×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROZART tabletkalari 40mg N90

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Malta
Faol modda:
Розувастатин
Qadoqda soni:
- 90
Ishlab chiqaruvchi:
- Актавис Лтд
ATX kodi:
- C10AA07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
TROKSERUTIN gel 40g 2% Зеленая дубрава, ЗАО Rossiya
15 000 s`om dan
ROKSERA tabletkalari 15mg N30 Krka d.d. Sloveniya
50 000 s`om dan
AMLIPIN tabletkalari 5mg+10mg N30 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ROZART tabletkalari 40mg N90 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

 

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ROZART

ROSART

 

Preparatning savdo nomi: Rozart

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rozuvastatin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

5 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5,00 mg rozuvastatin (5,21 mg rozuvastatin kalsiy ko‘rinishida);

yordamchi moddalar: 11,55 mg mikrokristall sellyuloza, 102 tipi, 3,5 mg krospovidon, A tipi, 17,15 mg kalsiy gidrofosfat digidrati, 31,71 mg laktoza monogidrati, 0,88 mg magniy stearati;

plyonka qobiq: oq opadray II 33G28435 ≈ 2,1 mg (0,84 mg gipromelloza-2910, 0,525 mg titan dioksidi, 0,441 mg laktoza monogidrati, 0,168 mg makrogol-3350, 0,126 mg triasetin).

10 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg rozuvastatin (10,42 mg rozuvastatin kalsiy ko‘rinishida);

yordamchi moddalar: 23,1 mg mikrokristall sellyuloza, 102 tipi, 7 mg krospovidon, A tipi, 34,3 mg kalsiy gidrofosfat digidrati, 63,42 mg laktoza monogidrati, 1,76 mg magniy stearati;

plyonka qobiq: oq opadray II 33G240007 ≈ 4,2 mg (1,68 mg gipromelloza-2910, 1,0441 mg titan dioksidi, 0,882 mg laktoza monogidrati, 0,336 mg makrogol-3350, 0,252 mg triasetin, 0,0059 mg qizil karmin bo‘yovchisi).

20 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 20 mg rozuvastatin (10,84 mg rozuvastatin kalsiy ko‘rinishida);

yordamchi moddalar: 46,2 mg mikrokristall sellyuloza, 102 tipi, 14 mg krospovidon, A tipi, 68,6 mg kalsiy gidrofosfat digidrati, 126,84 mg laktoza monogidrati, 3,52 mg magniy stearati;

plyonka qobiq: pushti opadray II 33G240007 ≈ 8,4 mg (3,36 mg gipromelloza-2910, 2,0882 mg titan dioksidi, 1,764 mg laktoza monogidrati, 0,672 mg makrogol-3350, 0,504 mg triasetin, 0,0118 mg qizil karmin bo‘yovchisi).

40 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 40 mg rozuvastatin (41,68 mg rozuvastatin kalsiy ko‘rinishida);

yordamchi moddalar: 92,4 mg mikrokristall sellyuloza, 102 tipi, 28 mg krospovidon, A tipi, 137,2 mg kalsiy gidrofosfat digidrati, 253,68 mg laktoza monogidrati, 7,04 mg magniy stearati;

plyonka qobiq: pushti opadray II 33G240007 ≈16,8 mg (6,72 mg gipromelloza-2910, 4,1765 mg titan dioksidi, 3,528 mg laktoza monogidrati, 1,344 mg makrogol-3350, 1,008 mg triasetin, 0,0235 mg qizil karmin bo‘yovchisi).

Ta‘rifi

5 mg li tabletkalar: oq, dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomoni “ST 1” gravirovkali tabletkalar.

10 mg li tabletkalar: oq, dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomoni “ST 2” gravirovkali tabletkalar.

20 mg li tabletkalar: pushti dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomoni “ST 3” gravirovkali tabletkalar.

40 mg li tabletkalar: pushti, oval, ikkiyoqlama qabariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomoni “ST 4” gravirovkali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita – GMGP-KoA reduktaza ingibitori.

ATX kodi: S10AA07.

Farmakologik xususiyatlari

Statinlar guruhiga mansub bo‘lgan gipolipidemik vosita. Rozuvastatin 3-gidroksi-3-metilglutarilko-enzim A ni xolesterinning o‘tmishdoshi bo‘lgan mevalonatga aylantiruvchi ferment – GMG-KoA reduktazaning selektiv raqobatli inbitoridir. Rozuvastatinning ta‘sirini asosiy nishoni, xolesterin (XS) ni sintezi va past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) ning katabolizmi amalga oshiriladigan a‘zo – jigardir.

