz sharoitida operasiyadan keyin 6-10 soat o'tgach qabul qilish kerak.

Dozani qabul qilish o'tkazib yuborilgandagi harakatlar

Dozani qabul qilish o'tkazib yuborilganda pasient darhol 10 mg dozada rivaroksaban qabul qilishi kerak va keyingi kuni davolashni doza o'tkazib yuborilguncha bo'lgani kabi sutkada 1 tabletkadan davom ettirishi kerak.

Insult va tizimli emboliyani oldini olish.

Tavsiya etilgan doza har kuni 20 mg (1 tabletka) kuniga bir martani tashkil qiladi. Davolashni insult va tizimli emboliyani oldini olish afzalliklari qon ketishi xavfidan yuqori bo'lishi sharoitida uzoq vaqt davom ettirish kerak.

Agar navbatdagi dozani qabul qilish o'tkazib yuborilgan bo'lsa, pasient darhol Rivaksored preparatini qabul qilish kerak va keyingi kuni tavsiya etilgan tartibga muvofiq preparatni muntazam qabul qilishni davom ettirishi kerak. Avval o'tkazib yuborilgan dozani o'rnini to'ldirish uchun qabul qilinayotgan dozani ikki marta oshirish mumkin emas.

Chuqur venalar trombozi (CHVT) va o'pka arteriyasi tromboemboliyasi (O'ATE)ni davolash, takroriy CHVT va O'ATE ni oldini olish.

O'tkir CHVT yoki O'ATE ni boshlang'ich davolash uchun Rivaksored preparatining tavsiya etilgan dozasi 3 xafta davomida kuniga ikki marta 15 mg ni tashkil qiladi, keyinchalik davolashni davom ettirish va takroriy CHVT va O'ATE ni oldini olish uchun Rivaksored® preparati kuniga bir marta 20 mg qabul qilish buyuriladi.

Katta tranzitor xavf omillari (masalan yaqindagi yirik jarroxlik aralashuvlari yoki jarohat) chaqirgan CHVT va O'ATE bo'lgan pasientlarda qisqa muddatli (kamida 3 oy) davolashni ko'rib chiqish kerak. Yirik tranzitor xavflar bilan bog'liq bo'lmagan qo'zg'atilgan CHVT yoki O'ATE, qo'zg'atilmagan CHVT yoki O'ATE yoki anamnezida CHVT yoki O'ATE qaytalanishi bo'lgan pasientlarda uzoqroq davolashni ko'rib chiqish kerak.

CHVT va O'ATE qaytalanishini uzoq vaqt oldini olishga ko'rsatmalar bo'lganida (kamida 6 oy davomida CHVT yoki O'ateni davolashdan keyin) tavsiya etilgan doza kuniga bir marta 10 mg ni tashkil qiladi. Asoratlangan yoshdosh kasalliklar kabi CHVT yoki O'ATE qaytalanishi yuqori xavfi yoki kuniga bir marta 10 mg profilaktik dozada Rivaksored® preparati bilan uzoq vaqt davolash fonida CHVT yoki O'ATE qaytalanishi bo'lgan pasientlarda kuniga bir marta Rivaksored® 20 mg dozasini qabul qilishni ko'rib chiqish kerak.

Davolash davomiyligi va doza individual ravishda – davolashdan foydani qon ketishi xavfiga nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyin tanlash kerak.





Davomiylik

Dozalash tartibi

Odatdagi sutKalik doza

Takroriy CHVT va O'ATEni davolash va oldini olish

1 Dan 21 kungacha

15 mg kuniga ikki marta

30 mg

22 kundan keyin

20 mg kuniga bir marta

20 mg

Takroriy CHVT va O'ATEni oldini olish

CHVT yoki O'ATEni kamida 6 oy davolagandan keyin

10 mg yoki 20 mg kuniga bir marta

10 mg yoki 20 mg


Preparatni muntazam qabul qilish tartibiga rioya qilish tavsiya etiladi.

Agar kuniga ikki marta 15 mg dozani (davolashning 1-21 kunlari) qabul qilishda navbatdagi dozani qabul qilish o'tkazib yuborilsa, pasient 30 mg sutkalik dozani tushishini ta'minlash uchun Rivaksored® preparatini qabul qilishi kerak. Buning uchun 15 mg dozada Rivaksored 2 tabletkasini bir vaqtda qabul qilish mumkin. Keyingi kuni tavsiya etilgan tartibga muvofiq kuniga 2 marta 15 mg dozada preparatni muntazam qabul qilishni davom ettirish kerak.