Rozuvastatin xujayralar yuzasida past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) ga “jigar” reseptorlarining sonini oshirib, PZLP larning qamrab olinishi va katabolizmini kuchaytiradi.

U shuningdek jigar xujayralarida juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) ning sintezini tormozlaydi, bu bilan PZLP va JPZLP ning umumiy miqdorini kamaytiradi.

Rozuvastatin PZLP-xolesterin (XS-PZLP), umumiy xolesterin va trigliseridlar (TG) ning oshgan miqdorini pasaytiradi, YUZLP-xolesterin (XS-YUZLP) ning miqdorini oshiradi, shuningdek Apolipoprotein V (ApoV), noYUZLP-xolesterin (PZLP-xolesterin, IJPZLP-XS, JPZLP-TG miqdorini chegirish bilan umumiy xolesterin miqdori) va apolipoprotein A-I (ApoA-I) darajasini oshiradi.

Rozuvastatin PZLP-XS/YUZLP-XS, umumiy xolesterin/ YUZLP-XS va noYUZLP-XS/YUZLP-XS va ApoV/ApoA-I nisbatlarini ham pasaytiradi.

Terapevtik samarasiga davolash boshlanganidan keyin bir hafta davomida erishish mumkin, 2 haftadan keyin mumkin bo‘lgan maksimal samaraning 90% ga erishiladi. Maksimal terapevtik samaraga odatda 4 haftadan keyin erishiladi va u preparat keyinchalik qabul qilinganida tutib turiladi.

Klinik samaradorligi rozuvastatin gipertrigliseridemiya simptomlari bilan yoki ularsiz kechuvchi giperxolesterinemiyasi bo‘lgan katta pasientlarni, ularning irqiy mansubligi, jinsi yoki yoshidan qat‘iy nazar davolashda, shuningdek, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarni yoki oilaviy giperxolesterinemiyaning nasliy shakli bo‘lgan alohida toifa pasientlarni davolashda samaralidir.

Rozuvastatin Frederikson bo‘yicha IIa va IIb turdagi giperxolesterinemiyasi (PZLP-XS o‘rtacha dastlabki darajasi taxminan 4,8 mmol/l) bo‘lgan pasientlarni davolash uchun samaralidir. 10 mg rozuvastatin olgan 80% pasientlarda, aterosklerozni o‘rganish bo‘yicha Yevropa jamiyati tomonidan belgilangan PZLP-XS darajasining maqsadli ko‘rsatkichlariga (3 mmol/l dan kam) erishilgan.

Geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan, rozuvastatinni 20 dan 80 mg gacha dozalarda, dozalarni jadallashtirilgan titrlash sxemasi bo‘yicha qabul qilgan pasientlarda, barcha qabul qilingan dozalar lipidlarning miqdorini ifodalovchi parametrlarni o‘zgarishiga va davolashning maqsadiga erishishga jiddiy ta‘sir ko‘rsatgan. Dozalarni sutkada 40 mg gacha titrlash (12 haftalik davolash) natijasida PZLP-XS 53% ga pasaygan. 33% pasientlarda aterosklerozni o‘rganish bo‘yicha Yevropa jamiyati qo‘llanmasining maqsadli normalariga muvofiq keluvchi (3 mmol/l dan kam) PZLP-XS ko‘rsatkichlariga erishilgan.

Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan, rozuvastatinni 20 va 40 mg dozalarda qabul qilgan pasientlarda PZLP-XS miqdorini o‘rtacha kamayishi 22% ni tashkil qilgan. Additiv samara fenofibrat bilan majmuada TG ga nisbatan va nikotin kislotasi bilan (sutkada 1 g dan ortiq) majmuada YUZLP-XS ning miqdoriga nisbatan qo‘llanganida aniqlanadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga ichishga muvofiq doza qabul qilinganidan keyin 5 soat o‘tgach erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi: rozuvastatin xolesterinning sintezini va PZLP-XS metabolizmining klirensini asosiy joyi bo‘lgan jigar tomonidan yutiladi. Rozuvastatinning taqsimlanish hajmi taxminan 134 l ni tashkil qiladi. Rozuvastatinnin 90% plazma oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan bog‘lanadi.