Agar kuniga 1 marta 20 mg dozada qabul qilishda preparatni qabul qilish o'tkazib yuborilsa, pasient 20 mg sutkalik dozani tushishini ta'minlash uchun Rivaksored® preparatini qabul qilishi kerak. Keyingi kuni tavsiya etilgan tartibga muvofiq kuniga bir marta 20 mg dozada preparatni muntazam qabul qilishni davom ettirish kerak. Avval o'tkazib yuborilgan dozani o'rnini to'ldirish uchun qabul qilinayotgan dozani ikki marta oshirish mumkin emas.

Pasientlarning alohida populyasiyalari bo'yicha qo'shshimcha ma'lumotlar

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Qon ketishining klinik ahamiyatli xavfini belgilaydigan koagulopatiya bilan kechuvchi jigar kasalliklari bo'lgan pasientlarda, shu jumladan jigar tsirrozi (Chayld-Pyu bo'yicha V va S sinf) bo'lgan pasientlarda Rivaksored® preparatini qo'llash mumkin emas ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 15-29 ml) bo'lgan pasientlardan olingan mavjud cheklangan klinik ma'lumotlar ushbu bemorlarda rivaroksabanning kontsentrasiyasini ahamiyatli oshishini namoyish qiladi. Ushbu toifadagi pasientlarni davolash uchun Rivaksored® preparatini ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Kreatinin klirensi <15 ml/minut bo'lgan pasientlarda preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.

O'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30-49 ml) yoki og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 15-29 ml) bo'lgan pasientlarda tavsiya etilgan doza quyidagilarni tashkil qiladi:

  • Klapanli bo'lmagan bo'lmachalar fibrillyasiyasi bo'lgan pasientlarda insult va tizimli emboliyani oldini olishda tavsiya etilgan doza kuniga bir marta 15 mg ni tashkil qiladi.

  • CHVT yoki O'ateni davolash, takroriy CHVT va O'ateni oldini olish uchun pasientlar birinchi 3 xafta davomida kuniga ikki marta 15 mg qabul qilishlari kerak. So'ngra tavsiya etilgan doza kuniga bir marta 20 mg ni tashkil qiladi. Pasientda qon ketishining baholangan xavfi takroriy CHVT va O'atedan yuqori bo'lganda kuniga bir marta 20 mg dozadan kuniga bir marta 15 mg gacha pasaytirishni ko'rib chiqish kerak. Kuniga bir marta 15 mg ni qo'llashni tavsiya etish farmakokinetik modellashga asoslangan va ushbu holatda klinik sharoitlarda o'rganilmagan.

Rivaksored® preparatini engil darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 50-80 ml) bo'lgan pasientlarga buyurilganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

K vitamini antagonistlaridan (kVA) Rivaksored® preparatiga o'tish

Klapanli bo'lmagan BF bo'lgan pasientlarda insult va tizimli emboliyani oldini olish uchun kVA ni qabul qilishni to'xtatish va halqaro normallashgan nisbat (HNN) <3,0 gacha pasayganda Rivaksored® preparati bilan davolashni boshlash kerak. Pasientlarni kVA dan Rivaksored® preparatiga o'tkazishda, Rivaksored® preparati qabul qilingandan keyin HNN ko'rsatkichi soxta oshgan bo'ladi. Rivaksored® preparatining antikoagulyant faolligini aniqlash uchun HNN mos kelmaydi, shuning uchun ushbu maqsadda qo'llanilmasligi kerak ("boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

CHVT va O'ATE ni davolash va CHVT va O'ATE ni qaytalanishini oldini olishda bo'lgan pasientlarda kVA ni qabul qilishni to'xtatish va HNN <2,5 gacha pasayganda Rivaksored® preparati bilan davolashni boshlash kerak.

Rivaksored® preparatidan K vitamini antagonistlariga (kVA) o'tish

Rivaksored® preparatidan kVA ga o'tilganda antikoagulyasion samarani etishmovchiligi ehtimoli mavjud. Shuning uchun boshqa antikoagulyantga har qanday o'tish vaqtida uzluksiz antikoagulyasion samarani ta'minlash kerak. Rivaksored preparatini HNN ni oshishiga olib kelishini e'tiborga olish kerak.