Metabolizmi: cheklangan miqdori (taxminan 10%) metabolizmga uchraydi. Rozuvastatin sitoxrom R450 tizimining fermentlari tomonidan amalga oshirladigan metabolizmi uchun yetarli mos keladigan substrat emasdir. CYP2C9 metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment hisoblanadi, ayni paytda CYP2S19, CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlari esa metabolizmga kamroq darajada jalb etilgan. Asosiy metaboliti – N-desmetil bo‘lib, u rozuvastatinga qaraganda 50% kamroq faollikka ega. Lakton metabolitlari farmakologik jihatdan nofaoldirlar. Aylanib yurgan GMG-KoA-reduktazani ingibirlash bo‘yicha farmakologik faollikning 90% dan ortig‘i rozuvastatin tomonidan, qolgan qismi – metabolitlari tomonidan ta‘minlanadi.

Chiqarilishi: rozuvastatinning qabul qilingan dozasini taxminan 90% organizmdan ichak orqali o‘zgarmagan holda (shu jumladan adsorbsiyalangan va adsorbsiyalanmagan rozuvastatin) chiqariladi, qolgan qismi o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. Yarimchiqarilish davri (T1/2) 19 soatni tashkil qiladi, preparatning dozasi oshirilganida o‘zgarmaydi. O‘rtacha geometrik plazma klirensi soatiga taxminan 50 litr (variasiya koeffisienti 21,7%) ni tashkil qiladi. GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, rozuvastatinni «jigar» tomonidan qamrab olinishi jarayoniga, membrana orqali xolesterinni membrana tashuvchisi – organik anionlardan tashuvchi transport proteini – TPOA-XS jalb qilingan. Ushbu tashuvchi rozuvastatinni jigar tomonidan chiqarilishida katta rol o‘ynaydi.

Yosh va jins: jins va yosh rozuvastatinning farmakokinetik parametrlariga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi: yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatin yoki N-desmetil metabolitining plazmadagi konsentrasiyasi ahamiyatli o‘zgarmaydi. Yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasi 3 marta yuqori, N-desmetil metabolitining konsentrasiyasi esa, sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan 9 marta yuqori. Gemodializdagi pasientlarning qon plazmasidagi rozuvastatinning konsentrasiyasi sog‘lom ko‘ngillilarnikiga qaraganda taxminan 50% ga yuqori.

Jigar yetishmovchiligi: Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ballik turli darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning T1/2 oshishi aniqlanmagan. Biroq Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ballik 2 pasientda T1/2 Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha pastroq ko‘rsatkichlari bo‘lgan pasientlar uchun o‘xshash ko‘rsatkichdan taxminan 2 marta uzayishi aniqlangan. Rozuvastatinni Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik pasientlarda qo‘llash tajribasi yo‘q.

Qo‘llanilishi

  • Birlamchi giperxolesterinemiya (IIa turi Fredrikson bo‘yicha, nasliy giperxolesterinemiyaning geterozigot shaklidan tashqari) yoki aralash dislipidemiya (IIb turi) dietaterapiyaga qo‘shimcha sifatida, dietaterapiya va boshqa nomedikamentoz chora-tadbirlar (masalan, jismoniy yuklama va tana vaznini kasayishi) samarasiz bo‘lganida;
  • Oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyada parhez bilan davolash va lipidlarni kamaytirishga qaratilgan boshqa davolash turlari (masalan, YUXLP aferezi) ga qo‘shimcha sifatida yoki bunday davolash samarasiz bo‘lganida qo‘llanadi.
  • Gipertrigliseridemiya (Fredrikson bo‘yicha IV tipi) parxezga qo‘shimcha sifatida.
  • Umumiy xolesterinni va xolesterin YUXLP konsentrasiyasini pasaytirish uchun terapiya buyurilgan pasientlarda aterosklerozni zo‘rayishini sekinlashtirish uchun parxezga qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi.

Asosiy yurak-qon tomir asoratlarini profilaktikasi (insult, infarkt, arterial revaskulyarizasiya) yurak ishemik kasalliklari (YUIK) klinik belgilarisiz bo‘lgan katta pasientlarda, ammo uning rivojlanish xavfi oshishi bilan (yoshi 50 yoshdan oshgan erkaklar uchun va 60 yoshdan oshgan ayollar uchun, S-reaktiv oqsilni (≥ 2 mg/l) mavjudligini yuqori konsentrasiyasini, minimum qo‘shimcha xavf omilidan, arterial gipertenziya kabi, YUXLP – xolesterinni past konsentrasiyasi, chekish, YUIK erta boshlanish oilaviy anamnezi)

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni boshlashdan oldin pasient xolesterinning past miqdori bo‘lgan mahsulotlarni qo‘llash bilan bog‘liq standart parhezga amal qilishi va u butun davolash davri davomida davom ettirilishi kerak. Preparatning dozasi, o‘tkazilayotgan davolashning maqsadiga va o‘tkazilayotgan davolashga pasientning terapevtik javobiga muvofiq va lipidlarning maqsadli darajalari bo‘yicha zamonaviy umumiy qabul qilingan tavsiyalarni hisobga olib, shaxsiy tanlanadi.

Ichga, sutkaning istalgan vaqtida, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, chaynamasdan va maydalamasdan, butunligicha suv bilan birga yutiladi.

Preparatning tavsiya qilinadigan boshlang‘ich dozasi ilgari statinlarni qabul qilmagan pasientlar uchun ham, GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan davolashdan keyin ushbu preparatni qabul qilishga o‘tkazilgan pasientlar uchun ham sutkada bir marta 5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi.

Preparatning boshlang‘ich dozasini tanlashda, har bir konkret pasientda xolesterin darajasini, shuningdek yurak-qon tomir asoratlarini rivojlanish xavfini va nojo‘ya ta‘sirlarni paydo bo‘lishining potensial xavfini hisobga olish kerak. Zarurati bo‘lganida 4 haftadan keyin dozani o‘zgartirishni o‘tkazish mumkin.

Pastroq dozalarga nisbatan, 40 mg doza qabul qilinganida nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanishi tufayli (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang), maksimal 40 mg li dozagacha yakuniy titrlashni, 20 mg ni qabul qilganda xolesterinning maqsadli darajasiga erishilmagan va shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lgan, giperxolesteremiyaning og‘ir shakllari bo‘lgan va yurak-qon tomir asoratlarini paydo bo‘lishini yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda (ayniqsa nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda) o‘tkazish kerak. 40 mg doza buyurilganida shifokorning sinchkov kuzatuvi tavsiya qilinadi. 40 mg dozani ilgari shifokorga murojaat qilmagan pasientlarga buyurish tavsiya qilinmaydi!

Keksa pasientlar

70 yoshdan oshgan pasientlar uchun preparatning tavsiya qilinadigan boshlang‘ich dozasi
5 mg ni tashkil qiladi. Yoshga qarab dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. O‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <60 ml/min) bo‘lgan pasientlar uchun tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Rozart® ning har qanday dozalarini og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). O‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun preparatni 40 mg dozada buyurish mumkin emas.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ballik pasientlarda rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasini oshishi aniqlanmagan. Biroq preparatning tizimli konsentrasiyasini oshishi Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ballik pasientlarda kuzatilgan. Bunday pasientlarda davolash fonida jigar faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatni Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik pasientlar tomonidan qabul qilinishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Faol fazadagi jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Rozart® ni qo‘llash mumkin emas.

Etnik guruhlar

Osiyo irqiga mansub pasientlarda rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasi oshishi mumkin. 10 va 20 mg dozalar buyurilganida osiyo irqiga mansub pasientlar uchun preparatning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlarga preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Miopatiyaga moyil pasientlar

10 va 20 mg dozalar buyurilganida miopatiyaga moyil pasientlar uchun preparatning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlarga preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligi quyidagicha taqsimlanadi:

  • juda tez-tez – 1/10 dan ko‘p,
  • tez-tez – 1/100 dan ko‘p 1/10 gacha kam,
  • tez –tez emas 1/1000 dan ko‘p 1/100 gacha kam,
  • kam – 1/10000 dan ko‘p 1/1000 gacha kam.
  • juda kam – 1/10000 gacha kam, shu jumladan alohida ma‘lumotlar.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, astenik sindrom, kam – depressiya, xavotirlik, uyqusizlik, parasteziyalar; juda kam – periferik neyropatiya, xotirani pasayishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qabziyat, qorinda og‘riq,; tez-tez emas – qusish, diareya, meteorizm; kam – pankreatit; juda kam – gepatit, sariqlik.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – faringit; tez-tez emas – rinit, sinusit, bronxial astma, bronxit, yo‘tal, dispnoe, pnevmoniya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – stenokardiya, arterial bosimni oshishi, yurak urishi, vazodilatasiya.

Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – qandli diabet 1. (Rozuvastatin guruhida umumiy tez-tezligi 2,8% va plasebo guruhida och qoringa 5,6–6,9 mmol/l glyukoza bilan 2,3% pasientlarda JUPITER tekshiruvlarda ma‘lum bo‘lgan).

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez – mialgiya; kam – artralgiya, miopatiya (shu jumladan miozitlar), rabdomioliz, orqada og‘riq, mushak gipertonusi, oyoq-qo‘llarni patologik sinishi; juda kam – immun nekrotizirlangan miopatiya.

Allergik reaksiyalar: tez-tez emas – terida qichishish, toshma, eshakemi; kam – angionevrotik shish.