Rivaksored® preparatidan kVA ga o'tilganda HNN >2,0 gacha oshmaguncha kVA va Rivaksored® preparatini bir vaqtda qabul qilish kerak. O'tish davrining birinchi ikki kuni davomida kVA ning standart boshlang'ich dozasini qo'llash kerak; keyinchalik kVA dozasi HNN ga qarab tanlanadi. Rivaksored® preparati va kVA ni bir vaqtda qabul qilish vaqtida HNN ni Rivaksored® preparatining avvalgi dozasi qabul qilgandan keyin kamida 24 soatdan keyin, bevosita Rivaksored® preparatining keyingi dozasini qabul qilishdan oldin aniqlash kerak. Rivaksored® preparatini qabul qilish to'xtatilgandan keyin kamida 24 soat o'tgach HNN ning ishonchli ko'rsatkichlarini olish mumkin.

Parenteral antikoagulyantlardan Rivaksored® preparatiga o'tish

Parenteral antikoagulyantni (masalan quyimolekulyar geparin) keyingi rejali yuborishdan 0-2 soat oldin yoki pareteral antikoagulyantni uzluksiz yuborish (masalan fraktsiyalanmagan geparinni vena ichiga yuborish)ni to'xtatish vaqtida parenteral antikoagulyantni bekor qilish va Rivaksored® preparatini qabul qilishni boshlash kerak.

Rivaksored® preparatidan

Parenteral antikoagulyantning birinchi dozasini Rivaksoban preparatini keyingi rejali qabul qilish vaqtida qabul qilish kerak.

Kardioversiya o'tkazgan pasientlar

Kardioversiya talab etilishi mumkin bo'lgan pasientlarda Rivaksored® preparatini qabul qilish boshlanishi yoki davom ettirilishi mumkin. Avval antikoagulyant davolash olmagan pasientlarda qizilo'pgach orqali exokardiografiya (Qoexo-kg) nazorati ostida kardioversiyada adekvat antikoagulyasiyani ta'minlash uchun Rivaksored® preparati bilan davolashni kardioversiyadan kamida 4 soat oldin boshlash kerak. Barcha pasientlar uchun kardioversiyani o'tkazishni boshlashdan oldin ushbu pasientlar tomonidan Rivaksored® preparatini tegishli ravishda qo'llayotganligiga ishonch hosil qilish kerak. Davolashni boshlash va davomiyligi haqida masalani hal qilganda kardioversiya rejalashtirilgan pasientlarda antikoagulyant davolash bo'yicha amaldagi tavsiyalarni e'tiborga olish kerak.

Stentlash bilan tka (teri orqali koronar aralashuv) o'tkazilgan klapanli bo'lmagan bo'lmachalar fibrillyasiyasi bo'lgan pasientlar

Peroral antikoagulyasiyaga muhtoj stentlash bilan tka o'tkazilgan klapanli bo'lmagan bo'lmachalar fibrillyasiyasi bo'lgan pasientlarda maksimum 12 oy davomida P2Y12 ingibitoriga qo'shimcha kuniga bir marta 15 mg Rivaksored® preparatining pasaytirilgan dozasining (yoki o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi [kreatinin klirensi minutiga 30 - 49 ml] bo'lgan pasientlarda kuniga bir marta 10 mg Rivaksored®) cheklangan tajribasi mavjud.

Bolalar

Bolalar va 18 yoshdan kichik o'smirlarda xavfsizlik va samaradorlik aniqlanmagan. Shuning uchun bolalar va 18 yoshdan kichik o'smirlarda Rivaksored® preparati qo'llash uchun tavsiya etilmaydi.

Keksa pasientlar

Ushbu toifadagi bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Pasientlarning jinsi, tana vazni yoki etnik mansubligi. Ushbu mezonlar asosida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.



Simptomlari: 600 mg gacha rivaroksabanni qabul qilganda qon ketishi yoki boshqa noxush reaktsiyalar rivojlanishisiz dozani oshirib yuborilishining kam holatlari qayd etilgan. So'rilishini cheklanganligi tufayli 50 mg ga teng terapevtik dozalar va undan yuqori dozalar qo'llanilganda qon plazmasida dori vositasining o'rtacha kontsentrasiyasini keyinchalik oshishisiz kechuvchi uning kontsentrasiyasining past darajali platosi rivojlanishi kutiladi.

Davolash: rivaroksabanning spesifik antidoti noma'lum. Doza oshirib yuborilganda rivaroksabanni so'rilishini pasaytirishi uchun faollashtirilgan ko'mirni qo'llash mumkin. Qon plazmasidagi oqsillar bilan jadal bog'lanishi tufayli, rivaroksaban dializ o'tkazilganda chiqarilmasligi kutiladi.