Teri va teri osti kletchatkasi: tez-tezligi noma‘lum – Stivens-Djonson sindromi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: proteinuriya (asosan 40 mg doza oluvchi pasientlarda), siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, buyrak kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lmagan va davolash jarayonida kamayadigan; tez-tez emas – periferik shish, qorinni pastki qismida og‘riq; juda kam – gematuriya.

Laborator ko‘rsatkichlar: tez-tez emas – zardobdagi kreatinfosfokinazani (KFK) faolligini dozaga bog‘liq o‘tuvchan oshishi, me‘yorning yuqori chegarasi bilan solishtirganda oshishi, 5 martadan ko‘p bo‘lganda davolashni vaqtincha to‘xtatish kerak; kam – aspartataminotransferaza va alaninaminotransferaza faolligini tranzitor oshishi.

Boshqalar: tez-tez – belda og‘riq, rinofaringit, kam – potensiyani pasayishi. GMG-KoA-reduktaza boshqa ingibitorlarini qo‘llangandagi kabi paydo bo‘lish tez-tezligi dozaga bog‘liq xarakterga ega bo‘lib nojo‘ya samaralar odatda ahamiyatsiz ifodalangan va ulardan mustaqil o‘tib ketadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

5, 10 va 20 mg li tabletkalar uchun

  • rozuvastatinga yoki preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik;
  • faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan qon zardobida «jigar» transaminazalarning faolligini barqaror oshishi, shuningdek qon zardobida transaminazalarning faolligini normaning yuqori chegarasi (NYUCH) ga nisbatan kamida 3 marta har qanday oshishi;
  • buyraklar faoliyatining yaqqol buzilishlari (KK minutiga 30 ml dan kam);
  • miopatiya;
  • siklosporinni bir vaqtda qabul qilish;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • ishonchli kontrasepsiya usullarini qo‘llamayotgan, tug‘ruq yoshidagi ayollarda;
  • 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
  • laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktazaning tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi.

40 mg li tabletkalar uchun

  • rozuvastatinga yoki preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik;
  • faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan qon zardobida «jigar» transaminazalarning faolligini barqaror oshishi, shuningdek qon zardobida transaminazalarning faolligini normaning yuqori chegarasi (NYUCH) ga nisbatan kamida 3 marta har qanday oshishi;
  • buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari (KK minutiga 60 ml dan kam);
  • miopatiya;
  • siklosporinni bir vaqtda qabul qilish;
  • miotoksik asoratlarning rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • gipotireoz;
  • mushak kasalliklarining shaxsiy va oilaviy anamnezi;
  • GMK-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni anamnezdagi qabul qilish fonidagi miotoksiklik;
  • alkogolni haddan ziyod iste‘mol qilish;
  • qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar;
  • osiyo irqiga mansub pasientlar;
  • fibratlarni bir vaqtda qabul qilish;
  • 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
  • Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan yuqori ballik jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda;
  • laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktazaning tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi.

 

 

Ehtiyotkorlik bilan

5, 10 va 20 mg li tabletkalar uchun

Miopatiya/rabdomiolizni rivojlanish xavfini mavjudligi – buyrak yetishmovchiligi, gipotireoz, nasliy mushak kasallilarini shaxsiy va oilaviy anamnezi va GMK-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlar ishlatilganidagi mushak toksikligining ilgarigi anamnezi; alkogolni xaddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish; qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishi aniqlangan holatlar; 70 yoshdan oshganlar; anamnezdagi jigar kasalliklari; sepsis; arterial gipotenziya; katta jarrohlik aralashuvlari; travmalar; og‘ir metabolik, endokrin yoki elektrolit buzilishlari; nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq; irqiy mansublik (osiyo irqi); fibratlarni bir vaqtda qabul qilish.

40 mg li tabletkalar uchun

Miopatiya/rabdomiolizni rivojlanish xavfini mavjudligm – buyrak yetishmovchiligi; 70 yoshdan oshganlar; anamnezdagi jigar kasalliklari; sepsis; arterial gipotenziya; katta jarrohlik aralashuvlari; travmalar; og‘ir metabolik, endokrin yoki elektrolit buzilishlari; nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siklosporin: rozuvastatin va siklosporin bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC ko‘rsatkichi, sog‘lom ko‘ngillilardan olingan qiymatlarga nisbatan 7 marta oshgan (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Birga qo‘llanishi qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini 11 marta oshishiga olib keladi. Preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasini o‘zgarishi aniqlanmagan.

K vitaminining antagonistlari: GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan bo‘lgani kabi, bir vaqtda K vitamini antagonistlarini (masalan, varfarin yoki boshqa kumarin antikoagulyantlari) olayotgan pasientlarda rozuvastatin bilan davolashning boshlanishi yoki preparatning dozasini oshirilishi, xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) oshishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinning dozasini bekor qilish yoki pasaytirish XNNni kamayishini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda XNN ning monitoringini o‘tkazish kerak.

Ezetimib: rozuvastatin va ezetimib bir vaqtda qabul qilinganida ikkala preparatning AUC yoki Cmax ni o‘zgarishlari kuzatilmaydi. Biroq rozuvastatin va ezetimibning noxush holatlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan farmakodinamik o‘zaro ta‘sirini inkor qilish mumkin emas.

Gemfibrozil va lipidlar darajasini kamaytiruvchi boshqa vositalar: rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning Smax va AUC 2 marta oshishiga olib keladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

Spesifik o‘zaro ta‘sirlarning tekshirishlarini ma‘lumotlari asosida fenofibratlar bilan tegishli farmakokinetik o‘zaro ta‘siri kutilmaydi, biroq farmakodinamik o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin. Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va nikotin kislotasi lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g yoki undan ortiq) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, ular monoterapiya sifatida qabul qilinganida miopatiyani chaqirishi mumkinligi tufayli, miopatiyani paydo bo‘lish xavfini oshirishgan. 40 mg rozuvastatinni va fibratlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limlariga qarang). Preparat gemfibrozil va boshqa lipidlarni pasaytiruvchi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida Rozart® ning boshlang‘ich dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak.

Proteaza ingibitorlari: garchi o‘zaro ta‘sirning aniq mexanizmi ma‘lum bo‘lmasada, rozuvastatinni proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning yarimchiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin. Farmakokinetik tekshirishda 20 mg rozuvastatin va proteazaning ikki ingibitori (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) saqlovchi majmuaviy preparat sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan bir vaqtda qabul qilinganida, rozuvastatinning AUC(0-24) 2 marta va Cmax 5 marta muvofiq oshishi aniqlangan. Shuning uchun OITV bo‘lgan pasientlarni davolashda rozuvastatin va proteaza ingibitorlarini bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.

Antasidlar: rozuvastatinni alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antasid suspenziyalar bilan bir vaqtda buyurish, rozuvastatinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini taxminan 50% ga pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu ta‘sir, antasidlar rozuvastatinni qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng qo‘llansa kuchsizroq namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan.

Eritromisin: rozuvastatin va eritromisinni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning AUQ(0-t) ni 20% ga va Smax ni 30% pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zaro bog‘liqlik eritromisinni qabul qilish bilan bog‘liq ichakning motorikasini kuchayishi bilan chaqirilgan bo‘lishi mumkin.

Peroral kontraseptivlar/gormono‘rinbosar davolash: rozuvastatin va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qabul qilish, etinilestradiol va norgestrelning AUC ni muvofiq 26% va 34% ga oshishiga olib kelishi mumkin. Plazmadagi konsentrasiyalarni bunday oshishini peroral kontraseptivlarning dozasini tanlashda hisobga olish kerak. Rozuvastatin va gormono‘rinbosar davolash preparatlarini bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu majmua ishlatilganida o‘xshash ta‘sirni inkor etib bo‘lmaydi. Biroq, preparatlarning bunday majmuasi ayollar tomonidan klinik tekshirishlarni o‘tkazish vaqtida yetarli darajada keng ishlatilgan va o‘zlashtirilgan.