Qon ketishlarni davolash

Agar rivaroksaban qabul qilayotgan pasientda qon ketishi ko'rinishida asorat yuzaga kelsa, dori vositasini qabul qilishni kechiktirish yoki zarurati bo'lganida ushbu dori vositasi bilan davolashni bekor qilish kerak. Rivaroksabanning yarim chiqarilish davri taxminan 5-13 soatni tashkil qiladi. Davolash qon ketishining og'irlik darajasi va joylashishiga qarab individual bo'lishi kerak. Zarurati bo'lganida mexanik kompressiya (masalan og'ir darajadagi burundan qon ketishlar), samaradorligini baholagan holda jarroxik usulida gemostaz, infuzion davolash va gemodinamik tutib turish, qon (eritrositar massa yoki yangi muzlatilgan plazma, anemiya yoki koagulopatiya yuzaga kelishiga qarab) yoki trombositlar dori vositasini qo'llash kabi tegishli simptomatik davolashni qo'llash mumkin.

Agar yuqorida sanab o'tilgan choralar qon ketishini bartaraf etishga olib kelmasa, protrombin kompleksi kontsentrati (RSS), faollashgan protrombin kompleksi kontsentrati (APCC) yoki VIIa rekombinant faktor (g-FVIIa) kabi spesifik prokoagulyant dori vositalarini buyurish mumkin. Ammo hozirgi vaqtda rivaroksaban qabul qilayotgan pasientlarda ushbu dori vositalarini qo'llaash tajribasi cheklangan. Zarurati bo'lganida koagulopatolog maslahati masalasini ko'rib chiqish kerak.

Protamin sulfati va K vitamini rivaroksabanning qon ivishiga qarshi faolligiga ta'sir ko'rsatmaydi deb taxmin qilinadi.

Rivaroksaban qabul qilayotgan pasientlarda traneksam kislotasining qo'llashning cheklangan tajribasi mavjud va aminokapron kislotasi va aprotininni qo'llash tajribasi yo'q.

Rivaroksaban qabul qilayotgan pasientlarda desmopressin kabi tizimli gemostatik dori vositalarini qo'llashning maqsadga muvofiqligining ilmiy asoslari yoki qo'llash tajribasi yo'q.



Homiladorlik

Homiladorlik davrida rivaroksabanning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Kalamush va quyonlardagi tadqiqotlarda reproduktiv toksiklik rivojlanishiga olib keluvchi rivaroksabanning farmakologik mexanizmi bilan bog'liq (shu jumladan gemorragik asoratlar) yo'ldoshdagi o'zgarishlar bilan kechuvchi homilador urg'ochilarga uning yaqqol toksik ta'siri aniqlangan. Birlamchi teratogen ta'sirning hech qanday belgilari aniqlanmagan. Ichki qon ketishi xavfini oshishi va rivaroksabanni yo'ldosh to'sig'i orqali o'tishi haqida dalillar mavjudligi tufayli, homiladorlik davrida rivaroksobanni qo'llash mumkin emas ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).

Laktasiya davri

Emizikli onalarda rivaroksobanning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Kalamushlarda rivaroksaban ko'krak suti bilan chiqariladi.

Shuning uchun rivaroksobanni qabul qilish faqatgina emizish to'xtatilgandan keyingina boshlanadi ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).

Fertillik

Rivaroksaban 200 mg/kg dozalarda erkaklar yoki ayollar fertilligiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Rivaroskaban avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ayrim ta'sirga ega. Hushdan ketish va bosh aylanishi kabi nojo'ya reaktsiyalar "nojo'ya ta'siri" bo'limida ta'riflangan. Bunday nojo'ya reaktsiyalari bo'lgan pasientlar avtomobilni haydamasliklari va mexanizmlarni boshqarmasliklari kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIVAKSORED tabletkalari 20mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIVAKSORED tabletkalari 20mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RIVAKSORED tabletkalari 20mg N28 dori vositasi Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RIVAKSORED tabletkalari 20mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIVAKSORED tabletkalari 20mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KSARELTO tabletkalari 15mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ривароксабан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer AG
Narh: 206 000 so'mdan Batafsil
KSARELTO tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ривароксабан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer AG
Narh: 203 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10
Narh: 30 335 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 10mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 20mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+200mg N20
ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30
Narh: 133 600 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 40mg+12,5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9