Boshqa dori vositalari: rozuvastatin va digoksin bir vaqtda qabul qilinganida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Sitoxrom R450 izofermentlari: o‘tkazilgan In vitro va in vivo tekshirishlarning natijalari, rozuvastatin sitoxrom R450 izofermentlarining ta‘sirini ingibitori ham, induktori ham emasligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, rozuvastatin bu izofermentlar uchun ancha kuchsiz substratdir. Rozuvastatin va flyukonazol (CYP2S9 va CYP3A4 ingibitori) yoki ketonazol (CYP2A6 va CYP3A4 ingibitori) orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir kuzatilmagan. Intrakonazol (CYP3A4 ingibitori) va rozuvastatinni birga qo‘llanishi, rozuvastatinning AUC ni 28% ga (klinik ahamiyatsiz) oshiradi. Shuning uchun sitoxrom R450 bilan bog‘liq metabolizmi natijasida dori vositalarning qandaydir o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Asosan naychalardan kelib chiqishiga ega proteinuriya, pasientlarda Rozart® ning yuqori dozalarini, ayniqsa 40 mg qabul qilinganida aniqlangan, lekin ko‘pchilik hollarda u vaqti-vaqti bilan yoki vaqtinchalik bo‘lgan. Bunday proteinuriya buyrakning o‘tkir kasalligini paydo bo‘lishi yoki mavjud kasalligini zo‘rayishini bildirmaydi. Buyraklar faoliyatining jiddiy buzilishlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi. Rozart® preparati bilan davolash vaqtida buyraklar faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Rozart®ni barcha dozalarda, ayniqsa preparat 20 mg dan ortiq dozada qo‘llanganida mialgiya, miopatiya va kam hollarda rabdomioliz aniqlangan. Juda kam rabdomioliz hollarda ezetimib va GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bir vaqtda qabul qilinganida yuz bergan. Bunday hollarda preparatlarning farmakologik o‘zaro ta‘sirini inkor etish mumkin emas, shuning uchun Rozart® va ezetimibni birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak («Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Rabdomioliz holatlarini tez-tezligi 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida oshadi.

KFK faolligini aniqlashni, KFK miqdorini oshishini chaqiruvchi jadal jismoniy yuklamalardan keyin o‘tkazish mumkin emas, chunki bu natijalarni tahlil qilishni qiyinlashtirishi mumkin.

KFK ko‘rsatkichi davolash boshlangunicha normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo‘lsa, 5-7 kundan keyin takroriy tekshirishni o‘tkazish kerak. Agarda takroriy tekshirish KFKning dastlabki ko‘rsatkichini (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 marta yuqori) tasdiqlasa, Rozart® bilan davolash mumkin emas.

Rozart®ni GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi miopatiya/rabdomioliz xavf omillariga ega pasientlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:

  • buyrak yetishmovchiligi;
  • gipotireoz (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);
  • mushak kasalliklarini shaxsiy yoki oilaviy anamnezi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);
  • GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida anamnezda miotoksiklikni borligi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);
  • alkogolni suiiste‘mol qilish (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);
  • 70 yoshdan oshgan bemorlar;
  • qon plazmasida preparatning konsentrasiyasini oshishi bilan kechuvchi holatlar (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang) (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);
  • fibratlarni bir vaqtda qabul qilish (40 mg doza uchun “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Bunday pasientlarda davolashning xavfi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydaning nisbatini baholash va butun davolash kursi davomida klinik kuzatishni amalga oshirish kerak.

Pasientlarni mushak og‘riqlari, mushak holsizligi yoki ayniqsa lanjlik yoki isitma bilan kechuvchi spazmlarni kutilmaganda paydo bo‘lish hollari to‘g‘risida shifokorga darhol xabar berishlari kerakligi to‘g‘risida xabardor qilish tavsiya qilinadi!

Bunday pasientlarda albatta KFK faolligining nazoratini amalga oshirish kerak. Agarda KFK darajasi normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq yuqori bo‘lsa yoki agarda mushak simptomlari keskin namoyon bo‘lsa va butun kun davomida har kungi diskomfort chaqirsa (hatto agarda KFK faolligi normaning yuqori chegarasidan 5 marta past bo‘lsa ham) davolashni to‘xtatish kerak. Agarda simptomlar yo‘qolsa va KFK faolligi normaga qaytsa, Rozart®ni takror buyurish yoki pasient ustidan sinchkov kuzatuv sharoitida GMG-KoA-reduktazaning muqobil ingibitorini kichik dozalarda buyurish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish kerak. Rabdomioliz simptomlari bo‘lmaganida pasientlarda KFK faolligini muntazam nazorat qilish maqsadga muvofiq emas.

Biroq miozit va miopatiya hollarining sonini oshishi GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini fibroy kislotasining hosilalari, shu jumladan gemfibrozil, siklosporin, nikotin kislotasining lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda, zamburug‘larga qarshi preparatlar, proteaza ingibitorlari va makrolid antibiotiklar bilan birga qabul qilgan pasientlarda aniqlangan. Gemfibrozil GMG-KoA-reduktazaning ayrim ingibitorlari bilan birga buyurilganida miopatiyaning paydo bo‘lishi xavfini oshiradi. Shuning uchun rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Rovustatin fibratlar yoki lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda (1 g dan ortiq) nikotin kislotasi bilan birga qo‘llanganida xavf va bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda nisbati sinchiklab baholanishi kerak. Rozuvastatinni 40 mg dozada va fibratlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” va “Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limlariga qarang).

Rozart® ni o‘tkir, miopatiyani taxmin qilishga imkon beruvchi og‘ir kasalliklari bo‘lgan yoki ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi (masalan: sepsis, arterial gipertenziya, jarrohlik aralashuvi, jarohat, metabolik sindrom, tirishishlar, endokin buzilishlari, elektrolit buzilishlari) mumkin bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang).

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, Rozart® ni ham alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qiluvchi yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarga maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini aniqlashni davolash boshlanishidan oldin va undan keyin 3 oy o‘tgach o‘tkazish tavsiya qilinadi. Agarda qon zardobida “jigar” transaminazalarining faolligi normaning yuqori chegarasidan 3 marta yuqori bo‘lsa, Rozart® ni qabul qilishni to‘xtatish yoki qabul qilinayotgan dozani kamaytirish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlarini tez-tezligi (asosan “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi bilan bog‘liq),
40 mg preparat qabul qilinganida oshadi.

Ikkilamchi giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda gipotireoz, nefrotik sindrom tufayli asosiy kasallikni davolash, Rozart® bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazilishi kerak.

Farmakokinetik tekshirishlar vaqtida yevropoid irqi vakillari – pasientlari orasida olingan ma‘lumotlarga nisbatan, osiyolik pasientlar ichida rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasini oshishi aniqlangan (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang).

Rozuvastatin va proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Glyukozaning darajasi och qoringa 5,6-6,9 mmol/l ni tashkil qilgan pasientlarda, rozuvastatinni qabul qilish qandli diabetning xavfini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang).

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun uni galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktoza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan pasientlar qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Rozart® ni homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Tug‘ruq yoshidagi ayollar ishonchli va adekvat kontrasepsiya vositalarini qo‘llashlari kerak.

Xolesterin va xolesterin biosintezining boshqa mahsulotlarini homilaning rivojlanishida katta ahamiyatga egaligi tufayli, GMG-KoA reduktazaning ingibirlanishini potensial xavfi, uni homiladorlikda ishlatilishidan kutiladigan foydadan ustun turadi.

Homiladorlik boshlangan hollarda, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Rozuvastatinni  ko‘krak suti bilan chiqarilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni laktasiya davrida buyurishning zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Rozart®ni transport vositalarini haydash va mexanik vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siriga oid tekshirishlar o‘tkazilmagan. Biroq, preparatning farmakodinamik xususiyatlari asosida, Rozart® ni bu qobiliyatlarga ta‘sir qilmasligini taxmin qilish mumkin. Shu bilan birga transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarishda davolash vaqtida bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida maxsus davolash yo‘q.

Doza oshirib yuborilganida simptomatik davolash va tutib turuvchi tadbirlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Jigar faoliyatini va KFK darajasini nazorat qilish kerak. bunday holda gemodializ, ehtimol, kam samarali.

Chiqarilish shakli

7, 10 yoki 14 tabletkadan PVX/PVDX/Alyumin folgali yoki Alyumin folga/Alyumin folgali stripda. 4 blister yoki strip 7 tabletkadan, 3 yoki 9 blister yoki strip 10 tabletkadan va 2 yoki 6 blister yoki strip 14 tabletkadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Caqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

24 oy.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROZART tabletkalari 40mg N90 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROZART tabletkalari 40mg N90 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ROZART tabletkalari 40mg N90 dori vositasi Актавис Лтд tomonidan Malta mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ROZART tabletkalari 40mg N90 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROZART tabletkalari 40mg N90 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MERTENIL tabletkalari 20mg N30
Narh: 116 600 so'mdan Batafsil
MERTENIL tabletkalari 5mg N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
NOVTOR tabletkalari 20mg N28
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
NOVTOR tabletkalari 10mg N28
Narh: 46 900 so'mdan Batafsil
NOVTOR tabletkalari 5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ROSUSTAR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
ROSUSTAR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ROMAZIK tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
ROMAZIK tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
ROZART tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
ROZART tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LIVERKOL tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S.
KRESTAT tabletkalari 20mg N30
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
  • Vakil: Аktavis
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 124 300 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 15mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
MERTENIL tabletkalari 10mg N30
Narh: 82 500 so'mdan Batafsil
ROMAZIK tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
LIVERKOL tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S.
ROSUSTAR tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
KRESTAT tabletkalari 10mg N30
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 20mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 10mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
Narh: 58 500 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 5mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROKSERA tabletkalari 15mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ROZART tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
  • Vakil: Аktavis
ROZART tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 20mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 10mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
Narh: 58 500 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 5mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9